JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Kamolova Gulshoda Jobir qizi
Jizzax davlat pedagogika universiteti
Maxsus pedagogika kafedrasi
Logopediya yo‘nalishi 3-bosqich talabasi
DIZARTRIYA NUTQ BUZILISHLARINI O‘RGANISHNING ILMIY NAZARIY
ASOSLARI
Annotatsiya:
Ushbu maqolada dizartriya nutq buzilishlarini kelib chiqish sabablari, turlari,
ularni òrganishning ilmiy nazariy asoslari haqida bayon qilingan.
Kalit so‘zlar
: dizartriya, korreksiya, ovoz, nutq, bulbar, psevdabulbar, travma, anartriya,
simptom, patogenez, giperkinez, ekstrapiramida, fizioterapiya.
Abstract:
This article describes the causes of dysarthria speech disorders, their types, and the
scientific theoretical basis of their treatment.
Key words
: dysarthria, correction, voice, speech, bulbar, pseudobulbar, trauma, anarthria,
symptom, pathogenesis, hyperkinesis, extrapyramidal, physiotherapy
Аннотация:
В статье описаны причины, виды и научно-теоретические основы
дизартриальных речевых нарушений.
Ключевые слова
: дизартрия, коррекция, голос, речь, бульбарная, псевдобульбарная,
травма, анартрия, симптом, патогенез, гиперкинез, экстрапирамидный, физиотерапия
Ma’lumki mamlakatimizda hozirgi kunga kelib nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalar juda ham
ko‘payib bormoqda.Ularning soni keskin darajada oshib bormoqda. Bunga sabab onaning
xomiladorlik vaqtidagi turli xil travmalar, tug'ruq jarayonidagi turli xil travmalar va tug’ilgandan
keyingi jarayonlar sabab bo‘lishi mumkin.Bunday nutq nuqsonlaridan biri bu dizartriya
hisoblanadi. Xo‘sh, unda dizartriya bu nima? Dizartriya qanday kasallik degan savollar tug’ilishi
tabiiy albatta.
Dizartriya — nutq apparati inervatsiyasining organik buzilishi sababli nutqning talaffuz
tomonidan buzilishidir. Dizartriya termini grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, dis — bo‘lak, arthon
— biriktirish degan ma’noni bildiradi.
Dizartriya—bu markaziy xarakterdagi organik nutq buzilish hisoblanadi. Dizartriyada nutq
a’zolarining (yumshoq tanglay, til, lablar) kam harakatlanishi natijasida nutq tovushiari
artikulatsiyasi qiyinlashadi, shu bilan birgalikda ovoz, nafas buzilishlari hamda nutqning sur’ati,
ritmi va ifodaliligida o‘zgarishlar kuzatiladi. Dizartriyaning og‘ir formasida nutq butunlay
tushunarsiz bo‘ladi. Bunday hol anartriya deb ataladi.
Anartriya termini grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, a—yo‘q, arthon — biriktirish degan ma’noni
bildiradi.Dizartriyada miyaning turli joylarida jarohatlanishlami aniqlash mumkin. Masalan,
miya yarimsharining chap va o‘ng tomonida, yetti tuxumsimon markazdan o‘tuvchi sistemada,
asab tugunchalari qobig'ida, diensefal doirada ,to‘rt tepaligida, ko‘prik, cho‘zinchoq va orqa
rniyada kuzatilishi mumkin. Ammo ko‘pchilik mutaxassislar dizartriyani tasniflashda
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
jarohatlanish o‘chog‘ini hisobga olish tamoyiliga amal qilib, dizartriyani quyidagi turlarga
ajratadilar: bulbar, psedobulbar, qobiqli dizartriya, qobiq osti va miyachali dizartriya.
Bulbar dizartriya.
Uzunchoq miya — medullaoblongata — yana ikkinchi ancha eski nomga
ham ega — bulbus cerebri — qaysiki miya o‘qining bir qismi piyoz boshchasi bo‘laklariga
bulbus, piyoz boshchasiga tashqi yuzasi bilan o‘xshashdir. Miyaning bulbar qismiga tegishli IX,
X va XI, XII bosh miya nervlarining periferik o‘qlari, po‘stloq yoki yadroning shikastlanishi
oqibatida yuzaga keluvchi simptokompleksning harakat buzilishlari bulbar falaj deb ataladi.
Periferik harakatlantiruvchi neyronlarning hujayralari orqa miyaning oldingi shoxlarida yoki
miya o‘qining mos yadrolarida yotadi. Ularning aksonlari u yoki bu periferik harakatlantiruvchi
nervlarni shakllantiradi. Periferik harakatlantiruvchi neyron uning istalgan sathidagi
shikastlanishi periferik falaj parezning klinik ko‘rinishini beradi. Bunda nerv impulslari
mushaklarga kelmasligi, shuning uchun undagi almashinish jarayonlarining buzilishini hisobga
olsak, mushaklaratrofiyasi, tovushining pasayishining yuzaga kelishi sabablari m a’lum buladi.
Muskullar mo‘rt, bo‘sh bo‘lib qoladi, shuning uchun bu ko‘pincha atrofik falaj deb ataladi.
Periferik harakatlantiruvchi neyronning shikastlanishi birlamchi reflektor yoylarining uzilishiga
sabab bo‘ladi. Bunda teri va pay reflekslari yo‘qolib, arefleksiya namoyon bo‘ladi. Periferik
harakatlantiruvchi neyronlardagi patologik jarayon natijasida ham saqlanib qolgan
qo‘zg‘aluvchanligi shu narsaga olib keladiki, atrofiyaga uchrayotgan muskullarda ba’zida
alohida muskul to‘plamlari va tolalarning tez-tez qisqarishi kuzatiladi. Periferik paralichning
ko‘rsatilgan klinik ko‘rinishlari atrofiya, atoniya va arefleksiya — bulbar falaj holatida IX, X, va
XII bosh miya nervlari til, hiqildoq, adashgan va tilosti bilan innervatsiya qilinuvchi muskullarda,
ya’ni yutkin, hiqildoq, tanglay, til muskullarida kuzatiladi. Bu muskullaming funksional
bo‘shashgan falaji yutishning buzilishlari (disfagiya va afagiya)da yeyish va ichish paytidagi
yo‘talish bilan birga, ovoz buzilishlari (disfoniya va afoniya)da yoki bo‘g‘iq ovozda, "yopishib
ketgan" va tushunarsiz nutqda nam oyon bo‘ladi. Bunday belgilarga bulbar dizartriya deyiladi.
Bu tushunchaga, odatda, pastki jag‘, yonoqlar, lablarning muskullarining bo‘shashgan falaji
sabab bo‘luvchi tovush artikulatsiyasi nuqsonlarini ham o‘z ichiga oladi, ammo shuni aytish
kerakki, bu muskullarni innervatsiya qiluvchi yuz va uch tarmoqli nervlar bulbar nervlarga
kirmaydi (yuz va uchtalik nervlaming yadrolari va rolit ko‘prigida joylashadi). Chaynov va
mimika muskullarining bo‘shashgan falaji dizartriya belgilaridan boshqa chaynashning buzilishi,
og‘izni yopa olmaslik, gipo yoki amimiya kabi belgilami ham yuzaga chiqaradi.
Psevdobulbar dizartriya.
Periferik harakatlantiruvchi neyronlarning yadrosining o‘zi nerv
impulslarini miya po‘stlog‘idan markaziy hara-katlantiruvchi neyronlir, boshqacha qilib
aytganda piramida yoli bilan qabul qiladi.Hozirga qadar markaziy harakatlantiruvchi
neyronlarning tanasini oldingi ildizi markaziy egatlarning o‘ng va chap po‘stlog‘ida m a’lum
ketma-ketlikda joylashgan deb hisoblanib kelinar edi. Til, lab, yutqin, tomoq harakatini
innervatsiya qilishga tegishli hujayralar oldingi markaziy egatlarning pastki qismida joylashgan.
Barcha piramida yo‘li tolalari birga qo‘shilib, miya po‘stlog‘i osti yadrolari orasidan
yarimshaming oq moddasi bo‘ylab miya stvolining badal qismiga o‘tadi. U zunchoq va orqa
miya chegarasida piramida yo‘li o‘ng va chap tom onlari tolalarining katta qismi bir-birini kesib
o‘tadi va orqa miyaning periferik harakatlantiruvchi neyronlar hujayralarida tugaydi.
Psevdobulbar dizartriyaning yengil darajasi artikulatsion nutq apparat harakatlarida qo‘pol
buzilishlarning yo‘qligi bilan xarakterlanadi. Bunda asosiy artikulatsion qiyinchilik til, lablarda
harakatni tez va aniq bajara olmasliklarida seziladi. Bunday bolalarda talaffuz kamchiliklari
asosida artikulatsion harakatlarini aniq tez bajara olmasliklari natijasida yuzaga keladi. Nutq
birmuncha sekinlashgan bo‘ladi. Artikulatsion jihatdan qiyin bo‘lgan tovushlar: j , sh, r, ch
talaffuzida kamchiliklar kuzatiladi. Jarangli tovushlar talaffuzida ovoz yetarli darajada ishtirok
etmaydi. Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar fonematik rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Dizartriyaning yengil darajasida ko‘pchilik bolalar tovushlar analizida bir qator qiyinchilikka
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
uchraydi. Bunday bolalar yozuvda o‘ziga xos xatoliklarga yo‘l qo‘yadilar, ya’ni harflarni
almashtirib yozadilar. Nutqning leksik grammatik tomonlarida kamchiliklar deyarli kuzatilmaydi.
Qobiqli dizartriyada
bosh miya qobig'ining o‘choqli jarohatlanishibilan bog'liq patogenezga
ega nutqning motor kamchiliklar guruhi namoyon bo‘ladi. Qobiqli dizartriyaning birinchi shakli
bosh miyaning oldingi markaziy egatchasining pastki bo‘limining bir tomonlama yoki ko‘p
hollarda ikki tomoniyam jarohatlanishi bilan bog'liq. Bunday holatlarda artikulatsiya
mushaklarining markaziy parezi yuzaga keladi. Tilning ayrim mushaklarini qobiqli parezi juda
nozik alohida harakatlari hajmining cheklanishiga olib keladi. Qobiqli dizartriyaning bu shakiida
til oldi tovushlari talaffuzida kamchiliklar kuzatiladi. Qobiqli dizartriyani tashxisi uchun har bir
aniq holatda til oldi tovushlarining zararlanishi va bu kam chiliklarning mexanizmlarini
aniqlashga yordam beruvchi nozik neyrolingvistik tahlilni amalga oshirish zarur.
Qobiqli dizartriyaning birinchi shaklida til oldi tovushlaridan birinchi navbatda kakuminal
undoshlar, ya’ni til uchini yuqori tishlar tom on ko‘tarib va biroz egilgan holda talaffuz
qilinadigan undoshlar (sh, j, r) talaffuzida kamchiliklar kuzatiladi. Dizartriyaning og'ir
ko‘rinishlarida bu tovushlar mutlaqo yo‘q bo‘lsa, yengil ko‘rinishida talaffuz jarayonida tilni
o‘rta qismi yumshoq tanglay tomon ko‘tariladigan tovushlar (s, z, 1, d, n) bilan almashtiriladi.
Ekstrapiramidali dizartriya
(qobiq osti dizartriya). Ekstrapiramidali tizim tez, aniq va
differensial harakatlarni bajarish im konini beruvchi tayyorgarlik foniniavtom atik tarzda
yaratadi. U mushaklarning tonusini, mushaklar qisqarishining ketma-ketligi, kuchi va
harakatchanligi boshqarishda alohida o‘rin tutadi va harakataktlarini emotsional ifodali,
avtomatik tarzda bajarishni ta’minlaydi. Ekstrapiramidali dizartriyada tovushlar talaffuzida kam
chiliklar aniqlanadi:
— nutqiy mushaklarda mushak tonusini o ‘zgarish;
— zo‘riqish harakatlari mavjudligi (giperkinezlar);
— nutqiy mushaklardan propritseptiv afferentatsiya kamchiliklari;
— emotsional — harakat innervatsiya kamchiliklari.
Ekstrapiramidali dizartriyada artikulatsiya apparati mushaklarining harakatlari hajmi
psevdobulbar dizartriyadan farqli ravishda yetarlicha rivojlangan bo‘ladi. Bola doimo
o‘zgaruvchi mushaklar tonusi va zo‘riqishli harakatlar ta’sirida artikulatsiya holatini his etishga
va bajarishga qiynaladi. Shuning uchun, ekstrapiramidali dizartriyada ko‘p hollarda kinestetik
dispraksiya kuzatiladi.
Dizartriyani bartaraf etish bo‘yicha olib boriladigan logopedik ta’sir tizimi kompleks ravishda
amalga oshiriladi, ya’ni artikulatsion apparat massaji va gimnastik mashqlari, ovoz va nafas
ustida ishlash, umumiy davolash, davolovchi jismoniy — tarbiya, fizioterapiya va dori-
darmonlar bilan davolash ishlari.
Asosiy diqqat bolada nutqning rivojlanishi holatiga, nutqning leksik-grammatik tomoniga hamda
nutqning aloqa funksiyasi xususiyatlariga qaratiladi. Maktab yoshidagi bolalarda yozma nutq
holati ham hisobga olinadi. Uzoq vaqt davomida muntazam ravishda olib borilgan mashg‘ulotlar
sekin-asta artikulatsion apparat motorikasini normallashtiradi, artikulatsion harakatlarni
rivojlantiradi, artikulatsiya a’zolarida ixtiyoriy harakatlarni bir harakatdan boshqa bir harakatga
o‘tish qobiliyatini shakllantiradi, hamda fonematik eshituvni to‘laqonli ravishda rivojlantirishga
yordam beradi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Dizartrik bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlarning usullari A.G.Ippalitova,
O.V.Pravdina, V.V.Ippalitova, Ye.M.Mastyukova, G.V.Chirkina va boshqalar tomonidan ishlab
chiqilgan.
Dizartrik bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlarning vazifalari quyidagilardan iborat:
1 — tovushlarning to‘g‘ri talaffuzini o‘rgatish, ya’ni artikulatsion motorikani, nutqiy nafasni
rivojiantirish va tovushni nutqga qo‘yish va mustahkamlash;
2 — fonematik idrokni rivojiantirish, tovush analiz malakasini shakllantirish;
3 — nutqning ritm, ohangdorligi va ifodaliligi tomonidagi kamchiliklarni bartaraf etish.
4 — paydo bo‘lgan nutqning umumiy rivojlanmaganligini to‘g‘irlash.
Dizartrik bolalarda tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni bartarafetish, tuzatish ishning eng
asosiy vazifalaridan biridir. Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarining asosiy sababi nutq apparati
a’zolariningharakatchanligida kuzatiladigan kamchiliklardir. Shuning uchun logoped asosiy
diqqatni artikulatsion apparat harakatchanligini rivojlantirishga qaratishi lozim. Tovushlar
talaffuzi ustida ishlash quyidagi holatni hisobga olib tashkil etiladi:
1 — dizartriya shakli, bolaning nutqini rivojlanish holati va bolayoshini hisobga olish.
2 — nutq kommunikatsiyasining rivojlanishi. Tovushlar talaffuziningshakllanishi
komunikatsiyaning rivojlanishiga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.
3 - motivatsiyaning rivojlanishi, bor bo‘lgan buzilishlarini bartarafetishga intilish, o‘z -o‘zini
anglashni, o‘ziga ishonch, o‘zini boshqarish va nazorat qilish, o‘z qadrini biiish hamda o ‘z
kuchiga ishonish.
4 — differensial eshitish idroki va tovush analizi qobiliyatini rivojiantirish.
5 — ko‘ruv-kinestetik tuyg‘uni rivojiantirish y o ‘li bilan artikulatsion tartib va artikulatsion
harakatni kuchaytirish.
6 — ishni bosqich a-bosqich tashkil etish.
Korreksion ish bolada talaffuzi saqlanib qolgan tovushlardan boshlanadi. Ba’zan tovushlar ancha
sodda m otor koordinatsiyalari tamoyiliga ko‘ra tanlab olinadi, am mo artikulatsion buzilishni
hisobga olingan holda birinchi navbatda ilk ontogenez tovushiari ustida ish olib boriladi.
7 — eng og‘ir buzilishlarda, ya’ni bola nutqi atrofdagilar uchun umuman tushunarsiz bo‘lganda
korreksion ish alohida ajratilgan tovushlar va bo‘g‘inlardan boshlanadi. Agarda bola nutqi
atrofdagilar uchun nisbatan tushunarli b o ‘lsa va u ayrim so ‘zlarda nuqsonii tovushlarni to ‘g ‘ri
talaffuz qila olsa, unda ish "tayanch” so ‘zlardan boshlanadi. Har qanday hollarda va turli nutqiy
holatlarda tovushlar nutqda mustahkamlanishi zarur.
8 — markaziy asab tizimi shikastlangan bolalarda nutqdan oldingi davrda logopedik ishlami
muntazam olib borish yo‘li bilan tovushlar talaffuzidagi murakkab buzilishlarning oldini olish
muhim ahamiyatga ega.
Dizartriyada olib boradigan logopedik ishlar bosqichma-bosqich olib boriladi.
1-bosqich tayyorlov bosqichi
— bu bosqichning asosiy maqsadi:
— artikulatsion apparatni, artikulatsion tartibni shakllantirishga tayyorlash;
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
— bolaning ilk yoshida — nutqiy muloqot ehtiyojini tarbiyalash;
— passiv lug‘atni aniqlash va rivojlantirish;
— nafas va ovozdagi kamchiliklarni korreksiyalash.
Bu bosqichning eng ahamiyatli vazifalari bu — sensor funksiyani, ayniqsa, eshitish idroki va
tovushlar analizini rivojlantirishdir. Korreksion ish metodlari va usullarini qo‘llash nutq
rivojlanishi darajasiga bog'liq. Bolada muloqot nutq vositalarining bo‘lmasligi boshlang‘ich ovoz
reaksiyasini tezlashtiriladi va tovushlarga taqlid qilishga olib keladi hamda unga kommunikativ
ahamiyat tusini beradi. Logopedik ishlar dori-darmonlar bilan ta’sir etish, flzioterapevtik
davolash, davolov jismoniy tarbiyasi va massaj bilan qo‘shib olib boriladi.
2-bosqich
boshlang‘ich kommunikativ talaffuz qobiliyatini shakllantirish bosqichi. Bu
bosqichning asosiy maqsadi:
— nutqiy muloqot va tovushlar analizi malakasini rivojlantirish;
— artikulatsion apparat muskullarini b o‘shashtirish;
— og‘iz holatini nazorat qilish;
— artikulatsion harakatlami rivojlantirish;
— ovozni rivojlantirish;
— nutqiy nafasni to‘g‘irlash;
— artikulatsion harakatlami sezish va maqsadga yo‘naltirilgan artikulyatsion harakatni
rivojlantirish.
Artikulatsion apparat muskullarini bo‘shashtiruvchi mashqlar umumiy muskullarni
bo‘shashtiruvchi mashqlardan boshlanadi (bo‘yin, ko‘krak qafasi, qo‘l muskullari). So‘ng yuz
muskullarini bo‘shashtiruvchi massaj ishlari olib boriladi. Muntazam mashqlar olib borilishi
tovushni kerakli artikulatsion tartibga yaqinlashtiradi va to‘liq tovush talaffuziga o‘tiladi.
Logoped sekin-asta o‘rganilayotgan tovushni aniq va turli talaffuz etishni talab etib boradi.
Artikulatsion motorika va tovushlarni nutqga qo‘yish ustida ishlashdan tashqari, fonematik
eshituvni rivojlantirish uchun ham muntazam ravishda isholib boriladi. Bunda bolalar unli
tovushlar qatoridan kerakli unli tovushlarni, undosh tovushlar qatoridan undosh tovushlarni
ajratishga va analiz qilishga o‘rganadilar. Bolalar o‘rganadigan tovushlarni turli bo‘g‘inlar
birikmalarida qaytarishga, bo‘g‘in va so‘z hosil qilgan tovushlarni aytish, ularning ketma-
ketligini aniqlashga o‘rganib boriladi. Talaffuz mashg‘ulotlarida artikulatsion apparat a’zolarini
rivojlantirishga qaratilgan ishlar frontal tarzda olib boriladi.
Foydalaniladigan mashqlar bolalarning individual rivojlanishlari nutqiy holatlarini hisobga
olgan holda tanlab olinadi. Bundan tashqari m ashg‘ulotlarda nafas mashqlari ham olib boriladi.
Mashg'ulotlarning asosiy qismi o‘rganilgan tovushni alohida va boʻgʻinlar birikmasida talaffuz
etishga, mustahkamlashga ajratiladi. Logoped o‘tilganlarni bola qanday o‘zlashtirganligini
doimo tekshirib bormog‘i lozim. Buning uchun boladan u yoki bu tovush uchun xarakterli
bo‘lgan artikulatsiya a’zolari holatini aytib berish yoki ko‘rsatib berish taklif etiladi, so‘ng
tovushni alohida va so‘zlarda talaffuz etish so‘raladi. Tovushlar ustida olib borilayotgan
mashqlar ko‘ruv va taktil idrok etish ostida nazorat qilib boriladi. Bu davrda yana artikulatsion
belgilar bo‘yicha bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilgan tovushlar differensiyasi ustida mashqlar
o‘tkaziladi:
1) og'iz va burun tovushlar differensiatsiyasi (p-m);
2) burunli tovushlar guruhi o‘rtasida tovushlar differensiatsiyasi (m va n);
3) dortlovchi tovushlar guruhida tovushlar differensiatsiyasi (k-x);
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
4) unli tovushlar differensiatsiyasi (a, u, o, u)
5) portlovchi va qorishiq tovushlar differensiatsiyasi (ch).
Bu mashqlar jarayonida boshqa tovushlarni o‘zlashtirish uchun asos yaratiladi.Birgalikda
hamkorlikda korreksion pedagogik yordamni rivojlantirish samarali natijaga olib keladi.
Dizartriyani o‘rganishning ilmiy-nazariy asoslari lingvistika, nevrologiya va defektologiya
fanlari chorrahasida shakllangan bo‘lib, ushbu yo‘nalishda olib borilgan tadqiqotlar kasallikning
turli shakllarini aniqlash, tashxislash va davolash usullarini ishlab chiqishda muhim rol o‘ynaydi.
Bugungi kunda logopediya, fizioterapiya va dori vositalarini qo‘llash orqali dizartriya bilan
bog‘liq muammolarni yengillashtirish imkoniyati mavjud. Dizartriyani chuqur o‘rganish va unga
qarshi samarali reabilitatsiya dasturlarini ishlab chiqish sog‘liqni saqlash hamda ta’lim tizimi
uchun dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Shu boisdan, Prezident farmonlari va davlat
dasturlari doirasida tibbiy-pedagogik yondashuvlarni rivojlantirish, maxsus logopedik
markazlarni tashkil etish va ilg‘or davolash usullarini joriy etish kelajakda nutq buzilishlariga
chalingan shaxslarning jamiyatga to‘liq moslashuvini ta’minlashga xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
1. Ayupova M.Y. Logopediya - T.: O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, 2007. Axmedova Z.,
M.Ayupova, M.Xamidova. Logopedik o‘yin, - T.: Faylasuflar, 10 2011
2. Nurkeldiyeva D.A., Ayupova M.Y., Ahmedova Z.M. Barmoqlar mashqi va logopedik o‘yinlar.
- T.: Yangi asr avlodi, 2007 y.
3. Назарова Э.Н, Нуркелдиева Д.А, Чечирина Я.Н Логопедические игры. – Т.: Янги авлод,
2007
4. Normatova, M. (2022). Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o’stirishda va korreksiyalashda
logopedik yondoshuvlar. Журнал Педагогики и психологии всовременном образовании,
извлечено отhttps://ppmedu.jspi.uz/index.php/ppmedu/article/view/5111
5. Axrorova, S. A. Logopedik texnologiya: o‘quv qo‘llanma / S. A. Axrorova. -Jizzax: Ilm nuri
print, 2024
6. Muzaffarova, X. O’qitish jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish masalalari.
Bola va Zamon jurnal. T, (2-2019).
