Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 1(59)
~ 132 ~
YANGI O‘ZBEKISTONDA “YASHIL IQTISODIYOT” NI
SHAKLLANTIRISH
Sayfiddinova Sabina Muhiddinovna
CHDPU Pedagogika fakulteti Menejment yo‘nalishi 24-1 guruh talabasi
sayfiddinovasabina888@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqolada zamonaviy iqtisodiyotning yangi rivojlanib
kelayotgan tarmog‘i hisoblanadigan,,Yashil iqtisodiyot” va uning afzalliklari, davlat
iqtisodiyotiga, fuqarolar hayotida tutgan o‘rni va ahamiyatli jihatlari to‘g‘risida
qisqacha bayon qilingan.
Kalit so‘zlar:
yashil iqtisodiyot, taraqqiyotlar strategiyasi, ekologik iqtisodiyot,
iqlim o‘zgarishi.
Abstract
: In this article, the "Green economy", which is a newly developing
branch of the modern economy, its advantages, its role in the state economy, and its
importance in the life of citizens is briefly described.
Key words:
green economy, development strategy, ecological economy, climate
change.
Аннотация:
В данной статье кратко описывается «Зеленая экономика»,
являющаяся новой развивающейся отраслью современной экономики, ее
преимущества, ее роль в экономике государства, ее значение в жизни граждан.
Ключевые слова:
зеленая экономика, стратегия развития, экологическая
экономика, изменение климата.
Kirish
Yashil iqtisodiyot atrof-muhitga zarar yetkazmasdan, ekologik xavf va
tanqislikni kamaytirishga qaratilgan iqtisodiy faoliay turlaridan biri bo‘lib, hozirda
rivojlanayotgan va rivojlangan davlatlar ijtimoiy qatlam hayoti va albatta davlat
iqtisodiyoti uchun ham zaruz bo‘lgan tizim sifatida namoyon bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida,,Yashil iqtisodiyotni’’ rivojlantirish maqsadida
2019-yilning 8-9-iyul kunlari Toshkent shahrida “yashil” iqtisodiyot bo‘yicha
normativ-huquqiy bazani va siyosatni takomillashtirish, davlat va xususiy sektor
o‘rtasidagi sheriklik munosabatlari orqali innovatsion “yashil” investitsiyalarni
qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Yevropa va MDH davlatlarining “yashil” iqtisodiyot
bo‘yicha mintaqaviy vazirliklar konferensiyasi o‘tkazildi.
Xususan, 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan,,Harakatlat strategiyasi’’ da,,Yashil
iqtisodiyot’’ ga o‘tishini ta’minlash maqsadida tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 1(59)
~ 133 ~
Yashil iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy tajribalardan foydalanish, yashil
iqtisodiyotni tashkil qilish va jadal rivojlantirishda, barqaror o‘sishni ta’minlashda,
yangi strategiya va bilimlarni almashishda alohida o‘rin tutadi[1].
Mamlakatda tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, iqtisodiyotning bazaviy
tarmoqlarini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash hamda hududlarni bir
maromda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar
amalga oshirilmoqda.
Aholi sonining ortishi bilan resurslarga bo‘lgan ehtiyoj va tanqislik ham
ortmoqda, korxonalardan tomonidan chiqarilayotgan zaharli gazlar ekologiya va
atrof-muhitning yomonlashuviga olib kelmoqda.
Iqtisodiyot energiya samaradorligining past darajasi, tabiiy resurslardan
nooqilona foydalanish, texnologiyalar yangilanishining sustligi, “yashil iqtisodiyot”ni
rivojlantirish uchun innovatsion yechimlarni joriy etishda kichik biznes ishtirokining
yetarli emasligi mamlakatni barqaror rivojlantirish sohasidagi ustuvor milliy
maqsadlar va vazifalarga erishishga to‘sqinlik qilmoqda.
Ushbu masalalarni hal qilish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar va qonun-qoidalar
ishlab chiqilmoqda.Masalan, O‘zbekiston Respublikasining 2019-2030-yillarga
mo‘ljallangan,,Yashil iqtiusodiyotga o‘tish strategiyasi’’ tasdiqlandi. Unda,,Yashil
iqtisodiyot’’ ga o‘tishning quyidagi vazifalalari belgilandi:
texnologik modernizatsiyalash va moliyaviy mexanizmlarni rivojlantirish
orqali iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish;
davlat investitsiyalari va xarajatlarining ustuvor yo‘nalishlariga ilg‘or xalqaro
standartlarga asoslangan “yashil” mezonlarni kiritish;
davlat
tomonidan
rag‘batlantirish
mexanizmlarini,
davlat-xususiy
sherikchilikni rivojlantirish hamda xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikni
faollashtirish orqali “yashil” iqtisodiyotga o‘tish yo‘nalishlari bo‘yicha tajriba-sinov
loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish;
ta’limga investitsiyalar kiritishni rag‘batlantirish, yetakchi xorijiy ta’lim
muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish hisobiga
“yashil” iqtisodiyotdagi mehnat bozori bilan bog‘liq kadrlarni tayyorlash va qayta
tayyorlash tizimini rivojlantirish;
Orolbo‘yidagi ekologik inqirozning salbiy ta’sirini yumshatish choralarini
ko‘rish;
“yashil” iqtisodiyot sohasida, shu jumladan ikki tomonlama va ko‘p
tomonlama shartnomalar tuzish orqali xalqaro hamkorlikni mustahkamlash[2].
Yashil iqtisodiyotga o‘tish albatta har bir davlat iqtisodiyoti taraqqiy etishi
uchun zarurdir. Ammo har bir millatning o‘ziga xos strategiya mavjud bo‘lishi kerak,
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 1(59)
~ 134 ~
ushbu strategiyalar davlat millati, iqtisodiy va ijtimoiy holati, rivojlanganlik
darajasiga ko‘ra tashkil qilinsa albatta maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Shu
o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston
Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o‘tishda milliy shaffoflik tizimini joriy etish
chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 5-iyundagi PQ-213-son qarori ijrosini
ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qilgan.
Milliy shaffoflik konsepsiyasi quyidagi maqsadlarni o‘z ichiga oladi:
issiqxona gazlarini xatlovdan o‘tkazish qamrovi va sifatini oshirish hamda
ushbu jarayonga barcha manfaatdor tomonlarni keng jalb qilish;
respublika sharoitlariga moslashtirilgan monitoring, hisobot berish va
tekshirish tizimini ishlab chiqish, shu jumladan, iqlim o‘zgarishini yumshatish
bo‘yicha respublikaning maqsadlari va ko‘rsatkichlarini shakllantirishga
ko‘maklashish;
issiqxona gazlari emissiyasini xatlovdan o‘tkazish, istiqboldagi emissiya
hajmlarini turli ssenariylarda prognoz qilish va iqlim o‘zgarishi ta’sirini yumshatish
maqsadlari bilan o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash;
milliy moslashuv rejasini ishlab chiqish va amalga oshirishni qo‘llab-
quvvatlash maqsadida respublika sharoitlariga moslashtirilgan monitoring, hisobot
berish va baholash tizimini, shu jumladan, milliy maqsadlarga erishishni kuzatish
uchun indikatorlar va maqsadli ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish;
iqlim o‘zgarishi ta’sirini yumshatish va unga moslashishga doir axborotlarni
e’lon qilish orqali keng jamoatchilikni xabardor qilish;
batafsil ma’lumotlarni talab qiluvchi uglerod qiymatini (narxini) belgilash
mexanizmlari, emissiya savdosi va uglerod solig‘i kabi “yashil” iqtisodiyotni
rivojlantirish hamda atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan islohotlarni qo‘llab-
quvvatlash;
manfaatdor
tomonlarga
ularning
ishtirokini
soddalashtirish
uchun
ma’lumotlarni taqdim etish, hisobot beruvchi tashkilotlarga o‘zlarining iqlimga doir
xatarlari va imkoniyatlarini baholashda yordam berish[3].
Amalda mavjud bo‘lgan iqtisodiy tizim ya’ni bir necha yuz yillar mobaynida
davom etib kelayotgan ishlab chiqarish tizmi yanada takomillashib, zamonaviy
ko‘rinishga kirgan. Ushbu tizimda asosan tabiat resurslari asosiy kapital vazifasini
bajaradi. Korxonalardan, zavod va mashinalardan chiqayotgan gazlar sababli
ekologiya yomonlashib, havo zaharlanib bormoqda. Resurslardan oqilona
foydalanmaslik kelajak avlod hayoti uchun qiyinchilik va tanqislik muammolarini
keltirib chiqarishi mumkin. Zaharli havo esa inson organizmiga asta-sekin singib
surunkali kasalliklar kelib chiqishiga olib keladi. Hatto ayrim hollarda avloddan-
avlodga o‘tib, farzandsizlikka ham sabab bo‘lyabdi. Bilamizki, har bir fuqaro bir
ishchi kuchi demakdir, ishchi kuchi mavjud bo‘lmagan yoki tanqis bo‘lgan
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 1(59)
~ 135 ~
tadbirkorlik faoliyati harakatdan to‘xtaydi, tadbirkorlik rivojlanishdan to‘xtasa
iqtisodiyot ham ortda qoladi. Yashil iqtisodiyot esa aynan mana shunday
muammolarni bartaraf qilish uchun zarur.
Yashil iqtisodiyot taksonomiyasi tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorda sektorlar
bo‘yicha hozirda mavjud bo‘lgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha bosqichma-
bosqich belgilab qo‘yilgan chora-tadbirlardan namuna:
1.
Suv va xomashyolardan foydalanish samaradorligi:
Toza suv iste’molini maishiy va ichimlik ehtiyojlari uchun kamida 30 foizga,
sug‘orish uchun 20 foizga hamda sanoat va texnik ehtiyojlar uchun 40 foizga
kamaytirish;
Tozalangan suvdan ikkilamchi foydalanish;
Amaldagi sanitariya talablari mosligi, texnik suv uskunaning pasportlariga
mosligi;
Aqlli avtomatlashtirilgan monitoring tizimlari joriy etilishi;
Emissiyalar BREF ma’lumotnomalarida anaerob chiqindilarni qayta ishlash
uchun belgilangan mavjud eng yaxshi texnologiyalar (BAT-AELs) bilan bog‘liq
emissiyalar darajasidagi diapazonlar ichida joylashgan;
Yig‘ilgan ikkilamchi xomashyoni kamida 80 foiz qayta ishlash;
Chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha mavjud eng yaxshi texnologiyalar
ma’lumotnomasi (BREF) talablarining chiqindilarni va yon mahsulotlarni, ayniqsa
xavfli sanoat chiqindilarini boshqarish qismiga muvofiqligi.
2.
Havo va tuproq sifatini yaxshilash
Emissiyalar bo‘yicha mavjud eng yaxshi texnologiyalar ma’lumotnomasi
(BREF) talablarining chiqindilarni boshqarish qismiga muvofiqligi;
Issiqxona gazlari chiqindilarini kamida 20 foizga kamaytirish;
Emissiyalar BREF ma’lumotnomalarida belgilangan mavjud eng yaxshi
texnologiyalar (BAT-AELs) bilan bog‘liq emissiyalar darajasidagi diapazonlar ichida
joylashishi;
suvdan ikkilamchi foydalanish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan
foydalanish, energiya sarfini kamida 20 foizga kamaytirish;
Organik mahsulotlar uchun tegishli xalqaro, davlatlararo yoki milliy standartlar,
shuningdek, sotib olingan organik yoki yashil mahsulotlarni yorliqlash[4].
Yaqinda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasida o‘tkazilgan
“Yashil o‘sish va global maqsadlar uchun hamkorlik – 2030” (P4G) ikkinchi xalqaro
sammitidagi nutq so‘zladi. Unda davlatimiz rahbari: “Bugungi kunda ona tabiatning
o‘zi bizga yo‘llayotgan ogohlik qo‘ng‘irog‘iga beparvo bo‘lmasligimiz kerak.
Afsuski, iqlim o‘zgarishlari tobora kuchayib bormoqda. Biz yashayotgan Markaziy
Osiyoda so‘nggi 30 yilda o‘rtacha yillik harorat taxminan bir darajaga ko‘tarildi.
Mintaqamizdagi asosiy daryolarning havzasi va biologik xilma-xillikning qisqarib
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 1(59)
~ 136 ~
borayotgani jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. Bug‘lanish darajasini oshiradigan gazlar va
atmosferaning keng miqyosda ifloslanishi muammolarni yanada chuqurlashtirmoqda.
Bugungi kunda “yashil taraqqiyot” borasidagi maqsadlarga erishish uchun
mamlakatlarning harakatlari yanada faol va samarali bo‘lishi kerakligiga hech kim
shubha qilmayapti. Boshqa choramiz ham yo‘q”, deb ta’kidladi.
Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, yashil iqtisodiyot tizimini to‘liq yo‘lga
qo‘yish orqali biz bir necha foydalarga erishishimiz mumkin. Xususan,
Aholi farovonligini, yashash darajasini oshirish va moddiy resusrlar bilan
yetarlicha ta’minlash;
Ishlab chiqarish va iqtisodiyotni rivojlantirishv jamoat transportini elektr
quvvati biloan yuradiganlariga almashtirish;
Atrof muhitga zararli gazlarni chiqarmaydigan, atrof-muhitni asraydigan,
ekologik toza texnologiyalarni yaratish;
Ne’matlarni
ishlab
chiqarishni
kengaytirishni
tabiiy
resurslarni
kamaytirmasdan amalga oshirish choralarini ham ko‘rish;
