Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 1(59)
~ 97 ~
PRAGMATIK ADABIYOTSHUNOSLIK FAN SOHASI SIFATIDA:
MUTOLAA FENOMENOLOGIYASI MISOLIDA
Maxmudjonova Fariza
SamDAQU akadedmik litsey ingliz tili fani o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Jahon adabiyotshunosligi uchun badiiy matn pragmatikasi bilan
bog‘liq ilmiy masalalarning hal etilishi, shuningdek, bu borada amalga oshirilgan
tadqiqotlar orasida pragmatik maqsad va xarakatni ifodalash vositalarining badiiy
matn poetikasidagi o‘rni va roli, badiiy pragmatik xususiyatlari borasidagi izlanishlar
salmoqli o‘rinni egallaydi. SHu sababli hozirda zamonaviy adabiyotshunoslikda
badiiy pragmatika hamda uning xossalarining matnda namoyon bo‘lishi masalalarini
qiyosiy planda tadqiq etish, har tomonlama chuqur o‘rganishni talab qiladigan muhim
ilmiy masalalardan hisoblanadi.
Kalit so‘zlar:
pragmatiл adabiyotshunoslik, mutolaa fenomenologiyasi,
semiotika.
O‘zbekistonda ijtimoiy gumanitar fanlar sohasining uzviy tarkibiy qismi bo‘lgan
filologiya fanlari borasida aksariyat yangicha izlanishlar, yangiliklar, o‘ziga xos
novatorlik so‘nggi yillarda ko‘proq tilshunoslik-lingvistikaga oid bo‘lmoqda. E’tirof
etish joizki, nazarimizda, tilshunoslar erishgan yutuqlar, ularning ilmiy kashfiyotlari
adbiyotshunoslar tomonidan nisbatan sustroq idrok etilmoqda. Buning oqibatida bir
fanning ikki tarmog‘i vakillari tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar orasida
uzilish, bo‘shliq paydo bo‘lib qolayotgandek go‘yo. Linvistika ilgarilab ketib,
adabiyotshunoslik zamonaviy nazariyalarni idrok etishda, talqin qilishda ikkilanib
joyida turib qolayotgandek tuyuladi. Vaholangki, til va adabiyot bir sohaning
o‘rganish ob’ekti, shu sababli ham ilmiy tadqiqotlar jarayoni o‘zaro bog‘liq tarzda,
uzviy kechmog‘i shart. Yurtimizda adabiyotshunoslik sohasida amalga oshirilgan
ko‘pdan ko‘p tadqiqotlar orasida badiiy pragmatikaga oid ishlarning deyarlik yo‘qligi
(bitta-ikkita maqola inobatga olinmaganda), pragmatik lingvistika oliy ta’lim tizimida
alohida mustaqil fan sifatida o‘qitila boshlanganiga o‘n yillar bo‘lishiga qaramay [1],
pragmatik adabiyotshunoslik to‘g‘risida hatto tushunchalar to‘liq shakllanmaganligi
yuqoridagi fikrlarimizni dalillaydi hamda bu yo‘nalishida jiddiy izlanishlar zaruratini
taqozo qiladi.
Aytilganidek, pragmatika filologiya sohasining alohida mustaqil bo‘limi sifatida
dastlab tilshunoslikda shakllandi. Pragmatika tilshunoslikning nisbatan yangidan
shakllangan, insonning nutq faoliyatini o‘rganishga, bunday faoliyatning maqsadi,
mazmuni, ushbu maqsad va mazmunning og‘zaki hamda yozma matnda verbal va
noverbal ifodalanish vositalarini, ularning nutq aktidagi o‘rnini, kommunikativ
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 1(59)
~ 98 ~
ta’sirini, so‘zlovchi va tinglovchi nutqidagi turlicha munosabatlarni lisoniy belgilarda
ifodalanishini o‘rganuvchi fan tarmog‘idir. Lisoniy belgilarining o‘ziga xos
xususiyatlari haqidagi nazariyalar allaqachonlardan beri mavjud, ammo lisoniy
hodisalarni o‘rganishga nisbatan pragmatik yondashuv XX asrning 60-70- yillaridan
boshlab jadal rivojlana boshlab, bugungi kunga kelib alohida fan tarmog‘iga aylangan
bo‘lsa-da, hozirgacha “ilmiy munozaralarga sabab bo‘lib kelmoqda” [2].
Pragmatika fanining shakllanishining ilk bosqichlari XIX asr oxirlari va XX asr
boshlaridagi Ch. Pirs, U. Djeyms, D.Dyui, Ch. Morris kabi olimlarning falsafiy
konsepsiyalariga asoslanadi. Dastlab pragmatika tushunchasi lisoniy vaziyat
strukturasini-tarkibini (so‘zlovchi va tinglovchi munosabatlari sifatida) dinamik
protsessual aspektda o‘rganishga bag‘ishlangan semiotik ilmiy tadqiqotlarda
qo‘llanila boshlandi va «pragmatika» atamasi ilmiy tadqiqotlar nazariyasiga
amerikalik olim Charlz Morris tomonidan kiritildi. U S.Pirsning bu boradagi
qarashlarini yanada rivojlantirib semiotikani lisoniy belgilarni o‘rganuvchi fan
sifatida uch bo‘limga: lisoniy belgilarning o‘zaro munosabatini o‘rganuvchi
sintaktika, lisoniy belgilarning ob’ektlarga munosabatini o‘rganuvchi semantika va til
belgilarining so‘zlovchi va tinglovchi munosabatlarini o‘rganuvchi pragmatikaga
bo‘lib o‘rganish g‘oyasini ilgari surdi. Bular to‘g‘risida pragmatik lingvistikaga oid
tegishli adabiyotlardan ko‘plab ma’lumotlarni olish mumkin...
Shu tarzda G‘arb tilshunosligida, keyinchalik o‘zbek tilshunosligida ham,
pragmatikaning lingvistik fan sifatida ajralib chiqishi bilan bir qatorda, xorijda so‘z
san’ati - badiiy adabiyot borasidagi izlanishlar asta-sekinlik bilan pragmatik
adabiyotshunoslik tomon ham qadam tashladi. Pragmatik adabiyotshunoslik
sohasining o‘ziga xos predmeti sifatida matnning o‘zidagi muayyan usullar va
figuralar tizimida va real mutolaa amaliyotida voqelanadigan badiiy muloqot-
kommunikatsiya xizmat qiladi.
Pragmatik adabiyotshunoslikni badiiy pragmatika va matn pragmatikasi kabi
badiiy asar va muayyan matn doirasidagi pragmatik tahlil masalalari bilan
shug‘ullanish kabilardan farqlash kerak. Zero, pragmatik adabiyotshunoslik alohida
fan sohasi xisoblansa, badiiy pragmatika esa matnning lisoniy xossasini anglatib,
matnning pragmatik tahlilida kontekst doirasidagi umumiy va xususiy ma’nolarni
tushunish muhim. Ular o‘rtasidagi aloqadorlikni rad etib bo‘lmaydi, ammo shu bilan
birga mavjud farqni ham anglash muhimdir.
Rus olimlarining fikrlariga ko‘ra, adabiy matn va uning adresanti o‘rtasidagi
munosabatlarni o‘rganish so‘nggi yillarda eng ko‘p “toptalgan yolg‘izoyoq
so‘qmoqqa aylandi” [3]. Ammo, xalqaro miqyosdagi tadqiqotlar etarli darajadaligi va
hatto ko‘pligiga qaramasdan, O‘zbekistonda adabiyotshunoslik pragmatikasi alohida
fan sifatida o‘rganilmasdan e’tirof etilmay kelinayotir. Zero, sohaga oid tadqiqotlar
etarli emas, barmoq bilan sanarlidir. Bundan tashqari, pragmatik adabiyotshunoslik
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 1(59)
~ 99 ~
sohasining shakllanish tarixi, o‘rganish predmeti va sohalari ham hali hamon batafsil
va yaxlit tarzda bayon etilmagan. Holbuki, hozirda badiiy muloqot yoki
kommunikatsiya pragmatikasi ulkan hajmdagi va fanlararo refleksiyadan iborat. Shu
sababli xalqaro miqyosda o‘tkazilgan ko‘plab tadqiqotlar natijasida jamlangan
mavjud ma’lumotlar asosida, pragmatik adabiyotshunoslik fanining tarkibiy
qismlarini shunday sohalar tashkil etishi e’tirof qilinadi [4]: 1) mutolaa
fenomenologiyasi; 2) adabiy vosita ta’siridagi hatti-xarakatlarni o‘rganishga
bag‘ishlangan tadqiqotlar; 3) badiiy retsepsiyalarning tadrijiy tarixi; 4)
hikoyachilikning pragmatik nazariyasi.
Pragmatik adabiyotshunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari hamda
ahamiyati to‘g‘risida istiqbolda ilmiy asoslangan mulohaza yuritish va g‘oyalarni
ilgari surish uchun, fanning sanab o‘tilgan sohalaridan birinchisi tavsifiga batafsil
to‘xtalamiz.
Mutolaa fenomenologiyasi yoki badiiy idrok fenomenologiyasi tushunchasi,
tilshunoslar tili bilan aytganimizda esa paradigmasi, G‘arbiy Yevropa gumanitar
tafakkurida XX asrning 60-yillarida – Rolan Bart [“Muallif o‘limi”, 1968] va Mishel
Fuko [“Muallif nima o‘zi?”, 1969] kabilarning mashhur asarlarida nazariy jihatdan
asoslangan “muallif o‘limi” konsepsiyasining shakllanishi bilan parallel ravishda -
faol shakllana boshlaydi.
Mutolaa fenomenologiyasi borasidagi fikrlarimizni davom ettirishdan oldin,
pragmatik va kognitiv adabiyotshunoslikning G‘arb ijtimoiy madaniyatshunosligida
nazariy asoslarining shakllanishida muhim metodolik vazifani bajargan R.Bartning
“muallif o‘limi” g‘oyasi borasidagi O‘zbekistonda to‘rt-besh yil avval kechgan
bahsni yodga olish muhim. Zero, yurtimizdagi eng nufuzli nashrlardan bo‘lgan
“Sharq yulduzi” jurnali sahifalarida tashkil etilgan ushbu bahsda ishtirok etgan taniqli
adabiyotshunoslar, tarjimonlar va yozuvchilarning fikrlari, ushbu g‘oyaning idroki va
talqinlari so‘z san’ati nazariyasi bilan bog‘liq bugungi holatni o‘zida yaqqol aks
ettirganligi bilan e’tiborga molik [5].
Yurtimizda R.Bart qarashlari borasidagi bahsni boshlab bergan taniqli yozuvchi
va adabiyotshunos, hurmatli Ulug‘bek Hamdam ushbu mavzuda bir necha qismdan
iborat maqolani yozishining boislariga to‘xtalib, dastlab plagiat-adabiy o‘g‘rilik,
ko‘chirmachilik kabi sharmandalik borasidagi voqealarni haqli ravishda qoralaydi.
Maqolaning intertekstuallik nazariyasi va adabiy taqlid san’atiga to‘xtaladi, sub’ektiv
fikrlarini bayon qiladi.Olim intertekstuallik borasida G‘arb olimlari qarashlari
qo‘shilmaydi: “matn muallifi intertekstual o‘yin proeksiya qilinadigan bo‘shliq deb
tushuniladi, matnga esa individning maqsadli faoliyati emas, ongsiz tarzda amalga
oshuvchi “intertekstual o‘yin” mahsuli sifatida qaraladi. Bu esa badiiy ijodda
individuallikni inkor etib, tabiiy ravishda “sub’ekt o‘limi” (Fuko), “avtor o‘limi”
(R.Bart) konsepsiyalariga bog‘lanadi” [5]. Olimning bu borada o‘z qarashlari
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 1(59)
~ 100 ~
izchillik bilan bayon etiladi, muayyan konsepsiya yaratiladi: “muallifning paydo
bo‘lishi ham tabiiy jarayon edi. XX asrga kelib, muallifning “o‘limi” haqida gapirar
ekanmiz, demak, biz bu bilan insonning individuallashishining barham topgani
haqida bong urayotgan bo‘lib chiqmaymizmi?.. Nahotki? Axir, bu gap “ko‘cha”dagi
mavjud haqiqatga zid-ku!.. YOki bu hol tamomila yangi bir jarayondan darakmi?..
Nazarimda, masala shu nuqtai nazardan ham jiddiy tadqiq etilishi kerak.” [5]
U.Hamdam maqolasining uchinchi qismida ““muallif o‘limi” masalasi o‘z yo‘lida
ko‘plab boshqa yondosh (taqlid, ko‘chirmakashlik, o‘xshab qolish, atayinlik,
chalkashlik, ijodiy ta’sirlanish, ta’sir va taqdir, mushtarak sharoit va o‘xshash ijod,
an’anani davom ettirish, mushtarak mavzu, mimesis va h.k.) masalalarni ham qamrab
olar ekan” ularga ham to‘xtalish zarur deygan fikrdan kelib chiqib, bu hodisalarning
sharhiga to‘xtaladi, ma’naviy-estetik xulosalar chiqaradi. Bu xulosalar maqolaning
to‘rtinchi qismida yana bir karra mantiqiy chuqurlashtiriladi, boyitiladi. Olimning
an’anaviy ijtimoiy-gumanitar adabiyotshunoslik pozitsiyasida turib aytgan fikrlariga
qo‘shilish mumkin. To‘g‘ri, o‘zlari aytganlaridek, bahslashish mumkin bo‘lgan
o‘rinlari ham yo‘q emas. Ushbu maqoladan so‘ng katta bahsga qo‘shilishgan
N.Rahimjonov, M.Maxmudov, H.Boltaboev, Q.Quronov boshqalar ham o‘z fikrlarini
bayon qilishadi. Biroq bahs, R.Bart maqolasini asosiy maqsadidan, ta’bir joiz bo‘lsa
mantiqidan anchayin chetlashib ketadi. Professor H.Boltaboev ushbu bahsga
qo‘shilib, haqli ravishda ta’kidlaganlaridek, “Aslida, R.Bart maqolasi Balzak
novellasi haqida ham, intertekstuallik haqida ham emas... Maqola muallifi “yangi
tanqid” tarafdorlarining “muallif individi” haqidagi konsepsiyasiga tayanib ish
ko‘rishlariga qarshi munaqqidlar diqqatini badiiy matn strukturasiga burmoqchi
bo‘lgan. Aytish mumkinki, maqola biz tushungan ma’nodan tashqarida,
adibning...hozirgi kunda retseptiv estetika sifatida qabul qilinayotgan professional
kitobxon mahorati haqidagi qarashlarni qamrab olganki, “Adabiyotshunoslik
lug‘ati”dagi talqinlar ham, R.Bart maqolasi va uni U.Hamdam tomonidan
sharhlanishi-yu bundan M.Maxmudovning R.Bart Balzakni tanqid qilgan deb gumon
qilib aytgan so‘zlaridan... ancha yiroqda” [6]. Ko‘rganimizdek, yurtimizdagi eng
etakchi ustozlarning ba’zilari badiiy matn talqinining yangicha nazariyasiga talqiniga
nisbatan turlicha yondoshadilar. Afsuski, uni yaxshi anglab tushunganlar ham,
fikrlarini
chuqurlashtirmasdan,
batafsillikdan
cheklanishadi.
O‘sha
bahs
ishtirokchilaridan bo‘lgan muhtaram I.G‘afurov teranlik bilan ta’kidlaganlari bejiz
emas: “nazariyada turg‘unlik, tanqidning inqirozi, amaliyotda qanday natijalar
ko‘rsatayotganligiga rang-barang, bir-biridan achinarli misollar keltiriladi”[7]. Ustoz
bu fikrlarini adabiyotimiz va tanqidchiligimizning bugungi holatiga nisbatan
aytganlar albatta. Ammo uni kengroq ma’noda, yangi nazariyalarni to‘g‘ri idrok
etish, chuqur anglab zamonaviy milliy adabiyotimiz tadqiqotlariga qo‘llash
jihatlaridan talqin etsak ham foydadan holi bo‘lmaydi. Zero, R.Bart o‘sha
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 1(59)
~ 101 ~
maqolasining o‘zida muammoning qanchalik muhimligini alohida ta’kidlaydi, keskin
urg‘u beradi: “Matn turli tuman madaniyatlardan kelib chiqqan va o‘zaro dialog,
parodiya, bahs munosabatlariga kirishuvchi ko‘pdan ko‘p yozuv turlaridan
shakllanadi, ammo bu ko‘plik muayyan bir nuqtaga jamlanadi, bu nuqta esa
yaqingacha ta’kidlangan muallif bo‘lmasdan, balki o‘quvchidir. O‘quvchi – bu
shunday makonki, unda matnni shakllantiruvchi barcha jihatlar oxirgi iqtibosgacha
aks etadi... Shu sababli eng yangi yozuvni qandaydir gumanizm nomidan qoralashga
urinish, o‘zini inson huquqlari himoyachisi deb riyokorona ko‘rsatish kulgulidir.
An’anaviy-mumtoz yo‘nalish tanqidchilarining o‘quvchi-kitobxon bilan hech qachon
ishlari bo‘lmagan, ular uchun adabiyotda faqat yozuvchi mavjud edi... Endi biz
bilamiz: yozuv (bu erda asar-A.E.) kelajagini ta’minlash uchun, u haqidagi mifni
unutish kerak – kitobxonning tug‘ilishi uchun Muallif o‘limi bilan tavon to‘lashga
to‘g‘ri kelyapti”.[8, 390 s.]
Kitobxonning
mazmun
shakllantiruvchilik
faoliyatiga
mutoalaa
fenomenologiyasi doirasida ikki xil qaraladi:
a) matn semantikasini tashkillashtirishga yo‘naltirilgan xarakat sifatida;
b) ekzistensial plandagi semantikani shakllantirishga yo‘nalti-rilgan xarakat
sifatida.
Agar birinchi nuqtai nazardan mazmun-ma’no shakllantiruvchi ob’ekt sifatida
matn qaralsa, ikkinchisi doirasida – o‘quvchining o‘z vaziyati, bu vaziyatning ma’no
mazmuni anglashiladi. Idrok etish aktida bu tarkibiy qismlar (matnni tushunish va
o‘zini tushunish) – o‘quvchi ongining intensionalligi-biron ob’ektga yo‘nalganligi
sababli – o‘zaro o‘ta mustahkam aloqaga kirishadi. “Biroq retseptivistika ularni
nazariy
refleksiyaning
turlicha
predmetlari
sifatida
farqlaydi,
differensiatsiyalaydi”[4]. O‘quvchi faoliyati to‘g‘risidagi nazariy refleksiyaning
variantlarini ikki aspektda ham o‘rganib chiqamiz. Birinchi akt o‘quvchi faoliyatini
matn semantikasini tashkillashtirishga yo‘naltirilgan xarakat sifatida bayon qilishni
nazarda tutadi. Ushbu muammo nazariyasi G.G. Gadamer tomonidan nazariy jihatdan
ishlangan bo‘lib, retsepsiyalanish davomida adabiy asar bilan nima sodir bo‘lishini
hamda o‘quvchining matn ustida ishlashining mohiyati nimadan iborat ekanligini
o‘rganish bilan bog‘liq. Bu masalalar majmui R.Ingarden va Konstansiya maktabi
faoliyatidan boshlab tizimli ravishda ishlanadi. Ma’lumki, Ingarden o‘quvchi
faoliyatini lisoniy materialni konkretlashtirilishi sifatida tavsiflaydi. Bu akt davomida
o‘quvchi semantik jihatdan mavhum o‘rinlarni individual ma’no bilan to‘ldiradi va
bu yo‘l bilan badiiy asarning “sxematikligini” engib o‘tadi [4].
Buning oqibatida matn kitobxon ongida “jonli voqelik” tarzida namoyon
bo‘ladi. “Adabiy matnning geshtaltini yaratish” va “bunda xayotiyga o‘xshash
tasavvurning paydo bo‘lishi” jarayoni har doim “kitobxonni bu voqelikka jalb etish”
bilan birga kechadi. Izer bu jarayonni “illyuziyalar shakllanishi” deb ataydi, xususan,
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 1(59)
~ 102 ~
kitobxon matnda mazmunan “bo‘m-bo‘sh” ko‘ringan joylarni o‘z tasavvurlari
xisobidan “to‘ldiradi”.
Illyuziya-xayoliy tasavvurlarning mutolaa aktida shakllanish jarayonini Izer
xayotiy tajribani o‘zlashtirish jarayoniga o‘xshatadi, bu jarayon mexanizmi badiiy
matn tomonidan ishga tushiriladi. Shu sababli olim mutolaa jarayonini kitobxon
o‘qigan narsalari olami bilan identifikatsiyalash-tenglashtirish tushunchalari doirasida
bayon qilishni rad etadi. Uning fikricha, mutolaa jarayonida identifikatsiyalash emas,
balki “kitobxon shaxsiyatini sun’iy o‘zgartirish” sodir bo‘ladi, inentifikatsiya-
tenglashtirish
esa,
mutolaa
hosilasi,
“o‘zgalar tajribasini o‘zlashtirish”
mexanizmining bir ko‘rinishidir. “O‘quvchi tomonidan badiiy mazmunning
yaratilishi” o‘z-o‘zini yaratish, shaxsiyatni takomillashtirish jarayonidan ajralmasdir:
bu jarayon kitobxonga “o‘zligini shakllantirish” va shaxsiy xayotiy tajribasini
asoslash uchun yangidan yangi asoslar topish imkoniyatini beradi. V. Izer o‘zining
“Der Lesevorgang” asarida shunday yozadi: “Adabiyot bizning, shaklantirilmagan
(matn muallifi tomonidan) narsalar orqali shakllanish imkoniyatini beradi” [“Mutolaa
jarayoni”, 10, 275 s.].
Kitobxon-o‘quvchi shaxsiyatini shakllantirishda matnning roli nimadan iborat
ekanligi masalasiga Pol Reker ham to‘xtaladi. Uning konsepsiyasi doirasida o‘z
shaxsiyatini yaratishda kitobxoning faoliyati doimo vositali kechadi, ya’ni unga doim
madaniy asori atiqalar, birinchi o‘rinda, nasriy badiiy asarlar katta ta’sir ko‘rsatadi.
“O‘zingni tushunish matn oldida o‘zingni tushunishni anglatadi ” deb yozadi P.Riker
[11, 87 s.]. Ushbu nazariyaga muvofiq inson o‘zini faqat nasriy-hikoyanavislik
usulidagi matnlar bilan aloqaga kirishganida tushunishi mumkin. Yoki bunga faol
anglab etishi (kitobxon bo‘lsa), yoki yaratishi, nasriy intrigalarni yozishi (narrativ
muallifi bo‘lsa) orqali erishishi mumkin. Bunda Riker hikoyachilik faoliyatini
maqsad nuqtai nazaridan uni hosil qilgan sub’ektni anglashga yo‘naltirilgan faoliyat
sifatida belgilaydi. Hikoyachilik faoliyatining har qanday shaklidan maqsad (xat,
hikoya, mutolaa), Riker fikriga ko‘ra, doimo bir xil – uning sub’ektini (muallifini,
hikoyachini yoki o‘quvchini) o‘z-o‘zini anglashga bo‘lgan xarakatdir.
Shu o‘rinda umum e’tirof etayotgan pragmatik adabiyotshunoslik fanining
tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan mutolaa fenomenologiyasiga to‘g‘risida batafsil
fikrlardan
to‘xtalamiz.
Nazariyamizda
keltirilgan
dalillar
pragmatik
adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlaridan birini ilmiy asoslash va ilmiy jihatdan
muhimligini ta’kidlash uchun uchun etarli bo‘ldi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Mirziyoev Sh. Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish xalqimiz
ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir mavzusida O‘zbekiston
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 1(59)
~ 103 ~
ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi ma’ruzasi // Xalq so‘zi. 2019 yil, 4-
avgust.
2.
Urdavayevich, T. S. (2024). IMPORTANCE OF TEACHING THE
LEGACY OF BABUR TO THE YOUTH: CULTURAL, HISTORICAL, AND
EDUCATIONAL
PERSPECTIVES.
Ethiopian
International
Journal
of
Multidisciplinary Research, 11(12), 589-592.
3.
Аманбаева, А., & Наршабаева, А. (2024). Using CLIL approach in ESP
classes. Преимущества и проблемы использования достижений отечественной и
мировой науки и технологии в сфере иноязычного образования, 1(1), 286-288.
4.
Тухсонова, М., & Наршабаева, А. (2024). Benefits of computer-based
technology in English classes. Преимущества и проблемы использования
достижений отечественной и мировой науки и технологии в сфере иноязычного
образования, 1(1), 255-256.
5.
Yumutbaevna, N. A. (2022, August). PEDAGOGICAL CONDITIONS FOR
THE DEVELOPMENT OF TOLERANCE IN STUDENTS. In E Conference Zone
(pp. 85-93).
6.
Журакулов, Р. Д., & Журакулий, Г. Р. (2024, October). Клишированные
образования в текстах сказки. In Conference Proceedings: Fostering Your Research
Spirit (pp. 77-80).
7.
Sharifboyeva, R., & Juraquliy, G. R. (2024, April). ROLE OF PHONETICS
IN LEARNING ENGLISH. In Conference Proceedings: Fostering Your Research
Spirit (pp. 228-231).
8.
Xushbaqova, M. (2024, April). BOSHLANG'ICH SINFLARDA INGLIZ
TILINI O'QITISHDA USLUBIY YONDASHUV. In Conference Proceedings:
Fostering Your Research Spirit (pp. 263-265).
9.
Jo‘raqulov, R., & Juraquliy, G. (2024, April). ERTAKLARNI TAHLIL
QILISHNING AYRIM JIHATLARI. In Conference Proceedings: Fostering Your
Research Spirit (pp. 453-455).
10.
Журакулов, Р. Д., & Журакулий, Г. (2023). СЕМАНТИКО-
СТРУКТУРНЫЕ ПОЛЯ ФРАЗЕОЛОГИИ УЗБЕКСКИХ НАРОДНЫХ СКАЗОК.
Journal of Intellectual Property and Human Rights, 2(11), 80-82.
11.
Апресян Ю.Д. Дейксис в лексике и грамматике и наивная
модель мира// Семиотика и информатика. 1986, вып. 28.-с.5-33.
12.
Апресян Ю.Д. Прагматическая информация для толкового
словаря
Текст.//Прагматика
и
проблемы
интенсиональности.М.:Ин-т
языкознания АН СССР, 1988. - С. 7-44.
13.
Арнольд, И.В. Импликация как прием построения текста и
предмет филологического изучения // Вопросы языкознания, 1982.- №4.-С. 83-
91.
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 1(59)
~ 104 ~
14.
Арутюнова, Н.Д. Истоки, проблемы и категории прагматики. //
Новое в зарубежной лингвистике. М.: Прогресс, 1985. - Вып. XVI:
Лингвистическая прагматика. - С.3-42.
15.
Арутюнова, Н.Д. Типы языковых значений: Оценка. Событие.
Факт.- М.: Наука, 1988. - 341 с.
16.
Сафаров Ш.С. Прагмалингвистика. Тошкент, 2008.- 285,б.
