Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
8(66)
~ 151 ~
MEDICINE AND MEDICAL INSTITUTIONS IN THE ERA OF AMIR
TIMUR AND THE TIMURIDS
Mardonbek Rashidov
Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti
Abstract:
This article discusses the development of medicine and medical
institutions during the era of Amir Timur and the Timurids. The article examines the
construction of hospitals, pharmacies, and the development of medical education
during this period, along with their scientific foundations and influence on modern
medicine. During the Timurid period, favorable conditions were created for doctors,
and patients were treated in specially equipped institutions, with active scientific work
carried out in the field of medicine. Based on historical sources and scholarly works,
the author highlights the contribution of the Timurids to the development of medicine
and their influence on the formation of modern healthcare. The legacy of this period is
also explored in the context of further developments in medicine and its significance
in contemporary medical research and healthcare practices.
Keywords:
Medicine, madrasa, hospital, hammam, scientific, treatment, practice,
research, field.
МЕДИЦИНА
И
МЕДИЦИНСКИЕ
УЧРЕЖДЕНИЯ
ЭПОХИ
АМИР
ТЕМУРА
И
ТИМУРИДОВ
Аннотация
:
Данная
статья
посвящена
развитию
медицины
и
медицинских
учреждений
в
эпоху
Амир
Темура
и
Тимуридов.
В
статье
рассматривается
строительство
больниц,
аптек,
а
также
развитие
медицинского
образования
в
этот
период,
их
научные
основы
и
влияние
на
современную
медицину.
В
эпоху
Тимуридов
были
созданы
благоприятные
условия
для
врачей,
больные
лечились
в
специально
оборудованных
учреждениях,
а
также
велась
активная
научная
работа
в
области
медицины.
Автор,
опираясь
на
исторические
источники
и
научные
работы,
подчеркивает
вклад
Тимуридов
в
развитие
медицины
и
их
влияние
на
формирование
современного
здравоохранения.
Также
рассматривается
наследие
этого
периода
в
контексте
дальнейшего
развития
медицины
и
его
значимость
в
современных
исследованиях
и
практике
здравоохранения.
Ключевые
слова:
медицина,
медресе,
больница,
хаммам,
научный,
лечение,
практика,
исследование,
сфера.
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
8(66)
~ 152 ~
AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRI TIBBIY INSHOOTLARI VA
TABOBATI
Annotatsiya:
Mazkur maqola Amir Temur va Temuriylar davrida tibbiyot va
tibbiy inshootlarning rivojlanishi, shuningdek, bu davrdagi sog'liqni saqlash tizimining
shakllanishi haqida so'z yuritadi. Maqolada Temuriylar hukmronligida qurilgan
shifoxonalar, dorixonalar, va tibbiy ta'limning rivojlanishi, ularning ilmiy asoslari va
zamonaviy tibbiyotga ta'siri tahlil qilinadi. Temuriylar davrida tibbiyot sohasidagi
yutuqlar, shifokorlar uchun yaratilgan sharoitlar, bemorlarning davolanishi va
ma'naviy jihatlari, shuningdek, tibbiyot sohasidagi yirik ilmiy asarlar va izlanishlar
alohida e'tiborga olingan. Maqola, tarixiy manbalar va ilmiy asarlarga asoslanib, bu
davrning tibbiyotga qo'shgan hissalarini yoritadi va bugungi kunda ham tibbiyot sohasi
uchun ahamiyatini ta'kidlaydi. Temuriylar davrining tibbiyotdagi merosi ilmiy
tadqiqotlar va sog'liqni saqlash tizimining rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatganligini
ko'rsatadi.
Kalit
so‘zlar:
Tibbiyot, madrasa, shifoxona, hammom, ilmiy, muolaja, amaliyot,
tadqiqot, soha.
Kirish.
Amir Temur va uning avlodlari hukmronlik qilgan davr, nafaqat harbiy,
siyosiy va madaniy yuksalish bilan, balki tibbiyot sohasida ham o'ziga xos yangiliklar
bilan ajralib turadi. Temuriylar davri, O'rta Osiyo tarixida ilm-fan, san'at va
madaniyatning rivojlanishiga katta hissa qo'shgan bir davr sifatida e'tirof etiladi.
Xususan, bu davrda tibbiyot sohasida, shuningdek, sog'liqni saqlash tizimlarida ham
muhim o'zgarishlar yuz berdi. Tibbiyot amaliyotini rivojlantirish va uning
samaradorligini oshirish uchun keng ko'lamda ilmiy tadqiqotlar olib borilgan, bir
qancha tibbiy inshootlar qurilgan, va davolash tizimlari zamon talablariga javob
beradigan darajaga ko'tarilgan.
Amir Temur, o'zining barcha faoliyatida ilm-fan va madaniyatni qo'llab-
quvvatlagan bir hukmdor sifatida tarixda o'z o'rnini topgan. Uning davrida ko'plab
ilmiy markazlar, kutubxonalar, tibbiyot maktablari tashkil etilgan. Temur va uning
farzandlari, jumladan, Umar Shayx, Shoxrux va boshqa temuriy sultonlar ilmiy
tadqiqotlarni qo'llab-quvvatlab, o'z shaharlarida shifoxonalar, madrasalar, hamda
boshqa tibbiy maqsadlar uchun inshootlar qurishga katta e'tibor berishgan.
Shuningdek, shifokorlar, tabiblar va ilmiy xodimlar uchun yuksak sharoitlar yaratish,
tibbiy ta'limni rivojlantirish, va umumiy sog'liqni saqlash tizimini yaxshilashga intilish
davrning ajralmas qismiga aylangan.
Temuriylar davrida tibbiyot nafaqat amaliyot, balki ilmiy izlanishlar va tibbiy
kitoblar bilan boyigan bir soha bo'lib, ko'plab ilmiy asarlar yozilgan va muhim tibbiy
ishlanmalar ishlab chiqilgan. Mavjud bo'lgan dori-darmonlar va davolash usullari
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
8(66)
~ 153 ~
zamonaviy tibbiyot talablariga mos ravishda yaxshilanib, sog'liqni saqlash tizimi
mukammallashgan. Temuriylar davrida tibbiyot, faqatgina jismoniy kasalliklarni
davolash bilan cheklanmagan, balki insonning ruhiy va ma'naviy holatini ham hisobga
olishga katta ahamiyat berilgan.
Bu maqolada Amir Temur va Temuriylar davrida qurilgan tibbiy inshootlar,
sog'liqni saqlash tizimlari va tibbiyot amaliyoti haqida kengroq ma'lumotlar keltiriladi.
O'rta asrlar tibbiyoti va uning rivojlanishiga qo'shilgan katta hissa, bu davrning ilmiy
yutuqlari va o'ziga xos davolash usullari bugungi kunda ham ilm-fan dunyosida
o'rganilmoqda. Temuriylar davri tibbiy inshootlari va tabobati haqida so'z yuritish,
nafaqat tarixiy merosni chuqur o'rganishga, balki bugungi tibbiyot tizimlarining
shakllanishiga ham ta'sir ko'rsatgan qadimiy bilimlarni kashf etishga imkon yaratadi.
- Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review).
Temuriylar
davridagi tibbiyotning rivojlanishi, jumladan, shifoxonalar, mohir tabiblar va jarrohlik
sohasidagi yutuqlar,
o‘sha
davrda
sog‘liqni
saqlashga
bo‘lgan
alohida
e’tiborni
aks
ettiradi va bu davr tibbiyotining ahamiyati yuksak ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Temuriylar davri
meʼmoriychiligi
nisbatan
o‘rganilgan
arxitektura sohasi
hisoblanadi. Ammo Markaziy Osiyo va umuman musulmon sharqidagi fuqarolik
meʼmorchiligi
tarixiga
bag‘ishlangan
ko‘plab
tadqiqotlar orasida Temuriylar davridagi
tibbiy muassasalar haqida maxsus ishlangan biror nashr mavjud emas.
Nemis olimi G.Dneterning islom mamlakatlaridagi shifoxonalar arxitekturasiga
bag‘ishlangan
asarida Temuriylar davrida Markaziy Osiyoda qurilgan tibbiyot
muassasalariga umuman
to‘xtalib
o‘tilmagan[1,261
-262p]. Fransuz tadqiqotchisi
M.Kadr Samarqand hukmdori Ibrohim
Tamg‘achxonga
[2,314-324p] tegishli
bo‘lgan
ikki vaqfni
o‘rganishga
bag‘ishlangan
maqolasida, Qoraxoniylar davrida (XI asr)
Samarqandda qurilgan fuqarolik shifoxonasi haqidagi qiziqarli
maʼlumotlarni
keltiradi. Ushbu vaqflarning mazmuni va Samarqanddagi shifoxona xizmatining ahvoli
O.G. Bolshakov[3,12c] va A.A. Qodirovning maqolalarida[4,23-26c] batafsil
izohlangan.
Sharq xalqlari fuqarolik
meʼmorchiligiga
bag‘ishlangan
boshqa mualliflarning
ishlari Temuriylar davri Markaziy Osiyodagi tibbiy muassasalar mavzusini jiddiy
ko‘rib
chiqmagan. Ushbu maqolada
o‘rta
asr Islom Sharqida tibbiy xizmatning
shakllanish tarixini qisqacha bayon qilishga va shu asosda Temuriylar davri Markaziy
Osiyodagi davolash muassasalarining
meʼmoriy
xususiyatlarini
ko‘rsatishga
harakat
qilamiz.
- Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology).
Maʼlumki,
davolash va
sog‘lomlashtirish
muassasalari qatoriga davolash maskanlari (shifoxonalar,
gospitalar), tabiiy termal manbalarda qurilgan
sog‘lomlashtirish
inshootlari,
shuningdek, hammomlar ham shular qatoriga kiradi.
O‘rta
asrlarda bu inshootlar keng
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
8(66)
~ 154 ~
madaniy-gigiyenik vazifalar bilan bir qatorda
maʼlum
darajada
sog‘lomlashtirish
xizmatlarini ham bajargan.
Bu davolash maskanlari
o‘z
davridagi amaliy tibbiyot rivojida, shuningdek, Sharq
mamlakatlaridagi keyingi davolash muassasalarining shakllanishida muhim
o‘rin
tutgan. Ularning
meʼmoriy
yechimlari, asosan, asosiy bino
(maʼbad,
ibodatxona yoki
taʼlim
maskani) hajmli-rejali tuzilishida bunyod etilgan. Bu davolash muassasalarining
ko‘pchiligi
(masalan, monastirlar qoshidagi shifoxonalar va Mohenjo-Darodagi
balchiq bilan davolash muassasasi) hovlili kompozitsiyaga ega
bo‘lgan.
Musulmon Sharqidagi birinchi fuqarolik shifoxonasi
—
“bimariston”
707-yilda
xalifa al-Valid tomonidan Qohirada qurilgan[5,37c]. Undan avvalroq, Damashqda
moxovlar uchun
mo‘ljallangan
davolash maskani faoliyat
ko‘rsatgan.
VIII
–
XIII
asrlarda xilma-xil xalifalar va boshqa hukmdorlar
o‘z
nomlarini abadiylashtirish
hamda aholining
e’tiborini
qozonish maqsadida shifoxonalarni nafaqat poytaxt
markazlarida, balki xalifalikning kichik va
o‘rta
shaharlari hududlarida ham barpo
etishni boshlaganlar. Aynan shu davrda Marv, Buxoro, Samarqand, Gurganj va Zerandj
(Seiston poytaxti) kabi shaharlarida birinchi fuqarolik shifoxonalari tashkil
etilgan[6,78-85c].
Tadqiqotchi A.A. Qodirovning fikriga
ko‘ra,
O‘rta
Osiyodagi birinchi fuqarolik
shifoxonasi Samarqandda joylashgan. Ammo undan avval Marv shifoxonasi mavjud
bo‘lgan.
Ba’zi
musulmon shaharlarida bir nechta shifoxonalar navbatma-navbat barpo
etilgan. Xususan, VIII
–
IX asrlarda Qohirada uchta, IX
–
X asrlarda
Bag‘dodda
beshta,
XV asrda esa Temuriylar davrida
G‘irotda
to‘rtta
shifoxona faoliyat
ko‘rsatgan.
Musulmon shifoxonalari
G‘arbiy
Yevropa monastir shifoxonalaridan farqli
o‘laroq,
diniy hokimiyatdan mustaqil ravishda faoliyat yuritgan. Ularning qurilishi va
moliyalashtirilishi davlat
mablag‘lari
va xayriyachi homiylar hisobidan amalga
oshirilgan[5,37c].
- Tahlil va natijalar (Analysis
аnd
results).
Mintaqa shaharlarida dorixona
rastalari va uy dorixonalarining mavjud
bo‘lishi
aholiga tabiblar retseptlari asosida
dori-darmon yetkazib berishga xizmat qilgan. Bunday shifoxona xizmatlari va dorilar
bilan
ta’minot
ko‘plab
shaharlarda, jumladan,
mo‘g‘ullar
istilosiga qadar ham mavjud
bo‘lgan.
Ammo istilo davrida
ko‘plab
davolash muassasalari vayron qilinib, inqirozga
yuz tutgan. Ehtimol,
o‘sha
paytda Samarqanddagi Ibrohim
Tamg‘achxon
shifoxonasi
ham
yo‘q
qilingan[7,292c].
Shifoxonalar va boshqa fuqarolik arxitekturasi binolarini qurish ishlari Temur va
Temuriylar davrida qayta tiklandi. XIV asrda Samarqandda Amir Temur saroy
majmuasi tarkibida
“Dor
ush-
shifo”
(Davolash uyi) tashkil etilgan. Ushbu shifoxonada
tajribali shifokorlar bemorlarni davolash bilan birga tibbiyot sohasida dars
berganlar[8,371-372p].
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
8(66)
~ 155 ~
Masalan, ushbu shifoxonaning taniqli mudarrislaridan biri sifatida Sohibqiron
Temur
o‘z
zamonasining mashhur olim-tabibi Mir Sayyid Sharif Sheroziyni
tayinlagan. U bilan birga boshqa mashhur tabib Mansur ibn Muhammad ibn Ilyos ham
ishlagan. Amir Temur tibbiyotga alohida qiziqish bildirgan. U
o‘zining
"Tuzuklar"ida
shunday deb yozadi:
“Men
olimlar va tabiblar bilan yaqin aloqada
bo‘ldim.
Tabiblarga
bemorlarimni (jarohatlanganlarni)
davolatdim”[9,98c].
Amir Temur
qo‘shinlarida
bemor va yarador jangchilarni davolash bilan
shug‘ullangan
tabiblar faoliyat yuritgan. Sohibqiron shuningdek, har bir shaharda
masjid, madrasalar, xonaqolar,
kambag‘allar
uchun boshpana va bemorlar uchun
davolash maskanlari qurish haqida buyruq bergan:
“Bemorlar
uchun shifoxonalar
quring va ularga tajribali tabiblarni
tayinlang”.
Amir Temur va Temuriylar davrida shaharlarda umumiy shifoxonalar qurilgan va
faoliyat yuritgan. Masalan, taniqli olim M.E. Masson XV asrda Hirotda bir nechta
shifoxona mavjud
bo‘lganligini
qayd etadi. Ular orasida ikkita shifoxona Temuriylar
sulolasiga aloqador shaxslar tomonidan qurilgan. Ulardan biri Temurning
o‘g‘li
Umarshayxning bevasi, keyinchalik Shohruxning rafiqasi
bo‘lgan
Mulk
og‘o
tomonidan, ikkinchisi esa Shohruxning nabirasi Mirzo Alovuddavla[10,132c]
tomonidan bunyod etilgan. Xondamirning yozishicha, bu shifoxonalar Alisher Navoiy
davrida qayta
ta’mirlanib,
faoliyatini davom ettirgan[11,61-68b].
Amir Temur hukmronligi davrida, boshqa sohalar qatori, tibbiyot ham
rivojlangan. Tarixiy manbalarga
ko‘ra,
Sohibqiron davrida har bir shaharda
shifoxonalar faoliyat yuritgan
bo‘lib,
ularda
o‘z
ishiga malakali va bilimdon tabiblar
ishlagan.
Masalan, Samarqand shahrida "Dor ush-shifo" nomli katta shifoxona mavjud
bo‘lib,
unga taniqli tabib Mir Sayyid Sharif Sheroziy rahbarlik qilgan. Ushbu davrda
Xisomiddin Ibrohim Kirmoniy, Mavlono Fayzulloh Tabriziy va Mansur ibn
Muhammad kabi yirik tabiblar faoliyat
ko‘rsatgan.
Manbalarda keltirilishicha, Mavlono Fayzulloh Tabriziy Amir Temurning shaxsiy
tabibi
bo‘lgan
va Sohibqironning barcha yurishlarida uni kuzatib yurgan. Amir Temur
tabib va hakimlarni jamiyatning taraqqiyotida muhim
o‘rin
egallagan shaxslar sifatida
qadrlagan. "Temur tuzuklari"da bu haqda quyidagicha
so‘z
yuritilgan: "Hakimlar va
tabiblar bilan ittifoqda bemorlarni davolatar edim". Ushbu gaplar Temur davrida
qo‘shin
tarkibida jarohatlangan jangchilarni davolash uchun malakali shifokorlar
mavjud
bo‘lganini
tasdiqlaydi.
Mirzo
Ulug‘bek
hukmronligi davrida esa jarrohlik sohasi alohida
e’tiborga
loyiq
darajada rivojlangan.
Mo‘hir
jarrohlardan biri Tojiddin Hakim edi. U murakkab
jarrohlik amaliyotlarini muvaffaqiyatli amalga oshirib, shuhrat qozongan. Masalan, u
ko‘zning
kataraktasini operatsiya
yo‘li
bilan davolagan.
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
8(66)
~ 156 ~
Tojiddin Hakim jarrohlik jarayonida yuqori gigiyena va antiseptika usullariga
e’tibor
qaratgan. U amaliyotdan oldin jarrohlik asboblarini olovda qizdirib, sterillangan
holatga keltirgan. Operatsiya vaqtida esa
qo‘lini
piyozga botirgan, chunki piyoz
mikroblarni
o‘ldiruvchi
xususiyatga ega. Ushbu usul Tojiddin Hakimni
O‘rta
Osiyoda
antiseptika usulining asoschisi sifatida tanitgan.
1480
–
1485-yillarda Alisher Navoiy Hirotda daryo sohilidagi
go‘zal
hududda
maxsus tibbiy inshootlar majmuasini qurdirgan. Ushbu majmuaga "Shifoiya" (Shifo
uyi) shifoxonasi, "Ixlosiya" madrasasi va "Safoiya"[12,37-39] nomli hammom kirgan.
"Shifoiya"
so‘zi
sog‘liqni,
"Safoiya" esa poklikni anglatadi. Shifoxona binosining
hammom yonida joylashgani davolash va gigiyenaga oid jarayonlarni
uyg‘unlashtirishga
yordam bergan. Ushbu hamkorlik, masalan, hammomda
cho‘milish,
massaj kabi
sog‘lomlashtiruvchi
usullar bilan bir qatorda bemorlarni
davolash tadbirlarini
o‘tkazishga
imkon yaratgan. Bunday
uyg‘unlik
usuli sharqning
boshqa davlatlarida ham shifoxona qurilishida
qo‘llanilgan
edi. Bu integratsiya
bemorlarning
sog‘lig‘ini
tiklashda tibbiy va gigiyenik xizmatlarning
o‘zaro
birlashgan
yondashuvini
ta’minlagan.
Ta'kidlash joizki,
“Shifoiya”
shifoxonasida nafaqat bemorlar davolangan, balki
tajribali shifokorlar talabalar bilan amaliyot
o‘tkazgan.
O‘qitish
jarayoni madrasada
tashkil etilgan. Shifoxona tarkibida, ehtimol, dorixona ham
bo‘lgan,
chunki XV asr
tarixchisi Xondamir shunday yozadi: "Bu barakali maskanda odamlar doimo
o‘zlariga
zarur
bo‘lgan
dori-darmon va davolovchi aralashmalarni topardi"[13,43c].
“Shifoiya”
shifoxonasi shu qadar mashhur
bo‘lgan
ediki, boshqa shaharlarning bemorlari ham bu
yerga kelib davolanar edi. Shifoxona shifokorlari esa
ko‘pincha
boshqa shaharlarga
borib, bemorlarni
ko‘rikdan
o‘tkazishardi.
Xondamirning qayd etishicha, shifoxona
tashqi
ko‘rinishi
bo‘yicha
madrasaga
o‘xshagan.
Bu shuni anglatadiki, bino ichki hovliga ega
bo‘lgan
va unda bemorlarning dam
olishi uchun sharoit yaratilgan. Shifokorlar davolash bilan bir qatorda talabalarga dars
berganligi sababli, binoda shifoxona palatalaridan tashqari talabalar bilan
mashg‘ulotlar
o‘tkazish
uchun
mo‘ljallangan
xona
–
ehtimol, ayvon ham
bo‘lgan.
Shunday qilib, binoning ichki hovli va ayvonli reja asosida qurilgani taxmin qilinadi.
Hirotdagi
“Shifoiya”
shifoxonasi bilan bir qatorda XI asrda Samarqandda
qurilgan shifoxona ham, umuman olganda, Sharqdagi
ko‘pchilik
shifoxonalar ichki
hovli uslubida barpo etilgan[14,18-19c].
Ba’zi
shifoxonalarda bir necha yopiq ichki
hovlilar
bo‘lgan.
Bu yopiq hovli uslubi bemorlar uchun izolyatsiya qilingan muhit
yaratish va ularga moslashtirilgan ixtisoslashtirilgan davolash
bo‘limlarini
tashkil
etishga imkon bergan. Shifoxonalar
ko‘pincha
boshqa jamoat binolari yonida yoki
ularning majmualari tarkibida qurilganligi sababli, atrofda kengroq yashil maydonlarni
ajratish imkoniyati
bo‘lmagan.
Bu esa, ehtimol, bemorlar dam olishi uchun
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
8(66)
~ 157 ~
izolyatsiyalangan ichki hovlilarni tashkil qilish zaruratini keltirib chiqargan va natijada
ko‘p
hovlili yoki bir nechta ichki hovlili uslub shakllangan.
Shifoxonalarning hovli qismi favvoralar,
o‘rindiqlar,
gulzorlar, bezakli daraxtlar
va butalar bilan bezatilgan. Qurilish joyini tanlashga alohida
e’tibor
berilgan. Masalan,
Hirotdagi
“Shifoiya”
shifoxonasi kanal
bo‘yida,
keng va yashil hududda qurilgan.
Shifoxona binolarini qurishda simmetriya, proporsionallik va arxitektura shakllarining
uyg‘unligiga
alohida
e’tibor
qaratilgan.
Shifoxonalar alohida xujralar (palatalar), tabiblar uchun xonalar (shifokorlar
xonasi), auditoriyalar, ambulatoriyalar, dorixonalar, oshxonalar, yordamchi xonalar va
yashil
o‘simliklar
bilan bezatilgan hovlidan iborat
bo‘lgan.
Ba’zan
hovlilar
o‘simliklarsiz,
faqat
o‘rtasida
suv havzasi bilan qurilgan. Palatalar bemorlarning
kasallik turiga qarab joylashtirilgan
(ko‘z
kasalliklari, jarrohlik, ichki kasalliklar).
Ayrim shifoxonalarda, masalan, Marv shifoxonasida, ruhiy kasallar uchun alohida
binolar mavjud
bo‘lgan.
Amir Temur va Temuriylar davrida Xuroson va Movarounnahr shaharlarida
shifoxonalardan tashqari,
ko‘plab
hammomlar va tabiiy termal buloqlar asosida
davolash maskanlari ham tashkil etilgan. Masalan, tarixchi
Mu’iniddin
Isfizari
G‘irot
vodiysida joylashgan Temuriylar hukmdori Sulton Husayn Boyqaroning (XV
–
XVI
asrlar) qurilish ishlari haqida yozgan. U shunday deydi:
“O‘ba
qishlog‘i
yaqinidagi
tog‘
etagida issiq buloq
bo‘lgan.
U turli dardlardan aziyat chekkan odamlarni yaqin-
uzoqlardan jalb qilgan. Sulton Husaynning avvalgi hukmdori Temuriy Abu Said Mirzo
(1455
–
1469) bu buloq yonida katta bino qurdirgan. Ammo Sulton Husayn bu binoni
yanada kengaytirib, atrofiga
bog‘lar,
gulzorlar va sabzavot
bog‘lari
yaratgan, bu esa bu
joyning ahamiyatini bir necha barobar
oshirgan”[15,147c].
Ushbu
ma’lumotdan
ko‘rinib
turibdiki, dastlab termal buloq yonida suv bilan
davolash maskani kabi asosiy bino qurilgan. Keyinchalik u kengaytirilgan va buloq
davolash kompleksi shaklini olgan. Xuroson hududida xalq tabobatiga asoslangan
davolash maskanlari, ehtimol, XX asr boshigacha mavjud
bo‘lgan,
chunki taniqli rus
sharqshunos olimi N.V. Xanikov
o‘z
sayohatlari davomida
G‘irot
vodiysidagi bu
inshootlarni
ko‘rgan
va ularni quyidagicha tasvirlagan:
“Bu
hovuzlar, xuddi Eronning
boshqa bunday inshootlari kabi, ayvon va katta yopiq zalga ega
bo‘lib,
uning
o‘rtasida
issiq suvli hovuz joylashgan. Atrofda esa
cho‘miluvchilar
kiyimlarini
qo‘yishi
uchun
keng tosh
o‘rindiqlar
bor”[16,127c].
Oddiy hammomlardan farqli ravishda, bunday
davolash maskanlari termal oqimli suv bilan
ta’minlangan
va maxsus isitish tizimiga
ega
bo‘lmagan.
Tashqi
ko‘rinishi
hammomlarni eslatsa-da, rejaviy jihatdan unda hovuz
va oqimli suvli vannalar joylashgan.
Temuriylar hukmronligi davrida faqatgina Samarqandning
o‘zida
Registon
bozorlaridan tashqarida va uning atrofida
o‘nga
yaqin hammom qurilgan. Ular orasida
Temurning
qal’asidagi
hammom, Muhammad Sulton (Temurning nabirasi) madrasasi
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
8(66)
~ 158 ~
yaqinidagi hammom, shayx Abdulays hammomi va Registondagi Mirzo
Ulug‘bek
hammomi bor edi. Arxeolog E.Yu.
Bur’yakovaning
qayd etishicha, Temur
qal’asidagi
hammom
o‘zining
ulug‘vorligi,
go‘zalligi
va hashamatli bezaklari bilan ajralib turgan.
Uning pollari marmar va oniks plitalar bilan bezatilgan[17,168-169]. XIV
–
XV
asrlardagi boshqa Samarqand hammomlari, xususan,
Ulug‘bek
hammomi, Muhammad
Sulton hammomi va Qosim Sulton hammomi ham
o‘zining
nafisligi va qulayligi bilan
mashhur
bo‘lgan.
Zahiriddin Muhammad Boburning yozishicha:
“Ulug‘bek
madrasasi
va xonaqosi yaqinida yaxshi hammom qurdirgan. Uning pollari turli rangdagi toshlar
bilan qoplangan. Xuroson va Samarqandda bunday hammom
yo‘q
bo‘lsa
kerak”[18,44].
Bu
ma’lumotlar
o‘sha
davr hammomlarining nafaqat amaliy, balki
dekorativ ahamiyatini ham
ko‘rsatib
beradi.
XV asrga oid hammom qoldiqlari Balxda olib borilgan arxeologik qazilmalar
natijasida topilgan. Shu davrga tegishli
bo‘lgan
Shahrisabzdagi hammom esa hanuz
faoliyat
ko‘rsatmoqda.
Bu hammom bir necha marta qayta tiklangan
bo‘lsa
-da,
Temuriylar davriga oid
o‘zining
dastlabki rejasi va isitish tizimini saqlab qolgan. Har
ikki hammomning markaziy qismi "miyon saroy" deb atalgan asosiy yuvinish zalidan
iborat
bo‘lib,
uning
o‘qlari
bo‘ylab
kichik qopqonlar joylashtirilgan. Bir tomonda
kirish
yo‘lagi,
yechinish xonasi va dam olish xonasi, ikkinchi tomonda esa sovuq va
issiq suvli yuvinish xonalari va ularga tutash qizitilgan yoki sovuq suv
rezervuarlar(katta idish) joylashgan.
O‘rta
asrlarda Buyuk Ipak
yo‘li
bo‘ylab
joylashgan bunday hammomlar
sayohatchilar va savdogarlarni nafaqat dam olish, balki
ko‘plab
kasalliklardan
davolanish imkoniyatlari bilan ham kutib olgan. Shu sababli hammomlar nafaqat
mahallalarda, balki shahar maydonlari, shahar darvozalari, karvonsaroylar va bozorlar
yaqinida,
ya’ni
odamlari
ko‘p
yig‘iladigan
va mehmonlar
ko‘p
bo‘lgan
joylarda
qurilgan[19,67-69c].
1404-yilda Amir Temur saroyiga, Samarqandga tashrif buyurgan ispan elchisi
Ruy Gonsales de Klavixo qiziqarli
ma’lumotlarni
keltiradi:
“Temur
qo‘shinlari
qayerga borsa, hammomlar va hammomchilarni
o‘zi
bilan olib yuradi. Ular chodirlarini
o‘rnatib,
temir hammomlar uchun sharoit yaratishadi. Bu hammomlarda qozonlarda
suv isitiladi va barcha zarur narsalar taqdim
etiladi”[20,115c].
Ushbu
ma’lumot
shuni
ko‘rsatadiki,
Temur nafaqat
o‘z
qo‘shinlarining
sog‘lomligini
ta’minlash
uchun
harakat qilgan, balki ular uchun mobil hammom tizimini ham
yo‘lga
qo‘ygan.
Bu
qo‘shinlarning
harakatlanishi davomida tozalikni
ta’minlash
va jangchilarni qayta
tiklashda muhim rol
o‘ynagan.
- Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations).
Temuriylar davrida
shifoxonalar, dorixonalar, tibbiy maktablar, termal manbalarda davolash inshootlari va
hammomlarning keng qurilishi ulkan
ma’naviy
va axloqiy madaniyatni
ko‘rsatadi.
Bu
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
8(66)
~ 159 ~
inshootlar xalqning va
qo‘shinlarning
sog‘lomligini
ta’minlashga
bo‘lgan
e’tiborni
aks
ettiradi.
Amir Temur va Temuriylar davri tibbiy inshootlari va tabobati nafaqat o'sha
davrning ilmiy va madaniy rivojlanishining, balki inson sog'lig'ini saqlash tizimining
yuksalishidagi muhim bosqichlardan biri bo'lib xizmat qilgan. Temuriylar
hukmronligida qurilgan tibbiy inshootlar, xususan, shifoxonalar, dorixonalar, va
boshqa sog'liqni saqlash markazlari, davolash usullari va zamonaviy tibbiyotning
rivojlanishiga asos bo'lgan. Ular faqatgina jismoniy kasalliklarni davolash bilan
cheklanib qolmasdan, insonning ma'naviy va ruhiy holatini ham inobatga olgan.
Shuningdek, tibbiy ta'limni rivojlantirishga, ilmiy tadqiqotlar olib borishga va
shifokorlar uchun qulay sharoitlar yaratishga katta e'tibor qaratilgan.
Bu davrda tibbiyot ilmiy jihatdan rivojlanib, ko'plab ilmiy asarlar va tibbiy
izlanishlar amalga oshirilgan. Temuriylar tomonidan qurilgan tibbiy inshootlar va
zamonaviy tibbiyot tizimining asoslarini tashkil etgan bu yutuqlar, o'zining ilg'or va
innovatsion yondashuvlari bilan o'z davrida katta ta'sir ko'rsatgan. Bugungi kunda ham,
Temuriylar davrining tibbiyotga qo'shgan hissalari ilmiy izlanishlar, tarixiy tadqiqotlar
va sog'liqni saqlash sohasida o'rganilmoqda.
Xulosa qilib aytganda, Amir Temur va Temuriylar davri tibbiyot sohasidagi
yutuqlar, shifokorlarning ishlash sharoitlari, tibbiy inshootlarning rivojlanishi, va
umumiy sog'liqni saqlash tizimi o'zining ilg'or va o'ziga xos yondashuvlari bilan ajralib
turadi. Ular o'z zamonida yuqori madaniyat va ilm-fan rivojlanishining asoslarini
yaratgan va bu bilimlarni keyingi avlodlarga meros qilib qoldirgan.
Mazkur davrdagi davolash muassasalari nafaqat
o‘z
vazifalari, balki
arxitekturaviy xususiyatlari bilan ham diqqatga sazovor
bo‘lgan.
Shu sababli,
Temuriylar davri Markaziy Osiyo arxitekturasi tarixida bu inshootlarni alohida
bo‘lim
sifatida
o‘rganish
katta ilmiy ahamiyatga ega. Bu inshootlar tibbiy xizmatni
rivojlantirish, shaharsozlik va madaniy
me’rosda
yuksak
ma’naviyat
namunasi
bo‘lib
xizmat qilgan.
Adabiyotlar:
1.
Getter, Dieter. Zur Architektur islamischer
Krankenhäuser
// Sydhoffs
Archiv.
Für
Geschichte der Medizin und der Naturwissenschaften. Bd. 45 (1961),
2.
Khad r, M. Deux actes de waqf d'un Qarahanide d'Asie Centrale. Avec
une introduction par Claude Cahen. // A.A. T., CCLV., 1967.
3.
Большакова,
О.
Г.
Два
вакфа
Ибрагима
Тамгач
-
хана
в
Самарканде
//
Страны
и
народы
Востока.
Вып.
X.
М.,
1970.
4.
Кадыров,
А.
А.Первая
гражданская
больница
в
древнем
Самарканде
//
Медицинский
журнал
Узбекистана.
5.
Сорокина,
Т.
С.История
медицины:
Краткий
курс
лекций.
М.,
1988.
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
8(66)
~ 160 ~
6.
Уралов,
А.
С.Из
истории
строительства
больниц
в
Средней
Азии
(средневековый
период)
//
Социальные
проблемы
архитектуры
Узбекистана.Ташкент,
1989.
7.
Рашид
ад
-
Дин.
Переписка
(перевод,
введение
и
комментарий
А.
И.
Фалиной).
М.,
1971.
8.
Sam i Hamerneh. Development of Hospitals in Islam // Journal of the
History of Medicine and Allied Sciences. Vol. XVII.
№
3. 1962.
9.
Кадыров,
А.
А.История
медицины
Узбекистана.
Ташкент,
1994.
10.
Массон,
М.
Е.
К
исторической
топографии
Герата
XV
века
//
Великий
узбекский
поэт.
Ташкент,
1984.
11.
Urolov, A., Suvonqulov, I. Allomalar olami. Toshkent, 1991
12.
G‘iyosiddin
Xondamir. Makorimul-axloq. Toshkent, 1917
13.
Ахмедов,
Б.
Хондамир.
Ташкент,
1965.
14.
Маньковская,
Л.
Ю.
Типологические
основы
зодчества
Средней
Азии
(IX
—
начало
XX
в.).
Ташкент,
1980
15.
Семенов,
А.
А.
Гератское
искусство
в
эпоху
Алишера
Навои
//
Родоначальник
узбекской
литературы.
Ташкент,
1940.
16.
Хаников,
Н.
В.
Экспедиция
в
Хорасан.
М.,
1973
17.
Бурякова,
Э.
Ю.
Раскопки
бань
на
территории
средневекового
Самарканда
//
История
материальной
культуры
Узбекистана.
Вып.
20.
Ташкент,
1986
18.
Бабур.
Бабур
-
намэ
(Записки
Бабура).
Кн.
2.
Ташкент,
1982
19.
Уролов,
А.
Секрет
древней
хаммам
//
Жизнь
и
экономика.
1991
20.
Клавихо,
Р.
Дневник
путешествия
в
Самарканд
ко
двору
Тимура
(1404
—
1406).
М.,
1990
