YUNON-RUM KURASHIDA TAYYORGARLIK HARAKATLARINI HISOBGA OLGAN HOLDA TEXNIK USULLARNI TAKOMILLASHTIRISH SAMARADORLIGI

Abstract

Ushbu maqolada yunon-rum kurashchilarning tayyorgarlik mashg‘ulotlarida bajariladigan harakatlar, ularning sportchilarning texnik ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi roli va samaradorligi keng yoritilgan. Har bir sportchi uchun tayyorgarlik mashqlari tizimli va ilmiy asoslangan holda tashkil etilsa, texnik usullarning mukammalligi oshadi va musobaqalardagi natijalari yaxshilanadi. Tadqiqot davomida texnik-taktik harakatlarni o‘rgatishda individual yondashuv, motivatsion muhit yaratish, va psixologik tayyorgarlik omillari chuqur tahlil qilinadi. Bundan tashqari, innovatsion texnologiyalardan foydalanish orqali texnik mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.

Source type: Journals
Years of coverage from 2023
inLibrary
Google Scholar
doi
Branch of knowledge

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Usmonov , S. . (2025). YUNON-RUM KURASHIDA TAYYORGARLIK HARAKATLARINI HISOBGA OLGAN HOLDA TEXNIK USULLARNI TAKOMILLASHTIRISH SAMARADORLIGI. Talqin Va Tadqiqotlar, (8(66). Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/interpretation-research/article/view/124363
Sanjar Usmonov
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti o‘qituvchisi
0
Citations
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada yunon-rum kurashchilarning tayyorgarlik mashg‘ulotlarida bajariladigan harakatlar, ularning sportchilarning texnik ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi roli va samaradorligi keng yoritilgan. Har bir sportchi uchun tayyorgarlik mashqlari tizimli va ilmiy asoslangan holda tashkil etilsa, texnik usullarning mukammalligi oshadi va musobaqalardagi natijalari yaxshilanadi. Tadqiqot davomida texnik-taktik harakatlarni o‘rgatishda individual yondashuv, motivatsion muhit yaratish, va psixologik tayyorgarlik omillari chuqur tahlil qilinadi. Bundan tashqari, innovatsion texnologiyalardan foydalanish orqali texnik mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-

3035 | №

8(66)

~ 131 ~

YUNON-RUM KURASHIDA TAYYORGARLIK HARAKATLARINI

HISOBGA OLGAN HOLDA TEXNIK USULLARNI TAKOMILLASHTIRISH

SAMARADORLIGI

Usmonov Sanjar Elbek

o‘g‘li

O‘zbekiston

davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti o

‘qituvchisi

usmonovsanjar659gmail.com


Annotatsiya.

Ushbu maqolada yunon-rum kurashchilarning tayyorgarlik

mashg‘ulotlarida

bajariladigan harakatlar, ularning sportchilarning texnik

ko‘nikmalarini

rivojlantirishdagi roli va samaradorligi keng yoritilgan. Har bir sportchi

uchun tayyorgarlik mashqlari tizimli va ilmiy asoslangan holda tashkil etilsa, texnik
usullarning mukammalligi oshadi va musobaqalardagi natijalari yaxshilanadi.
Tadqiqot davomida texnik-taktik harakatlarni

o‘rgatishda

individual yondashuv,

motivatsion muhit yaratish, va psixologik tayyorgarlik omillari chuqur tahlil qilinadi.
Bundan tashqari, innovatsion texnologiyalardan foydalanish orqali texnik

mashg‘ulotlar

samaradorligini oshirish imkoniyatlari

ko‘rib

chiqilgan.

Kalit

so‘zlar.

Yunon-rum kurashi, tayyorgarlik mashqlari, texnik-taktik

ko‘nikmalar,

psixologik tayyorgarlik, innovatsion metodika, motorik rivojlanish

THE EFFECTIVENESS OF IMPROVING TECHNICAL TECHNIQUES

CONSIDERING PREPARATORY MOVEMENTS IN GRECO-ROMAN

WRESTLING


Abstract.

This article explores the role and effectiveness of preparatory exercises

performed by Greco-Roman wrestlers during training in developing their technical
skills. If preparatory training is organized systematically and based on scientific
principles for each athlete, technical mastery improves and competitive results
increase. The study deeply analyzes individual approaches to teaching technical and
tactical movements, the creation of a motivational environment, and psychological
preparation factors. Additionally, it examines opportunities to improve technical
training effectiveness through the use of innovative technologies.

Keywords:

Greco-Roman wrestling, preparatory exercises, technical-tactical

skills, psychological preparation, innovative methods, motor development.


Dolzarbligi.

Yunon-rum kurashi texnika va taktikaga asoslangan sport turi

bo‘lib,

bunda sportchining jismoniy, aqliy va psixologik tayyorgarligi bir butun holda
qaraladi. Sportchining texnik

ko‘nikmalarini

shakllantirishda tayyorgarlik harakatlari

muhim

o‘rin

tutadi. Ayniqsa, yuqori darajadagi musobaqalarda muvaffaqiyatga


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-

3035 | №

8(66)

~ 132 ~

erishish uchun sportchining tayyorgarlik jarayonlari chuqur rejalashtirilgan

bo‘lishi

zarur. Ushbu maqolada aynan tayyorgarlik harakatlarining texnik

o‘zlashtirishga

qanday

ta’sir

ko‘rsatishi,

shuningdek, zamonaviy metodikalar asosida bu jarayonni

qanday samarali tashkil etish mumkinligi tahlil qilinadi.

Yunon-rum kurashi sportchilari uchun

mashg‘ulot

jarayonining har bir bosqichi

sportchining umumiy rivojlanishiga xizmat qilishi lozim. Texnik harakatlarni
muvaffaqiyatli bajarish uchun faqatgina ularni mexanik tarzda

o‘rgatish

yetarli emas.

Shuningdek, sportchining psixofiziologik holatini, motivatsiya darajasini va individual
harakat xususiyatlarini ham hisobga olish kerak. Shu sababli, tayyorgarlik
harakatlarining samaradorligini oshirish, texnik usullarni chuqurroq va barqaror

o‘zlashtirishga

xizmat qiladi.

Tadqiqotning maqsadi:

Tayyorlov harakatlari asosida ishlab chiqilgan maxsus

mashg‘ulotlar

dasturining yunon-rum kurashchilarning texnik tayyorgarligiga

ta’sirini

aniqlash va samaradorligini baholashdir.

Asosiy qism:

Hozirgi sportning intensiv rivojlanayotgan sharoitida kurashchilar

uchun nafaqat jismoniy, balki texnik va taktik tayyorgarlikni chuqur rivojlantirish
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, yunon-rum kurashi sport turida texnik
harakatlarning mukammalligi raqobatbardoshlikning muhim

ko‘rsatkichlaridan

biri

hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, texnik harakatlarni takomillashtirishga qaratilgan
tayyorgarlik harakatlarining ilmiy asoslangan holda

qo‘llanishi

sportchilarning

individual salohiyatini

to‘liq

namoyon qilish imkonini beradi.

Sport sohasida kurashchilarining musobaqaviy faoliyatini batafsil

o‘rganish

shuni

ko‘rsatadiki,

zamonaviy musobaqa qoidalari kurash bahslarining shiddatini hamda

optimallashgan vaziyat intensivligini sezilarli darajada operativ nazorat qilish jiddiy

o‘sishga

sabab

bo‘lishini

ta’kidlaydi.

Sport kurashining yetakchi olimlari, murabbiylar sportchilarining musobaqa

faoliyati

ko‘rsatkichlarini

o‘rganish

mobaynida

o‘quv

-

yig‘in

mashg‘ulotlari

samaradorligini

ko‘tarishga

harakat qilmoqdalar. Mazkur musobaqa faoliyatiga

asoslanib, sportchilarning

o‘ziga

xos xususiyatlarini hisobga olishi kerak

bo‘lgan,

texnik taktik tayyorgarlik maxsus nazorat tizimi aniqlandi. Uning mohiyati
kurashchilarni tayyorlashda belgilangan maqsadlarga erishish

yo‘llarini

va individual

faoliyatning jiddiy jihatlarini ochib berish lozim. Ushbu vaziyatning natijasi
sportchilarning texnik-taktik, maxsus-jismoniy va boshqa tomonlar darajasiga

qo‘yiladigan

talablar tobora

ko‘payib

bormoqda. Kurashchilar hujum qilish usullarini

ko‘paytirish

orqali ochkolar

bo‘yicha

ozgina ustunlik bilan

ko‘proq

g‘alabalarga

erisha

boshladilar. Musobaqa faoliyatini baholashda ogohlantirishlar va majburiyatlar soni
katta ahamiyatga ega. Shu bois, musobaqa qoidalaridagi

o‘zgarishlarni

hisobga olgan

holda, sportchilarning musobaqa faoliyatini sifatlovchi model qiymatlar

to‘plamini

yanada puxta ishlab chiqish talab etiladi. Sport kurashlari musobaqa faoliyatida


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-

3035 | №

8(66)

~ 133 ~

malakali kurashchilar tomonidan 4730 ta texnik usullar ketma-ketligi bajarildi,
shundan 3305 tasi asosiy pozitsiyada va 1425 tasi esa parter holatidagi usullar (rasm.
1).

Taqdim etilgan mazkur

ma’lumotlar

tahlil qilindi, kurashchilar tomonidan

musobaqa faoliyatida foydalaniladigan texnik-taktik harakatlarning miqdoriy tarkiblar
dinamikasi aniqlandi. Asosiy pozitsiyada 3305 ta texnik usullar bajarildi, shundan

o‘ng

tomonga hujumlar assimetriyasi

bo‘yicha

2134 ta texnik usullar, 1171 ta texnika chap

tomonga hujumlar assimetriyasi

bo‘yicha

bajarildi. Ushbu olingan faktik materiallar

asosida musobaqadagi texnik-taktik harakatlarning hajmi va samaradorligi aniqlandi.

1-rasm Kurashchilarning musobaqa faoliyati davomidagi texnik harakatlar

ko‘rsatkichlari

Kurashchilarning raqobatbardosh xatti-harakatlari tahlil qilindi. Shu bilan birga,

shaxsiy pedagogik kuzatishlar bilan bir qatorda videoga olingan materiallardan ham
foydalanilgan.

Har bir vazn toifasi uchun sportchilarning texnik-taktik tayyorgarligini

o‘rganish

borasida individual

o‘lchamlar

hisoblab chiqilgan. Kurashchilarning texnik-taktik

tayyorgarligi

to‘g‘risida

obyektiv

ma’lumot

olish uchun Microsoft Office EXSEL

dasturi yordamida daqiqalar, davrlar, vazn toifalari va

ko‘rsatkichlarni

tahlil qilish

usuli

bo‘yicha

respublika musobaqalari

o‘rganildi.

Kerakli faktik materiallarni

to‘plash

mas’uliyatli

musobaqalar:

2009-2010-yillarda

O‘zbekiston

Respublikasi

chempionatlarida

ishtirok

etgan

O‘zbekistonning

yetakchi

kurashchilari

ko‘rsatkichlarni

tahlil qilish asosida Microsoft Office

“EXSEL”

dasturi yordamida

musobaqa faoliyatini olib bordilar. Turli miqyosdagi musobaqalarni tahlil qilish,
kurash uslubidagi kurashchilarning vazn toifasini hisobga olgan holda musobaqa
faoliyatining qiyosiy

ko‘rsatkichlarini

aniqlash imkonini berdi.

1-jadvalda aniqlangan va taqdim etilgan miqdoriy

ma’lumotlarga

ko‘ra,

sportchilarning raqobatbardosh faoliyati natijalarini tahlil qilish shuni

ko‘rsatdiki,

xalqaro musobaqalarda yengil vazn toifasidagi kurashchilar sezilarli darajada yuqori
texnik-taktik tayyorgarlik hamda samarali kurashni

ko‘rsatdilar.

Buni TTH uchun

urinishlar sonining yuqori

ko‘rsatkichlari,

TTH uchun muvaffaqiyatli urinishlar soni

0

200

400

600

800

1000

1200

1400

1600

Parterga

o'tkazish

Yiqitish

Asosiy

turishdan

tashlashlar

Parterda

tashlashlar

Parterda

ag'darishlar


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-

3035 | №

8(66)

~ 134 ~

va TTH uchun ballar soni tasdiqlaydi. MF ning qiyosiy tahlili shuni

ko‘rsatadiki,

vazn

toifasi oshgani sayin kurashchilar chap hujumlarning ulushini kamaytiradi. Shunday
qilib, biz kurashchilarning musobaqa faoliyatining quyidagi

ko‘rsatkichlarini

aniqladik:

1. Yengil (e),

o‘rta

(o‘)

va

og‘ir

(o) vazn toifalarida

O‘zbekiston

chempionatlarida

TTH 1 daqiqada bajarilgan urinishlar soni hujumkor harakatlarning texnik-taktik
zaxirasi

ko‘rsatkichlarini

qiyosiy tahlil qilish

(o‘rtacha):

O‘zbekiston

chempionati: -e-

2,17,

o‘

-1,96, o-1,81

o‘ng

hujum harakatlari;

O‘zbekiston

chempionati: -e-0,89,

o‘

-

0,68, o-0,57 chap hujum harakatlari.

2. Kurashchilar

o‘rta

vazn toifasida texnik-taktik harakatning muvaffaqiyatli

urinishlari soni

bo‘yicha

O‘zbekiston

chempionatida ishtirok etdilar:

O‘zbekiston

chempionati: -ye-0,80,

o‘

-0,57, o-0,41

o‘ng

tomonga hujum harakatlari;

O‘zbekiston

chempionati: -ye-0,34,

o‘

-0,11, o-0,12 chap tomonga hujumlar.

3.

O‘rtacha

bir daqiqada texnik tavsiflarni bajarish uchun ballar

yig‘indisining

umumiy

ko‘rsatkichlari

quyidagilardan iborat:

Vazn

toifasi

O‘ng

hujum
(urinish/
daq)

Chap

hujum
(urinish/

daq)

O‘ng

muvaffaqi
yatli TTH

Chap

muvaffaqiy
atli TTH

Ball

(umumiy/
daq)

Bahol

ash
vaqti
(sek)

Assimetr

iya (%)

Yengil

(ye)

2,17

0,89

0,80

0,34

1,38

43,63 34,07%

O‘rta

(o‘)

1,96

0,68

0,57

0,11

0,91

65,69 25,74%

Og‘ir

(o)

1,81

0,57

0,41

0,12

1,03

58,53 35,75%


-

O‘zbekiston

chempionatida texnik harakatlar daqiqasiga ball soni 1,38; 0,91;

1,03; baholash

oralig‘i

(soniyalar) 43,63; 65,69; 58,53; chapga

to‘plangan

ballarning

assimetriyasi -ha- 34,07%;

o‘

-25,74%; o-35,75% .

Kurashchilarning hujum harakatlari faolligini musobaqa davomida bajarilgan

texnik-taktik harakatlarning soni va samaradorligi nuqtai nazaridan daqiqama-daqiqa

o‘rganib

chiqilgach, barcha vazn toifasidagi sportchilar

ko‘proq

hujum harakatlarni

amalga oshirishga qodir ekani

ma’lum

bo‘ldi.

Xulosa.

Yunon-rum kurashchilarning texnik tayyorgarligini takomillashtirish

jarayonida tayyorgarlik harakatlarining tizimli va ilmiy asosda tashkil etilishi asosiy
rol

o‘ynaydi.

Tadqiqot natijalari shuni

ko‘rsatmoqdaki,

individual yondashuv,

motivatsion va psixologik

qo‘llab

-quvvatlash elementlari bilan boyitilgan


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-

3035 | №

8(66)

~ 135 ~

mashg‘ulotlar

sportchining texnik imkoniyatlarini kengaytiradi va musobaqa

holatlarida barqarorlikni

ta’minlaydi.

Trenerlar zamonaviy metod va texnologiyalarni

qo‘llash

orqali

mashg‘ulotlarni

yanada samarali va sportchiga moslashtirilgan holda

tashkil eta olsalar, bu ularning natijalarida sezilarli ijobiy

o‘zgarishlarga

olib keladi.

Shunday ekan, texnik tayyorgarlikda tayyorgarlik harakatlarini chuqur tahlil qilish va
ularni kompleks tarzda joriy etish muhim vazifa

bo‘lib

qolmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

ro‘yxati:

1.

S.Q.Adilov. Intellektual sensor tizimlaridan foydalangan holda sport

kurashida koordinatsion va texnik-taktik harakatlari integratsiyasi: Ped. fan. dok.

dis. (DSc), - Chirchiq:

O‘zDJTSU

, 2024.

B. 35-55.;

2.

Adilov S.Q. Sport kurashida koordinatsion qobiliyatlar va texnik-taktik

tayyorgarliklarni maxsus mashqlar orqali takomillashtirishning samaradorligini
oshirish // Fan-sportga ilmiy-nazariy jurnali 2022/5, Issn: 2181-7804 B. 10-12.
[13.00.00

5].

3.

Adilov S.Q. Bakiyev Z.A. Murodov K.N. Qirg

izboyev .M.Technology

oincreasing the efficiency of technical and tactical actions and development of the
physical abilities of athletes in sports wrestling basis of analysis of sports skills of
wrestlers // Oeconomia Copernicana Volume 12 Issue 6 2021. P-ISSN 2083-1277.

4.

Бакиев

З.А.

Индивидуализация

технико

-

тактической

подготовки

борцов,

на

основе

автоматизированного

анализа

соревновательной

деятельности

:

Дис.

...

канд

.

пед

.

наук:

-

Ташкент

:

УзГИФК

, 2009.

131

с

.

5.

Kerimov F.A. Sportda ilmiy tadqiqotlar / Darslik. Toshkent,

“ZAR

QALAM”,

2018.

348-b.

6.

S.R.Ismatullayeva. Maxsus simulyatsiya trenajyorida dzyudochi qizlarning

texnik va tezkor-kuch tayyorgarligi asimmetriyasini tahlil qilish: p.f.b.f.d

dis

avtoreferati. (PhD)., - Chirchiq.

O‘zDJTSU,

2025.

7.

Ismatullayeva S.R. Fundamentals of increasing the efficieny of competition

activity and developing technical and tactical training.

1 2024.

References

S.Q.Adilov. Intellektual sensor tizimlaridan foydalangan holda sport kurashida koordinatsion va texnik-taktik harakatlari integratsiyasi: Ped. fan. dok. … dis. (DSc), - Chirchiq: O‘zDJTSU, 2024. – B. 35-55.;

Adilov S.Q. Sport kurashida koordinatsion qobiliyatlar va texnik-taktik tayyorgarliklarni maxsus mashqlar orqali takomillashtirishning samaradorligini oshirish // Fan-sportga ilmiy-nazariy jurnali 2022/5, Issn: 2181-7804 B. 10-12. [13.00.00 № 5].

Adilov S.Q. Bakiyev Z.A. Murodov K.N. Qirg‘izboyev .M.Technology oincreasing the efficiency of technical and tactical actions and development of the physical abilities of athletes in sports wrestling basis of analysis of sports skills of wrestlers // Oeconomia Copernicana Volume 12 Issue 6 2021. P-ISSN 2083-1277.

Бакиев З.А. Индивидуализация технико-тактической подготовки борцов, на основе автоматизированного анализа соревновательной деятельности: Дис. ... канд. пед. наук: -Ташкент: УзГИФК, 2009. – 131 с.

Kerimov F.A. Sportda ilmiy tadqiqotlar / Darslik. Toshkent, “ZAR QALAM”, 2018. – 348-b.

S.R.Ismatullayeva. Maxsus simulyatsiya trenajyorida dzyudochi qizlarning texnik va tezkor-kuch tayyorgarligi asimmetriyasini tahlil qilish: p.f.b.f.d… dis… avtoreferati. (PhD)., - Chirchiq. O‘zDJTSU, 2025.

Ismatullayeva S.R. Fundamentals of increasing the efficieny of competition activity and developing technical and tactical training. №1 2024.