EKOLOGIK MUAMMOLARNI BARATAF ETISHDA DAVLAT SIYОSATINING AHAMIYАTI

Аннотация

Maqolada O‘zbekistonda ekologik barqarorlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ularning natijalari va boshqa masalalarda fikr yuritiladi.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2023
inLibrary
Google Scholar
doi
Выпуск:
Отрасль знаний

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Дадабоева M. (2025). EKOLOGIK MUAMMOLARNI BARATAF ETISHDA DAVLAT SIYОSATINING AHAMIYАTI. Talqin Va Tadqiqotlar, (7(65). извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/interpretation-research/article/view/122616
Мадина Дадабоева
Qo‘qon universiteti BT yo‘nalishi 2-kurs talabasi
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada O‘zbekistonda ekologik barqarorlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ularning natijalari va boshqa masalalarda fikr yuritiladi.


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-

3035 | №

7(65)

~ 13 ~

EKOLOGIK MUAMMOLARNI BARATAF ETISHDA DAVLAT

SIYОSATINING AHAMIYАTI

Dadaboyeva Madina

Qo‘qon universiteti

BT yo‘nalishi 2

-kurs talabasi


Annotatsiya:

Maqolada O‘zbekistonda ekologik barqarorlikni ta’minlash

borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ularning natijalari va boshqa masalalarda fikr
yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

Ekologiya, “O‘zbekiston Qizil Kitobi”, Milliy strategiya, islom

madaniyati, EKOSAN, ekologik baraqarorlik.


Hozirgi kunga kelib yurtimizda xamda dunyoda ekologiyani asrab-avaylash,

atrof-

muhit ozodaligini asrash masalalariga katta e’tibor berib kelinmoqda. Dunyoda

ko‘plab ekologik muammolar mavjud. O‘zbekistonning eng katta ekologik muammosi

esa Orol dengizining qurib borishi hisoblanadi. Tan olish lozim Orol dengizining

ekologik falokat hududi nafaqat O‘zbekiston balki, Qozog‘iston, Turkmanistonni ham
qamrab oladi. Bu kabi muammolar xajmi va ko‘lami ortib borganidan Qizil Kitobga
kiritiladigan o‘simlik va hayvon

turlari ham ortib bormoqda. Ayni vaqtda

O‘zbekistonda 301 o‘simlik va 184 ta hayvon turi “O‘zbekiston Qizil Kitobi”ga
kiritilgan. Aynan ular mamlakatdagi ekologik barqarorlikni ta’minlashda muhim
o‘ringa ega. Bu borada fikrimizcha davlat siyosati muhim ah

amiyatga ega.

Ekologik barqarorlikni ta’minlash uchun O‘zbekiston hukumati bir qator strategik

dasturlarni ishlab chiqqan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi atrof

-muhit gigienasi

bo‘yicha milliy harakat dasturi, biologik rang

-

baranglikni saqlash bo‘yicha Milliy

strategi

ya va Harakat rejasi, Qurg‘oqchilik va cho‘lga aylanishga qarshi kurash

bo‘yicha Milliy harakat dasturi, Atrof

-

muhit muhofazasi bo‘yicha Milliy harakat

dasturi kabi bir qator rejalar qabul qilingan bo‘lib, ular asosida yurtimiz ekologiyasini

asrab-avaylash borasida qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekistoning bu kabi xayrli tashabbuslarini xalqaro tashkilotlar ham qo‘llab

quvvatlab kelmoqda. Jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti agentliklari tizimi ham

O‘zbekistonning tabiiy zahiralarini barqaror rivojlantirish maqsadida atrof

-muhitdan

foydal

anishni samarali boshqarishga va uni muhofaza qilishga qaratilgan sa’y

-

harakatlarni bir qator loyihalar orqali qo‘llab

-quvvatlab kelmoqda.

E’tirof etish joiz aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida

O‘zbekiston hukumati ekologik muammolarni hal etishga yo‘naltirilgan qator strategik

hujjatlarni ishlab chiqqan. 2000-2010-

yillarga mo‘ljallangan davrda qishloq aholisini

ichimlik suv

i va tabiiy gaz bilan ta’minlash davlat dasturi bu borada muhim amaliy

ahamiyatga ega.


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-

3035 | №

7(65)

~ 14 ~

Ushbu maqsadlar yo‘lida ham Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimi agentliklari

va boshqa xalqaro tashkilotlar suv zahiralaridan unumli foydalanishda O‘zbekiston

bilan faol hamkorlik qilib kelmoqda.

Ushbu xamkorliklar doirasida ilmiy jamoatchilikning ishtiroki bor albatta.

Xususan «EKOSAN» xalqaro tashkiloti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi va oliy ta’lim muassalari

hamkorligida konferensiyalar tashkil etilib kelinmoqda.

Hozirgi vaqtda ekologik muammolarni tadqiq etishga qiziqish ortib bormoqda.

Ekologiya ilmiy tadqiqot ishlarida bir qancha uslublardan foydalanadi. Ularning keng
tarqalgani quyidagilar:

1. Tasviriy.
2. Taqqoslash.
3. Tajriba.
4. Modellashtirish.
Tasviriy taqqoslash va tajriba uslublari deyarli barcha biologik fanlarda

foydalaniladi. Ammo modellashtirish yangi rivojlanayotgan uslublardan hisoblanadi.

Fan texnika sohasida ro‘y bergan inqilobiy o‘zgarishlar va sanoat va transportning tez
o‘sishi, aholining ko‘payib borishi, urbanizatsiya xodisasi, shaharlarning kengaya
borishi, shaharlar ta’sirining orta borishi, qishloq xo‘jaligida kimyolashtirishning
kuchli ta’siri va boshqa hollar, bir tomondan tabiiy resurslardan ko‘proq foydalanishga

olib kelsa,

ikkinchi tomondan atrof muhitga salbiy ta’sirlarini ortishiga olib keladi.

Natijada tabiiy resurslarning miqdori va sifatiga putur eta boshladi. Bunday

munosabatni bartaraf etish hozirgi kunda yekologiya oldiga qo‘yilgan birdan

-bir

dolzarb muammodir. Bu muhim masalani hal etishning amaliy va ilmiy asosiy-tabiatni
muhofaza qilishdir.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, ekologik baraqarorlikni ta’minlash, bu boradagi

ishlarni muvofiqlashtirish xamda ularning natijadorligini oshirishda davlat idoralari va

siyosatining o‘rni kattadir. Zero davlat siyosati mamlakatdagi ekologik barqarorlikni

saqlab qolish va aholiga munosib turmush tarzini yaratishda muhim ahamiyatga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati:

1.

Rasulov D. Ekologik madaniyat istiqbollari // Tafakkur, 2000, 4- son, -

B.86.

2.

Saidova U.G. Ekologik madaniyat tarixi va uning rivojlanish bosqichlari,

Diss. Falsafa fan. nom. Toshkent: 2008.

3.

Usmonov E, Qo‘lyozma manbalar va ekologik tarbiya // Tafakkur, 2010, 3

-

son, -B.68-71.

Библиографические ссылки

Rasulov D. Ekologik madaniyat istiqbollari // Tafakkur, 2000, 4- son, -B.86.

Saidova U.G. Ekologik madaniyat tarixi va uning rivojlanish bosqichlari, Diss. Falsafa fan. nom. Toshkent: 2008.

Usmonov E, Qo‘lyozma manbalar va ekologik tarbiya // Tafakkur, 2010, 3-son, -B.68-71.