MARK TVENNING “TOM SOYERNING SARGUZASHTLARI” ASARINING BADIIY USLUBI VA IBORALAR TARJIMASI TAHLILI

Аннотация

Ushbu maqolada Mark Tvenning “Tom Soyerning sarguzashtlari” asaridagi badiiy uslub va unda ishlatilgan iboralar tahlil qilinadi. Asarda keltirilgan iboralar muallifning stilistik yondashuvini boyitib, Amerika jamiyati va madaniyatining o‘ziga xos jihatlarini aks ettiradi. Maqolada asarning o‘zbek tiliga Ilyos Muslim tomonidan amalga oshirilgan tarjimasi misolida iboralar semantik jihatdan qiyosiy tahlil qilinadi va tarjima usullari muhokama qilinadi. Stilistik vositalar, masalan, metafora, ironiya, dialekt va simvolizm orqali asar o‘quvchilar uchun yanada qiziqarli va mazmunli bo‘lishi ta’kidlanadi. Maqola davomida ba’zi iboralar uchun yanada mos tarjima variantlari taklif etiladi.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2023
inLibrary
Google Scholar
doi
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Сирожева Z., & Йевгения Y. (2025). MARK TVENNING “TOM SOYERNING SARGUZASHTLARI” ASARINING BADIIY USLUBI VA IBORALAR TARJIMASI TAHLILI. Interpretation and Researches, (1(47). извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/international-scientific/article/view/68679
Зебонисо Сирожева , Navoiy davlat universiteti
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) mutaxassisligi magistranti
Югай Йевгения, Navoiy davlat universiteti
Falsafa fanlari boʻyicha falsafa doktori
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada Mark Tvenning “Tom Soyerning sarguzashtlari” asaridagi badiiy uslub va unda ishlatilgan iboralar tahlil qilinadi. Asarda keltirilgan iboralar muallifning stilistik yondashuvini boyitib, Amerika jamiyati va madaniyatining o‘ziga xos jihatlarini aks ettiradi. Maqolada asarning o‘zbek tiliga Ilyos Muslim tomonidan amalga oshirilgan tarjimasi misolida iboralar semantik jihatdan qiyosiy tahlil qilinadi va tarjima usullari muhokama qilinadi. Stilistik vositalar, masalan, metafora, ironiya, dialekt va simvolizm orqali asar o‘quvchilar uchun yanada qiziqarli va mazmunli bo‘lishi ta’kidlanadi. Maqola davomida ba’zi iboralar uchun yanada mos tarjima variantlari taklif etiladi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 1 (47) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

17

MARK TVENNING “TOM SOYERNING SARGUZASHTLARI” ASARINING

BADIIY USLUBI VA IBORALAR TARJIMASI TAHLILI

Sirojeva Zeboniso Farxod qizi

Navoiy davlat universiteti Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)

mutaxassisligi magistranti

sirojevazebiniso@gmail.com

Ilmiy rahbar:

Yugay Yevgeniya

Falsafa fanlari boʻyicha falsafa doktori


Annotatsiya:

Ushbu maqolada Mark Tvenning “Tom Soyerning sarguzashtlari”

asaridagi badiiy uslub va unda ishlatilgan iboralar tahlil qilinadi. Asarda keltirilgan
iboralar muallifning stilistik yondashuvini boyitib, Amerika jamiyati va
madaniyatining o‘ziga xos jihatlarini aks ettiradi. Maqolada asarning o‘zbek tiliga
Ilyos Muslim tomonidan amalga oshirilgan tarjimasi misolida iboralar semantik
jihatdan qiyosiy tahlil qilinadi va tarjima usullari muhokama qilinadi. Stilistik
vositalar, masalan, metafora, ironiya, dialekt va simvolizm orqali asar o‘quvchilar
uchun yanada qiziqarli va mazmunli bo‘lishi ta’kidlanadi. Maqola davomida ba’zi
iboralar uchun yanada mos tarjima variantlari taklif etiladi.

Kalit so‘zlar:

Mark Tven, “Tom Soyerning sarguzashtlari”, badiiy uslub,

iboralar tahlili, metafora, ironIya, dialekt, simvolizm, tarjima, qiyoslash.

THE ANALYSIS OF LITERARY STYLE AND IDIOM TRANSLATION IN

“THE ADVENTURES OF TOM SAWYER” BY MARK TWAIN


Abstract:

This article analyzes the literary style and idioms used in Mark

Twain's “The Adventures of Tom Sawyer”. The idioms featured in the novel enrich
the author’s stylistic approach, reflecting the unique aspects of American society and
culture. The article examines the semantic comparative analysis of idioms based on
Ilyos Muslim's Uzbek translation of the novel and discusses various translation
methods. Stylistic tools such as metaphor, irony, dialect, and symbolism are
highlighted as elements that make the novel engaging and meaningful for readers.
Throughout the article, alternative translation suggestions for some idioms are
provided to enhance their semantic accuracy.

Keywords:

Mark Twain, “The Adventures of Tom Sawyer”, literary style,

idiom analysis, metaphor, irony, dialect, symbolism, translation, comparison.


Buyuk amerikalik yozuvchi Mark Tvenning

“Tom Soyerning sarguzashtlari”

asari Amerika bolalar adabiyotining yorqin namunasi bo‘lib, yosh o‘quvchilar va


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 1 (47) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

18

kattalar uchun ham qiziqarli hikoyalarni taqdim etadi. Missuri shtatining Missisipi
daryosi bo‘yidagi xayoliy Sankt-Peterburg shahrida sodir bo‘ladigan voqealar yosh
Tom va uning do‘stlarining hayajonli sarguzashtlarini yoritadi.

“Tom Soyerning sarguzashtlari”

asari 1876-yilda nashr etilgan bo‘lib, Missuri

shahridagi daryo bo‘yidagi shaharchada yashovchi zukko va sho‘x bir bolakay haqida
hikoya qiladi. Bu satirik asar Amerikaning adabiyot olamidagi durdona asarlaridan
biri hisoblanadi va unga asoslangan

“Geklberri Finnning sarguzashtlari”

(1884)

asari ham katta muvaffaqiyat qozongan.

Tom Soyer sho‘x va xayolparast xarakterga ega bo‘lib, u doimo o‘zini turli

kulgili holatlarga tushirib qo‘yadi. Do‘stlarini panjara bo‘yashga majburlashdan
tortib, xazina izlash, g‘orni tadqiq qilish va hatto o‘z dafn marosimida ishtirok
etishgacha, uning sarguzashtlari yosh va tashvishsiz hayot kechirishning hazilomuz
tadqiqidir. Ba’zi odamlar Tomni to‘polonchi deb hisoblashlari mumkin, lekin u
o‘zining ichki axloqiy qoidalariga rioya qilib yashaydi va hech qachon “yomon ish”
qilmaydi.

“Tom Soyerning sarguzashtlari”

– bu hazil, esda qolarli xarakterlar va muhim

mavzularni tadqiq qilish orqali bolalar adabiyotida chuqur iz qoldirgan o‘lmas klassik
asardir. Mark Tvenning mahoratli hikoyachilik uslubi va ijtimoiy tanqidlari ushbu
asarni Amerikaning dolzarb va qadriyatli adabiyot namunasi sifatida saqlab qoladi. U
bolalik, sarguzasht va voyaga yetish murakkabliklari haqida qimmatli bilimlar beradi.
Bu asarni o‘zbek tiliga A. Pirnazarov, I. Muslim, N. Xudoyqulov, M. A’zamlar
mohirona tarzda tarjima qilishgan. Mark Tvenning

bu

asardagi hikoya qilish uslubi

o‘zining hazil va sofdil ohangi bilan ajralib turadi. Muallifning yengil va teran
uslubda yozilgan hikoyasi axloq, ijtimoiy me’yorlar va bolalikdan kattalik sari o‘tish
kabi jiddiy mavzularni ham qamrab oladi. Asarda ishlatilgan iboralar asar uslubini
boyitib, o‘sha davrning Amerika jamiyati va madaniyati haqidagi muhim
ma’lumotlarni aks ettiradi. Bu iboralar ko‘p holatlarda muloqotda, kundalik hayotda
ishlatilgan xalqona iboralar, metaforalar va boshqa stilistik vositalar orqali
ifodalanadi. Har qanday asarning badiiy stilistikasi uning badiiy xususiyatlarini o‘z
ichiga oladi, bu esa muallifning individual uslubini yaratadi. Romanda qo‘llanilgan
badiiy vositalar orasida birinchi navbatda metaforani ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, Tven
romanda Tomning sarguzashtlarini tasvirlashda boy tasviriy ifodalardan foydalanadi.
Masalan, Tomning qalbi

“his heart was light as a feather”

(

“yengil, parrak kabi”)

deb metafora yordamida tasvirlanadi, bu esa uning g‘ururi va baxtini ifodalaydi. Bu
tasvir oddiy bo‘lsa-da, Tomning yutuqlaridan tuygan g‘ururini va baxtini samarali
tarzda ifodalaydi. Shuningdek, Missisipi daryosining tasviri, “keng va chuqur” bo‘lib,
faqat fizik xususiyatlar sifatida emas, balki Tom va Geklberri uchun erkinlik,
sarguzashtga tomon intilishni ham ifodalaydi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 1 (47) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

19

Tvenning stilistik yondoshuvining yana bir ajralmas xususiyati uning

dialektlardan foydalanishidir. Xususan, Tom va Geklberri kabi qahramonlar
o‘zlarining tilida 19-asrning janubiy amerikaliklarining mintaqaviy dialektlarini aks
ettiradi. Bu usul, xarakterlarga haqiqiylik hissini berib, ularni Amerika janubining
ijtimoiy

muhitiga

joylashtiradi.

Masalan,

Tom

o‘zining xolasi bilan

suhbatlashayotganda “I ain’t doing nothing.” (“Men hech narsa qilmadim”) degan
so‘zi, ularning mintaqaviy dialektiga mos tarzda aytilgan, bu esa uning qanday
odamligini va jamiyatdagi o‘rnini tushunishga yordam beradi. Tven shu orqali o‘z
qahramonlarini ko‘proq jonlantiradi va ularni o‘sha davr janubiy amerikaliklarining
o‘ziga xos tilida tasvirlaydi. Shunday qilib, bu usul Tomning va boshqa
qahramonlarning haqiqatga yaqin, ijtimoiy muhitga bog‘langan obrazlarini yaratishga
yordam beradi.

“Tom Soyerning sarguzashtlari” asarida ironiyaning keng tarqalganligi ham

muhim ahamiyatga ega stilistik xususiyatdir. Ironiya - bu muayyan vaziyatning
haqiqiy mazmuni va uning tashqi ko‘rinishi o‘rtasidagi qarama-qarshilik. Tven
ironiyadan foydalangan holda jamiyatdagi qoidalar va qadriyatlarning kamchiliklarini
yumor orqali tanqid qiladi. Tomning begunoh, ammo yaramas harakatlari uning
xarakterini ochib beradi. U bir vaqtning o‘zida aqlli va dangasa sifatida tasvirlanadi.
Misol tariqasida, u boshqa bolalarni devorni bo‘yashga majbur qilish uchun ularni
aldaganini keltirish mumkin. Tom bu ishni zavqli mashg‘ulot sifatida ko‘rsatib,
o‘ziga yuklangan vazifadan qochadi. Bu holatda, Tomning ishni bajarishdan qochishi
ironik ko‘rinishga ega, chunki u mas’uliyatdan chekinib, boshqalarni ishlatishda
mahoratini namoyon qiladi. Tven ironik tarzda jamiyat tomonidan qabul qilingan
axloqiy saboqlarni taqdim etadi. Tomning xatti-harakati orqali, Tven odamlar
orasidagi ma’lum bir me’yorlarning ko‘pincha adolatsizligi yoki samimiy emasligini
namoyish etadi. Bu, ayniqsa, bolalar dunyosining erkinligi va kattalar jamiyatining
qoidalari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarni ko‘rsatadi. Ironiya orqali Tven o‘quvchini
kuldiradi, lekin shu bilan birga ijtimoiy va axloqiy masalalar haqida chuqurroq
o‘ylashga undaydi. Bu uslub uning yozuvlariga o‘ziga xoslik va qiziqarlilik baxsh
etadi. Mark Tvenning xarakterlash uslubi ham romanning jozibadorligini ta’minlaydi.
Tom, yaramas bo‘lsa-da, juda sevib qoladigan bola sifatida tasvirlanadi, Geklberri esa
mustaqillik va qo‘zg‘olon ruhini o‘zida aks ettiradi. Qahramonlar o‘rtasidagi
munosabatlar - do‘stlik, nizolar yoki oila aloqalari - romandagi asosiy mavzularni:
axloq, jamiyat va bolalik tabiatini o‘rganishda vosita bo‘lib xizmat qiladi. Bu
xarakterlar orqali Tven inson tabiatining murakkabliklarini ochib beradi, ayniqsa
ularning harakatlari va muloqotlari orqali, bu esa nafaqat yuzaki kulgi, balki
chuqurroq ma’nolarni keltiradi.

Navbatdagi badiiy uslub bu simvolizmdir. Roman Tomning turli sarguzashtlari

atrofida tuzilgan bo‘lib, har biri avvalgisidan jasur va dahshatli bo‘lib ko‘rinadi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 1 (47) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

20

Tvenning badiiy yondashuvi to‘g‘ridan-to‘g‘ri, satira va komediya elementlari bilan
to‘ldirilgan. Shu bilan birga, Tomning o‘sishi va shaxsiy mas’uliyatni qabul qilishi
kabi chuqurroq mavzular ham paydo bo‘ladi,

Mark Tvenning “Tom Soyerning sarguzashtlar” asarida ishlatilgan iboralar

mazmunni boyitish, qahramonlarning xarakterini ochish va asarga xalqona ruh baxsh
etish uchun muhim vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Ushbu iboralar asarda ishlatilgan
stilistik vositalar qatorida alohida ahamiyat kasb etadi. Quyida asarning Ilyos
Muslimning o‘zbek tiliga tarjimasi asosida tahlillar olib boramiz:

Asardagi

“Tom had a chip on his shoulder.”

jumlasini oladigan bo‘lsak, Ilyos

Muslim bu gapni o‘zbek tiliga moslashtirish tarjima usuli yordamida “Tom xafa
holda yurardi.” tarzida tarjima qilgan. “Chip on one’s shoulder” iborasi kichik
kelishmovchiliklar uchun tezkorlik bilan janjallashishga tayyor bo‘lgan holatni
ifodalaydi. Tarjimada bu holatni aks ettiruvchi hissiyotlar yetarli darajada
ko‘rsatilmagan. Bizning fikrimizcha, ekvivalent tarjima usulidan foydalanib,
“Tomning jahli burnining ustida turardi.” deb tarjima qilinsa, yanada mosroq bo‘ladi,
shu bilan birga mazmun va semantik jihatdan to‘liq mos kelishini ta’minlaydi.

Keyingi “

He was painting himself into a corner.”

jumlasiga e’tibor qaratadigan

bo‘lsak, Ilyos Muslim “U o‘zini burchakka qisib qo‘ydi.” deya moslashtirish usulidan
foydalanib tarjima qilgan. Bu ibora ma’nosi biror qaror yoki harakat natijasida qochib
qutulish imkoni yo‘q vaziyatga tushishdir. Tarjima aniq, lekin bu jarayonning o‘zini
aniqroq ifoda qilish uchun “U o‘zini qutulib bo‘lmas bir vaziyatga olib keldi.” deb
tarjima qilsak ham maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Navbatdagi

“He could whistle and chew gum at the same time.”

jumlasida Ilyos

Muslim “U hushtak chalib, shu bilan birga saqich chaynay olardi.” deya to‘g‘ridan
to‘g‘ri tarjima usulidan foydalangan. Iboraning ma’nosi bir vaqtning o‘zida bir nechta
ishni muvaffaqiyatli bajarish qobiliyatini ko‘rsatadi. Tarjima gapning ma’nosini
yaxshi tushuntiradi, shuning uchun qo‘shimcha to‘g‘irlamasdan ham ishlatilishi
mumkin.

“She turned a blind eye to his mischief.”

ni o‘zbek tiliga Ilyos Muslim “Uning

sho‘xliklariga ko‘z yumdi.” tarzida tarjima qilgan. Iboraning ma’nosi
ekvivalentlashtirish tarjima usulida tarjima qilingan. Inglizcha versiyadagi semantik
ma’no va hissiyot o‘zbekchaga to‘g‘ri yetkazilgan. “turn a blind eye” o‘zbek tilidagi
“ko‘z yummoq” iborasiga mos keladi.

Asardagi

“He was barking up the wrong tree.”

jumlasi o‘zbek tiliga Ilyos

Muslim tomonidan “U noto‘g‘ri yo‘ldan ketayotgan edi.” deb tarjima qilingan.
Tarjimon bu iborani tarjima qilishda moslashtirish usulidan foydalangan. Bu ibora
“birovdan yoki biror narsadan noto‘g‘ri narsa talab qilish” yoki “noto‘g‘ri
yo‘nalishda izlanish” ma’nosini bildiradi. Tarjima umumiy, ammo kontekstda
qo‘shimcha izoh talab etmaydi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 1 (47) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

21

Keyingi

“She kicked the bucket.“

idiomasiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak,

Ilyos

Muslim uni “U hayotdan ko‘z yumdi.” deya tarjima qilgan va ekvivalent tarjima
usulidan foydalangan.

Tarjima ifoda va kontekstga mos tushgan. Unga mos tarzda

“olamdan o‘tdi”, “vafot etdi” kabi sinonimlarini ham ishlatsa bo‘ladi.

Keyingi

“He was grinning like a Cheshire cat.”

jumlasi

“U qoniqqan bir

tabassum bilan kulib turardi.” deb tarjima qilingan. Bu idioma g‘alati yoki sirli
tabassumni ifodalaydi. Tarjima yaxshi, lekin hissiyotning o‘ziga xosligini ko‘proq
aks ettirish mumkin edi. Masalan, “U sirli tabassum bilan jilmayib turardi.”

“He was caught between a rock and a hard place.”jumlasi

tarjimon tomonidan

“U ikkita mushkul vaziyat o‘rtasida qolib ketdi.” deya moslashtirilgan.

Bu iborada ikki yomon variant o‘rtasida tanlov qilishga majbur bo‘lgan holatni

ifodalaydi. Tarjima aniq va o‘quvchiga tushunarli lekin o‘zbek tilidagi “arosatda
qolmoq” yoki “ikki o‘t orasida qolmoq” iboralari ishlatilsa yanada mos bo‘lardi.
Masalan: “U ikki o‘t orasida qolib ketdi”

“She let the cat out of the bag.” jumlasi ham ekvivalent tarjima usuliga misol

bo‘la oladi.

Ilyos Muslim uni o‘zbek tiliga “U sirni ochib qo‘ydi.” tarzida tarjima

qilgan.

Tarjima ma’no jihatidan to‘g‘ri va matndagi kontekstga mos tarzda

ifodalangan.

Navbatdagi

“He was in hot water.” misoli esa

“U muammoga duch keldi.”deya

tarjima qilingan. Bu idioma qiyin vaziyat yoki jiddiy muammoga duch kelganlikni
bildiradi. Tarjima ma’noni yetarlicha to‘g‘ri aks ettirgan, lekin bizning fikrimizcha,
“U juda katta muammoga duch kelgan edi.” ko‘rinishida sal ko‘proq kuchaytirish
bilan tasvirlansa o‘sha vaqtdagi holatni aniq ko‘z oldiga keltirilardi.

“She hit the nail on the head.”

jumlasini Ilyos Muslim “U aniq aytdi.” deya

tarjima qilgan va iborani o‘zbek tiliga moslashtirgan. Yuqoridagi “

hit the nail on the

head” iborasi

biror narsani juda to‘g‘ri va aniq ta’riflashni bildiradi. “Wisdom

dictionary” lug‘atida esa bu “muammoni dangal aytmoq” deya tasvirlangan. Tarjima
sodda va ma’noni yetarlicha ifodalaydi.

Ilyos Muslim ingliz tilidagi

“He bit off more than he could chew.”

iborasini

ekvivalent yo‘li bilan tarjima qilgan. “U o‘zidan ko‘ra kattaroq ishni bo‘yniga

oldi.” Bu ibora o‘zbek tilida “qo‘lidan kelmaydigan yoki murakkab narsani qilishga
urinish” ma’nosini beradi.“ Tarjima aniq va to‘g‘ri. Idiomaning asosi saqlanib
qolgan.

Keyingi ingliz tilida

“It was a piece of cake.”

iborasi “Bu juda oson ish edi.”

deb tarjima qilgan va moslashtirish usulidan foydalangan.Iboraning ma’nosi “juda
oson yoki yengil vazifa” bo‘lsa-da, tarjima oddiy va aniq. Tarjimani ekvivalent
usulidan foydalanib, yanada hissiyotliroq qilib ifodalash mumkin. Masalan, “Bu
xamirdan qil sug‘urganday oson edi”.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 1 (47) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

22

“She was all ears.”

jumlasi Ilyos Muslim tomonidan “U diqqat bilan tingladi.”

deya o‘zbek tiliga moslashtirilgan.

Iboraning ma’nosi qiziqish bilan tinglashni

bildiradi. Tarjima to‘g‘ri, ammo mazmunni yanada boyitish mumkin. Biz buni o‘zbek
tilida “butun vujudi bilan tinglamoq” iborasi o‘rnida ishlatsak bo‘ladi: “ U butun
vujudi bilan tingladi.”

Ingliz tilidagi

“He made a mountain out of a molehill.”

jumlasini o‘zbek

tarjimoni “U kichik narsani kattalashtirib ko‘rsatdi.” deb tarjima qilgan. Iboraning
ma’nosi “kichik muammoni katta masalaga aylantirish”ni bildiradi. Tarjima ma’no
jihatdan aniq va to‘g‘ri lekin badiiylikni oshirish maqsadida biz ekvivalent usulini
ishlatib, uni o‘zbek tilidagi “pashshadan fil yasamoq” ga almashtirsak yanada mos
bo‘ladi: “U pashshadan fil yasadi.”

Keyingi

“Tom was not one to beat around the bush when it came to

trouble.”

jumlasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak

,

Ilyos Muslim uni “Tom muammoga

duch kelganda, so‘zlarini chaynamas edi.” deya o‘zbek tiliga moslashtirgan.

“to beat

around the bush”

iborasi o‘zbek tilidagi “aravani quruq olib qochmoq” iborasiga mos

keladi. Bu kontekstda tarjimaning moslashtirish usulidan foydalanilganligi, uning
yanada tabiiyroq chiqishiga xizmat qilgan.

The punishment turned out to be a blessing in disguise for Tom

jumlasini Ilyos

Muslim o‘zbek tiliga “

Jazo, aslida, Tom uchun foydali bo‘lib chiqdi.

” tarzida

tushuntirish usulida tarjima qilingan.

Bu idioma o‘zbek tilidagi “har ishda bir xayr

bor” iborasiga mos keladi. Tarjimon iboraning ma’nosini aniqroq va kontekstga mos
ifodalagan ammo uning ma’nosini kuchaytirish maqsadida

“Har ishda bir xayr bor

deganlariday,

Jazo, aslida, Tom uchun foydali bo‘lib chiqdi.

” deb tarjima qilinsa

yanada mos bo‘ladi.

Asardagi “

Tom was about to throw in the towel, but then an idea struck him.

o‘zbek tarjimoni tomonidan “

Tom taslim bo‘lmoqchi edi, lekin keyin bir fikr keldi.

deb moslashtirish usulidan foydalanib tarjima qilingan.

“to throw in the towel”

o‘zbek tilida taslim bo‘lish, yutqazganini tan olish” degani. Tarjimon majoziy
ma’noni aniq va to‘g‘ri ifodalagan.

Keyingi “

Tom decided to break the ice by joking with Becky.

” jumlasini Ilyos

Muslim “

Tom Bekiga hazil qilib, gap boshlashga qaror qildi.

” deb o‘zbek tiliga

o‘girgan. “

to break the ice

” iborasini o‘zbek tilida tog‘ridan-to‘g‘ri ekvivalenti yo‘q.

Shuning bu tarjimondan unga mos ibora yaratishi yoki madaniy ekvivalentni topib
qo‘llashni talab qilgan

It’s risky to put all your eggs in one basket, but Tom did it anyway.

” jumlasini

Ilyos Muslim “

Barcha tuxumlaringni bitta savatga solish xavfli, lekin Tom buni

baribir qildi.

” deb tarjima qilgan. Bu yerda tarjimon so‘zma-so‘z tarjima qilganligi

sababli ibora ma’nosi saqlanmagan. “

to put all your eggs in one basket” iborasining

ma’nosi

barcha imkoniyatlar yoki resurslarni faqat bitta reja, loyiha yoki yo‘nalishga


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 1 (47) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

23

tikishni bildiradi. Agar bu reja amalga oshmasa, katta yo‘qotishlar yoki
muvaffaqiyatsizlik yuz berishi mumkin. Shuning uchun

“Bor yo‘g‘ini bir narsaga

tikish xavfli edi, ammo Tom baribir shunday qildi.”

deb tarjima qilinsa yanada

muvofiq bo‘ladi.

Navbatdagi “

Tom had to burn the midnight oil to finish his homework.” jumlasi

“Tom uy vazifasini yakunlash uchun tun bo‘yi ishladi.”

ko‘rinishida o‘zbek tiliga

moslashtirilgan. Tarjima aniq va iboraning ma’nosini to‘liq ifodalaydi.

Asarda ishlatilgan “

Tom was caught red-handed stealing cookies.” iborasi esa

Ilyos Muslim tomonidan “

Tom pechenye o‘g‘irlayotgan joyidan ushlanib qoldi.” deb

tarjima qilingan. “Caught red-handed” iborasi jinoyat ustida yoki shubhali ish
ustida qo‘lga tushish ma’nosini anglatadi. Ekvivalent tarjima ishlatilgan. “Jinoyat
ustida qo‘lga tushdi” iborasi o‘zbek tilida mazkur idiomaga mos keladi va
o‘quvchiga aniq ma’no beradi. Mazkur ibora o‘z ma’nosida - jinoyatchini jinoyat
ustida qo‘lgan olganda yoki "beg‘ubor" ma’noda - masalan, farzandingiz (ukangiz)ni
shokoladni sizga bildirmasdan paqqos tushirayotgan paytda ushlab olgan holatlarda
ishlatilishi mumkin. Bu iborani o‘rta asrlarda birovning chorvasini so‘yib sotish
ommalashib ketgan paytda yuzaga kelgan deyishadi. Agar kimdir qo‘li qon yoki
qo‘lida qon izlari bilan ushlansa, bu uning aybining isboti hisoblangan. Shuning
uchun “Tom pechenye o‘g‘irlayotganda, jinoyat ustida qo‘lga tushdi” deb tarjima
qilsak yanada mos bo‘ladi.

To make a long story short, Tom finally got the job.” jumlasini

Ilyos Muslim

Qisqacha qilib aytganda, Tom ishga kirdi.” tarzida o‘zbek tiliga ekvivalent usulidan

foydalanib tarjima qilgan.

Tarjima aniq va to‘g‘ri qilingan.

Keyingi iboraga to‘xtaladigan bo‘lsak, “

Tom stole Joe’s thunder by announcing

the news first.” jumlasini

tarjimon “

Tom Joening ishini o‘g‘irladi va yangilikni

birinchi bo‘lib e’lon qildi.” deya tasvirlagan va moslashtirish usulidan foydalangan.
Ingliz tilida ishlatiladigan“to steal someone’s thunder” iborasi ona tilimizga
“birovning g‘oyasini o‘g‘irlash yoki maqtovni olish” deb tarjima qilinadi. “Tom
yangilikni birinchi bo‘lib e’lon qilib qo‘yib, Joening o‘rniga maqtovlarga sazovor
bo‘ldi” deb ibora ma’nosini tavsiflash orqali tarjima qilsak, kontekst ma’nosiga
muvofiq bo‘ladi.

Boshqa bir jumlaning tahliliga e’tibor qaratsak, “

Tom realized that a bird in the

hand is worth two in the bush, so he didn’t try to escape anymore.” jumlasini
tarjimon

so‘zma-so‘z tarjima usulini qo‘llab “

Tom qo‘lidagi bitta qush, o‘rmon

ichida ikkita qushdan yaxshiroq ekanini tushundi, shuning uchun u qochishni davom
ettirmadi.” deya tasvirlagan. “A bird in the hand is worth two in the bush” iborasiga
o‘zbek tilidagi “Uzoqdagi yaqiningdan, yaqindagi qo‘shning yaxshi” yoki “Uzoqning
oshidan yaqinning toshi yaxshi” kabi iboralar ma’no va shakl jihatdan o‘xshaydi. Bu


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 1 (47) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

24

tarjimada tarjimon iboraning

ko‘chma ma’nosini yaxshi yoritib bera olmagan va

so‘zlar bilan ifodalashda ham bir oz noaniqlik mavjud.

Ilyos Muslim “

Tom knew that he would once in a blue moon get a chance like

that.” jumlasini

Tom buni faqat juda kamdan-kam hollarda bo‘lishi mumkinligini

bilardi.” deya ibora ma’nosi tasvirlash orqali berib o‘tgan.

Tarjimon iboraning aniq

tarjimasini bergan va tushunarli variantni taklif qilgan lekin “Tom faqat kamdan-kam
hollarda unga bunday imkoniyat berilishini bilardi.” deb tarjima qilsak yanada to‘liq
va mukammalroq tarjimaga erishamiz deb o‘ylayman.

Keyingi “

Tom knew that the early bird catches the worm, so he woke up early to

start working.” jumlasi

Tom erta turib ishlashni boshladi, chunki erta turgan qush

yaxshi natija berishini bilardi” tarzida o‘zbek tiliga o‘girilgan hamda so‘zma-so‘z
tarjima usuli qo‘llanilgan.

Tarjimada to‘liq ma’no yetkazilgan va majoziy ma’no

saqlangan.

“The early bird catches the worm”

iborasi o‘zbek tilidagi

“Erta turgan

kishini, Xudo o‘nglar ishini”

maqoli bilan sinonim tarzda foydalanilsa bo‘ladi.

Asardagi

“Tom asked, ‘A penny for your thoughts?’ as Becky sat

quietly.”

jumlasi Ilyos Muslim tomonidan “

Tom: ‘O‘ylayotgan narsalaringizni ayting,

men eshitishni istayman,’ dedi.

” tarzida tarjima qilingan va

“a penny for your

thoughts” iborasining o‘zbek tilida muqobil shakli bo‘lmaganligi sababli tarjimon bu
iboraning ma’nosini o‘quvchilarga tavsiflash orqali yetkazgan.

Xulosa

Mark Tvenning “Tom Soyerning sarguzashtlari” asari Amerikaning adabiy

merosida o‘ziga xos o‘rin tutadi va asarda ishlatilgan iboralar badiiy uslubning
boyligini ko‘rsatadi. Ilyos Muslimning tarjimasi iboralarni o‘zbek tilida qayta
yaratishda sezilarli yutuqlarga ega bo‘lsa-da, ayrim iboralar uchun muqobil
ekvivalentlar taklif qilinishi mumkin. Metaforalar va dialektlardan foydalanish asar
qahramonlarini jonlantiradi va Amerika janubi madaniyatini o‘quvchilarga
yaqinlashtiradi. Ironiya va simvolizm esa asarga chuqur mazmun bag‘ishlab,
o‘quvchini jiddiy ijtimoiy va axloqiy masalalar haqida o‘ylashga undaydi.
Tarjimadagi ayrim iboralarni yanada hissiyotli va ma’noli ifodalash orqali o‘zbek
o‘quvchisiga asarning butun ruhini yetkazish imkoniyati oshadi.


Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

Baker, M. (1992) In other words: a coursebook on translation. London

and New York: Routledge.

2.

Cacciari, C–Glucksberg, S (1991) Understanding idiomatic expressions:

the contribution of word meanings. In: Simpson, G B (ed), Understanding word and
sentence North-Holland: Elsevier Science Publishers.

3.

New Webster’s Dictionary and Thesaurus of the English Language.

(1993) Connecticut: Lexicon Publlishers, Inc.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 1 (47) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

25

4.

Tven, M. (2014) Tom Soyerning sarguzashtlari (Tarjimon: Ilyos

Muslim), -Toshkent: “Yangi asr avlodi” nashriyoti.

5.

Twain, M. (2011). The adventures of tom Sawyer. William Collins.

6.

Yo‘ldoshev, M. (2000) Tarjima nazariyasi asoslari. Toshkent: Fan

nashriyoti.

Библиографические ссылки

Baker, M. (1992) In other words: a coursebook on translation. London and New York: Routledge.

Cacciari, C–Glucksberg, S (1991) Understanding idiomatic expressions: the contribution of word meanings. In: Simpson, G B (ed), Understanding word and sentence North-Holland: Elsevier Science Publishers.

New Webster’s Dictionary and Thesaurus of the English Language. (1993) Connecticut: Lexicon Publlishers, Inc.

Tven, M. (2014) Tom Soyerning sarguzashtlari (Tarjimon: Ilyos Muslim), -Toshkent: “Yangi asr avlodi” nashriyoti.

Twain, M. (2011). The adventures of tom Sawyer. William Collins.

Yo‘ldoshev, M. (2000) Tarjima nazariyasi asoslari. Toshkent: Fan nashriyoti.