Sadikova Sevinch

O‘zbekiston Milliy universiteti

Sadikova Sevinch Aliyevna O’zbekiston Davlat Jahon tillari universitetining dotsenti,filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD).2022 yilda 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik”  ixtisosligi bo‘yicha “O’zbekcha-inglizcha-ruscha ideografik lug’atlar tuzish tamoyillari” mavzusidagi dissertatsiya ishini filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ximoya qilgan. 2016-2017 yillarda Italiyaning Piza universitetida doktoranturada o’qigan.Sadikova Sevinch 40 dan ortiq ilmiy maqolalar,umumta’lim maktablari o’quvchilari uchun yordamchi darsliklar,elektron lug’atlar,elektron o’quv qo’llamalar,oliy o’quv yurti talabalari uchin “Amaliy tilshunoslik”fanidan darslik va 10 dan ortiq o’quv qo’llanmalar muallifi."Inglizcha-o’zbekcha-ruscha mavzulashtirilgan tasviriy lug’at" nomli kitobi , DTS talablariga javob beradigan tarzda CEFR kompetensiyasiga mos audio va multimediali shakli yaratilganligi uchun 2015 yil 25 martda O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Respublika ta’lim markazi huzuridagi Chet (ingliz, nemis, fransuz) tillari fani yo’nalishidagi ilmiy - metodik kengash yig’ilishida umumta’lim maktablarida yordamchi darslik sifatida foydalanishga ruxsat berilgan va har yili ko’p adadda nashr qilinib, maktab kutubxonalariga davlat tomonidan beriladi.

2015 yil 11 iyunda O’zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi tomonidan "Elektron xisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazasining huquqiy himoyasi to’g’risida"gi Qonunga asosan EHM uchun dasturga berildi va DGU 20150145 raqamli talabnoma asosida elektron lug’at deb patentlandi.

Google Scholar
AllSince 2020
Citations6161
h-index77
i10-index11
inLibrary
Hammasi 2022 - 2023
Iqtiboslar statistikasi 57 0
h-indeks 4 3
inR 124.59 23.34