Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, Epizootologiya va infeksion kasalliklar kafedrasi assistenti
Pedagogika bo'yicha doktorant
Axmedov Oybek Saporbayevich O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori, filologiya fanlari doktori (DSc). 2016 yilda 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligi bo‘yicha “Ingliz va o’zbek tillarida soliq-bojxona terminlarining lingvistik tahlili va tarjima muammolari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega bo’lgan. Unga 2020 yilda O’zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan professorlik ilmiy unvoni berilgan. Olimning rahbarligida bugungi kunga qadar 20 dan ortiq doktorant filologiya yo’nalishi bo’yicha falsafa doktori (PhD) hamda filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2010-2024 yillarda Axmedov Oybek Saporbayevich tomonidan nashrdan chiqqan “Soliqchi mutaxassislar uchun ingliz tili fanidan o’quv-uslubiy qo’llanma”, “Ingliz va o’zbek tillarida soliq-bojxona terminlarining lingvistik tahlili va tarjima muammolari (monografiya)”, “English on Taxes and Taxation (o’quv qo’llanma)”, “English for Economists (darslik)”,“Bank-moliya va soliq sohasiga oid terminlarning inglizcha-o’zbekcha lug’ati”, “English on Economics, Business and Taxation (o’quv qo’llanma)” “English in Architecture and Civil Engineering (o’quv qo’llanma)”, “English for Geologists (o’quv qo’llanma)” kabi 18 dan ortiq adabiyotlar muallifi. Oybek Axmedov yaratgan “Inglizcha-o’zbekcha-ruscha farmatsevtik terminlar lug’ati” va “Irrigatsiya va melioratsiya sohasiga oid terminlarning ruscha-o’zbekcha-inglizcha izohli lug’ati”dan hozirgi kunda oliy ta’lim muassasalarida foydalanib kelinmoqda. Olim O’zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining o’zbek tili milliy korpusi “Farmatsevtik terminlarning uch tillik elektron lug’ati” bo’yicha patent muallifidir. Shuningdek, tilshunos olim Respublikamizdagi doktorlik dissertatsiyalari himoya qilinadigan Ilmiy kengashlar a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Bundan tashqari, Amerika Qo’shma Shtatlarining “American Journal of Linguistics” va “American Journal of Pedagogical and Educational Research” hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, Fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attastatsiya komissiyasining filologiya, falsafa va pedagogika fanlari bo’yicha ekspert kengashining 2018 yil 29 dekabrdagi 260/6-sonli bayonnomasi asosida tavsiya qilingan, ilmiy nashrlar ro’yxatiga kiritilgan Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universitetining “Tafakkur Ziyosi” (ISSN rakami: 2181-6131) ilmiy-uslubiy jurnallarining tahririyat Hay’at a’zosi hisoblanadi. Oybek Axmedov tomonidan tayyorlangan o’quv qo’llanmalari va darsliklar O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining maxsus sertifikatlari (griflari)ni olgan. Uning ilmiy tadqiqotlari yuzasidan shu kungacha 220 dan ortiq ilmiy maqolalari mamlakatimiz va AQSH, Buyuk Britaniya, Rossiya, Avstriya, Hindiston, Frantsiya, Germaniya, Turkiya kabi xorijiy davlatlarning nufuzli ilmiy jurnallarida chop etilgan. O.S.Axmedovning ilmiy maqolalariga chet elda, shuningdek SCOPUS va Web of science xalqaro bazalarida indeksatsiya qilingan maqolalariga ko’plab iqtiboslar berilgan. Oybek Axmedov Training Qualification UK tomonidan berilgan TESOL 6 (Ofqual Regulated) sertifikatiga ega. Shuningdek, Axmedov Oybek Saporbayevich 2024 yilda Finlyandiya, Shvetsiya va Turkiya davlatlarida o’z malakasini oshirib kelgan.
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti doktoranti
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, O'zbek, rus tillari va adabiyoti kafedrasi mudiri
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitet, Ichki yuqumsiz kasalliklar kafedrasi mudiri, veterinariya fanlari doktori, dotsent
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, Ijtimoiy gumanitar fanlar, jismoniy madaniyat va sport kafedrasi o'qituvchisi
2006-2010 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” yo‘nalishini bakalavr, 2010-2012 yillarda esa mazkur universitetning Jahon iqtisodiyoti yo‘nalishini magistratura bosqichini tugatgan. 2007 yilda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi tomonidan e’lon qilingan “noyob ta’lant sohiblari” tanlovinining Respublika bosqichi g‘olibi, 2009 yilda esa O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi tomonidan e’lon qilingan “Agar men deputat bo‘lsam” tanlovining Respublika bosqichi g‘olibi bo‘lgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi va bir qator nodavlat tashkilotlarning diplom va sertifikatlariga ega bo‘lgan.
Ilmiy faoliyati: Qobiljon Isayev mahalliy va xorijiy nashrlarda 40 dan ortiq maqolalar chop ettirgan, jumladan ikkita maqolasi Scopus bazasidagi jurnallar to‘plamida chiqarilgan. U “Xalqaro iqtisodiyot” kitobining muallifi, shuningdek o‘nga yaqin darslik, o‘quv qo‘llanma va risolalar hammuallifidir. Asosiy izlanishlarining markazida Inklyuziv iqtisodiyotga oid tadqiqotlar yotadi.
Hozirgi kunda Isayev.Q.A Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” kafedrasi dotsenti, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, dotsent. Nomzodlik dissertatsiyasi 2024 yilda 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” ixtisoslig kodi bo‘yicha “Ko‘zi ojizlar ishtirokidagi sanoat korxonalari faoliyati samaradorligini oshirish istiqbollari” mavzusida himoya qilingan.
Sadikova Sevinch Aliyevna O’zbekiston Davlat Jahon tillari universitetining dotsenti,filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD).2022 yilda 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligi bo‘yicha “O’zbekcha-inglizcha-ruscha ideografik lug’atlar tuzish tamoyillari” mavzusidagi dissertatsiya ishini filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ximoya qilgan. 2016-2017 yillarda Italiyaning Piza universitetida doktoranturada o’qigan.Sadikova Sevinch 40 dan ortiq ilmiy maqolalar,umumta’lim maktablari o’quvchilari uchun yordamchi darsliklar,elektron lug’atlar,elektron o’quv qo’llamalar,oliy o’quv yurti talabalari uchin “Amaliy tilshunoslik”fanidan darslik va 10 dan ortiq o’quv qo’llanmalar muallifi."Inglizcha-o’zbekcha-ruscha mavzulashtirilgan tasviriy lug’at" nomli kitobi , DTS talablariga javob beradigan tarzda CEFR kompetensiyasiga mos audio va multimediali shakli yaratilganligi uchun 2015 yil 25 martda O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Respublika ta’lim markazi huzuridagi Chet (ingliz, nemis, fransuz) tillari fani yo’nalishidagi ilmiy - metodik kengash yig’ilishida umumta’lim maktablarida yordamchi darslik sifatida foydalanishga ruxsat berilgan va har yili ko’p adadda nashr qilinib, maktab kutubxonalariga davlat tomonidan beriladi.
2015 yil 11 iyunda O’zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi tomonidan "Elektron xisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazasining huquqiy himoyasi to’g’risida"gi Qonunga asosan EHM uchun dasturga berildi va DGU 20150145 raqamli talabnoma asosida elektron lug’at deb patentlandi.
Rajapov Shavkat Zaripboyevich 1984 yil 5 mayda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. 2005-2009-yillarda Urganch davlat universitetining "Jismoniy tarbiya va
jismoniy madaniyat" yo‘nalishida. 2009-2011-yillarda Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat magistratura yo‘nalishida tahsil olgan, Mehnat faoliyatini 2011-2015-yillarda Urganch davlat universiteti qoshidagi 2-akademik litseyida direktor o‘rinbosari lavozimidan boshlagan. 2015-2018-yillarda Urganch shahar hokimi yordamchisi, 2018- 2021-yillarda Urganch shahridagi 32-sonli zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining direktori lavozimlarida ishlagan. 2024- yil sentabrdan hozirgi vaqtgacha Urganch davlat universitetida katta o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. Rajapov Shavkat Zaripboyevich 2019 yilda Xalq deputatlari Urganch shahar kengashi deputatligiga saylangan.
Rajapov Shavkat Zaripboyevich bir necha marta Oliy ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlangan.
Rajapov Shavkat Zaripboyevich oilali, to‘rt nafar farzandi bor.
2004 йил Жаҳон иқтисодиёти ва дипломатия университети “Халқаро ҳуқуқ” мутахассислиги буйича бакалавр даражасини олган. 2009 йил Жаҳон иқтисодиёти ва дипломатия университетида магистратурани битирган. 2012 йил Эссекс Университетининг (Буюк Британия) магистр даражасини олган. 2006 -2007 йилларда Инсон ҳуқуқлари бўйича Ўзбекистон Республикаси миллий марказининг инсон хуқуқлари бўйича таълим бўлимида етакчи мутахассис бўлиб ишлаган, 2007-2009 йилларда – Халқаро ҳамкорлик бўлимида бош мутахассис лавозимида ишлаган. 2013-2014 йилларда Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги қошидаги Юристлар малакасини ошириш марказининг Халқаро ҳамкорлик бўлими бошлиғи лавозимида ишлаган. 2009-2011 йилларда Жаҳон иқтисодиёти ва дипломатия университетида ўриндошлик асосида ўқитувчи лавозимида ишлаган. 2014 йилдан бошлаб мазкур университетда катта ўқитувчи лавозимида (асосий штатда) ишлаб келмоқда. 2015 йил ёш олима аёллар “Илм юлдузи” кўрик танловининг шаҳар босқичи ғолиби, 2017 йил “Таълимнинг инновацион усуллари” йўналиши бўйича “Энг яхши педагог” республика кўрик танловининг ғолиби. 2015 йилдан бошлаб Жаҳон иқтисодиёти ва дипломатия университетининг мустақил тадқиқотчиси бўлган. 2020 йил диссертация ҳимоя қилиб PhD илмий даражасини олган. 2018 дан буен БМТнинг Тараққиет дастурининг бир қатор лойиҳаларида гендер тенглик ва инсон ҳуқуқлари масалалари бўйича миллий консультант сифатида фаолият кўрсатган. 2022-2024 йиллар ЮСАИДнинг Ҳуқуқий ислоҳотлар лойихасида гендер масалалари бўйича эксперт ва тренер сифатида фаолият олиб борди. Шунингдек, ЮНЭЙДС, DVV, Халқаро меҳнат ташкилоти, Халқаро миграция ташкилотининг Ўзбекистондаги лойиҳаларида гендер масалалари бўйича эксперт ва тренери сифатида иш олиб борган. Бугунги кунда Инсон ҳуқуқлари бўйича Миллий марказ докторанти. 140 дан зиёд илмий мақолалар ва илмий ишлар муаллифи.
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, Veterinariya jarrohligi va akusherlik kafedrasi assistenti
Samarkand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, Ichki yuqumsiz kasalliklar kafedrasi assistenti
Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, Chet tillar kafedrasi o'qituvchisi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti professori, veterinariya fanlari doktori. UNESCOning Rotveller mukofoti sohibi va faxriy akademigi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti dotsenti, veterinariya fanlari doktori
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, Ijtimoiy gumanitar fanlar va sport kafedrasi o'qituvchisi
inLibrary — ochiq fan (Open Science) paradigmasi asosida qurilgan ilmiy elektron kutubxona boʻlib, uning asosiy vazifalari ilm-fan va ilmiy faoliyatni ommalashtirish, ilmiy nashrlar sifatini jamoatchilik nazorati, fanlararo tadqiqotlarni rivojlantirish, zamonaviy ilmiy tadqiqot instituti hisoblanadi. qayta koʻrib chiqish, oʻzbek ilm-fanining iqtiboslarini oshirish va bilim infratuzilmasini shakllantirish.
Aloqalar:
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Parkent ko‘chasi 51-uy, 2-qavat