91
7. Ходжаев Б.Х. Развитие исторического мышления учащихся средней школы средствами
модернизированного дидактического обеспечения: Пед. наука. Доктор ... дис. Аннотация. – Т.,
2016. – 82 с.
8. Дэниелс, М. Развитие и оценка профессиональных компетенций: несбыточная мечта. (2011),
Уппсальский университет, Швеция, 108 стр.
9. Cheetham, G. Приобретение профессиональной компетентности (1999): Диссертация на
соискание степени доктора философии, Университет Шеффилда, Отдел непрерывного
образования взрослых, Англия, 380 стр.
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA GIPERAKTIV
BOLALAR BILAN ISHLASH
Nazarova Adiba Salimbayevna
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
magistranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotida giperaktiv bolalar bilan
ishlashning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida fikr yuritilgan.
Kalit so’zlar:
Maktabgacha ta’lim tashkiloti, giperaktivlik, impulsivlik, diagnostika, energiya,
psixologik strategiya, faoliyat, ijtimoiy muhit, irsiyat.
Diqqat yetishmasligi va giperaktivlik sindromi (inglizcha: attention deficit hyperactivity
disorder (ADHD)) bolalik davridan boshlanadigan ruhiy xulq-atvorning buzilishi hisoblanadi [1]. U
oʻzida diqqatni jamlash, giperaktivlik bilan bogʻliq qiyinchiliklar va yomon boshqariladigan
impulsivlik kabi alomatlarni namoyon qiladi.
Mazkur sindrom odatda bolalik davrida boshlanadigan hissiy va xulq-atvor muammolari
sifatida tasniflanadi.
Giperaktivlikning asosiy belgilaridan biri diqqatning buzilishi bilan birga impulsivlik
hisoblanadi – muayyan talablarga javoban xatti-harakatlar ustidan nazoratning yetishmasligi [2].
Klinik jihatdan bunday bolalar barcha vaziyatlarga tez munosabat koʻrsatishadi, topshiriqni bajarish
uchun koʻrsatmalar va ruxsat kutmasliklari, shuningdek, topshiriq talablarini hurmatsizlik bilan
baholashlari orqali tavsiflanadi. Natijada, ular juda beparvo, eʼtiborsiz, loqayd boʻlib qoladilar.
Bunday bolalar koʻpincha potentsial salbiy, zararli yoki havfli (va hatto halokatli) muayyan
vaziyatli harakatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan oqibatlarni tahlil qila olmaydi. Oʻzlarining
jasoratlarini, injiqliklarini va gʻayrioddiyliklarini koʻrsatish uchun ayniqsa tengdoshlari oldida
oʻzlarini asossiz, keraksiz xavf-xatarlarga duchor qilishadi. Natijada, zaharlanish va jarohatlar bilan
bogʻliq baxtsiz hodisalar yuzaga keladi. giperaktivlik bilan ogʻrigan bolalar, diqqat yetishmovchiligi
va hissiy buzilish belgilari boʻlmagan bolalarga qaraganda, birovning mulkiga beparvolik bilan zarar
yetkazishi yoki yoʻq qilishi mumkin.
Mazkur holatlar bolalarda giperaktivlikni erta tashxislash va korreksiya qilish masalalarini
dolzarb vazifa sifatida kun tartibiga qo‘yadi. Shu nuqtai nazardan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
giperaktiv bolalar bilan ishlashda ilg‘or psixologik yondashuvlar muhim ahamiyatga ega.
Giperaktivlik energiya miqdorining me’yordan ko‘p bo‘lishi, keskin harakatlar qilish, diqqatni
to‘plolmaslik va o‘zini boshqarishga qodir bo‘lmaganligi bilan belgilanadi va bu tarbiyalanuvchi uchun
o‘rganish jarayonida qiyinchiliklarni tug‘diradi, shu sababdan mazkur toifadagi bolalar psixologik
yordamga muhtoj hisoblanadi.
Psixologlar giperaktiv bolalarni tahlil qilish, ularga kerakli yordamni taqdim etish va ularning
o‘quv jarayonidagi muvaffaqiyatli harakatlarini ko‘paytirish uchun strategiyalar va taktikalarni
belgilashda yordam beradi. Mazkur strategiya va taktikalar giperaktiv bolalarning harakat energiyasini
moslashtiruvchi faoliyatga yo‘naltirish, o‘z-o‘zini boshqarish va diqqatni to‘plashni o‘rganishlari
uchun usullar ishlatish hamda o‘zlarini to‘laqonli ifodalashlari uchun imkoniyatlar yaratishga yordam
beradi.
92
Psixologik yondashuvlar giperaktiv bolalarga o‘quv jarayonida qo‘yiladigan qoidalar va
tartiblarni tushunishga, o‘rganishga va ularga moslashtirishga yordam beradi. Bu ularning o‘quv
jarayonida muvaffaqiyatli bo‘lishlari va o‘zlarini rivojlantirishlari uchun juda muhimdir.
Bolalarda giperaktivlikning sabablari haqida ko‘plab fikrlar mavjud. Eng ko‘p tarqalganlari:
irsiy moyillik (irsiyat), biologik (tug‘ilish travmasi, homiladorlik paytida bolaning miyasida organik
shikastlanish), ijtimoiy muhit (ota-onalarning alkogolizmi, oiladagi mikroiqlim, yashash sharoiti,
noto‘g‘ri ta’lim).
Bolaning giperaktivligi hatto maktabgacha yoshda ham namoyon bo‘ladi. Uyda giperaktiv
bolalarni doimiy ravishda o‘zlarining akalari, tengdoshlari bilan taqqoslashadi, vaholanki bu holat
giperaktiv bolalar uchun salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ota-onalar ko‘pincha intizom yo‘qligi va hissiy
beqarorlikdan g‘azablanishadi. Giperaktiv bolalar turli vazifalarga mas’uliyat bilan yondosha
olmaydilar va ota-onalariga yordam bera olmaydilar. Shu bilan birga, jazolar va tanbehlar tegishli
natijalarni bermaydi. Vaqt o‘tishi bilan vaziyat faqat yomonlashadi. Ayniqsa, bola maktabga borganda
maktab o‘quv dasturini o‘zlashtirishda darhol qiyinchiliklar paydo bo‘ladi. Ko‘pincha maktabda
bolada diqqat bilan muammolar paydo bo‘ladi. Yuqorida aytilganlarga qaramay, giperaktiv bolalar
intellektual jihatdan rivojlangan, bunga ko‘plab tadqiqotlar natijalari guvohlik beradi, ammo ular
uchun diqqatni jamlash va o‘z ishlarini tashkil etish juda qiyin. Tengdoshlari bilan o‘yinlarda
qoidalarga rioya qilmaydi, shuning uchun ishtirokchilar bilan nizolar kelib chiqadi. E’tibori sust
bo‘lganligidan vazifalarni bajara olmaydi, diqqati tez yig‘ilmaydi.
O‘smirlik davrida giperaktivlik sezilarli darajada pasayadi yoki butunlay yo‘qoladi, ammo
buzilgan diqqat funksiyasi, odatda, balog‘at yoshiga qadar saqlanib qoladi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, giperaktiv bolalar bilan ishlashda maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida tarbiyachi, psixologlardan katta mahorat talab etadi. Giperaktiv bolalarni o‘zlarini
boshqarishga o‘rgatish, o‘quv jarayonida muvaffaqiyatli bo‘lishlariga yordam berish, psixologik
jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun psixolog, tarbiyachi pedagoglar va ota-onalarning hamkorligi
muhim ahamiyat kasb etadi.
Giperaktiv bolalar bilan ishlashda tarbiyachining psixolog bilan hamkorlik qilish muhim
ahamiyatga ega. Tashkilot psixologi va tarbiyachilar tarbiyalanuvchilarning o‘zlarini boshqarishini
o‘rganishi, ularga qo‘yiladigan qoidalar va tartiblarni tushunishlarida yordam berishi, ularni qo‘llab-
quvvatlashlari kerak.
Giperaktiv bolalarning energiyalarini moslashtirish uchun harakatli faoliyatlar hamda maqbul
metod va usullarni oqilona tanlash muhim. Ularga sport o‘yinlari, musiqa terapeya, ertak terapeya va
boshqa faoliyatlar orqali harakatlarini tartibga solish imkoniyatini yaratish tavsiya etiladi.
Masalan: “
Tovushli raqamlar
” o‘yini [3].
Kerakli jihozlar: doira (cholg‘u asbobi), 10 gacha bo‘lgan raqamlar (tarqatma material
shaklida).
O‘yin tartibi: psixolog doira (cholg‘u asbobi) orqali qisqa tovushlar chiqaradi va har bir tovush
bir raqamini ifodalaydi. Bola esa tovushlar sonini aniqlashi va aniqlagan sonini unga berilgan raqamli
materiallar orasidan topib raqamni qo‘li bilan yopib olishi talab qilinadi. Bolaga berilgan raqamlar stol
ustiga aralash holda joylashtiriladi. O‘yinning qiziq tomoni shundaki tovushlar ketma-ketligi tobora
tezlashtirib boriladi.
Bu o‘yin orqali bola miyasi bir nechta funksiyani bajaradi ya’ni u bir vaqtning o‘zida ohangni
eshitadi, his qiladi, matematik tasavvuri oshadi, diqqati barqarorlashadi. Bu ularda energiyani to‘g‘ri
sarflash va diqqatni to‘plash qobiliyatini o‘rganishda hamda to‘g‘ri maqsadlarga yo‘naltirishda yordam
beradi.
Tarbiyalanuvchilarni o‘zini-o‘zi boshqarishga o‘rgatishda psixologlar va tarbiyachilar ularga
o‘zlarini qulay his qilishlari, diqqatni to‘plash va o‘zlarini ifodalash uchun strategiyalar va usullarni
maqsadli va aniq belgilashlari lozim. Bu bolalarga o‘zlarini rivojlantirish va o‘quv jarayonida
muvaffaqiyatli bo‘lishda samarali yechimdir.
Giperaktiv bolalar bilan ishlashda o‘quv-tarbiyaviy jarayonni xilma xil shakllarda
tashkillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ularga qisqa muddatli vazifalar uchun belgilangan vaqt
ajratish, o‘quv materialini ko‘paytirish va ko‘rgazmalar orqali o‘rganish imkoniyatlarini yaratish
93
tavsiya etiladi. Bu ularga o‘quv jarayonida qiziqishlarini oshirishga, diqqatni to‘plash va o‘zlarida
ishonchni shakllantirishga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Юнона Н.И. “Психологическая готовность ребенка к обучению в школе” М.:2003.
2. Bryazgunov I.P., Kasatikova E.V. Bezovta bola yoki giperaktiv bolalar haqida hamma
narsa. M. : Psixoterapiya instituti nashriyoti, 2002-yil.
3. Zavadenko N. N., Suvorinova N. Yu., Rumyantseva M. V. Diqqat yetishmasligi bilan
giperaktivlik: xavf omillari, yosh dinamikasi, diagnostika xususiyatlari // Defektologiya. 2003. — 6-
son.
4. Monina G.B., Lyutova-Roberts E.K., Chutko L. S. Giperaktiv bolalar. Psixologik va
pedagogik tuzatish. SPb : Nutq, 2007.
HORIJDA ATROF-MUHIT TO‘G‘RISIDAGI TA’LIM TAJRIBALARI
Norboyev Abduraxmon G‘aybullayevich
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirish instituti
Annotatsiya
: Maqolada xorijiy davlatlardagi ekologik ta’lim tizimi tahlil qilingan va xulosalar
chiqarilgan.
Kalit so‘zlar
: Ekologiya, ekologik ta’lim, “Ochiq havoda ta’lim”, “Yashil maktab”, ekologik
qadriyatlar, loyihalash, amaliy faoliyat.
Yer sharida aholi soni va unga muvofiq talab, ehtiyojlarning ortishi, fan va texnologiyalarning
rivojlanishi insonning tabiatga bosimini, ta’sir miqyosini haddan darajada orttirib yubordi. Natijada
yuzaga ko‘tarilgan regional va global ekologik muammolar oqibatda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy,
demografik muammolarni keltirib chiqarmoqda va ushbu muammolar to‘g‘risidagi betartib axborotlar
oqimi jamiyatda psixologik og‘ishlarga yoki ekofobiyaning kuchayib borishiga sabab bo‘lmoqda.
Ekologik muammolar va ularning ta’sirini yumshatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida
ekologik masalalarga muhim e’tibor qaratilib, yangi O‘zbekistonning 2022 – 2026 yillarga
mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi[1]da aholi salomatligi va genofondiga ziyon yetkazadigan
mavjud ekologik muammolarni bartaraf etish alohida maqsad sifatida e’tirof etildi.
Ekologik muammolarning yechimlarini topish va insoniyat tomonidan qilingan xatolarni
keyinchalik takrorlamaslik uchun ekologik ta’lim-tarbiya tizimini yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyatga
ega. Birlashgan Millatlar tashkiloti tomonidan a’zo mamlakatlar 2030 yilga qadar barcha ta’lim
oluvchilar barqaror rivojlanish uchun zarur hisoblangan ekologik bilim va ko‘nikmalarni egallashlarini
ta’minlashlari zarurligi ta’kidlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son Farmoni bilan
tasdiqlangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi[2]da hayvonot va o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan
noqonuniy foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish, biologik xilma-xillikka nisbatan aholining
ekologik madaniyati va xabardorligi darajasini oshirish vazifasi qo‘yildi.
Shu ma’noda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev “Har qanday muammoning
yechimi ham, ertangi kunimizni hal qiluvchi omil ham, shubhasiz, ta’limdir”, deya ta’kidladilar [3].
Yuqoridagilardan kelib chiqib, ta’kidlash zarurki, ekologik muammolarning oldini olishda
ekologik ta’lim-tarbiya tizimi o‘ziga xos muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasida
yashovchi xalqlar tomonidan millatlarning milliy xusususiyatlari va hududiy o‘ziga xosliklardan kelib
chiqib tarixiy davrlar mobaynida milliy madaniyatning bir qismi sifatida ekologik qadriyatlar
shakllangan. Mazkur qadriyatlar ekologik ta’lim-tarbiya tizimini shakllantirish va amalga oshirishda
muhim asos bo‘lib hisoblanadi. Shuningdek, ma’lum bir millatga xos bo‘lgan madaniyat va qadriyatlar
umuminsoniyatga tegishli ilg‘or qarashlar, fikrlar, tajribalar asosida boyib borishi ham tabiiy holdir.
