JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Orifjonova Umidaxon Akmaljon qizi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 4-bosqich talabasi
XORIJLIKLARGA O‘ZBEK TILINI CHOG‘ISHTIRIB O‘QITISH METODIKASI
( KO‘PLIK SHAKLI MISOLIDA)
ANNOTATSIYA:
Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida ko‘plik shaklining qiyosiy tahlili
haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, ushbu mavzuni ikki til qiyosida chog‘ishtirib o‘qitish
bo‘yicha metodik tavsiyalar va namunaviy topshiriqlar tavsiya qilinadi.
Kalit so‘zlar:
qiyoslash, grammatika, ko‘plik, o‘qitish, til.
АННОТАЦИЯ:
В данной статье рассматривается сопоставительный анализ формы
множественного числа в английском и узбекском языках. Также рекомендуются
методические рекомендации и примерные задания по преподаванию данного предмета на
двух языках.
Ключевые слова:
сравнение, грамматика, множественное число, обучение, язык.
ABSTRACT:
This article presents a comparative analysis of the plural form in English and
Uzbek. It also provides methodological recommendations and sample assignments for teaching
this topic in a comparative manner in both languages.
Keywords:
comparison, grammar, plural, teaching, language.
Bugun Oʻzbekistonimiz “Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari” degan bosh tamoyil asosida
taraqqiyotning yangi, yanada yuksak bosqichiga koʻtarilmoqda. Mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi oʻrni va nufuzi
tobora oshib bormoqda. Oʻzbek tili siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy
jabhalarda faol qoʻllanib, xalqaro minbarlarda baralla yangramoqda. Xorijiy mamlakatlarda
tilimizga eʼtibor va uni oʻrganishga qiziqish kuchaymoqda.
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6O84-son Farmonida xorijliklar uchun o‘zbek tilini
o‘rgatuvchi dasturlar yaratish, davlat tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzini oshirish, bu
borada xorijiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek
tili kurslarini zarur ilmiy, o‘quv-uslubiy, badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash, o‘zbek tilini
o‘rgatishga doir ilmiy tadqiqotlar miqdorini oshirish kabi bir qancha vazifalar belgilandi.
Shu nuqtayi nazardan xorijliklarga o‘zbek tilini o‘rgatishga qaratilgan o‘quv dasturlari, o‘quv
qo‘llanmalarda kamchiliklar borligi hech kimga sir emas. Shu sababdan, bugungi kunning
dolzarb muammolaridan biri sifatida xorijliklar uchun darslik, qo‘llanmalar yaratish,
mavjudlarini zamonaviy yondashuvlar asosida yangilash kunning muhim masalalaridan biridir.
1
Temirov J. Xorijliklarga o‘zbek tilini qiyoslash orqali o‘rgatish. Toshkent: International Scientific and
Preactical Conference, 2024.
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi
nufuzi va mavqeni tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-son Farmoni.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Ushbu muammoning hal etilishi tilimizning xorijiy millatlar bilan muomala vositasiga
aylantirilishi va rivojiga sabab bo‘lishi mumkin.
Ushbu tadqiqotimizda bir-biriga qarindosh bo‘lmagan ikki oila tillari, ya’ni ingliz va o‘zbek
tillaridagi ko‘plik shaklining o‘xshash va farqli tomonlarini aniqlaymiz. Bu qiyosiy tadqiqot biz
uchun xorijliklarga (assosan, inglizzabon bo‘lgan o‘zbek tili o‘rganuvchilari uchun) o‘zbek tilini
chog‘ishtirib, o‘z ona tillariga qiyoslagan holda o‘zbek tilini o‘rganishlari uchun asos bo‘lib
xizmat qiladi. Shu jihatdan, inglizzabon talabalarga o‘zbek tilini o‘qitish jarayonida, ot so‘z
turkumini atroflicha o‘qitishda bu so‘z turkumining tarkibiga kiradigan va nutqimizda faol
ishlatadigan ko‘plik qo‘shimchalarini ingliz tili bilan qiyoslab o‘rgatsak tildagi asosiy farqlar
aniqlanadi va chalkashlikni olgan bo‘lishimiz mumkin. Misol uchun, o‘zbek tili ot so‘z
turkumida ko‘plik qo‘shichasi -lar hisoblanadi, ingliz tilida esa -s, -es, -ies, kabi qo‘shimchalar
ko‘plikni hosil qiladi.
Ko‘plik qo‘shimchasining o‘zbek tilidagi muqobilini o‘rgatishga o‘tadigan bo‘lsak:
Til
Birlik shakli
Ko‘plik shakli
O‘zbek tili
Kitob
Kitoblar
Ingliz tili
Book
Books
O‘zbek tili
Ruchka
Ruchkalar
Ingliz tili
Baby
Babies
Ingliz tili
Box
Boxes
Har ikkala tilda ham umumiy qoidalar bilan birga mustasno holatlar mavjud. Masalan, ingliz
tilida irregular plural nouns (mustasno ko‘plik otlari) bor:
Man
Men
Tooth
Teeth
Foot
Feet
Mouse
Mice
Goose
Geese
Person
People
O‘zbek tilida esa ayrim so‘zlar semantik jihatdan ko‘plikni bildirganligi uchun ularga -lar
qo‘shimchasi qo‘shilmaydi: xalq, odamzod.
O‘zbek tilida ko‘plik qo‘shimchasi asosiy so‘zning tovush tizimiga ta’sir qilmaydi: daraxt →
daraxtlar.
Ingliz tilida esa ba’zi so‘zlarning talaffuzi o‘zgaradi:
Wife
Wives
Leaf
Leaves
Wolf
Wolves
Knife
Knives
Life
Lives
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
O‘zbek tilida suv, qum, havo kabi so‘zlar odatda birlik shaklda keladi va ularning ko‘plik shakli
ishlatilmaydi.
Ingliz tilida ham bunday so‘zlar mavjud va ular ko‘plik shaklga ega bo‘lmaydi: water, sand, air.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, o‘zbek va ingliz tillarida ko‘plik tushunchasi bor va u asosan
maxsus grammatik qo‘shimchalar orqali ifodalanadi. Lekin ingliz tilida bu tizim murakkabroq
bo‘lib, mustasno shakllari va maxsus talaffuz o‘zgarishlariga ega. O‘zbek tilida esa yagona -lar
qo‘shimchasi yetarli bo‘ladi va semantik jihatdan ba’zi so‘zlarga qo‘shilmasligi mumkin.
Quyida xorijliklarga o‘zbek tilida ko‘plik shaklini qiyoslash orqali o‘rgatishga doir na’munaviy
topshiriq beramiz:
Topshiriq: “Qoidani o‘zing top!”
(Inductive Learning - Mustaqil qoidani chiqarish)
Vazifa:
Talabalarga ingliz va o‘zbek tillarida ko‘plik shakllari misollari beriladi. Ular qoidalarni o‘zlari
chiqarib olishlari kerak.
Misollar:
Inglizcha (Singular – Plural)
O‘zbekcha (Birlik – Ko‘plik)
Book - books
Kitob - kitoblar
City - cities
Shahar – shaharlar
Tooth - teeth
Tish – tishlar
Child - children
Bola – bolalar
⏳
Qoidalar:
1. Talabalar berilgan misollar asosida o‘zlari qoidani tushuntirishga harakat qilishadi.
2. Guruh bo‘lib muhokama qilishadi va o‘z xulosalarini taqdim etishadi.
3. O‘qituvchi ularning tushunchalarini aniqlashtirib boradi.
Bizningcha, shu tarzda qiyoslab o‘rgatish ancha samarali va tushunarli. Kichik guruhlarda shu
tarzda o‘qitish, shuningdek ular bilan individual ishlash imkoni borligi ushbu mavzuning oson
o‘zlashtirishga sabab bo‘lishi mummkin. Lekin, bu jarayonda inglizzabon talaba ham
boshlang‘ich ingliz tili grammatik qoidalaridan boxabar ekanligi katta ahamiyat kasb etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Temirov J. Xorijliklarga o‘zbek tilini qiyoslash orqali o‘rgatish. Toshkent: International
Scientific and Preactical Conference, 2024.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili
sifatidagi nufuzi va mavqeni tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-son Farmoni.
Muhitdinova H. Xorijliklarga o‘zbek tilini o‘rgatish dasturi. Ilmiy-amaliy anjumani materiallari,
-T.,2018
