INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 2, March 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
216
Berdiyev Bektosh Oxnorovich
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti, PhD
DAVLAT SIYOSIY IMIDJINING SHAKLLANISHI
Аnnotatsiya
:Maqolada davlat siyosiy imidji tushunchasi tahlil qilinishi bilan bir qatorda, uni
shakllantirishning asosiy texnologiyalari ham tahlil qilingan. Shuningdek, zamonaviy dunyoda
har qanday davlatning samarali imidj siyosati strategik siyosiy resurs hisoblanishi bilan bir
qatorda, muvaffaqiyatli tashqi va ichki siyosat yuritishning zaruriy omili ekanligi, O‘zbekiston
o‘zining imidjini yuksaltirish bilan bog‘liq siyosati ham tadqiq qilingan.
Kalit so‘zlar:
davlatning siyosiy imidji, xalqaro imidj, o‘zlik, tarixiy xotira, madaniyat, siyosiy
imidjning shakllanish bosichlari, qadriyatlar, tizim tashkil qiluvchi qiyofa.
Аннотация
:Статья посвящена вопросам понятия политического имиджа государства, а
также анализированы основные технологии его формирования. Вместе с тем, исследованы,
что эффективная имиджевая политика любого государства считается стратегическим
ресурсом и необходимым фактором успешности проведения внешней и нвнутренней
политики. А также рассмотрена политика Узбекистана по повышению международного
имиджа.
Ключивые слова
:политический
имидж
государства,
международный
имидж,
самоидентификация, историческая память, этапы формирования политического имиджа,
ценности, системаобразующий образ.
Abstract
:The paper defines the political image of a state, and examines major methods of
creating an image. It argues that an effective image police of a state is a crucial political
instrument and an essential component of successful policy-making. The paper distinguishes and
describes historical stages of developing the political image of the contemporary Uzbekistan, as
well as analyses The special characteristics of the image of the Republik of Uzbekistan.
Key words
:political image of a state, international image, self-identification, historical memory,
stages of developing the political image of the Republik of Uzbekistan, value system, system
corporate image.
Kirish (Introduction)
. Har qanday zamonaviy davlatning strategiyasi o‘z ichiga davlat
organlari va umuman, mamlakatning, hokimiyat organlarining imidj shakllantirish faoliyatini
ham olmog‘i lozim. Mamlakat imidjeologiyasi, personal imidjeologiyasi bilan qiyoslaganda,
imidj yaratish ob’yektining o‘ziga xosliklari bilan bog‘liq o‘zining ma’lum xususiyatlariga ega.
Davlatning siyosiy imidji bu - davlatning o‘z fuqarolari va xalqaro maydondagi qiyofasi va
uning namoyon bo‘lishidir. Shuningdek, davlatning imidji - davlat tuzilmalarining tizimli tashkil
qilinishi va ularning o‘zaro aloqalaridan, shuningdek, siyosiy faoliyatning mohiyatidan kelib
chiqadigan tizimli-korporativ kompleksi sifatida ham qarash mumkin.
Metodlar (Methods)
. Maqolada asosan tizimli tahlil, bixevioristik tahlil, qiyosiy va
tarixiy tahlil metodlaridan foydalanilgan.
Asosiy qism (Research)
. Davlat siyosiy imidjining umumiy xarakteristikasi quyidagi
elementlarni o‘z ichiga oladi:
- siyosiy imidjning ijtimoiy ahamiyati;
- uning mazmuni;
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 2, March 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
217
- siyosiy imidjning boshqa institutlar bilan qiyoslagandagi o‘zgarishi sharoitida
vujudga keladigan o‘ziga xos imkoniyatlari, huquq va vakolatlari;
- jamiyat, millat va qatlamlar bilan shakllangan munosabatlarning xarakteri.
Mamlakatning muvaffaqiyatli, ijobiy imidjining mezoni sifatida yaratilgan samarali
qiyofani, ya’ni qanday qilib, imidjning xususiyati mamlakatdagi siyosiy ahvolga, ijtimoiy hayot
faoliyatining ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy sohalariga, va albatta boshqa davlatlar bilan tashqi
munosabatlarga ta’sir ko‘rsatishini keltirish mumkin.
Imidjni barqaror yoki o‘zgarmas holat sifatida baholash mumkin emas. Zero, davlatning
siyosiy imidjini shakllantirishda ijtimoiy-siyosiy sohada sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar bilan
bog‘liq rivojlanuvchanlik yondashuvidan foydalanish lozim. Davrning yangi talablariga
moslashish uchun har bir mamlakat doimiy tarzda takomillashuvi, shuningdek, iqtisodiy, ijtimoiy,
geosiyosiy, texnologik, informasion va demografik jarayonlarni doim hisobga olmog‘i lozim.
Shu bilan birga, mamlakat imidji barqaror qadriyatiy xususiyatga ega bo‘lmog‘i lozim. Bundan
tashqari, imidjning o‘zgarishi ushbu mamlakat mazmunini va xarakteristikasini o‘zgartirmaslik
faktini hisobga olmoq lozim.
Mamlakatning xalqaro imidji aloqalardan, shuningdek, ularning doira va qoidalar
mavjudligini ta’minlovchi munosabatlardan iborat. Shuning uchun bu aloqalarning barbod
bo‘lishi salbiy natijalarga olib kelishi mumkin. Masala shundaki, kutilgan natijaga erishish uchun
yaratilgan obrazga mamlakat ichidagi va tashqarisidagi jamoatchilikni ishontirishdir. Imidjning
amaliyotda vujudga keladigan umumiy belgilarini jamlagan holda, mamlakat imidjiga nisbatan
qo‘llaniladigan umumiy talablarni alohida ajratish mumkin. Ulardan kelib chiqadigan bo‘lsak,
imidj quyidagilardan tashkil topmog‘i lozim:
- sintetik, ya’ni ramzlar va belgilar yordamida ma’lum bir taassurotlarni vujudga
keltirishni rejalashtirish (geraldik rasmzlar);
- haqiqatga yaqin, ishonchli. Agarki, imidj odamlarning ishonchini qozona olmasa, u
hech kimga kerak emas. Imidj aniq bir mamlakat bilan identifikatsiya qilinmog‘i joiz. Imidj tirik
bo‘lmog‘i uchun, u sog‘lom mazmun talablariga javob bermog‘i lozim;
- yorqin va aniq. Imidj, qachonki, odamlarning hissiyotlariga ta’sir qilca, tezlikda qabul
qilinca, aniq maqsadlarni ko‘zlasa, muayyan bir mamlakat uchun xos bo‘lgan xususiyatlarni
ko‘rsata olsagina uning samaradorligi ortadi;
- hissiyot va aql, kutilgan va reallik o‘rtasida joylashgan qaysidir darajadagi noaniqlik.
Imidj har doim kutilmagan ssenariylarga, kutilmagan voqeliklarga, siyosiy hayotdagi
o‘zgarishlarga chidam bera oladigan, shuningdek, turli qatlamlar va shaxslarning xohishlari va
orzulariga moslasha oladigan bo‘lmog‘i lozim.
Natijalar (Results)
. Davlat imidjini shakllantirish quyidagi savollarga javob berish
muhim: Imidj qanday maqsadlar asosiga quriladi? Ushbu imidjni yaratishning buyurtmachisi
kim? Davlat imidjini kim va nima uchun shakllantiradi (tashqi va ichki maydon uchun)?
Mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy imidjining “dushmanlari”, “raqiblari” kim?
Tizimiy-korporativ sub’yekt sifatidagi davlatning imidji davlatning tashkiliy tuzilmasiga,
turli organlar o‘rtasidagi funksiyalarning taqsimotiga, davlat institutlarining ichki tuzilishi va
dinamikasiga, hokimiyat tomonidan rasmiy ma’qullanadigan qadriyatlar va mafkura tizimini
shakllantirish yo‘llariga, huquqning ijtimoiy samaradorligiga, boshqaruv ma’muriyatining
tarkibiga, siyosatdagi kichik guruhlarning roliga, ommaning siyosiy xulq-atvoriga va boshqa
qator jihatlarga bog‘liq. Oxir-oqibat davlat imidji qaysi sub’yektning obrazi omma ongiga
singdirilishiga hamda unda muvaffaqiyatli tarzda mafkuraviy, siyosiy va psixologik zamin topa
va mustahkamlanishiga bog‘liq bo‘lib qolaveradi.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 2, March 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
218
Muxokama (Discussion).
Davlat imidjining salbiy jihatlarda namoyon bo‘lishi
davlatdagi ijobiy jarayonlarni to‘xtatib qo‘yishi va ularga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Salbiy siyosiy imidj (qonunchilikning mukammal emasligi, byurokratiya, korrupsiya,
mahalliychilik nepotizm) mamlakat iqtisodiyotiga investisiyalar oqimini kamaytiradi va ushbu
davlat bilan xalqaro hamjamiyatning, shuningdek, boshqa davlatlarning hamkorlikka bo‘lgan
ishonchini kamaytiradi. Bunday holatda davlat o‘z imidji bilan bog‘liq muammolarni bartaraf
etish uchun barcha resurslarini ishga solishi talab etiladi. Masalan, o‘zining geografik joylashuvi,
tranzit imkoniyatlaridan foydalangan holda, dunyo kompaniyalari va davlatlariga logistik
imkoniyatlar, osonlashtirilgan bojxona imtiyozlari va hujjatlarni oson rasmiylashtirish kabi ishlar
ham davlatning imidji yuksalishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, tashqi sharoitlarning va ichki
holatlarning o‘zgarishlariga zudlik bilan moslasha olish hamda bu jarayonlarda imidj siyosatini
olib borish davlat tizimini dinamik barqarorligini ta’minlaydi hamda o‘z-o‘zini rivojlantirish
salohiyatini oshiradi.
Agar biror bir mamlakatning salbiy imidjini yaratish bo‘yicha omma ongiga axborot-
psixologik ta’sir ro‘y beradigan bo‘lsa, bunday ta’sirlar davlatning o‘ta mohirona va oqilona
siyosati bilan hal qilinadi. Masalan, mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘sini to‘kishga
qaratilgan kuchli axborot “bo‘roni”ga qarshi turish uchun ham davlat tomonidan jamiyatni
mafkuraviy bosimlar va tahdidlarga nisbatan “emlash”i, uning mafkuraviy-ahloqiy asoslarini
ishlab chiqishi hamda bu vazifalar uchun barcha zaruriy axboriy va texnologik imkoniyatlarni
yaratishi zarur. Buning uchun esa ushbu axborot ta’sirlaridan qo‘rqitishga emas, aholiga tashqi
siyosiy texnologiyalarning davlat va jamiyat uchun muammo to‘g‘dirishini professional asosda
yetkazishga, bunday ta’sirlardan himoyalanish shakllari va uslublarini anglashga asoslangan
targ‘ibot va ishontirishning samarali metodlari zarur.
Maqbul bo‘lmagan imidj texnologiyalarining qo‘llanilishini cheklash uchun nafaqat
davlat, balki jamiyat tuzilmalarini ham bu jarayonlarga jalb qilmoq lozim. Jamiyatda axborot
iste’moli madaniyatini shakllantirish, xalqning siyosiy saviyasini yuksaltirishning uslublari
ishlab chiqilishi, uning ahloqiy me’yorlari yaratilishi lozim.
Davlat imidjini faol tarzda shakllantirayotgan davlat institutlari aksariyat hollarda,
mavjud hokimiyat tartiblarini qahramon tarix sari ramziy yo‘naltirish orqali mustahkamlagan
holda,sport, armiya, madaniyat va san’atning ramziy kapitalidan foydalanadilar. Har qanday
davlatda imidjni shakllantirish vazifasi aholini safarbar qilish, jamoatchilik ongidagi individual
farqlar va istaklarni o‘chirishdan iborat.
Davlat imidjida tarixiy jihat o‘ta muhim. Chunki u quyidagi birinchi darajali
savollarga javob topish uchun zarur:
- ushbu davlat siyosiy imidjini yaratishning tarixiy asoslari qanday;
- davlatchilik asoslarini qayerdan qidirish kerak va undan so‘ng siyosiy imidjni
yaratish texnologiyasi uchun hal qiluvchi urg‘uni qayerga bera olish kerak?
Bundan tashqari, quyidagilar siyosiy imidjni tanlashga ta’sir ko‘rsatadigan omillar
hisoblanadi: xalqning mentaliteti, uning ijtimoiy tajribasi, an’analari va siyosiy madaniyati. Eng
murakkab vaziyatlardan yana biri – bu o‘tish davridagi siyosiy imidjni shakllantirish
to‘g‘risidagi masaladir. Chunki, “totalitarizm kishanlari”dan xalos bo‘lgan davlatlar aholisi
anchayin hissiyotga beriluvchan va sezuvchan bo‘ladi” degan fikrlar ham mavjud va ularni
siyosiy imidjni shakllantirishning asosiy strategiyasini tanlashda hisobga olish zarur. Davlat
siyosiy imidjini shakllantirish bosqichlarining tahlili, bizga nafaqat siyosiy imidjni shakllantirish
strategiyasini belgilash va shakllantirishga, shuningdek, rejalashtirilayotgan imidjning
samaradorligini ham bashorat qilishga imkon beradi.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 2, March 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
219
O‘zligini anglash va tarixiy xotira masalasi ham davlat tarixiga nisbatan munosabatni
shakllantiradi, davlat o‘zini sosiomadaniy munosabatlarning sub’yekti sifatida tanishiga imkon
beradi, demak, davlatning siyosiy imidjini shakllantiradi. Ma’lumki, yurtimiz uzoq o‘tmish va
shonli tarixga ega ekanligi, ularni isbotlovchi osori-atiqalarning ko‘pligi, bu esa
mamlakatimizning tarixiy xotirasiga nisbatan ijobiy qarashlarning ham shakllanishiga sabab
bo‘lishini aslo unutmaslik lozim.
Xulosa (Conclusions).
Yuqoridagilardan xulosa qilib, aytish mumkinki, har qanday
mamlakatning siyosiy, ijtimoiy, madaniy-ma’naviy imidjining yuksalishi avvalo, ushbu
mamlakatning barqaror taraqqiyotiga va doimiy o‘sishiga bog‘liq. Zero, davlatning siyosiy
imidjini shakllantirishda ijtimoiy-siyosiy sohada sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar va ularning
dinamik xususiyatlari muhim o‘rin tutadi. Insoniyatning yangi davrga, ayniqsa, texnologik
jihatdan butunlay taraqqiyotga xos bo‘lgan sifat bosqichiga erishishi, doimiy tarzda siyosiy
institutlari faoliyatining takomillashuvi, shuningdek, iqtisodiy, ijtimoiy, geosiyosiy, texnologik,
informasion va demografik jarayonlari har qanday davlat va jamiyat oldiga adekvat talablarni
qo‘yayotganligiga guvoh bo‘lib turibmiz. Shu nuqtai-nazardan ham mamlakat imidjiining
barqaror qadriyatiy xususiyatlar asosida o‘sishini ta’minlash – davlatning muhim funksional
vazifasi bo‘lmog‘i lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Berdiev, B. (2022). Cooperation with international organizations as an important factor in
raising the international image of the country. The American Journal of Political Science
Law and Criminology, 4(03), 51-54.
2.
Berdiev, B. (2023). Image policy as an important factor in the improvement and progress
of the country. Web of Humanities: Journal of Social Science and Humanitarian Research,
1(2), 6-9.
3.
Бердиев, Б. (2024). Имидж Вооруженных Сил в контексте общественно-
политических изменений. Центральноазиатский журнал социальных наук и истории, 5
(1), 201-205.
4.
Saydaliyeva, N., & Nazirov, M. (2020). Youth policy as a priority area of
development. Sociosphere, 3, 104-111.
