INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 12, issue 1, June 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
205
ZAMONAVIY O‘ZBEK HIKOYACHILIGIDA MILLIY RUH
(Javlon jovliyev, Jasur Kengboyev hikoyalari misolida)
G‘ofurova Dildora Ravshan qizi
ToshDOʻTAU Adabiyot nazariyasi 2-kurs magistri
+998935405758
Annotatsiya:
Ushbu maqola zamonaviy o‘zbek hikoyachiligida milliy ruh va milliy
qadriyatlar masalasini aks ettiradi. Maqolada milliy qadriyatlar va an’analarning zamonaviy
hikoyalardagi aks etishi, ularning o‘ziga xosligi, shuningdek, asarlardagi milliy ruh va
qahramonlarning ruhiyati o‘rtasidagi mutanosiblik o‘rganiladi. Maqolada milliylik
tushunchasining nazariy asoslari, milliy qadriyatlarning madaniy va tarixiy ildizlari hamda
zamonaviy o‘zbek adabiyotidagi roli tahlil qilinadi. Javlon Jovliyev va Jasur Kengboyev
asarlari misolida milliy ruhning zamonaviy ko‘rinishlari va uning nasr san’atidagi ahamiyati
chuqur yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
milliy ruh, milliy qadriyatlar, zamonaviy o‘zbek nasri, Javlon Jovliyev, Jasur
Kengboyev, milliy o‘zlik, madaniy meros, adabiy tahlil, zamonaviy o‘zbek adabiyoti, ruhiy
tasvir.
Abstract:
This article explores the theme of national spirit and national values in
contemporary Uzbek prose. It examines the reflection of national values and traditions in
modern stories, their uniqueness, as well as the correlation between the national spirit and
the psychological states of the characters.
The theoretical foundations of the concept of nationality, the cultural and historical roots of
national values, and their role in contemporary Uzbek literature are analyzed. Using the
works of Javlon Jovliyev and Jasur Kengboyev as examples, the article highlights the
modern manifestations of the national spirit and its significance in prose art.
Keywords:
national spirit, National values, Contemporary Uzbek prose, Javlon Jovliyev,
Jasur Kengboyev, National identity, Cultural heritage, Literary analysis, Modern Uzbek
literature, Psychological portrayal.
Zamonaviy o‘zbek adabiyoti asarlarida milliy qadriyatlar ko‘pincha insonlarning ichki
kechinmalari, jamiyatdagi o‘zgarishlar va global jarayonlar kontekstida o‘rganiladi. Shu
bilan birga, milliy qadriyatlar zamonaviylik bilan uyg‘unlashib, milliylikning yangi
ko‘rinishlarini yaratadi. Bu esa adabiyotning faqat tarixiy yoki folkloriy qiyofasidan chiqib,
zamonaviy jamiyatning murakkab ruhiy-ijtimoiy muammolarini aks ettirish imkonini beradi.
Natijada, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va ularni zamonaviy badiiy usullar bilan
boyitish o‘zbek adabiyotining rivojlanishi uchun muhim vazifa bo‘lib qolmoqda. Zamonaviy
o‘zbek hikoyachiligi milliy ruhni ifodalashda o‘ziga xos o‘rin tutadi.
Milliy ruh – bu xalqning tarixiy tajribasi, madaniy qadriyatlari, urf-odatlari va milliy
ongining badiiy ifodasidir. Hikoyachilikda esa bu ruh qahramonlarning xarakteri, voqealar
rivoji va muhit orqali ko‘rsatiladi. Mustaqillik davrida o‘zbek hikoyachiligi yangi bosqichga
ko‘tarilib, milliy qadriyatlarni zamonaviy kontekstda talqin qilish imkoniyatini oldi.
Hikoyachilar insonning ichki dunyosini, uning jamiyatdagi o‘rni va zamonaviy
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 12, issue 1, June 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
206
muammolarni milliy ruh bilan uyg‘unlashtirib, yangi obrazlar yaratishga intiladi. Bu jarayon
milliylik va umuminsoniylik o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlaydi.
Zamonaviy hikoyachilikda milliy ruh nafaqat tarixiy voqealar yoki an’anaviy madaniyat
elementlari orqali, balki inson qalbining murakkab kechinmalari, axloqiy izlanishlari va
jamiyatdagi o‘zgarishlar doirasida ifodalanadi. Javlon Jovliyev va Jasur Kengboyev kabi
yozuvchilar asarlarida milliy ruhning zamonaviy ko‘rinishlari yaqqol sezilib, ularning badiiy
dunyosi xalqning tarixiy va ma’naviy merosini zamonaviy hayot bilan uyg‘unlashtirishga
xizmat qiladi. Ularning hikoyalari milliy qadriyatlarni yangi estetika va gumanizm
mezonlarida yangilab, o‘quvchini chuqur tafakkurga chorlaydi.
Shunday qilib, zamonaviy o‘zbek hikoyachiligi milliy ruhni asrab-avaylab, uni bugungi
kunning murakkab realiyatlariga moslashtirish orqali milliy o‘zlikni saqlash va
rivojlantirishda muhim vazifa bajaradi.
Javlon Jovliyev va Jasur Kengboyev o‘zbek adabiyotining zamonaviy hikoyachiligi sohasida
milliy ruhni ifodalashda muhim o‘rin egallaydi. Ularning asarlari milliy qadriyatlar, urf-
odatlar va xalqning ma’naviy olami bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, badiiy jihatdan chuqur
va ko‘p qirrali tasvirlarni taqdim etadi.
Javlon Jovliyev hikoyalarining asosiy kuchi — uning obrazlarida. Masalan, “Qo‘rqma”
asaridagi bosh qahramon o‘zligini izlab, tarixiy xotira sari sayr qiladi. Bu obraz orqali
yozuvchi milliylikni o‘tmishga nazar, ajdodlarga hurmat va ma’naviy merosni anglash orqali
ko‘rsatadi. Obrazlar odatiy emas — ular zamonaviy, lekin ich-ichidan xalq ruhi bilan
yashaydi.
Yana bir jihat — ayol obrazlaridagi milliylik. Ular shunchaki obraz emas, ular sabr-toqat,
mehr, or-nomus ramzi. O‘zbek ayoli qanday bo‘lishi kerak degan savolga yozuvchi badiiy
javob beradi. Bu javob esa zamonaviylik bilan uyg‘un.
Xususan, “Jilovdoshim” hikoyasida aynan turkiy birlik mavzusi badiiy talqin etilgan. “Raddi
balo bo‘lsin Turkistonga” degan ibora bilan boshlanuvchi ushbu hikoyada turkiy xalqlarning
mushtarak ildizlari, ularning tarixiy fojialari, milliy qahramonlari — xususan, “Afrosiyob”
kabi timsollarni tarix sahnasidan yo‘qotish harakatlari, o‘z tariximizni “chin” — ya’ni
ishonchli manbalar orqali tiklash zaruriyati haqida so‘z yuritiladi. Muallif, shuningdek,
turkiy xalqlarning dunyo bo‘ylab tarqalib ketgani, sovet davridagi “milliy chegaralanish”
siyosati oqibatida Turkiston birligi parchalanganini tanqidiy ruhda yoritadi. Hikoyada
Turkiston timsolida ifodalangan turkiy birlik g‘oyasi ramziy va obrazli vositalar orqali
chuqur ochib berilgan.
“…“Jilovdoshim” hikoyasi to‘plamdagi Vatan, millat mavzusiga bag‘ishlangan boshqa
hikoyalardan farqli ravishda xalqimizning tarix qatlamlariga murojaat qiladi. Hikoyada
qadim turkiy qabilalar davridan tortib, mutaqillik yillaridagi mamlakat qiyofasi ham o‘zining
ifodasini topgan. Asarda bosh obrazlardan biri sifatida qudratli Turkiston gavdalantiriladi.
Turon zaminning bir paytlar ulug‘ davlat, katta kuchga ega millat bo‘lganini tarixiy dalillar
keltirib, tasvir etadi. Jilovdosh hikoyada millatdosh, vatandosh sifatida butun hikoya
davomida roviyga hamrohlik qiladi. Bu uslub orqali muallif barcha zamonlarda o‘zining
millatdoshiga, vatandoshiga murojaat qila olish imkoniyaini yaratadi1”.
E’tiborlisi shundaki, yozuvchi hikoya davomida o‘quvchiga bevosita “Jilovdoshim” deb
murojaat qiladi. Bu esa muallifning o‘quvchi bilan yaqin ruhiy bog‘liqligini ta’minlash
1 To‘laboyeva R. Hikoyalarda vatan konsepsiyasi. (Mustaqillik davri yosh nosirlari ijodidan: Javlon Jovliyev
hikoyalari misolida.). Maqola. – B. 101.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 12, issue 1, June 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
207
barobarida, milliy birlik g‘oyasini har bir yurtdosh yuragiga yetkazish istagini ifodalaydi.“…
Osoyishta damlar edi, bir kun el boshiga dushman kelib alla aytayotganini ko‘rib qoldim.
-
Ey, sen qaysi tilda alla aytyapsan?
-
Turkiyda.
-
Bundan maqsading ne?
-
Turkistonni uxlatmoq…
-
Ilohim, bu so‘zing ko‘zingga mil bo‘lib tortilsin…2”
Jilovdoshim hikoyasida
barcha turkiy xalqlarning ildizi bir ekanligi, turkiy xalqlar boshiga
kelgan balolar, Afrosiyob kabi milliy qahramonlar nomini tarixdan oʻchirishga harakatlar,
turkiy xalqlarning yer yuzining turli joylariga tarqab ketganligi, shoʻro davrida
Turkistonning “milliy chegaralanish” tadbirini boshdan oʻtkazganligi, Turkiston, yaʼni turkiy
birlik gʻoyasi obrazli tarzda ochib berilgan. “… Bu ikki daryo – ikki tomirlar orasi olamning
qadim tamaddun markazi bo‘lgan. Tigr va Evfrat daryolari orasida shakllangan
madaniyatlari kabi ulug‘dir. Ularniki Shumer, Akkad, Bobil bo‘lsa bizniki Turon,
Turkistondir. Bu maskan butun turklarga Ota – Vatandir3”.
Jilovdoshim hikoyasida turkiy xalqlarning yagona ildizdan tarqalgani, ularning boshiga
tushgan musibatlar va tarixiy haqiqatlar badiiy ifoda topgan. Asarda muallif Afrosiyob kabi
milliy qahramonlarning tarix sahnasidan chiqarishga bo‘lgan urinishlarni tanqid ostiga olgan.
“Abut-Turk Alp Er To‘nga qadim cho‘pchak emas, qadim haqiqatdir”… “Xatto, vaqt o‘tib
Alp Er To‘nga, yani Afrosiyobni tarixiy shaxs sifatida yo‘qotishga ham urunishgan. Bu
zotni “tarixda bo‘lmagan”, “u bir afsona”, “to‘qib chiqarilgan cho‘pchak” degan qarashlar
shundan paydo bo‘lgan4”. Shuningdek, Sho‘ro davrida Turkiston hududining sun’iy
ravishda bo‘lib tashlanishi, bu orqali turkiy xalqlarning birligini zaiflashtirish siyosati fosh
etiladi. Turkiy xalqlarning dunyoning turli burchaklariga sochilib ketgani esa tarixiy zarurat
va bosqinlar oqibati sifatida ko‘rsatilgan. Asarda “Turkiston” timsoli orqali turkiy birlik,
o‘zlikni anglash va tarixiy xotirani tiklash g‘oyalari ramziy tarzda yoritilgan. “Qadim
kitoblarda turkiy xalqlarning nomlari o‘zlari kabi ko‘p va xo‘b yozilgan… Nomlar va
bo‘linishlar borasida biror xalq turklarga teng kelolmasa kerak. Ko‘piga hozir tilimiz
kelishmaydi… Qipchoq, o‘g‘uz, yemak, boshqird, basmil, qayi, yabqu, tatar, qirg‘iz, chigil,
to‘xsi, yag‘mo, ug‘roq, charuq, cho‘mil, uyg‘ur, tungtun, xitay…bo‘ldi…bo‘ldi… 5”.
“Jilovdoshim” hikoyasi – bu shunchaki badiiy asar emas, balki tarix, milliy ong va birlik
haqida chuqur falsafiy mushohadadir. Unda muallif turkiy xalqlarning tarixiy fojialari orqali
bugungi kun uchun muhim bo‘lgan –
birlik, o‘zlikni anglash va tarixiy xotirani tiklash
g‘oyalarini ilgari suradi.
Jasur Kengboyevning ijodida esa milliy ruh shaxsning jamiyat bilan munosabati, urf-odatlar
va zamonaviy hayotning murakkabliklari orqali ifodalanadi. “Hadik” hikoyalar to‘plamida
muallif milliy qadriyatlarni zamonaviy insonning ruhiy holati, uning ijtimoiy o‘rnini anglash
jarayoni bilan uyg‘unlashtirib, bugungi kun o‘zbek jamiyatining muammolarini ko‘rsatadi.
Har ikkala yozuvchining asarlari milliy ruhni nafaqat tarixiy yoki madaniy kontekstda, balki
inson qalbining ichki dunyosi va zamonaviylik o‘rtasidagi murakkab aloqalar nuqtai
nazaridan yoritadi. Bu esa o‘zbek hikoyachiligida milliylikning yangi, yanada chuqur va
ko‘p qirrali talqini sifatida qabul qilinadi.
2 Jovliyev J. Onam va koinot. Hikoyalar. - T.: Anorbooks, 2022. – 62 b.
3 Jovliyev J. Onam va koinot. Hikoyalar. - T.: Anorbooks, 2022. – B. 58.
4 Jovliyev J. Onam va koinot. Hikoyalar. - T.: Anorbooks, 2022. – B. 63.
5 Jovliyev J. Onam va koinot. Hikoyalar. - T.: Anorbooks, 2022. – B. 55.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 12, issue 1, June 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
208
Shu tariqa, Javlon Jovliyev va Jasur Kengboyev asarlari zamonaviy o‘zbek hikoyachiligida
milliy ruhning rivojlanishi va ifodalanishida muhim manba hisoblanadi. Jasur
Kengboyevning “
Mung
” hikoyasida
milliy ruh va sharqona estetik tafakkur
ustuvor
mavzulardan biri sifatida ilgari suriladi. Yozuvchi asarda milliylikni ifodalovchi obrazlar,
timsollar va tafsilotlar orqali o‘zbek xalqiga xos turmush tarzini, ruhiyatini, qadriyatlarini
chuqur badiiy ifodalaydi. Masalan, hikoya boshida keltirilgan: “Bir zumda darvoza ohista
ochilib, shoyi ro‘mol o‘ragan ayolning qorasi ko‘rindi”6 degan satr, shunchaki manzara
emas, balki
o‘zbek ayolining or-nomusi, iffat timsoli, milliylik belgisi
sifatida talqin
qilinadi. Bu kabi detallar orqali adib xalqimiz ruhiyatini va milliyligini sezgirlik bilan ochib
beradi. Asar so‘nggida o‘z xatolari og‘irligidan qutula olmayotgan, kechirim umidida
yashayotgan, hayotga tashna tog‘aning ichki dunyosi,
ko‘zlaridagi mung
, yillar davomida
yutib kelgan armoni kuchli badiiy ifodaga ega. Ayniqsa, “
Yanga” obrazining mehribonligi
bilan aralashgan qat’iyati
, uning qalbida saqlanayotgan og‘riq va muhabbat birikmasi
sharq ayoliga xos sabr-bardosh va matonat ramzi sifatida ilgari suriladi. Bu orqali muallif
o‘zbekona ruhiy olamni va ayol obrazidagi milliy qadriyatni badiiy mukammallik bilan
ifodalashga erishgan. Shuningdek, hikoyada
Abdul Nosir
obrazining kiritilishi, uning
kengliklarga, dasht hayotiga, polvon cho‘ponlar gurungiga, xalqona mehfil va to‘y-
ko‘pkarilarga intilishi bevosita o‘zbek milliy mentalitetining tarkibiy qismi sifatida e’tiborni
tortadi.
Milliy ruh zamonaviy o‘zbek hikoyachiligida qanday o‘rin tutadi?
Milliy ruh zamonaviy o‘zbek hikoyachiligida nafaqat badiiy-madaniy jarayonning asosiy
tayanch nuqtasi, balki asarlarning ma’naviy va ruhiy ildizi hisoblanadi. Hikoyalar orqali
ifodalangan milliy ruh o‘zbek xalqining tarixiy tajribalari, an’analari va qadriyatlarini aks
ettiradi. Bu esa yozuvchilarga milliy o‘zlikni chuqurroq anglash, uni zamonaviy kontekstda
ifodalash imkonini beradi. Milliy ruh, o‘z navbatida, o‘quvchida millatga bo‘lgan mehr-
muhabbatni uyg‘otadi, tarix va madaniyatga hurmat tuyg‘usini oshiradi.
Zamonaviy o‘zbek adabiyoti milliy qadriyatlarni faqat tarixiy yoki madaniy ramz sifatida
emas, balki insoniylik, adolat, erkinlik, mehr-shafqat kabi umuminsoniy g‘oyalarga bog‘liq
holda talqin qiladi. Bu yondashuv orqali adabiyot milliylikni zamon va makondan ustun,
barcha insonlar uchun dolzarb bo‘lgan qadriyatlar tizimida ko‘rsatadi. Natijada, milliy ruh
asarlarida insonning ichki kechinmalari, ruhiy uyg‘onishi, shaxsiy va ijtimoiy muammolari
bilan bog‘liq holda ochiladi. Shu tarzda zamonaviy adabiyot milliylik va umuminsoniylikni
birlashtirib, xalq madaniyati va insoniyat umumiy madaniyatini boyitadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Karimov B. Istiqlol adabiyoti: Nazm va nasr. “Firdavs-shoh nashriyoti”. Toshkent –
2021.
2. Jovliyev J. Onam va koinot. – T.: Anorbooks, 2022
3. Kengboyev J. Yurakning bir cheti. – G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy
uyi, 2019.
4. To‘laboyeva R. Hikoyalarda vatan konsepsiyasi. (Mustaqillik davri yosh nosirlari
ijodidan: Javlon Jovliyev hikoyalari misolida.). Maqola. – B. 101.
6
Kengboyev J. Hadik. Hikoyalar. – T.: “Read book” nashriyoti, 2024. – B. 142.
