INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 12, issue 1, June 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
220
BOSHLANG'ICH TA'LIMDA MUSIQA O‘QITISH METODIKASI
Ummatova Nodira Sharofiddin qizi
Toshkent amaliy fanlar universiteti o‘qituvchisi
e-mail:
Turg‘unboyeva Fotima Vaxobjon qizi
Toshkent amaliy fanlar universiteti talabasi
e-mail:fatimaturgunboeva6@gmail.com
Annotatsiya:
Boshlang‘ich ta’lim bosqichida musiqa fanini o‘qitish bolalarning estetik didini
shakllantirish, ijodiy fikrlashini rivojlantirish hamda musiqiy savodxonligini oshirishda muhim
o‘rin tutadi. Ushbu maqolada musiqa ta’limining metodik asoslari, dars jarayonida
qo‘llaniladigan interaktiv va innovatsion metodlar, shuningdek, o‘quvchilarning yosh
xususiyatlariga mos yondashuvlar tahlil qilinadi. Metodik tavsiyalar orqali o‘quvchilarni
musiqa san’atiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni qo‘shiq aytish, tinglash, ritmni his qilish
kabi ko‘nikmalarga o‘rgatish yo‘llari yoritiladi. Bundan tashqari, maqolada amaliy misollar
asosida boshlang‘ich sinflarda musiqa darslarini samarali tashkil etishning zamonaviy yo‘llari
bayon etiladi.
Kalit so‘zlar
: boshlang‘ich ta’lim, musiqa ta’limi, metodika, o‘qitish usullari, estetik tarbiya,
interaktiv metodlar, musiqiy ko‘nikmalar, ijodiy rivojlanish, bolalar psixologiyasi.
Abstract
Teaching music at the primary school level plays an important role in the formation
of children's aesthetic taste, the development of creative thinking, and the improvement of
musical literacy. This article analyzes the methodological foundations of music education,
interactive and innovative methods used in the lesson process, as well as approaches
appropriate to the age characteristics of students. Methodological recommendations highlight
ways to increase students' interest in music, teach them skills such as singing, listening, and
feeling rhythm. In addition, the article describes modern ways to effectively organize music
lessons in primary grades based on practical examples.
Keywords
: primary education, music education, methodology, teaching methods, aesthetic
education, interactive methods, musical skills, creative development, child psychology.
Аннотация
Обучение музыке в начальной школе играет важную роль в формировании
эстетического вкуса детей, развитии творческого мышления, совершенствовании
музыкальной грамотности. В статье анализируются методические основы музыкального
образования, интерактивные и инновационные методы, используемые в процессе урока,
а также подходы, соответствующие возрастным особенностям учащихся. В
методических рекомендациях освещаются пути повышения интереса учащихся к музыке,
обучения их таким навыкам, как пение, слушание, чувство ритма. Кроме того, в статье на
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 12, issue 1, June 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
221
практических примерах описываются современные способы эффективной организации
уроков музыки в начальных классах.
Ключевые слова
: начальное образование, музыкальное образование, методика, методы
обучения, эстетическое воспитание, интерактивные методы, музыкальные способности,
творческое развитие, детская психология.
KIRISH
Boshlang‘ich sinflarda musiqa o‘qitish metodikasi bolalarda musiqiy iste’dodni rivojlantirish,
estetik hissiyotlarni shakllantirish hamda ijodiy tafakkurni kuchaytirishga xizmat qiladi. Musiqa
darslari nafaqat asarlarni tinglash va ijro etishga, balki bolalarning ichki kechinmalarini
ifodalashga ham imkon yaratadi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning shaxsiy qiziqishlari va
ehtiyojlarini e’tiborga olish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchi har bir bola uchun qiziqarli
bo‘lgan janrlar va qo‘shiqlarni tanlash orqali musiqaga bo‘lgan mehrni oshirishi mumkin.
Musiqa darslarida o‘yinlar va harakatli mashg‘ulotlar asosiy o‘rin egallaydi. Bolalar aynan
o‘yinlar vositasida musiqa elementlarini osonroq o‘zlashtiradilar, bu esa ularning e’tiborini
jamlashga yordam beradi. Ta’lim jarayonida ijodiy yondashuvga asoslangan metodlar
o‘quvchilarning mustaqil fikr yuritish, kuylash, kompozitsiya yaratish kabi ko‘nikmalarini
shakllantiradi. O‘qituvchi bolalarga qo‘shiq tuzish, bastalash va sahnada ijro etish imkoniyatini
yaratishi lozim.
Masalan, “Musiqiy stul” yoki “Ritmni top” kabi o‘yinlar bolalar uchun nafaqat qiziqarli, balki
musiqiy eshituvni va ritmni his qilishni rivojlantiradigan samarali vositadir. Shu bilan birga, har
bir o‘yin o‘quvchilarning musiqiy bilimi, jamoada ishlash qobiliyati va individual ijodini
rivojlantirishga xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich ta’limda musiqa o‘qitish metodikasi bolalarning estetik
didini, ijodiy tafakkurini va musiqiy qobiliyatlarini chuqurroq rivojlantirishga qaratilgan.
O‘qituvchi bu jarayonda zamonaviy metodlar, bolalarning yosh xususiyatlariga mos yondashuv
va interaktiv uslublardan samarali foydalansa, musiqa ta’limi nafaqat samarali, balki unutilmas
jarayonga aylanadi. Bu esa bolalarning shaxsiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va ularning
hayotida musiqaning o‘rnini mustahkamlaydi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA TADQIQOT METODOLOGIYASI
Mazkur maqolada musiqani o‘rgatish jarayonida badiiy-pedagogik va shaxsga yo‘naltirilgan
yondashuvlar, shuningdek, hissiy intellekt nazariyasining tatbiqi ko‘zda tutiladi. Tadqiqot
metodlari sifatida – musiqa savodxonligi bo‘yicha amaliy tajribalarni tahlil qilish va
umumlashtirish usuli qo‘llanilgan. Musiqiy savodxonlikning nazariy bilimlari va amaliy
ko‘nikmalari asosan musiqa tinglash faoliyati bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, bu jarayon
o‘quvchilarda musiqiy tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi.
Musiqa darslari orqali o‘quvchilarning bilim olish faolligi ortadi, fikr yuritish ko‘nikmalari
kengayadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida musiqa darslari haftasiga bir marta o‘tkaziladi.
Shu qisqa vaqt ichida o‘quvchilar bir nechta musiqiy faoliyat turlarida ishtirok etishlari lozim:
xonanda sifatida kuylash, asarlarni tinglash, savodxonlik elementlari va ijodiy mashg‘ulotlar.
Bularning har biri o‘zaro bog‘liq va musiqiy rivojlanishning muhim bo‘g‘inlaridir.
Musiqa, ayniqsa, bolalarda badiiy-estetik did, axloqiy madaniyat va etik qadriyatlarni
shakllantirishda muhim vosita hisoblanadi. Dars davomida faoliyatlar uzluksiz va ketma-ket
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 12, issue 1, June 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
222
amalga oshiriladi: musiqa savodi, xor bo‘lib kuylash, musiqa tinglash, hamda ijodkorlik. Aynan
musiqa tinglash orqali o‘quvchilar asarlar mohiyatini chuqurroq anglashadi, fikrlashga
undaladilar.
Musiqa o‘qituvchisi dars mavzusiga muvofiq holda o‘quvchilarga kerakli asarlarni o‘zi ijro
etadi yoki texnik vositalar orqali namoyish qiladi. Masalan, o‘rta sinf o‘quvchilariga
mo‘ljallangan darslarda o‘zbek mumtoz musiqasi mavzusida maqom va ashulalar tinglanadi va
birgalikda tahlil qilinadi. Bu jarayon o‘quvchining intellektual rivojiga katta hissa qo‘shadi.
Ular musiqa vositasida obrazlarni idrok qilishni o‘rganadilar.
Musiqa darslarida barcha bo‘limlarning — qo‘shiq aytish, tinglash va savodxonlik — o‘zaro
chambarchas bog‘liqligi, yaxlit musiqiy rivojlanishga zamin yaratadi. Mutaxassislar
ta’kidlaganidek, “kichik maktab yoshi bolalarida eshitish qobiliyati shakllanishi – ularning
keyingi ijodiy taraqqiyotining muhim bosqichidir”1.
Musiqa tinglash jarayoni shartli ravishda to‘rt bosqichda amalga oshiriladi:
1.
O‘qituvchining kirish so‘zi,
2.
Asarni tinglash,
3.
Tinglangandan keyin suhbat va tahlil,
4.
Asarni qayta tinglash.
Kirish so‘zi qisqa, ta’sirchan, qiziqarli bo‘lishi, o‘quvchilarda qiziqish uyg‘otib, ularni
tinglashga tayyorlashi kerak. O‘qituvchi asar mazmuni, matni, hatto nomi haqida ham
tushuntirishlar beradi. Misol tariqasida: chet el kompozitorlari ijodidan Johann Sebastian
Bachning polifoniya va fuga janridagi asarlari diqqatni jamlash, turli musiqiy qatlamlarni idrok
qilishni o‘rgatadi.
Tinglash jarayonida o‘quvchilar dastlab musiqa kayfiyati, ritm, tembr va tovush balandligini
farqlashga o‘rganishadi. So‘ngra asarning umumiy mazmuni bo‘yicha fikr yuritishadi. Masalan,
Ludwig van Beethovenning “Menuet” asari tinglanishidan avval, o‘quvchilarga uning fransuz
raqsi ekanligi, harakatlari nafis va silliq bo‘lishi haqida ma’lumot beriladi.
Yoki Norvegiyalik bastakor Edvard Griegning “Kobold” va “Elflar raqsi” asarlarini tinglashdan
oldin, “kobold” – o‘rmonda yashovchi hazilkash va yaramas ruh ekani, “elflar” esa yengil
harakatli, go‘zallik timsoli ekani tushuntiriladi. Bu orqali o‘quvchilarda obrazli tasavvur hosil
qilinadi. Ba’zida o‘qituvchining kirish so‘zi o‘rniga savollar qo‘yiladi. Bu savollar musiqiy
tafakkurni faollashtiradi. Masalan:
D. Kabalevskiyning “Masxarabozlar” asarida qanday kayfiyat ifodalangan?
S. Prokofyevning “Yurlar” va “Ertaklar” asarlari qanday farqlarga ega?
Bunday savollar o‘quvchilarning eshitish faoliyatini yo‘naltiradi, ularning musiqiy idrokini
rivojlantiradi, hissiy-intellektual o‘sishini ta’minlaydi. Natijada musiqa nafaqat ijodiy, balki
tarbiyaviy, estetik va intellektual vosita sifatida o‘z o‘rnini topadi.
1 D.A.Karimova Musiqa o`qitish tenologiyalari va loyihalash. T:.LESSON PRESS.2021.-52-b
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 12, issue 1, June 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
223
Muhokama va natijalar
Boshlang‘ich ta’limda musiqa o‘qitish metodikasining dolzarbligi bolalarning estetik didini
shakllantirish, musiqiy dunyoqarashini kengaytirish hamda ularning ijtimoiy-emotsional
rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish imkoniyatida namoyon bo‘ladi. Tadqiqot davomida musiqa
darslarining metodik asoslari, pedagogik yondashuvlar, shuningdek, o‘quvchilarning yosh
xususiyatlari bilan bog‘liq jihatlar chuqur tahlil qilindi.
Boshlang‘ich ta’limda qo‘llanilayotgan asosiy metodlar — vizual (ko‘rsatish), eshitish
(tinglash), ijodiy (kuylash va chalish), o‘yin orqali o‘rgatish, interfaol metodlar — bugungi
kunda o‘z samarasini bermoqda. Ayniqsa, o‘yin elementlari orqali musiqa o‘rgatish bolaning
faol ishtirokini ta’minlab, musiqiy bilim va ko‘nikmalarni qiziqarli tarzda o‘zlashtirishga
xizmat qiladi.
Tadqiqotda aniqlanishicha, musiqa darslarida shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, ya’ni har bir
o‘quvchining qiziqishi, qobiliyati, estetik didi inobatga olinganda natijalar ancha samaraliroq
bo‘ladi. Shuningdek, musiqiy faoliyatga o‘quvchilarni to‘liq jalb qilishda pedagogning didaktik
mahorati, musiqiy bilim darajasi, estetik ta’sirchanligi muhim rol o‘ynaydi. Dars jarayonida
tinglatiladigan asarlarning bolalar psixologiyasiga mosligi, ularning eslab qolish, his qilish va
tasavvur qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi.
Bundan tashqari, tajriba asosida aniqlanishicha, integrativ yondashuvlar, ya’ni musiqa
darslarining adabiyot, tasviriy san’at, jismoniy tarbiya darslari bilan uyg‘unlashtirilgan holda
olib borilishi o‘quvchilarda umumiy estetik tarbiyani mustahkamlaydi. Masalan, she’rni
kuylash orqali yod olish, qo‘shiqdagi mazmunni sahnalashtirish orqali ifodali nutqni
rivojlantirish, musiqa ostida harakat qilish orqali koordinatsiyani kuchaytirish — bularning
barchasi bolalarning ko‘p qirrali rivojiga xizmat qiladi.
O‘rganilgan holatlarda o‘qituvchilarning ayrimlari hali ham an’anaviy, passiv metodlarga
tayanayotgani kuzatildi. Bu esa o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini sustlashtirishi
mumkin. Demak, zamonaviy ta’lim talablaridan kelib chiqib, musiqa o‘qituvchilari doimiy
metodik yangiliklar bilan ishlashi, IT texnologiyalaridan (masalan, interaktiv doskalar, audio-
video vositalar) foydalanishi zarur.
Muhokama davomida shuningdek, musiqiy eshituv malakalarini shakllantirishda tizimlilik va
uzviylik muhim ekani aniqlandi. Har bir sinfda o‘rganilayotgan musiqa namunasi avvalgi
bosqich bilan bog‘lanib, yangi bilimlar eski bilimlar asosida shakllantirilsa, bolalarda musiqiy
tafakkur rivojlanadi. Ayniqsa, milliy musiqiy meros namunalarini bolalarga kichik yoshdan
boshlab tanishtirish ularning vatanparvarlik, madaniy qadriyatlarga hurmat, ifodali kuylash
malakasini rivojlantirishda beqiyos vositadir.
Xulosa
.
To’g’ri yo’lga qo’yilgan, uslubiy jihatdan puxta qurilgan, muayyan talablarga javob beradigan
o’quv jarayoni, ta’lim sifatiga e’tibor yosh avlodni tarbiyalashda yordam beradi. Shu bilan birga,
musiqiy qobiliyatlarning rivojlanishi tafakkur, kuzatish, xotira, tasavvur, shuningdek, diqqat va
irodani rivojlantirish bilan chuqur bog’liqdir. Bizning metodologiyamizda biz o’rganishni
tashkil etish, boshqacha aytganda, u umumiy estetik rivojlanishni nazarda tutuvchi
rivojlanishdan oldinga borishi kerak degan pozitsiyaga amal qilamiz
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 12, issue 1, June 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
224
Foydalanilgan adabiyotlar;
1. Anvarovna, K. D. (2022). Conducting music lessons in preschool educational institutions.
Emergent: Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning (EJEDL), 3(3), 4-10.
2. FORMATION OF STUDENT AESTHETIC COMPETITION BY TEACHING THE
WORKS OF RUSSIAN CLASSIC COMPOSERS IN MUSIC CULTURE CLASSES T
Ismailov, D Karimova - Интернаука, 2021;
3. Karimova, D. A. (2022). MUSIQA DARSLARIDA BOLALAR MUSIQA TUYG ‘USINI
TAKOMILLASHTIRISH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social
sciences, 2(Special Issue 4-2), 288-294.
4. Karimova, D. A. (2021). Formation of student aesthetic competition by teaching the works of
Russian classic composers in music culture classes. Молодой ученый, (17), 254-255.
