YASHIL IQTISODIYOT VA BARQAROR RIVOJLANISH: O’ZBEKISTONNING YANGI IQTISODIY YO’LI

Annotasiya

Ushbu maqolada yashil iqtisodiyotning mazmuni, barqaror rivojlanish bilan o‘zaro bog’liqligi hamda O‘zbekiston Respublikasida bu borada olib borilayotgan islohatlar yoritilgan. Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining rivoji,xalqaro hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar,yashil kreditlar va davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari tahlil qilingan. Maqola O‘zbekistonning ekologik barqarorligi va iqtisodiy taraqqiyot yo‘lidagi amaliy harakatlarini ko‘rsatib beradi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2023
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
236-240
0

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
I.F.Muhiddinova,D.A.Begmatova. (2025). YASHIL IQTISODIYOT VA BARQAROR RIVOJLANISH: O’ZBEKISTONNING YANGI IQTISODIY YO’LI. Международный журнал научных исследователей, 12(1), 236–240. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/ijsr/article/view/130443
0
Iqtibos
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada yashil iqtisodiyotning mazmuni, barqaror rivojlanish bilan o‘zaro bog’liqligi hamda O‘zbekiston Respublikasida bu borada olib borilayotgan islohatlar yoritilgan. Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining rivoji,xalqaro hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar,yashil kreditlar va davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari tahlil qilingan. Maqola O‘zbekistonning ekologik barqarorligi va iqtisodiy taraqqiyot yo‘lidagi amaliy harakatlarini ko‘rsatib beradi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 12, issue 1, June 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

236

YASHIL IQTISODIYOT VA BARQAROR RIVOJLANISH: O’ZBEKISTONNING

YANGI IQTISODIY YO’LI

I.F.Muhiddinova

e-mail:

muhiddinova.iroda@icloud.com

D.A.Begmatova

e-mail:

dilrabobegmatova0@gmail.com

Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti, Toshkent, 100149, O‘zbekiston Respublikasi

e-mail:

muhiddinova.iroda@icloud.com

Annotatsiya;

Ushbu maqolada yashil iqtisodiyotning mazmuni, barqaror rivojlanish bilan

o‘zaro bog’liqligi hamda O‘zbekiston Respublikasida bu borada olib borilayotgan islohatlar

yoritilgan. Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining rivoji,xalqaro hamkorlikda amalga

oshirilayotgan loyihalar,yashil kreditlar va davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari tahlil

qilingan. Maqola O‘zbekistonning ekologik barqarorligi va iqtisodiy taraqqiyot yo‘lidagi

amaliy harakatlarini ko‘rsatib beradi.

Kalit so’zlar

.Yashil iqtisidiyot,barqaror rivojlanish ,qayta tiklanuvchi energiya , ekologik

siyosat, O‘zbekiston ,yasil kreditlar, xalqaro hamkorlik , quyosh energiyasi ,shamol elektr

stansiyasi.

1 Kirish

Bugungi kunda iqlim o‘zgarishi, ekologik muommolar va tabiiy resurslarning

cheklanganligi global iqtisodiyotning asosiy tahdidlari bo‘lib qolmoqda. Shu sababli dunyo

mamlakatlari yashil iqtisodiyotga o‘tish va barqaror rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan

strategiyalarni ishlab chiqmoqda. Yashil iqtisodiyotga o‘tish global miqyosda dolzarb masalaga

aylandi. Bunga bir qator omillar, xususan iqlim o‘zgarishi, tabiiy resurslarning kamayishi,

atrof-muhitning ifloslanishi kabi global muammolar sabab bo‘lmoqda. Shu qatorda, yashil

texnologiyalarning rivojlanishi va ularning narxi pasayishi ham bu jarayonni tezlashtirmoqda.

O‘zbekiston ham ushbu yo‘nalishda faol ishtirok etib ,2025-yilni “Ekologik himoya va yashil

iqtisodiyot yili” deb e’lon qildi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan amalga

oshirilayotgan ushbu strategiya mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida yangi bosqichni boshlab

berdi. Yashil iqtisodiyot -bu atrof muhitga zarar yetkazmasdan, iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga

qaratilgan yondashuvdir. Bu modelda energiya tejamkorligi, qayta tiklanuvchi energiya

manbalaridan foydalanish , chiqindilarni kamaytirish va resurslardan oqilona foydalanish asosiy

mezon sifatida qaraladi. Barqaror rivojlanish esa insoniyat ehtiyojlarini hozirgi avlod

ehtiyojlarini qondirgan holda, kelajak avlodlar imkoniyatlarini kamaytirmaslik tamoyiliga

asoslanadi. Yashil iqtisodiyot bu tamoyilni amaliyotda ro‘yobga chiqarish vositasi hisoblanadi.

2 Eksperimental natijalar va ularning muhokamasi


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 12, issue 1, June 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

237

Yashil iqtisodiyotga o‘tish global tendensiya bo‘lib, ko‘pgina mamlakatlar bu yo‘nalishda

faol harakatlarni amalga oshirmoqda. Bu jarayon bir qator afzalliklar va imkoniyatlar

yaratadi.Birinchidan, yashil iqtisodiyot modeliga o‘tish ekologik barqarorlikni ta’minlashga

yordam beradi. UNEP ma’lumotlariga ko‘ra, yashil iqtisodiyot atrof-muhit muhofazasi va iqlim

o‘zgarishiga qarshi kurashishda muhim rol o‘ynaydi. Bu ayniqsa, iqlim o‘zgarishi kabi global

muammolar sharoitida juda muhimdir. Ikkinchidan, yashil texnologiyalar resurslardan yanada

samaraliroq foydalanish imkonini beradi, bu esa iqtisodiy samaradorlikni oshiradi. Barbier

(2011) ta’kidlaganidek, bu resurslarning cheklanganligi sharoitida muhim ahamiyatga ega.

Masalan, qayta tiklanuvchi energiya manbalari an’anaviy yoqilg‘ilarga bo‘lgan ehti-yojni

kamaytiradi.Uchinchidan, yashil iqtisodiyot sohalari rivojlanishi yangi “yashil” ish o‘rinlari

yaratilishiga olib keladi. Bu esa bandlik va iqtisodiy o‘sishga ijobiy ta’sir

ko‘rsatadi.To‘rtinchidan, yashil iqtisodiyot yangi texnologiyalar va innovatsion yechimlar

ishlab chiqishni rag‘bat-lantiradi. Masalan, qayta tiklanuvchi energiya texnologiyalari

sohasidagi innovatsiyalar energetika sektorini butunlay o‘zgartirmoqda.

Yashil Kreditlar va Barqaror Iqtisodiy Rivojlanish – bu ekologik jihatdan toza va barqaror

rivojlanishni ta’minlaydigan loyihalarni moliyalashtirish uchun ajratiladigan kreditlardir. Ular

iqtisodiy o‘sish bilan bir qatorda atrof-muhitni muhofaza qilish, energetika samaradorligini

oshirish va yashil infratuzilmani rivojlantirishga xizmat qiladi. Yashil kreditlar berilishining

asosiy yo‘nalishlari: Quyosh va shamol energiyasi loyihalari; Energiya samaradorligini oshirish

(izolyatsiya, LED yoritish, ventilyatsiya); Ekologik toza transport vositalarini xarid qilish;

Qayta ishlash va chiqindilarni kamaytirish bo‘yicha loyihalar; Suv tejovchi texnologiyalar va

qishloq xo‘jaligi sohasida ekologik tashabbuslar. O‘zbekiston tajribasi: O‘zbekistonda 2020-

yildan boshlab yashil kreditlar faol joriy etilmoqda. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki

(EBRD), Osiyo taraqqiyot banki (ADB) va Jahon banki kabi moliyaviy institutlar bilan

hamkorlikda yashil moliyalashtirish dasturlari ishlab chiqilgan. Ipoteka-bank, Agrobank,

Hamkorbank va boshqa tijorat banklari ushbu kreditlarni aholiga va tadbirkorlarga taklif

etmoqda.

1-jadval: O’zbekistonda banklar tomonidan ajratilgan yashil kreditlar

Bank nomi

Yashil kredit portfeli

Amalga oshirilgan loyihalar

Ipoteka Banki

109,3 mlrd so‘m

17 ta ijtimoiy loyiha

Hamkorbank

EBRD tomonidan ajratilgan

10 mln AQSh dollari

Energiya

samaradorligi

uchun

yo‘naltirilgan

Ipak Yo‘li Bank

EBRD tomonidan ajratilgan

45 mln AQSh dollari

Yashil

kreditlash

va

savdoni

rivojlantirish

Sanoat Qurilish Bank

IFC tomonidan ajratilgan 75

mln AQSh dollari

Yashil o‘sish va ko'kni moliyalashtirish

Yashil infratuzilma uchun zarur sarmoya: yiliga 6 mlrd AQSh dolla Yashil kreditlarning

iqtisodiy ta’siri: Yashil kreditlar quyidagi ijobiy natijalarga olib kelmoqda: - Import energiya

resurslariga bo‘lgan ehtiyoj kamaymoqda; - Atrof-muhit ifloslanishi kamaymoqda; - Mahalliy


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 12, issue 1, June 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

238

innovatsion ishlab chiqarishlar rivojlanmoqda; - Aholining yashash sifati yaxshilanmoqda; -

Yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda. Statistik tahlil: O‘zbekistonda yashil kreditlar miqdori 2020-

yilda 50 mln USD bo‘lgan bo‘lsa, 2024-yilga kelib bu ko‘rsatkich 300 mln USDdan oshdi. Ular

asosan quyidagi sohalarga yo‘naltirilgan: - Energiya samaradorligi (42%) - Quyosh va shamol

energetikasi (27%) - Qishloq xo‘jaligi (16%) - Qayta ishlash va chiqindilarni kamaytirish (15%).

1-rasm: Yashil kreditlarning sektorlar bo’yicha taqsimoti.

O‘zbekiston yashil iqtisodiyot yo‘lidagi islohotlarni xalqaro hamkorlik orqali

kuchaytirmoqda. BMT, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot

banki kabi tashkilotlar bilan hamkorlikda ekologik loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan,

Toshkentda “Yashil energiya forumi” o‘tkazilib, xorijiy investorlar bilan qayta tiklanuvchi

energetika sohasida 2 milliard dollardan ortiq investitsiya shartnomalari imzolandi. Xorazm

viloyatida Jahon banki ko‘magida 100MVt quvvatli quyosh stansiyasi qurilmoqda. Yana bir

loyiha -250 MVt quvvatli stansiya va 63 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi bilan birga

ishlaydi.Davlat dasturlari va ekologik siyosat. 2025-yilda O’zbekistonda :
-16 ta yangi yashil energiya stansiyasi(3,5GVt)
-35 000 ta xonadonda quyosh panellari

-3 000 kichik GES (164 MVt) quriladi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 12, issue 1, June 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

239

2-rasm: Yashil biznes xizmatlariga talab yuqori bo’lgan sohalar.

“Yashil makon” umumxalq loyihasi doirasida 2021-2024 yillar davomida 600 milliondan

ortiq daraxt va butalar ekish rejalashtirilgan. Bu loyiha havo sifatini yaxshilash, tuproq

eroziyasining oldini olish, iqlim barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, suv

resurslaridan samarali foydalanish borasida innovatsion texnologiyalar - tomchilatib sug‘orish

va yer osti sug‘orish tizimlari joriy etilmoqda. Bu choralar O‘zbekistonning suv tanqisligiga

duchor bo‘lgan mintaqalarida ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Suv resurslaridan samarali

foydalanish O‘zbekiston uchun dolzarb masaladir. Suvni tejash texnologiyalarini joriy etish va

suvdan samarali foydalanish muhim vazifa hisoblanadi. Umuman olganda, O‘zbekistonda

yashil iqtisodiyotni rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjud. Biroq, bu yo‘nalishda izchil va

maqsadli sa’y-harakatlarni amalga oshirish zarur. Bu O‘zbekistonning barqaror rivojlanish

yo‘lida sezilarli natijalarga erishishiga ko’mak beradi.

XULOSA

Yashil iqtisodiyot va barqaror rivojlanish O‘zbekiston uchun nafaqat ekologik, balki

iqtisodiy va ijtimoiy ustuvorlik sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bu yo‘nalishdagi strategik

islohotlar mamlakat iqtisodiyotini zamonaviylashtirish, aholi farovonligini oshirish va ekologik

xavfsizlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynamoqda. Mamlakatning bu boradagi qat’iy pozitsiyasi

nafaqat ichki barqarorlikni, balki xalqaro miqyosda ekologik mas’uliyatli davlat sifatidagi

mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi. Yashil iqtisodiyotning rivojlanish omillari sifatida

quyidagilar muhim o‘rin tutadi: davlat siyosati va huquqiy me’yorlarning moslashuvi,

iqtisodiy stimullar, innovatsiyalar va texnologik rivojlanish, jamiyatning ekologik ongini

oshirish hamda xususiy sektorning faol ishtiroki. Ushbu omillarni muvaffaqiyatli amalga

oshirish barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish va ekologik xavfsizlikni ta’minlashga yordam

beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yilni “Ekologik muhofaza va yashil

iqtisodiyot yili” deb e’lon qilish to‘g’risidagi qarori-Toshkent 2024.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 12, issue 1, June 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

240

2. Israilova Sh. " Yashil iqtisodiyot xususiyatlari va rivojlanish omillari”, Yashil iqtisodiyot

va taraqqiyot jurnali- №8(2024)

3. UNEP. (2011). Towards a Green Economy: Pathways to Sustainable Development and

Poverty Eradication.

4. Barbier, E. B. (2011). The policy challenges for green economy and sustainable economic

development. Natural resources forum, 35(3), 233-245

5.

https://www.worldbank.org

6.

www.ipotekabank.uz

7.

www.ebrd.com

8.

www.ifc.org

9.

www.oecd.org

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yilni “Ekologik muhofaza va yashil iqtisodiyot yili” deb e’lon qilish to‘g’risidagi qarori-Toshkent 2024.

Israilova Sh. " Yashil iqtisodiyot xususiyatlari va rivojlanish omillari”, Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot jurnali- №8(2024)

UNEP. (2011). Towards a Green Economy: Pathways to Sustainable Development and Poverty Eradication.

Barbier, E. B. (2011). The policy challenges for green economy and sustainable economic development. Natural resources forum, 35(3), 233-245

https://www.worldbank.org

www.ipotekabank.uz

www.ebrd.com

www.ifc.org

www.oecd.org