ISLOM DININING O`RTA OSIYOGA KIRIB KELISHI

Annotasiya

Ushbu maqolada Islom dini qanday qilib paydo bo`lgani va dunyo hududlariga xususan: O`rta Osiyo mintaqasiga qanday qilib tarqalgani va mustahkamlangani to`g`risida shuningdek dinning yoyilishida muhim xissa qo`shgan shaxslar haqida, Islom dinining mahalliy dinlarga ta`siri hamda mahalliy dinlarga e`tiqod qiluvchilarning Islom diniga o`tishi sabablari xususida so`z boradi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2023
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
128-131
0

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Niyozov Javlonbek Jaxongir o`g`li. (2025). ISLOM DININING O`RTA OSIYOGA KIRIB KELISHI. Международный журнал научных исследователей, 12(1), 128–131. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/ijsr/article/view/130429
0
Iqtibos
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada Islom dini qanday qilib paydo bo`lgani va dunyo hududlariga xususan: O`rta Osiyo mintaqasiga qanday qilib tarqalgani va mustahkamlangani to`g`risida shuningdek dinning yoyilishida muhim xissa qo`shgan shaxslar haqida, Islom dinining mahalliy dinlarga ta`siri hamda mahalliy dinlarga e`tiqod qiluvchilarning Islom diniga o`tishi sabablari xususida so`z boradi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 12, issue 1, June 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

128

ISLOM DININING O`RTA OSIYOGA KIRIB KELISHI

Niyozov Javlonbek Jaxongir o`g`li

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti

Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o`qituvchisi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Islom dini qanday qilib paydo bo`lgani va dunyo hududlariga

xususan: O`rta Osiyo mintaqasiga qanday qilib tarqalgani va mustahkamlangani to`g`risida

shuningdek dinning yoyilishida muhim xissa qo`shgan shaxslar haqida, Islom dinining mahalliy

dinlarga ta`siri hamda mahalliy dinlarga e`tiqod qiluvchilarning Islom diniga o`tishi sabablari

xususida so`z boradi.

Kalit so`zlar.

Islom, Qutayba ibn Muslim, anemizm, totemizm, vaxdoniyat, johiliyat,

Movarounnahr, Hazrati Xizr, Afrosiyob, butparast, kofirlik, otashparastlik, Ahuramazda, Mitra,

Anaxita va Axriman

Аннотация:

В этой статье обсуждается, как возник и распространился ислам в регионах

мира, особенно в регионе Центральной Азии, и как он укрепился. В ней также

обсуждаются личности, внесшие значительный вклад в распространение религии,

влияние ислама на местные религии и причины обращения приверженцев местных

религий в ислам.

Ключевые слова:

ислам, Кутайба ибн Муслим, анемизм, тотемизм, монотеизм,

невежество, Моваруннахр, Хазрат Хизр, Афросиаб, идолопоклонство, неверность,

огнепоклонничество, Ахурамазда, Митра, Анахита и Ахриман

Abstract:

This article discusses how Islam emerged and spread to the regions of the world,

especially to the Central Asian region, and how it strengthened. It also discusses the individuals

who made a significant contribution to the spread of the religion, the influence of Islam on local

religions, and the reasons for the conversion of adherents of local religions to Islam.

Keywords:

Islam, Qutayba ibn Muslim, anemism, totemism, monotheism, ignorance,

Movarunnahr, Hazrat Khizr, Afrosiab, idolatry, infidelity, fire worship, Ahuramazda, Mithra,

Anahita and Ahriman

Inson paydo bo`libdiki din uning hayotida muhim o`rin tutgan. Anemizm va totemizm

kabi ibtidoiy e`tiqod turlari dastlab odamlarning tafakkurini rivojlantirgan bo`lsa, keyinchalik

dunyoviy dinlarning keng tarqalishi insonlar ma`naviy hayotining rivojlanishiga katta ta`sir

ko`rsatgan. Jumladan, Islom dinining jamiyat hayotida mustahkamlanishi arab keyinchalik

O`rta Osiyo xalqlarining yakka xudolik dini Islomga ko`proq e`tibor berishlariga olib keldi.

Arablar ko`chmanchi va agressor xalq hisoblangan. Bunga misol Islom qaror topishidan

oldin ularda “Johiliyat” davri bo`lgan. Aynan yangi dinning paydo bo`lishi arab xalqlarining


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 12, issue 1, June 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

129

keyinchalik O`rta Osiyo xalqalarining bir din ostida birlashib markazlashgan davlatlar tuzishida

Islom dinining o`rni beqiyosdir. Islom dinining O`rta Osiyoga kieib kelisha hamda tarqalishi

643-644-yillarda amalga oshirilgan. Ushbu yurishlardan so`ng hudud ikki qisimga bo`lindi: 1)

Movarounnahr (“Ikki daryo oralig`i”); 2) Sirdaryodan sharqda joylashgan Arodi at-turk

(“Turklar yerlari”, ya`ni arablarga bo`ysunmagan hukmdorlar yerlari)1. Ushbu ikki hududlarda

islomlashuv har xil bo`lgan. Movarounnahrda islomdan oldingi davr hukmdorlari o`z

mavqeylarini saqlab, mahalliy aholini boshqarish, soliq yi`gish kabi vazifalarni bajarganlar.

Islomning ilk davrida arablar ko`plab imtiyozlarga ega bo`lganlar. Bunday imtiyozlardan

islomni qabul qilgan mahalliy aholi vakillari ham foydalana olardilar. Turklar yerlari

aholisining islomlashuvi haqidagi ma`lumotlar asosan og`zaki, folklor hamda keyinchalik

yozma manbalarda aks etgan. Bu yozma manbalar XVIII va XIX asrlarga oiddir.

O`rta Osiyo hududining islomlashuvida mashhur arab sarkardalarining o`rni katta.

Xususan, Qutayba ibn Muslim haqida to`xtaladigan bo`lsak: Uning to`liq ismi Tarixchi olim

Muhammad Narshaxiyning yozishicha, hazrati Qutayba ibn Muslim ibn Umar ibn Husayn ibn

Robiya ibn Xolid ibn Usayd al-Xayr milodiy 661 yilda Shomning Boxiliy degan joyida tavallud

topgan. Qutayba ibn Muslimni milodiy 691-yili ummaviylar xalifasi Abdurahmon ibn Marvon

Xurosonga noib etib tayinlaydi. Qutayba o‘z qo`l ostidagi hududlarni shariat asosida boshqarish

bilan birga xalifalik yerlarini sharqqa tomon kengaytirishga katta hissa qo‘shgan. Jumladan,

706-yili u Zarafshon vodiysi tomon yurish qilib, Poykentni zabt etadi. 708-yili Marv va Keshni,

709-yili Buxoroni egallaydi. 712-yili Xorazm va Samarqandga kirib boradi. 713-yil bahorida

Toshkent(Shosh)ni egallab, keyin Farg‘ona vodiysi tomon yo‘l oladi. Sarkarda o‘zi zabt etgan

hududlarga islom ahkomlarini yoyib, xalqni hidoyatga da’vat etadi. U qaysi shaharni zabt etsa,

o‘sha yerda masjid, madrasa va minoralar qurdirgan.

Movarounnahrdagi ilk masjid ham

uning boshchiligida, Buxoro shahrida 712-yilda qurilgan. Bugungi kunga qadar saqlanib qolgan

Samarqanddagi Hazrati Xizr masjidi ham aynan uning ko‘rsatmasiga binoan tiklangan ekan.

Hazrati Xizr masjidi haqida birinchi eslatma arablar Soʻgʻdni bosib olgan davrga (VIII asr

boshlari) toʻgʻri keladi. Rivoyatlarga koʻra, 712-yilda Qutayba qoʻshinlari Samarqandni

egallagandan soʻng arablar Joʻyi arziz kanalini toʻgʻon bilan toʻsib, shahar qalʼasini suv ostida

qoldirmoqchi boʻlganlar. Biroq osmondan ulkan oq qush tushib, toʻgʻonni buzdi2. Bu voqeani

xotirlash uchun Qutaybaning hamrohlaridan biri Muhammad ibn Vaso Temir darvozada,

Afrasiyobning janubiy tomonida, soʻgʻdliklar hurmat qiladigan zardushtiylar ibodatxonasi

oʻrniga „Hazrati Xizr“ masjidini qurdirdi. Masjid 1220-yilda moʻgʻullar istilosi davrida

butunlay vayron qilingan.

O`rta Osiyoni islomlashtirish avvalo Buxoro shahridan boshlandi.

Buxoro aholisi har safar (islom lashkari kelganida) musulmon bo‘lar, arablar qaytib ketganida

esa ular yana dindan qaytar edilar. Qutayba ibn Muslim ularni uch marta musulmon qilgan, ular

esa yana dindan qaytib kofir bo‘lgan edilar. Bu to‘rtinchi marta (kelganida) Qutayba jang qilib

Buxoro shahrini oldi, ko‘p qiyinchiliklardan keyin (bu yerda) islom dinini yuzaga chiqardi va

har turli yo‘llar bilan ularga qiyinchiliklar tug‘dirib, dillariga musulmonchilikni o‘rnashtirdi.

Ular esa islom dinini yuzaki qabul etib, haqiqatda butparastlik qilar edilar.

Qutayba

arablar buxoroliklar bilan birga yashab ularnint xattiharakatlaridan xabardor bo‘lib tursalar, ular

zaruratdan musulmon bo‘ladilar, degan maqsadda Buxoro aholisiga o‘z uylarining yarmini

arablarga berishga undab buyruq chiqarishni to‘g‘ri topdi va shu yo‘l bilan u musulmonchilikni

1

Mavlonov, A. (2021, June). WATER CULT IN ANCIENT RELIGIOUS BELIEFS (Based on materials

from the Fergana Valley). In

Конференции

.

2

Mavlonov, A. (2021, June). WATER CULT IN ANCIENT RELIGIOUS BELIEFS (Based on materials

from the Fergana Valley). In

Конференции

.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 12, issue 1, June 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

130

o‘rnatdi hamda shariat hukmlarini bajarishga ularni majbur etdi. Qutayba masjidlar bino qildi,

kofirlik va otashparastlik asarlarini yo‘qotdi. U ko‘p jiddu-jahd qilib, har kimdanki shariat

hukmlarini bajarishda kamchilik sodir bo‘lsa uni jazolar edi.3 Shunday qilib Qutayba

Movarounnahrda islom dinining homiysi sifatida mahalliy aholining katta qismini islomga

kiritgan edi. Qutaybadan keyingi vaqtlarda ham islomni qabul qilmagan aholi qatlamlari yangi

dinning insonparvarlik jihati tufayli qabul qildi.

Dinning

insonparvarligi

quydagilarda

namoyon bo`ladi: asosiysi din hamma insonning irqi, jinsi, millati va ijtimoiy kelib chiqishidan

qat`iy nazar teng ekanligi, bundan tashqari boshqa dinlarga nisbatan insonlarga ko`proq

yengillik berilganligi hamda O`rta Osiyoga kirib kelgan dinlarning yakkaxudolikka asoslangan

dini edi. To`g`ri zardushtiylik ham yakkaxudolik dini sifatida ham qaraladi, lekin u mutloq

vaxdoniyatda emas edi. Unda Ahuramazda, Mitra, Anaxita va Axriman kabi xudolar bor edi.

Islom dinining keyingi davrlarda kengroq yoyilishini ko`radigan bo`lsak bu xususida Narshaxiy

asaridan bilish mumkin. Qutayba ibn Muslim shahar ichkarisidagi hisorning ichida masjidi

jome bino qilgan vaqtida, odamlar «Registon» deb ataganlari bo‘sh maydonni iyd namozi

o‘qiladigan joy qildi va musulmonlarni iyd namozini o‘qish uchun o‘sha yerga chiqardi. U

kishilarga (iyd namoziga chiqdanda) qurollarini ham olib chiqishga buyurdi, chunki islom dini

hali yangi bo‘lib, musulmonlar kofirlardan xotirjam emas edilar. (Bu odat) hozirda ham sunnat

bo‘lib qolgan, kimki qurol taqishga qodir bo‘lsa u (iyd namoziga) qurolini o‘zi bilan olib

chiqadi. Bu (maydonga kiraverishdagi) darvozani «Darvozayi Saroyi ma’bad»,—«Ibodatxona

saroyi darvozasi» deydilar. Bu joy Buxoro amirining «ma’bad ul-xayl-i —«askarlar

ibodatxonasi» bo‘lgan ekan. Bu namozgohda ko‘p yillar davomida iyd namozini o‘qib

kelganlar. Bu joyga sig‘ishmay qolganlaridai keyin Amiri sadid Mansur ibn Nuh ibn Nasr1

Samtin (qishlog‘i) yo‘lidagi devor aylantirilgan yerlar va yaxshi bog‘larni sotib olib, u yerga

ko‘p mol sarflab iyd namozgohi qildi, chiroyli minbar va mehrob ishlatdi hamda (iyd namozida)

takbir aytuvchi(mukabbir)lar takbir o‘qib kishilarga eshittirsinlar deb minorachalar qurdirdi.

Namozgohdan Buxoro hisori darvozasigacha yarim farsang masofa bo‘lib, iyd namozida bu yer

odamlar bilan to‘lar edi. Ko‘p yillar iyd namozini shu joyda o‘qidilar; bu uch yuz oltmishinchi

yilda (4 noyabr 970—23 oktyabr 971) barpo bo‘lib, toki Arslonxon davrigacha namozgoh

bo‘lib turdi.

Arslonxon odamlar qiynalmasinlar va biror dushman shaharga qasd qilganida aholi

shaharda yo‘q vaqtga to‘g‘ri kelib qolmasin deb, shaharga yaqin joyda namozgoh qilishga

buyurdi. Darvozayi Ibrohimda podshohlarning bir bog‘lari bor edi, uni Shamsobod der edilar,

bu bog‘
buzilib ketgan bo‘lib, u yerda ekin ekar edilar. Turk hoqoni Arslonxonning farmoni bilan u

yerning hammasini tartibga solib, tevaragiga baland devor urdilar, pishiq g‘ishtdan minbar va

mehrob qurdilar, takbir aytib turuvchilar uchun minorachalar tikladilar. Bu (ish)
payg‘ambarning,— xudo unga va xonadoniga rahmat va salomini yo‘llasin — hijratidan

(keyingi) besh yuz o‘n uchinchi yilda (14 aprel 1119—1 aprel 1120) bo‘lgan edi.4 Yuqoridagi

ma`lumotlardan bilish mumkinki. Arab sarkardalari tomonidan O`rta Osiyo (Movarounnahr)ga

islom dinining kirib kelishida katta xizmat qilganlar, buni biz aniq manba misolida ko`rib

chiqdik.

3 Абу Бакр Наршахий- Бухоро тарихи. –Т. : 1991.-Б 28
4 Абу Бакр Наршахий- Бухоро тарихи. –Т. : 1991.-Б 30


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 12, issue 1, June 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

131

Xulosa

Islom dinining O`rta Osiyoga kirib kelishi nafaqat o`troq xalqlarning balki

ko`chmanchi qabilalarning ham hayotida muhim o`zgarishlarga olib keldi. Aholining turmush

darajasi ham sog`lomlashdi. Chunki Islom dini tozalik va poklikka undorchi dindir. Lekin

Islomni aholi tomonidan qabul qilinishi oson kechmagan bir paytda Qutayba ibn Muslim kabi

shaxslarning o`tkazgan tadbirlari natijasida islom dini mustahkamlanib bordi. Buxoro,

Samarqand va boshqa hududlarda ko`plab masjid va madrasalarning qurilishi amalga

oshirilgani islom dinining qaror topishiga olib kelgandi.

FOYDALANILGAN ADABIYOT VA MANBALAR RO`YXATI:

1. Abu Bakr Narshaxiy Buxoro tarixi — Т.: Toshkent nashriyoti, 1991
2. Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri / Tarjima va izohlar muallifi Abdulaziz

Mansur. — Т.: Toshkent islom universiteti, 2016.

3. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.— Т.: O‘zbekiston, 2009.
4.«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

(yangi tahriri) / / O'zbekistonning yangi qonunlari, № 19. — Т.: Adolat, 1998.

5.Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch. — Т.:Ma’naviyat, 2008.
6. Mo'minov A., Yo‘ldoshxo‘jayev H., Raximjonov D. va boshqalar. Dinshunoslik: darslik /

mas’ul muharrir N.lbrohimov.

— Toshkent: Mehnat. 2004. — 294 b.

7. Markaziy Osiyo dinlari tarixi / Mas’ul muharrir: s.f.n., dots. Sh.A.Yovqochev. — Т.:

Toshkent davlat sharqshunoslik institute 2006. - 207-b.
8. Abu Rayhon Beruniy, Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar / / Tanlangan asarlar, I tom.

— 1968.
9.

Mavlonov, A. (2021, June). WATER CULT IN ANCIENT RELIGIOUS BELIEFS (Based

on materials from the Fergana Valley). In Конференции.

Bibliografik manbalar

Abu Bakr Narshaxiy Buxoro tarixi — Т.: Toshkent nashriyoti, 1991

Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri / Tarjima va izohlar muallifi Abdulaziz Mansur. — Т.: Toshkent islom universiteti, 2016.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.— Т.: O‘zbekiston, 2009.

«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (yangi tahriri) / / O'zbekistonning yangi qonunlari, № 19. — Т.: Adolat, 1998.

Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch. — Т.:Ma’naviyat, 2008.

Mo'minov A., Yo‘ldoshxo‘jayev H., Raximjonov D. va boshqalar. Dinshunoslik: darslik / mas’ul muharrir N.lbrohimov.

— Toshkent: Mehnat. 2004. — 294 b.

Markaziy Osiyo dinlari tarixi / Mas’ul muharrir: s.f.n., dots. Sh.A.Yovqochev. — Т.: Toshkent davlat sharqshunoslik institute 2006. - 207-b.

Abu Rayhon Beruniy, Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar / / Tanlangan asarlar, I tom. — 1968.

Mavlonov, A. (2021, June). WATER CULT IN ANCIENT RELIGIOUS BELIEFS (Based on materials from the Fergana Valley). In Конференции.