PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI
9
ZO‘RAVONLIKDAN JABRLANGAN XOTIN-QIZLAR VA BOLALARNI HIMOYA
QILISH TIZIMINING TAKOMILLASHUVI
Azizova Xosiyat Axmadbekovna
Namangan viloyati Chortoq tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi
psixologlar guruxi bosh mutaxasissi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada jamiyatda zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar va ularning
voyaga yetmagan farzandlarini himoya qilish tizimining takomillashuvi masalalari tahlil etilgan.
Muallif jamiyatda gender tengligini ta’minlash, ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va
zo‘ravonlik holatlarini aniqlash, ularni bartaraf etish hamda huquqiy, ijtimoiy va psixologik
yordam ko‘rsatishning kompleks mexanizmlarini yoritib bergan.
Kalit so‘zlar:
Zo‘ravonlik, gender tengligi, xotin-qizlar huquqlari, davlat himoyasi, ijtimoiy
xizmatlar, psixologik reabilitatsiya, voyaga yetmaganlar himoyasi, shelter (boshpana) markazlari,
ayollar daftari.
Innovatsion muhit bo‘lishidan qat’iy nazar hozirgi davrga kelib inson o‘zining taqdiri, o‘zi
erishadigan maqsaddagi yutuqlari yoki muvaffaqiyatsizligi, baxt yoki baxtsizlik, hunar tanlashi,
kayfiyati, uning oilaviy muhiti bilan bog‘liqdir. Oilaning kelajakdagi yuzaga keladigan taqdiri esa
insonning o‘ziga bog‘liq. Jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy qiyofasi oilalarning qandayligiga
bog‘liqligi azaliy haqiqat. Shuni ta’kidlash lozimki, oilada tartib-intizom bo‘lsa, uning a’zolari
shu xislatlarini xizmat jarayoniga ko‘chiradi va faoliyatlarida qo‘llaydilar.
Hozirgi kunda erkaklar va ayollar teng huquqlarga ega bo‘lgan sharoitda umrguzaronlik qilmoqda
va hatto hozirda xotin-qizlarga berilgan imtiyoz-imkoniyatlar har qachongidan yaxshiroq desak
mubolag‘a bo‘lmaydi.
Mamlakatimiz huquqiy davlat va demokratik jamiyat qurish yo‘lida dadil odimlab borar ekan,
gender tenglikni ta’minlash sohasida izchil va samarali sa’y-harakatlar olib borilmoqda. Shu
asosda ularni qadrlash va ulug‘lashga, qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan
milliy huquq tizimi yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev xotin-
qizlarni qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish borasida shunday degan edi: “Hozirgi kunda har bir
xotin-qiz demokratik jarayonlarning kuzatuvchisi emas, balki faol va tashabbuskor ishtirokchisi
bo‘lmog‘i shart. Afsuski, biz uzoq vaqt bu masalaga yetarlicha e’tibor bermasdan, hurmatli opa-
singillarimizning dardu tashvishlariga beparvo qarab kelganimiz tufayli yillar davomida to‘planib
qolgan ijtimoiy muammolarni hal qilish bugun, ochig‘ini aytish kerak, oson bo‘lmayapti. Lekin
qanchalik qiyin va murakkab bo‘lmasin, muhtaram opa-singillarimiz uchun munosib ish va
turmush sharoitlarini yaratib berish bo‘yicha biz bor kuch va imkoniyatlarimizni to‘la safarbar
etamiz”. Shuni inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10-may 2024
yildagi “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni
takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-175-sonli qarori hamda
O‘zbekiston Respublikasi Mazirlar mahkamasining 25-iyun 2024 yildagi
“Tazyiq va
zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga ijtimoiy
xizmatlarni ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 354-son qarorida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oila va
xotin-qizlar qo‘mitasining tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga “oila — mahalla —
tuman va hudud” tamoyili asosida kompleks ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini joriy etish
to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi. Qarorda xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarini
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining hududiy markazlariga
joylashtirish va vaqtincha boshpana (shelter) bilan ta’minlash hamda ulardan chiqarish, xotin-
qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni «Yagona milliy
ijtimoiy himoya» axborot tizimida shakllantirish va yuritish, xotin-qizlar va ularning voyaga
PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI
10
yetmagan farzandlariga «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari hamda hududiy markazlar
tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar va ularning monitoringiga alohida to‘htalib o‘tilgan.
Tayiq va zo‘ravonlik jamiyatdagi eng yomon illatdir. U insonlar o‘rtasidagi tenglik va erkinlikni
yo‘qqa chiqaradi. Qullik, qaramlik, o‘zgalar ustidan hukm yuritish, ularni kamsitish va
tahqirlashga olib keladi. Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, ularni
vaqtida aniqlash va ushbu jarayonlarga chek qo‘yish uchun samarali tashkiliy-huquqiy
mexanizmlari yaratildi.
Yangi O‘zbekiston diyorida xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari davlat
himoyasida:
1.
Huquqiy asoslar.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ayollar va bolalarning huquqlarini himoya qilishni
kafolatlaydi.
“Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun gender tenglikni
ta‘minlashga qaratilgan.
“Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Qonun bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qiladi.
2.
Davlat himoyasi shakllari.
Ijtimoiy yordam
: kam ta‘minlangan oilalarga nafaqa, moddiy yordam va subsidiyalar beriladi.
Huquqiy himoya
: zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollar va bolalar uchun himoya orderlari va
maslahat xizmatlari mavjud.
Tibbiy va psixologik yordam
: reabilitatsiya markazlari va maxsus boshpanalar faoliyat yuritadi.
3.
Xotin-qizlar va bolalar uchun davlat dasturlari.
“Oilaviy ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash” dasturi orqali xotin-qizlarning iqtisodiy
imkoniyatlari kengaytirilmoqda.
“Ayollar daftari” tizimi yordamga muhtoj ayollarni aniqlab, ularga ko‘mak berish uchun ishlab
chiqilgan.
Bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlash va maktabgacha ta‘lim tizimini rivojlantirish uchun davlat
tomonidan subsidiyalar ajratiladi.
4.
Zo‘ravonlikdan himoya.
“Mehribonlik uylari” va reabilitatsiya markazlari yetim va og‘ir ahvoldagi bolalar uchun xizmat
qiladi.
“Ayollar va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha maxsus markazlar” tashkil etilgan va
ularning soni oshirilmoqda.
5.
Xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish
Ayollar uchun ta‘lim va kasbiy malaka oshirish dasturlari kengaytirilmoqda.
Mehnat bozorida gender tenglikni ta‘minlash bo‘yicha yangi qonunchilik tashabbuslari ilgari
surilmoqda.
6.
Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan
farzandlariga psixologik yordam ko'rsatish
Zo‘ravonlik qurbonlariga maxsus psixologik reabilitatsiya markazlarida yordam ko'rsatish.
Psixologlar tomonidan individual va guruhiy maslahat xizmatlarini tashkil etish.
Stress va travmadan qutulish bo‘yicha maxsus dasturlar ishlab chiqish va qo'llash.
Oila a’zolari uchun psixologik yordam kurslarini o‘tkazish va ularni ijtimoiy moslashuvga
tayyorlash.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi. – Toshkent: Adolat, 2019.
2.O‘zbekiston Respublikasining ―Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida‖gi Qonuni. –Qabul
qilingan sana: 2019-yil 20-iyul.
3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi, 2023-yilgi tahrir.
PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI
11
4. Birlashgan Millatlar Tashkiloti. ―Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya‖, 1989-
yil.https://www.unicef.org/child-rights-convention
5.Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi. ―O‘zbekistonda bolalar
mehnatini bartaraf etish borasidagi islohotlar‖. – https://nhrc.uz
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Inson huquqlari bo‘yicha vakil
(Ombudsman). ―Voyaga yetmaganlarning huquq va erkinliklarini ta‘minlash
samaradorligini oshirish‖. – https://ombudsman.uz
7. Qo‗shiyev M. ―Voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi va ularning javobgarlik
masalalari‖.
–
Iqtisodiyot
va
huquq
jurnali,
2023.
https://ijournal.uz/index.php/judr/article/view/1836
8. UNICEF Uzbekistan. ―Child labour in Uzbekistan: progress and remaining
challenges‖. https://www.unicef.org/uzbekistan
