92
ENG
QADIMIY
SHAHAR
Otarbaeva Malika Ongarbaevna
Berdoq nomidagi QDU tarix ta'lim
yònalishining 3-boshqish talabasi
Annotatsiya:
Ushbu moqalada Òzbekiston hududidagi ilk shahar hisoblangan
Surxondaryo viloyatidagi Jarqo'ton haqida, uning izlanish tarixi, nomining kelib
chiqishi, 1973-yildan boshlabgi, shu bilan birga mustaqillik davriga kelib ham olib
borilgan tadqiqotlar va ularning natijalari kòrsatilgan.
Kalit sòzlar:
Bòstonsay, bronza davri, ark, shahriston, nekropol, Sopolli
madaniyati, odam byusti, yevrapoid irqining sharqiy òrtayer dengizi tarmoģi,
shaharmonand.
Annotation
: This article describes the history of Zharkoton in Surkhandarya
region, the first city in Uzbekistan, the origin of its name, the research conducted
since 1973 and the period of independence, and their results.
Key words:
Bòstonsay, bronze age, ark, city, necropolis, Sopolli culture,
human bust
, eastern Mediterranean branch of the Europoid race, city monad.
Bilamizki, Òzbekiston davlatchiligi tarixi 3500 yildan kam emasligi haqidagi
ma'lumotlarni tarixchi-olimlar tarafidan e'tirof etilgan. Bu fikrga kelishiga sabab
ham Jarqòton yodgarligi hisoblanadi. Chunki, yodgarlikdan topilgan materiallar
davlatchilik tarixining 3500 yildan kam emasligini isbotlamoqda.
Jarqòtan yodgarligi Surxondaryo viloyati Sherobod daryosining kòhna òzani
Bòstonsay yoqasidadir. Yodgarlik sopollitepaliklar asos solgan ilk shahar
hisoblanadi. U Bo'stonsoyning chap sohilida joylashgan bo'lib, 100 ga maydonni
egallagan. Bu erning aholisi ham dehqonchilik bilan shug'ullanib, kamida 500 yil
shu erda yashaganlar. Ayirim ma'lumotlarda Jarqo'ton uch qismdan iborat deb
kòrsatildi.¹ Uning arki 3 ga maydonni egallagan. Arkning atrofi mudofaa devorlari
bilan o'rab olingan. U erda hukmdorning qarorgohi joylashgan. Mudofaa devori
somon qo'shilgan xom g'ishtdan ishlangan. Devor qalinligi 3m, balandligi 5-6m
bo'lgan. Hozirda saqlangan qismi I m gacha boradi. Devor kvadrat shaklidagi
93
burjlar bilan mustahkamlangan. Arkka kirish darvozasi janub tomonda joylashgan.
Arkda hukmdor saroyi alohida ajralib turadi. Saroyda ko'p oddiy xonalar bo'lib,
saroy maydonida 20kv.m supa joylashgan. Arkning sharqiy tomonida bir necha uy-
joy massivlari topilgan. Ular 1.5 m qalinlikdagi supa ustiga qurilgan. Bu yerda ko'p
xonali hovlilar ochildi. Har bir hovlida 2-3 ta o'choq topilgan. Shaharning janubida
20 ga maydonni egallagan shahar qabristoni topilgan. Jarqo'tonda otashparastlik
ibodatxonasi ochildi. Ibodatxonaning atrofi 4.5 m qalinlikdagi devor bilan o'rab
olingan. Ibodatxona ikki qismdan muqaddas ziyoratxona va xo'jalik qismlaridan
iborat boʻlgan. Ibodatxonaning muqaddas qismi kvadrat shaklida bo'lib, 35x35
metrga teng. Uning tarkibida muqaddas olov, muqaddas quduqlar, altarlar va 4
bosqichga doir tosh yo'laklar bo'lgan. Bular yerga, suvga, olovga sig'inish unsurlari
hisoblanadi. Ibodatxonaning ishlab chiqarish-xoʻjalik qismida muqaddas ichimlik-
xaoma tayyorlaydigan xona, mozor 71 inventarlari tayyorlaydigan ustaxonalar va
ibodatxonaga ajratilgan oziq-ovqat ombori joylashgan. Ibodatxonada hech kim
yashamagan, u faqat olovga sig'inish bilan bog'liq boʻlgan urf-odatlar va diniy
marosimlar o'tkazish markazi bo'lgan.
Lekin, biz Jarqòtonda ikki qismdan iborat degan ma'lumotlarni ham
uchiratamiz , ya'ni "Arki a'lo" va "Shahriston" dan iborat.² Arki a'loda shahar
hokimining qarorgohi-hukmdor saroyi joylashgan. Arki a'loga tutashgan holda,
uning sharqiy va janubiy tomonida, bu shaharning asosiy aholisi- dehqonlar va
hunarmandlar yashagan "shahriston" joylashgan. Shahristondan janubda, qadimgi
ariq qoldiģining orqa tomanida, Bòstonsay jarlari bòlib, kamida 20 gektar
maydonni egallagan nekrapol, ya'ni shahar qabristoni joylashgan.
Yodgorligining ochilishining òzi kutilmagan tarzda yuz bergan. Qadimgi
shahar madaniyatining yana bir nodir obidalaridan biri- Sopollitepada arxeologik
qazishma ishlari yakunlayatgan vaqtda Jarqo'ton haqida xabar keladi. Òsha
kezlarda Leningradtan B.M.Masson boshchiligidagi bir guruh arxeologlar
94
Surxondaryoning Angor tumanidagi antik davr obidasi Zartepada qazishmalar olib
borgan edi. Òsha yili A.Asqarov Zartepaga B.M.Masson boshchiligidagi
guruhning qazishma ishlarini bilan tanishgani keladi. Kutilmaganda arxeologlar
joylashgan kolxoz dala shiyponida arxeolog Shokir Pidaev topib kelgan sopol
parchalarga A.Asqarovning kòzi tushadi.Sopol parchalarini kòzdan kechirar ekan,
ushbu topilma bronza davrining noyab yodgorligi Sopollitepa materillariga
òxshashligini eslab, Sh.Pidaevni yangi nayob yodgorlik bilan tabrikladi va darhol
yangi obiekt bilan tanishib kelishlikni kasbdoshlariga taklif qilgan.
Yodgarlikni òrganish ishlarini iyun oyining jazirama paytidan boshlangan.
Qadimgi ko’hna shaharni hozirgi Guliston jamoa xòjaligi tarafidan buzilib,
ekinzorga aylandirilgan qismida suv yuvib ketgan jar kesmasida ochilishib qolgan
qabrga arxeologlarning kòzi tushdi va bu yodgorliklarni bronza davriga tegishli
ekanligiga ishonch hosil qilishdi. Ular òrganish mobaynida eng avvalo nimaga
yodgorlikning Jarqo'ton deb atalishiga qiziqdi. Keksalarning guvohlik berishiga
qaraganda, 1950-yillarning boshlarida bu joyda Bòstonsay jarliklari ustida Guliston
jamoa xòjaligining yirik shoxli hayvonlari uchun bir necha charvo qòtonlari barpo
etilib, shundan boshlab atrof-aholi bu joyni jarliklardagi qòton, ya'ni Jarqo'ton deb
atay boshlagan ekan.
Kòp yillik izlanishlar davomida Jarqo'tonni haqiqatda Òzbekiston hududidagi
eng qadimgi shahar ekanligini isbotlovchi juda boy ashyoviy dalillar topildi.
Yodgarlik 1973-yildan boshlab uzliksiz tadqiqotlar ishlari olib borilgan.
Tadqiqotlar natijasi kòhna shaharning paydo bolib rivojlangan sanasini aniqlash
hamda ushbu hududlarda yuz bergan tarixiy-madaniy jarayonlarni bir necha
bosqishlarga ajiratib kòrsatish imkonin berdi. Ushbu tadqiqotlar natijalariga kòra
Jarqo'tondagi qadimgi shahar hayoti dastlab uch boshqishda ya'ni Jarqòton
(mil.avv 1500-1350-yillar), Kòzali (mil.avv 1350-1200 yillar), Mòllali (mil.avv
1200-1000 yillar) boshqichlariga bòlingan. Keyinroq, Jarqòtanning qarama-
95
qarshisida, Bòstonsoyning òng sohilida òrganilgan yodgarlikdagi tadqiqodlar
natijasida Mòllali boshqichini ikki fazaga ya'ni Mòllali ( 1200-1000 yillar) va
Bòston( 1000-900 yillar) fazalarina bòlib òrganish imkoniyati paydo bòldi.³
Olib borilgan tadqiqotlar tahlilidan shunday xulosa chiqarish mumkinki, mil.
avv. II ming yillikning òrtalariga kelib Jarqo'ton òsha hududlardagi dehqonchilik
bilan shug'ullanuvchi aholi qabilalari uyushmalarining mustahkam istehkomiga
aylanadi. Aynan, mana shu istehkom orqali Hisor toģ aldi vohalari va janubiy
Tojikistanning ģarbiy hududlariga shimoldagi aholining kòshishlari bòlib òtadi.
Hududlardan topilgan yodgarliklar topografiyasi va ularni davrlashtirish ushbu
jarayon izchillik bilan bòlib òtganligini kòrsatadi. Undan tashqari yana shu narsa
ma'lumki, bu jarayonning rivojlanishi mil.avv. II ming yillikning ikkinchi yarimi
Amudaryoning òng qirģoģidagi òtroq dehqonchilik turmush tarzi kechiruvchi aholi
manzilgohlarida aholi sonining òsishi va ishlab chiqaruvchi kuchlarning
taraqqiyoti uchun ham keng imkoniyatlar yaradi.
Mustaqillik davrga kelib ham òlkada qazishma ishlari davom etgan. Masalan,
O`zbekiston-Germaniya arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan 1994-2003-yillarda
Jarqo`ton yodgorligida qazishma ishlari olib borildi.³ Qazishmalar natijasida
Jarqo`tondan odam byusti ya'ni portret janrida yasalgan odamning haykali
topilgan. Haykal loydan yasalib quyoshda quritilgan ammo olovda kuydirilmagan
shu bois haykal yaxshi holatda saqlanmagan. Shu davrga mansub haykallari asosan
bronza davri qabrlaridan topilgan. Bazi qabrlardan marhum mayiti bo`lmasdan
haykalchalar yoki qo`y suyagi qoldiqlari topilgan. Akademik A.A. Asqarov
bunday xildagi qabrlardagi dafnlar kenataf dafnlar deb ataydi, ya`ni qabiladoshidan
biror kishi bedarak yo`qolib qaytib kelmasa marhum qabriga uning mayiti o`rniga
haykalcha yasalib qabrga dafn qilingan yoki marhum chorva molidan birini olib
qabrga dafn qilingan.⁴ Jarqo`ton ibodatxonasining xo`jalik-xizmat qismidan ham
Jarqo`tondan odam haykaliga o`xshash, loydan yasalgan lekin, olovda
96
kuydirilmagan ustidan qizil bo`yoq sepilgan haykalchalar topilgan. Jarqo`ton
yodgorligida alohida ibodatxona inshoati va qabristonning paydo bo`lishi esa
Sopolli madaniyatining Ko`zali davriga to`g`ri keladi. Demak, Jarqo`ton odam
haykali Sopolli madaniyatining Ko`zali yoki Mo`lali davrlariga tegishli bo`lishi
mumkin va Jarqo`ton ibodatxonasining xo`jalik xizmat hunarmand ustalari
tomonidan kenataf qabrlar uchun yoki boshqa diniy urf-odatlar maqsadida
tayyorlangan. Jarqo`ton portret haykali kuydirilmaganligi uchun, asl holicha
saqlanmagan, haykal sinib bo`laklarga bo`linib ketgan, quloqlari va burni sinib,
sho`rlanish natijasida yemirilib ketgan balki o`sha davr urf-odatiga binoan insonlar
tomonidan atayin sindirilgan bo`lishi ham mumkin.
Haykalda anatomik tuzilishiga ko`ra yevrapoid qiyofali inson tasvirlangan.⁵
Bu davrda tegishli bo`lgan Sopollitepa va Jarqo`ton qabrlarning o`rganilishi
natijasida Sopolli madaniyati aholisi antrapologik kelib chiqishi jihatidan
yevrapoid irqining sharqiy o`rtayer dengizi tarmog`iga mansubligi aniqlangan va
buni o`rganayotgan haykalimiz ham antrapologik dalil sifatida tasdiqlamoqda.⁶
Kòpchilik olimlarning e'tirof etishlaricha, Òrta Osiyoning janubida ilk shahar
va davlat uyushmalarining paydo bòlish jarayoni B.M.Masson tamonidan nisbatan
aniqroq izohlangan. Tadqiqotchi bu jarayonda ikkita asosiy bosqichni ajiratadi: 1)
ma'lum vohalarda shahar-davlatlarning paydo bòlishi; 2) ular asosida yirik
ijtimoiy-siyosiy tizimning shakllanishi.
I.V.Rtveladze esa òzining sòngi yillardagi ishlarining birida Òzbekiston
hududidagi ilk davlatchilik asoslariga tòxtalib òtib, mil.avv II ming yillikning
ikkinchi yarimi Òzbekiston janubida embrional shakldagi davlatga òxshash tuzilma
qaror topadi, davlatning bunday namunasi Jarqo'tonda òz aksini topgan deyish
mumkin, degan fikrni ilgari suradi.
Bronza davrida esa òlkamizning òtroq jamoalari dehqonchilik madaniyati
rivojining yangi darajasiga òtgan. Agar, Sopollitepa avvaldan òylangan reja
97
asosida qurilgan shaharmonand (protogorod)ning belgilari kòzga tashlansa,
Jarqo'ton esa Òzbekiston hududlardagi ilk shahar rivojlanishining boshqacharoq
namunasini aks ettiradi. I.V.Rtveladze fikricha Jarqo'ton bir nechta qishloqdan
iborat bòlib, uning hududi aholining turli guruhlari tomonidan bosqichma-bosqich
òzlashtirilgan. Olimning hisoblashicha, shahar tizimining rivoji ma'lum sxemada
bòlib òtgan: ilk qishloq yoki qishloqlar guruhi - shaharmonand.
Maqolaning yakuni sifatida shuni aytish joizki, bronza davri Janubiy
O'zbekistonda yashagan òtroq dehqonchilik jamoalari jamiyat taraqqiyotining
yuqori poģonasida bòlib, ibtidoiylikning sòngi bosqichidan civilizaciyaga òtadilar.
Ushbu civilizaciyaning boshlanishi shaharmonand(protogorod) namunalarini aks
ettirgan Sopollitepa bòlgan bòlsa, Jarqo'ton Òzbekiston hududidagi ilk
shaharlarning yorqin misoli edi.
FOYDALANILGAN A’DABIYOTLAR:
1.
N.A.Egamberdieva "Arxeologiya" 71-б Toshkent-2011
2.
A.Asqarov "Eng qadimiy shahar" 3-б Toshkent-2001
3.
Аскаров А.А.Древнеземледельческая культура эпохи бронзы Юга
Узбекистана. Ташкент, 1977.
4.
Аскаров А.А., Абдуллаев Б.Н.Джаркутан. Ташкент, 1983
5.
Абдуллаев Н.У. “Санъат тарихи” Тошкент, 1987
6.
Аскаров А.А.Сапаллитепа. Ташкент, 1973.
