107
HOMILADORLIK DAVRINING SO‘NGGI OYLARIDA
OG‘IZ BO‘SHLIG‘I SHILLIQ PARDALARIDA
KANDIDALARNING KO‘PAYISHI
Turaqulov Otabek Murodullayevich
Samarqand
Davlat
tibbiyot
universiteti
Stomatologiya fakulteti talabasi
Abdiraimov Azim Akbarovich
Samarqand
Davlat
tibbiyot
universiteti
Stomatologiya fakulteti talabasi
Shayqulov Hamza Shodievich
Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti (Ilmiy
rahbar)
Annotatsiya.
Homiladorlik davrining so‘nggi oylarida kandida zamburug‘lariga mos sharoitlar
jadal sodir bo‘lib, ularga: estrogenlarning va prostaglandin gormonlarining ortishi kabi o‘zgarishlar
ayolning organizmini shartli patogen infeksiyalarga, xususan kandidoz kasalligiga moyilligini oshiradi.
Kalit so‘zlar:
Homiladorlik, Candida albicans, kandida, zamburug‘, estrogen, prostaglandin,
gormon, shartli patogen, infeksiya.
Sog‘lom odam normal mikroflorasi tarkibida 280 dan ortiq mikroorganizmlar
uchraydi. Ularning 5-15% ini shartli patogen mikroorganizmlar tashkil etadi.
Kandida zotiga kiruvchi zamburug‘lar esa odam tanasining teri qoplamasi,
og‘iz bo‘shlig‘i, ovqat hazm qilish trakti va jinsiy a’zolar shilliq qavatlari yuzasida
uchrab turadi. Odam organizmi uchun bu zamburug‘larning 3 xil ta’siri mavjud.
Ular birinchidan boshqa mikroorganizmlarga nisbatan antogonistik ta’sirga ega;
ikkinchidan, payt bo‘lganda kandidomikoz kasalligini keltirib chiqaradi va
uchinchidan, bakteriya, virus va sodda xayvonlar tomonidan qo‘zg‘atilgan
kasalliklarda qo‘shimcha infeksiya tarzida ishtirok etib assotsiatsiyalashgan
infeksiyalarni yuzaga keltiradi. Adabiyotlarda qayd etilgandidek, kandida zotiga
kiruvchi zamburug‘lar shartli patogen infeksiya bo‘lib, organizmda yetarli shart-
sharoit bo‘lgandagina kasallik keltirib chiqaradi. Kandida zamburug‘lariga mos
bunday sharoitlar homiladorlikning so‘nggi haftalarida jadal sodir bo‘lib, ularga:
1.
Estrogenlarning va prostaglandin gormonlarining ortishi;
2.
Modda almashinuvining yanada tezlashishi sababli:
A) almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalarga va yog‘larga talabning ortishi;
B) metabolizm jarayonida hosil bo‘lgan toksik moddalarning qondagi
miqdorini oshishi;
108
V) vitaminlar, makro- va mikroelementlari hamda mineral tuzlarning ko‘p
sarflanishi;
3.
Qon tomir-kapillyarlar o‘tkazuvchanligining oshishi tufayli siydik
orkali ko‘plab kerakli moddalarning chiqib ketishi;
4.
Xloridlarning ko‘payishi sababli organizmda suvning tutilib qolishi
natijasida ko‘p terlash, to‘qimalarda, oyoq-qo‘llarda shishlar kabi boshka sabablar
homilador ayolning organizmini shartli patogen infeksiyalarga, xususan kandidoz
kasalligiga moyilligini oshiradi.
Tadqiqotning maqsadi.
Homiladorlik davrining so‘nggi oylarida og‘iz
bo‘shlig‘i shilliq pardalarida kandida zamburug‘lari ulushini o‘rganish
Materiallar va usullar.
Biz, Samarqand shahrida yashovchi, SamDMU 1-klinikasining akusherlik
bo‘limiga murojaat etgan 51 nafar, muhlati 7 – 8 – 9 - oylardagi homilador
ayollarning og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardalari yuzasidan surtib olingan materialdan
tayyorlangan surtma preparatlarini bo‘yab mikroskopik (bakterioskopik) tekshirish,
kerak bo‘lganda Saburo muhitiga ekib – mikrobiologik usullarda mahalliy florani
urgandik. Surtma preparatlari Gramm usulida va metil ko‘ki bo‘yog‘i bilan
bo‘yaldi. Kandida zamburug‘ining differensial belgisi sifatida psevdogif –
ipsimon, cho‘zilgan hujayralarni va pevdomesiliyalarni mikroskopda topishga
asoslandik.
Tadqiqot natijalari.
Bu preparatlar tekshirilganda 50 nafar (98,04%) homilador ayollardan olingan
tekshirish materiallarida Candida albicans topildi. Muhlati bo‘yicha tahlil etilganda
homiladorlikning 7 – oylarida 8 nafarida (16%); 8 – oylarida 18 nafarida (36%); 9
– oylarida 24 nafarida (48%) Candida albicans aniqlandi (1-rasm).
1-rasm
Homiladorlikning har xil muddatlarida og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardalari
yuzasidan
Candida albicans
ning aniqlanishi
109
Shundan 48 nafarida (96%) holatda achitqi zamburug‘lari bilan birgalikda;
13% holatda Gramm musbat kokklar va gramm manfiy kokkobakteriyalar bilan
birgalikda, 6% holatda deftirioid tayoqchalar bilan ajratiladi.
Adabiyotlarda ko‘rsatilishicha, homilador bo‘lmagan ayollarda bu ko‘rsatgich
20-25% atrofida.
Xulosa:
1.
Homilador ayollar organizmida kandidoz kasalligiga moyillik bor
bo‘lganligi sababli kasallik qo‘zg‘atuvchi kandidalarni organizmda mumkin qadar
kamaytirish chora tadbirlari ishlab chiqilishi kerak.
2.
Maslahat poliklinikalarida homilador ayollarni, ya’ni sog‘lom ona va
tug‘ilajak gudak salomatligini kafolatlash maqsadida tez – tez laboratoriya
tekshiruvi o‘tkazilib, kandida mikroorganizmlarining kamaytirishga erishish lozim.
3.
Homilador ayollarning fiziologik holatiga mos adekvat ovqatlanish
shartligini uchastka vrachlari tushuntirib berishi kerak. Kandidoz kasalligidan
himoyalovchi chora tadbirlar ishlab chikilishi kerak.
Абс; 7 - ой; 8
Абс; 8 - ой; 18
Абс; 9 - ой ; 24
%; 7 - ой; 16
%; 8 - ой; 36
%; 9 - ой ; 48
%
Абс
110
Adabiyotlar.
1.
Индиаминов С. И., Расулова М. Р., Мардонов Т. М. Механизм
повреждений подъязычной кости и хрящей гортани при различных
воздействиях //Судебная медицина. – 2019. – Т. 5. – №. S1. – С. 161-161.
2.
Индиаминов С., Расулова М. Критерии оценки степени тяжести
повреждений носа //Журнал вестник врача. – 2019. – Т. 1. – №. 1. – С. 36-
40.
3.
Одилова Г. М., Шайкулов Х. Ш., Хусанов Э. У. Ультраструктура
слизистой толстой кишки у больных острой дизентерией //Астана
медициналық журналы. – 2022. – №. S1. – С. 62-68.
4.
Расулова М. Р., Юлаева И. А., Шодиев Ж. Х. СОВРЕМЕННЫЕ МЕТОДЫ
ДИАГНОСТИКИ ПЕРЕЛОМОВ КОСТЕЙ НОСА //Talqin va tadqiqotlar
ilmiy-uslubiy jurnali. – 2023. – Т. 1. – №. 17. – С. 225-235.
5.
Расулова М., Индиаминов С. Судебно-медицинские аспекты повреждений
гортани при тупой механической травме //Журнал проблемы биологии и
медицины. – 2019. – №. 1 (107). – С. 159-162.
6.
Хожаназарова С. Ж. MORPHOLOGICAL STATE OF THE INTRA-ORGAN
VESSELS OF THE FEMALE GENERAL ORGANS UNDER CHRONIC
PESTICIDE EXPOSURE //INTERNATIONAL JOURNAL OF RECENTLY
SCIENTIFIC RESEARCHER'S THEORY. – 2023. – Т. 1. – №. 3. – С. 98-104.
7.
Хожаназарова С. Ж. Вікові особливості внутрішньоорганних вен маткових
труб //Вісник наукових досліджень. – 2010. – №. 3. – С. 92-93.
8.
Шайқулов Ҳамза Шодиевич, Нарзиев Джавохир Убайдуллаевич
БОЛАЛАР
ИЧАК
ЭШЕРИХИОЗИНИ
ДАВОЛАШДА
АНТИБИОТИКОРЕЗИСТЕНТ
ЛАКТОБАКТЕРИЯЛАРДАН
ФОЙДАЛАНИШНИНГ САМАРАДОРЛИГИ // Talqin va tadqiqotlar ilmiy-
uslubiy jurnali. 2023. №17. URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/bolalar-ichak-
esherihiozini-davolashda-antibiotikorezistent-laktobakteriyalardan-
foydalanishning-samaradorligi
9.
Шайқулов Ҳамза Шодиевич, Эрматов Низом Жумакулович, Расулова
Мухсина Розиковна, Шодиев Жавохир Хамзаевич, & Хожаназарова
Саулехан Жубатировна. (2023). MICROSOFT EXCEL ЭЛЕКТРОН
ЖАДВАЛИДАН
ФОЙДАЛАНИБ
ИЛМИЙ
ТАДҚИҚОТ
НАТИЖАЛАРИНИ
СТАТИСТИК
ҲИСОБЛАШ.
INTERNATIONAL
JOURNAL OF RECENTLY SCIENTIFIC RESEARCHER’S THEORY
,
1
(4), 67–
https://uzresearchers.com/index.php/ijrs/article/view/691
10.
Эрматов Ж. Физическое воспитание как фактор снижения заболеваемости
детей и подростков //Вестник Новосибирского государственного
университета. Серия: Биология, клиническая медицина. – 2011. – Т. 9. – №.
2. – С. 222-226.
111
11.
Эрматов Ж. Физическое воспитание как фактор снижения заболеваемости
детей и подростков //Вестник Новосибирского государственного
университета. Серия: Биология, клиническая медицина. – 2011. – Т. 9. – №.
2. – С. 222-226.
12.
ERMATOV N. et al. Expression of tissue-specific genes in mice with
hepatocarcinogenesis //International Journal of Pharmaceutical Research
(09752366). – 2020. – Т. 12. – №. 3.
13.
Ermatov N. J., Abdulkhakov I. U. Influence of diet and other risk factors on
endocrine system diseases //Asian Journal of Multidimensional Research. –
2021. – Т. 10. – №. 8. – С. 182-189.
14.
Jubatirovna K. S. et al. The effect of pesticides on the state of the
microvasculature and tissue structures of the ovary //World Economics and
Finance Bulletin. – 2022. – Т. 17. – С. 100-105.
15.
Naimova Z. S., Shayqulov H. S. KIMYO ZAVODIGA YAQIN
HUDUDLARIDA YASHOVCHI BOLALAR VA O ‘SMIRLARDAGI
ANTROPOMETRIK KO ‘RSATGICHLAR //GOLDEN BRAIN. – 2023. – Т.
1. – №. 5. – С. 59-64.
16.
Sh
S.
H.,
Mamarasulova
N.
I.
ANTIBIOTIKLAR
VA
ANTIBIOTIKOREZISTENT LAKTOBAKTERIYALARNI BIRGALIKDA
BOLALARDAGI ESHERIXIOZ KASALLIKLARNI DAVOLASHDA QO
‘LLANISHI. – 2023.
17.
Shaykulov X. S., Boboqandova M. F. ICHAK O ‘TKIR YUQUMLI
KASALLIKLARI BILAN KASALLANGAN BOLALARDA SHARTLI
PATOGEN ENTEROBAKTERIYALARNING UCHRASHI //GOLDEN
BRAIN. – 2023. – Т. 1. – №. 4. – С. 25-33.
18.
Shayqulov H. S. et al. DIAREYA BILAN KASALLANGAN BOLALARDA
AJRALUVCHI ICHAK MIKROFLORALARI //GOLDEN BRAIN. – 2023. –
Т. 1. – №. 6. – С. 20-24.
19.
Shayqulov H. S., Ubaydullaevich N. D. BAKTERIAL ICHBURUG ‘BILAN
OG ‘RIGAN BEMORLARNING IMMUN KO ‘RSATKICHLARIDAGI
AYRIM O ‘ZGARISHLAR //GOLDEN BRAIN. – 2023. – Т. 1. – №. 5. – С.
163-167.
20.
Xojanazarova S. J. et al. Klinik mutaxassislarni tayyorlashda tibbiy biologik
fanlarning yurak qon tomirlar tizimini o'rganish usullarini o'zlashtirish algoritmi.
– 2023.
