112
O‘TKIR RESPIRATOR VIRUSLI INFEKSIYALARIDA OG‘IZ
BO‘SHLIG‘I SHILLIQ PARDASIDA UCHRAYDIGAN
IKKILAMCHI BAKTERIAL INFEKSIYALARGA
FITONSITLARNING TA’SIRI
Abdiraimov Azim Akbarovich
Samarqand
Davlat
tibbiyot
universiteti
Stomatologiya fakulteti talabasi
Turaqulov Otabek Murodullayevich
Samarqand
Davlat
tibbiyot
universiteti
Stomatologiya fakulteti talabasi
Shayqulov Hamza Shodievich
Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti (Ilmiy
rahbar)
Annotatsiya.
O‘tkir respirator virusli infeksiyalari bilan kasallanganlar og‘iz bo‘shlig‘i va nafas
yo‘llari shilliq pardasida ko‘paygan ikkilamchi patogen bakteriyalar bir necha haftalab, ba’zan bir necha
oylar kasallikning cho‘zilishiga sabab bo‘ladi. O‘RVI kasalliklarida ko‘p miqdorda piyoz iste’mol qilish
ikkilamchi infeksiyalarning shilliq qavat to‘qimalarida shartli patogen mikroblarning ko‘paymasligiga
to‘liq asos bo‘la oladi.
Kalit so‘zlar:
og‘iz bo‘shlig‘i, fitonsid, piyoz, virus, kandida, zamburug‘, shartli patogen, infeksiya
Kech kuz, qish va erta bahor oylari uchun mavsumiy bo‘lgan yuqori nafas
yo‘llarining viruslar (gripp, paragripp, adenovirus, koronavirus, RS- virus va
boshka viruslar) tomonidan o‘tkir yallig‘lanishi nafas yo‘llari va og‘iz bo‘shlig‘i
shilliq qavatlarida ikkilamchi infeksiya – shartli patogen bakteriyalarning
rivojlanishi uchun asosiy omildir. Bunday virusli kasalliklar turidan kelib chiqib 3-
5 kundan 7-14 kungacha davom etadi va organizmda immunitet hosil bo‘lgach
elliminatsiyalanadi. Ammo, ular zararlagan shilliq kavatlarga kirib ko‘paygan
ikkilamchi patogen bakteriyalar bir necha haftalab, ba’zan bir necha oylar
kasallikning cho‘zilishiga sabab bo‘ladi.
An’anaviy tibbiy amaliyotda bunday virusli infeksiyalar asoratlanmasligi
uchun antibiotiklar qo‘llanilib, ikkilamchi infeksiyalar oldi olinadi. Ammo,
antibiotiklar organizmning immun himoyasini pasaytirishi, organizm normal
mikroflorasiga keskin ta’sir ko‘rsatib disbakteriozlarni keltirib chikarishi, moddiy
va funksional kumulyatsiyasi sababli nojuya ta’sirlar keltirib chiqarishi
ko‘pchilikka ayon.
Tadqiqotning maqsadi.
O‘tkir respirator virusli infeksiyalari bilan
kasallanganlarning og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasida uchraydigan ikkilamchi
bakterial infeksiyalarga piyoz fitonsitlarining ta’sirini o‘rganish.
113
Materiallar va usullar.
2023 yilning yanvar – mart oylarida o‘tkir respirator virusli infeksiyalari
(O‘RVI) bilan kasallangan 31 nafar (tajriba guruxi) va kasallanmagan 14 nafar
talabalar (nazorat guruxi) og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatlarida ikkilamchi – shartli
patogen bakteriyalarni ajratib olish uchun so‘lak olinib, 1% li shakarli agar, 5% li
qonli agarli muhitlarga (nazorat) hamda piyoz fitonsidi ta’sirini o‘rganish
maqsadida piyoz shirasi tomizilgan oziq muxitlarigaekildi. Termostatda 37
0
S da 1
sutka o‘stirilgandan so‘ng ular qiyosiy o‘rganildi – surtmalar tayyorlanib Gramm
usulida va metil ko‘ki bo‘yog‘i bilan bo‘yalgach mikroskop ostida ko‘rildi.
Tadqiqot natijalari.
O‘RVI bilan kasallangan talabalar so‘lagi ekilgan, piyoz shirasidan holi oziqli
agarda oq, sariq va tillarang stafilokokklar, gemolitik streptokokklar (hamda
pnevmokokklar), kandida va boshka shartli patogen mikroblar ko‘p miqdorda o‘sib
chiqdi (1-rasm).
1-rasm
2-rasm
Oziq muhitining piyoz shirasi tomizilgan boshqa yarmida kandida
zamburug‘lari va morfologik o‘zgarishga uchragan kam miqdordagi
mikroorganizmlar o‘sib, nisbatan – toza, tiniq maydon hosil bo‘ldi (2-rasm).
Sog‘lom talabalar so‘lagi ekilgan oziq muhitlarda kam miqdorda stafilokokk,
streptokokklar, ko‘plab peptokokklar va diplokokklar difteroidlar va veylonellalar,
achitqisimon zamburug‘lar o‘sib chiqdi.
Oziq muhitning piyoz shirasi tomizilgan qismida esa bu bakteriyalar o‘sib
chiqmadi va tiniq maydon kuzatildi.
O‘tkazilgan tajriba O‘RVI kasalliklarida ko‘p miqdorda piyoz iste’mol qilish
ikkilamchi infeksiyalarning shilliq qavat to‘qimalarida shartli patogen
114
mikroblarning ko‘paymasligiga to‘liq asos bo‘la oladi. Piyozdagi fitonsid moddalar
nafaqat bakteriyalar, sodda hayvonlar, zamburug‘ va mikobakteriyalarga ta’sir
ko‘rsatadi, balki viruslarning hujayra ichida sintezini sekinlashtirishi, hamda
buyrak usti bezining qitiklashi natijasida organizmning reaktivligini oshirishi ham
adabiyotlarda qayd etilgan. Qolaversa, piyozda S, V vitaminlari, provitamin A va
boshqa qimmatli kislotalarning borligi ko‘pgina ilmiy asoslangandir.
Xulosa:
1.
Ovqat ratsionida doimiy ravishda xom piyoz bo‘lganda, organizmda
kasallik qo‘zg‘atuvchi Gramm musbat va Gramm manfiy kokklar,
mikobakteriyalar, kandida va sodda xayvonlar ko‘payishi uchun imkoniyat
bo‘lmaydi.
2.
Sintetik yoki yarim sintetik yo‘llar bilan olingan antibiotiklarning nojuya
ta’sirlari piyozda yuk. Bu esa O‘RVI kasalliklarining qisqa vaqt ichida asoratsiz
tuzalishiga olib keladi.
Adabiyotlar.
1.
Индиаминов С. И., Расулова М. Р., Мардонов Т. М. Механизм
повреждений подъязычной кости и хрящей гортани при различных
воздействиях //Судебная медицина. – 2019. – Т. 5. – №. S1. – С. 161-161.
2.
Индиаминов С., Расулова М. Критерии оценки степени тяжести
повреждений носа //Журнал вестник врача. – 2019. – Т. 1. – №. 1. – С. 36-
40.
3.
Одилова Г. М., Шайкулов Х. Ш., Хусанов Э. У. Ультраструктура
слизистой толстой кишки у больных острой дизентерией //Астана
медициналық журналы. – 2022. – №. S1. – С. 62-68.
4.
Расулова М. Р., Юлаева И. А., Шодиев Ж. Х. СОВРЕМЕННЫЕ МЕТОДЫ
ДИАГНОСТИКИ ПЕРЕЛОМОВ КОСТЕЙ НОСА //Talqin va tadqiqotlar
ilmiy-uslubiy jurnali. – 2023. – Т. 1. – №. 17. – С. 225-235.
5.
Расулова М., Индиаминов С. Судебно-медицинские аспекты повреждений
гортани при тупой механической травме //Журнал проблемы биологии и
медицины. – 2019. – №. 1 (107). – С. 159-162.
6.
Хожаназарова С. Ж. MORPHOLOGICAL STATE OF THE INTRA-ORGAN
VESSELS OF THE FEMALE GENERAL ORGANS UNDER CHRONIC
PESTICIDE EXPOSURE //INTERNATIONAL JOURNAL OF RECENTLY
SCIENTIFIC RESEARCHER'S THEORY. – 2023. – Т. 1. – №. 3. – С. 98-
104.
115
7.
Хожаназарова С. Ж. Вікові особливості внутрішньоорганних вен
маткових труб //Вісник наукових досліджень. – 2010. – №. 3. – С. 92-93.
8.
Шайқулов Ҳамза Шодиевич, Нарзиев Джавохир Убайдуллаевич
БОЛАЛАР
ИЧАК
ЭШЕРИХИОЗИНИ
ДАВОЛАШДА
АНТИБИОТИКОРЕЗИСТЕНТ
ЛАКТОБАКТЕРИЯЛАРДАН
ФОЙДАЛАНИШНИНГ САМАРАДОРЛИГИ // Talqin va tadqiqotlar ilmiy-
uslubiy jurnali. 2023. №17. URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/bolalar-
9.
Шайқулов Ҳамза Шодиевич, Эрматов Низом Жумакулович, Расулова
Мухсина Розиковна, Шодиев Жавохир Хамзаевич, & Хожаназарова
Саулехан Жубатировна. (2023). MICROSOFT EXCEL ЭЛЕКТРОН
ЖАДВАЛИДАН
ФОЙДАЛАНИБ
ИЛМИЙ
ТАДҚИҚОТ
НАТИЖАЛАРИНИ
СТАТИСТИК
ҲИСОБЛАШ.
INTERNATIONAL
JOURNAL OF RECENTLY SCIENTIFIC RESEARCHER’S THEORY
,
1
(4),
67–75.
Retrieved
from
https://uzresearchers.com/index.php/ijrs/article/view/691
10.
Эрматов Ж. Физическое воспитание как фактор снижения заболеваемости
детей и подростков //Вестник Новосибирского государственного
университета. Серия: Биология, клиническая медицина. – 2011. – Т. 9. –
№. 2. – С. 222-226.
