OG‘IZ BO‘SHLIG‘I SHILLIQ QAVATLARINING ZAMBURUG‘LI KASALLIKLARIDA EOZINOFIL KO‘RSATKICH

Annotasiya

Yallig‘lanish patogenezida o‘ziga xos allergik komponentlar - eozinofil hujayralarini og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatlarida surunkali zamburug‘li kasalliklari bo‘lgan bemorlarda, yallig‘lanish eksudatlaridan aniqlanishi, bu jarayonning qay darajada kechayotganligini ob’ektiv baholash va qo‘llanilayotgan terapiya samaradorligini baholashga imkon beradi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2023
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
f
116-119
29

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Abdiraimov Azim Akbarovich, Turaqulov Otabek Murodullayevich, & Shayqulov Hamza Shodievich. (2023). OG‘IZ BO‘SHLIG‘I SHILLIQ QAVATLARINING ZAMBURUG‘LI KASALLIKLARIDA EOZINOFIL KO‘RSATKICH. Международный журнал теории новейших научных исследований, 1(1), 116–119. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/ijrs/article/view/71422
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Yallig‘lanish patogenezida o‘ziga xos allergik komponentlar - eozinofil hujayralarini og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatlarida surunkali zamburug‘li kasalliklari bo‘lgan bemorlarda, yallig‘lanish eksudatlaridan aniqlanishi, bu jarayonning qay darajada kechayotganligini ob’ektiv baholash va qo‘llanilayotgan terapiya samaradorligini baholashga imkon beradi.


background image





116

OG‘IZ BO‘SHLIG‘I SHILLIQ QAVATLARINING

ZAMBURUG‘LI KASALLIKLARIDA EOZINOFIL

KO‘RSATKICH

Turaqulov Otabek Murodullayevich

Samarqand

Davlat

tibbiyot

universiteti

Stomatologiya fakulteti talabasi

Abdiraimov Azim Akbarovich

Samarqand

Davlat

tibbiyot

universiteti

Stomatologiya fakulteti talabasi

Shayqulov Hamza Shodievich

Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti (Ilmiy
rahbar)

Annotatsiya

. Yallig‘lanish patogenezida o‘ziga xos allergik komponentlar - eozinofil hujayralarini

og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatlarida surunkali zamburug‘li kasalliklari bo‘lgan bemorlarda, yallig‘lanish
eksudatlaridan aniqlanishi, bu jarayonning qay darajada kechayotganligini ob’ektiv baholash va
qo‘llanilayotgan terapiya samaradorligini baholashga imkon beradi.

Kalit so‘zlar

: Yallig‘lanish, allergiya, eozinofil, leykotsit, og‘iz bo‘shlig‘i, shilliq qavat, surunkali

zamburug‘li kasalliklar, stomatologiya.

Amaliy tibbiyotning boshqa sohalarida bo‘lgani kabi, stomatologiyada ham

og‘iz bo‘shlig‘idagi surunkali yallig‘lanishlardagi ajratmalarni sitologik tekshirish,
organizmning reaktivlik holatini o‘rganish, ushbu yallig‘lanish jarayonining qay
darajada kechayotganligini ob’ektiv baholash va qo‘llanilayotgan terapiya
samaradorligini aniqlash uchun xizmat qiladi.

Yallig‘lanish patogenezida o‘ziga xos allergik komponentlarning mavjudligi,

va shuning uchun ob’ektiv ko‘rsatkichlardan biri bo‘lgan eozinofil hujayralarining
infiltratsiyasi tashxislashda ahamiyatli hisoblanadi. Yallig‘lanish o‘chog‘ida
eozinofil hujayralarining to‘planishi va keyinchalik ularning to‘qimadan ajralishi
antigenning antitelo bilan birikishi va o‘zaro ta’sirlanishi natijasida yuzaga
keladigan "organ- shok" reaksiyasi sifatida qaraladi. Shu munosabat bilan, yuqori
nafas yo‘llari va og‘iz bo‘shlig‘idagi yallig‘lanishning surunkali kasalliklarida
allergik omilni aniqlashda eozinofillarni aniqlash katta ahamiyatga ega ekanligi
ta’kidlangan.

Tadqiqotning maqsadi. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatlarida surunkali

zamburug‘li kasalliklari bo‘lgan bemorlarda yallig‘lanish eksudatlarida eozinofil
leykotsitlarini aniqlash.

Materiallar va usullar. Biz surunkali stomatit bilan og‘rigan 311 bemorlarda

(183 erkak va 128 ayol) kasallikning davomiyligi 2-3 haftadan 3-5 oygacha va


background image





117

undan ko‘proq vaqt davomida kuzatdik. 311 bemorning 60 tasida og‘iz bo‘shlig‘i
shilliq qavatlarining zamburug‘li infeksiyasi aniqlangan. Tashxis maxsus
mikologik tadqiqotlar (og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatlaridagi oq pardalardan olingan
surtmalar Gram usulida bo‘yalib mikroskopiya qilish va Caburo muhitiga ekib, sof
kulturalarini izolyatsiya qilish) bilan tasdiqlandi.

Olingan

surtma-preparatlar

shisha

oynachalarga

fiksatsiyalanib

Romanovskiy-Gimza usulida bo‘yalgach mikrokopik o‘rganildi. Hujayra
elementlarining, ayniqsa eozinofil leykotsitlarining holati mikroskopik tarzda
baholandi. Eozinofil leykotsitlar hujayralarning miqdoriy nisbati ularning har 100
ta hujayra elementining umumiy soniga nisbatan hisoblash yo‘li bilan aniqlandi.

Tadqiqot natijalari. 25 nafar bemorda aspergillus, 16 nafarida kandida, 11

nafarida penitsillium, 4 nafarida alternariya, 3 nafarida kladosporium turkumidagi
zamburug‘lar kasallik qo‘zg‘atuvchlari ekanligi aniqlanib, 1 holatdagina
zamburug‘lar aniqlanmadi.

Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatlarida zamburug‘li kasalliklari bo‘lgan 60

bemorda va nazorat qilish uchun surunkali stomatiti bo‘lgan 32 bemordan olingan
ajratmalar sitologik tekshirildi.

Surtma - preparatlarni o‘rganishda - og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatlarining

zamburug‘li shikastlanishi bo‘lgan bemorlarda olingan tekshiruv materiallarida 60
nafar bemorning 45 nafarida turli miqdorda eozinofil hujayralari topildi. 7 nafar
bemorda ko‘p miqdordagi eozinofillar (7 dan 10% gacha va undan yuqori), 18
nafarida - o‘rtacha (4 dan 6% gacha) va 20 nafarida – kam miqdordagi eozinofillar
(1 dan 3% gacha) aniqlandi. Surunkali yiringli stomatiti bo‘lgan (zamburug‘li
tabiatga ega bo‘lmagan) 32 nafar bemorning 15 nafarida eozinofillar topildi, ammo
bu hollarda ularning soni hech qachon 5% dan oshmadi.

Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatlari surtma - preparatlarni o‘rganishda ko‘p

miqdorda eozinofillar topilgan bemorlarning anamnezini tahlil qilinganda bu
bemorlarning ko‘pchiligida turlicha bo‘lgan yuqumli kasalliklar (qizamiq,
skarlatina, gripp) bolalik davridayoq og‘ir darajada o‘tganligini aniqladik. Bunday
bemorlarda kasallikning davomiyligi ham sezilarli darajada cho‘zilganligi ma’lum
bo‘ldi. Stomatit tez-tez bo‘lib turishi, uzoq davom etishi bilan xarakterlanar edi.
Allergiya tarixini o‘rganishda 4 nafar bemorda oziq-ovqatga nisbatan allergiya
borligi, 5 nafarida turli dori-darmonlarni qabul qilma olmaslik, 6 nafarida
vazomotor rinit, 3 nafarida ekzema, 3 nafarida qichima, 1 nafarida bronxial astma
borligi aniqlandi.


background image





118

Parallel tadqiqotlar o‘tkazilganda ajratmalardagi eozinlarning miqdori

periferik qondagi eozinofillarning miqdorining - mutlaq sonining ko‘payishi bilan
tez-tez bog‘liqligini ko‘rsatdi. Bu holatni og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatlari
mikozlari bo‘lgan 11 nafar bemorda qayd etdik.

Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatlarining zamburug‘ kasalliklari bilan og‘rigan 60

nafar bemorning 27 nafari periferik qonida eozinofillarning mutlaq soni
ko‘payganligi aniqlandi. Zamburug‘li bo‘lmagan surunkali yiringli stomatit bilan
og‘rigan 32 nafar bemorning 10 tasida eozinofillarning mutlaq sonining
ko‘payishi, 3 nafarida esa keskin ko‘tarilgan. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatlari
mikozlari bilan og‘rigan bemorlarning 19 nafarida bu ko‘rsatkichlar keskin oshgan.

Xulosa: Shunday qilib, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatlari va periferik qondagi

eozinofillarning ko‘p miqdorda bir vaqtda ortishini organizmni zamburug‘lar
tomonidan sezgirligini oshganligi va allergiya belgisi sifatida qarash mumkin.

Adabiyotlar.

1.

Индиаминов С., Расулова М. Критерии оценки степени тяжести
повреждений носа //Журнал вестник врача. – 2019. – Т. 1. – №. 1. – С. 36-
40.

2.

Одилова Г. М., Шайкулов Х. Ш., Хусанов Э. У. Ультраструктура
слизистой толстой кишки у больных острой дизентерией //Астана
медициналық журналы. – 2022. – №. S1. – С. 62-68.

3.

Расулова М. Р., Юлаева И. А., Шодиев Ж. Х. СОВРЕМЕННЫЕ МЕТОДЫ
ДИАГНОСТИКИ ПЕРЕЛОМОВ КОСТЕЙ НОСА //Talqin va tadqiqotlar
ilmiy-uslubiy jurnali. – 2023. – Т. 1. – №. 17. – С. 225-235.

4.

Хожаназарова С. Ж. MORPHOLOGICAL STATE OF THE INTRA-ORGAN
VESSELS OF THE FEMALE GENERAL ORGANS UNDER CHRONIC
PESTICIDE EXPOSURE //INTERNATIONAL JOURNAL OF RECENTLY
SCIENTIFIC RESEARCHER'S THEORY. – 2023. – Т. 1. – №. 3. – С. 98-
104.

5.

Хожаназарова С. Ж. Вікові особливості внутрішньоорганних вен
маткових труб //Вісник наукових досліджень. – 2010. – №. 3. – С. 92-93.

6.

Шайқулов Ҳамза Шодиевич, Нарзиев Джавохир Убайдуллаевич
БОЛАЛАР

ИЧАК

ЭШЕРИХИОЗИНИ

ДАВОЛАШДА

АНТИБИОТИКОРЕЗИСТЕНТ

ЛАКТОБАКТЕРИЯЛАРДАН

ФОЙДАЛАНИШНИНГ САМАРАДОРЛИГИ // Talqin va tadqiqotlar ilmiy-
uslubiy jurnali. 2023. №17. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/bolalar-
ichak-esherihiozini-davolashda-antibiotikorezistent-laktobakteriyalardan-
foydalanishning-samaradorligi


background image





119

7.

Шайқулов Ҳамза Шодиевич, Эрматов Низом Жумакулович, Расулова
Мухсина Розиковна, Шодиев Жавохир Хамзаевич, & Хожаназарова
Саулехан Жубатировна. (2023). MICROSOFT EXCEL ЭЛЕКТРОН
ЖАДВАЛИДАН

ФОЙДАЛАНИБ

ИЛМИЙ

ТАДҚИҚОТ

НАТИЖАЛАРИНИ СТАТИСТИК ҲИСОБЛАШ. INTERNATIONAL
JOURNAL OF RECENTLY SCIENTIFIC RESEARCHER’S THEORY, 1(4),
67–75.

Retrieved

from

https://uzresearchers.com/index.php/ijrs/article/view/691

8.

Эрматов Ж. Физическое воспитание как фактор снижения заболеваемости
детей и подростков //Вестник Новосибирского государственного
университета. Серия: Биология, клиническая медицина. – 2011. – Т. 9. –
№. 2. – С. 222-226.

9.

Эрматов Ж. Физическое воспитание как фактор снижения заболеваемости
детей и подростков //Вестник Новосибирского государственного
университета. Серия: Биология, клиническая медицина. – 2011. – Т. 9. –
№. 2. – С. 222-226.

10.

ERMATOV N. et al. Expression of tissue-specific genes in mice with
hepatocarcinogenesis //International Journal of Pharmaceutical Research
(09752366). – 2020. – Т. 12. – №. 3.

Bibliografik manbalar

Индиаминов С., Расулова М. Критерии оценки степени тяжести повреждений носа //Журнал вестник врача. – 2019. – Т. 1. – №. 1. – С. 36-40.

Одилова Г. М., Шайкулов Х. Ш., Хусанов Э. У. Ультраструктура слизистой толстой кишки у больных острой дизентерией //Астана медициналық журналы. – 2022. – №. S1. – С. 62-68.

Расулова М. Р., Юлаева И. А., Шодиев Ж. Х. СОВРЕМЕННЫЕ МЕТОДЫ ДИАГНОСТИКИ ПЕРЕЛОМОВ КОСТЕЙ НОСА //Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali. – 2023. – Т. 1. – №. 17. – С. 225-235.

Хожаназарова С. Ж. MORPHOLOGICAL STATE OF THE INTRA-ORGAN VESSELS OF THE FEMALE GENERAL ORGANS UNDER CHRONIC PESTICIDE EXPOSURE //INTERNATIONAL JOURNAL OF RECENTLY SCIENTIFIC RESEARCHER'S THEORY. – 2023. – Т. 1. – №. 3. – С. 98-104.

Хожаназарова С. Ж. Вікові особливості внутрішньоорганних вен маткових труб //Вісник наукових досліджень. – 2010. – №. 3. – С. 92-93.

Шайқулов Ҳамза Шодиевич, Нарзиев Джавохир Убайдуллаевич БОЛАЛАР ИЧАК ЭШЕРИХИОЗИНИ ДАВОЛАШДА АНТИБИОТИКОРЕЗИСТЕНТ ЛАКТОБАКТЕРИЯЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ САМАРАДОРЛИГИ // Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali. 2023. №17. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/bolalar-ichak-esherihiozini-davolashda-antibiotikorezistent-laktobakteriyalardan-foydalanishning-samaradorligi

Шайқулов Ҳамза Шодиевич, Эрматов Низом Жумакулович, Расулова Мухсина Розиковна, Шодиев Жавохир Хамзаевич, & Хожаназарова Саулехан Жубатировна. (2023). MICROSOFT EXCEL ЭЛЕКТРОН ЖАДВАЛИДАН ФОЙДАЛАНИБ ИЛМИЙ ТАДҚИҚОТ НАТИЖАЛАРИНИ СТАТИСТИК ҲИСОБЛАШ. INTERNATIONAL JOURNAL OF RECENTLY SCIENTIFIC RESEARCHER’S THEORY, 1(4), 67–75. Retrieved from https://uzresearchers.com/index.php/ijrs/article/view/691

Эрматов Ж. Физическое воспитание как фактор снижения заболеваемости детей и подростков //Вестник Новосибирского государственного университета. Серия: Биология, клиническая медицина. – 2011. – Т. 9. – №. 2. – С. 222-226.

Эрматов Ж. Физическое воспитание как фактор снижения заболеваемости детей и подростков //Вестник Новосибирского государственного университета. Серия: Биология, клиническая медицина. – 2011. – Т. 9. – №. 2. – С. 222-226.

ERMATOV N. et al. Expression of tissue-specific genes in mice with hepatocarcinogenesis //International Journal of Pharmaceutical Research (09752366). – 2020. – Т. 12. – №. 3.