120
REVMATIZMI BO‘LGAN BEMORLARDA KUZATILGAN
PARODONTITLARNI ANTIBIOTIKLAR BILAN DAVOLASHDA
IMMUNO-BIOKIMYOVIY SILJISHLAR
Abdiraimov Azim Akbarovich
Samarqand
Davlat
tibbiyot
universiteti
Stomatologiya fakulteti talabasi
Turaqulov Otabek Murodullayevich
Samarqand
Davlat
tibbiyot
universiteti
Stomatologiya fakulteti talabasi
Shayqulov Hamza Shodievich
Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti (Ilmiy
rahbar)
Annotatsiya.
Surunkali parodontitni linkomitsin yordamida davolashda terapevtik va
sog‘lomlashtirish tadbirlari kompleksining samaradorligini immuno-biokimyoviy siljishlar asosida
o‘rganildi. Bunda periferik qondagi autoantitelolarning uchrash chastotasini va ularning organlarga
(jigar, buyraklar, yurak va bodomsimon bezlar to‘qimalariga) titrini o‘rgandildi.
Kalit so‘zlar:
Revmatizm, parodontit, linkomitsin, immuno-biokimyoviy o‘zgarishlar, autoantitelo,
ASL-О.
Surunkali
bakterial
infeksiyali
parodontit
patogenezida
autointoksikatsiyaning ahamiyati haqidagi zamonaviy tushunchaga ko‘ra, so‘nggi
yillarda linkomitsin antibiotiki katta rol o‘ynaydi. Linkomitsin bilan birlamchi
mavsumiy daolash va profilaktik maqsadda buyurish infektsiya o‘choqlarini
yo‘qotish yoki faol sanitariya qilishni o‘z ichiga oladi.
Tadqiqotning maqsadi.
Revmatizm kasalligi bilan ro‘yxatda turganlarda
parodontitlarni linkomitsin yordamida davolashda terapevtik va sog‘lomlashtirish
tadbirlari kompleksining samaradorligini immuno-biokimyoviy siljishlar asosida
o‘rganish. Qonda aylanib yuradigan autoantitelolarning uchrash chastotasini va
ularning organlarga (jigar, buyraklar, yurak va bodomsimon bezlar to‘qimalariga)
titrini A.I.Nikolaev bo‘yicha "fraktsion cho‘ktirish" usulida, qonning oqsilli
spektri, ASL-О, DFA, yordamida o‘rgandik.
Materiallar va usullar.
Bizning kuzatuvimizda revatizmi bo‘lgan 30 nafar surunkali parodontit bilan
og‘rigan bemorlar bo‘lib, ulardan 7 nafarida yengil darajadagi, 17 nafari I darajali
toksik-allergik va 6 nafarida II darajali toksik-allergik parodontit bo‘lgan bemorlar
kuzatildi. Amalga oshirilgan terapevtik va sog‘lomlashtirish tadbirlari kompleksida
davolash kursi - 10 kun davomida 1 ml 30% li linkomitsin gidroxlorid eritmasi 0,2
121
ml 2% li lidokain gidroxlorid eritmasi bilan aralashtirilib, og‘iz bo‘shlig‘ining
o‘tish burmasi bo‘ylab kuniga bir martadan, o‘ng va chap tomonlarga 0,6 ml dan,
navbat bilan yuqori va pastki jag‘ga yuborilgan bemorlar organizmida immuno-
biokimyoviy siljishlar o‘rganildi. Bu davrda bemorlarning ovqatlanish ratsioni
nazorat etilib, muvozanatli ovqatlanish, jismoniy yuklamalarni nazoratga olish,
xuddi shunday og‘iz bo‘shlig‘i-gigiena holatini yaxshilash, surunkali infektsiya
o‘choqlarining turli xil konservativ sanitariyasi (tishlarni tozalash, yuvish
furatsillin eritmasi bilan lakunalar, naychali kvarts yordamida bodomsimon
bezlarning ultrabinafsha nurlanishi kabi muolajalar ham olib borildi.
Davolash kursiga qadar barcha bemorlarda ishtahaning yomonlashishi,
charchoq, holsizlik, og‘iz bo‘shlig‘ida og‘riqlar borligi shikoyatlari, 16 nafarida
(53,3/5) tana vaznining kamayishi, 23 nafarida (76,6 foiz) intoksikatsiya belgilari,
19 nafarida (63,3 foiz) periferik qondagi o‘zgarishlar kuzatildi. Og‘iriqlar pasaygan
barcha bemorlarning 14 tasi (46,6%) asl vaznidan yana 0,5-1,5 kg ortganligi
aniqlandi.
Kuzatilgan bemorlar guruhida yurak to‘qimalariga qarshi aylanma
autoantitelolarning eng ko‘p soni aniqlangan - 20 (66,7%). Jigar to‘qimalariga - 9
(30%), buyrak to‘qimalariga - 5 (16,7%) va bodomsimon to‘qimalarga - 10
(33,3%). Davolash kursi o‘tkazilgandan so‘ng, autoantitelolarning titri sezilarli
darajada kamaydi, yurak to‘qimalarida 6 (20%), jigarda to‘qimalarda - 8 (26,5%),
buyrak to‘qimalarida - 2 (6,5%) aniqlandi, bodomsimon bezlarga autoantitelolar
aniqlanmadi.
Davolash kursi boshlanguncha bemorlarda albumin (51,5 ± 0,8), albumin-
globulin ko‘rsatkichi (1,06 ± 0,02), alfa (6,7 ± 0,9) va gamma-globulin fraktsiyasi
(18,1 ± 1,4) biroz ko‘tarilganligi kuzatilgan bo‘lsa, davolash kursidan so‘ng
qonning oqsil spektrida o‘zgarishlar qayd etilmadi.
ASL-О titri ko‘rsatkichlari ham bemorlarning ahvoli yaxshilanganligini
ko‘rsatadi. Agar davolash kursi boshlanguncha ASL-О titri 10 nafarida 313 (34%),
8 nafarida 250 (27%), 7 nafarida 165 (23%), 4 nafarida 63 (13%), 1 nafarida 125
(3,4%) bo‘lsa, davolash kursidan keyin titr 10 nafarida 63 (34%), 7 nafarida 125
(23%), 4 nafarida 165 (13%), 4 nafarida 250 (13%) va 5 nafarida 313 (18%) ni
tashkil etdi.
Xulosa:
Shunday qilib, revmatizmi bo‘lgan bemorlarda kuzatilgan
parodontitlarni
linkomitsin bilan davolashda terapevtik samaradorlik kuzatilib
bemorlar guruhida shikoyatlar, intoksikatsiya hodisalari, periferik qondagi
122
o‘zgarishlar ijobiy tomonga o‘zgarganligi, qon zardobining funksional tarkibining
meyorlashganligi, periferik qondagi autoantitelolar titrining kamayganligi
kuzatildi.
Adabiyotlar.
1.
Индиаминов С., Расулова М. Критерии оценки степени тяжести
повреждений носа //Журнал вестник врача. – 2019. – Т. 1. – №. 1. – С. 36-
40.
2.
Расулова М. Р., Юлаева И. А., Шодиев Ж. Х. СОВРЕМЕННЫЕ МЕТОДЫ
ДИАГНОСТИКИ ПЕРЕЛОМОВ КОСТЕЙ НОСА //Talqin va tadqiqotlar
ilmiy-uslubiy jurnali. – 2023. – Т. 1. – №. 17. – С. 225-235.
3.
Расулова М., Индиаминов С. Судебно-медицинские аспекты повреждений
гортани при тупой механической травме //Журнал проблемы биологии и
медицины. – 2019. – №. 1 (107). – С. 159-162.
4.
Хожаназарова С. Ж. MORPHOLOGICAL STATE OF THE INTRA-ORGAN
VESSELS OF THE FEMALE GENERAL ORGANS UNDER CHRONIC
PESTICIDE EXPOSURE //INTERNATIONAL JOURNAL OF RECENTLY
SCIENTIFIC RESEARCHER'S THEORY. – 2023. – Т. 1. – №. 3. – С. 98-
104.
5.
Хожаназарова С. Ж. Вікові особливості внутрішньоорганних вен
маткових труб //Вісник наукових досліджень. – 2010. – №. 3. – С. 92-93.
6.
Шайқулов Ҳамза Шодиевич, Нарзиев Джавохир Убайдуллаевич
БОЛАЛАР
ИЧАК
ЭШЕРИХИОЗИНИ
ДАВОЛАШДА
АНТИБИОТИКОРЕЗИСТЕНТ
ЛАКТОБАКТЕРИЯЛАРДАН
ФОЙДАЛАНИШНИНГ САМАРАДОРЛИГИ // Talqin va tadqiqotlar ilmiy-
uslubiy jurnali. 2023. №17. URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/bolalar-
7.
Шайқулов Ҳамза Шодиевич, Эрматов Низом Жумакулович, Расулова
Мухсина Розиковна, Шодиев Жавохир Хамзаевич, & Хожаназарова
Саулехан Жубатировна. (2023). MICROSOFT EXCEL ЭЛЕКТРОН
ЖАДВАЛИДАН
ФОЙДАЛАНИБ
ИЛМИЙ
ТАДҚИҚОТ
НАТИЖАЛАРИНИ
СТАТИСТИК
ҲИСОБЛАШ.
INTERNATIONAL
JOURNAL OF RECENTLY SCIENTIFIC RESEARCHER’S THEORY
,
1
(4),
67–75.
Retrieved
from
https://uzresearchers.com/index.php/ijrs/article/view/691
8.
Эрматов Ж. Физическое воспитание как фактор снижения заболеваемости
детей и подростков //Вестник Новосибирского государственного
123
университета. Серия: Биология, клиническая медицина. – 2011. – Т. 9. –
№. 2. – С. 222-226.
9.
Эрматов Ж. Физическое воспитание как фактор снижения заболеваемости
детей и подростков //Вестник Новосибирского государственного
университета. Серия: Биология, клиническая медицина. – 2011. – Т. 9. –
№. 2. – С. 222-226.
10.
ERMATOV N. et al. Expression of tissue-specific genes in mice with
hepatocarcinogenesis //International Journal of Pharmaceutical Research
(09752366). – 2020. – Т. 12. – №. 3.
