BUXORONING MADRASALARI TARIXI

Abstract

Maqolada bugungi kunga kelib saqlanib qolgan Buxoroni tarixini asoslovchi, qolaversa butun O’zbekistonni ko’rki bo’lgan Buxorodagi ilm maskanlari yani madrasalar haqida so’z boradi. Maqolada hozirda Buxorodagi asosiy kata madrasalar tarixi haqida qisqacha ma’lumot berilgan.

Source type: Journals
Years of coverage from 2023
inLibrary
Google Scholar
f
157-159
40

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Abdullayev Zohidjon. (2023). BUXORONING MADRASALARI TARIXI. International Journal of Recently Scientific researcher’s Theory, 1(1), 157–159. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/ijrs/article/view/71414
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Maqolada bugungi kunga kelib saqlanib qolgan Buxoroni tarixini asoslovchi, qolaversa butun O’zbekistonni ko’rki bo’lgan Buxorodagi ilm maskanlari yani madrasalar haqida so’z boradi. Maqolada hozirda Buxorodagi asosiy kata madrasalar tarixi haqida qisqacha ma’lumot berilgan.


background image





157

BUXORONING MADRASALARI TARIXI

Abdullayev Zohidjon

Namangan davlat universiteti
Tarix yo‘nalishi talabasi

Аnnotatsiya:

Maqolada bugungi kunga kelib saqlanib qolgan Buxoroni tarixini

asoslovchi, qolaversa butun O’zbekistonni ko’rki bo’lgan Buxorodagi ilm maskanlari yani
madrasalar haqida so’z boradi. Maqolada hozirda Buxorodagi asosiy kata madrasalar tarixi
haqida qisqacha ma’lumot berilgan.

Kalit so’zlar

: Madrasa, Qubbatul-Islom, Samarqand darvoza, hukumronlik, guzar,

mudarris, mutavalli.

Madrasalarning ma’naviyatdagi ahamiyatini, odamlarning bu o‘quv dargohiga
bo‘lgan munosabatini ushbu to‘rtlikdan oshirib ochib beradigan ta’rif bo‘lmasa
kerak. “Madrasa” atamasi ham arab tilidan kelib chiqqan bo‘lib, uning o‘zak qismi
“darasa” – o‘rganmoq, o‘qimoq, dars olmoq degan ma’noni anglatadi, binobarin
madrasa – o‘qish joyi, ilm o‘rganish joyi deganidir. Madrasa musulmonlarning
o‘rta va oliy o‘quv yurtidir. O‘tmishda madrasalarimizda ulamolar, maktabdorlar,
davlat xizmatchilari, xattotlar tayyorlangan. Hozir Respublikamizda faoliyat
ko‘rsatayotgan madrasalarda esa diniy xizmatchilar tayyorlanadi. Islomning ilk
davrida, VII-IX asrlarda Islom dini ulamolari masjidlarida va boshqa jamoat
joylarida musulmonlarga ilohiyot masalalarini sharhlab berib turganlar. Din
taraqqiy etgan sari ilohiyot masalalarini odamlarga o‘rgatadigan, ilohiyotchilarni
tayyorlashga xizmat qiladigan alohida o‘quv muassasiga ehtiyoj tug‘iladi va shu
tariqa madrasalar paydo bo‘la boshladi. Birinchi rasmiy madrasa XI asrning
ikkinchi yarmida Bag‘dodda Saljuqiylar davlati bosh vaziri Nizomulmulk
tomonidan, Markaziy Osiyoda esa huddi shu davrda Qoraxoniylar hukmdori
Tamg‘och Bug‘roxon Ibrohim tomonlaridan Samarqandda qurdirilgan.

Hammaga ma’lumki O‘rta Osiyo, xususan Buxoro, Xorazm, Samarqand,
Qo‘qon o‘zining ilm-u ma’rifati bilan butun musulmon olamiga balki G‘arb
mamlakatlari rivojlanish tamadduniga ham katta hissa qo‘shgan. Ayniqsa, Buxoro
“Qubbatul Islom” nomini olgan. Bunga sabab azal-azaldan madrasalar ilm-marifat
o‘chog’i bo‘lib xizmat qilgani va o‘zining ko‘plab madrasalari bilan nom
taratganidir. Buxoro turli yerlardan ilm tahsili uchun talabalar tashrif buyuradigan
shahar hisoblangan. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, Buxorodagi birinchi
madrasa IX asrda barpo etilgan. Eng qadimgi madrasalardan, “Farjak madrasasi”
hisoblanadi. Farjak madrasasi nafaqat Buxoro, balki butun boshli mintaqamizda


background image





158

bunyod etilgan dastlabki madrasalardan biridir. U toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Muhammad Narshaxiyga tegishli bo‘lib, bu madrasa taxminan IX asrda Buxoro
shahrining “Samarqand darvoza” deb ataladigan qadimiy manzili hududida, yoʻl
yoqasida qurilgan. Milodiy 937-yilda yonib vayron boʻlgan. Keyinchalik u
taʼmirdan chiqarilgan. XIII asrda unda mudarris Masʼud Imomzoda dars oʻtgan.
Afsuski, binosi saqlanib qolmagan. Buxorodagi yana bir eng qadimiy oliy madrasa
deya hisoblangan ta’lim dargohi Abu Hafs Kabir Buxoriy madrasasidir. Bu
madrasaga 800-810-yillar atrofida asos solingan. Ilmiy faoliyatiga hozir qarib 1200
yil toʻldi. Madrasa bilan bogʻliq ayrim tarixiy yodgorliklar saqlanib qolgan.
Ayrimlari taʼmirlangan. Shoʻrolar inqilobiga qadar bu madrasada uzluksiz dars
oʻtilgan. O‘rta asrlarda Buxoro madrasalari ilm maskani sifatida balki Sharqda ham
mashhur edi. Amir Temur va temuriylar davrida madrasalar oliy maʼlumot
beruvchi markaz vazifasini o‘tagan. Muhammad Ali Baljuvoniyning maʼlumotiga
ko‘ra, XX asrning boshlariga kelib, Buxoroda madrasalar soni 400 ga yaqin
bo‘lgan. Madrasalar asosan xon, amaldor, badavlat kishilar va ziyoli shaxslarning
tashabbusi bilan barpo etilib, madrsalar nomi o‘sha shaxslar ismi, baʼzan madrasa
joylashgan mahalla, guzar nomi bilan atalgan. Bunday madrsalarga yana bir
namuna buyuk bobokalonimiz Mirzo Ulug‘bek yaqqol misol bo’la oladi. Mirzo
Ulugʻbek nafaqat Samarqandda, balki Buxoro va Gʻijduvonda ham madrasa
bunyod etib, ularni muntazam qoʻllab-quvvatlab turgan. Uning davrida
madrasalarda ilohiyot fanlari bilan bir qatorda aniq, tabiiy va ijtimoiy-gumanitar
fanlar ham oʻqitilgan. Ulug‘bek madrasasi 1417-yilda qurilgan boʻlib, bu
madrsaning eng etiborga sazovor joyi bu madrasaning loyihasini Mirzo
Ulugʻbekning oʻzi chizganligidadir. Madrasa qurilishini oʻsha davrning eng
mashhur ustalari Najmiddin Buxoriy va Ismoil ibn Mahmud Isfaxoniylar
boshchilik qilgan. Yuqorida tilga olingan madrasalaridan tashqari Kalabod,
Gʻaribiya, Abu Bakr ibn Fazl, Kulartegin, Xoniya, Oxund Xovand, Xoja Ilgʻor,
Masʼudiya, Xoja Muhammad Porso madrasalari faoliyat koʻrsatgan, bu
madrasalarning barchasi shoʻrolar davriga qadar butun dunyo ilm beshigini tebratib
turgan. Ayrimlari hozir ham saqlanib qolgan.Bulardan koʻrinib turibdiki Buxoroi
sharifga bejizga ilmu maʼrifat maskani deya taʼrif berilmagan.
Shuni aytib o‘tish lozimki, islom olamida madrasalarning islom
madaniyatida tutgan o‘rni va ahamiyati beqiyos. Zaminimizdan yetishib chiqqan
ko‘plab buyul allomalat aynan madrasalarda ilm olishgan. Madrasalarda o‘qigan
talabalar faqat o‘qish jarayoni bilangina cheklanib qolmasdan, bo‘sh vaqtlarida esa


background image





159

hunar bilan ham shug‘ullanganlar. Amir Temur va Temuriylar davrida, jumladan
Mirzo Ulug‘bek sa’yi-harakatlari tufayli madrasalar faoliyati yangi bosqichga
chiqdi, tolibi ilmlarning ahvoli yaxshilandi. Bu esa yangi iste’dodlarning o‘sib
chiqishiga zamin yaratdi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Asrorova L. Q.. Buxoro madrasalari tarixidan. Toshkent: Hilol-Nashr, 2017 —
224 bet. ISBN 978-9943-4818-6-2.

2.

Bobojonova F.. Buxoro amirligida taʼlim tizimi (XIX asr oxiri — XX asrning
boshlarida). Toshkent: Adib, 2014 — 128 bet.

3.

Jumanazar A.. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 —
592 bet. ISBN 978-9943-4728-2-2.

4.

Khakimov, S. R., & Sharopov, B. K. (2023). Educational Quality Improvement
Events Based on Exhibition Materials in Practical Training Lessons. American
Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education, 1(2), 5-10.

5.

Шукурлаев, К. Ш., Курбаниязова, Р. К., Каландарова, У. А., Султанова,
Ш. Ж., Хажиев, М. С., & Бекова, Н. Б. (2014). Влияние новых
производных тиокарбамата и тиомочевины на перекисное окисление
липидов при адъювантном артрите у белых крыс. Вісник проблем біології
і медицини, 3(2), 206-212.

6.

Хакимов, С. (2023). ПОВТОРНОЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ВОДЫ В
АВТОМОЙКАХ ПУТИ МАРШРУТИЗАЦИИ. TECHика, (1 (10)), 1-5.

References

Asrorova L. Q.. Buxoro madrasalari tarixidan. Toshkent: Hilol-Nashr, 2017 —224 bet. ISBN 978-9943-4818-6-2.

Bobojonova F.. Buxoro amirligida taʼlim tizimi (XIX asr oxiri — XX asrning boshlarida). Toshkent: Adib, 2014 — 128 bet.

Jumanazar A.. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 —592 bet. ISBN 978-9943-4728-2-2.

Khakimov, S. R., & Sharopov, B. K. (2023). Educational Quality Improvement Events Based on Exhibition Materials in Practical Training Lessons. American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education, 1(2), 5-10.

Шукурлаев, К. Ш., Курбаниязова, Р. К., Каландарова, У. А., Султанова, Ш. Ж., Хажиев, М. С., & Бекова, Н. Б. (2014). Влияние новых производных тиокарбамата и тиомочевины на перекисное окисление липидов при адъювантном артрите у белых крыс. Вісник проблем біології і медицини, 3(2), 206-212.

Хакимов, С. (2023). ПОВТОРНОЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ВОДЫ В АВТОМОЙКАХ ПУТИ МАРШРУТИЗАЦИИ. TECHика, (1 (10)), 1-5