Sholi urugʼlariga biooʼgʼitlar bilan ishlov berishning unuvchanlik darajasiga hamda koʼchat qalinligiga taʼsiri

Abstract

Ushbu maqolada yangi yaratilgan oʼrtapishar “Sadaf” sholi navini urugʼiga biooʼgʼitlar bilan ishlov berib, ekish meʼyorlarini (4,5,6 mln.dona/ga) hisobida dala tajriba maydoniga joylashtirilganda urugʼlarning unuvchanlik darajasiga va koʼchat qalinligiga taʼsiri yoritilgan.

Source type: Journals
Years of coverage from 2023
inLibrary
Google Scholar
f
6-9
33

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Ch.T.Qashqaboeva, Xojamkulova Yulduzoy Jaxonkulovna, & Komilov Shixnazar Davron oʻgʻli. (2023). Sholi urugʼlariga biooʼgʼitlar bilan ishlov berishning unuvchanlik darajasiga hamda koʼchat qalinligiga taʼsiri . International Journal of Recently Scientific researcher’s Theory, 1(1), 6–9. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/ijrs/article/view/71401
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada yangi yaratilgan oʼrtapishar “Sadaf” sholi navini urugʼiga biooʼgʼitlar bilan ishlov berib, ekish meʼyorlarini (4,5,6 mln.dona/ga) hisobida dala tajriba maydoniga joylashtirilganda urugʼlarning unuvchanlik darajasiga va koʼchat qalinligiga taʼsiri yoritilgan.


background image





6

Sholi urugʼlariga biooʼgʼitlar bilan ishlov berishning unuvchanlik

darajasiga hamda koʼchat qalinligiga taʼsiri

Ch.T.Qashqaboeva

Sholi yetishtirish agrotexnologiyalari va
mexanizatsiya

laboratoriyasi

mudiri

q.x.f.f.d., k.i.x.

Xojamkulova Yulduzoy Jaxonkulovna

“O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi”
laboratoriyasi mudiri,
q.x.f.f.d. (PhD)..

Komilov Shixnazar Davron oʻgʻli

tayanch

doktorant

E-mail:

yulduzoy

xojomkulova@gmail.com

Аnnotаtsiya

. Ushbu maqolada yangi yaratilgan oʼrtapishar “Sadaf” sholi navini urugʼiga

biooʼgʼitlar bilan ishlov berib, ekish meʼyorlarini (4,5,6 mln.dona/ga) hisobida dala tajriba
maydoniga joylashtirilganda urugʼlarning unuvchanlik darajasiga va koʼchat qalinligiga taʼsiri
yoritilgan.

Kalit so’zlar:

o’rtapishar, Sadaf, sholi, urug’, paxta, sifatli.

Dunyoda sholi yetishtiruvchi mamlakatlarda yuqori va sifatli sholi hosili

olishda asosiy va takroriy ekin sifatida yetishtirishning maqbul muddatlari va
meʼyorlarini ishlab chiqish boʼyicha izlanishlarga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bunda sholining muayyan tuproq-iqlim sharoitlari uchun yaratilgan erta, oʼrta va
kechpishar navlarining hosildorlik imkoniyalaridan kelib chiqib parvarishlash
agrotexnologiyasi elementlarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Sholini turli
ekish muddat va meʼyorlarida yetishtirish, guruchning shishasimonligi,
yaltiroqligi, qobiqliligi va butun guruch chiqishi kabi texnologik sifat
koʼrsatkichlarini aniqlash dolzarb hisoblanadi.

Respublikamizda keyingi yillarda qishloq xoʼjaligida yangi ekin turlarini

ekish va ularni yetishtirishning resurstejamkor texnologiyalarini ishlab chiqishga
alohida eʼtibor qaratilmoqda. Paxta maydonlarining qisqartirilishi natijasida asosiy
va takroriy ekin sifatida sholi yetishtirish hamda har bir mintaqa uchun sholi
urugʼchiligini yoʼlga qoʼyish, ekin maydonlarini kengaytirish va aholini ushbu
mahsulot bilan uzluksiz taʼminlash borasida keng qamrovli chora-tadbirlar amalga
oshirilmoqda.

Yangi yaratilgan sholi navlarining maqbul ekish muddatlari va meʼyorlarini

ishlab chiqish boʼyicha izlanishlar olib borish dolzabr boʼlib hisoblanadi.


background image





7

Sholida bir tekis koʼchat undirib olish davri eng muhim hisoblanib,

kutilayotgan hosilni belgilaydi. Sholi urugʼining boʼrtishi uchun 23-28% suvni
oʼzini vazniga nisbatan talab qiladi va kislorodga muhtoj boʼlmaydi. Endosperma
anaerob nafas olish hisobiga rivojlanadi. Sholi erta muddatlarda urugʼ chuqur
ekilganda (4-5 sm) anaerob nafas olish tezlashadi. Natijada urugʼni nobud
boʼlishiga olib keladi [2;4;5].

Ekish meʼyori har gektar yerda optimal miqdorda oʼsimlik oʼsishi bilan

belgilanadi va bu saqlanib qolgan koʼchatlar soniga, hosildor poyalar hamda
tuplanish darajasiga bogʼliq. Oʼstiruvchi biopreparatlar ham sholi urugʼining
meʼyor darajada unib chiqishiga yordam beradi [2;4].

Sholida koʼchat soni oshganida tuplanishning cheklanib qolishi oʼsimlikning

qiygʼos roʼvak chiqarishiga yetilishini tezlashishiga imkon boʼladi. Oʼsimlikning
siyrak boʼlishi sholi donining yetishmay qolishiga sabab boʼladi, bu esa
hosildorlikni keskin kamaytirib yuboradi. Lekin ekish meʼyori kam boʼlganligi
bilan maysalar siyrak chiqsa ham oʼsimliklarni yuqori meʼyorlarda oziqlantirish
nihoyatda katta ahamiyatga ega, yaʼni 4 mln. dona/ga urugʼ ekib ham moʼljaldagi
hosilni olish mumkin [1;3].

Urugʼlarning dalada unib chiqish darajasi qishloq xoʼjalik ekinlaridan moʼl

hosil olish uchun katta ahamiyatga ega. Sholi urugʼining unib chiqish darajasi
boshqa ekin urugʼlariga nisbatan juda past miqdorda yaʼni 30-40% tashkil qiladi
[4].

Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti selektsioner olimlari tomonidan sholining

oʼrtapishar “Sadaf” navi yaratildi. Navning pishish davri 118-120 kunni tashkil
etadi. Ushbu navni yetishtirish agrotexnikasi ishlab chiqish boʼyicha ilmiy
izlanishlar olib borilmoqda.

Yangi yaratilgan mahalliy erta va oʼrtapishar sholi navlariga maxsus

issiqxonada koʼchat usulida yetishtirish uchun “Fosstim-3” bakterial oʼgʼit,
“Rizokom-2” biopreparati va kompleks taʼsir etuvchi “Teria-s” bakterial oʼgʼiti
bilan sholi urugʼlariga ishlov berilib kassetalarga ekilganda oʼsimlikning ildiz va
poyaning oʼsish va rivojlanishiga taʼsiri oʼrganildi.

1-jadval

Sholi navlarining urug‘lariga bioo‘g‘itlar bilan ishlov

berilganda ildiz va poyaning o‘sish sur'atlariga ta'siri, sm (n=3)


background image





8


Jadval ma'lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, sholi urug‘lariga o‘stiruvchi

bioo‘g‘itlar qo‘llanilganda o‘simlikning ildiz sistemasining rivojlanishi, hamda
poyasining o‘sish sur'atlari nazoratga nisbatan 5-11 sm ga yuqori ekanligi
aniqlandi.

J.Bilalis Dimitrios, J.Karamanos Andreas [2010] ildizlarning tuproqqa

an'anaviy ishlov berish shuningdek tuproq xossalari va don hosildorligiga qoramol
go‘ngi va uning dengiz o‘tlari bilan kompostini solishning ta'sirini o‘rganishgan.
Ishlov berilgan variantdagi, nazoratga nisbatan tuproqning makro g‘ovakligi
yaxshilangan, issiqlik darajasi, gumus miqdori, tuproq agregatlarining o‘rtacha
diametri ortgan, bu esa sholining o‘sishiga ijobiy ta'sir qilgan. Sholi urug‘larining
unuvchanligi nazoratga nisbatan 7-9% ko‘p bo‘lgan. Sholi o‘simligi ildizlarining
qalinligi, oziqlanish maydonini kengaytiradi, barg yuzasining indeksi, biomassa,

Sho

li

n

a

v

la

ri

Eki

lg

a

n k

un

N

a

zo

ra

t1

7

.0

5

.

2

0

2

2

F

o

ss

im

-3

R

izо

k

om

-2

Teri

a

-s

На

зо

ра

т

2

5

.0

5

.

2

0

2

2

F

o

ss

im

-3

R

izо

k

om

-2

Teri

a

-s

Sholi navlariga bioo‘g‘itlar qo‘llaganda o‘simlik ildizining

rivojlanishiga ta'siri, sm.

“Guljahon” (St)

07.05.22

3

5,9

6,8

7,0

5,8

7,4

7,9

8,1

“Billur”

07.05.22

3

5,5

6,7

7,4

6,4

8,5

8,1

8,7

“Iskandar” (St)

07.05.22

4

5,9

7,2

7,8

7,3

9,2

9,5

9,5

“Sadaf”

07.05.22

3

6,3

7,8

8,1

7,6

9,4

9,7

9,9

Sholi navlariga bioo‘g‘itlar qo‘llaganda o‘simlikning o‘sish sur'atiga ta'siri, sm

“Guljahon” (St)

07.05.22

5,8

10,1 10,4 10,7

7,8

15,3 16,3 17,2

“Billur”

07.05.22

5,2

10,3 10,6 10,9

8,7

15,7 16,2 17,5

“Iskandar” (St)

07.05.22

7,1

11,2 11,2 11,6

9,0

18,1 17,6 18,7

“Sadaf”

07.05.22

6,3

11,6 11,4 12,1

9,2

18,5 19,4 19,8


background image





9

don hosili va ildiz tizimi rivojlanishiga sezilarli bog‘liq bo‘lgan. Tuproq fizik
xossalarining yaxshilanishi, g‘ovakligi ortib, ildizlarning yaxshi nafas olishiga
ma'lum darajada ta'siri bo‘lganligini aniqlagan [5].

Xulosa. Ozuqa muhitida o‘stirish nitratli, ammiakli azot va ularning

yig‘indisini ildizlarni o‘sishiga ta'siri, suvning yutilishi va o‘simlikdagi fiziologik
jarayonlar o‘rganilganda, ildizlarning o‘sishi nitratli azotda sekinlashgan, ammiakli
shaklida esa o‘sish to‘xtamagan. Sholi o‘simligining ildiz qismini yaxshi
rivojlanishi tuplanishning ko‘payishiga olib keladi, buning natijasida hosildor
poyalar ortib, qo‘shimcha hosil olishga zamin yaratiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Амелин,

В.Н.

Ресурсосберегающее

экологическое

рисоводство:

рекомендации /В.П.Амелин, С.А.Владимиров.-Майкоп:ООО «Качество».
2008. –С.-68

2.

Воробьев Н.В. Физиологические основы прорастания семян риса и пути
повышения их всхожести / Краснодар:ООО «МС Центр», 2003 С. -116

3.

Зеленский Г.Л. Переспективы создания высокопродуктивных сортов риса /
Г.Л. Зеленский // Аграрная Россия, 2002 -№1.-С.- 46-47

4.

Шиловский

В.Н.

Корневая

система

различных

сортов

риса/

В.Н.Шиловский, В.Я.Рубан./ Вестник. Краснодарского НТЦ АМАН.
Краснодар. -2004-№8. С.-42

5.

irri. оrg.

References

Амелин, В.Н. Ресурсосберегающее экологическое рисоводство: рекомендации /В.П.Амелин, С.А.Владимиров.-Майкоп:ООО «Качество». 2008. –С.-68

Воробьев Н.В. Физиологические основы прорастания семян риса и пути повышения их всхожести / Краснодар:ООО «МС Центр», 2003 С. -116

Зеленский Г.Л. Переспективы создания высокопродуктивных сортов риса / Г.Л. Зеленский // Аграрная Россия, 2002 -№1.-С.- 46-47

Шиловский В.Н. Корневая система различных сортов риса/ В.Н.Шиловский, В.Я.Рубан./ Вестник. Краснодарского НТЦ АМАН. Краснодар. -2004-№8. С.-42

irri. оrg.