TALABALARDA QADRIYATLARGA BO‘LGAN MUNOSABATLARNI RIVOJLANTIRISH

Аннотация

Maqolada ma’naviy-axloqiy qadriyatlar tizimi madaniy hodisa sifatida integrativ tavsifga ega bo‘lib, milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda zamonaviy sharoitda muhim hisoblangan axloqiy me’yorlarni o‘zlashtirishning muayyan darajasini o‘zida aks ettirishi haqida ma’lumotlar bayon qilingan.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2023
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
f
66-70
23

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Sadaddinov U.U. (2024). TALABALARDA QADRIYATLARGA BO‘LGAN MUNOSABATLARNI RIVOJLANTIRISH . Международный журнал теории новейших научных исследований, 2(12), 66–70. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/ijrs/article/view/60315
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada ma’naviy-axloqiy qadriyatlar tizimi madaniy hodisa sifatida integrativ tavsifga ega bo‘lib, milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda zamonaviy sharoitda muhim hisoblangan axloqiy me’yorlarni o‘zlashtirishning muayyan darajasini o‘zida aks ettirishi haqida ma’lumotlar bayon qilingan.


background image

66

7.1

2

12

TALABALARDA QADRIYATLARGA BO‘LGAN MUNOSABATLARNI

RIVOJLANTIRISH

Sadaddinov U.U

Nukus davlat pedagogika instituti
Texnologik taʼlim kafedrasi katta
o‘qituvchisi

Annotatsiya.

Maqolada ma’naviy-axloqiy qadriyatlar tizimi madaniy hodisa sifatida

integrativ tavsifga ega bo‘lib, milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda zamonaviy sharoitda
muhim hisoblangan axloqiy me’yorlarni o‘zlashtirishning muayyan darajasini o‘zida aks ettirishi
haqida ma’lumotlar bayon qilingan.

Kalit so‘zlar:

ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, talabalar, shaxs, me’yor, ta’lim, tarbiya.

Jahon ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida talabalarda aksiologik

orientatsiyani shakllantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish,
bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy-pedagogikqadriyatlar tizimini rivojlantirish
texnologiyalarini ishlab chiqish, tarixiy-antropologik yondashuv asosida talabalarda
milliy g‘urur va iftixorni tarkib toptirishning pedagogik tizimini modernizatsiyalash
bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bo‘lajak o‘qituvchilarda tarixiy-madaniy
merosga

aksiologik

munosabatni

qaror

toptirish,

pedagogik

layoqatni

rivojlantirishning qadriyatga yo‘naltirilgan komponentini takomillashtirish, milliy va
umuminsoniy qadriyatlar asosida deontologik kompetentlikni rivojlantirishning
didaktik tizimini ishlab chiqish, birlamchi pedagogik manbalar ustida ishlashning
raqamli ta’limga asoslangan texnologiyalarini ishlab chiqish mexanizmlarini
takomillashtirish dolzarblik kasb etadi [2. B. 74].

Bu haqida so‘z yuritganda, «Aytish lozimki, biz ulug‘ bobolarimizning munosib

davomchilari bo‘ladigan yetuk insonlarni tarbiyalash masalasiga, afsuski, yetarlicha
ahamiyat bermadik. Holbuki, intellektual va madaniy salohiyatning qanday noyob
boylik ekani, nodir talant egalarini tarbiyalab kamolga yetkazish hal qiluvchi
ahamiyatga ega ekanini unutishga haqqimiz yo‘q. Rivojlangan mamlakatlar bugungi
yuksak taraqqiyot darajasiga aynan shuning hisobidan yetgani – bu ham haqiqat» [1].

Akademik R.X.Djuraevning ta’kidlashicha, ta’lim-tarbiyani tashkil etishda

talabalarni majbur qilish tarzida emas, balki har bir talabaning individual
xususiyatlarini hisobga olgan holda ishga ijodiy yondashish, ijtimoiy-siyosiy,
tarbiyaviy ishlarni maqsadga muvofiq tashkil etish, ularga har bir ishda namuna
bo‘lish, jamiyat talabi va ehtiyojlarni tushunish, intizomga qatiy rioya etishiga,
nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llashga erishish, kerak bo‘lgan paytda g‘amxo‘rlik
qilish, tajriba va an’analar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganish hamda
ulardan bo‘lajak kasbida samarali ijodiy foydalangan holda amalga oshirish


background image

67

7.1

2

12

muhimdir [3. 12]. Dastlab talabalarning intellektual salohiyatini yuzaga chiqarishda
avvalo kasbiy bilimlar bilan birga o‘z kasbiy faoliyatiga munosabatni tamoman
o‘zgartirish lozim. Texnologiya fanlarini o‘qitishda talabalarning bilim saviyasini
hisobga olgan holda pedagogik odobga mos holda olib borilishi kerak deb
hisoblaymiz.

Bu esa o‘z navbatida o‘qitishning pedagogik-psixologik tamoyillari,

o‘qituvchilarning pedagogik mahoratiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Ana shu
jarayonning samaradorligi texnologiya fanlarini o‘qitishda ta’limga munosabatni
o‘zgartiradi. Xullas, talabalarga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni rivojlantirishda
bo‘lajak kasbiga qiziqish hamda uni egallab olishida samaradorlikka erishishda
quyidagilarga amal qilish:

-

ularning tabiatan o‘ta ta’sirchanligi, irodasining mustahkam emasligi, o‘zini

tuta bilmasligi, ba’zi holatlarda manmanligini hisobga olib, shaxsiy qadr-qimmatini
yerga urmay talabchanlikni oshirish;

-

talabalarning kelib chiqishi va turli sharoitlarda voyaga yetganligini hisobga

olib, ularga ma’naviy-axloqiy jihatdan samarali ta’sir etuvchi metod, vositalarni
tanlash va individual yondashish maqsadga muvofiq [4. 13].

Mazkur masalalarni e’tirof etgan holda ta’kidlash joizki, boshqa fanlardan ham

ma’ruzalarning samaradorligini oshirishda quyidagi vaziyatlarni hisobga olish muhim
ahamiyat kasb etadi:

- ma’ruzaning mazmuni (g‘oyaviy-siyosiy yo‘nalishi, ilmiyligi, ommabopligi,

nazariya bilan amaliyotning birligi, empirik materiallar ko‘lami, bayon qilish shakli
va boshqalar);

- mavzuga oid materiallarning muammoli bayon qilinishi;
- ma’ruzaning dalillar bilan asoslanganligi, haqqoniyligi, lo‘ndaligi;
- ma’ruzaning mutaxassislar kasbiy tayyorgarligi darajasiga bog‘liqligi

(muammomiz nuqtai-nazaridan tayyorgarlik masalasi);

- ma’ruzada materialning tizimli bayon etilishi (rejasi, tartibi, siqiqligi,

umumlashganligi);

- ma’ruzani o‘qish usuli (zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish,

ko‘rsatmaliligi, o‘qituvchi nutqi, his-tuyg‘ularga boyligi, bayonning sur`ati,
mantiqiyligi, muloqot madaniyati);

- o‘qituvchining talabaga munosabati (e’tiborliligi, talabchanligi, samimiyligi,

mehribonligi, odobliligi);

- ma’ruzachilik faoliyatini boshqarish (erkin, ishonch bilan, ilmiy asoslanish,

ma’ruza matnidan uzoqlashmay bayon qilinishi);


background image

68

7.1

2

12

- maqsadga erishilganligi (ishlab chiqilgan yo‘llar, sinalgan vositalar, egallangan

usullar, shaxsiy nuqtai-nazarini bayon qilish, talabaning mustaqil holda ishlashiga
imkoniyatning yaratilishi).

Ma’ruzada o‘rganiladigan masalalarning qay darajada samarali bo‘lganligi

seminar mashg‘ulotlarida aniqlanadi. Demak, seminar mashg‘ulotlari ma’ruzaning
uzviy davomi bo‘lib, bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilari mustaqil fikr yurita olishi,
ilmiy nazariyalarni qay darajada anglab olganligi, voqea-hodisalarga munosabat
bildira olishlari namoyon bo‘ladi. Hozirgi paytda innovatsion va ilg‘or
texnologiyalarning jadal sur`atda ta’lim jarayonida qo‘llana borishi munosabati bilan
mashg‘ulotlarda bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilari faol qatnashmoqdalar, ularning
mustaqil holda erkin mulohaza yuritishi va ijodkorligi kuchaymoqda, o‘rtoqlari bilan
bahslashuvi, muammoni tahlil eta olishi, o‘z nuqtai-nazarini ishonch bilan himoya eta
olishi kabi xislatlar shakllanmoqda.

Lekin mashg‘ulotlarda o‘rganilayotgan bilimlarning samaradorligini oshirish

uchun o‘qituvchi yana quyidagi jarayonlarga ham e’tibor berish lozim:

- bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarining o‘rganilayotgan mavzulardagi eng

muhimlari va ikkinchi darajalilarini ajrata bilishi;

- o‘quv materialini tahlil etish orqali asosiy fikrlarni umumlashtira olish;
- kasbiy mahoratga doir bilimlarni egallab olganligi;
- ijodiy faolligi, mustaqil qaror qabul qila olish layoqati;
- kasbiy bilimlarni egallash doirasining kengligi;
- o‘ziga nisbatan ishonch tuyg‘usining mavjudligi;
- milliy va umuminsoniy qadriyatlar mohiyatini anglab olganligi;
- o‘zini kamol toptirishga intilishi;
- kasbiy ma’naviy axloq qoidalarga rioya etishi.
Ta’lim samaradorligiga erishishda, ayniqsa, o‘qituvchining bo‘lajak texnologiya

o‘qituvchilari bilan hamkorligi muhim omillardan sanaladi. Zero, bu hamkorlik o‘quv
materialini o‘zlashtirishning muhim vositasidir. Ta’limda ko‘pincha buyruqka
asoslangan o‘qitish uslubi qator muammolarga sabab bo‘lmoqda. Ba’zi psixologlar,
masalan A.Maslou guruhi talabada psixik fazilatlarning shakllanishida o‘qituvchi va
talaba hamkorligining rolini ifodalashda o‘quv faoliyatining shakllanishi fan
asoslarini o‘zlashtirishning negizi emas, balki shaxsning ijtimoiy-madaniy
qadriyatlarini egallash jarayonidir deb ta’riflaydi [6; 29-b.]. Lekin barcha olimlarning
fikrini jamlaganda, hamkorlikdagi faoliyat usuli deganda, o‘qituvchi bilan talabaning
birgalikdagi hatti-harakatlarining tizimi tushuniladi. Bu esa o‘qituvchining talabani
boshqarishidan boshlanib, talaba faolligi orta boradi va ular o‘zi boshqaradigan


background image

69

7.1

2

12

amaliy va aqliy harakatga aylanadi hamda o‘qituvchi-talaba o‘rtasidagi munosabat
hamkorlik xususiyatiga ega bo‘ladi. E.G‘oziev hamkorlikning quyidagi shakllarini
ko‘rsatadi:

- pedagogik hamkorlik faoliyatiga kirishiladi;
- o‘qituvchi bilan talaba hamkorlikda bajaradigan mustaqil harakatlar amalga

oshiriladi;

- o‘qituvchi harakatni boshlab beradi, unga talaba faol jalb etiladi;
- o‘qituvchidan ibrat olgan talaba namuna asosida harakat qiladi;
- o‘qituvchi talabaga oraliq maqsad va unga erishish usullarini tanlashda yordam

beradi hamda natijani nazorat qiladi;

- o‘qituvchi talabaning o‘zini o‘zi boshqarish harakatlarida ishtirok etadi;
- talabalar tomonidan o‘zini o‘zi ko‘zg‘atuvchi, o‘zini o‘zi uyushtiruvchi

refleksiv harakatlarni amalga oshiradi [5; 29-b.].

Xulosa qilib aytganda, texnologiya fanlarini o‘qitish metodikasi asoslari

ta’limda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘ziga xos xususiyatlarini, bilim,
ko‘nikma va malakalarini egallashga, talabalar dunyoqarashining kengligini,
murakkab vaziyatlardan chiqib keta olishni, g‘oyaviy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy
sifatlarni egallash, onglilik, to‘g‘rilik, aniqlik, kasbiy texnikani egallashda zukkolik,
zehnlilik, ijodkorlik xislatlarini tarkib toptiradi. Hissiy-irodaviy sobitlik, jipslashib
harakat qilishga o‘rganish kabi xususiyatlarni, pedagogik-psixologik jihatdan
tayyorlashda milliy va umuminsoniy qadriyatli yondashuvni shakllantirishda keng
imkoniyatlar yaratadi. Mazkur imkoniyatlardan ixtisoslikka oid fanlarni o‘qitish bilan
birga «Texnologiya» faniga oid fanlarni o‘qitishda foydalaniladigan qadriyatlarni
tizimlashtirish, bu borada ma’lum mezonlarga tayanish, har bir o‘quv fanini o‘zini
ham bir qadriyat sifatida o‘rganishni talab etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Mirziyoev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Oliy
Majlisga murojaatnomasidan. 2017 yil 22 dekabr.

2.

Adilova D.N. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarimiz ta’lim-tarbiya asosi //
«Boshlang‘ich ta’limni takomillashtirish istiqbollari: muammo va yechimlar»
mavzusidagi ilmiy anjuman materiallari. –Toshkent, 2013. –B. 74-76.

3.

Джураев Р.Х. Организatsiонно-педагогические основы интенсифи-кatsiи
системы

профессиональной

подготовки

в

учебных

заведениях

профессионального образования: Автореф. дисс. … док.пед.наук. - СПб.:
1995. – 43 с.


background image

70

7.1

2

12

4.

Jamoldinova O. Yoshlar sog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirishda uzviylik
va uzluksizlik tamoyillari amal qilishining pedagogik mexanizmlarini
takomillashtirish: Avtoref. ... ped. fan. dok. – T., 2015.- 51 b.

5.

G`oziev E.G. Psixologiya. Yosh davrlar psixologiyasi. –T.: O‘qituvchi, 1994. -
223 b.

Библиографические ссылки

Mirziyoev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasidan. 2017 yil 22 dekabr.

Adilova D.N. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarimiz ta’lim-tarbiya asosi // «Boshlang‘ich ta’limni takomillashtirish istiqbollari: muammo va yechimlar» mavzusidagi ilmiy anjuman materiallari. –Toshkent, 2013. –B. 74-76.

Джураев Р.Х. Организatsiонно-педагогические основы интенсифи-кatsiи системы профессиональной подготовки в учебных заведениях профессионального образования: Автореф. дисс. … док.пед.наук. - СПб.: 1995. – 43 с.

Jamoldinova O. Yoshlar sog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirishda uzviylik va uzluksizlik tamoyillari amal qilishining pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish: Avtoref. ... ped. fan. dok. – T., 2015.- 51 b.

G`oziev E.G. Psixologiya. Yosh davrlar psixologiyasi. –T.: O‘qituvchi, 1994. -223 b.