29
7.1
2
12
O‘QUVCHILAR NUTQIDAGI DILEKTAL KAMCHILIKLARNI
BARTARAF QILISH
Sevinch Utaniyozova
Nukus davlat pedagogika instituti Turkiy
tillar fakulteti O’zbek tili va adabiyoti
yo’nalishi 3-kurs talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada o‘quvchilar nutqidagi dialektal xatolarning yuzaga kelish
sabablari to‘g‘risida ma’lumot berildi. O‘quvchilarning nutqida yuz beradigan dialektal xatolarga
alohida to‘xtalib, ularni bartaraf qilish bo‘yicha tavsiyalar keltirildi.
Kalit so‘zlar:
nutq, dialekt, sheva, adabiy til, dialektal xato, sinonimik qator.
O‘zbek tili o‘zbek xalqining milliy tili bo‘lib, umumiy ta’lim sistemasida
asosiy o‘quv predmentlaridan biri hisoblanadi. Chunki ona tili inson hayoti uchun
asosiy vositadir. Shuning uchun ham “Ona tilini o‘rganish-bu nihoyatda ulug‘ bir
ish. Inson tafakkurining eng oliy yutuqlari, eng chuqur bilimlar va alangali tuyg‘ular
so‘z vositasi bilan aniq va ravshan ifodalanmasa odamlar uchun noma’lumligicha
qolaveradi. Til fikrni ifodalash qurolidir. Binobarin, bu fikr nutq vositasi bilan
qilingan bo‘lsa, filosoflar aytganidek, u boshqalarga bevosita borib
yetsa,reallashsagina fikr bo‘la oladi. Ona tilini bilish sizning kelajakdagi ishlaringiz
uchun talab qilinadigan eng asosiy narsa, deb aytganimning sababi ham shunda.
Oʻzbek tili koʻp shevaligi bilan boshqa tillardan ajralib turadi. D. E. Polivanov ham
o‘zining kitobida ta’kidlashicha, turkiy tillarning hech qaysisi o‘zbek tilichalik
dialektlarga boy, rang-barang emas, har qaysisida bir adabiy tilga asos bo‘ladigan
darajada lahjalar mavjuddir. [Polivanov, 1933].Turkiy tillar shevalarini chuqur tadqiq
qilgan mashhur dialektolog olim D.E.Polivanovning ushbu gaplari qalbimizda faxr
tuygʻusini uygʻotadi.
“O‘qitish sifatini oshirish tadbirlari” degan maqolasida “o‘quvchilar adabiy til
normalarini yetarli darajada bilmaydilar. Yozma ishlarda sxematik jumlalar ko‘plab
uchraydi, ma’lum masalalar bo‘yicha o‘zlari mustaqil fikr yuritishda ancha
qiynaladilar. Ularning yozma ishlarida dialektal xatolar uchraydi”,-deb yozadi M.
Mirzaev maktab ta’limida dialektalizmlarni bartaraf qilishning samarador medodi
sifatida qiyosiy tablitsalardan foydalanishni tavsiya qiladi. Dialektizmlar: qarinja-
chumoli; secha-chumchuq; sas-tovush; sovut-tol; taka-yostiq; gizlamoq-yashirmoq;
andimoq-poylamoq; yumriq-musht, qumri-musicha , yoʻrinja-beda va boshqalar.
Bunday misollarni ijtimoiy hayotning turli sohalaridan juda ko‘plab keltirish
mumkin. Keltirilgan misollarning o‘ziyoq o‘quvchilar nutqida o‘zbek shevalarining
o‘g‘uz va qipchoq guruhiga xos qator fonetik leksik va grammatik xususiyatlar bilan
izohlanadigan dialektal xatolar mavjudligi tabiiy ekanligini ko‘rsatib beradi. Maktab
30
7.1
2
12
ta’limida bunday dialektalizmlarni bartaraf qilish uchun O‘zbekiston hududidagi
o‘g‘uz va qipchoq shevalarining xarakterli leksik, fonetik, morfologik xususiyatlarini,
ularning o‘zbek adabiy tilidan farqini ,o‘g‘uz qipchoq shevalarining tarqalgan
teritoryasini o‘rganish va aniq grammatik mavzularni o‘qitish munosabati bilan ular
haqida o‘quvchilarga qisqagina ma’lumot bera olish lozim.
Dialektal xatolar, avvalo, o‘quvchining og‘zaki nutqida paydo bo‘ladi. Bolada
atrofdagilar bilan aloqa qilishning boshlanishidanoq u oilasidagilar mahallasidagilar
bilan aloqa munosabat qila boshlaydi. Ana shunday obyektiv qonuniyatga ko‘ra,
bolaning nutqida hali u maktabga kelmasdanoq mahaliy shevaning talaffuz normalari,
leksik va morfologik xususiyatlari shakllanadi va ular o‘quvchining og‘zaki nutqida
uzoq saqlanib qoladi. Buning asosida dialektal orfoepik va orfografik xatolar sodir
bo‘ladi.
Ikkinchidan,
o‘quvchida
grammatik,
orfoepik
malakalarning
shakllanmaganligi ham dialektal xatolarni keltirib chiqaradi. O‘zbek tili darslarida
sinf va sinfdan tashqarida tashkil qilingan maxsus mashqlarda o‘quvchilar nutqidagi
orfoepik dialektizmlar aniqlanadi. Misol uchun: ot mavzusi o‘tilayotgan paytda
gashir-sabzi, biyi-behi, ashkadi-qovoq, jangʻaq-yongʻoq, oʻjak-buzoq, pishiq-
mushuk,aroba-arava, gujum-gʻoʻra, tumcha-oftoba, vayish-ustun, norbon-narvon,
qotiqosh-qatigʻli osh, balla-bolalar va boshqa so‘zlarda aytiladigan so‘zlarning asl
adabiy tilda aytilishining asoslarini o‘rgatish zarur hisoblanadi. O‘quvchilar og‘zaki
va yozma nutqida yo‘l qo‘ygan nutqiy xatolarni o‘z vaqtida to‘g‘rilab borish zarur.
O‘quvchi yo‘l qo‘ygan xatosining to‘g‘ri variantini o‘zlashtirsin, imkoni bo‘lsa,
xatoning kelib chiqish sababini tushunsin. Xatoni to‘g‘rilashning eng foydali usuli
yo‘l qo‘ygan xatosini o‘quvchining o‘zi to‘g‘rilashi hisoblanadi, agar o‘quvchi
xatosini to‘g‘rilay olmasa, uni o‘qituvchi to‘g‘rilaydi. Xato turiga qarab to‘g‘rilanadi:
gap yoki so‘z birikmasi qayta tuziladi, so‘z boshqasi bilan almashtiriladi, zarur so‘z
qo‘shiladi, ortiqchasi ustidan chiziladi. O‘quvchilar og‘zaki va yozma nutqida yo‘l
qo‘ygan nutqiy xatolarni o‘z vaqtida to‘g‘rilab borish zarur. O‘quvchi yo‘l qo‘ygan
xatosining to‘g‘ri variantini o‘zlashtirsin, imkoni bo‘lsa, xatoning kelib chiqish
sababini tushunsin. Xatoni to‘g‘rilashning eng foydali usuli yo‘l qo‘ygan xatosini
o‘quvchining o‘zi to‘g‘rilashi hisoblanadi, agar o‘quvchi xatosini to‘g‘rilay olmasa,
uni o‘qituvchi to‘g‘rilaydi. Xato turiga qarab to‘g‘rilanadi: gap yoki so‘z birikmasi
qayta tuziladi, so‘z boshqasi bilan almashtiriladi, zarur so‘z qo‘shiladi, ortiqchasi
ustidan chiziladi.
1
1
K.Qosimova, S.Matchonov, X.G‘ulomova, Sh.Yo‘ldasheva, Sh.Sariyev, “Ona tili o‘qitish metodikasi”, Toshkent
“NOSIR” nashriyoti 2009,
31
7.1
2
12
O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirishdagi muvaffaqiyat quyidagi
ikki asosiy omilga bog‘liq:
1) so‘zga e’tibor bilan munosabatda bo‘lish, o‘quvchilarning ko‘p mutolaa
qilishi, atrofidagi kishilarning to‘g‘ri va ifodali nutqi, ya’ni nutqiy sharoit;
2) bolalarning nutqiy tajribasi qanday tashkil etilishi;
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, orfoepiya qoidalari o‘z-o‘zidan paydo
bo‘lib qolmaydi. Buning uchun o‘qituvchining nutqi mukammal bo‘lishi va u xatolar
ustida ishlashni o‘quvchilarga o‘rgatishi, o‘quvchilarning ham og‘zaki va yozma
nutqini mukammal bo‘lishiga undashi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
M.Bo‘ronov. “Qoraqalpog‘iston dagi o‘zbek maktablari o‘quvchilari nutqidagi
dialektal xatolar va ularni bartaraf qilish yo‘llari” , NUKUS “Qoraqalpog‘iston”
1990,29-bet
2.
R.A.Rayimov, “Janubiy Qoraqalpog‘istondagi o‘zbek shevalarida ma’nodosh
so‘zlar”, Tilshunoslik fanlari magistri darajasini olish uchun dissertatsiya, NUKUS-
2007,
3.
K.Qosimova, S.Matchonov, X.G‘ulomova, Sh.Yo‘ldasheva, Sh.Sariyev, “Ona tili
o‘qitish metodikasi”, Toshkent “NOSIR” nashriyoti 2009.
