41
7.1
2
12
KELINSALOM QO‘SHIQLARINING BOSHQA JANRLAR BILAN QIYOSIY
TAHLILI
Yo‘ldoshev Javlon
Nukus DPI 2-bosqich magistranti
Annotatsiya:
O‘zbek folklorida oilaviy marosimning bir bo‘lagi bo‘lgan kelin salom
qo‘shiqlarining yartilish shakllari, aruz vaznida yaratilgan she’r janrlari bilan qofiyalanishi
jihatidan o‘xshashligi alohida ahamiyat kasb etadi.
Kalit so’zlar:
O’zbek folklori, marosimlar, yor-yor, kelin salomlar.
Xalq og‘zaki ijodi – asrlar davomida, xuddi kulol loyni pishitgandek, ishlov
berilib, pishitilib, inonch va qarashlari, orzu-o‘ylari, niyat va istaklari jamlangan
ijoddir. Kelin salom qo‘shiqlari turkiy xalqlarda o‘ziga xos o‘ringa ega marosim
jarayonida ijro etiluvchi folklor materiali sifatida avloddan avlodga o‘tib, boyib
kelayotgan ma’naviy meros, qadriyat hisoblanadi. Uning janr sifatida shakllanishi,
tuzilishi, o‘ziga xos qofiya tizimi va ijro uslubi alohida ahamiyatga ega.
O‘zbek tilining nihoyatda keng imkoniyati, ifoda va ohangiga mos bo‘lgan
she’r vazni barmoq vazni hisoblanadi. Barmoq she’r vaznida asosiy o‘lchov bo‘g‘in
bo‘lib, misra bo‘g‘inlari bir xil miqtorda takrorlanadi va bir xil guruhlarga bo‘linadi.
Aruz she’r vazni esa misralarda hijolarning qat’iy miqdori guruhlarga ajratilishi,
hijolarning qisqa, cho‘ziq, o‘ta cho‘ziqligi bilan barmoq she’r vazinlaridan ajralib
turadi. O‘zbek folklorida oilaviy marosimning bir bo‘lagi bo‘lgan kelin salom
qo‘shiqlarining yartilish shakllari, aruz vaznida yaratilgan she’r janrlari bilan
qofiyalanishi jihatidan o‘xshashligi alohida ahamiyat kasb etadi. Aruzda yaratilgan
bir qancha she’r janrlarining umumiy nomi bo‘lgan „musammat – (ar. „marvarid
donolarini ipga termoq“) bandli she’r“
1
bo‘lib, uning
„musallas, murabba’,
muxammas“
kabi turlari bilan kelin salom qo‘shiqlarining bir qancha o‘xshash va
farqli jihatlarini quyida tahlilga tortdik.
Musallas (ar. „uchlik“) uch misrali band usulida yozilgan she’r bo‘lib: a-a-a,
b-b-a, d-d-a … shaklida qofiyalanadi. „G‘arbda tetrina deb ataladi“.
2
Hamza Hakimzoda Niyoziyning
Bizni Turkiston eli dardiga darmon
istamas,
Zulmat ichra kechsa umri mohi tobon
istamas,
Uxlama o‘zbek eli asri taraqqiy vaqtida.
1
Yusupova.D. Aruz vazni qoidalari va mumtoz poetika asoslari. – Toshkent: „ta’lim-media“ nashriyoti, 2019. – B. 141.
2
Karimov.O. Mumtoz she’riyat janrlari. –
„
Namangan
“
nashriyoti.2015. – B. 20.
42
7.1
2
12
Biz ni Tur kis
to
ne li dar di ga dar mon is
ta mas
–
V
–
–
–
V
–
–
–
V
–
–
–
V
–
Zul ma tich ra kech sa um ri mo hi to bon
is
ta mas
–
V
–
–
–
V
–
–
–
V
–
–
–
V
–
Ux la ma o‘z be
ke li
as
ri ta raq qiy vaq ti
da
–
V
–
–
–
V
–
–
–
V
–
–
–
V
–
Foilotun foilotun foilotun foilun
Ushbu bayt 15 hijodan iborad bo‘lgan musallas
Ramali musammani mahzuf
(ya’ni oxirgi bir bo‘g‘in yetmasligi sababli qusurli, mahzuf) shaklida yozilgan.
Ko‘nglidur oshufti lahv-u tara, nafs-u havo
Tilsa zillat xanjari bag‘rini Luqmon istamas,
Uxlama o‘zbek eli asri taraqqiy vaqtida.
Ko‘ng lid ur
o shuf ta i lah vu tar ab
naf su hav
o
–
V
–
–
–
V –
–
–
V
–
–
–
V
–
Til
sa zil lat xan jar i bag‘ ri ni Luq mon is
ta mas
–
V
–
–
–
V –
–
–
V
–
–
–
V
–
Ux
la ma o‘z be
ke li
as
ri ta raq qiy vaq ti
da
–
V
–
–
–
V –
–
–
V
–
–
–
V
–
Foilotun foilotun foilotun foilun
Ushbu musallas (uchlik) b-v-a shaklida qofiyalangan. 15 hijodan tashkil
topgan Ramali musammani mahzuf
(ya’ni oxirgi bir bo‘g‘in yetmasligi sababli
qusurli, mahzuf) shaklida yozilgan.
Kelin salom qo‘shiqlari uch misrali band usulida, ikki misra bir biriga: b-b-a,
d-d-a … shaklida qofiyalanishi bilan musallas she’r janriga o‘xshab ketadi. Ammo
musallas aruz vaznida, kelin salom qo‘shiqlari
barmoq
vaznida yozilishi bilan bir-
biridan farqlanadi. Kelin salom qo‘shiqlarining uchunchi misrasi salom qaratilgan
shaxsga ishora bo‘lganligi sababli erkin bo‘ladi. Shu sababli ko‘p hollarda kelin
salom qo‘shiqlari barmoq she’r tizimining qo‘shma vaznida yaratiladi.
Masalan:
43
7.1
2
12
bo‘g‘inlar soni
turoq tartibi
Ko‘chaga chiqib /
yosh
bo‘lgan
– 8 bo‘g‘in 5+3=8
Ulli ro‘zg‘orga /
bosh
bo‘lgan –
8 bo‘g‘in 5+3=8
Qayin og‘asiga / bir salom! –
9 bo‘g‘in 6+3=9
Non ber desa / yon bergan, –
7 bo‘g‘in 4+3=7
Non ustida / jon bergan, –
7 bo‘g‘in 4+3=7
Mavluda ovsinningga / bir salom!
3
–
10 bo‘g‘in 7+3=10
Murabba’ (ar. „to‘rtlik“) – to‘rt misralik band usulida aruz vaznida yozilgan
she’r. Qofiyalanishi: a-a-a-a, b-b-b-a, d-d-d-a … shakllari mavjud. Ko‘pincha
murabba’larning birinchi bandidagi barcha misralar qofiyalanmay, she’r xuddi
ikkinchi misradagidek b-b-b-a tarzidagi qofiyalar bilan boshlanadi, keyingi barcha
bandlarning to‘rtinchi misralari birinchi bandning oxirgi misrasi bilan qofiyadosh
bo‘lib keladi, yoxud takrorlanadi. Mashrabning
Bulbuldayinkim faryod
etarman,
Ishq daftarini bunyod
etarman,
Ko‘ngillarimni men shod
etarman,
Yorg‘a yetar kun bormu,
yoronlar?
Gam baxri qildi baxrini
bunyod,
Ishqingda qildim yuz oxu
faryod,
O‘tti nigorim chun sarvi
ozod,
Yorg‘a yetar kun bormu,
yoronlar?
4
Ushbu murabba’ning kelin salom qo‘shig‘i bilan: radif qo‘llanishi, bir xillikda
qofiyalanishi va to‘rtinchi misraning har bayt oxirida takror qo‘llanishi kabi o‘xshash
jihatlarini kuzatishimiz mumkin.
Masalan:
So‘zlaringni tinglab, „bol-qandim“, –
desin,
Hurmat izzat ko‘rib, „dilbandim“, –
desin,
Farzandingni suyib, „farzandim“, –
desin,
Qaynenangga qaytadan
ber bir salom!
Jam bo‘lishdi to‘yda bari
qarindosh,
3
. Тошкент: Ғофур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти. – 1983. – Б. 272.
4
А. Хожиаҳмедов. Мумтоз бадиият малоҳати. – “Шарқ” нашриёт-матбаа концерни бош таҳририяти Тошкент –
1999. – B. 214.
44
7.1
2
12
Birisi ko‘z bo‘lib, biri bo‘lib
qosh,
Baxtingizga chin yurakdan
tilakdosh,
…
ber bir salom!
Ushbu kelin salom qo‘shiqlari to‘rt misrali band usuli barmoq vaznida
yozilgan: b-b-b-a, d-d-d-a … shaklida qofiyalangan. Har bir misra oxirida qo‘llangan
„desin“
so‘zi
radif
bo‘lib kelgan
. „qarindosh“, „qosh“, „tilakdosh“
kabi
qofiyadoshlikni yuzaga keltirgan so‘zlarning oxirgi
„sh“
tovushi
raviy
bo‘lib kelgan.
Kelin salom qo‘shiqlaridagi bu unsurlarning qo‘llanishi va oxirgi misraning bir xil
takrorlanishi murabba’ she’r janiri bilan o‘xshashlik kasb etadi.
Muxammas
(ar. – „beshlik“) har bandi besh misradan iborat she’r bo‘lib: a-
a-a-a-a, b-b-b-b-a, d-d-d-d-a …
shaklida qofiyalanadi. Muxammasda dastlabki besh
misra o‘zaro qofiyalanadi, keyingi bandlarda dastlabki to‘rt misra o‘zaro qofiyalanib
oxirgi misra birinchi bandning beshinchi misrasiga ohangdosh bo‘lib keladi.
Muqumiyning
Soyadurmenki, boqmas oftobim kim desun?
Bora-bora ketdi qadrim, intixobim kim desun?
Bir o‘qitmaydur bitib bergan kitobim kim desun?
Ul tag‘oful peshaga holi harobim kim desun?
Xajrida mundog‘ meni ko‘rgan azobim kim desun?
Oshnosidin kechib, begonalarga yor-yor,
Bu alamlarga chidolmay, ko‘z yoshimdur shashqator,
Xech dushman bo‘lmasun kuyida mendek xor-u zor,
Kunduzi bir yerda bir dam olmay oromu qaror,
Laxzaye yo‘q kechalar ko‘zlarda hobim kim desun?
Ushbu muxammasida a-a-a-a-a, b-b-b-b-a shaklida qofiyalanganligini
kuzatishimiz mumkin. O‘zbek she’riyatida bu kabi besh misralik band usulida
she’rlar yozililganiga guvoh bo‘lamiz. Ammo besh misradan iborat bandli she’rlar
muxmmas she’r janridan farq qiladi. Beshliklar band usulida, barmoq vaznida
yozilishi bilan muxammaslardan farqlanadi. Masalan: G‘ofur G‘ulomning „Bu –
sening imzong“ sherini keltirishimiz mumkin.
Ga‘laba umrining qomus mazmuni,
Bezagi, yakuni – xar bitta xating.
Ozodlikka chanqoq ellarga yetgan
Kulbasin yoritur albatta xating,
Aziz vatandoshim, bu – sening imzong.
45
7.1
2
12
Yoki
Yengilma, azizim, yengilma faqat,
Mag‘lubni ko‘rishda yo‘q menda toqat.
Tik tutib yurishga yaralgan-ku bosh,
Dilimni zimiston o‘raydi qat-qat,
Agar ko‘zlaringda ko‘rmasam otash
Ushbu she’rlar muxammas kabi besh misrali ammo a-b-v-b-d kabi
qofiyalanishi …
Kelin salom qo‘shiqlari muxammas va beshlik band usulida yozilgan
she’rlarga o‘xshash va farqli jihatlari o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Muxammas va
beshlik band sherlarda ijodkorning ichki kechinmalari, o‘y xayollari o‘z aksini topsa,
kelin salom qo‘shiqlarida ko‘proq niyat-istak, pand-nasixat va yumoristik kinoya
kuchli bo‘ladi.
Masalan:
Saloming ko‘p – ado bo‘lmas baribir,
Kuli bilan chiqib o‘ti bilan kir,
Oltin darvozasi senga ochiqdir,
Ostonangga ta’zim berib uyga kir!
Baxt-la kelgan uyingga bergil bir salom!
Ushbu kelin salom qo‘shig‘i b-b-b-b-a shaklida qofiyalangan. To‘rtta misra
bir-biri bilan o‘zaro qofiyalanishi va oxirgi beshinchi misraning takror qo‘llanishi
muxammas she’r janriga oxshasa, barmoq she’r vaznida yozilishi bilan farqlanadi.
Har uyning beminnati kelini – gazdir,
Tabiiy gaz kelsa, ming bora sozdir,
Tutunsiz gaz kelsa, ming bora sozdir,
Tutunsiz, kulsiz o‘t – qishlar ham yozdir,
Gazchi Ravshan akaga bergil bir salom!
Albatta, kelin salom qo‘shiqlarida yumor, kinoya, piching ko‘p bo‘lganligi bois
juda kulgili va tasirchanligi bilan ajralib turadi. Ushbu bayt a-a-a-a-b shaklida
qofiyalangan va kuchli kinoyaga yo‘g‘rilgan deyish mumkin. Baytni ikki xil ma’noda
tushunish mumkin. Birinchi ma’nosi gaz yo‘q qishloqdagi hayotiy holatni tasvirlasa,
ikkinchi ma’nosi kelin xizmatidan ko‘proq foydalanish, kelinga beminnat ishchi
sifatida qaralsa, uning odobi-axloqi, tarbiyasi, oilaparvarligi, sadoqati, hamma vaqt
tinch hayot kechirishi nazarda tutiladi.
46
7.1
2
12
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Yusupova.D. Aruz vazni qoidalari va mumtoz poetika asoslari. – Toshkent:
„ta’lim-media“ nashriyoti, 2019.
2.
А. Хожиаҳмедов. Мумтоз бадиият малоҳати. – “Шарқ” нашриёт-матбаа
концерни бош таҳририяти Тошкент – 1999.
3.
Тошкент: Ғофур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти. – 1983
4.
Karimov.O. Mumtoz she’riyat janrlari. – „Namangan“ nashriyoti.2015.
5.
Allambergenov, H. K., & Shamsiyev, D. I. (2024). Image Of Jabroil
Alayhissalam In Navoyi's Me’rojnomas. SPAST Reports, 1(1).
6.
Allambergenov, H. (2024). „MEZON UZ-ZAMON “‒DAVR VOQELIGINING
KO ‘ZGUSI SIFATIDA. INTERNATIONAL JOURNAL OF RECENTLY
SCIENTIFIC RESEARCHER'S THEORY, 2(5), 236-245.
7.
Kamalovich, A. H. (2023). O ‘ZBEK XALQ SEHRLI ERTAKLARIDA G
‘AYRITABIIY OBRAZ BADIIY XUSUSIYATLARI. FAN, TA'LIM VA
AMALIYOTNING INTEGRASIYASI, 4(6), 14-19.
