10
7.1
2
12
KASBIY STANDARTLAR ASOSIDA KOMPETENSIYAVIY
YONDASHUVNI TA’LIM DASTURIDA AKS ETISHI
Ustababayeva Xafiza Artikovna
Professional
ta’limni
rivojlantirish
instituti, bosh mutaxassis
Annotatsiya.
Maqolada kasbiy standartlar asosida kompetensiyaviy yondashuvni ta’lim
dasturida aks etishi, kasb standartlarining ta’lim dasturlariga integratsiyasi, kompetentsiyaviy
yondashuv asosida tashkil etilgan ta’lim o‘quvchilar tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma va
malakalarni o‘z faoliyatlarida amaliy qo‘llay olish kompetentsiyalarini shakllantirishga
yo‘naltirilganligi o’z aksini topgan.
Kalit so’zlar:
kasbiy standart, kompetensiya, ta’lim dasturi, kasb, mutaxassisliklar,
professional modul, o’quv jarayoni.
KIRISH
XXI asrda dunyoning rivojlangan davlatlarida ta’lim mazmunini madernizatsiya
qilishning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida ta’limda kompetentsiyaviy
yondashuvni joriy etish muammosiga asosiy e’tibor qaratilmoqda. bilan muhim
ahamiyat kasb etadi. Kompetentsiyaviy yondashuvning mazmunida ta’lim tizimida
yuz berayotgan innavatsion jarayonlar aks etadi. Bu esa ta’lim mazmunini qayta
qurish va uning sifatini nazorat qilish, ya’ni kompetentlik tizimiga o‘tish lozimligini
ko‘rsatadi. Dunyoning rivojlangan davlatlari DTSlariga kiritilgan tayanch
kompetentsiyalar tahlili mazkur muammoga yangicha qarash va yondashuvlar har bir
mamlakatning ta’limdan ko‘zlangan maqsadi, shart-sharoit va imkoniyatlaridan kelib
chiqqanligidan dalolat beradi. Zamonaviy fan-texnika taraqqiyoti davomida ta’lim
jarayonida olingan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish uchun dunyo
mamlakatlari ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Ta’limda
kompetentsiyaviy yondashuv ta’lim oluvchilarni murakkab faoliyat turlariga jalb
etadi, shaxsiy va kasbiy xususiyatlarini shakllantiradi. Kompetentsiyaviy
yondashuvning tayanch nuqtasi ta’limning umumiy mazmun mohiyatidan kelib
chiqqan xolda, uning maqsadlariga xizmat qiladi. Kompetentsiyaviy yondashuv
asosida shaxsda bir qator harakat va faoliyatlar tizimini bajarish bo‘yicha
kompetentsiyalar zaxirasi shakllanadi. Mazkur tadqiqot mavzusini nazariy tadbiq
etishdan oldin atamalarning mazmun-mohiyatiga mualliflik yondashuvi bo‘lmog‘i
zarur. Jumladan, “Kompetentsiya” tushunchasi keng ma’noga ega bo‘lib, uning
mazmun-mohiyati turli soha olimlari tomonidan turlicha talqin etiladi [1].
“Kompetentsiya” – u yoki bu soha bo‘yicha bilimdonlik ma’nolarini anglatadi.
“Kompetentsiya” (lotincha somrete - erishaman, mos kelaman, to‘g‘ri kelaman).
Aniq tashkilotga yoki lavozimdagi shaxsga qonun, nizom yoki boshqa rasmiy hujjat
11
7.1
2
12
bilan taqdim etilgan vakolat. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”da ta’kidlanishicha:
“Kompetentsiya (lot. Somreto – erishyapman, munosibman, loyiqman) ma’nosini
anglatib, muayyan davlat organi (mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organi) yoki
mansabdor shaxsning qonun, ustav yoki boshqa hujjati bilan belgilangan vakolatlari,
huquq va burchlari doirasi; u yoki bu sohadagi bilimlar, tajriba demaktir”.
Kompetentlik atamasi lotincha “somrete” so‘zidan olingan bo‘lib, “erishyapman”,
“munosibman” degan ma’noni 36 anglatadi hamda ma’lum sohadan habardorligini,
bildirishni va tajribaga ega ekanligini bildiradi [2; 1-b.].
Kasbiy kompetensiyalar professional ta’limning tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar
va mutaxassisliklar klassifikatoridagi kasb va u bo‘yicha beriladigan kvalifikatsiyalar
malaka darajasi ushbu kasb bo‘yicha ishlab chiqilgan kasbiy standartdagi belgilangan
malaka darajasi o‘zaro mos bo‘lishi kerak. Kasbiy standartdagi mehnat funksiyalari
va ushbu mehnat fuksiyalarini bajarish uchun zarur mehnat harakatlari kasbiy
kompetensiyalar sifatida aks etadi. Ta’lim dasturlarida kasbiy kompetensiyani
shakllantirish uchun o‘qitish natijalari va baholash mezonlarini o‘z ichiga olgan
professional modul aniqlanadi (1-rasm). Kasbiy standartlarda mehnat funksiyasi
mehnat natijasiga erishishga qaratilgan o‘zaro bog‘liq mehnat harakatlari majmuasi
sifatidir. Kasbiy kompetensiya – bilim, ko‘nikma, malaka va shaxsiy fazilatlariga
asoslangan holda mutaxassisga kasbiy faoliyatini samarali amalga oshirish
imkoniyatini beradigan mehnat vazifalari majmuasini hal qilish qobiliyatidir.
12
7.1
2
12
1-rasm. Kompetensiya, modul, o‘quv natijalari va baholash mezonlarining
o‘zaro bog‘liqligi
Shunday qilib, mutaxassisning mehnat vazifalari majmuasini hal qilish
qobiliyati kasbiy kompetensiyadir, ya’ni kasbiy kompetensiya mehnat funksiyasini
bajarish sifatida belgilanadi. Kasbiy modul – bu o‘quv dasturining mustaqil va to‘liq
bo‘limi bo‘lib, talabalarning kompetensiyalar asosida kasbiy vazifalar to‘plamini hal
qilish qobiliyatini egallashiga qaratilgan.
2-rasm. Kasb standartning tarkibiy qismlari va ta’lim dasturining
bog‘liqligi
Yuqorida qayd etilgan fikrlarga asoslangan holda, kasb standartning tarkibiy
qismlari va ma’lum bir kvalifikatsiya bo‘yicha ta’lim dasturining o‘zaro bog‘liqligini
aniqlash mumkin (2-rasm). Odatda kasbiy standartning mehnat funksiyalariga
keltirilgan ma’lumotlar asosida o‘quvchilarning ta’lim jarayonida egallashi kerak
bo‘lgan kasbiy kompetensiyalari shakllantiriladi. Lekin ko‘p hollarda mehnat
funksiyalarini kasbiy kompetensiyalar sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirib qo‘yib
bo‘lmaydi. Kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish uchun har bir umumlashtirilgan
mehnat funksiyasi doirasidagi mehnat funksiyalari va mehnat harakati mantiqiy tahlil
qilinib ma’lumotlarni umumlashtirish orqali amalga oshiriladi. Tahlil qilish
jarayonida shunga ahamiyat berish kerakki, ta’lim dasturi qaysi ta’lim darajasiga
ishlab chiqilayotgan bo‘lsa, kasbiy standartning o‘sha malaka darajalariga tegishli
toifalarni talablaridan foydalanish lozim. Mehnat harakatlari asosida kasbiy
kompetensiyani aniqlab olgandan keyin kasbiy standartdan mehnat harakati, ya’ni
kompetensiyani bajarish uchun talab etiladigan bilim va ko‘nikmalar ajratib olinadi
[3].
13
7.1
2
12
XULOSA
Mazkur bilim va ko‘nikmalar o‘qitish natijasida sifatida aks etadi. Demak,
kasbiy kompetensiyani bajara olish uchun talab etiladigan bilim va ko‘nikmalar
o‘qitishning natijasi hisoblanadi. Bitta kasbiy kompetensiyada bir yoki bir nechta
o‘qitish natijasi bo‘lishi mumkin. Bitta kompetensiya doirasida shakllanadigan
o‘qitish natijalarining maksimal miqdori 7 tadan ko‘p bo‘lmasligi tavsiya etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
Umarova, М., & Abdisharipova, Sh. (2023). Zamonaviy ta`lim tizimida
kompetentsiyaviy
yondashuv
ta`lim
sifatining
asosi.
Цифровизация
современного образования: проблема и решение, 1(1), 35–38.
2.
Лебедев О.Е. Компетентностный подход в образавании // Школьные
технологии. 2004. № 4. – с 3.
3.
Sharofaddinov Sh.A. Professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarini kasbiy
faoliyatga tayyorlashda natijaga yo‘naltirilgan ta’limning metodik tizimini
takomillashtirish // Pedagogika fanlari bo‘yicha Falsafa doktori (PhD)
Dissertatsiyasi avtoreferati. –Toshkent, 2024. – BB. 11-13.
