6
7.1
2
11
NUROTA HUDUDAGI ANANA VA UDUMLAR
Turdimov Temur Bahodir oʻgʻli
Samarqand davlat universiteti
Arxeologiya kafedrasi magistranti
+998948110023
Annotatsiya:
Nurota aholisi koʻp asrlik tarixga ega boy madaniy merosga ega boʻlib, bu
meros milliy qadriyatlari, urf-odatlari va marosimlarida yaqqol aks etadi. Nurota hududida
oilaning oʻrni katta ahamiyatga ega. Oilaviy qadriyatlar, ayniqsa, diniy va madaniy an'analar
bilan mustahkamlanib kelgan. Quyidagi maqolada batafsil bu haqida fikr yuritiladi.
Kalit soʻzlar:
urf-odatlar, ma'rosimlar, milliy qadriyatlar, din, oila va jamiyat, milly
taomlar, “xudoyi”, dehqonchilik.
Abstact:
The people of Nurata have a rich cultural heritage with a centuries-old history,
which is clearly reflected in their national values, traditions and rituals. The role of the family in
Nurata region is very important. Family values have been strengthened, especially by religious
and cultural traditions. The following article discusses this in detail
.
Key words:
traditions, ceremonies, national values, religion, family and society,
national food, "khudayi", farming.
Qadim oʻtmishda Nurota Oʻrta Osiyo tarixiy-madaniy viloyatlaridan biri
boʻlgan Sugʻdiyona manzilgohlaridan hisoblanadi. Nurota tizma togʻlari gʻoyat boy
va serunum boʻlib, vohani Qizilqumdan esadigan issiq shamoldan toʻsib turgan.
Oʻtmishda Sugʻdiyonaga ikki tomondan kirilgan. Biri Jizzax yaqinidagi Temur
darvoza boʻlsa (ba’zi manbalarda Ilonoʻtti), ikkinchisi Nur boʻlgan.
Nurota aholisi qoʻy, qoramol soʻyib qoni oqizilgan joyni tozalab, oʻsha joyga
olov yoqib poklaydilar. Shuningdek, nurotaliklar yer, suv, zamin, xona, badan, kiyim-
kechak, oziq-ovqatlarni toza tutishga alohida e’tibor beradilar.
Nurotada yaxshi saqlanib qolgan marosimlardan yana biri mushkulkushod
oʻqitishdir. Bu marosimning asl mohiyati mehnatni, halollikni targʻib qilishdir.
Ushbu marosimda dasturxon yozilib, qora chiroq yoqib qoʻyiladi. Dasturxonga non,
mayiz qoʻyiladi. Oʻrta Osiyo xalqlarining milliy bayrami hisoblangan Navroʻzning
tarixi ham islomga qadar mavjud boʻlgan zardushtiylarning an’anaviy yangi yil
bayramidir. Navroʻz bayramining koʻhnaligi haqida Beruniy, Umar Xayyom,
Mahmud Qoshgʻariy kabi allomalar qimmatli ma’lumotlarni yozib qoldirishgan.
1
Quyoshning hamal burjiga kirishi, kecha bilan kunduzning barobar kelishi yil
boshi hisoblangan. Bu eski quyosh yili hisobida farvardin oyining avvaliga, 21-mart,
kecha bilan kunduzning tenglashgan vaqti va kunduzning uzaya boshlashi, tabiatda
jonlanish, bahorning boshlanish davriga toʻgʻri kelgan.
1
Muxammadjanov A. Kuyi Zarafshon vodiysining sugorilish tarixi. Toshkent: Muxlis. 1972 yil. 48 bet.
7
7.1
2
11
Navroʻzning eng an’anaviy taomi sumalak boʻlib, rivoyat qilishlaricha
sumalak pishirilayotganda arshi a’lodan «siymalak», ya’ni oʻttiz malak tushar emish.
Navroʻz Nurotaning qal’a maydoni-toʻpxonada azaldan bayram qilingan, Nurota begi
bayramni qal’adan turib tomosha qilgan. Chunki shu yerdan dalalarga qoʻsh
chiqarilgan, bugʻdoy ekishga kirishilgan. Nurotaliklarning islomga qadar boʻlgan
bayramlari orasida bahor faslida, Navroʻzga atab oʻtkazilgan tabiatning goʻzal
ne’mati - gulga bagʻishlangan “Sayli guli surx” bayrami alohida oʻrin tutgan. Bu
bayramda hammayoq anvoyi gullar bilan bezatilgan. Shahardagi hunarmandlar
chashma atrofi va bozor - joy yakinidagi rastalarga oʻz mollarini chiqargan. Qal’a
ortidagi toʻyxonada Navroʻzning “Guli surx” sayli boʻlgan. Qiz - juvonlar
toʻpxonadan nariroqdagi “Koʻhi duxtaron” degan qirda bayram kilishgan.
Hozir ham nurotaliklar jinlar va yomon arvohlar keltiruvchi zararlarni daf
etish uchun is chiqarishadi. Is chiqarish odatda arafa kunlari, toʻy tantanalari oldidan,
bahorgi, kuzgi yer haydashdan avval amalga oshiriladi va buzmuk (boʻgʻirsoq),
qatlama pishirib tarqatiladi. Ular qizdirilgan yogʻ hidi uydan ins - jinlar keltiradigan
xavf-xatar sababchisini quvib, avlodlar homiysi boʻlmish ota - bobolari arvohini
chaqiradi, deb bilishadi.
Bu toʻgʻrida Beruniy ham oʻzining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgroliklar”
kitobida aytib oʻtadi. Nemis faylasufi Fridrix Nitsshe XIX asr oxirida Eronga safar
qiladi. U Yazd shahrida istiqomat qilayotgan zardushtiylar bilan uchrashadi va
ularning urf-odatlari bilan tanishadi. Faylasuf oʻz yurtiga qaytarkan,
zardushtiylarning diniy belgisi uchlari qayrilgan qoʻshuv alomatiga oʻxshash
svastikani olib keladi va hamyurtlariga bu oliy irq belgisi ekanligini tushuntiradi.
Oʻrta Osiyo va Eronga islom dini kirib kelgach, islomni qabul qilishni istamagan
zardushtiylarning bir qismi Hindistonga koʻchib ketadi...
Nurotada
chashma
sohilida
qurilgan
masjidi
mehrobi
atrofida
zardushtiylarning diniy belgisi boʻlgan ushbu svastikadan qirq donasi bir-biriga
tutashtirilib chizib qoʻyilgan. Shu oʻrinda bir mulohaza tugʻiladi. Ehtimol masjid
oʻrnida avval zardushtiylarning otashkadasi boʻlib, keyinchalik islom davrida u
masjidga aylantirilgandir. Masjid mehrobi peshtoqidagi qirqta svastikaga mazmunan
bogʻliq “chillaxona” (chixil - qirq) ham borligi otashkadalar huzurida mahsus
shifoxonlar boʻlganligidan nishona emasmikin. Chunki “Avesto”ning barcha
qismlarida, xususan, Vendidatda kasalliklar tasnifi, bemorlarni davolash usullari,
dorivor oʻsimliklar, tabobat amaliyoti, tabiblar, ularning burch va vazifalari haqidagi
hamon oʻz qimmatini yoʻqotmagan maslahatlar berilgan.
8
7.1
2
11
Xalqimiz orasida keng tarqalgan qadimiy odatlardan yana biri turli xil duolar
boʻyniga osib yuriladigan yoki kiyimlarga tikib qadaladigan uch burchak, uzunchoq
tumor va radnoma saqlab yurish odatidir. Hozir bu odat islomiy odatlar bilan
uygʻunlashib ketgan. Undan tashqari quloqqa, kiyimga, doʻppiga koʻzmunchoq taqish
ham islomga qadar yashagan ajdodlarimiz odatlaridan biridir. Nurota xalqi uy
hayvonlariga, xususan it saqlashga e’tibor beradilar. Diyarli har bir xonadonda bir
yoki ikkitadan it saqlanadi.
Qadimgi Nurota aholisi turli usullar orqali ma’lum narsalar yordamida
tabiatga ta’sir qilish, shu yoʻl bilan koʻzlangan maqsadlarga erishish mumkinligiga
ishonishgan. Masalan, Nurotada qadimdan bahorgi (bahorikori), kuzgi (tiramoyi)
bugʻdoy ekilgan. Ba’zi yillarda yogʻin-sochin kam boʻlib, yil qurgʻoqchil kelsa hosil
boʻlmagan. Shu yillarda nurotaliklar yomgʻirni chaqirish uchun har bir xonadondan
oz-ozdan un yigʻib chiqqanlar va yigʻilishib qochi pishirganlar, uni tanovul kilgach,
kosa-tovoqlarning yuvindisini tarnovdan oqizganlar va shundan soʻng yomgʻir
yogʻishiga ishonganlar. Nurotada dehqonchilikka oid xalq qoʻshiqlari va marosimlari
saqlanib qolgan
2
.
Nurota oʻrta vohasi qishloqlarida oʻtroq holda yashab kelayotgan, oʻzbek,
tojik mahaliy aholisining dehqonchilik bilan bogʻliq qarashlari tarixiy tajribalari
haqida va dehqonchilik bilan marosimlari xususida mulohaza yuritishni istadik. Oʻrta
Osiyoning boshqa xalqlari qatori Nurota vohasi aholisi ham bahorgi dehqonchilik
yumushlarini mahalliy taqvim(mahalliy xalq orasida bugungi kunga qadar saqlanib
qolgan “Qamariy” (oy taqvimi)ga koʻra yangi yil quyoshning baliq (hut) burjidan quy
(hamal) yulduzlar turkumiga oʻtgan vaqtdan boshlaganlar. Hozirgi amaldagi
kalendari boʻyicha bu 22 martdan boshlanib 21 aprelgacha davom etgan. Dehqonlar
taqvimidagi birinchi oy – hamalda kunlar ancha ilib, oʻt – oʻlanlar jonlanib qoladi va
bu oy dehqonchilik ishlariga toʻla davr hisoblanadi. Shuning uchun “Hamal kirdi,
amal kirdi” deyiladi. Ushbu oyni oʻziga xos iqlimi, ob-havosi va boshqa hislatlari
haqida uzoq kuzatishlar, tajribalar asosida paydo boʻlgan xalqona qarashlar, maqollar
va oʻgitlardan dehqon, bogʻbon, chorvador keng foydalanganlar. Dehqonlar hut (19
fevral -21 mart) oyidanoq dala ishlarini qizitib yuboradilar. Dalaga birinchi qoʻsh
chiqariladi yil boshi qilib yaxshi boʻlishi uchun rasm – rusumlar qiladi. Ular yetilgan
yerlarga qoʻsh chiqarib ishlov berganlar, oʻgʻit chiqarib – kultepalarni, ariqlarni
tozalab suv chiqarganlar natijada yerning hosildorligi yaxshi boʻlgan. Nurota
vohasining barcha qishloqlarida bahorgi ishlar oldidan masjid yoki mozorlar yaqinida
“xudoyi” qilinadi. Bu marosim koʻpincha mart oyi boshlarida keksa dehqonlar,
2
Suyunov S. Nurota korizlarini o'rganish // Uzbekistan - qadimda va o'rta asrlarda. Samarqand: 1992 yil.96 bet.
9
7.1
2
11
chorvadorlar, oqsoqollar boshchiligida oʻtkazilgan. Oldinlari har bir xonadon
imkoniyatiga koʻra sutli yoki oilalardan bugʻdoy oziq – ovqat mahsulotlari yigʻilgan
boʻlsa, keyinchalik pul ham qoʻshib yigʻilgan. Toʻplangan pulga bozordan buzoq
yoki qoʻy sotib olinib, qurbonlik uchun soʻyilgan va goʻshtidan halim pishirganlar
(bunday holat asosan Nurota va unga yaqin hududlarda kuzatilgan). Taom
tayyorlagunga qadar qishloq erkaklari uch–toʻrt guruhga boʻlinib, qishloq ariqlarini
tozalaganlar. Tushlik vaqtida hamma toʻplangach “xudoyi” uchun tayyorlangan taom
tanavul qilingan. Marosim ayrim sabablar uylariga nasiba tarzida taomdan berib
yuborilgan. Tushlikdan soʻng qishloq ruxoniysi qur’on oyatlaridan tilovat qilgan va
oqsoqollar ushbu xudoyi savobini “oʻtganlarning” ruhlariga bahshida etishib
kelayotgan yil hosiyatli, barakali boʻlishini hamda dehqonchilikda moʻl hosil olish va
amalga oshirish uchun xudodan madad soʻraganlar. Shuning uchun ular amal qilgan
“Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda” maqolida juda katta ma’no
bor albatta. Kuzda yerni haydasang, qor – yomgʻirlardagi yer dam oladi va yaxshilab
oziqlanib muloyim boʻlib bahorga ekishga tayyor boʻlib turadi. Bu yerda yana bir
narsani aytish joizki, bahorgi yerni haydov mavsumi mart oyi oxiridan boshlangan.
Shu bilan dehqonlarni bahorgi haydov va yerga urugʻ qadash bilan bogʻliq boʻlgan
“Dalaga qoʻsh chiqarish”, “Shoxmoylar”, “Ekin sayli”, “Qoʻsh oshi” kabi
marosimlarni oʻtkazganlar. Marosimlar koʻpincha omadli, hosiyatli hisoblangan.
Navroʻz kunlari yerni haydash arafasida qatlama, boʻgʻirsoq, suzma kabi taomlar
pishirilib, urf – odatlarni qilganlar. Yogʻ olib hoʻkizlarni shohlarini moylaganlar buni
keksalar xoʻkizni shohlari baquvvat, hoʻkizlarni oʻzi esa charchamaydigan boʻlar
ekan deydilar. Nurotaning ayrim qishloqlarida esa qurgʻoqchilik yillari dehqonlar
turli xayri – xudoyilar oʻtkazganlar va turli – tuman rasm – rusumlarni bajarganlar.
Umuman olganda “Qoʻsh chiqarish”, “Shoh moylar”, “Qoʻsh oshi” nomlari bilan
aytiluvchi marosimlar dehqonlarning yangi yildagi birinchi ish kuni boʻlib, iloji
boricha xursandchilik bilan kutib olishga harakat qilingan. Bu azaldan
zardushtiylarning yangi yil qanday kutib olinsa, yil boʻyi oʻsha kayfiyat hamroh
boʻladi, degan qarashlarning bir koʻrinishi hisoblanadi
3
.
Xulosa qilib aytganda Nurota vohasining yirik qishloqlaridan boʻlgan:
Nurota, Joʻsh, Qushtamali, Toz, Chuya, Oqula, Soykechar qishloqlarining mahalliy
xalqlarining an’anaviy dehqonchilik marosimlari ularning oʻziga xos madaniyatga
ega boʻlganligidan dalolat beradi. Dehqonchilik bilan bogʻliq milliy urf – odatlarda
nafaqat xoʻjalik yuritish an’analari, turmush tarzi, etnik tarixi, urf – odatlari, diniy
qarashlari, xalqimizning azaldan oʻtroq dehqonchilik, chorvachilik, bogʻdorchilik
3
Shavkat Ismoilzoda. Nurota tarixidan sahifalar. – T.: O‘zdavmatbuotli nashriyoti, 2010. 117 34 bet.
10
7.1
2
11
madaniyatlari oʻz aksini topadi. Ulugʻ ajdodlarimizdan meros boʻlib kelayotgan turli
urf – odatlar va rasm – rusumlar avlodlar tomonidan qadrlanayotganligi quvonarli
holdir.
Nurotaliklarning eng ulugʻ ma’rosimlaridan biri toʻylar sanaladi va bu toʻylar
oʻzgacha ruhda oʻtadi. Nurotaliklarning toʻy ma’rosimlar bilan bogʻliq urf odatlari
mavjud. Jumladan mamlakatimiz boshqa hududlari singari nurotaliklarda toʻyga
toʻyona bilan borish urf-odat va an’ana tusiga kirib qolgan. Oʻzbek xalqi qadimdan
toʻyga toʻyona bilan borgan
4
. Toʻyona - toʻyga, toʻy egasiga sovgʻa-salom bilan
borish degani. Ba’zi viloyatilarimizda odatni toʻyona emas, qoʻshan (qoʻshish) deb
ham yuritiladi. Toʻy boʻlayotgan xonadonga qarindosh-urugʻlar, doʻst birodarlar
yakka-yakka, ba’zan guruh-guruh, jamoa boʻlib, ishxona, xizmatdoshlar vakillari bir
boʻlib, turli sovgʻa-salom qilishlari mumkin.
Toʻyona qilish qadim zamonlarda toʻyga, hoʻqiz, qoʻy keltirish misolida
boʻlgan. Uning miqdorii ham toʻy egasining va toʻyonachining moddiy imkoniyatlari,
iqtisodiy-moddiy mavqeyi, darajasiga va albatta, zamonga qarab boʻlgan. Nikoh
qadimdan poklik ramzi boʻlib, qizlar bokiraligi zilol suvga qiyoslanishi va qadrlanishi
bejiz emas. Nikoh ming-ming yillar ilgari hayot taqozosi va turmush tajribalari
asosida kelib chiqqan. Vaqt oʻtishi bilan oila mustahkamligining shartlaridan biriga,
Sharq turmush madaniyatining yuksak belgisiga aylangan.
An’anaviy urf-odat va irimlar nafaqat xursandchilik va shodiyonalik
boʻlibgina qolmay, balki muayyan maqsadga qaratilgan sehrgarlik tusidagi rasm-
rusumlardan ham iborat. Masalan hozirgacha koʻpgina toʻylar oʻtkaziladigan
odatlardan qudalarga oq oʻratish, toʻqqiz tortar, kelin-kuyovga, quda va qavmu
qarindoshlarga falon sidra sarpo qilish, dasturxonga solinadigan non patirlarning soni,
isiriq tutatish, kelinning olov atrofida aylantirilishi, kuyov tizzasiga oʻgʻil bolani
oʻtkazish, kelin-kuyov ustiga pul-chaqa va shirinliklar sochish, ularni koʻzguga
qaratish va tuxum yegizmoq kabilar garchi oʻz mohiyatini yuqotsada, qadimdan
muayyan sehrgarlik maqsadida oʻtkazilib kelinayotgan irimlardir. Nurotaliklar xalqqa
katta osh bergach, nikoh bazmi, qavmu qarindoshlar ishtirokida alohida oʻtkaziladi.
Toʻy marosimi hamisha shod-xurramlik, yoshlik, goʻzallik, kelajakka yaxshi
umid va ezgu orzular ramzi sifatida oʻtkaziladigan ajoyib oilaviy bayramdir. Gʻoyat
goʻzal boʻlgan bu marosim barcha xildagi xalq san’ati, ashula, raqs bilan oʻtkaziladi.
U aslida, asrlar osha sinovdan oʻtgan, mohiyati chuqur oʻylangan, milliy asosda
4
Rashidov S.R. “Kattaqo’rg’on tumanidagi joy nomlari va urug’lar”. Journal of universal science research. ISSN (E):
2181-4570, 2023.
11
7.1
2
11
nishonlanadigan marosim hisoblanadi, har bir davrda takomillashib, muttasil boyib
kelgan.
Nurotaliklarning toʻylarida kelinni tushirib olish marosimi ayniqsa
qiziqarlidir. Qadimiy ajdodlarimiz oʻt-olovga sigʻingani bois, otda, togʻa yetaklovida
kelgan kelinni kuyov bola otdan tushirib, darvoza oldida yoqib qoʻyilgan katta gulxan
atrofida uch bora aylantirib, soʻngra chimildiqqacha olib kirgan. Bu bilan
ajdodlarimiz yangi oilani olov taftida har xil ins-jinslardan, yomon koʻzlardan
tozalagan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Inomov K., Mirzaev T., Sarimsoqov B., Safarov O. O‘zbek xalq o‘zining poetik
izhodi. T.: Okituvchi, 1990 yil.
2.
Jabborov.I. O‘zbeklar: turmush tarzi va madaniyati Toshkent: “O‘qituvchi”, 2003.
3.
Muxammadjanov A. Quyi Zarafshon vodiysining sugorilish tarixi. Toshkent: Muxlis.
1972 yil.
4.
Rajabob K, Abdieva 3. Nurota // O‘zbekiston ko‘plab ensiklopediyalar. T.6. -T.:
O'zME Nashrko'ti, 2001 y.
5.
Rashidov S.R. “Kattaqo’rg’on tumanidagi joy nomlari va urug’lar”. Journal of
universal science research. ISSN (E): 2181-4570, 2023.
6.
Shavkat Ismoilzoda. Nurota tarixidan sahifalar. – T.: O‘zdavmatbuotli nashriyoti,
2010.
7.
Suyunov S. Nurota korizlarini o'rganish // Uzbekistan - qadimda va o'rta asrlarda.
Samarqand: 1992 yil.
