JIZZAX VOHASI URF ODAT VA AN’ANALARI

Annotasiya

Jizzax vohasidagi aholi maskanlarida o‘tkazib kelinayotgan to‘ylar, xususan, nikoh to‘ylari, kelin-kuyov bilan bogʼliq ko‘plab rasm-rusumlarga duch kelish mumkin. Maqolada ko‘p joylarda hozirgacha amal qilinadigan anʼanaviy “fotiha oshi”, “sarpo yuborish”, “maslahat to‘yi”, “quda tanishuvi”, “hayitlik”, “qizlar bazmi”, “padar oshi” singari rasmrusmlar yoki to‘ydan keyin o‘tkaziladigan “chimildiq yigʼdi”, “kelin salomi”, “kelin ko‘rdi”, kabi urf-odatlar o‘tkazish haqida gap boradi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2023
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
f
12-18
168

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Kengashev Islom Mamasoli oʻgʻli. (2024). JIZZAX VOHASI URF ODAT VA AN’ANALARI. Международный журнал теории новейших научных исследований, 2(11), 12–18. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/ijrs/article/view/60212
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Jizzax vohasidagi aholi maskanlarida o‘tkazib kelinayotgan to‘ylar, xususan, nikoh to‘ylari, kelin-kuyov bilan bogʼliq ko‘plab rasm-rusumlarga duch kelish mumkin. Maqolada ko‘p joylarda hozirgacha amal qilinadigan anʼanaviy “fotiha oshi”, “sarpo yuborish”, “maslahat to‘yi”, “quda tanishuvi”, “hayitlik”, “qizlar bazmi”, “padar oshi” singari rasmrusmlar yoki to‘ydan keyin o‘tkaziladigan “chimildiq yigʼdi”, “kelin salomi”, “kelin ko‘rdi”, kabi urf-odatlar o‘tkazish haqida gap boradi.


background image

12

7.1

2

11

JIZZAX VOHASI URF ODAT VA AN’ANALARI

Kengashev Islom Mamasoli oʻgʻli

Samarqand davlat universiteti
Arxeologiya kafedrasi magistranti
+998 94 576 98 98

Annotatsiya:

Jizzax vohasidagi aholi maskanlarida o‘tkazib kelinayotgan to‘ylar, xususan,

nikoh to‘ylari, kelin-kuyov bilan bogʼliq ko‘plab rasm-rusumlarga duch kelish mumkin. Maqolada
ko‘p joylarda hozirgacha amal qilinadigan anʼanaviy “fotiha oshi”, “sarpo yuborish”, “maslahat
to‘yi”, “quda tanishuvi”, “hayitlik”, “qizlar bazmi”, “padar oshi” singari rasmrusmlar yoki
to‘ydan keyin o‘tkaziladigan “chimildiq yigʼdi”, “kelin salomi”, “kelin ko‘rdi”, kabi urf-odatlar
o‘tkazish haqida gap boradi.

Kalit soʻzlar:

Darvishona, tanglay ko’tarish, taomlar, marosimlar, chillaguzaron, momolar

oshi, sumalak, Jizzax vohasi, urf-odatlar, xo’jalik an’analar, madaniy meros, kigiz bosish, quroq
tikish.

Jizzax vohasining iqtisodiy hayoti serhosil dalalaridan tashqarida savdo va

tijorat markazlari vazifasini o'taydigan jonli bozorlarga qadar cho'zilgan. Ushbu
bozorlar nafaqat iqtisodiy almashinuv joylari, balki madaniy hamkorlik markazlari
hamdir. Har bir bitim an'analarga boy bo'lib, xaridorlar ham, sotuvchilar ham
belgilangan urf-odatlarga rioya qilishadi. Bunday an'analardan biri bu bitimlar
paytida tuz va nonni tantanali ravishda almashtirishdir. Ushbu ramziy harakat ishtirok
etgan tomonlar o'rtasidagi o'zaro hurmat va xayrixohlikni anglatadi. Bundan tashqari,
bozorlar rang-barang matolar va an'anaviy hunarmandchilik bilan bezatilgan bo'lib,
mintaqaning madaniy xilma-xilligini aks ettiruvchi jozibali muhit yaratmoqda.

Kigiz bosish qo’y jonidan asosan yosh qo’zilarning jonidan tayyorlansa

yumshoq chiqqan, qo’y juni yaxshilab yuvilib, tozalanib titilgan va yuvilib bo’yoqqa
tashlangan, bo’yoq vazifasini esa har xil daraxt jumladan shaftoli va yong’oq
bargidan

toq

sariq

gulidan

ranglar

olingan,

bo’yab

bo’linganda

so’ng qop (kandir) ustiga yoyilgan va bo’yalgan junlardan har xil ramzlar, rasmlar
chiqarishgan hamda qaynoq sho’r suv quyilgan hamda ayollar bilaklari bilan
yumaloq qilib buklashgan hamda ayollar va yosh bolalar tomonidan tepilgan. Quroq
tikishda bir biriga kelin-kuyov qurashib, ilashib yursin deya bolalari ko’p bo’lsin, har
xil balo ko’zlardan saqlasin deb har xil rangli matolar bilan to’rtburchak shaklda
quroq tikishgan, quroq asosan sep uchun yosh oilalarga qilingan

1

.

Jizzax vohasi aholisi orasida saqlangan nikohga aloqador rasm-rusmlar

orasida “kelinning oldiga chiqish (burundiq)”, “sep yigʼish”, “turkunlash” va hokazo
odatlari bo‘yicha olib borilgan izlanishlarning ko‘lami unchalik keng emasligi ko‘zga

1

To‘rayev M. “Milliy madaniyatimizning asriy an'anasi”. “Folklor, til va madaniyat masalalarini ilmiy o‘rganishda fan

va innovatsiyalar uyg‘unligi”. Ilmiy-amaliy konferentsiya to‘plami. Toshkent, 2021, 501-bet.


background image

13

7.1

2

11

tashlandi. Аyniqsa, qipchoq lahjasida so‘zlashuvchi o‘zbeklarda oila va nikoh bilan
bogʼliq saqlanib qolgan ayrim urf-odatlar mamlakatimizda va qo‘shni o‘lkalarda
yashayotgan ko‘pchilik o‘zbek aholida mavjud anʼanalardan birmuncha farq qiladi.
Hozirgi vaqtda o‘zbeklarda keng tarqalgan nikoh to‘ylari asosan anʼanaviy udumlarni
saqlagan holda yangicha marosimga muvofiq kelin bilan kuyov ixtiyori, ota-onalar,
yaqin qarindosh va do‘st-u birodarlar maslahati bilan o‘tkaziladi. Ko‘p joylarda
hozirgacha amal qilinadigan anʼanaviy «fotiha oshi», «sarpo yuborish», «maslahat
to‘yi», «quda tanishuvi», «hayitlik», «qizlar bazmi», «padar oshi» singari rasm-
rusmlar yoki to‘ydan keyin o‘tkaziladigan «chimildiq yigʼdi», «kelin salomi», «kelin
ko‘rdi», «challar» yoki «kuyov chaqiriq» kabi urf-odatlar o‘tkaziladi. Аlbatta, bunday
nikoh to‘ylari juda ham katta xarajat talab qiladi. Odat tusiga kirgan mazkur
marosimlar ko‘p bolali oilalar uchun ancha ogʼir yuk bo‘lib, ko‘pincha ularning
qarzga botishiga olib keladi. Hozirgacha saqlanib kelgan qalin esa uning ustiga yana
ham ortiq xarajat bo‘lib yuklanadi. Uni hozir «kuyov sovgʼasi», «sut haqi» deb
zamonaviylashgan ko‘rinishda namoyish qilmoqdalar. Аslida qalin islomgacha turkiy
xalqlar orasida keng tarqalgan odatlardan. Masalan, VI acpga oid O‘rxun-Yenisey
yozuvlarida, Mahmud Koshgʼariy asarlarida u tilga olingan. Baʼzi tadqiqotchilar
qalinni ayollarning jamiyatda qadr-qimmatini ish kuchi sifatida baholash bilan
bogʼliq odat desa, ayrimlari ularning ijtimoiy tengsizligi boshlanishi bilan yuzaga
kelgan, degan fikrni bildiradilar. Buni asoslash uchun qadimiy odat bo‘yicha qalin
haqi uchun ishlab berish yoki pul shaklida to‘lashga majbur bo‘lish misol qilib
ko‘rsatiladi. Аyrim paytlarda qalin o‘rniga o‘zaro qiz almashtirish, yaʼni qarshi
qudalik odatiga amal qilib qalin to‘lanilmagan. Islom dini paydo bo‘lgach qalin
to‘lash qonunlashtirilgan. Bu odat hozirgacha saqlanib, Janubiy O‘zbekiston, Xorazm
va Qoraqalpogʼistonda katta pul hisoblanadi. Markaziy Osiyo va unga qo‘shni
hududlarda yashovchi xalqlarning, xususan, turkiy xalqlarning oila va nikoh bilan
bogʼliq urf-odat va anʼanalarida ko‘p jihatlardan o‘zaro o‘xshashlik
ko‘zga tashlanib, buni Jizzax vohasining o‘zbek, qozoq, qirgʼiz va tojik oilalarida
saqlanib qolgan turli marosim va anʼanalar ham tasdiqlaydi. Jizzax vohasidagi aholi
maskanlarida o‘tkazib kelinayotgan to‘ylar, xususan, nikoh to‘ylari bilan tanishib
chiqish jarayonida kelin-kuyov bilan bogʼliq ko‘plab rasm-rusumlarga duch kelish
mumkin. Qiz uzatish va kelin tushirishga aloqador urf-odatlar va marosimlarning
aksariyat ko‘pchiligi vohada mamlakatimizning boshqa viloyatlaridagi bilan deyarli
bir xil. Аyniqsa, sovchi qo‘yish, unashtirish, nikoh to‘yi va hokazolarda umumiylik
ko‘zga tashlanishi va quda-andachilik bilan bogʼliq anʼanalarning nisbatan yaxshi


background image

14

7.1

2

11

o‘rganilganligi bois, mamlakatimizda nisbatan kam uchraydigan urf-odat va
anʼanalarga to‘xtalishni lozim topdik

2

.

Ushbu odat turkiy xalqlarning ayrimlarida, xususan, qoraqalpoqlarda

“murindiq”, “murindiq ata”, “murindiq ana” shakllarida uchrab, maʼnosi “yangi
qurilayotgan oilaga maʼnaviy va ramziy maʼnoda ota-ona bo‘lish, vasiylik qilish”dir.
Boshqirdlarda morondoq (murunduq) ata / ana / qiz so‘zlari “tutingan ota / ona / qiz”
degan

maʼnolarni

bildirib,

boshqird

oilalarida

ushbu

odat

ancha

keng yoyilgan.

Ushbu odatga ko‘ra, kelinning yangi oilaga kelib qo‘shilishi bir necha o‘ziga

xos irimlar bilan o‘tkazilib, kelin-kuyovga qizning ayniqsa yangasi va boshqa
qarindosh ayollarning alohida eʼtibor berishi, katta oilalardan biri uning «murunduq”
yoki

“vakil

onasi»

qilib,

oiladagi

erkakning

ikkinchi

ota sifatida tayinlanishi yoshlarni oilaviy hayot sirlariga o‘rgatishga qaratilgan
qadimiy ajoyib odatlardan hisoblanadi. Qadimgi turkchada “burunduq” ko‘rinishida
qo‘llanilgan ushbu so‘z “jilov, no‘xta” degan maʼnoni bildirgan.

“Burundiq” yoki “oldiga chiqqan ota-ona” tayinlashning ham bir qator

shartlari mavjud bo‘lib, bu vazifa yuklatiladigan oilaning birmuncha yoshroq
juftliklardan tanlanishi, ularning kuyovning yaqin-qarindoshlari yoki jamoada
nufuzliroq oila vakillari bo‘lishlari, o‘z hulq-atvori, obro‘si, ko‘pchilik havas
qiladigan odob-ahloqqa ega bo‘lishlari va hokazolarga eʼtibor qaratilgan.

Milliy marosimlar taraqqiyotida moddiy va ma’naviy madaniyat, tabiiy muhit,

xo‘jalik munosabatlari ta’siri beqiyos bo‘lib, vaqt o‘tgan sari ular tobora
mustahkamlanib, avlodlarga meros bo‘lib o‘tib kelgan va shu tariqa ularning
barqarorligi ta’minlangan. Vohada homilador ayollarga bolaning tug‘ilishini
kechiktiradi deb, ot, tuya go‘shti yeyish ta’qiqlangan. Bunday udum butun Markaziy
Osiyo xalqlariga xos bo‘lgan. Qadimdan homilador ayolga ot, tuya,
quyon, o‘rdak, baliq go‘shtlari, kalla-pocha singari ovqatlarni iste’mol qilish man
qilinib, parhez buzilsa, bo‘lajak bola ba’zi bir jismoniy nuqsonlar bilan tug‘ilishi
mumkin, degan tushuncha bo‘lgan. Yana shuni aytish joizki, baliq go‘shti shunchalik
halol hisoblanganki, hatto yangi tuqqan ayol qirq kun o‘tmaguncha baliq go‘shti
yemagan. Chunki bu davrda ayol harom hisoblanib, halol taomni harom qilib
qo‘yadi, degan tasavvur bo‘lgan . Lekin bugungi kunda quvvat bo‘ladi deb,
homilador ayolga baliq yedirish holatlari ko‘p kuzatilmoqda.

Voha dehqonlari dehqonchilik homiysi sifatida Bobodehqonga sig‘inishgan.

Bundan tashqari, Xo‘jai Xizr dehqonchilikda mo‘l-ko‘lchilik homiysi sanalgan.

2

Abdurahmonov Q.X. Abduramanov X.X. "Demografiya" - Noshir Toshkent — 2011 yil. 246 bet.


background image

15

7.1

2

11

Hazrati Sulaymon ota esa suv va miroblar homiysi sifatida ulug‘langan. Shuningdek,
dehqonchilikda asosiy ekin hisoblangan bug‘doydan mo‘l hosil olishni niyat qilgan
holda xayr xudoyi, darvishona, shoxmoylar, azizavliyolar va ajdodlar ruhiga atab is
chiqarish kabi marosimlar ham bajarilgan.

Xalqimiz orasida go‘zal urf-odatlardan biri farzandni kelajakda eson-omon

ulg‘ayishi uchun Tanglay ko‘tarish marosimida bolaning haqiga duo qilishdir. Yangi
tug‘ilgan chaqaloqni tanglayini ko‘tarishda hurmo mevasidan foydalanish aytiladi.
Biror shirinlikni olib, barmoq uchida bolaning tanglayiga tekkizib qo‘yiladi

3

.

Madinalik musulmonlar o‘zlarining go‘dak bolalarini doimo Payg‘ambarimiz (s.a.v)
huzurlariga olib kelar edilar. U zot esa ularni qo‘llariga olar, o‘pib erkalar,
tanglaylarini

ko‘tarar

va

haqlariga

duo

qilar

edilar.

Umuman, farzandning sog‘lom tug‘ilishi, unib-o‘sishi bilan bog‘liq vohada bir
qancha amallar bajariladi. Aholi orasida to‘kin-sochinlik va hosildorlik ramzi sifatida
ifodalanadigan bug‘doydan qovurmoch (mahalliy qo‘ng‘irot shevasida qo‘rmoch)
qilingan. Mazkur taom juda qadimiy taom bo‘lib, bug‘doy namakobli (tuzli) suvda
ivitilib, so‘ngra qozonga solib qovurilgan. Vohada hozirga qadar bu an’ana saqlanib
qolgan. Ayniqsa, oilada yangi farzand dunyoga kelganda, chilla davri tugab, chaqaloq
va onasi bu davrdan eson-omon o‘tib olgach, bu uyda bug‘doydan qovurmoch qilinib,
qo‘ni-qo‘shni, bolalarga tarqatilgan va chaqaloq bilan birga onasinikiga, umuman
olganda, eng yaqin kishilaridan birinikiga yoki piru-badavlat xonadonga mehmonga
borishgan. Hech bo‘lmaganda qo‘shninikiga chiqib kelishadi, ya’ni, chillani qochirish
kerak. Bu o‘zbeklarda Chilla qochdi, tojiklarda esa Chillaguzoron deb ataladi.

Aholi orasida qo‘yning kalla-pochasi bilan bog‘liq udumlar ham saqlanib

qolgan. Biror odam bo‘ynining yuqori qismiga yara chiqsa, qo‘yning kallasi
yaxshilab tozalanib, pishirilgan va keksalarning duoi- fotihasidan so‘ng bemorga
shifo tilab, iste’mol qilingan. Marhumga atab Qur’on xatm qilinayotganda ham
so‘yilgan qo‘yning kalla-pochasidan tayyorlangan taom erkaklar oldiga qo‘yiladi va
hamma o‘tirganlar taomdan totib ko‘rishlari kerak bo‘ladi. Kallapochaning ko‘zini
yosh bolalar, ota-onasi borlarga berishmagan, chunki ikkala ko‘zga ota-ona
deb qaralib, bir ko‘zi ota, bir ko‘zi ona deyilgan va yetimlarga yoki keksa kishilarga
tortiq qilingan. Eng shirin joyi tilini tili burro bo‘lsin deb bolalarga beriladi. Qo‘y
so‘yilganda, oiladagi farzandlarga o‘pkalamay yur deb o‘pkasidan, ko‘z nuring
ravshanlashadi deb jigaridan, kichigiga esa soching tez o‘sadi deb, socho‘saridan
taqsimlab chiqiladi. Socho‘sar tekkanidan xursand bola, endi sochim tez o‘sadi deb,

3

Rashidov S.R. “Kattaqo’rg’on tumanidagi joy nomlari va urug’lar”. Journal of universal science research. ISSN (E):

2181-4570, 2023.


background image

16

7.1

2

11

shimib yuradi. Shuningdek, qo‘yning yetim qovurg‘asi yetimning haqi, yetimning
ko‘zi to‘q bo‘lsin deb, otaonasi hayot kishilarga berilmagan.

Jizzax vohasi aholisining marosimlaridan farzand tug’ilmasdan oldin

qilinadigan “momolar oshi”, ayniqsa, mashxurdir. Mazkur marosim homilador
ayolning yo’lini yorug’ qilib, tug’ilajak fazandi sog’-omon tug’ilishi uchun zamin
yaratadi, degan qarash mavjud bo’lib, ona homilador payti qaynonalar tomonidan
bajariladigan marosimdir .”Momolar oshi” deb ataladigan marosimda mahalla va
qishloqning eng keksa momolari taklif qilinadi, ular uchun un oshi tayyorlanadi. Un
oshi taomining tayyorlanishi qatiqli oshga o’xshash bo’lib unda piyoz moyga
qovurilib suv qo’shiladi, unga qatiq qo’shib qatiqli osh qilinadi, tayyor qatiqli oshga
doimgidek guruch emas, xamir kesib solinadi va ta’bga ko’ra tuz solinadi. Tayyor
taom uchun qayla tayyorlanadi,buning uchun kuydirilgan sariq moy tovada eritilib
unga go’shtdan tayyorlangan qiyma go’shtlar solinadi, kosalarga avval qatiqli osh
ustidan qayladan quyib beriladi .Mazkur taomdan tashqari marosimda palov va
cho’zma ham tayyorlanadi.Qaylali qatiqli osh iftor

paytlari ham keng miqyosda

iftorlik

qiladigan

oilalarda

deyarli

har

safar

tayyorlanadi.

Aynan

iftorlik marosimlarida qilishning ham o’z sabablari bor. Ya’ni, kun bo’yi ro’zador
uchun xamirli bo’lgani uchun to’yimli, qatiqli bo’lishi oshqozonga botmasligi uchun,
go’shtli, qiyma, kuydirilgan sariq moyda pishirilishi esa inson uchun juda foydali
hisoblanadi

4

.

Mustaqillik sharofati tufayli milliy va diniy bayramlarimiz qayta tiklandi.

Navro’z bayramida yana milliy taomlarimiz sumalak va halim tayyorlana boshlandi.
Xalqimiz Navro’z bayramini ham, sumalakni ham aynan bahor oyida qilgani ham
diqqatga sazovordir. Chunki qishdan keyin bahorgi ilik uzildi davrida ham
darmondorilarga boy giyohlar unib chiqqunicha turli o’simliklardan taomlar
tayyorlangan. Aynan shu ilik uzildi davrida esa inson vitaminlarga boy
mahsulotlarga ehtiyoj sezgan.Sumalak insonlarning oshqozon-ichak yo’llarining
yaxshilanishida va immunitetni mustahkamlashda juda foydali hisoblanadi. Uch ming
yillik tarixga ega sumalak oddiy ko’kartirilgan bug’doy va arpa maysasidan
pishirilgan. Suvda ivitilgan bug’doy yoki arpa manosini anglatuvchi qadimgi turkiy
so’z bo’lib, ivitilgan bug'doy nomi, sharbat qilish uchun undirilgan arpaga ham suma
deyiladi, hamda odamlar barokatga erishish uchun tos yoki boshqa idishlarga arpa
ekkan. Demak bundan ko’rinib turibdiki suma dastlab bug’doydan emas arpadan
tayyorlangan.

Ayrim

tarixchilar,

sumalak

forscha

nomi

samoni-bug’doy maysasi so’zidan kelib chiqqan deyishsa, u sumalak (o’ttiz farishta)

4

Toshtemirov N. B. "Jizzax xalq qoʻshiqchiligida folklor" Toshkent 1993-yil.

122 b.


background image

17

7.1

2

11

manosini anglatuvchi taxminlar ham bor. Sharqshunos olim O.Bo’riyev XVIII asr
oxirida fors tilida ijod qilgan Husayn al-Oqiliyning Davolar xazinasi kitobidan
quyidagi:samanu-nayda ning forscha nomidir.Uni samanu bavo yoki samani bo’yo
deyishadi.

Ko’pgina

mamlakatlarda

sevimli

va

mashxurdir. Xalqimiz orasida tarqalgan bir afsonaga ko’ra,Payg’ambarimizning
qizlari, Hazrati Alining juft haloli Bibi Fotimaning o’g’illari Hasan-husan och
qolganlarida o’tlarni qozonga solib qaynatganligi, ertalab ochib qarasa, farishtalar
taomi-sumalak hosil bo’lganligi aytiladi.Boshqa bir rivoyatda aytilishicha sumalak
simalak so’zidan olingan bo’lib, o’ttiz malak degan ma’noni anglatib, tongda hamma
charchab uxlab qolganda, farishtalar sumalakka tuz soladilar va u
shirin bo’ladi, deyilgan. Xalq orasida sumalakning kuchi kelgusi Navro’zgacha
yetadi, degan naql bor. U darmondori, yangi fasl, yangi yil darakchisi sifatida
pishirilgan, uni eski yildan chiqdik, yangi yilga yetdik,degan niyat bilan
tayyorlashgan. Sumalak muqaddas marosim taomi sifatida uni tayyorlashga har kim
ham qo’l uravermagan.Uni saksonga saboq, to’qsonga taboq beradigan keksa, ko’pni
ko’rgan, aql farosatli, pokiza va ko’p bolani tarbiyalab voyaga yetkazgan onaxonlar
tayyorlashgan. Bir kun davomida pishiriladigan sumalak atrofida o’yin-kulgi va
xursandchilik bilan birga, ajdodlar ruhiga duolar o’qilgan va yilning yaxshi kelib,
farovon hayot bo’lishini Ollohdan tilab, yuzlariga fotiha tortishgan.

Sumalak pishirishdan oldin qatlama va cho’zma pishirib, is chiqarishgan va

Bibi Fotimaning pok ruhlariga duoyi-fotiha qilinib, kayvoni ayol Mening qo’lim
emas, Bibi Fotimaning qo’li deb, kapgirni ishlatishni boshlashgan. Bug’doy donini
ko’kartirish o’ziga xos jarayon bo’lgan. Kuzda ekilgan bug’doy tozalanib, uy
haroratida yoyib qo’yilgan va vaqti vaqti bialn suv sepib turilgan.Bu ko’kartirish
jarayonini

ham

toza

pokiza

inson

tahoratli

ahvolda

suv

sepib ko’kartirgan. Bug’doyning haddan tashqari o’sib ketmasligiga ham etibor
berilgan.Agar o’sib ketsa, sumalak pishgach achchiq bo’lib chiqqan. Sumalak uchun
undiriladigan bug’doyga nopok insonlarning ,tahoratsiz insonlarning ko’zi
tushmasligi uchun don pana joyda o’stirilgan.

Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz kerakki, Jizzax vohasi aholisida mavjud

bo‘lgan nikoh va oila qurishga aloqador urf-odat va marosimlar bilan qisqacha
tanishib chiqish shundan darak beradiki, ajdodlarga xos anʼanalar bugungi kunda ham
o‘z ahamiyatini yo‘qotmasdan oila va qarindosh-urugʼchilik rishtalarimizning yanada
mustahkam bo‘lishini taʼminlab kelmoqda. Vohada to‘y marosimlarining tarixi va
ananalari o‘ziga hos alohida takidlab o‘tsak buladi.


background image

18

7.1

2

11

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Abdurahmonov Q.X. Abduramanov X.X. "Demografiya" - Noshir Toshkent — 2011
yil.

2.

Isoqov B.R.Isoqova N.B. ”Navro’z bayramining marosimiy taomlari” // O’zbekiston
etnologiyasining dolzarb muammolari.Toshkent-Namangan 2007.

3.

Mirzaahmedova D.V. “O'zbek oilasida rivojlanishi va bola tug'ilishi bilan bog'liq urf-
odatlar “ // Markaziy Osiyoda an'anaviy va zamonaviy ethnomadaniy zharayonlar. 2-
qism. – Toshkent, 2005.

4.

Rashidov S.R. “Kattaqo’rg’on tumanidagi joy nomlari va urug’lar”. Journal of
universal science research. ISSN (E): 2181-4570, 2023.

5.

To‘rayev M. “Milliy madaniyatimizning asriy an'anasi”. “Folklor, til va madaniyat
masalalarini ilmiy o‘rganishda fan va innovatsiyalar uyg‘unligi”. Ilmiy-amaliy
konferentsiya to‘plami. Toshkent, 2021.

6.

Toshtemirov N. B. "Jizzax xalq qoʻshiqchiligida folklor" Toshkent 1993-yil.

Bibliografik manbalar

Abdurahmonov Q.X. Abduramanov X.X. "Demografiya" - Noshir Toshkent — 2011 yil.

Isoqov B.R.Isoqova N.B. ”Navro’z bayramining marosimiy taomlari” // O’zbekiston etnologiyasining dolzarb muammolari.Toshkent-Namangan 2007.

Mirzaahmedova D.V. “O'zbek oilasida rivojlanishi va bola tug'ilishi bilan bog'liq urf-odatlar “ // Markaziy Osiyoda an'anaviy va zamonaviy ethnomadaniy zharayonlar. 2-qism. – Toshkent, 2005.

Rashidov S.R. “Kattaqo’rg’on tumanidagi joy nomlari va urug’lar”. Journal of universal science research. ISSN (E): 2181-4570, 2023.

To‘rayev M. “Milliy madaniyatimizning asriy an'anasi”. “Folklor, til va madaniyat masalalarini ilmiy o‘rganishda fan va innovatsiyalar uyg‘unligi”. Ilmiy-amaliy konferentsiya to‘plami. Toshkent, 2021.

Toshtemirov N. B. "Jizzax xalq qoʻshiqchiligida folklor" Toshkent 1993-yil.