ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, Fevral 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
54
BOSHLANGʻICH TAʼLIMNI TASVIRIY SANʼAT BILAN INTEGRATSIYALASH
Masharipova Sevinch
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining
boshlangʻich taʼlim fakulteti 3-D kurs talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’limda tasviriy san’atni oʻqitish jarayonida
fanlararo aloqadorlikning ahamiyati, predmetlararo uzviylikni oʻrnatish yoʻl-yoʻriqlari haqida
ma’lumot berilgan.
Kalit soʻzlar:
integratsiya, uzviylik, dars, tasviriy san’at, kreativlik, pedagogik mahorat.
Integrasiya - bu fanlarning differensial jarayon davomida yaqinlashuvi va bog‘liqligidir.
Integratsiya jarayoni fanlar orasidagi aloqani yangi, yuqori sifatda bir-biriga bog‘lash bosqichi
boʻlib, oʻzini yuqori koʻrinishda namoyon etadi. Shuni alohida qayd etish kerakki, integratsiya
jarayoni asoslari uzoq oʻtmishdagi xalq pedagogikasi va ilmiy pedagogikaga asoslangan.
Integratsiya fanlararo bog‘liqlikdir. Fanlararo bog‘liqlik asoslari tabiatni toʻla holda oʻquv
darsliklarda koʻrsatish va tushuntirish zaruratidan paydo boʻlgan.
Ta’lim integratsiyasi - fanlararo aloqaning yuqori darajasi, bir butun integrallashgan bilimlarni
yaratishga imkon beruvchi vosita. Integratsiya tushunchasiga berilayotgan ta’riflar turlicha;
ushbu ta’riflarning umumiylik tomoni - integratsiya bu atrofimizdagi borliqqa yaxlit qarashga
erishishdan iborat. Integratsiyaning asosini fanlararo aloqadorlik tashkil etadi va oʻzining
rivojini integratsiya g‘oyasida topadi. Integrativ mazmunga ega boʻlgan predmetlarni oʻrganish
boʻlajak mutaxassislar bilimi, ish uslublari, shaxsiy fazilatlari yaxlit, bir butunligini ta’minlovchi
omil sifatida qaraladi.
Boshlang‘ich sinflarda fanlarni integratsiyalashda samaradorligini oshiradi, vaqtdan unumli
foydalanishga olib keladi, darsni chuqur oʻzlashtirishga yordam beradi, boʻsh vaqt orttiriladi va
toʻgaraklarga jalb etiladi. Boshlang‘ich ta’limda ona tili, oʻqish savodxonligi, tabiiy fan, tasviriy
san’at darslarini integratsiyalash mumkin. Masalan, Oʻzbekiston mening Vatanim mavzusini
oʻtishi uchun mavzu tushuntiriladi, tabiiy boyliklari va ularni qadriga yetish koʻrib chiqiladi va
mavzu asosida rasm ham chiziladi. Bu esa bolani mavzuni yaxshi tushunib olishiga yordam
beradi, kengroq va chuqurroq tushunishiga imkon ortadi, uzoq vaqt yodda saqlab qolishiga
yordam beradi. Bundan tashqari, bolada ijodiylik ya’ni kreativ fikrlash olish salohiyati ham
rivojlanib boradi.
Masalan: Daraxtda 3 ta qush bor edi. Ularga yana 2 ta qush kelib qo‘shildi. Daraxtda jami nechta
qush bor? Bu masala asosida o‘quvchilar qushlarni chizadi va ularda masalani yechish uchun
aniq tasavvurlar shakllanadi. Bunda o‘quvchilar aynan mukammal shaklga ega bo‘lgan qushlarni
chizishi shart emas, albatta. Bu faqat ularda berilgan masalaning mohiyatini anglashi uchungina
zarur. Yoki quyidagi shunga o‘xshash masalani ko‘rib chiqamiz:
Bir to‘plamda 6 ta finjon bor. Bir qutida 5 ta finjonlar to‘plami bor. Ikkita qutida jami nechta
finjon bor? Ushbu masalaning yechimini topish uchun o‘quvchilarda avvalo tasavvur hosil
qilinishi kerak. Dastlab bir to‘plamdagi finjonlarni kichikroq yashikda tasvirlaymiz. So‘ngra
shunday kichik yashiklarda katta bir qutida 5 tasini tasvirlaymiz. Masalaning aniq yechimini
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, Fevral 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
55
olish uchun xuddi shunday katta qutidan ikkitasidagi finjonlar sonini aniqlash kifoya. Bu usul
orqali o‘quvchilar keyinchalik avtomatik turda hisoblay olish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi. Bola bir
darsning oʻzida fasllar, geometrik shakllar, to‘plam haqida ma’lumotga ega bo‘ladi, mevalar
haqida biladi va rasm chizadilar. Shunday qilib, oʻquvchi birgina integratsiya darsida juda koʻp
ma’lumotlarga ega boʻladi va uzoq vaqt esda saqlab qoladilar.
Umuman olganda integratsiya darsi bir-biriga mos kelishi (mavzu jihatdan) va puxta reja asosida
tuzilgan boʻlishi kerak. Boshlang‘ich maktablarda oʻqitish va tarbiyalash integratsiyasi
muammolari nazariy va amaliy jihatdan hozirgi zamon nuqtai-nazaridan juda muhim boʻlib,
yangi ijtimoiy talablar asosida yanada dolzarblik kasb etadi. Bugungi kunda fan rivoji va ishlab
chiqarishdagi ulkan oʻzgarishlar tufayli kelib chiqayotgan talablar maktab ta’limi oldiga yangi
vazifalarni qoʻymoʻqda. Hozirgi zamon ilm berish sistemasi yuqori darajada fan asoslarini
oʻrnatishga, tafakkurni rivojlangan, olamni bir butunlikda anglashga va tasavvur etishga, tevarak
atrofda boʻlayotgan voqealarni to‘g‘ri anglashga, ularning mohiyatini anglab oladigan yoshlarni
tarbiyalashga yoʻnaltirilgan.
Integrasiyalashtirilgan darslar boʻlalar dunyoqarashida bir butunlikni, voqealar uzviyligini
tushunishini tabiatan anglab yetishga oʻrgatadi. Shuni alohida hisobga olish kerakki,
maktablardagi boshlang‘ich sinflarda darslarning integratsion bog‘lanishlari ilmiy jihatdan kam
ishlab chiqilgan. Mavjud turli fiklar va qarashlar esa bir-biriga zid va uzviy boʻlmaganligi
sababli integrasiya muammosi hamon olishlarimiz oʻrtasida bahsli masalalardan biri boʻlib
qolmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
S.Mirxayitova. Boshlang‘ich ta’lim pedogogikasi, innovatsiya va integratsiya. Farg‘ona –
“Farg‘ona nashriyoti”, 2021.
2.
D.M.Jamoliddinova, S.S.MeIiboyeva. Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va
integratsiyasi: Darslik. Toshkent – “Toshkent nashriyoti” , 2022.
3.
I.V.Repyova. Matematika. 2-sinf darslik. Toshkent – “Novda nashriyoti” , 2023.
4.
R.Mavlonova, D .A bdurahimova. Pedagogik mahorat. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent,
“Fan va texnologiya”, 2009.
5.
Sh.S.Sharipov, K.Davlatov, G.S.Nasriddinova. Kasbga yo‘naltirishning ilmiy-pedagogik
asoslari. O‘quv qo’llanma. – Toshkent, 2007.
