ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, Fevral 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
112
YASHIL IQTISODIYOT VA BARQAROR RIVOJLANISH-EKOLOGIK TOZA
IQTISODIYOT MODELI VA UNING IJTIMOIY HAMDA IQTISODIY TA’SIRI
Saparova To’tixon
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti Buxgalteriya hisobi va audit 1-kurs talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada yashil iqtisodiyotning mazmuni, uning barqaror rivojlanishdagi
o‘rni va O‘zbekiston sharoitida amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilingan. Maqolada yashil
iqtisodiyotning afzalliklari, uning ijtimoiy va iqtisodiy ta’siri, shuningdek, ekologik
muammolarni hal etishdagi roli yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar:
Yashil iqtisodiyot, barqaror rivojlanish, ekologik innovatsiyalar, qayta tiklanuvchi
energiya, chiqindilarni qayta ishlash, yashil investitsiyalar.
So’nggi yillarda global miqyosda ekologik muammolar va iqlim o’zgarishlari insoniyat oldida
dolzarb masalalardan biriga aylandi. Ushbu muammolarni hal etishda yashil iqtisodiyot
konsepsiyasi muhim ahamiyat kasb etmoda. Yashil iqtisodiyot – bu iqtisodiy o’sishni ta’minlash
bilan birga, atrof muhitni muhofaza qilish va ijtimoiy adolatni ta’minlashga qaratilgan
iqtisodiyot modelidir. Yashil iqtisodiyot atamasi iqtisodiy faoliyatning ekologik barqarorlik va
ijtimoiy farovonlikni ta’minlashga yo’naltirilganligini anglatadi.
Bu modelning asosiy tamoyillari:
Resurslardan samarali foydalanishni ta’minlaydi. Tabiiy resurslarni tejash va ukarni qayta
tiklashga e’tibor qaratish.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish: Quyosh, shamol, gidro va boshqa
qayta tiklanuvchi energiya manbalarni rivojlantirish.
Chiqindilarni kamaytirish va qayta ishlash: Ishlab chiqarish va iste’mol jarayonlarida
chiqindilarni minimallashtirish va ularni qayta ishlah tizimlarini joriy etish.
Ijtimoiy adolat va inklyuzivlik: Iqtisodiy o’sishdan barcha qatlamlarning manfaatdor
bo’lishini ta’minlash.
Yashil iqtisodiyot yangi ish o’rinlarini yaratish, innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish va
energiya samaradorligini oshirish orqali iqtisodiy o’sishga hissa qo’shadi. Atrof-muhitning
yaxshilanishi aholining sog’ligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, bu esa mehnat unumdorligini oshiradi
va sog’liqni saqlash xarajatlarini kamaytiradi. Shuningdek, yashil iqtisodiyot ijtimoiy tenglikni
ta’minlashga yordam beradi, chunki u barcha qatlamlarning iqtisodiy o’sishdan manfaatdor
bo’lishini ko’zda tutadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2025-yilni “Atrof-muhitni asrash va
yashil iqtisodiyot yili” deb e’lon qildi. Bu tashabbus mamlakatda ekologik muammolarni hal
qilish, iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlash va energiya resurslaridan oqilona
foydalanish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish va ekologik toza
texnologiyalarni joriy etish yo’nalishida sezilarni o’zgarishlarni amalga oshirishni
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, Fevral 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
113
rejalashtirmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabi Barqaror rivojlanish haftaligi
sammitida quyidagilarni ta’kidladi:
“Kam uglerodli rivojlanish bo’yicha uzoq muddatli strategiya va Yashil moliyalahtirish milliy
dasturini ishlab chiqdik. Investitsiya loyihalarida Yashil komponentlarni kelgusi besh yilda 50
foizgacha ko’paytiramiz”.
O‘zbekiston yashil iqtisodiyotga o‘tish orqali nafaqat ekologik muammolarni hal qilish, balki
iqtisodiy rivojlanishning yangi bosqichiga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Zero, barqaror
taraqqiyot faqatgina iqtisodiy o‘sish bilan emas, balki ekologik va ijtimoiy muvozanatni saqlash
bilan ham bog‘liqdir. Shu bois, bu yo‘nalishda islohotlarni yanada jadallashtirish va xalqaro
tajribalarni o‘zlashtirish mamlakat kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega. Yashil iqtisodiyotga
o‘tish nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo uchun muhim jarayon hisoblanadi. Bu model
ekologik barqarorlikni ta’minlash, tabiiy resurslardan samarali foydalanish, iqlim o‘zgarishining
oldini olish hamda iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy farovonlikni oshirishga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.United Nations Environment Programme (UNEP). (2011). Towards a Green Economy:
Pathways to Sustainable Development and Poverty Eradication.
2.OECD. (2015). Green Growth Indicators 2015.
3.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Abu-Dabi Barqaror rivojlanish
haftaligi sammitidagi nutqi. (president.uz)
4.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. (2023). "Yashil iqtisodiyot" konsepsiyasi
bo‘yicha milliy strategiya.
5.IPCC (Intergovernmental Panel on Climate Change). (2021). Climate Change 2021: The
Physical Science Basis.
