ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, Fevral 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
304
JAMIYATDA XOTIN-QIZLARNING TAZYIQ VA ZO’RAVONLIKLARNING
JABRLANUVCHISI BO’LIB QOLISHINI OLDINI OLISH MASALALARI
Obloqulova Mohinur Rashid qizi
IIV Akademiyasi Magistraturasi
tinglovchisi leytenant
Annotatsiya:
Mazkur ilmiy maqola jamiyatda xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini davlat
siyosati darajasiga olib chiqqan holda ularni yuridik va amaliy jihatdan himoya qilish hamda
ularning konstitutsion normalarda belgilangan huquqlarini mustahkamlash va shu bilan bir
qatorda amaliyotda ularning poymol etilishini oldini olish masalalarini, chet el davlatlari
huquqiy normalarning samarali faoliyatini implementatsiya qilgan holda O’zbekistonda amalga
oshirilayotgan islohotlarni yanada takomillashtirish va ijrosini osonlashtirish nazarda tutilgan.
Kalit so’zlar:
gender tenglik, javobgarlik, tazyiq va zo’ravonlik, himoya orderi, kamsitish,
profilaktik chora-tadbirlar, tazyiq va zo’ravonlik turlari.
Hozirgi taraqqiy etib borayotgan bir davrda jamiyatimizda amalga oshirilayotgan har bir islohot,
o’zgarish, avvalo, yurtimiz ravnaqi va porloq kelajagi uchun amalga oshirilayotgari hech kimga
sir emas. Jamiyatni har tomonlama yuksaltirish, mukammal birlikka aylantirish oson ish emas
albatta. Bu nihoyatda katta mehnat, yuksak salohiyat, o’ta kuchli matonat shu bilan birga shiddat
bilan telekommunatsion rivojlanishni talab qiladi.
Yangi O’zbekistonni o’z oldiga qo’ygan strategik maqsadlarini amalga oshirish uchun misli
ko’rilmagan o’zgarishlar amalga oshirilishi va bu natijalar bilan dunyo hamjamiyatida o’zining
o’rnini yanada mustahkamlashi darkor. Har bir taraqqiy etgan yoki etayotgan davlatlarning
tarixiga nazar tashlansa, davlatni yuksalishiga to’sqinlik qiladigan omil va sabablar doimo
bo’lgan. Mazkur omil va sabablar aksariyat hollarda davlat yoki jamiyatning eng zaif qatlamida
uchrab turadi. Bunday qatlamni xotin-qizlar, qariyalar, voyaga yetmaganlar, nogironlar tashkil
qiladi albatta. Biz yoritmoqchi bo’lgan masalardan biri bu – xotin-qizlar bilan bog’liq. Ularning
huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamiyatda o’z o’rinlarini topish va mustahkamlash
maqsadida keng va har tomonlama islohotlar amalga oshirilib kelmoqda. Jamiyatda xotin-
qizlarning huquqlarini himoya qilish, va ularning imkoniyatlarini keng tarmoqlararo kengaytirish
jamiyatni turli sohalarda taraqqiy etishini tezlashtiradigan asosiy tamoyillardan biri sanaladi.
Xotin-qizlarga qarshi har qanday ko’rinishdagi tazyiq va zo’ravonliklarni bartaraf etish inson
huquqlarini himoya qilish bilan bir qatorda jamiyatda shaxsga, uning hayoti va sog’lig’iga, jinsiy
erkinligiga qarshi sodir etilayotgan jinoyatlar soni sezilarli darajada kamayishiga erishiladi. Shu
o’rinda BMT ning sobiq bosh kotibi Ban Ki-moonning:"Ayollarni tazyiq va zo'ravonliklardan
himoya qilish, dunyo bo'ylab barqarorlik va tinchlikni saqlashning asosiy yo'lidir" degan fikri o’z
tasdig’ini topib bormoqda.
Shu jumladan, xotin-qizlarning jamiyatda ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning qonuniy
manfaatlarini to’laqonli ta’minlash, onalik va bolalikni har tomonlama qo’llab-quvvatlashning
samaradorligini oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil
14-iyundagi Qaroriga asosan, Ichki ishlar vazirligining hududiy birliklarida xotin-qizlar bilan
ishlash masalalari bo’yicha inspektor lavozimi joriy etilganligi, ularga bevosita, to’g’ridan-
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, Fevral 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
305
to’g’ri xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari, va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga
qaratilgan turli xil treninglar, uchrashuvlar, ko’rsatuvlar va shu kabi tadbirlar tegishli mutasaddi
vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonuniy, jismoniy, moliyaviy, ruhiy jihatdan qiyin ahvolga
tushib qolgan har bir xotin-qizga yordam ko’rsatishni tashkillashtirish, ular o’rtasida
huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni ko’rish vazifalari
yuklatilganligi bejiz emas. Shu bilan bir qatorda 2019-yil 2-sentyabr kuni O’zbekiston
Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish to’g’risida” gi O’RQ-
561-sonli hamda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari
to’g’risida”gi Qonunlari qabul qilindi. Mazkur qonunlarga asosan tayziq va zo’ravonlikning har
qanday ko’rinishidan aziyat chekayotgan xotin-qizlarning huquq va erkinliklari davlat tomonidan
qat’iy ravishda himoya qilinadigan, ularni barcha sohalarda erkaklar bilan teng ekanliklari
nazoratga olindi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-
yanvardagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish
chora-tadbirlari to’g’risida” gi qaroriga asosan tazyiq va zo’ravonliklardan aziyat chekib
kelayotgan xotin-qizlarga “Himoya orderi” berish asoslari va tartibi ishlab chiqildi va
amaliyotga joriy etildi. Bu qarorning ijrosi yuzasidan xotin-qizlarga nisbatan sodir etilayotgan
tazyiq va zo’ravonliklarning sabab va sharoitlari, kimlar tomonidan sodir etilishi, yillar
davomidagi tahlillar mutaxassislar tomonidan o’rganilib chiqildi. Mazkur tahlil natijalariga
ko’ra ularni oldini olishga oid turli ko’rinishdagi profilaktik tadbirlar amalga oshirildi. Tahlillar
shuni ko’rsatadiki, xotin-qizlarga nisbatan sodir etilayotgan tazyiq va zo’ravonliklarning turli
ko’rinishlari 84,7 % oila turmush doirasida sodir etilgan. Qaror qabul qilingan yilning o’zidayoq
salkam 15 ming aniqrog’i, 14 774 nafar ayol himoya orderi olgan.[1]
Notinch va nosog’lom turmush tarziga ega oilalardagi muhitni barqarorlashtish maqsadida xotin-
qizlar inspektori, ijtimoiy xodim, otinoyilar, oila va xotin-qizlar masalalari bo’yicha hokim
o’rinbosarlari hamkorligida tazyiq va zo’ravonlikka uchragan xotin-qizlar bilan yakka tartibdagi
yoki psixolog mutaxassis ishtirokidagi uning ruhiyatini sog’lomlashtirish maqsadida yakka
tartibdagi profilaktik suhbatlar o’tkaziladi. Tazyiq va zo’ravonliklarning jabrlanuvchisi bo’lib
qolishni oldini olish uchun umumiy va viktimologik profilaktik tadbirlar amalga oshiriladi.
Jamiyatda erta turmushni oldini olish maqsadida ta’lim muassasalarida xotin-qizlar inspektorlari,
psixologlar, tibbiyot xodimlari va ta’lim muassasasi ma’muriyati bilan hamkorlikda treninglar,
suhbatlar kabi profilaktik ishlar amalga oshiriladi.
Xususan, xotin-qizlarga nisbatan sodir etilayotgan tazyiq va zo’ravonliklarning oldini olish
nafaqat O’zbekistonda balki chet davlatlarda ham qamrovi kengayib bormoqda. Xususan,
ayollarga nisbatan turli huquqbuzarliklar sodir etish, ularga ruhiy, ma’naviy hamda jismoniy
ziyon yetkazishning oldini olish va huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida Rossiya
Federatsiyasi jinoyat huquqiga murojaat qiladigan bo‘lsak, Rossiya Federatsiyasi jinoyat
kodeksining “Uch yoshga to‘lmagan bolasi bor homilador ayol yoki ayol xodimalarni ishga
qabul qilishni asossiz ravishda rad etish yoki asossiz ravishda ishdan bo‘shatish” deb nomlangan
145-moddasida: “Ishga qabul qilishni asossiz rad etish yoki ayolning homiladorligi sababli
asossiz ravishda ishdan bo‘shatilishi, shuningdek, uch yoshga to‘lmagan bolalari bo‘lgan
ayolning ishidan asossiz ravishda ishdan bo‘shatilishi, bu sabablarga ko‘ra – ikki yuz ming rubl
jarima yoki o‘n sakkiz oygacha bo‘lgan muddatga ish haqi yoki boshqa daromad yoxud uch yuz
oltmish soatgacha bo‘lgan muddatga majburiy ishlar bilan jazolanadi” kabi norma keltirilgan
bo‘lib, bundan ko‘rinib turibdiki, ayollarni huquqiy manfaatlari hamda erkinliklari qat’iy qonun
normalari asosida, alohida Jinoyat kodeksi bilan himoyalangan.[2] Ayollarning erkinliklari
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, Fevral 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
306
borasida to‘xtaladigan bo‘lsak, ularning hayoti, shaxsiy erkinliklari, ularning konstitutsion
huquqi bo‘lib, ularni har tomonlama tazyiqlardan himoyalash asosiy ahamiyat ega. Jumladan,
Xitoy Xalq Respublikasining jinoyat kodeksining 236-moddasida: “Ayolga tahdid va zo‘ravonlik
bilan qilingan zo‘rlash – 3 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 14
yoshga yetmagan qizga nisbatan buzilgan axloqsiz xatti-harakatlar zo‘rlash deb hisoblanadi va
nazarda tutilgan eng qattiq jazo bilan jazolanadi. Agar ayolga nisbatan zo‘rlash yoki qizga
nisbatan axloqsiz xatti-harakatlar sodir etilsa, jazo 10 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum
etish, muddatsiz ozodlikdan mahrum etish yoki o‘lim jazosi bilan belgilanadi: 1) ayolni zo‘rlash
yoki qizga nisbatan zo‘rlik bilan qilingan zo‘ravonlik harakati; 2) ayollarga nisbatan takroriy
zo‘rlash yoki qizlarga nisbatan buzuq harakatlar; 3) jamoat joyida ayolni ommaviy zo‘rlash; 4) 2
yoki undan ko‘p sonli guruh tomonidan ayolni jinsiy zo‘rlanishi; 5) jabrlanuvchiga jiddiy shikast
yetkazish, o‘limga yoki boshqa jiddiy oqibatlarga olib keladigan tajovuz – 10 yildan ortiq
muddatga ozodlikdan mahrum etish, muddatsiz ozodlikdan mahrum etish yoki o‘lim jazosi bilan
belgilanadi.”, va shuningdek 237-moddasida, “Ayolni o‘z qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlar
qilishga majbur qilish va unga zo‘ravonlik, tahdid yoki boshqa yo‘llar bilan haqorat qilish
usullari uchun – 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish yoki qisqa muddatli hibsga olish bilan
jazolanadi. Ushbu moddaning birinchi qismida ommaviy yoki jamoat joylarida sodir etilgan
jinoyat 5 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Bolani haqorat qilish
ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan eng og'ir jazo bilan
jazolanadi”[3] deya belgilangan bo‘lib, ko‘rib turganimizdek xotin-qizlarga nisbatan qilingan
huquqbuzarlik harakatlariga nisbatan har ikkala davlatda ham eng og'ir jazo chorasi qo‘llanilgan.
Bu, albatta tenglikni buzish emas, balki gender tenglikni saqlash, ayollarni jamiyatdagi o‘rnini
mustahkamlash, huquqlari va shaxsiyati oyoqosti bo‘lishining oldini olishda qilingan sa’y-
harakatlar hisoblanadi. Bizning davlatimiz ham sekin asta shu darajaga ko‘tarilmoqda ekan,
bizning qonunchiligimizda ham ayollarga qilingan huquqbuarliklarga qarshi javobgarlik
choralarini kuchaytirish va buni amaliyotda sodir etilgan jinoyatlar doirasida qo‘llash, albatta,
o‘z samarasini beradi deb aytishimiz mumkin. O’zbekistonda ham ushbu masalalar doirasida
turli chora-tadbirlar hamda huquqiy ta’sir etish usullari ishlab chiqilmoqda. Misol qilib aytadigan
bo‘lsak, “Himoya orderi” huquqi poymol bo‘layotgan, oilasi yoki yon atrofdagilarning tazyiqiga
uchrayotgan, jismonan va ma’nan himoyaga muhtoj xotin-qizlar uchun berilib, bu order xotin-
qizlarni huquqbuzarliklardan himoya qilish, ularning erkinlikarini, qonuniy manfaatlarini
ro‘yobga chiqarishda katta qadam bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.[4]
Tazyiq va zo’ravonlikning turli ko’rinishlari normativ huquqiy hujjatlarda belgilanlab bo’lib,
ularni tegishli ravishda jismoniy zo’ravonlik, jinsiy zo’ravonlik, iqtisodiy zo’ravonlik va ruhiy
zo’ravonlik kabi turlarga bo’lishimiz mumkin. Tazyiq va zo’ravonlikka uchragan, iqtisodiy
jihatdan muhtoj bo’lgan ayollarni qo’llab quvvatlash, ularni muammolarga yechim topish
maqsadida “Ayollar daftari” tashkil etildi. Mazkur daftarni tashkil etish orqali xotin-qizlar
muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash maqsadida qator
vazifalar belgilanib, tegishli tashkilotlarga ijrosi yuklatildi.[5]
Yaqinlari yoki umuman tanish bo’lmagan insonlar tomonidan tazyiq va zo’ravonliklar
jabrlanuvchisiga bo’lib qolgan ayollarni jamiyatga qaytarish, ularning faolliklarini kuchaytirish
maqsadida 2021-yil 19-may kun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ 5116-sonli
“Zo’rlik ishlatishdan jabr ko’rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qo’shimcha chora-
tadbirlar to’g’risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorga asosan, tazyiq va zo’ravonlikka uchragan
xotin-qizlar bilan anonym tarzda o’z joniga suiqasd qilish holatlarini olish maqsadida shoshilinch
tibbiy, psixologik, pedagogik, huquqiy yordamlar ko’rsatish, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr
ko‘rgan, o‘z joniga suiqasd qilgan yoki o‘z joniga qasd qilishga moyilligi bo‘lgan xotin-qizlar
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, Fevral 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
307
bilan o‘zaro aloqani amalga oshirish va shoshilinch ruhiy, psixoterapevtik, huquqiy yordam
ko‘rsatish, maslahat berish va axborot taqdim etish uchun mo‘ljallangan, 24 soat uzluksiz
ishlaydigan “ishonch telefoni”ni (respublika doirasida yagona qisqa raqam) o‘rnatilgan tartibda
yo‘lga qo‘yish va uning faoliyatidan aholini ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilib
borish, tazyiq va zo’ravonlik jabrlanuvchisiga aylangan xotin-qizlarning ijtimoiy va iqtisodiy
ahvolini barqarorlashtirish kabi qator vazifalar belgilandi.
Xotin-qizlarga nisbatan sodir etilayotgan tazyiq va zo’ravonliklarning jabrlanuvchisiga aylanib
qolishayotganining asosiy sabab hamda muammolari quyidagicha: xotin-qizlar o’z huquqlarini
to’liq bilmasligi yoki ulardan foydalanolmasligi; xotin-qizlarni bo’ysinuvchi qilib voyaga
yetkazilganligi; ta’lim olish, mehnat sohalarida xotin-qizlarga nisbatan kamsitish holatlarining
mavjudligi; yaqin qarindoshlari va eri tomonidan xotin-qizlarga nisbatan asossiz rashk oqibatida;
xotin-qizlarga nisbatan ikkinchi darajali deb qarovchi insonlarning salbiy xatti-harakatlari yoki
fikrlari.
Mazkur muammolarni hal etish yuzasidan quyidagi takliflar ishlab chiqildi:
-xotin-qizlarni huquqiy savodxonligini oshirishga oid dasturlar ishlab chiqish;
-tazyiq va zo’ravonliklarning jabrlanuvchisi bo’lib qolishni oldini olish maqsadida profilaktik
chora-tadbirlarni takomillashtirish;
-ommaviy axborot vositalari orqali xotin-qizlarni hurmat qilish, ularni e’zozlashga oid turli xil
kino, ko’rsatuv, tok-shoular tayyorlash;
-xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo’ravonlik sodir etgan shaxslarga nisbatan jamoat nazoratini
o’rnatish hamda ochiq sayyor sudlarda ham mazkur masalalarni jamoatchilik bilan tahlil qilish.
Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonliklardan himoya
qilish, ularning erkin hayot tarzini ta’minlash, xotin-qizlar ham jamiyatning erkaklar bilan teng
huquqli a’zosini ekanligi ta’minlagan davlatning kelajagi buyuk bo’ladi. Ayollari o’qimishli
davlat xalqaro qator davlatlar miqyosida alohida o’rin kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.https://kun.uz/uz/news/2022/03/07/2021-yilda-qariyb-40-ming-nafar-ayolga-himoya-orderi-
2. 4. "Уголовный кодекс Российское Федерации " ot 13.06.1996 N 63-FZ (red. ot 01.07.2021)
(s izm. i dop., vstup. v silu s 22.08.2021)
3. Уголовный кодекс Китайской Народной Республики // 2016/01/11.
4. O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish
to‘g‘risida” gi O‘RQ-561-son Qonuni .
5.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.03.2022 yildagi 145-son “
Xotin-qizlar
muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida” qarori
