DEMOGRAFIK O‘SISH VA UNING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHGA TA’SIRI

Abstract

Mazkur maqolada demografik o‘sishning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlariga ko‘rsatadigan bevosita va bilvosita ta’siri tahlil etiladi. Aholi sonining ortishi mehnat resurslari, iste’mol bozori, infratuzilma, ta’lim, sog‘liqni saqlash va uy-joy masalalariga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani tahliliy yondashuv asosida ko‘rib chiqiladi. Demografik o‘sish bir tomondan iqtisodiy salohiyatning kengayishiga xizmat qilsa, boshqa tomondan ortiqcha bosim va ijtimoiy muammolarni yuzaga keltirishi mumkin. O‘zbekiston misolida aholining yillik o‘sish sur’ati, yosh tarkibi, shahar va qishloq aholisi o‘rtasidagi nisbatlar hamda bu omillarning bandlik, yashash sharoitlari va davlat siyosatiga ta’siri ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, maqolada demografik o‘sishni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot omiliga aylantirish uchun zarur bo‘lgan strategiyalar, xususan, ta’lim sifatini oshirish, urbanizatsiyani boshqarish va aholini samarali ish bilan ta’minlash kabi masalalarga e’tibor qaratiladi.

Source type: Journals
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar
Branch of knowledge
  • Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha) yo'nalishi 2-kurs talabasi
f
31-35

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Sanakulova , I. . (2025). DEMOGRAFIK O‘SISH VA UNING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHGA TA’SIRI. Научный информационный бюллетень, 9(2), 31–35. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/ifx/article/view/132730
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Mazkur maqolada demografik o‘sishning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlariga ko‘rsatadigan bevosita va bilvosita ta’siri tahlil etiladi. Aholi sonining ortishi mehnat resurslari, iste’mol bozori, infratuzilma, ta’lim, sog‘liqni saqlash va uy-joy masalalariga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani tahliliy yondashuv asosida ko‘rib chiqiladi. Demografik o‘sish bir tomondan iqtisodiy salohiyatning kengayishiga xizmat qilsa, boshqa tomondan ortiqcha bosim va ijtimoiy muammolarni yuzaga keltirishi mumkin. O‘zbekiston misolida aholining yillik o‘sish sur’ati, yosh tarkibi, shahar va qishloq aholisi o‘rtasidagi nisbatlar hamda bu omillarning bandlik, yashash sharoitlari va davlat siyosatiga ta’siri ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, maqolada demografik o‘sishni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot omiliga aylantirish uchun zarur bo‘lgan strategiyalar, xususan, ta’lim sifatini oshirish, urbanizatsiyani boshqarish va aholini samarali ish bilan ta’minlash kabi masalalarga e’tibor qaratiladi.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 9, issue 1, Avgust 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

31

DEMOGRAFIK O‘SISH VA UNING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHGA

TA’SIRI

Sanakulova Iroda Abrorovna

Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali

Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha) yo'nalishi 2-kurs talabasi

irodasanakulova06@gmail.com

+99877-404-47-22

Annotatsiya:

Mazkur maqolada demografik o‘sishning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish

jarayonlariga ko‘rsatadigan bevosita va bilvosita ta’siri tahlil etiladi. Aholi sonining ortishi

mehnat resurslari, iste’mol bozori, infratuzilma, ta’lim, sog‘liqni saqlash va uy-joy masalalariga

qanday ta’sir ko‘rsatayotgani tahliliy yondashuv asosida ko‘rib chiqiladi. Demografik o‘sish bir

tomondan iqtisodiy salohiyatning kengayishiga xizmat qilsa, boshqa tomondan ortiqcha bosim

va ijtimoiy muammolarni yuzaga keltirishi mumkin. O‘zbekiston misolida aholining yillik o‘sish

sur’ati, yosh tarkibi, shahar va qishloq aholisi o‘rtasidagi nisbatlar hamda bu omillarning bandlik,

yashash sharoitlari va davlat siyosatiga ta’siri ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, maqolada

demografik o‘sishni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot omiliga aylantirish uchun zarur

bo‘lgan strategiyalar, xususan, ta’lim sifatini oshirish, urbanizatsiyani boshqarish va aholini

samarali ish bilan ta’minlash kabi masalalarga e’tibor qaratiladi.

Kalit so‘zlar:

demografik o‘sish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, aholi soni, mehnat bozori,

urbanizatsiya, O‘zbekiston, bandlik, infratuzilma, strategik rejalashtirish, demografik bosim.

Odatda har qanday mamlakatda yuqori demografik sur’at, aholi soni va nikohlarning yuqori

tezlikda ortib borishi uning iqtisodiy parametrlariga bosimni oshirish bilan birga, ushbu

yo‘nalishda qator muammolarni vujudga keltirishi mumkin. Avvalgi bo‘limda demografik

jarayonlarning ijtimoiy sohalarga ta’siri tahlil qilinganda, ularning deyarli barchasida

O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishi bilan bog‘liq jihatlar ishtirok etganini, ya’ni har qanday

ijtimoiy sohalardagi infratuzilmalarni yaratish, yanada takomillashtirish birinchi galda aholi soni

ortishidan kelib chiqib amalga oshirilsada, oxir-oqibat mamlakat iqtisodiyotga ta’siri ko‘zga

tashlanadi. Dunyoning qator mamlakatlari, birinchi galda iqtisodiyoti sust rivojlangan davlatlar

aholi sonining yuqori sur’atlarda o‘sishi, bunga

teskari proporsional tarzda iqtisodiyot

rivojlanishi past bo‘lganligi bilan ajralib turadi. Osiyoning janubiy, Afrikaning Sahroi Kabirdan

janubda joylashgan qator mamlakatlarda ana shu jihatlarni ko‘rish mumkin. Lekin bularning

barchasiga qaramay, agar mamlakat to‘g‘ri va samarali ijtimoiy-iqtisodiy siyosat olib borsa,

demografik jarayonlar, jumladan, aholi sonining ortishidan ijobiy natija bo‘lishi ham mumkin.

Bunga misol tariqasida inson kapitalidan samarali foydalanish orqali demografik bosimdan

ijobiy natija chiqarish mumkin. Ma’lumot uchun, Jahon bankining 192 mamlakatda o‘tkazgan

tadqiqotlariga ko‘ra, zamonaviy iqtisodiyotda jismoniy kapital umumiy boylikning 16 foizini,

tabiiy kapital 20 foizni, inson kapitali esa 64 foizni tashkil etadi. Yaponiya, Germaniya va

Shvesiyada inson kapitali ulushi 80 foizga yetadi, Rossiyada esa atigi 14 foizni tashkil etadi.

Yuqorida qayd etilgan iqtisodiyoti sust rivojlangan mamlakatlarda esa undan ham past daraja

saqlanib qolmoqda.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 9, issue 1, Avgust 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

32

Shu o‘rinda Vetnam (aholisi salkam 100 mln.kishi) va Filippin (salkam 110 mln.kishi) singari

mamlakatlarni misol tariqasida keltirish mumkinki, mamlakatlarda aholi soni hamda o‘sish

sur’ati yuqoriligi saqlanib qolgan sharoitda inson resurslaridan samarali foydalanish borasida

ijobiy natijalarga erishishgan. Asosiy mexanizmlar sifatida chet elga mehnat resursi “eksport”ini

to‘g‘ri yo‘lga qo‘ygan holda boshlagan vetnamliklar tez orada ishlab chiqarish va iqtisodiy

o‘sish sur’atini yuqori darajada oshirishga erishdi. Hozirda ushbu mamlakatlarda jon boshiga

YaIM 3,5-4 ming AQSh dollarigacha ko‘tarilishiga erishishgan. Bunga birinchi galda inson

kapitalidan oqilona foydalanish, ta’lim tizimini muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yish va eng muhimi

to‘g‘ri iqtisodiy rivojlanish yo‘lini tanlaganliklari sababchidir. Ushbu bo‘limda demografik

jarayonlarning mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga, ayrim tarmoqlarga ta’siri tahlil qilinadi.

Jumladan, aholining mehnatga layoqatli qatlamini qo‘llab-quvvatlash va mehnat bozoridagi

islohotlar, ularning daromadlari shakllanishi, uy-joy qurilishi va urbanizatsiyaning rivojlanishi,

aholining muhandislik-infratuzilma ob’ektlari hamda oziq-ovqat ta’minoti borasidagi tahlillar

keltiriladi. Garchi iqtisodiyotning barcha sohalari aholi soni va o‘sish sur’atiga bog‘liq bo‘lsa-da,

davlat budjeti va iqtisodiy taraqqiyot bilan bog‘liq yuqoridagi omillar birlamchi tahlil etilishi

maqsadga muvofiqdir.[3]

Demografik o‘sish – bu aholining son jihatdan ko‘payish jarayoni bo‘lib, u tabiiy o‘sish

(tug‘ilish va o‘lim o‘rtasidagi farq) hamda migratsion harakatlar natijasida yuzaga keladi. U har

qanday mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘liqdir. Aholi

sonining o‘sishi mehnat resurslari bazasining kengayishiga, iste’mol bozorining kengayishiga va

ishlab chiqarish quvvatining oshishiga olib keladi. Biroq bu jarayon to‘g‘ri boshqarilmasa, u

ijtimoiy muammolar, resurs tanqisligi, infratuzilma yuklamasi va ekologik muammolarni yuzaga

keltirishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi misolida olib qaralganda, mustaqillikdan keyingi yillarda aholining

doimiy o‘sib borayotgani kuzatilmoqda. Bu holat mamlakatning taraqqiyot strategiyasini ishlab

chiqishda demografik omilni muhim ahamiyatga ega qilmoqda. Ushbu maqolada demografik

o‘sishning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilinadi, mavjud

muammolar va ularni hal etish yo‘llari ko‘rib chiqiladi.

Demografik o‘sish deganda, aholi sonining ma’lum vaqt davomida ortib borishi tushuniladi. Bu

jarayon asosan ikkita asosiy omil – tug‘ilish darajasi va o‘lim darajasining farqi orqali

belgilanadi. Shuningdek, migratsion harakatlar – ya’ni aholining chetga chiqishi yoki

mamlakatga kelishi ham demografik dinamikaga ta’sir ko‘rsatadi.

Demografik o‘sishni o‘lchashda quyidagi ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi:

Aholi sonining yillik o‘sish sur’ati (%)

Tug‘ilish va o‘lim koeffitsiyentlari (1000 kishiga nisbatan)

Aholining yosh tarkibi (mehnatga layoqatli va mehnatga layoqatsiz)

Migratsiya saldosi (kelgan va ketganlar farqi)

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda aholining yillik o‘sish sur’ati 1,5–2%

atrofida bo‘lib, bu Osiyo mamlakatlari orasida yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga ijobiy ta’sirlar[4]

Demografik o‘sishning eng muhim ijobiy ta’sirlaridan biri – bu mehnat resurslari salohiyatining

kengayishidir. Yoshlik ulushi yuqori bo‘lgan mamlakatlarda ishlab chiqarish hajmini oshirish


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 9, issue 1, Avgust 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

33

imkoniyati mavjud bo‘ladi. Ayniqsa, mehnatga layoqatli yoshdagi aholining ko‘pligi

iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi.

Aholi sonining ko‘payishi, ayniqsa shaharlarda, ichki bozorning kengayishiga olib keladi. Bu

ishlab chiqaruvchilar uchun yangi imkoniyatlar, savdo tarmoqlari va xizmat ko‘rsatish

sohalarining rivojlanishiga turtki beradi. Iqtisodiy o‘sish sur’atlari aholi soni ortishiga hamohang

ravishda harakat qilsa, bu barqaror rivojlanishga olib keladi.

Demografik o‘sish sog‘liqni saqlash, ta’lim, transport va uy-joy qurilishi kabi ijtimoiy

infratuzilma sohalariga talabni oshiradi. Bu esa yangi ish o‘rinlarining yaratilishi va aholining

farovonligi uchun zamin yaratadi.

Demografik o‘sishning salbiy oqibatlari va muammolari

Aholi sonining jadal o‘sishi, ayniqsa, yirik shaharlarda maktablar, kasalxonalar, transport tizimi

va uy-joy infratuzilmasiga katta bosim keltiradi. Bu resurslar taqchilligi, sifatning pasayishi va

ijtimoiy norozilikka olib kelishi mumkin.

Agar demografik o‘sish mehnat bozoridagi ish o‘rinlari soni bilan mos kelmasa, ishsizlik darajasi

ortadi. Bu ayniqsa, yoshlarda bandlik muammolarini kuchaytiradi. Ishsizlik ijtimoiy beqarorlik,

migratsiya va jinoyatchilik darajasining oshishiga olib keladi.

Demografik o‘sish natijasida suv, oziq-ovqat, energiya kabi asosiy resurslarga ehtiyoj ortadi.

Aholining ko‘pligi ekologik muvozanatga salbiy ta’sir ko‘rsatib, chiqindilar ko‘payishi, suv

tanqisligi, havo ifloslanishi kabi muammolarni yuzaga keltiradi.

O‘zbekiston Respublikasi aholisi 2025 yil holatiga ko‘ra 37 milliondan oshgan. Respublikada

yoshlar soni yuqori bo‘lib, 30 yoshgacha bo‘lganlar umumiy aholining 60% dan ortig‘ini tashkil

etadi. Bu “demografik dividend” deb ataluvchi imkoniyatni yuzaga keltiradi, ya’ni yosh mehnat

kuchi orqali iqtisodiy o‘sishni tezlashtirish mumkin.

Ammo bu imkoniyatdan foydalanish uchun ta’lim sifati, kasb-hunar o‘rgatish, zamonaviy

bandlik siyosati zarur. Aks holda bu kuch ijtimoiy muammoga aylanadi.

Yoshlarga zamonaviy bilimlar berish, texnik va kasb-hunar maktablarini rivojlantirish

demografik o‘sishni iqtisodiy kuchga aylantirishda muhim rol o‘ynaydi.

Shaharlarning kengayish jarayonini rejalashtirish orqali infratuzilma tizimlarini bosimdan

saqlash mumkin. Yangi shaharcha va uy-joy massivlarini qurish, transport tizimini

modernizatsiyalash zarur.

Aholining sog‘lom va barqaror o‘sishini ta’minlash uchun reproduktiv salomatlik xizmatlari,

tug‘ilishni ongli rejalashtirish madaniyatini shakllantirish kerak.

Kichik va o‘rta bizneslarni rivojlantirish, raqamli iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi va xizmat

ko‘rsatish sohalarida ish o‘rinlarini ko‘paytirish orqali demografik bosimni yumshatish mumkin.

Aholi demografiyasining mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga ta’sirini va uning nazariy


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 9, issue 1, Avgust 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

34

hamda amaliy jihatlari nafaqat O‘zbekistonlik olimlar tomonidan, balki dunyo miqyosidagi

tadqiqotchilar tomonidan ham keng o‘rganilgan.

T. R. Malthus – demografik tadqiqotlarning asoschilaridan biri hisoblanadi. Uning "Aholi

haqidagi tadqiqot" asarida aholi soni va oziq-ovqat resurslari o'rtasidagi munosabat haqida

nazariya ilgari surilgan. Malthus aholining geometrik progressiyada o'sishi va resurslarning

cheklanganligi sababli iqtisodiy qiyinchiliklar yuzaga kelishini ta’kidlagan.

David Bloom va David Canning – "demografik dividend" tushunchasini ishlab chiqqan

olimlardandir. Ular demografik dividend orqali mehnat yoshidagi aholining o‘sishi iqtisodiy

o‘sish sur’atlarini oshirish imkoniyatini yaratishini ta'kidlaydi. Ularning tadqiqotlari

rivojlanayotgan davlatlarda demografik dividenddan foydalanish orqali iqtisodiy o‘sishni

rag‘batlantirishga qaratilgan.

O‘zbekistonlik olimlar: Murodali Teshayev – O‘zbekistonning yetakchi demograflaridan biri

bo‘lib, aholining yosh tarkibi va demografik jarayonlarning iqtisodiyo‘sishga ta'sirini o‘rgangan.

Uning tadqiqotlari aholining iqtisodiy faolligini oshirish va iqtisodiy siyosatga demografik

omillarni hisobga olgan holda yondashishni taklif qiladi.

Bahodir Mirkhaydarov – iqtisodchi olim sifatida demografik o‘zgarishlarning iqtisodiy siyosatga

ta'sirini o‘rgangan. U aholining bandligi va migratsiya oqimlari O‘zbekiston iqtisodiy

rivojlanishi uchun qanday ahamiyatga ega ekanligi haqida ilmiy maqolalar yozgan.

Shoislom Shayusmonov – uning tadqiqotlari aholining iqtisodiy faolligi, aholining o‘rta yosh

tarkibi va bu omillarning iqtisodiy o‘sishga ta'sirini o‘rganishga qaratilgan. Shoislomov iqtisodiy

o‘sish uchun aholi mehnat resurslaridan samarali foydalanishni taklif qilgan.

Saida Safarova – O‘zbekistonda demografik o‘zgarishlar va mehnat bozori o‘rtasidagi

bog‘liqlikni tahlil qiluvchi yetakchi tadqiqotlardan birini olib borgan. Uning ishlarida

demografik jarayonlarning mamlakat mehnat bozoridagi taklif va talabga qanday ta'sir qilishi

haqida ilmiy xulosalar berilgan.[6]

Xulosa qilib aytganda, demografik o‘sish har qanday davlat uchun ikkiyoqlama ta’sir kuchiga

ega. U to‘g‘ri boshqarilsa, iqtisodiy rivojlanish uchun ulkan imkoniyatlarga eshik ochadi. Aks

holda, bu ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik muammolarning kuchayishiga sabab bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston misolida ko‘rilgandek, demografik o‘sish yuqori sur’atlarda kechmoqda. Bu holatni

barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga xizmat qildirish uchun aholining salohiyatini to‘g‘ri

yo‘naltirish, sifatli ta’lim, sog‘lom mehnat bozori, kuchli infratuzilma va faol davlat siyosati

zarur. Demografik o‘sish – bu tahdid emas, balki imkoniyatdir. Uni samarali boshqara olsak, u

barqaror va inklyuziv rivojlanishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Bo'riyeva M. P., O'zbekistonda oila demografiyasi, T., 2017; Bo'riyeva M. R., Demografiya

asoslari, T., 2001; Borisov V. A., Demografiya, M., 2019.
2. O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi statistika agentligi. O'zbekiston

respublikasining demografik holati. 2023-yil yanvar-dekabr.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 9, issue 1, Avgust 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

35

3. A.S.Soliyev, N.K.Komilova, S.L.Yanchuk, Sh.Z.Jumaxanov., F.T.Rajabov. Iqtisodiy va

ijtimoiy geografiya. Darslik. - T.:-Universitetl, 2019. -360 b.
4. Tojiyeva Zulxumor Nazarovna. Ahoii geograftyasi/darslik/.-Toshkent.: «Innovatsiya-Ziyoll,

2020, 298 bet.
5. Xidiraliyev K.E. Aholi va iqtisodiy geografiya asoslari.-Guliston.:-2024,-293 bet.
6. Xidiraliyev K.E., Axunboboyev M.M.-Geografik tadqiqotlarda aholi muammolarini

o'rganishning dolzarbligi. Tabiiy fanlar: yangi yondashuvlar va dolzarb tadqiqotlar. Xalqaro

ilmiy-amaliy konferentsiya. 2024 yilning 18-19-oktyabr-239-b.

References

Bo'riyeva M. P., O'zbekistonda oila demografiyasi, T., 2017; Bo'riyeva M. R., Demografiya asoslari, T., 2001; Borisov V. A., Demografiya, M., 2019.

O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi statistika agentligi. O'zbekiston respublikasining demografik holati. 2023-yil yanvar-dekabr.

A.S.Soliyev, N.K.Komilova, S.L.Yanchuk, Sh.Z.Jumaxanov., F.T.Rajabov. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya. Darslik. - T.:-Universitetl, 2019. -360 b.

Tojiyeva Zulxumor Nazarovna. Ahoii geograftyasi/darslik/.-Toshkent.: «Innovatsiya-Ziyoll, 2020, 298 bet.

Xidiraliyev K.E. Aholi va iqtisodiy geografiya asoslari.-Guliston.:-2024,-293 bet.

Xidiraliyev K.E., Axunboboyev M.M.-Geografik tadqiqotlarda aholi muammolarini o'rganishning dolzarbligi. Tabiiy fanlar: yangi yondashuvlar va dolzarb tadqiqotlar. Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya. 2024 yilning 18-19-oktyabr-239-b.