ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 9, issue 1, Avgust 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
28
GLAMUR KONSEPTI VA UNING LINGVOMADANIY TUSHUNCHA SIFATIDA
NAMOYON BO‘LISHI
Agzamova Dilzoda Dilshod qizi
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti magistranti
Annotatsiya:
Maqolada glamur tushunchasini konseptual tahlil qilish, uning lingvistik
jihatlariga e’tibor qaratish va bu yo‘l bilan ushbu tushuncha jamiyatning alohida qatlamiga
xosligi, o‘zining xulq-atvor modeli, mentalitetiga egaligini ko‘rsatishdan iborat.
Kalit so‘zlar:
glamur, pretsedent birliklar, reklama, ommaviy axborot vositalari, obraz,
konsepsiya, termin, moda, globalizatsiya.
Aннотация:
Статья содержит концептуальный анализ понятия гламур, акцентируя
внимание на его лингвистических аспектах и тем самым показывая, что данное понятие
свойственно отдельному слою общества, владеет собственной моделью поведения,
менталитетом.
Ключевые слова:
гламур, прецедентные единицы, реклама, СМИ, образ, концепция,
термин, мода, глобализация.
Abstract:
This article examines the concept of glamour in terms of its conceptual and linguistic
aspects. The author shows that glamour is characteristic of a certain stratum of society, which
has its own unique features of behavior and thinking.
Keywords:
glamour, precedent units, advertising, media, image, concept, term, fashion,
globalization.
KIRISH
Globallashuv davrida insonning fikrlash doirasining kengayishi, xulq-atvori o‘zgarishi va
ma’lumotni qay tarzda qabul qilishi bevosita ommaviy axborot vositalariga bog‘liq bo‘lib qoldi.
Ommaviy axborot vositalari insonga dunyo yangiliklari haqida xabar berishi va shu tarzda uning
bo‘sh vaqtini egallashi tafakkur qilish va muloqot davomida qanday uslublardan foydalanishida
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Oxirgi o‘ttiz yilda insoniyatning dunyoqarashi, fikrlashi va
axborotni anglash qobiliyati ancha sezilarli o‘zgarishga uchradi. Inson ongida yangicha
tushuncha, obraz va tasvirlar paydo bo‘la boshladi. Yildan-yilga lug‘atlarda yangi so‘zlar
ko‘payishni boshladi. Shunday yangi kirib kelgan so‘z va tushunchalardan biri “glamur”
tushunchasi hisoblanadi.
ASOSIY QISM
“Glamur” tushunchasi ingliz madaniyatiga xos bo‘lib, Buyuk Britaniyada vujudga kelgan.
Dastlab lotincha “grammatica” so‘zi fransuz tiliga kirib kelgan va bundan ikki xil mazmundagi
tushuncha ajralib chiqqan. Birinchisi “grammaire” – o‘qitish, o‘rganish va ikkinchisi “grimoire”
– sehr-jodu kitobi tarzida bo‘lgan. XII asrga kelib, grammaire avval inglizcha grammarye, so‘ng
grammar tarzida o‘zgarib, asl ma’nosini (o‘qitish, o‘rganish) yo‘qotmagan. Ammo shotland
tilida
grammar
yana ikkiga ajralgan:
grammar
va
glamour
.
Grammar
asl ma’nosida qolavergan,
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 9, issue 1, Avgust 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
29
lekin
glamour
so‘zi
sehr-jodu, sehrlash
ma’nosini anglata boshlagan.
O‘rta asrlarda
grammatikani bilgan ilmli insonlarni sehrgar, jodugar deb hisoblashgan va
glamour
so‘zi sehr,
jodu kabi ma’nolarda qo‘llangan.
XVIII asrda “o‘qitish” va “sehr” kabi ma’nolarda ifodalangan turli xil variantlardan (
grammar,
grimoire, gramarye, glammer, grammarie, glommer
) “glamour” so‘zi olinib, semantik jihatdan
o‘qitish bilan bog‘liq ma’nosi yo‘qoladi va
magic, spell, bewitchment, enchantment
ma’nolari
saqlanib qoladi.
XIX asrga kelib, glamour termini “sehr” ma’nosini yo‘qotib, “magical or fictitious beauty”
ma’nosida qo‘llana boshlaydi.
XX asrda esa AQSH dagi Buyuk depressiya davrida “glamour” tushunchasi yangi ma’no kasb
etadi: jilo, yorqinlik, o‘ziga xos tashqi ko‘rinish kabi. Bunday ma’no paydo bo‘lishida oylik
qattiq, yaltiroq muqovadagi jurnallarning chop etilishi va kinematografiyaning rivojlanishi kata
rol o‘ynaydi. Glamur termini nafaqat XXI asrga kirib kelgan neologizm, balki yangi asr
avlodining tafakkurini shakllantiradigan ommaviy madaniyatning kuchli bir oqimi, desak
mubolag‘a bo‘lmaydi. Aynan O‘rta Osiyoda XX asrning 90-yillari oxirida “glamur”
leksemasining OAV da tarqalishi bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Dastlab ushbu termin
“Аргументы и факты”, 2001-yilda “Коммерсант”,“Ведомости” kabi gazetalardagi
maqolalarda qo‘llanilgan. Gazeta sarlavhalarida quyidagi frazalar tilga olinadi: “Как мода стала
идеологией”, “Хорошо переваренный гламур”, “Гламур вместо политики”, “Тувинский
гламур”. Shu kabi sarlavhalardagi so‘zlar tahlili, S.G.Mixeykinaning fikriga ko‘ra, assotsiativ va
chastotali lug‘atlarda hali o‘rganilmagan til qatlamini kashf qilish imkonini beradi.
I.V. Ashinovaning tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, glamur konsepti turli xil konseptual
qatlamlardan tashkil topgan. Ular metaforik va metonimik ma’no ko‘chirish turlari orqali
shakllanib, metaforik-metonimik modelni hosil qiladi.
Glamur konseptini tadqiq qilishda
quyidagi konseptual qatlamlarni tahlilini ko‘rib chiqish o‘rinli:
1. Go‘zallik, moda, uslub
Istalgan til madaniyatida go‘zallik kategoriyasi ichki va tashqi omillarning o‘zaro bog‘liqligi va
kelishuviga asoslanib, ayni bir til so‘zlashuvchining etik va estetik qarashlariga bog‘liq. Glamur
uchun go‘zallik, moda va uslubning o‘zaro uyg‘unligi va bog‘liqligi xos. Tashqi go‘zallik
qoidalari har bir zamonga mos moda va uslub ko‘rinishlariga tayanadi. Glamur konseptining
shakllanishida pretsedentlik katta rol o‘ynaydi. Pretsedent birliklardan foydalanish yetarlicha
ma’lumot yetkazib berishi mumkin. Hatto aniq ijtimoiy qatlamlarga tanish mashhur atoqli
1
Частицына А. Дискурс гламура [Электронный ресурс]. http://bg.ru/society/diskurs_glamura-6273
2
Платонова Н.С. Становление и развитие межъязыковых коррелирующих концептов <glamour> и <гламур> :
автореф. дис... канд. филол. наук.-М., 2011.-26 с.
3
Михейкина, С.Г. «Полный гламур» [Текст] / С.Г. Михейкина // Русская речь. – 2009. - №1. – С. 126-127.
4
Ашинова Ирина Викторовна. "Лингвокультурологический анализ концепта «Гламур» в русском языке"
Гуманитарные, социально-экономические и общественные науки, no. 3-2, 2015, pp. 193-195.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 9, issue 1, Avgust 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
30
otlardan foydalanish modaga xos g‘oya, trend va obrazlarni rag‘batlantirishda yetarlidir. Masalan,
Bulgari ‘Unexpected Wonders’ (Bulgari, 2022).
2. Yoshlik, kelajakka intilish
Go‘zallik va yoshlik tushunchasi bir-biriga chambarchas bog‘liq. Insonlarning ongli ravishda
tabiat qonunlariga qarshi tarzda yoshlikka intilish harakatlari oxirgi yillarda ommalashgan. Buni
qator jurnal va reklama materiallarida ko‘rishimiz mumkin: “Uch karra lifting-effektni his qiling.
Ajinlardan xalos bo‘ling. Teringizni namlantiring va qurishini oldini oling” (Vogue, 2013).
3. Kuchli hissiyot, muhabbat, emotsiya
Glamur dunyosida muhabbat, hissiyotlar moliyaviy ekvivalentga ega. Qimmatbaho brend
predmetlar, turli modaga oid tadbirlar jamiyatning elita qismi uchun muhabbat va emotsiyalarni
ifodalashda oddiy hol hisoblanadi. Masalan,
Cartier
qimmatbaho aksessuarlarining reklamasi.
4. Kuch, qudrat
Glamurning kuch bilan konseptual aloqasi oxirgi yillarda kuchli ayol siyosatchilar yoki
siyosatchilarning rafiqalaridagi go‘zallik, o‘ziga xos kiyinish uslubining targ‘ib qilinishida
ko‘rishimiz mumkin. Ko‘p hollarda mashhur yulduzlar, qirollik oilalari a’zolari, mifologik
qahramonlar, ilohalarni taqqoslash bilan glamur baholash amalga oshiriladi: Mishel Obama,
doimgidek, Amerika bayrog‘ining faxrli yulduzi sifatida aks etdi. Ammo Samanta Kemeron
Buyuk Britaniya markasi Alessandra Richga tegishli uzun bog‘ichli ko‘ylagida tadbir yulduzi
bo‘ldi (Brides, 2014).
Yuqoridagi tahlilga asoslangan holda glamur konsepti turli usullar orqali ifodalanish
xususiyatiga ega: so‘z va so‘z birikmalari, frazeologik birliklar, belgilar, gaplar, matnlar,
pretsedent birliklar, o‘zlashtirishlar.
XULOSA
Glamur lingvomadaniy va sotsiolingvistik fenomen sifatida qaralib, insonlarning tili, ijtimoiy
kelib chiqishi, xulq-atvor modellarini hosil qilishida katta rol o‘ynaydi degan fikrga keldik.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Ашинова Ирина Викторовна. "Лингвокультурологический анализ концепта
«Гламур» в русском языке" Гуманитарные, социально-экономические и общественные
науки, no. 3-2, 2015, pp. 193-195.
2.
Михейкина, С.Г. «Полный гламур» [Текст] / С.Г. Михейкина // Русская речь. – 2009.
- №1. – С. 126-127.
3.
Платонова Н.С. Становление и развитие межъязыковых коррелирующих концептов
<glamour> и <гламур> : автореф. дис... канд. филол. наук.-М., 2011.-26 с.
4.
Частицына
А.
Дискурс
гламура
[Электронный
ресурс].
http://bg.ru/society/diskurs_glamura-6273
5.
Brides, April, 2014.
6.
Vogue, №8(174)б 2013.
