ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 9, issue 1, Avgust 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
18
MEDIASAVODXONLIKNI OSHIRISH ORQALI TANQIDIY TAFAKKURNI
SHAKLLANTIRISH USULLARI
Qayimova Sevara Dilshod qizi
O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada mediasavodxonlikning dastlabki tushunchalari, axborot
olamidagi o‘rni tahlil qilinadi va mediasavodxonlik tanqidiy tafakkurni shakllantirishning asosiy
omillaridan biri sifatida qo’llaniladigan amaliy metodlar ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot davomida
axborotni qabul qilish, tahlil qilish, baholash kabi zarur ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha
tavsiyalar berib o‘tiladi.
Kalit so’zlar:
axborot va media savodxonlik, kiberhujum, manipulyativ xabarlar, CRAAP testi,
SIFT usuli, Prebunking va Debunking amaliyoti.
Аннотация:
В
данной
статье
анализируются
исходные
представления
о
медиаграмотности, её роль в информационном мире, а также рассматриваются
практические методы развития медиаграмотности как одного из основных факторов
формирования критического мышления. В ходе исследования даются рекомендации по
развитию таких необходимых навыков, как получение, анализ и оценка информации.
Ключевые слова:
информационная и медиаграмотность, кибербуллинг, манипулятивные
сообщения, тест CRAAP, метод SIFT, практика практика Prebunking и debunking.
Annotation:
This article analyzes the initial ideas about media literacy, its role in the
information world, and also examines practical methods for developing media literacy as one of
the main factors in the formation of critical thinking. The study provides recommendations for
developing such essential skills as obtaining, analyzing and evaluating information.
Key words:
information and media literacy, cyberbullying, manipulative messages, CRAAP test,
SIFT method, Prebunking and debunking practice.
KIRISH
Hozirgi globallashuv va raqamli transformatsiya jarayonida axborot oqimining tezkorligi, katta
hajmliligi va foydalanuvchilarga bo’lgan ta’sir kuchi keskin oshib bormoqda. Bugun dunyo
aholisi o‘sishda davom etgani sari internet foydalanuvchilari soni ham oshib bormoqda. 2025-yil
aprel oyidagi statistik ma’lumotlarga qaraganda butun dunyo aholisining 68,7 foizi ijtimoiy
taqmoqlardan foydalanadi. Bu shuni anglatadiki, o‘tgan yilning shu davridan boshlab ijtimoiy
tarmoqlar har soniyada o‘rtacha foydalanuvchilar soni 7,6 %ga o‘sdi.
1
https://datareportal.com “Digital around the world”
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 9, issue 1, Avgust 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
19
Buning natijasida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish inson kundalik hayotiga chuqur kirib bordi
va natijada axborot almashish jarayoni orqali, jamoatchilik fikrini noto‘g’ri shakllantirish,
ijtimoiy qadriyatlarni o‘zgartirish, turli mafkuraviy ta’sirlarni tarqatishning asosiy vositasiga
aylanib qoldi. Aynan jamoatchilik orasida keng foydalaniladigan tarmoqlar (telegram, instagram,
whatsapp) orqali shaxsiy manfaat yo‘lida turli ko‘rinishdagi axborotlar tarqatish,
foydalanuvchilarni manipulyatsiya qilish, ularni yolg’on axborot tarqatib unga ishontirish, fikrni
chalg’itish kabi holatlar anchagina ko‘paygan. Turli yashirin jinoiy guruhlar diniy ekstremistik,
terroristik tashkilotlariga a’zolarni ko’paytirish maqsadida ijtimoiy tarmoqlar orqali manbalar,
nashidalar tarqatib fuqarolarni aldov yo‘li bilan olib ketishmoqda. Bundan tashqari xakerlar
tomonidan uyushtirilayotgan hujumlardan jabrlanuvchilar soni ham kundan-kun ortib bormoqda.
Dunyo bo‘yicha har kuni taxminan 600 million kiberhujum uyushtiriladi. Ular orasida nafaqat
fuqarolar, balki, davlat tashkilotlari ham o‘lja sifatida olinadi. Mikro-moliya tashkilotlari, kichik
ma’lumotlar bazalari, to‘lov dasturlari, xayriya tashkilotlari, shuningdek, mahalliy brendlar nomi
ostida uyushtiriladigan soxta havolali xabarlarni ham misol qilib aytishimiz mumkin.
Foydalanuvchilar asossiz mish-mishlarga ishonishi natijasida yolg‘on va xakerlar tomonidan
yuborilgan xabarlarni o‘zlari bilmagan holda tarqatishmoqda.
Shu bois, bugungi kunga kelib mediasavodxonlikni oshirish va tanqidiy tafakkurni shakllantirish
masalasi dolzarb muammo sifatida namoyon etildi. So‘nggi yillarda yoshlar orasida ijtimoiy
tarmoqlarga haddan tashqari qaramlik, virtual muloqotga berilib ketish va axborotni tanqidiy
tahlil qilmasdan qabul qilish holatlari sezilarli oshdi. Bu esa manipulyativ xabarlar va yolg‘on
ma’lumotlarning tez tarqalishiga, yoshlarning ijtimoiy hayotga nisbatan passivlashuviga hamda
ularning shaxsiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tanqidiy tafakkurni rivojlantirish,
mediasavodlik ko‘nikmalarini shakllantirish orqali inson fikrlash doirasini kengaytirish bilan
birga axborot qabul qilishda xushyorlikni oshiradi, ma’lumotlarni tahlil qilish ko‘nikmalarini
rivojlantiradi va jamiyatda ham axborot xavfsizligini ta’minlashda muhim hisoblanadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Bugun jamiyatda tarqalayotgan axborotlarning nima uchun va qanday maqsadda
uzatilayotganligini bilish kundalik zaruriyatga aylandi. Ayni vaqtda axboriy muhitni anglashda
mediasavodxonlik muhim ahamiyat kasb etadi. YUNESKOning media va axborot savodxonligi
to‘g’risidagi nashrlarida e’lon qilinishicha, mediasavodxon va tanqidiy tafakkurga ega insonlar
tegishli texnologiyalardan erkin foydalana olishi, shuningdek, axborot va mediakontentlarni
yaratish, qabul qilish, to‘g’ri baholay olish, tarqatish ko‘nikmalariga ega bo‘lishadi. Bundan
tashqari fuqarolar ommaviy axborot vositalaridan foydalanish bo’yicha huquq-majburiyatlarini
ham to‘liq anglay oladi. Xabarlarni qabul qilayotganda manbaning kim tomonidan yuborilgani,
mazmuni, ahamiyatini tahlil qilishni boshlaydilar. Bu bevosita manipulyativ ta’sir doirasidan
o‘zlarini himoya qilishlariga yordam beradi. Foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqlardan foydalanar
ekan, axborot qabul qilish bilan birga, albatta, yaratish huquqiga ham ega. Shaxsiy yaratilgan
axborotlarni o‘z auditoriyalariga ulashishadi va keng ko‘lamda muloqot qilishadi.
Mediasavodxonlik –
ommaviy axborot vositalari
orqali uzatilayotgan va qabul qilinayotgan
kundalik
axborotni
saralash koʻnikmalarini, turli axborotlarni qabul qilgandan keyin ham har
qanday vaziyatda toʻgʻri qaror qabul qilish, axborot qayerdan, kim tomonidan va nima maqsadda
uzatilyapti, oʻzida kimning manfaatlarini aks ettiryapti degan tushunchalarni shakllantirishga
xizmat qiladi.
Ko‘rinib turibdiki, mediasavodxonlik uch asosiy ko‘nikmalarni tashkil etadi:
2
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 9, issue 1, Avgust 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
20
yaratish, foydalanish, tushunish. Shaxslar turli axborot manbalaridan foydalangan holda, o‘z
qarashlaridan kelib chiqib yangi media mahsulot yaratadi; OAVda mavjud resurslarni izlash,
saralash, yuborish, tahrirlash kabi jarayonlardan foydalanishadi; Keyingida ular qabul qilgan
ma’lumotlarni tanqidiy yondashuvlari orqali tahlil qilishadi.
Tanqidiy fikrlash
– oʻz-oʻzini boshqaradigan, tarbiyalaydigan, nazorat qiladigan va oʻzini oʻzi
toʻgʻirlaydigan fikrlash shaklidir.
Bu yondashuv orqali inson samarali muloqotga ega bo‘ladi,
faqat axborot qabul qilishdagina emas, balki, shaxsiy rivojlanishda ham bu samarali hisoblanadi.
Jumladan, qaror qabul qilishda aniqlik va to‘g’rilik, munosabat bildirishda qat’iylik va
isbotlangan fikr berish, har qanday ilmiy nazariyalarni tez va oson tushunish, auditoriyani
boshqarishda to‘g’ri yondashish, ko‘zlangan maqsadga natijali erishish.
Media deganda ko‘z oldimizga OAV, ya’ni, gazeta, radio, televideniya, internet keladi.
Mediakontent bundan farqli o‘laroq tarmoqlarini o‘z ichiga oladi. Kundalik yangiliklar, turli xil
reklama e’lonlari, online oʻyinlar va filmlar, umumiy olganda audiovizual kontentlarni aytishim
mumkin. Ushbuu nazariyalardan kelob chiqib shuni aytish mumkinki, mediasavodxonlik va
tanqidiy fikrlash bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Mediasavodxonlik shaxsga axborotni izlash, tahlil
qilish, to‘g‘ri talqin etish va undan oqilona foydalanish imkonini beruvchi asosiy kompetensiya
bo‘lsa, tanqidiy fikrlash ushbu jarayonni chuqurroq anglash, mantiqiy asoslash va mustaqil
xulosa chiqarish qobiliyatini shakllantiradi. Masalan, biror yangilik yoki maqolani o‘qigan shaxs
mediasavod ko‘nikmalari yordamida uni tez va to‘g‘ri qabul qiladi, tanqidiy tafakkuri orqali esa
axborotning manbasi, tarqatilishiga ko‘ra maqsadi, ma’lumotning haqqoniyligi va uning ijtimoiy
ta’sirini baholashi ham mumkin bo‘ladi. Bu esa shaxsga noto‘g‘ri yoki manipulyativ axborotni
bilib olishi, yolg‘on xabarlardan saqlanishiga imkonini beradi.
Mediasavodxonlik va tanqidiy tafakkurni shakllantirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar va
metodlar
1.
CRAAP testi
–
manbalarni tanqidiy tahlil qilish uchun samarali vosita bo‘lib, asosan oliy
ta’limda
kutubxona
va
talabalar
orasida
keng
qo‘llaniladi.
CRAAP
bu
C
urrency,
R
elevance,
A
uthority,
A
ccuracy va
P
urpose so‘zlarining qisqartmasi. Ma’lumki,
ijtimoiy tarmoqlarga kelib tushayotgan axborotlar miqdori anchagina katta. Bu esa ularning
ishonchlilik va haqiqiylik darajasini kamaytiradi. Bundan holatda foydalanuvchilar soxta
axborotlar tuzog’iga tushib qolishlari asosli. Shuning uchun Kaliforniya shtat universiteti
kutubxonachilari tomonidan bu test tizimi tuzildi. Endilikda, foydalanuvchilar o‘zlari muhim deb
bilgan axborotlarni erkin tahlil qilishi mumkin. Xabar qachon e’lon qilingani, qayta tahrirlangani,
maqsadli auditoriya kimlarni tashkil etishi, imloviy va uslubiy xatoliklari, e’lon qilinishda
ko‘zlangan maqsadi, hattoki, muallif yoki e’lon qilgan sayt haqida ham asosiy ma’lumotlar
ko‘rib chiqish imkoniyatlari mavjud.
2.
SIFT usuli –
ma’lumki, barcha veb-saytlar ham ishonchli bo‘lavermaydi. Noqonuniy
tashkilotlar tomonidan tuzilgan veb-sahifalar yoki ta’qiqlangan reklamalar foydalanuvchilar
hayotini xavfga qo‘yishi muqarrar. Buning oldini olish uchun Vashington shtat universiteti
xodimi, raqamli savodxonlik bo‘yicha mutaxasis Mayk Kolflid tomonidan manbalarni to‘g’ri
baholovchi SIFT usuli joriy qilindi. Bu orqali soxta va manipulyativ xabarlar, axborotlar tez va
samarali aniqlanadi. Insonlar bu usuldan qanchalik ko‘p foydalanishsa ularda tanqidiy qarashlar
yanada yaxshiroq rivojlanadi, manipulyativ axborotlarga qarshi immunitet hosil bo‘ladi,
3
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 9, issue 1, Avgust 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
21
jamoatchilikda mediasavodxonlik oshadi. SIFT – stop, investigate the sourse, find better
coverage, trace claims quotes and media to the original context so‘zlarining kengaytmasi. Tahlil
qiladigan bo‘lsak STOP – birinchi o‘rinda manbaga to‘g’ridan-to‘g’ri ishonmasdan, to‘xtab u
bilan batafsil tanishib chiqish lozim. INVESTIGATE THE SOURSE – manbani joylashtiruvchi
sayt haqida batafsil ma’lumot olish zarur. Bu uning ishonchliligini tasdiqlash, rasmiy yoki
norasmiyligini tekshirish uchun kerak. FIND BETTER COVERAGE – odatda e’lon qilingan
xabarlar uch va undan ortiq nashrlarda e’lon qilingan, shuningdek, davlat ro‘yxatidan o‘tgan
saytlar bo‘lsa uning haqiqiylik darajasi ortadi. TRACE CLAIMS QUOTES AND MEDIA TO
THE ORIGINAL CONTEXT – taqdim etilgan materialni asl manbasini aniqlash orqali ham
tekshirish mumkin. Bunda birinchi e’lon qilingan ommaviy axborot vositasini aniqlash lozim.
To‘g’ri, bu biroz qiyinchilik tug’dirishi mumkin, biroq bu samarali usul hisoblanadi.
3.
Prebunking va Debunking amaliyoti –
dunyo bo‘ylab tarqalib borayotgan fake
xabarlarning bugungi kunga kelib soni sezilarli darajada ortdi. Shu sababli dunyoda samarali
metodlar ishlab chiqilmoqda. Ulardan biri prebunking va debunking amaliyoti. U cheksiz
internet olamida fake, tasdiqlanmagan va manipulyativ axborotlarni tarqalishini oldini oladi,
aholida xushyorlikni oshiradi, ma’lumotlarni tanqidiy tahlil qilishlariga yordam beradi, Ayniqsa,
amaloyotda ko‘pincha kibertahdidlarda bu amaliyot qo‘llaniladi. Tanqidiy tafakkur va
mediasavodxon insonda shubhali ko‘ringan har qanday havola, xabar, manbaa, ma’lumot
faktcheker tizimlari orqali tekshiriladi va natijaga qarab xulosalanadi. Hattoki, bu usul orqali
chalg’ituvchi xabarlarni ham anglay olish osonlashadi.
TAHLIL VA NATIJALAR
O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida” gi qonuniga muvofiq axborot
axborotlashtirish jarayonida qo‘llanuvchi axborot resursi sanaladi.
Bugungi kunda globallashuv
jarayonida ishtirok etayotgan har bir davlatda axborot xuruji xavfi sezilib turadi.
Axborot xuruji
– axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar yoki boshqa kommunikatsiya kanallari orqali
odamlarning ongiga maqsadli ravishda ta’sir o‘tkazish, ularning fikrlash tarzini, qaror qabul
qilish jarayonini yoki xatti-harakatlarini o‘zgartirishga qaratilgan manipulyativ jarayondir. Uning
oqibatlari shundaki, ijtimoiy barqarorlikka putur yetadi, jamoatchilik orasida vahima va
ishonchsizlik yuzaga keladi, hattoi, davlat tashkilotlari va shaxslar obro‘sizlantiriladi. G’arazli
niyatda tashkil etilgan noqonuniy kuchlar o‘z maqsadlarini ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatadi.
Bundan anglash mumkinki, birinchi navbatda ular yoshlarning ongiga ta’sir o‘tkazishadi. Virtual
olamda ular virus kabi izg’ib o‘lja izlashadi va ma’naviy sust, ishonuvchan, har qanday
jarayonlarga oddiy hol deb qaraydiganlarni “saralab” olishadi va ko‘proq online ravishda ular
bilan muloqot qilib dunyoqarashlarini butkul o‘zgartirishadi. Ularning bu kabu tuzoqlariga
tushmaslik hamda oldini olish uchun barchani faollikka chorlash, ogoh etish, o‘quv dargohlarida
o‘quvchi yoshlarga maxsus tushuntirishlar berib boorishni kundalik zaruriyatga aylantirish lozim.
O‘rganilgan tadiqotlar shuni ko‘rsatadiki, mediasavodxon s
haxsning tanqidiy tafakkuri
anchagina rivojlangan bo‘ladi. Foydalanuvchi sifatida axborotni izlash, saralash va to‘g’ri tahlil
qilish jarayonini amalga oshiradi, to‘plangan natijalar yuzasidam mustaqil xulosa chiqara oladi.
Boshqa shaxshlarga nisbatan anchagina xushyor bo‘ladi, xabarlarni bir ko‘rishda farqlay oladi,
shubha ostiga olib ularni tahlil qiladi. Yolg’on va manipulyativ axborotlardan o‘z-o’zini himoya
qiladi va yon atrofidagilarni ham himoyalanishga chorlaydi. Tanqidiy tafakkur
4
Z.Sh.Nurmamatov. ‘‘Texnologik ta’lim’’ kafedrasi katta o’qituvchisi p.f.f.d. Media savodxonlik va axborot
madaniyati o‘quv – uslubiy majmua. Termiz – 2023.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 9, issue 1, Avgust 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
22
mediasavodxonlikning amaliy ifodasi hisoblanadi ya’ni uni chuqurlashtiradi. Inson qabul qilgan
ma’lumotlarda asosli dalillarini izlaydi, ko’plab savollar berishni boshlaydi. Natijada
mediasavodxonlik ko‘nikmasi amaliy darajadi yaxshi rivojlanadi. Xabarlarni tarqatoyganda ham
ko‘r-ko‘rona emas, ijtimoiy oqibatlarini o‘ylagan tahlil jarayonidan o‘tkazgan holda to‘g’ri
qatlamga yuboradi.
XULOSA
Olib borilgan tadqiqotlar yakunida shuni aytish mumkinki, mediasavodxonlikni oshirish tanqidiy
tafakkurni shakllantirishning eng samarali yo‘llaridan biri ekanligi nazariy metodlar orqali
keltirildi. Joriy davrda axborot oqimining kengayishi natijada ijtimoiy tarmoqlarda soxta va
manipulyativ xabarlar keng tarqalmoqda. Bunday sharoitda insonning axborotga ongli
yondashuvi muhim ahamiyat kasb etadi. Jamiyatda mediasavod shaxslarni ko‘paytirish, ayniqsa
yoshlar orasida ko‘proq faollashtirish, ularni hushyorlikka tortish borasida keng ko‘lamli ishlar
qilish lozim. Insonlar ijtimoiy tarmoqlarda faqat iste’molchisi emas, uni tahlil qiluvchi,
manbalarni solishtiruvchi, oqibatlarini baholovchi faol ijtimoiy subyekt sifatida shakllanadi.
Shunday ekan tanqidiy yondashuvni ularning odatiga aylantirish muhim masaladir.
Nishonga oluvchilar asosan insonlarning his-tuyg’ulariga ta’sir o‘tkazish orqali tezroq “natijaga”
erishadi. Masalan, kompaniyalar mahsulot yoki xizmatlarini sotish uchun reklama va PR
vositalaridan foydalangan holda auditoriyani manipulyatsiya qilishlari mumkin. Qanday
deysizmi ? Odatda reklama qilinayotgan katta chegirmalar va aksiyalari orqali bo‘ladi. Ularning
“foydani qo‘ldan boy bermang!”,“Faqat siz uchun!” kabi iboralari auditoriyai qiziqtirmay
qo’ymaydi. Yoinki, saylovlar, siyosiy kompaniyalar va targ‘ibot ishlari orqali aholining ovozini
olish uchun manipulyatsiya texnikalari qo‘llaniladi. Dunyoda saylovlar oldidan ko‘p va’dalar
berish holatlarini ham kiritishimiz mumkin.
Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari dunyo bo‘ylab ro‘y berayotgan eng muhim siyosiy,
ijtimoiy va iqtisodiy voqealar, amalga oshirilayotgan islohotlar hamda qabul qilinayotgan
qoununlarni keng yoritish orqali davlat va jamiyat o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik vazifasini
bajarishi bilan birga, axborot yetkazuvchi, jamoatchilik fikrini shakllantiruvchi va ijtimoiy
muammolarga oydinlik kirituvchi asosiy vosita sifatida ham muhimdir. Xususan
mamlakatimizda axborotdan hammaning foydalanishi mumkinligi, uning o‘z vaqtida taqdim
etilishi va ishonchliligi, oshkoraliligi va shaffofliligini ta’minlash doimiy nazoratga olingan.
Mediasavodxonlik tanqidiy tafakkurning ajralmas qismi va jamiyatda axborot madaniyatini
yuksaltirishning muhim shakli hisonlanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Andersson L. The Role of Critical Thinking in Media and Information Literacy. –
Sweden: Linnaeus University Press, 2021.
2.
Abdurahmonova Z.K. Mediasavodxonlik va u bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy tushunchalar
// Yangi O‘zbekiston pedagoglari axborotnomasi
.
– Toshkent, 2023. – №4. – B. 45–50.
3.
Digital around the world // Datareportal
:
Global Digital Insights. –
https://datareportal.com/global-digital-overview
4.
Evaluating Sources: The CRAAP Test // Benedictine University Library
.
5.
Mediasavodxonlik // Vikipediya
6.
Mediasavodxonlik va u nima uchun kerak? // Hurriyat.uz – https://hurriyat.uz
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 9, issue 1, Avgust 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
23
7.
Prebunking vs. Debunking Interventions: Comparative Analysis // CyberPeace Institute
.
–
8.
The SIFT Method // University of Chicago Library
.
