ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI
IYUL
ANDIJON,2025
285
“ALPOMISH” DOSTONIDAGI “INSON” GURUHIGA KIRUVCHI
O‘XSHATISHLARDA OʻZBEK MADANIYATI ME'YOR VA QADRIYATLARI AKS
ETTIRILISHI
Abdullayeva Gulsinoy Zafarovna
Alfraganus University 2-bosqich magistranti
Annotatsiya:
Alpomish dostonidagi inson guruhiga kiruvchi o‘xshatishlarni lingvomadaniy
jihatdan tadqiq etish o‘zbek millatining mentaliteti, milliy ongining o‘ziga xosliklari,
qadriyatlari tizimi mohiyatini yoritishda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Inson guruhi ostiga
uning tashqi va ichki olamiga xos xususiyatlarni ifodalovchi o‘xshatishlar tasvirlanadi.
Kalit so‘zlar:
tashqi ko‘rinish, harakat tavsifi, jismoniy xususiyat, nutqiy faoliyat, fiziologik
holat, insonlararo xususiyatlar
Kirish
“Alpomish” dostonida qo‘llangan o‘zbek tiliga xos turg‘un o‘xshatishlarni semantik guruhlash,
lingvomadaniy jihatdan tadqiq etish orqali o‘zbek millatiga xos bo‘lgan lisoniy manzarani
tavsiflash, milliy madaniyatga xos bo‘lgan qadriyatlar tizimini asoslashdan iborat.
Asosiy qism
O‘zbek mentalitetida insonning turli xususiyatlaridan eng ko‘p o‘zining obrazli ifodasiga ega
bo‘lgan parametr uning tashqi ko‘rinishidir. D.Xudoyberganova turg‘un o‘xshatishlarni
quyidagi ma‘noviy guruhlarga bo‘lib o‘rganadi.
Tashqi ko‘rinish:
“umumiy taassurot”, “qomat”, “ko‘z”, “qosh”, “yuz”, “tishlar”, “soch”,
“soqol”, “mo‘ylov”, “bosh”, “lab”, “og‘iz” “quloq”, “kiprik”, “burun”, “xol”, “o‘xshashlik”
Harakat-harakatsizlik:
layoqatlilik itdek / molday / devdek / chumolidek / asalaridek /
eshakdek ishlamoq
Jismoniy xususiyatlar:
“baquvvatlik”, “semizlik”, “oriqlik”, “chaqqonlik”.
Nutqiy faoliyat:
“nutqning qo‘polligi”, “nutqning tezligi”, “nutqning cho‘ziqligi”, “o‘tkir
ovozdagi nutq”, “past, yoqimsiz ovozdagi nutq”, “nuqsonli nutq”, “takrorlanuvchi nutq”,
“gapirmaslik”.
Fiziologik holat:
“sog‘lomlik”, “xastalik”, “horg‘inlik”, “uyqu”.
Insonlararo munosabatlar:
“do‘stlik, ahillik”, “mehribonlik”, “dushmanlik, g‘arazlilik”,
“xiralik”.
Insonlarning jamiyat a’zolari bilan munosabatida, ayniqsa, kommunikatsiyaga kirishuvida
dastlabki taassurot tashqi ko‘rinish asosida hosil bo‘ladi. Milliy o‘ziga xos baho
munosabatining madaniyatdagi turg‘unlashgan me’yorlar asosida shakllanishi inson tashqi
ko‘rinishini tavsiflovchi o‘xshatishlarda aks etgan qadriyatlar va aksqadriyatlar nisbatidan
oydinlashadi. E’tiborlisi, umumiy taassurot ifodalovchilari sifatida berilgan chiroyli yoki
xunuklik, ko‘pincha “yuz”dan kelib chiqadi. E’tibor bering: chiroyli (inson): guldek, oydek,
o‘n to‘rt kunlik oydek, suqsurdek, malikalardek, farishtadek, popukdek//chiroyli (yuz): kundek,
oydek, guldek; yoki xunuk: ajinadek, azroildek, alvastidek yalmog‘izdek. Insonni chiroyli yoki
xunuk deb hisoblash ham birinchi navbatda, yuz chiroyi/xunukligiga tayanadi. Demak,
o‘zbekcha chiroy – qomat chiroyidan ko‘proq yuz chiroyidir.
Jamoli oyday to'libdi,
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI
IYUL
ANDIJON,2025
286
Yoshi yettida bo'libdi,
Alpomish dostonidan olingan parchada Barchinoyning yuzi oyday deb tasvirlanmoqda,
parchadagi oyday, gulday so‘zlari o‘xshatish etaloni hisoblanadi, bu erkin o‘xshatishga misol
bo‘ladi.
Alpomish dostonida insoning tashqi va ichki ko‘rinishini ifodalaydigan o‘xshatishlar juda ko‘p
va asosan o‘xshatish vositasi “day”, “dek” qo‘shimchalaridan foydalanilgan.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Alpomish dostonida o‘zbek millati qadriyatlarini aks ettiruvchi
o‘xshatishlarga ko‘plab misol topish mumkin. O‘zbek mentalitetining o‘ziga xos qirralarini
ko‘rsatuvchi birinchi jihat sifatida voqelikdagi narsa-hodisalarga estetik yondashuvni ko‘rsatish
mumkin. Bunday yondashuvga go‘zallik va mukammallik to‘g‘risidagi tasavvurlar asos bo‘lib,
millatning ma’naviy olami serqirraligidan dalolat beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
“Alpomish”O‘zbek xalq qahramonlik dostoni – Toshkent: Fan, 2018.-368 b.
2.
Усмонов Ф.Ф. Ўзбек тилидаги ўхшатишларнинг лингвомаданий тадқиқи: Филол.
фан. бўйича фалс. д-ри (PhD) дисс... – Тошкент, 2020. – Б. 33-35.
3.
Худойберганова Д. Ўзбек тилшунослигида матннинг антропоцентрик талqини //
Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 2011. – № 1. – Б. 56-56.
4.
Худойберганова Д. Матннинг антропоцентрик тадқиқи. – Тошкент: Фан, 2013. –
Б. 135.
5.
Махмудов Н. Ўхшатишлар – образли тафаккур махсули// Ўзбек тили ва адабиёти.
– Тошкент, 2011. – № 3. – Б. 19-24.
