ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI
IYUL
ANDIJON,2025
207
INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDA EKOTERMINLARNING O‘RGANILISHI VA
ULARNING BOLA PSIXOLOGIYASIDA TUTGAN O’RNI
Bo’riyev Umarbek Ulug’bek o’g’li
Umarbek95buriyevgmail.com
+998889380095
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ingliz va o’zbek tillarida ekologik atamalarning keng
qo’llanilishi, ularning o’xshasha va farqli tomonlari qisqacha tanishtirib o’tilgan. Maqolada
ekologik atamalarning struktual-kompozitsion xususiyatlari haqida so’z boradi.
Kalit so’zlar:
ekologik leksika, sema, leksema, ekologik atamalarning farqlari va o’xshashligi,
semantika.
Terminlar insonning fikrlash faoliyati mahsuli, tamoyillar, qoidalar, qonunlar, nazariyalar
shakllanishiga xizmat qiluvchi vosita sifatida fan va texnika tilining muhim tarkibiy qismi.
Terminlar nafaqat tilshunoslar, balki turli soha mutaxassislar uchun ham foydalanish manbaidir.
Terminologik tizimlarning shakllanishi va qaror topishi sohadagi o‘zbek va qoraqalpoq
ekologik terminologiyasi asosan, ikki manba: tilning ichki imkoniyatlari va xorijiy tillar
unsurlari (so‘z va so‘z birikmalari) asosida rivojlanib va boyib borishi aniqlandi. Jumladan,
G.O. Vinokur termin – bu alohida so‘z emas, balki atash funksiyasini bajaruvchi so‘zlardir» –
deb taʼkidlaydi.
Terminning o‘ziga xosligini ochib bergan olim A.S. Gerdning fikricha, termin ilmiy
tushunchaga oid maʼnoni anglatadigan so‘zga bog‘lanadi. Biroq bu maʼno ilmiy tushunchaning
faqat asosiy, muhim belgilarini aks ettiradi. Vaholanki, uning taʼrifida ifodalangan maʼno
kengroq bo‘ladi. Termin haqidagi masalani hal qilishning kaliti, avvalo, ushbu aniq bilimning
maksimal darajada to‘liq tuzilishini modellashtirishdan iboratligi taʼkidlangan.
Terminga nisbatan meʼyoriy talablar rus terminologik maktabi asoschisi D.S. Lotte tomonidan
tizimlilik, terminning kontekstga bog‘liq emasligi, qisqalik, mutlaq va nisbiy bir maʼnolik,
oddiylik va tushunarlilik, terminning joriy etilganlik darajasi bilan ifodalangan.
Fransuz va o‘zbek tillari yuridik terminologiyasini qiyosiy tadqiq qilgan P. Nishonov
«Terminlar semantik jihatidan maxsus soha doirasi bilan chegaralanishi va shu sohaga oid
tushunchani ifodalovchi leksik birlikdir» deya taʼkidlaydi. R.G. Piotrovskiy terminologiya
lug‘at tarkibining boshqa qatlamlari va asosiy so‘z fondi bilan yaqindan bog‘liqligi, avvalo,
tildagi so‘z yasash vositalariga oid terminlarni hosil qilish fikrni bildirgan .
Ekologik terminlarni tadqiq qilish o‘zbek tilshunosligining muammolaridan biri hisoblanadi.
Shu munosabat bilan tipologik jihatdan har xil bo‘lgan tillarning termin tizimlarini o‘rganish
lozim.
Ekologiya fani nisbatan kechroq, XIX asrning ikkinchi yarmida biologiyaning bir tarmog‘i
sifatida shakllangan sohasining yuzaga kelgani va taraqqiy etishi yangi ekoleksikaning paydo
bo‘lishida, ekoterminlar tizimining yaratilishida asosiy omil bo‘lib maydonga chiqdi.
Ekologik leksikaning alohida terminlar sifatida pa
ydo
bo‘lishi,
taraqqiyoti
va
rivojlanish tamoyillarini belgilab berilishida ingliz olimlari katta tashabbus ko‘rsatdilar.
Jumladan Ingliz tabiatshunosi Charlz Darvinning ilmiy ishlari ekologiya g‘oyalari asosi va
keyingi taraqqiyoti tamoyillarini belgilanishida muhim o‘rin egalladi. Qolavresa, T.
Spenserning 1870 yilda chop etilgan “Sotsiologiyani o‘rganish” asarida inson ekologiyasining
asoslarini shakllantirdi. Ekologiya fanining markaziy tushunchalaridan biri
- ekotizim
tushunchasi 1935 yili tadqiqotchi Artur Tensli tomonidan kiritilgan. Amerikalik olimlarning
ekologiya rivojiga qo‘shgan hissasi ham salmoqli. AQShda ekologiya termini jonli tabiatning
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI
IYUL
ANDIJON,2025
208
tarixiy rivojlanishini tadqiq qilishning anʼanaviy usullaridan voz kechib, organizmlarning atrof
muhit bilan o‘zaro munosabatlarini o‘rganishga jazm qilgan biologlar guruhi tomonidan ilk
marotaba ishlatilgan edi.
Imlo lug‘atlari, shubhasiz, ekologiyaning boshqa fanlar bilan aloqalarini ham o‘zida aks ettiradi.
Ularda ekologiyaning yangi sohalariga oid so‘zlar qayd etilgan. “Dictionary of Ecology” lug‘ati
90 xil fan sohalarini o‘z ichiga olgan: masalan: demografiya - demography, kibernetika -
cybernetics, genetika - genetics, geomorfologiya - geomorphology. Shulardan atigi 20 tasi
ekologik yo‘nalishlar nomlaridir: Dendraecology; ecological genetics; restoration ecology;
replacement ecology va hokazo.
Ingliz tilida ekoleksikaning qayd etilishi IX asrga (825 y) to‘g‘ri keladi va ular asosan hozirgi
tuproq ekologiyasiga oid bo‘lgan. Ground leksemasi earth va land so‘zlaridan avval, ancha
avval paydo bo‘lgan. Qadimgi ingliz tilida bu so‘z “tekislik” maʼnosini bildirgan. Aynan shu
so‘z orqali ingliz tilida “tuproq ekologiyasi” semantik maydoni shakllana boshlaydi va uning
eng asosiy, yadroviy komponentlaridan biri bo‘lib qoladi. IX-X asrlarda ingliz tilidagi “land”
va “Earth” so‘zlari (“quruqlik”, “hudud”, “o‘lka”, “mamlakat”, “yer mulki” hamda “tabiiy yer”,
“insoniyat”, “tuproqning tashqi qavati”, “modda” “ko‘l” kabi maʼnolarda) qo‘llana boshlanadi.
Keyinroq ushbu ekoleksemalar qatori fransuzcha soil (tuproq) so‘zi hisobiga kengayadi. XV-
XIX asrlarga kelib, bu semantik maydon yangi tuproq haqida tushunchalarni ifodalovchi
so‘zlar hisobiga kengayadi. Mas: soil type, soil processes, soil pollution va hokazolar(A
Dictionary of Ecology/ edited by Michael Allaby).
Ingliz tilidagi ekoleksikaga qiziqish leksik hodisalarni dinamik planda o‘rganishga
talabning paydo bo‘lishi, struktural va funksional lingvistika, kognitivistika fanlari yuzaga
keltirdi R.U. Langaker, Ch. Filmor, B.L. Uorf, U.L.Cheyz, D.S.Lotte, V.P.Danilenko, A.A.
Potebnya, V.V. Vinogradov, A.I. Smirnitskiy, A.A.Ufimseva kabilar ayni shu yo‘nalishda
tadqiqotlar olib bordilar.
Ekologiya bilan bog‘liq sohalarda tadqiqot olib borgan olimlar o‘z ishlarida 6 ta asosiy
ekologik fanlarni ajratib ko‘rsatishgan: 1. landshaft ekologiyasi (landscape ecology); 2.
ekotizimlar ekologiyasi (ecosystem ecology); 3. fiziologik ekologiya (physiological ecology); 4.
xulq-atvorga oid ekologiya (behavioral ecology); 5. populyatsion ekologiya (population
ecology) va 6. hamjamiyatlar ekologiyasi (community ecology)(Dobson, 1998).
Dastlab turli leksik qatlamlar tarkibida o‘rganilgan ekoleksika, keyinchalik ekologiya fanining
yuzaga kelishi natijasida mustaqil leksik semantik guruhlar sifatida tadqiq etila boshlanadi,
masalan, tuproq ekologiyasi, tibbiyot ekologiyasi, iqtisod ekologiyasi, hatto
lingvistik
ekologiya tushunchalarini ifodalovchi so‘zlar va terminlar ham paydo bo‘la boshladi.
Atrofimizdagi ijtimoiy va tabiiy muhit qanchalik ko‘p sohalarga tarmoqlansa, ularga tegishli
tushunchalar ham, ularni ifodalovchi so‘zlar ham xuddi shu tarzda taqsimlanadi, guruhlanadi va
aynan shunday tartibda tilshunoslikda o‘rganiladi.
Ekologiya bilan bog‘liq alohida leksika boshqa tillarda bo‘lgani kabi o‘zbek tilida ham,
xuddi boshqa turkiy tillardagi kabi ekoleksik qatlam tarqoq holda o‘rganilgan. Ekoleksika
boshqa turdagi leksemalar bilan parallel ravishda tadqiq etilgan bo‘lsa-da ularning ekologik
sohasiga oid ekanligi aniqlanmagan. O‘z davri uchun tabiiy hol hisoblanadi, chunki o‘tgan
davrda insoniyatning ekologiya to‘g‘risida bilimlari yetarli darajada shakllanmagan edi. Ammo
ekoleksemalardan o‘zbek tilida so‘zlashuvchilar doimo faol foydalanib kelishgan.
Tarixiy manbalar ekoleksikaning Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy,
Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va
boshqa ko‘pgina mutafakkirlarning asarlarida o‘z ifodasini topgan. Jumladan, Alisher Navoiy
tabiatda sodir bo‘ladigan aksariyat voqea va hodisalarni insonlarga namuna sifatida ko‘rsatadi.
Bobur esa o‘zining mashhur «Boburnoma» asarida Farg‘ona vodiysiga xos iqlim, tabiiy
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI
IYUL
ANDIJON,2025
209
sharoitlar, go‘zal dala va qirlar, o‘zi tomonidan tashkil etilgan «Bog‘i Shahroro», «Bog‘i
Jahonoro», «Bog‘i Navro‘ziy» haqida maʼlumotlar keltirilgan bo‘lib, ushbu memuar asarda
o‘zbek tilining geografiya va ekologiyaga oid leksikasi o‘z aksini topgan. Masalan: bog‘cha,
darmon, zahar, zah, kamalakmuhit, tabiiy, yil fasllari, dunyo, nur, tabiat, modda, g‘or, jahon,
halokat, jins, hayvon, havo va hokazo13 . Buyuk alloma Muhammad Muso al-Xorazmiy
risolalaridan birida shunday deb yozadi: «Bilingki, daryoning ko‘zlari yoshlansa, uning boshiga
g‘am, kulfat tushgan bo‘ladi. Odamlar, daryodan mexringizni darig‘ tutmanglar» 14 .
Xorijiy tilshunoslikda ekologik terminlar tadqiqiga T.M. Garipovaning boshqird tilida so‘z
yasashga bag‘ishlangan tadqiqoti, turk tillari ekoleksikasida ko‘k-osmon, uloi-o‘t kabi
leksemalar tadqiq qilingan15. Ekologiyaga oid tabiat terminlarining rus, tatar tillaridagi
ekvivalentlarining qiyosiy o‘rganilishiga bag‘ishlangan tadqiqotlardan biri V.S. Dmitriyeva va
G.I. Ildarxanovalar tomonidan tadqiq qilingan16 . O.N. Byatikovaning «Tatar adabiy tilidagi
baliqchilik leksikasi» mavzusidagi tadqiqot ishi (2003) tatar tilida korbap balыgы ―leshch‖,
kilka ―kilka‖, salaka ―salaka‖, kambala ―kambala‖, cho‘rtan kabi baliqlar nomini
o‘rganishga bag‘ishlangan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Karimov I.A. Biz tanlagan yo‘l-demokratik taraqqiyot va maʼrifiy dunyo bilan
hamkorlik yo‘li // O‘zbekiston respublikasi Oliy majlisi XI sesiyasidagi maʼruzasi. ―Mulkdor
gazetasi‖. – Toshkent, 2003yil 25 aprel. – B.4.
2.
Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. – Toshkent: 1995. – 55 B.
3.
Abduazizov A.A. Tilshunoslikka kirish. – 2 -kism. Leksikologiya va semasiologiya.
Grammatika. – Toshkent, 1999– 10 B.
4.
Averbux. K.Ya. Standartizatsiya terminologii: nekotorыe itogi i perspektivы (k 50-
letiyu deyatelnosti po standartizatsii terminologii // Nauch.-texn, informatsiya, Ser. 1. – № 3. –
S. 81.
5.
Akimova T.A., Xaskin V.V. Ekologiya. Chelovek – Ekonomika — Biota — Sreda. –
Moskva.: YUNITI - DANA, 2000. – 27 s.
6.
Antonova M.V, Leychik V.M. Rol konseptualnoy strukturы v formirovanii otraslevoy
terminologii // Terminы i ix funksionirovaniye. – Moskva., 1987. – S. 42-49.
7.
Beznosov V.N., Goryunova SV. Mnogoyazыchnыy slovar osnovnыx terminov po
ekologii. Na russkom, angliyskom, nemetskom, fransuzskom i ispanskom yazыkax. – Moskva.:
RUDN, 1995. – 128 S.
8.
Boburnoma. T., 1989; Kitob – uz –zakot. – Toshkent., – 1993;
9.
Brodskiy. A.K. Kratkiy kurs obщey ekologii.: Uchebn.posobiye. –Spb:DEAN, 1999. -
224 s
10.
Veregitina I.V. Terminologiya sistemnogo kompleksa nauchnыx ekologicheskix znaniy:
derivatsionno-semanticheskiy aspekt. Avtoref. dis. ... kand. filol. nauk . – Moskva, 2006. – 26
s.;
11.
Vinokur G.O. O nekotorыx yavleniyax slovoobrazovaniya v russkoy texnicheskoy
terminologii/Tatarinov V.A. Istoriya otechestvennogo terminovedeniya – T. –Klassiki
terminovedeniya. Ocherk i xrestomatiya. – M.: Moskovskiy litsey, 1994. – S. 218 - 284.
