ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI
IYUL
ANDIJON,2025
191
MАKTАBGАCHА TА’LIM TАSHKILOTI PEDAGOGLАRINING
HАMKORLIKDАGI ISH FАOLIYATINI TАKOMILLАSHTIRISH
Aliyeva Gulmira Akramjonovna
Andijon viloyati Marhamat tumani
19-sonli DMTT uslubchisi
Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida bola odatda jamoada faoliyat yuritishga tayyorlanadi va
ushbu jarayonda inoqlashuv davrini ham olg’a suradi.
Ayniqsa, bolalar o‘z murabbiylari va tarbiyachilari-ni diqqat bilan kuzatadi. O‘z navbatida
tarbiyachilar va murabbiylar ham bolalarni nima qila olishlarini, nimani bilishlarini, ijodiy
bilimlari bormi yoki yo‘qmi, mehnatsevarmi yoki yo‘qmi kabi nuqtai nazarlardan o‘rganadilar.
Bunday holatlarda murabbiy va tarbiyachilarning asosiy vazifasi –hamisha ijodiy, sinchikov va
tashabbuskor bo‘lishdan iborat bo‘lib, ularning asosiy shiori tarbiyalash, o‘qitish, o‘rgatish va
o‘rganishdir.
Ana shunday o‘zaro faol jarayonlarning nechog’lik samarali bo‘lishi murabbiy va
tarbiyachilarning shaxsiy xislatlariga bog’liq bo‘ladi.Bu borada Maktabgacha ta`lim
tashkilotlarida faoliyat yurituvchi pedagogik kasb xodimlariga zarur bo‘lgan shaxsiy xislatlarni
shartli ravishda quyidagi yo‘nalishlarga bo‘lish mumkin:
1. Bolalarni sevish va ularni tushuna olishga bog’liq xislatlar.
2. O‘z – o‘zini nazorat qilish, sabr – toqatli bo‘lish, bolaning har qanday holatida unga mos
bo‘lgan muloyim muomalani qila bilishiga oid xislatlar.
3. Har bir yangi kelgan bolaga “Biz sizni kutgandik, kelishingizdan xursandman” va u kelib
qo‘shiladigan guruhni ko‘rsatib “Mana shu sizning eng yaqin do‘stlaringiz” kabi muloyim
muomalalarni qalbdan ayta ola bilishiga oid xislatlar.
4. Maktabgacha ta`lim tashkilotlari xodimlari va bolalarni (u qaysi guruhdan bo‘lishidan qat’iy
nazar) tushuna bilish qobiliyatiga mos xislatlar.
5. Maktabgacha ta`lim tashkilotlari xodimlari va bolalarga ta’sir o‘tkaza olishga doir xislatlar.
6. Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida ma’naviyat, ma’rifat, “Zakovat” mashg’ulotlarini
samarali olib borshga oid xislatlar.
Maktabgacha ta`lim tashkilotlaridagi pedagogik kasbga ega xodimlarning ibrat – namuna
bo‘lishga oid xislatlari. Shuningdek, Maktabgacha ta`lim tashkilotlaridagi tarbiyachi va
murabbiylarining shaxsiy xislatlari bola tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning
bolalar jamoasidagi vazifalari o‘sha jamoadagi bolalar tarbiyasi orqali aniqlanadi. Shu sababli
murabbiy va tarbiyachilarning ham shaxsiy xislatlari bola tarbiyasida o‘ta muhimdir. Ularni biz
quyidagicha ifodalashni lozim topdik: bolalar bilan ishlashda, ularning tarbiyasi va
rivojlanishiga qiziqish, bolalarni tushunish qobiliyatiga ega bo‘lish, ularga ishonch, ularning
faollik, havaskorlik, ijodiy qirralarini ochish, shuningdek, tashkilotchilik faoliyatiga bo‘lgan
katta qiziqish va bu boradagi faolligi, jamoaviy ishlarni tashkil etishda bolalarga ta’sir qila olish,
o‘z bilim va mahoratini ularga bera olish va ulardagi tashabbuskorlik, javobgarlik hislarini
shakllantira olish: bolalar jamoasida ishlashga bo‘lgan moyillik (bolalarni sevish, ular
jamoasini hurmat qilish), bolalar jamoasi shaxs shakllanishining asosi ekanligini anglash;
bolalarni jamoaviy ijodiy faoliyat usullari bilan tarbiyalashga bo‘lgan qiziqish; o‘z – o‘zini
boshqara olish, sabr – toqat, tanqidiy va tahliliy fikrlarni to‘g’ri qabul qila olish; o‘z – o‘ziga
o‘ta talabchanlik, o‘z – o‘zini tanqid qila olishlik, o‘z – o‘zini nazorat qila olishlik;
kirishuvchanlik, samimiylik, barcha bilan muloqot qilishga qiziqish; bolalar bilan tezda kirishib
ketish, ya’ni muloqotda erkinlikka erisha olishlik; sezgirlik, sinchikovlik asosida mehribonlik,
hamkorlik qila olishlikka oid xislatlar; yangiliklarga nisbatan xayrixohlik, ularni tez va o‘z
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI
IYUL
ANDIJON,2025
192
vaqtida qabul qila olishlik; tarbiya jarayonida bir faoliyat turidan ikkinchisiga muammosiz va
qulay (uncha sezdirmagan holda) o‘ta olishlik; bolalar dardini seza olishlik va ular bilan
qayg’udosh bo‘lishlik hamda vaqti kelganda (ular bir muvaffaqiyatga erishganda) birga quvona
olishlik; o‘tkir zehnlilik, sezuvchanlik o‘z e’tiborini va diqqatini tezlik bilan boshqa biror
narsaga qarata olishlik; imo – ishoradan unumli foydalana olishlik; o‘z hissiyotlarini boshqara
olishlik; o‘zini bosib olishlik, o‘zini xotirjam ko‘rsata olishlik; salbiy ruhiy ta’sirlarning
(xoholab baqirib kulish, baqirib qo‘pol ovoz bilan gapirmaslik, qo‘pol muomala qilmaslik,
birovni kamsitmaslik, birovni izza qilmaslik va h.k.) madaniy ko‘rinishiga ega bo‘lishlik;
murabbiy va tarbiyachilar nutqining ravon hamda aniq bo‘lishi (chiroyli gapira olish, o‘z
ovozini boshqara olish, yaxshi lug’at boyligiga ega bo‘lish, nutqining obrazliligi va
hayajonliligi) to‘g’ridan – to‘g’ri “qog’ozsiz” so‘zga chiqa olishi va fikrini erkin namoyon qila
olish va h.k.). Maktabgacha ta`lim tashkilotlari pedagogik kasb xodimlarining yuqorida qayd
etilgan xislatlari, xususiyatlari va fikrlashlari qamrovi bilan birga ularga nutqiy ko‘rish va
eshitish bo‘yicha ham yaxshi xotira kerak. Bunga sabab ular kasbiy faoliyati davomida
ma’ruzalar (suhbat, savol – javob ko‘rinishidagi qisqa ma’lumotlar berish) qiladi; bolalarga
buyruqlar, takliflar, tavsiyalar beradi; bolalar va hamkasblarining to‘liq ismi shariflarini aytib
murojaat qilishlari kerak bo‘ladi; bolalar va ota – onalarning yuz ko‘rinishlari hamda ismlarini
esda saqlab qolishlari hamda ularning tovushlarini tezlik bilan va mustahkam esda saqlab
qolishlari kerak bo‘ladi; shuningdek, she’r, qo‘shiq, ertak, rivoyat va shu kabilarni yodlab va
esda saqlash kerak bo‘ladi.Ushbu jarayonda faoliyat yurituvchi tarbiyachi va murabbiylarda
yuqoridagi xislatlardan tashqari psixofizologik xususiyatlar ham kerak. Ular: jismoniy va
ma’naviy jihatdan salomatlik; jismoniy jihatdan chidamlilik, irodalilik; yuqori darajadagi
ishchanlik, mehnatsevarlik.Murabbiylar va tarbiyachilar turli xil fikrlash (ijodiy, analitik,
konstruktiv va h.k.) larga ham qodir bo‘lishi kerak.Ulardan ijodiy fikrlashda bolalarni
tarbiyalash masalalarini mustaqil, qiziqarli, o‘zaro faol qilib bajarishga bo‘lgan faoliyatda
e’tiborga olinadi va erishilgan natija muhokamasida u yaqqol seziladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Maxmudova, S. (2025). BOLA NUTQIY RIVOJLANISHIDA NUTQIY MUHITNING
O ‘RNI VA AHAMIYATI. BILGI ÇEŞMESI, 1(6), 76-81.
2.
Maxmudova, S. (2025). ILK VA MAKTABGACHA YОSHDАGI BОLАLАRNI
BАDIIY АDАBIYОTI BILАN TАNISHTIRISH VAZIFA, USUL VOSITALARI. BILGI
ÇEŞMESI, 1(6), 67-75.
3.
Maxmudova, S. (2025). MULOQOTNING BOLA SHAXSI RIVOJLANISHDAGI
AHAMIYATI. Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi, 44(1), 117-120.
4.
Maxmudova, S. (2024). MАKАTАBGАCHА YОSHDАGI BОLАLАR BILАN LUG
‘АT ISHINI ОLIB BОRISHNING METODIK TIZIMINING QIYOSIY TAHLILI. QO ‘QON
UNIVERSITETI XABARNOMASI, 13, 205-210.
5.
Ойбарчин, М., & Севара, М. (2018). МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТИЗИМИДА
ПЛАСТИК МАТЕРИАЛЛАР БИЛАН ИШЛАШ АФЗАЛЛИКЛАРИ. In Инновационные
подходы в современной науке (pp. 184-188).
6.
Djanpeisova, G., & Maxmudova, S. (2019). USE OF ORIGANS IN
MATHEMATICAL EDUCATION AND DEVELOPMENT OF PRESCHOOL CHILDREN.
In ДЕТСТВО В ПРОСТРАНСТВЕ СОЦИОКУЛЬТУРНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ
ПРАКТИК (pp. 113-116).
