ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI
IYUL
ANDIJON,2025
167
DEMOKRATIK HUQUQIY DAVLAT VA ADOLATLI FUQAROLIK JAMIYATIDA
OILANING O‘RNI VA BUGUNGI AHAMIYATI
Habibjonov Izzatbek Dilshodjon oʻgʻli
Ijtimoiy fanlar fakulteti
Milliy gʻoya maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi yoʼnalishi
2 kurs talabasi,
xabibjonovizzatbek22@gmail.com
Annotatsiya:
Maqolada O‘zbekiston Respublikasida demokratik huquqiy davlat va adolatli
fuqarolik jamiyatida oilaning o‘rni, oila institutining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari ilmiy
jihatdan tahlil qilindi. Yangi O‘zbekistonda mamlakatimizda oilaga, uni ijtimoiy himoya
qilishning huquqiy asoslarini shakllantirishga alohida e'tibor berib kelinmoqda. Oilani davlat
tomonidan ijtimoiy himoya qilishning konstitutsiyaviy asoslari yaratildi.
Kalit so‘zlar:
ijtimoiy himoya, huquqiy asoslar,oila insituti, hayotiy manfaatlar, jamiyat, davlat,
oila, mahalla, ta'lim, tarbiya.
Аннотация.
В статье научно проанализированы место семьи в гуманном
демократическом правовом государстве и справедливом гражданском обществе в
Республике Узбекистан, конституционно-правовые основы института семьи. В новом
Узбекистане особое внимание уделяется семье и формированию правовой основы ее
социальной защиты. Созданы конституционные основы социальной защиты семьи
государством.
Ключевые слова:
социальная защита, правовые основы, институт семьи, жизненные
интересы, общество, государство, семья, соседство, образование, воспитание.
Abstract.
The article scientifically analyzes the place of the family in a humane democratic
legal state and a fair civil society in the Republic of Uzbekistan, the constitutional and legal
foundations of the family institution. In the new Uzbekistan, special attention is paid to the
family and the formation of the legal basis for its social protection. The constitutional
foundations of social protection of the family by the state have been created.
Keywords:
social protection, legal foundations, family institution, vital interests, society, state,
family, neighborhood, education, upbringing.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev oila haqida so‘z yuritib,
“Eng muhimi, islohotlarimiz samarasini yurtimizda yashayotgan har bir inson, har
bir oila bugun o‘z hayotida his etishi kerak. Buning uchun barcha bo‘g‘indagi
rahbarlar foizlar, raqamlar, qog‘ozning ortidan quvmasdan, har bir fuqaro uchun,
uning hayotiy manfaatlarini ta'minlash uchun ishlashi shart. Shunda nuroniy
keksalarimiz, muhtaram otaxon va onaxonlarimiz, hurmatli ayollarimiz, aziz
farzandlarimiz, jajji nabiralarimiz, ko‘p millatli butun xalqimiz bizdan rozi
bo‘ladi”, - deya ta'kidlaydi [1]. Haqiqatdan ham Respublikamizda hozirgi kunga
qadar oilaviy munosabatlarni tartibga solishga va mustahkamlashga qaratilgan
Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari qabul qilinib,
ular izchil amalga tadbiq etib kelinmoqda.
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI
IYUL
ANDIJON,2025
168
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasinda oila to‘g‘risida alohida bob o‘rnatildi
va “Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida
bo‘lish huquqiga ega” (63-modda) deb belgilandi [2,]. Oila qanchalik mustahkam
bo‘lsa, jamiyat ham shunchalik mustahkam bo‘ladi va tez rivojlanadi. Zero,
jamiyat asosi – oilaning moddiy va ijtimoiy jihatdan Birlashgan Millatlar
Tashkilotining Bosh Assambleyasi 1994 yildan e'tiboran har yili 15 may kunini
“Halqaro oila kuni” sifatida nishonlashga qaror qilganligi bejiz emas. O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 65-moddasining 2-qismi hamda Oila kodeksi 4-
moddasining 1-qismiga binoan, oila, onalik, otalik va bolalik davlat himoyasidadir.
O‘tgan vaqt davomida mamlakatimizda ayollar va o‘sib kelayotgan yosh avlod
sog‘ligini mustahkamlashga yo‘naltirilgan muntazam chora-tadbirlar amalga
oshirilishi natijasida sog‘lom oilani shakllantirish va sog‘lomlashtirish ishlari
o‘zining ijobiy samarasini bermoqda.
Mazkur konstitutsiyaviy qoidani hayotga tatbiq etish maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi Oila kodeksi, “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”, “Oilaviy
tadbirkorlik to‘g‘risida”, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi kabi bir
qator qonunlar qabul qilindi. Oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining vazifalari
oilani mustahkamlashdan, oilaviy munosabatlarni o‘zaro muhabbat, ishonch va
hurmat, hamjihatlik, bir-biriga yordam berish hamda oila oldida uning barcha
a'zolarining mas'ulligi hissi asosida qurishdan, biron-bir shaxsning oila
masalalariga o‘zboshimchalik bilan aralashishga yo‘l qo‘ymaslikdan, oila a'zolari
o‘z huquqlarini to‘sqinliksiz amalga oshirishini hamda bu huquqlarning himoya
qilinishini ta'minlashdan iborat, deb belgilab qo‘yildi. Yaqinda qabul qilingan
“Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni 5-moddasida
ham har tomonlama barkamol va sog‘lom yosh avlodni shakllantirish, onalik va
bolalikni, shuningdek, xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, ularning
mamlakat ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy hayotida to‘laqonli ishtirok
etishini ta'minlash, sog‘lom oilani shakllantirish ijtimoiy sheriklikni amalga
oshirish sohalaridan biri, deb e'tirof etildi.
Bir qator vazirliklar, xususan, Adliya, Sog‘liqni saqlash, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza
qilish, Xalq ta'limi va boshqa vazirliklarning asosiy vazifasi sifatida tegishlicha nikohni qayd
etish, kam ta'minlangan oilalarni ijtimoiy muhofaza qilish, oilaviy tadbirkorlik
rivojlantirilishini rag‘batlantirish, oila, ona, ota va bolaga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish
dasturini amalga oshirish, bolalarni oila sharoitlarida tarbiyalashga oid psixologik-pedagogik
metodlar joriy etish kabilar belgilandi. Mamlakatimizda har bir yangi yilga nom berishda
bevosita va bilvosita oilaning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini oshirish, uning iqtisodiy,
ijtimoiy, ma'naviy va huquqiy manfaatlarini ta'minlash, har bir oilaning farovonligini
yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanmoqda. Bulardan tashqari, Konstitutsiyada
belgilangan oilaning davlat muhofazasida bo‘lish huquqini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi tomonidan bir qator zarur chora-tadbirlar,
qarorlar qabul qilinmoqda.
Mamlakatimizning barcha hududlarida skrining, perinatal va ixtisoslashtirilgan tibbiy-ilmiy
muassasalar faoliyat yuritayotgani, homilador ayollar davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan
zarur polivitaminlar bilan ta'minlanayotgani sog‘lom avlodni dunyoga keltirish, ona va bola
salomatligiga salbiy ta'sir etishi mumkin bo‘lgan holatlarni barvaqt aniqlash hamda bartaraf
qilishda muhim omil bo‘layotir.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining
yigirma to‘qqiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida “Oila, onalik va
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI
IYUL
ANDIJON,2025
169
bolalikni himoya qilish, xotin-qizlarning huquq va manfaatlari, ayollarning mehnat va turmush
sharoitini yaxshilash, gender tenglikni ta'minlash borasidagi ishlarimiz ham izchil davom
ettirilayotganligini, kam ta'minlangan oilalarda kamol topayotgan qizlarimizning bilim olish
imkoniyatini kengaytirish uchun bu yil yangi tizim joriy etdik. Unga muvofiq, ushbu o‘quv
yilida oliy ta'lim dargohlarining kunduzgi bo‘limlariga bunday qizlarimiz uchun davlat granti
asosida 940 ta qo‘shimcha o‘rin ajratilganligini” ta'kidlab o‘tgan [3].
Albatta, biz qurayotgan Yangi O‘zbekiston yangi dunyo qarash insonparvarlik demokratik
huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatida oila o‘ziga xos ijtimoiy birlashmani tashkil
etadi. Oilaning bu xususiyati uning jamiyat manfaatlari bilan bog‘liqligi hamda ijtimoiy
vazifalarida ifodalanadi. Mamlakatimizda har bir oila har bir insonning turmush farovonligi,
fuqarolar totuvligini mustahkamlashga qaratilgan dasturiy maqsadlarga asoslanib ish olib
borilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, mamalakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanishlar –
yurtimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elatlarning o‘ziga xos urf-odatlari, mahalliy va
milliy xususiyatlarini inobatga olgan holda, oila va yoshlarga oid qonunchilikni
mustahkamlashga, ma'naviy va jismoniy sog‘lom avlodni tarbiyalashga, oilaning ijtimoiy-
iqtisodiy, ma'naviy-ahloqiy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.
Har bir oila boshqalarga o‘xshamaydigan o‘z shaxsiy idividual qiyofasiga egadir. Oila
a'zolarining maьlumoti, maьnaviy talablari, iqtisodiy shart-sharoitlar turlicha bo‘lishi sababli
oiladagi kelib chiqadigan muammolar ham turlichadir.
Shaxsning jamiyatni faol ishtirokchisi sifatida shakllanishida oila muhim o‘rin egallaydi. Bola
oilada tug‘ilib voyaga yetar ekan, yillar davomida oilada shakllangan munosabatlar tizimi bola
psixologiyasiga ta'sir ko‘rsatadi. Oiladagi kattalarning o‘zaro va farzandlari bilan bo‘ladigan
shaxslararo munosabatlari, ya'ni muloqoti, muomalasi, bolaga nisbatan munosabatlari orqali
ta'sir ko‘rsatadilar. Bu ta'sir pirovard natijada bolaning dunyoni anglash tarziga atrof-muhitga
odamlarga munosabatini namoyon etishiga, hatto fikrlash tarziga ham ta'sir ko‘rsatadi. Bu
ta'sirni aynan bir xil yo‘nalishdagi yo salbiy, yo ijobiy deb qarash noto‘g‘ri bo‘lar edi. Chunki
ma'lum sharoitlarda oilaviy ta'sirga bolaning beriluvchanlik darajasi uning bu ta'sirlarga
munosabati qandayligiga bog‘liq ravishda ta'sirning natijasi turlicha bo‘lishi mumkin. Agar
kattalar tomonidan ko‘rsatiladigan tarbiyaviy ta'sirni mavjud ijtimoiy normativlar bilan
taqqoslab berish imkoniyatiga ega bo‘lsa, bola bunda o‘zi uchun ijobiy deb hisoblangan
andozaga ergashish ehtimoli yuqori bo‘ladi. Lekin hayot tajribasi va kuzatishlar shundan
dalolat beradiki oilaning tarbiyaviy kuchi, ayniqsa bolaning maktabgacha yosh davri yuqori
bo‘ladi va bu davrda kattalar tomonidan oilada bolaga ko‘rsatiladigan ta'sir yetakchi ahamiyat
kasb etishi mumkin. Shunday ekan, shaxs sifatlari hatto fikrlash tarzi shakllanishi bilan oiladagi
tarbiyaviy ta'sir usullari o‘rtasida bevosita bog‘liqlik bor deyishimizga yetarlicha asosimiz bor.
Psixologiya fanida o‘z isbotini topgan oiladagi tarbiya ko‘rsatish usullarining asosiy
ko‘rinishlariga to‘xtalar ekanmiz, ularni shaxs faolligini qo‘llab quvvatlovchi yoki faollikni
cheklovchi ta'sir sifatida ikki toifaga ajratish mumkin bo‘ladi. Jumladan, hamkorlik va
aralashmaslik usullari shaxs faolligini cheklovchi ta'sir usuli sifatida qaralishi mumkin.
Har qanday yangi fikrni tug‘ilishi va uning rivojlantirilishi bu fikrning atrofdagilar tomonidan
qanchalik qo‘llab quvvatlanishiga bog‘liq.
Ayniqsa, fikrning tan olinishida va e'tirof etilishi shaxsda fikrlashga bo‘lgan ehtiyojni yanada
kuchayishiga olib keladi. Demak, mustaqil fikrlash jarayonini shakllantirish oilada ota-
onalarning bolaga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishlari ham bevosita bog‘liq.
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI
IYUL
ANDIJON,2025
170
Agar yuqoridagilarni hisobga oladigan bo‘lsak, kattalar tomonidan o‘z ustunligini ko‘rsatishga
va faqat o‘z fikrini o‘tkazishga asoslangan tarbiyani diktaktikasi bolaning faqatgina kattalar
talabi va xohishi yo‘nalishida fikrlashga majbur etadi.
Bu usulda kattalar tomonidan bolaga beriladigan ko‘rsatma tanbehlar va xatto ba'zi hollardagi
kamsitishlar bolaning fikr doirasini kattalar uchun ma'qul, kattalarga yoqadigan yo‘nalish bilan
cheklab qo‘yadi. Bolaga o‘ylab ko‘rish biron-bir muammo ustida bosh qotirishga va uning
yechimini mustaqil fikrlab topishga yo‘l bermaydi bularning barchasi bolani mustaqil
tafakkurdan mahrum etadi.
Xuddi shuningdek, tarbiyaning vasiylik praktikasida ham bola bajarilishi lozim bo‘lgan barcha
vazifalarini kattalar o‘z zimmasiga olishi evaziga bolada mustaqil tafakkur qilishga bo‘lgan
ehtiyoj rivojlanmay qoladi.
Oilada ijobiy psixologik muhitni bir me'yorda saqlash oila a'zolarining barchasiga taalluqli
hodisadir. Farzandlar tomonidan o‘z fikrini erkin va mustaqil ifoda qilishi uchun quyidagi
vazifalar amalga oshirilishi lozim.
1.
Emotsional-psixologik madad, emotsional yordam berish shaxslarning hissiyotlarini
barqarorlashtirish va muloqotga kirishishning psixologik terapeyasini o‘tkazish;
2.
Oila a'zolari o‘rtasida yuksak manaviy muloqot jarayonini yuzaga kelishini ta'minlash;
3.
Oila a'zolari barchasining o‘rtasidagi muloqot jarayonida amalga oshirish lozim
bo‘lgan mas'uliyat va majburiyatlarni tartibga solish;
Oila a'zolarining bir-birlarini qo‘llab-quvvatlovchi polifoniya yani samimiylik asosida muloqot
darajasidan to‘laqonli va samarali foydalanishga erishish. Oilaning funktsional xususiyatlari –
bu oila a'zolari o‘rtasidagi munosabatlarning sifatiy taraflarini tavsiflaydi. Masalan,
1. Muloqot uslublari.
2. Har bir oilaga xos bo‘lgan tartib-qoidalar.
3. O‘zaro muloqot jarayonida kommunikativ to‘siqlarning mavjudlari (yo‘qligi).
Satir o‘zining psixoterapevtik tajribasidan kelib chiqqan holda oilaviy munosabatlar jarayonida
ko‘zga tashlanadigan muloqotning 5 xil uslubini ajratadiki, ulardan to‘rttasini u samarasiz deb
ataydi, bittasi yetarli darajada tajriba va bilimga ega bo‘lgan yetuk muloqot uslubiga kiradi.
Dastlabki to‘rttasi odatda muomala jarayonida biror muammo yoki to‘siqni yengishga, o‘zini
ataylab yaxshi ko‘rsatishga, kimgadir yoqishga yoki aksincha, kimnidir nimagadir ayblashga,
tanqid qilishga xizmat qiluvchi uslublardir. Masalan, Xushomadgo‘ylik uslubi kimlargadir
ataylab yoqish maqsadida barcha oila a'zolarining xatti-harakatlaridan andoza olish, o‘zini
yerga urib bo‘lsa-da, o‘zgalar bilan kelishib yashash, bu bilan o‘zini hamisha yerga urishni
nazarda tutadi. Ayblovchi uslub doimo kimnidir nimagadir o‘rgataverish, tanqid va nazorat
qilish, faqat o‘zidan kuchli odam oldidagina biroz o‘zini tortish bilan bog‘liq kommunikativ
harakatlarni o‘z ichiga oladi. Birinchi va ikkinchi uslublar go‘yoki bir birini to‘ldiradi [4, 68-b.].
Hisob-kitobli muomala uslubi shundayki, unga ko‘ra odam hamisha va har qanday vaziyatda
aniq, bexato harakatlar qilishga intiladi, chunki bunday odam adashmay, doimo “to‘g‘ri,
benuqson” bo‘lishga intiladi, shuning uchun bunday insonning harakatlari doimo sun'iyday,
his-tuyg‘ulari esa mazmunsiz, doimo tazyiq ostiga olinganday bo‘ladi. Chetlashtirilgan
muomala uslubi o‘zini nima qilib bo‘lsa-da o‘zgalardan uzoqda, muayyan masofada tutishga
qaratilgan, odamoviday boshqalarning nazaridan ham, ularning ta'siridan ham o‘zini tortadi
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI
IYUL
ANDIJON,2025
171
(masalan, bizda odatda yangi kelinchak o‘zini ana shunday tutadi).
Yetuk, adaptiv muomala uslubida esa inson hamisha o‘z oiladoshlari bilan to‘g‘ri, samimiy,
ochiq munosabatlarga tayyor bo‘ladi. Bunday odam o‘zining barcha fazilatlarini bilgani va
saqlagani holda boshqalarning ham shaxs ekanligini, individualligini unutmagan tarzda
muloqotga kirishadi. U gapirishni ham maromida eplaydi, o‘zgalarni tinglashni ham biladi, shu
sababli, unga qandaydir kommunikativ to‘siqlar xatarli emas [5, 45-b.].
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yuqorida keltirilgan tarzda bolani muloqot kilishga
tayyorlab borilsa uni hayotga, turmushga tayyorlash oson kechadi. Ayniqsa, hayotiy
qiyinchiliklar sharoitida qaror qabul qilish va yechimini topish imkoniyatini ijobiylashtiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent, O‘zbekiston, 2023.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasi. – Toshkent, 25.01.2020 yil.
3.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma
to‘qqiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. –Toshkent, 2020.
4.
Karimova V.M. Oila psixologiyasi : Ped. Oliygohlari uchun darslik. – Toshkent:
O‘qituvchi, 2007. – 68 b.
5. Антонов А.И., Сорокин С.А. Судьба семьи в России ХХI века. – Москва, 2000 (гл.6
“Семья и здоровье”).
