ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI
IYUL
ANDIJON,2025
109
FUQAROLAR VA DAVLAT O‘RTASIDAGI HUQUQ VA MAJBURIYATLARNING
AMALGA OSHIRILISHINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Yo‘ldoshev Husniddin
Toshkent davlat yuridik universiteti Magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti Davlat boshhqaruvi
huquqi yo‘nalishi magistranti
Anotatsiya:
Mazkur tezisda fuqarolarning huquq va majburiyatlarini amalda to‘laqonli
ta’minlashga to‘sqinlik qilayotgan asosiy muammolar — fuqarolarning huquqiy savodsizligi,
sud tizimidagi byurokratik holatlar va mahalliy boshqaruv organlari faoliyatidagi shaffoflik
yetishmovchiligi — atroflicha tahlil etilgan. Shuningdek, ushbu muammolarni bartaraf etish
yo‘llari sifatida huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan davlat dasturlarini ishlab chiqish,
elektron hukumat platformalarini rivojlantirish hamda ombudsman institutini mahalliy darajada
kuchaytirish kabi samarali chora-tadbirlar taklif etilgan. Ushbu ish huquqiy madaniyatni
yuksaltirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qaratilgan dolzarb ilmiy-amaliy
yondashuvni aks ettiradi.
Kalit so‘zlar:
huquqiy ong, huquq va majburiyatlar, elektron hukumat, ombudsman, sud tizimi,
shaffoflik, fuqarolik jamiyati, huquqiy davlat, ma’muriy islohotlar, ijtimoiy adolat
Kirish.
Fuqarolar va davlat o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarning barqarorligi davlat
tomonidan fuqarolarga berilgan huquqlar va yuklatilgan majburiyatlarning amalda to‘liq va
sifatli amalga oshirilishiga bevosita bog‘liq. Amaliyotda esa fuqarolarning huquqiy ong
darajasining pastligi, sud-huquq tizimidagi byurokratik kechikishlar hamda mahalliy boshqaruv
organlari faoliyatidagi shaffoflik yetishmovchiligi kabi omillar ushbu muvozanatga salbiy ta’sir
ko‘rsatmoqda. Tezisda mazkur muammolarning har biri tahlil qilinib, huquqiy savodxonlikni
oshirish, elektron hukumatni kengaytirish va ombudsman institutining hududiy faoliyatini
kuchaytirish orqali ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi. Bu takliflar davlat
boshqaruvi samaradorligini oshirishga, shuningdek, huquqiy davlat tamoyillarini
mustahkamlashga xizmat qiladi.
Zamonaviy demokratik jamiyatda davlat va fuqaro o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar
davlatning huquqiy tabiatiga, konstitutsiyaviy asoslariga va fuqaroning ijtimoiy maqomiga
tayanadi. Ushbu munosabatlarda huquq va majburiyatlarning muvozanati muhim ahamiyatga
ega bo‘lib, ularning samarali amalga oshirilishi jamiyatda barqarorlik, adolat va qonun
ustuvorligini ta’minlashda hal qiluvchi o‘rin tutadi.
Asosiy qism.
Fuqaroning davlatga nisbatan bo‘lgan huquqlari ijtimoiy himoya, siyosiy ishtirok,
iqtisodiy manfaatdorlik va shaxsiy daxlsizlikni o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, fuqarolar o‘z
navbatida konstitutsiyaviy va qonuniy majburiyatlarga ham ega: masalan, qonunlarga rioya
qilish, soliqlarni to‘lash, davlat xavfsizligini ta’minlashda ishtirok etish va boshqalar.
Huquq va majburiyatlar o‘zaro ajralmas kategoriyadir: har bir huquq tegishli majburiyatni
keltirib chiqaradi, va aksincha. Masalan, davlat fuqaroga ta’lim olish huquqini beradi, biroq
fuqarodan belgilangan ta’lim me’yorlariga rioya qilish majburiyatini ham talab etadi.
Albatta, fuqarolarning huquq va erkinliklari to‘liq kafolatlanishi faqatgina demokratik huquqiy
davlat sharoitida ro‘yobga chiqishi mumkin. O‘zbekistonda insonparvar huquqiy tizimning
shakllanishi bevosita mamlakatning mustaqillikka erishishi, suveren davlat sifatida tan olinishi
va mustahkamlanishi jarayonlari bilan uzviy bog‘liqdir.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida keltirilgan qator moddalar ushbu
g‘oyaning ifodasidir. Masalan, Konstitutsiyamizda “Oila jamiyat va davlat muhofazasidadir”
deb qayd etilgan. Shuningdek, ota-onalar farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va
tarbiyalashga majburdirlar, davlat esa yetim bolalar hamda ota-onalarining vasiyligidan
mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga ta’lim va tarbiya berishni o‘z zimmasiga
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI
IYUL
ANDIJON,2025
110
oladi. 66-moddada esa voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlarning ota-onaga
g‘amxo‘rlik qilish majburiyati belgilangan.
Bu konstitutsiyaviy normalarda O‘zbekiston qonunchiligida insonparvarlik prinsipining ustuvor
o‘rin egallashi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bunday gumanistik yondashuv, shuningdek, Oila
kodeksi, Mehnat kodeksi, “Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”, “Fuqarolarning
davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi va boshqa qator qonun hujjatlarida ham o‘z ifodasini
topgan.
Shunday qilib, O‘zbekistonda huquqiy normalar inson sha’ni, oilaviy qadriyatlar, ota-onaga
hurmat va ijtimoiy himoya kabi tamoyillar asosida shakllanmoqda va rivojlanmoqda. Bu esa
insonparvar huquqning rivojlanishida muhim bosqich hisoblanadi.
Davlat o‘z qonunlari bilan fuqarolarga bir xil sharoit va teng imkoniyatlar yaratib beradi.
Hamma bir xil huquq va majburiyatlarga ega. Biroq, ulardan foydalanish amalda turlicha
bo‘ladi. Masalan, birov oliy o‘quv yurtiga kiradi, boshqa fuqaro esa, bu huquqdan
foydalanmaydi. Ikkinchidan, bu prinsip umumfuqaroviy huquqlarning tengligida ifodalanadi.
Bu huquqlar, avvalo, Konstitutsiyada va boshqa qonunlarda mustahkamlanadi. Bular
fuqarolarning saylov huquqi va saylanish huquqi, mehnat qilish huquqi, bilim olish huquqi,
tibbiy yordamdan foydalanish huquqi, turar joyga, xususiy mulkka ega bo‘lish huquqi va
hokazolar. Uchinchidan, bu prinsip fuqarolarning qonun oldida birdek mas’ulligida ifodalanadi.
Qonunni buzgan har bir fuqaro, har bir mansabdor shaxs (shu jumladan, yuridik shaxs)
istisnosiz o‘z qilmishi uchun javob berishi shart. [1].
Davlat tomonidan fuqarolarning huquqlarini amalga oshirishda bir nechta muhim institutlar
faoliyat yuritadi: sud hokimiyati, inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman), prokuratura va
ma’muriy organlar.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyada belgilanishicha, “Davlat xalq irodasini
ifoda etadi va uni amalga oshiradi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar
oldida mas’uldirlar”[2]. Bu norma huquq va majburiyatlar tengligini konstitutsiyaviy darajada
kafolatlaydi.
Amalga oshirishdagi o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilsak huquqlarni realizatsiya qilishning
faollik talab qiluvchi xarakteri ya’ni fuqarolar o‘z huquqlaridan foydalanishda faol bo‘lishlari,
ularni amalga oshirish uchun tashabbus ko‘rsatishlari zarur. Ma’muriy tartib-taomillar orqali
ta’minlanishi va davlat boshqaruvi organlari huquq va majburiyatlarni aniqlashtirishda
ma’muriy aktlar chiqaradi. Bu aktlarning qonuniyligi esa fuqarolarning manfaatlariga bevosita
ta’sir qiladi[3]. Sud himoyasi kafolati ha muhim hisoblanadi. Har bir fuqaroning o‘z
huquqlarini sud tartibida himoya qilish huquqi konstitutsiyaviy kafolatga ega.
Huquq va majburiyatlarni kafolatlash mexanizmlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Konstitutsiyaviy kafolatlar: Konstitutsiyada huquq va erkinliklar bevosita amal qiluvchi
normalar sifatida belgilanadi (Konst. 18-modda).
Sud kafolatlari: Fuqarolar o‘z huquqlarining buzilishi holatida sudga murojaat qilish
huquqiga ega. Fuqarolik protsessual kodeksida bu tartiblar batafsil yoritilgan.
Ma’muriy himoya: Davlat organlari tomonidan chiqarilgan huquqiy aktlar ustidan
ma’muriy shikoyat yo‘li bilan e’tiroz bildirish mumkin[4].
Ombudsman instituti: O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining
faoliyati huquqlar buzilishini o‘rganish va ularni tiklashga qaratilgan muhim mexanizmdir[5].
Biz yuqoridagilarni tahlil qilgan xolda quyidagi amaliy muammolar va takliflar bilan
chiqmoqchimiz.
Birinchi muammo. Fuqarolarning huquqiy ong darajasining pastligi. Huquqiy ong – bu
fuqaroning o‘z huquq va majburiyatlarini anglash, ularni to‘g‘ri talqin qilish va amalda qo‘llash
qobiliyatidir. Aholining huquqiy madaniyati past bo‘lsa, u o‘z huquqlarini himoya qila olmaydi,
qonunga bo‘ysunishda passiv bo‘ladi. Bu esa jamiyatda huquqiy nihilizm, ya’ni qonunlarga
befarqlik holatlarini keltirib chiqaradi. Xususan, ijtimoiy so‘rovlar natijasiga ko‘ra, ko‘pchilik
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI
IYUL
ANDIJON,2025
111
fuqaro o‘ziga taalluqli bo‘lgan qonun va normativ hujjatlar bilan tanish emas, huquqiy himoya
vositalaridan foydalanishda qiyinchiliklarga duch keladi.
Taklif:
Huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli davlat dasturlarini joriy etish
lozim. Bunga quyidagilar kiradi:
Maktab va oliy o‘quv yurtlarida huquqiy tarbiyani kuchaytirish;
Televidenie, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari orqali muntazam huquqiy
tushuntirishlar berish;
Har bir mahallada huquqiy maslahat markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
Bunday yondashuvlar fuqarolarning o‘z huquqlarini anglashiga, davlatga nisbatan ongli
munosabatda bo‘lishiga va huquqiy mas’uliyatni his qilishiga xizmat qiladi.
Ikkinchi muammo. Sud-huquq tizimining byurokratik kechikishlari O‘zbekiston sud-huquq
tizimida islohotlar amalga oshirilayotgan bo‘lsa-da, ayrim holatlarda ish yurituvi
jarayonlarining cho‘zilishi, fuqarolarning arizalariga kechikib javob berilishi, sud qarorlarining
ijrosidagi uzilishlar hamon dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda. Bu holatlar fuqarolarning sud
hokimiyatiga nisbatan ishonchini susaytiradi va ularni muqobil – ko‘pincha norasmiy yoki
noqonuniy – yo‘llarni qidirishga undaydi.
Taklif:
Elektron hukumat mexanizmlarini kengaytirish orqali sud-huquq tizimidagi ish yurituvini
soddalashtirish mumkin. Misol uchun:
Elektron sud platformalarini joriy etish va takomillashtirish (E-sud, My.gov.uz orqali
da’vo arizalarini topshirish, holatni kuzatish);
Sud majlislarining onlayn efirlarini yo‘lga qo‘yish orqali oshkoralikni kuchaytirish;
Sud tizimi faoliyatini monitoring qilish bo‘yicha mustaqil jamoatchilik kengashlarini
shakllantirish.
Bu chora-tadbirlar sud tizimidagi ortiqcha byurokratiyani kamaytiradi, fuqarolar uchun
adolatga yetishish yo‘lini tezlashtiradi.
Uchinchi muammo, Mahalliy davlat organlari faoliyatida shaffoflik yetishmasligi. Mahalliy
hokimiyat va boshqaruv organlari fuqarolar huquq va manfaatlarini ta’minlashda birlamchi
bo‘g‘in hisoblanadi. Afsuski, ayrim holatlarda bu organlarning qarorlari yopiq tarzda, aholining
ishtirokisiz qabul qilinadi. Mahalliy byudjet mablag‘larining sarfi, yer ajratish, ijtimoiy
xizmatlarni taqdim etish kabi masalalarda axborotning yopiq bo‘lishi korruptsiya xavfini
oshiradi, fuqarolarda befarqlik va norozilik kayfiyatini shakllantiradi.
Taklif:
Ombudsman faoliyatini hududiy kesimda kuchaytirish lozim. Ombudsman – inson
huquqlari bo‘yicha mustaqil vakil sifatida quyidagi funksiyalarni amalga oshirishi mumkin:
Mahalliy davlat organlarining qarorlarini jamoatchilikka ochiq e’lon qilishini talab qilish;
Aholining shikoyatlari asosida tergov yoki o‘rganishlar o‘tkazish;
Tuman va shahar darajasida maxsus vakillarni tayinlash orqali aholiga yaqin bo‘lish.
Shuningdek, mahalliy hokimiyatlarda “Ochiq eshiklar kuni”, jamoatchilik eshituvlari va onlayn
murojaat portallarining faoliyatini kuchaytirish ham shaffoflikni oshirishga xizmat qiladi.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan muammolar va takliflar shuni ko‘rsatadiki, fuqarolar va davlat
o‘rtasidagi huquqiy aloqalarning barqaror ishlashi nafaqat huquqiy me’yorlarga, balki amaliy
institutlar samaradorligiga, axborot ochiqligiga va fuqarolarning ongli ishtirokiga ham bevosita
bog‘liqdir. Shu bois, huquqiy islohotlar nafaqat yuqoridan pastga, balki jamiyat ichkarisidan –
fuqarolarning o‘z huquqlarini bilishi, himoya qilishi va ado etishi asosida olib borilishi lozim.
Bu esa huquqiy davlat barpo etishning asosiy omillaridan biridir.
Xulosa
. Fuqarolar va davlat o‘rtasidagi huquq va majburiyatlarning o‘zaro bog‘liqligi ularning
muvozanatli va uyg‘un asosda amalga oshirilishini talab etadi. Bunda davlat fuqaroga
shunchaki huquq beruvchi emas, balki ushbu huquqni amalga oshirishga yordam beruvchi, uni
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI
IYUL
ANDIJON,2025
112
himoya qiluvchi sub’ektdir. Fuqaro esa o‘z navbatida ongli va mas’uliyatli subyekt sifatida o‘z
majburiyatlarini ado etishi zarur. Shunday ekan, huquq va majburiyatlar tizimining to‘laqonli
ishlashi demokratik jamiyat barqarorligining kafolatidir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik. – Тoshkent. «Adolat», 2018.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 8 dekabr 1992 yil.
3.
O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonuni, 2023
yil 1 may.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi, 2022 yilgi tahrir.
5.
Ravshanova, I. E., Ahmadjanova, M. S., & Shermatova, Y. S. (2020). Role of
physiological and psychological characteristics of a person in life safety. European Journal of
Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 8(1).
6.
Yokutkhon, S. (2022). Healthy lifestyle. INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL
SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor:
8.036, 11(12), 254-259.
7.
IE, R., Yo S, S., & TT, M. (2022). EMERGENCIES OF A SOCIAL
COLOR. International Journal of Early Childhood Special Education, 14(7).
8.
Sabirovna, S. Y. (2023). HARAKAT–TAYANCH APPARATINING MЕXANIK
SHIKASTLANISHLARI. ILMIY TADQIQOTLAR VA JAMIYAT MUAMMOLARI, 1, 18-
22.
9.
Равшанова, И. Э., & Шерматова, Ё. С. (2020). Талабаларнинг Психологик
Саломатлигини Таъминлашнинг Асосий Мезонлари. Интернаука, (3-2), 87-89.
10.
Sabirovna, S. Y. (2023). KUYISHDA BIRINCHI TIBBIY YORDAM KO’RSATISH
ASOSLARI. ILMIY TADQIQOTLAR VA JAMIYAT MUAMMOLARI, 1, 12-17.
11.
Sabirovna, S. Y. (2022). Use of Innovations and Foreign Experiences in Education of
Students on Life Safety. Eurasian Research Bulletin, 7, 58-61.
12.
Yoqutxon, S. (2022). THE MAIN LAWS OF THE GROWTH AND DEVELOPMENT
OF PRESCHOOL CHILDREN. Galaxy International Interdisciplinary Research
Journal, 10(12), 194-197.
13.
Вахобова, Д. Ш., Ибрагимова, Д. А., & Шерматова, Я. С. (2014). ДЕВИАЦИЯ
КАК
СОЦИАЛЬНО-ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ
ПРОБЛЕМА.
In
Исследование
инновационного потенциала общества и формирование направлений его стратегического
развития (pp. 89-92).
14.
SABIROVNA, S. Y. RIVOJLANAYOTGAN ZAMON EKOLOGIK XAVFLARNI
BOSHQARISH BOʻYICHA TARTIB QOIDALARNI IJTIMOIY OMILLARI. KASB-
HUNAR TA’LIMI МУНДАРИЖА, 46.
