ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI
IYUL
ANDIJON,2025
39
INTELLEKTUAL MULK HUQUQIDA MAJBURIY LITSENZIYA INSTITUTINING
SHAKLLANISHI VA TARIXIY-EVOLYUTSION RIVOJLANISHI: NAZARIY-
HUQUQIY TAHLIL
Makhmudov Nizomiddin Olimjon o‘g‘li
Toshkent davlat yuridik universiteti,
Intellektual mulk va axborot texnologiyalari
huquqi yo‘nalishi magistranti
Toshkent, O‘zbekiston.
Elektron pochta:
nizomiddin0066@gmail.com
Bugungi kunda jahon bo‘ylab intellektual mulk huquqlari egalari o‘zlarining monopol
huquqlaridan foydalangan holda raqobatchilarni sudga berishlari mumkin – bu raqobatchilar
chalg‘ituvchi darajada o‘xshash belgi ishlatgan bo‘lsa, patent da’vo doirasiga kiruvchi ixtironi
qo‘llagan bo‘lsa yoki mualliflik huquqi bilan himoyalangan asarga sezilarli darajada o‘xshash
ish yaratgan bo‘lsa. Eng muhimi, intellektual mulk huquqlari buzilgan taqdirda, huquq egasi
sud orqali bu huquqni buzgan shaxslarga nisbatan taqiq qo‘yuvchi qaror (injunction)
chiqarilishini talab qilishi mumkin, bu esa buzuvchi tomonning ushbu intellektual mulk
obyektidan foydalanishini taqiqlaydi. Mualliflik huquqlariga kelsak, ayrim holatlarda huquq
egalari san’at, musiqa, adabiyot kabi madaniy asarlardan xususiy ravishda foydalanayotgan
oddiy foydalanuvchilarga ham to‘sqinlik qilish huquqiga ega bo‘ladilar.
Majburiy litsenziya instituti intellektual mulk huquqi doirasida huquqiy muvozanatni
ta'minlovchi eng murakkab mexanizmlardan biri sifatida e’tirof etiladi. Ushbu institut, bir
tomondan, patent egalarining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilsa, boshqa tomondan, sog‘liqni
saqlash, texnologik taraqqiyot va ijtimoiy ehtiyojlar nuqtai nazaridan jamoat manfaatlariga
xizmat qiladi
. Aynan shu ikki qutb orasidagi muvozanat majburiy litsenziya institutining
o‘ziga xosligini belgilaydi. Intellektual mulk huquqlarining jamoat manfaatlari bilan
to‘qnashuviIntellektual mulk huquqlarining asosi bo‘lgan eksklyuzivlik tamoyili, ayniqsa
farmatsevtika sohasida, hayot-mamot masalalariga taalluqli bo‘lgan dori vositalarining narxini
oshirishi va ular bilan ta’minotda muammolarni yuzaga keltirishi mumkin. Bunday holatlar
rivojlanayotgan mamlakatlarda salbiy ijtimoiy va epidemiologik oqibatlarga olib keladi. Dori
vositalarining patent himoyasi ostida bo‘lishi ularning raqobatchilar tomonidan ishlab
chiqarilishini taqiqlaydi, bu esa narxlarning yuqoriligi va ta'minotdagi yetishmovchiliklarga
olib keladi. Jamoat salomatligi yoki milliy xavfsizlik kabi ustuvor ehtiyojlar tahlikaga uchragan
hollarda esa hukumatlar majburiy litsenziya berish orqali ushbu muammolarga yechim topishga
urinadilar.
Bu institut, ayniqsa, sog‘liqni saqlash, pandemiyalarga qarshi kurash va iqtisodiy rivojlanish
kabi sohalarda muhim ahamiyat kasb etadi . Professor O. Oqyulovning ta’biri bilan aytganda,
ushbu institut ham intellektual mulk huquqi bilan bog‘liq fuqarolik-huquqiy munosabatda o‘z
mohiyatiga ko‘ra inson ijodiy mahsullarini yaratish, ulardan foydalanishni tartibga soladigan
juda muhim huquqiy institutdir. Bu yerda iqtisodchi va huquqshunos Frederick Abbott fikricha,
1
Gervais, D. (2017)
The TRIPS Agreement: Drafting History and Analysis
. 4th edn. London: Sweet &
Maxwell.
https://www.wildy.com/isbn/9780414023130/the-trips-agreement-drafting-history-and-
analysis-4th-edition-hardback-sweet-maxwell-ltd
2
O.Oqyulov. Intellektual mulk huquqi. I.Mo‘minov nomidagi Falsafa va huquq instituti, 2005.-3b.
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI
IYUL
ANDIJON,2025
40
TRIPS majburiy litsenziyalashni ruxsat etar ekan, biroq u davlatlar uchun qattiq protsedura va
shartlarni belgilab qo‘yadi . Bu esa, ayniqsa, kambag‘al davlatlar uchun amalda qo‘llashni
qiyinlashtiradi.TRIPS bitimi ayni paytda ikkita muhim yondashuvni ko‘rsatib berdi: 1)
intellektual mulk himoyasining global standartini o‘rnatish; 2) jamoatchilik ehtiyojlarini tan
olish. Aynan ushbu yondashuv majburiy litsenziya institutini zamonaviy xalqaro huquqda
muhim vositaga aylantirdi
.
Tarixiy evolyutsiyaning amaliy bosqichlariga kelsak, ular bir necha davrlarga bo‘linganligi
bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Xususan, post-kolonial davrda rivojlanayotgan davlatlar
tajribasiga e’tibor bersaajburiy litsenziya instituti, ayniqsa, rivojlanayotgan davlatlar uchun
o‘ziga xos muvozanat vositasi sifatida ishladi. 1970-yillardagi “Yangi iqtisodiy tartib” g‘oyasi
doirasida ko‘plab Lotin Amerikasi, Afrika va Osiyo davlatlari mahalliy sanoatni rivojlantirish
va dori-darmonlarga kirishni kengaytirish maqsadida patentlar ustidan davlat nazoratini
kuchaytirgan edilar. Masalan, Hindiston 1970-yilda o‘z patent qonunini yangilab, faqat ishlab
chiqarish usullariga patent berishni ta’minladi va majburiy litsenziya berish shartlarini
soddalashtirdi . Bu o‘rinda Doha deklaratsiyasining o‘rni katta hisoblanadi. 2001-yilda
imzolangan mazkur deklaratsiya TRIPS bitimining sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha ancha
keng tushuntirishlarini o‘z ichiga oldi va ko‘plab noanniqliklarga yechim berdi. Ushbu
deklaratsiya, ayniqsa, OITS, sil va bezgak kabi kasalliklarga qarshi dori vositalariga kirishni
ta'minlashda majburiy litsenziyalashni qonuniy deb e’lon qildi. Bu qaror dunyo miqyosida
intellektual mulk huquqlari va inson salomatligi o‘rtasidagi muvozanatni mustahkamlashga
xizmat qildi.
Dunyoda majburiy litsenziyalash institutining bevosita keng miqyosda qo‘llanilishi yuqoridagi
aspektlarga ko‘p jiahtdan bog‘liq bo‘lsada, COVID-19 pandemiyasi paytida bu institut yanada
dolzarb ahamiyat kasb etdi. 2020–2021-yillarda COVAX
tashabbusi, Vaksina Adolati
Koalitsiyasi (GAVI)
, va Global Fond tashabbuslari orqali dori vositalarini litsenziyalash va
yetkazib berishda majburiy litsenziyalar muhokama markaziga aylandi. Hindiston va Janubiy
Afrikaning TRIPS bitimiga vaqtincha moratoriy joriy etish taklifi esa, 60 dan ortiq
rivojlanayotgan davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi
.
Majburiy litsenziya, mohiyatan, ixtiyoriy litsenziyaning to‘la aksi hisoblanadi
. Ya’ni, ixtiyoriy
litsenziyada IM egasi o‘z monopoliya huquqini o‘z ixtiyori bilan boshqalarga taqdim etadi va
litsenziya oluvchi bilan royalti (to‘lov) miqdorida kelishadi. Majburiy litsenziyada esa bu
qarorni huquq egasining xohishiga zid ravishda hukumat yoki sud qabul qiladi – ular kimga
litsenziya berilishi va qanday shartlar asosida bo‘lishini belgilaydi. Patentlarga doir majburiy
litsenziyalar uchinchi shaxslarga patent egasining roziligisiz patentlangan ixtirodan foydalanish
3
Abbott, F. M. and Reichman, J. H. (2007) ‘The Doha Round’s Public Health Legacy: Strategies for the
Production and Diffusion of Patented Medicines’, Journal of International Economic Law, 10(4), pp.
921–987.
4
https://www.who.int/initiatives/act-
accelerator/covax#:~:text=COVAX%20was%20the%20vaccines%20pillar,tests%2C%20treatments%2C%
.
5
6
UNCTAD (2021) The TRIPS Waiver Proposal: Challenges and Opportunities for Developing Countries. Geneva:
United Nations.
https://unctad.org/system/files/official-document/tdr2021_en.pdf
7
Bonadio, Enrico and Hingorani, Henna, Compulsory Licensing of Intellectual Property (July 1, 2023).
book chapter in Cristiana Sappa (ed.), ‘Research Handbook on Intellectual Property and Inclusivity’
(Elgar),
Forthcoming,
Available
at
SSRN:
https://ssrn.com/abstract=4521002
or
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI
IYUL
ANDIJON,2025
41
imkonini beradi. TRIPS bitimining 31-moddasi
bunday holatlarni “Huquq egasining roziligisiz
boshqa foydalanish holatlari” deb umumiy tarzda ifodalaydi. Bunday murakkab atamani
ishlatilishi, ehtimol, siyosiy sabablar bilan bog‘liq. Xususan, TRIPS bitimi Urugvay
muzokaralari davrida tuzilganida (bu jarayon Jahon Savdo Tashkiloti – JSTning tashkil
topishiga olib kelgan) bu bitimni ishlab chiqqan tomonlar "majburiy litsenziya" kabi “keskin”
iboralardan qochmoqchi bo‘lganlar. Chunki o‘sha paytdagi industrial rivojlangan va ilmiy-
texnologik tadqiqotlarga katta e’tibor beradigan davlatlar uchun bu ibora mulk huquqlarining
musodara qilinishi (ekspropriatsiyasi) bilan barobar deb qabul qilinishi mumkin edi
.
Biroq bugungi kunda bu termin JST kontekstida endi tabu (taqiqlangan) emas, chunki u 2001-
yilda JSTning vazirlar konferensiyasi tomonidan qabul qilingan “TRIPS bitimi va jamoat
salomatligi to‘g‘risidagi Doha deklaratsiyasi”da
bevosita ishlatilgan. Bu yumshoq huquq (soft
law) hujjati TRIPS bitimida nazarda tutilgan moslashuvchanliklardan foydalanish orqali asosiy
dori vositalariga kirishni ta’minlash maqsadida a’zo davlatlarning huquqlarini qat’iy
tasdiqlagan.
TRIPSning 31-moddasi majburiy litsenziyalar qanday asosda berilishi kerakligini cheklamaydi
— bu masala a’zo davlatlarning ixtiyoriga topshirilgan. Bu holat yuqoridagi Doha
deklaratsiyasining 5(b)-bandida ham o‘z ifodasini topgan, u yerda: “har bir a’zo davlat
majburiy litsenziyalar berish huquqiga va ular qanday asosda berilishini mustaqil belgilash
erkinligiga ega” deb belgilangan.
Biroq, bu erkinlik majburiy litsenziyalarni asossiz va
ixtiyoriy tarzda berishga yo‘l ochmasligi kerakligi ham ta’kidlab o‘tilgan.
Shuningdek, TRIPS 31-moddasida majburiy litsenziyalar berilishi qator shartlarga bog‘langan.
Masalan, patent egalari “adolatli tovon” olishi kerak – bu tovon miqdori odatda bozor
sharoitida erishilishi mumkin bo‘lgan ixtiyoriy litsenziya narxidan past bo‘lishi mumkin.
Majburiy litsenziyani olishni istagan shaxs avval “o‘rtacha tijorat shartlarida” ixtiyoriy
litsenziya olishga harakat qilishi lozim. Faqatgina “milliy favqulodda holat yoki boshqa
favqulodda vaziyat”da bunday oldindan muzokara o‘tkazish talab qilinmaydi – bu holatda
patent egasiga “imkon qadar tezroq” xabar berishning o‘zi kifoya qiladi.
Doha deklaratsiyasi, shuningdek, muhim qonunchilik tashabbusini ham boshlab bergan (uning
6-bandiga muvofiq) – bu esa oxir-oqibat TRIPSga 31-bis moddasining qo‘shilishiga olib
kelgan. Mazkur norma “waiver” (ya’ni, cheklovni bekor qilish) tamoyiliga asoslangan bo‘lib,
farmatsevtika mahsulotini o‘zida ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lmagan davlatga ushbu dori
vositasini majburiy litsenziya asosida boshqa, eksport qilish huquqiga ega davlatdan import
qilishga imkon beradi
. TRIPSning 31(f)-moddasida esa aslida bunday eksportga ruxsat
8
TRIPS: Trade-Related Aspects of Intellectual Property Rights, Marrakesh bitimining 1C-ilovasi –
https://www.wto.org/english/docs_e/legal_e/27-trips_01_e.htm
9
Maggiore, Massimo. ‘La Proprietà Intellettuale Nel Mercato Globale: L’approccio Dei Trips Con
Particolare Riferimento al Diritto d’autore Ed Ai Brevetti.’ (1998) 47 Rivista di diritto industriale 167.
10
WTO Ministerial Conference, Declaration on the TRIPs Agreement and Public Health,
WT/MIN(01)/DEC/2 (20 noyabr, 2001) –
https://ssrn.com/abstract=4521002
11
WIPO. Draft Reference Document on the Exception Regarding Compulsory Licensing, Standing
Committee
on
the
Law
of
Patents:
Thirtieth
session,
24
June
2019
–
https://www.wipo.int/meetings/en/details.jsp?
12
Nuno Pires de Carvalho, The TRIPS Regime of Patent Rights, 2-nashr (Kluwer Law International, 2005)
13
WIPO ‘Draft Reference Document on the Exception Regarding Compulsory Licensing‘, Standing
Committee on the Law of Patents: Thirtieth session, 24 June 2019,
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI
IYUL
ANDIJON,2025
42
berilmaydi, va 31-bis moddasining maqsadi aynan ushbu taqiqni favqulodda hollarda chetlab
o‘tishga xizmat qiladi.
TRIPSdan keyin berilgan majburiy litsenziyalar soni ko‘p emas – ularning kam sonli holatlari
Hindiston, Tayvan, Tailand, Ekvador va Braziliya kabi rivojlanayotgan mamlakatlarda berilgan.
Buning sababi, ehtimol, yuqorida batafsil bayon etilgan TRIPS bitimiga kiritilgan talablar
bo‘lib, ular majburiy litsenziyani olishni TRIPSdan oldingi davrga nisbatan ancha
murakkablashtirib qo‘ygan. Keng yoritilgan majburiy litsenziyalardan biri Hindiston
tomonidan 2012-yilda Natco kompaniyasiga berilgan bo‘lib, bu litsenziya Sorafenib dori
vositasiga tegishli edi — bu dori jigar va buyrak saratonini davolashda qo‘llaniladi. Litsenziya
Hindiston patent idorasi tomonidan Bayer kompaniyasi (patent egasi) Hindistondagi bemorlar
uchun dori vositasining mavjudligini ta’minlash borasida yetarli harakat qilmagan degan
qarorga kelgach berilgan. Natco avval Bayerdan ixtiyoriy litsenziya olishga harakat qilgan,
biroq bu urinish muvaffaqiyatsiz yakunlangan edi.
Shuningdek, Covid pandemiyasi davrida farmatsevtik patentlarga nisbatan bir nechta majburiy
litsenziyalar qo‘llanilgan yoki so‘ralgan bo‘lib, bu mamlakatlar qatoriga Isroil, Vengriya,
Rossiya, Boliviya va Hindiston kiradi.
Yaqinda o‘tgan global pandemiya vaqtida Antigua va
Barbuda hamda Boliviya TRIPSning 31-bis moddasidan foydalanish niyatini JSTga
bildirganlar, bu esa Covid-19 bilan bog‘liq dori vositalariga kirishni osonlashtirishga qaratilgan
edi.
Nihoyat, 2022-yil iyun oyida JST TRIPSning 31(f) moddasiga ikkinchi marotaba imtiyoz
(waiver) bergan. Bu imtiyoz Covid-19 vaksinalarini zaruriy ehtiyojga ega davlatlarga eksport
qilish uchun mo‘ljallangan majburiy litsenziyalarni berishni yengillashtirishga xizmat qiladi.
Biroq, bu imtiyoz Hindiston va Janubiy Afrikadan dastlab taklif qilingan variantga qaraganda
tor doiralidir – dastlabki taklifda vaksinalar bilan cheklanib qolmay, boshqa Covid bilan
bog‘liq texnologiyalarni ham qamrab olgan patentlar bo‘yicha majburiy litsenziyalarga ruxsat
berilishi nazarda tutilgan edi.
BIMT 2022-yilda bergan ma’lumotlariga ko‘ra, 2000–2022 yillarda dunyo bo‘yicha 85 dan
ortiq rasmiy majburiy litsenziya holatlari qayd etilgan bo‘lib, ularning 70 foizi farmatsevtika
sohasiga to‘g‘ri keladi . Bu holatlar asosan rivojlanayotgan davlatlarda yuz bergan. Xususan,
Braziliya, Tailand, Keniya, Janubiy Afrika va Kanada eng faol foydalanuvchi davlatlar sifatida
ajralib turadi . Aynan sog‘liqni saqlash sohasidagi dolzarb muammolar – OITS, sil kasalligi,
gepatit C, diabet va koronavirus pandemiyasi – majburiy litsenziyaning eng ko‘p qo‘llanilgan
sohalari bo‘lib qoldi.
https://www.wipo.int/meetings/en/details.jsp?meeting_id=50419.For an European perspective, see:
‘Compulsory Licensing in Europe - A Country-by-Country Ovreview’ (Munich, Germany: European
Patent Office (EPO), 2018),
www.epo.org/compulsory-licensing
.
14
EPO (2018). Compulsory Licensing in Europe – A Country-by-Country Overview, Munich, Germany –
www.epo.org/compulsory-licensing
15
Bonadio, Enrico, Compulsory Licensing of Patents: The Bayer/Natco Case (2012) European
Intellectual Property Review, Vol. 34, No. 10, 719-728.
16
Enrico Bonadio & Magali Contardi, 2023. "Compulsory Licences During the COVID-19 Pandemic: A
European and International Perspective," Springer Books, in: Ottavio Quirico & Katarzyna Kwapisz
Williams (ed.), The European Union and the Evolving Architectures of International Economic
Agreements, chapter 0, pages 209-225, Springer.
17
WTO
webpage
at
https://www.wto.org/english/tratop_e/covid19_e/trade_related_ip_measure_e.htm accessed 11 July
2023.
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI
IYUL
ANDIJON,2025
43
Mazkur tarixiy tahlildan ko‘rinib turibdiki, majburiy litsenziya instituti ilk patent tizimlarida
paydo bo‘lgan muvozanat prinsiplariga asoslanadi. U XX asrda globalizatsiya va TRIPS bitimi
orqali xalqaro huquqning ajralmas qismi sifatida mustahkamlandi. XXI asrda esa global
sog‘liqni saqlash inqirozlari va texnologik tengsizlik sharoitida bu institutning rolini tubdan
qayta ko‘rib chiqish zarurati tug‘ildi. Shu nuqtai nazardan, majburiy litsenziya instituti
intellektual mulk huquqining eng strategik va ijtimoiy jihatdan mas'uliyatli mexanizmlaridan
biri sifatida shakllanganini ko‘rish mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI (REFERENCES):
1.
Intellektual mulk. Darslik. Toshkent davlat yuridik universiteti mualliflar jamoasi.
TDYU-2020.
2.
I.B.Yakubova. Xalqaro intellektual mulk huquqi. O‘quv qo‘llanma. – T.: TDYU
nashriyoti, 2021.
3.
Gervais, D. (2017) The TRIPS Agreement: Drafting History and Analysis. 4th edn.
London: Sweet & Maxwell.
https://www.wildy.com/isbn/9780414023130/the-trips-agreement-
drafting-history-and-analysis-4th-edition-hardback-sweet-maxwell-ltd
4.
O.Oqyulov. Intellektual mulk huquqi. I.Mo‘minov nomidagi Falsafa va huquq instituti,
2005.-3b.
5.
Abbott, F. M. and Reichman, J. H. (2007) ‘The Doha Round’s Public Health Legacy:
Strategies for the Production and Diffusion of Patented Medicines’, Journal of International
Economic Law, 10(4), pp. 921–987.
6.
UNCTAD (2021) The TRIPS Waiver Proposal: Challenges and Opportunities for
Developing Countries. Geneva: United Nations. https://unctad.org/system/files/official-
document/tdr2021_en.pdf
7.
BIMT (2022) World Intellectual Property Indicators 2022. Geneva: World Intellectual
Property Organization.
https://www.wipo.int/edocs/pubdocs/en/wipo-pub-941-2022-en-world-
intellectual-property-indicators-2022.pdf
8.
Bonadio, Enrico and Hingorani, Henna, Compulsory Licensing of Intellektual Property
(July 1, 2023). book chapter in Cristiana Sappa (ed.), ‘Research Handbook on Intellektual
Property
and
Inclusivity’
(Elgar),
Forthcoming,
Available
at
SSRN:
https://ssrn.com/abstract=4521002
9.
WIPO ‘Draft Reference Document on the Exception Regarding Compulsory Licensing‘,
Standing Committee on the Law of Patents: Thirtieth session, 24 June 2019
10.
WTO
webpage
at
https://www.wto.org/english/tratop_e/covid19_e/trade_related_ip_measure_e.htm accessed 11
11.
Maggiore, Massimo. ‘La Proprietà Intellettuale Nel Mercato Globale: L’approccio Dei
Trips Con Particolare Riferimento al Diritto d’autore Ed Ai Brevetti.’ (1998) 47 Rivista di
diritto industriale 167.
12.
WTO Ministerial Conference, Declaration on the TRIPs Agreement and Public Health,
WT/MIN(01)/DEC/2 (20 noyabr, 2001) – https://ssrn.com/abstract=4521002
13.
https://www.who.int/initiatives/act-
accelerator/covax#:~:text=COVAX%20was%20the%20vaccines%20pillar,tests%2C%20treatm
;
14.
https://constitution.uz/oz/clause/index
15.
https://lex.uz/docs/
