IQTISODIY O‘SISHNI TA’MINLASHDA TADBIRKORLIK FAOLIYATINING ROLI

Annotasiya

Mazkur maqolada kichik biznes va tadbirkorlikning mamlakat iqtisodiy taraqqiyotini ta'minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishdagi roli ochib berilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
Bilim sohasi
f
9-10

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Norboyeva, D., & Xasanov, . S. (2025). IQTISODIY O‘SISHNI TA’MINLASHDA TADBIRKORLIK FAOLIYATINING ROLI. Ilm Fan Xabarnomasi, 9(2), 9–10. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/ifx/article/view/130985
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur maqolada kichik biznes va tadbirkorlikning mamlakat iqtisodiy taraqqiyotini ta'minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishdagi roli ochib berilgan.


background image

ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI

IYUL

ANDIJON,2025

9

IQTISODIY O‘SISHNI TA’MINLASHDA TADBIRKORLIK FAOLIYATINING ROLI

D.Norboyeva

Jizzax politexnika instituti

Iqtisodiyot va menejment kafedrasi o‘qituvchisi

Sh.Xasanov

Kibersport fakulteti 501-24 guruh talabasi

Annotasiya:

Mazkur maqolada kichik biznes va tadbirkorlikning mamlakat iqtisodiy

taraqqiyotini ta'minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholining daromadlari va farovonligini

oshirishdagi roli ochib berilgan.

Kalit so‘zlar:

Tadbirkorlik, kichik biznes, iqtisodiy taraqqiyot, ish o‘rinlari, daromad,

farovonlik.

Annotation:

In this state, the role of small business and entrepreneurship in the conditions of

economic progress, in the writings of the new formation, in particular, in the messages of

incomes and the welfare of the population, are enlightened.

Keywords:

entrepreneurship, small business, economic development, jobs, income, prosperity.

Mamlakatimiz iqtisodiyotini taraqqiy ettirishda kichik biznes va tadbirkorlik alohida

ahamiyat kasb etadi va hozirgi sharoitda uning roli yanada ortib bormoqda. Shu sababdan ham

kichik biznes va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish har qanday mamlakat iqtisodiyotining

barqaror o‘sishini ta'minlovchi asosiy bo‘g‘in va amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning

ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Iqtisodiyotda ro‘y berayotgan turli ijobiy o‘zgarishlar ko‘p

jihatdan kichik biznes va tadbirkorlikning rivojlanishi bilan uzviy bog‘liqdir.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlab o‘tganlaridek: “...jiddiy va kundalik e'tiborini

talab qiladigan yana bir muhim yo‘nalish bor. Bu - xususiy mulk va tadbirkorlikni yanada

rivojlantirish va ularning ta'sirchan himoyasini ta’minlashdir”.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni

bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta

ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining «Ijtimoiy sohani rivojlantirishning

ustuvor yo‘nalishlari» nomli bobida tadbirkorlik va biznesni rivojlantirish asosida yangi ish

o‘rinlarini yaratish hamda aholining, eng avvalo, ta'lim muassasalari bitiruvchilarining ish bilan

bandligini ta'minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish vazifasi belgilangan.

Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish asosida bir qator ijtimoiy-iqtisodiy vazifalar

hal etilishi nazarda tutiladi:

birinchidan, jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, kichik biznes ichki bozorni zarur tovar va

xizmatlar bilan to‘ldiradigan, iqtisodiyotning tarkibiy negizini belgilab beradigan eng muhim

sektor hisoblanadi, shuningdek, aholini, ayniqsa, yoshlarni ish bilan ta'minlashda, ularning

iqtisodiy mustaqillikka erishishlari va hayotda o‘z o‘rinlarini topib ketishlarida eng asosiy omil

va manba bo‘lib xizmat qiladi;

ikkinchidan, hozirgi sharoitda jahon va mintaqaviy bozorlarda raqobat keskinlashib

borayotgani hammaga ayon. Aynan kichik biznes o‘zining harakatchanligi, kam sarmoya talab

qilishi hisobidan ishlab chiqarishni yengilroq va tez modernizatsiya qilish, ishlab

chiqarilayotgan mahsulot turlarini yangilash imkoniyatiga ega ekani va shu tariqa bozor

konyunkturasining o‘zgaruvchan talablariga yaxshi moslasha olishi bilan e'tiborlidir;

uchinchidan, kichik biznes va tadbirkorlik o‘sishi bilan mamlakat tayanchi va suyanchi

bo‘lgan mulkdorlar o‘rta sinfini shakllan-tirish vazifasi bevosita hal etiladi. Umuman aytganda,

kichik biznes va tadbirkorlik bugungi kunda aholi bandligini ta'minlaydigan va uning asosiy

daromad manbayi bo‘lgan muhim bo‘g‘in hisoblanmoqda.


background image

ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI

IYUL

ANDIJON,2025

10

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat iqtisodiy taraqqiyotini ta'minlash, yangi

ish o‘rinlarini yaratish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishdagi rolini inobatga

olgan holda quyidagi xulosalarni qilish mumkin:

- aholini ish bilan bandligini ta'minlash, mahalliy resurslardan samarali foydalanish asosida

mahalliy sanoat tarmoqlarini rivojlantirish, shuningdek mamlakatning eksport salohiyatini

oshirishda bu sohaning ahamiyatini yanada oshirish chora-tadbirlarini takomillashtirish;

- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanishini tahlil qilish asosida kichik biznes va

xususiy tadbirkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha uning iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichi hududlarda

mamlakatning o‘rtacha ko‘rsatkichlari darajasiga yetishini ta'minlashga erishish orqali hududlar

rivojlanishini muvofiqlashtirishga intilish;

- mahalliy resurslar asosida ishlab chiqarishni tashkil etish kam investitsiya mablag‘larini talab

etishini, ularning bozor konyunkturasi talablariga tez moslasha olishiga imkon berishini

inobatga olish.

Kelgusida mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun

quydagilarni taklif qilamiz:

- Yangi kichik sanoat zonalarini tashkil etish va faoliyat yuritayotganlarining samaradorligini

oshirish maqsadida: kichik sanoat zonalari ishtirokchilarining zaruriy muhandislik-

kommunikasiya tarmoqlariga ulanish xolatini tanqidiy o‘rgangan holda tegishli chora-tadbirlar

rejasini tasdiqlash; kichik sanoat zonalariga ularning ixtisoslashuvi, xududning resurs

salohiyatini inobatga olgan holda, ishlab chiqarishning to‘liq siklini amalga oshiruvchi

tadbirkorlik sub'ektlarini joylashtirish;

- investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish va ishtirokchilarga yuklatilgan majburiyatlarning

ijrosi yuzasidan tizimli monitoring olib borish;

- kichik sanoat zonalari hududida yangi investisiyaviy loyihalarni amalga oshirishda tijorat

banklarining ishtirokini kengaytirish. Bu esa o‘z navbatida Foydalanilmayotgan davlat mulki

ob'ektlaridan oqilona va samarali foydalanish, zamonaviy va raqobatdosh mahsulotlarni ishlab

chiqarishni tashkil etish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirishga xizmat

qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimizni 2016 yilda

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy

dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining

kengaytirilgan majlisidagi ma'ruzasi. www.uza.uz

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni O‘zbekiston Respublikasini yanada

rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida, Toshkent shahri, 2017 yil 7 fevral.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo‘mitasi ma'lumotlari www.stat.uz

4.

Shermuxamedov B.U. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakatimiz

iqtisodiyotidagi o‘rni. “Xalqaro moliya va hisob” ilmiy elektron jurnali. № 5, oktyabr, 2017 yil

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruzasi. www.uza.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida, Toshkent shahri, 2017 yil 7 fevral.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo‘mitasi ma'lumotlari www.stat.uz

Shermuxamedov B.U. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o‘rni. “Xalqaro moliya va hisob” ilmiy elektron jurnali. № 5, oktyabr, 2017 yil