INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA SHAXS DEYKSISINING FUNKSIONAL SEMANTIK TAFOVUTLARI

Аннотация

Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillarida shaxs deyksisining funksional-semantik tafovutlari qiyosiy-lingvistik nuqtai nazardan tahlil etildi. Shaxs deyksisi bu muloqot ishtirokchilarining (so‘zlovchi, tinglovchi va boshqalar) shaxsiy nuqtai nazaridan belgilanuvchi lingvistik birlikdir. Maqolada ingliz tilidagi I, you,we, he/she/it/ they va o‘zbek tilidagi men, sen/siz, u,biz,ular shaxs deyksisining grammatik, pragmatik va kontekstga bog‘liq ma’nodagi funksiyalari solishtiriladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ikki til o‘rtasidagi deyktik tizimda o‘xshashliklar mavjud bo‘lishiga qaramay, madaniy kontekst, ijtimoiy masofa, rasmiylik darajasi va kommunikativ maqsadlar ularning qo‘llanishida sezilarli tafovutlarni yuzaga keltiradi. Ayniqsa, o‘zbek tilidagi ‘‘siz ‘‘ formasining hurmat ifodalovchi funksiyasi, ingliz tilida esa bu birlikning boshqa vositalar orqali ifodalanishi maqolada chuqur tahlil qilinadi. Tarjima va pragmatik moslashtirish jarayonida yuzaga keladigan semantik noaniqliklar ham tahlil markazida turadi.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
f
287-291

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Ражаббокиева . B., & Хамраева M. (2025). INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA SHAXS DEYKSISINING FUNKSIONAL SEMANTIK TAFOVUTLARI. Научный информационный бюллетень, 9(2), 287–291. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/ifx/article/view/130919
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillarida shaxs deyksisining funksional-semantik tafovutlari qiyosiy-lingvistik nuqtai nazardan tahlil etildi. Shaxs deyksisi bu muloqot ishtirokchilarining (so‘zlovchi, tinglovchi va boshqalar) shaxsiy nuqtai nazaridan belgilanuvchi lingvistik birlikdir. Maqolada ingliz tilidagi I, you,we, he/she/it/ they va o‘zbek tilidagi men, sen/siz, u,biz,ular shaxs deyksisining grammatik, pragmatik va kontekstga bog‘liq ma’nodagi funksiyalari solishtiriladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ikki til o‘rtasidagi deyktik tizimda o‘xshashliklar mavjud bo‘lishiga qaramay, madaniy kontekst, ijtimoiy masofa, rasmiylik darajasi va kommunikativ maqsadlar ularning qo‘llanishida sezilarli tafovutlarni yuzaga keltiradi. Ayniqsa, o‘zbek tilidagi ‘‘siz ‘‘ formasining hurmat ifodalovchi funksiyasi, ingliz tilida esa bu birlikning boshqa vositalar orqali ifodalanishi maqolada chuqur tahlil qilinadi. Tarjima va pragmatik moslashtirish jarayonida yuzaga keladigan semantik noaniqliklar ham tahlil markazida turadi.


background image

ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI

IYUL

ANDIJON,2025

287

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA SHAXS DEYKSISINING FUNKSIONAL

SEMANTIK TAFOVUTLARI

Rajabboqiyeva Barno Obidjon qizi

Master student at Turon University

email:

rajabboqiyevab@gmail.com

Scientific supervisor:doc

.M.Khamrayeva

Anotatsiya:

Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillarida shaxs deyksisining funksional-semantik

tafovutlari qiyosiy-lingvistik nuqtai nazardan tahlil etildi. Shaxs deyksisi bu muloqot

ishtirokchilarining (so‘zlovchi, tinglovchi va boshqalar) shaxsiy nuqtai nazaridan belgilanuvchi

lingvistik birlikdir.

Maqolada ingliz tilidagi I, you,we, he/she/it/ they va o‘zbek tilidagi men, sen/siz, u,biz,ular

shaxs deyksisining grammatik, pragmatik va kontekstga bog‘liq ma’nodagi funksiyalari

solishtiriladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ikki til o‘rtasidagi deyktik tizimda o‘xshashliklar

mavjud bo‘lishiga qaramay, madaniy kontekst, ijtimoiy masofa, rasmiylik darajasi va

kommunikativ maqsadlar ularning qo‘llanishida sezilarli tafovutlarni yuzaga keltiradi. Ayniqsa,

o‘zbek tilidagi ‘‘siz ‘‘ formasining hurmat ifodalovchi funksiyasi, ingliz tilida esa bu birlikning

boshqa vositalar orqali ifodalanishi maqolada chuqur tahlil qilinadi. Tarjima va pragmatik

moslashtirish jarayonida yuzaga keladigan semantik noaniqliklar ham tahlil markazida turadi.

Kalit so‘zlar

: shaxs deyksisi,

funksional-semantik tafovut, kontekst, ijtimoiy masofa,

muloyimlik, qiyosiy tahlil, tarjima.

Abstract.

The author in the paper examines the linguistic differences in personal deixis between

English and Uzbek languages. Personal deixis refers to linguistic expressions used to indicate

the addressor, the addressee, and third hand participants from the speaker’s point of view. The

study examines how personal pronouns in English (I, you, we, he/she/it/they) and Uzbek (men,

sen/siz, u, ular,bizlar) are used in grammatical, pragmatic, and contextual functions. Although

the two languages share structural similarities in the system pronoun’s of various notable

differences emerge due to cultural norms, social distance, levels of politeness, and a

communicative intention. For instance, the use of “sen” with ‘‘siz‘‘ in Uzbek conveys respect

as well as social formality, a nuance that in English is conveyed through other pragmatic

strategies. The paper also explores translation challenges and semantic ambiguities that arise

from transferring deictic expressions across of both English and Uzbek languages,in the

article auther disscussed the problems of translation of distinction of units and their meanings

or given in the context loosing it same.

Keywords

: personal deixis, pronouns, functional semantic distinctions, context, social distance,

politeness, comparative analysis, translation.

Аннотация.

В данной статье проводится сравнительный лингвистический анализ

функционально-семантических различий личного дейксиса в английском и узбекском

языках. Личнъй дейксис охватывает языковые средства, которые указывают на

участников речевого акта то адресанта, адресата и третего лица с точки зрения

говорящего. Рассматриваются особенности употребления личных местоимений

английского (I, you,we, he/she/it/they) и узбекского языков (я,ты,он,она,оно,) с точки

зрения грамматических, прагматических и контекстуальных функций. Несмотря на

структурные сходства в системе местоимений,в анализе выявляются значительные

различия, обусловленные культурными нормами, социальной дистанцией, степенью

вежливости и коммуникативной целью. Особое нвнимание уделяется тому, как в

узбекском языке форма “sen” и ‘‘siz’’ выражает уважение и официальный стиль

общения, в то время как в английском языке подобные значения передаются другими


background image

ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI

IYUL

ANDIJON,2025

288

лингвистическими и прагматическими средствами. В статье также рассматриваются

проблемы перевода дейктических единиц и передача их значений без потери контекста и

смысла.

Ключевые слова

: личный дейксис, местоимения, функционально-семантические

различия, контекст, социа льная дистанция, вежливость, сравнительный анализ, перевод

.

Kirish.

Ma’lumki deyksis so‘zi yunon tilidan olingan bo‘lib, yunon tilidan olingan bo‘lib,

ko‘rsatkich, ishora ma‘nolarini anglatadi. Shu boisdan deyksis tushunchasi yunon falsafasida

chuqur ildizlarga egaligi ko‘p manbalarda e‘tirof etiladi. Tilshunoslikda deyksis

tushunchasining besh xil turi mavjud bo‘lib unga quyidagilar kiradi.1)vaqt deyksisi; 2)shaxs

deyksisi; 3)o‘rin joy deyksisi; 4)ijtimoiy deyksis; 5)diskursiv deyksis

[enwikipedia.org].

Ushbu maqolamizda deyksisning shaxs turini ko‘rib,tahlil olib boramiz.Tilshunoslikda kishilik

deyksisi eng ko‘p uchraydigan lingvistik kategorya bo‘lib, shaxsni funksiyasini ko‘rsatish

uchun qo‘llaniladi. Shaxs deyksisini bugungi kunga qadar dunyoning bir qator olimlari

o‘rgangan.Jumladan, Karl Bühler deyksis lingvistik tushunchasi asoschisi ayniqsa ikki soha

nazaryasi va kommunikativ hodisa bo‘yicha ishlari taqsinga sazovor.

Ilk grammatik nazaryalarga ko‘ra deyksisni Dionysius Thrax[Art of Grammer]asarida g‘arbga

olib kirgan va keyinchalik bu asarga uning shogirdi Apollonius Dyscolus o‘z hissasini qo‘shgan

[Art of Grammer].

20 asrda nemis olimi Karl Bühler psixolog,faylasuf tilga deyksis nazaryasini olib kirdi va

deyksis nazaryasini chuqur tahlil qildi.U kommunikativ kontekst va deyktik so‘zlarning

so‘zlovchi nuqtai nazarini ifodalashdagi ro‘lini alohida ta’ kidladi. Shaxs deyksisi olmoshlari

gapda ega, kesim,to‘ldiruvchi vazifasini bajaradi. Bu so‘zlovchi tinglovchi kim gapirayotganini,

kim gaplashayotganini yoki nima muhokama qilinayotganini aniqlashda yordam beradi. Bu

muloqot vaqtida ishtirok etuvchi shaxslar o‘rtasida rol va munosabatlarni tushunish uchun juda

muhim. Turli tadqiqotchilar deyksisni turlicha kontekstlarda, jumladan sinfdagi o‘zaro

munosabatlarda, adabiyotda va hatto qo‘shiq matnlarida foydalanish bo‘yicha tadqiqotlarni

o‘rganishdi. Shaxs deyksisi so‘zlovchi va tinglovchi nutqidagi shaxsga munosabatini

birlashtirgan holda shaxs olmoshlari odatda so‘zlovchi va tinglovchi nutq ishtiroklariga ishora

qiladi,uchinchi shaxs olmoshlari esa nutqsiz yoki hikoya qiluvchi ishtirokchi yordamida yuzaga

keladi.

Lyons fikriga ko‘ra, faol ishtirokchilar so‘zlovchi va tinglovchilardir,uchinchi shaxs esa

aktining faol ishtirokchisi emasdir. [

Lyons J 1995. – P 376]

Levinson deyksisni tilning til va kontekst o'rtasidagi munosabatni aks ettirish usuli sifatida

ko‘rsatadi.[ Levinson S. 1983 –P 20]

Keling maqolamizda shaxs deyksisini badiiy matnlarda tahlil qilamiz va quyidagi misolni tahlil

qilamiz.

1)Alloh, mardlarning oyoqlari ostida tuproq bo‘l.Sen ham bizdek hasadning boshiga tuproq

soch! (Jaloliddin Rumiy,Qalb Ko‘zingni och)

’’.Sen’’

Ikkinchi shaxs birlik shaxs deyksisi. Bu so‘z tinglovchi (murojaat qilingan shaxs)ga

nisbatan ishlatilgan.Shaxs deyksising kontekstdagi vazifasi: nasihat, murojaat, chaqiriq. Bu

yerda axloqiy va ruhiy saboq berish maqsadida bevosita o‘quvchiga yoki tinglovchiga

yuzlaniladi

. "Sen"

so‘zi orqali muallif shaxsga nisbatan ta’sirchan uslubni yaratgan. Keyingi

shaxs deyksisi bu

"Bizdek"

Birinchi shaxs ko‘plik shaxs deyksisidir. Bizdek muallif o‘zini

jamiyatning (yoki ruhoniylar, pokiza kishilar) bir vakili sifatida ko‘rsatmoqda.

"Bizdek"

taqqoslash vositasi: Sen ham biz kabi bo‘l, deb targ‘ib qilinmoqda. Bu yerdagi “biz” jamoaviy

nuqtai nazarni bildiradi ya’ni, muallif yolg‘iz emas, balki ma’naviy tozalikka yetganlar safida

ekanligini ta ‘kidlaydi

. "Xasadning"

Ikkinchi shaxs birlik egalik qo‘shimchasi bilan (sening

xasadning). ’’Xasadning” so‘zida "ing" qo‘shimchasi shaxs deyksisidir va bu orqali muallif

tinglovchining ichki holatini ya’ni hasad tuyg‘usini bevosita tilga olmoqda. Keling bu quyidagi


background image

ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI

IYUL

ANDIJON,2025

289

jumlalarni funksional semantik tasvirini ham ko‘ramiz. Ushbu shaxs deyksislari orqali

shoirning o‘quvchi bilan bevosita, samimiy, ichki muloqoti yuzaga keladi. Shaxsiy

murojaat(sen), jamoaviy o‘zini ifodalash (biz), va ruhiy holatga tegishli egalik bildiruvchi shakl

(xasadning) bularning barchasi ma’naviy o‘zgarish va poklanishga chaqiriqni kuchaytiradi.

Bu satrlarda shaxs deyksislar muallifning o‘quvchiga bevosita murojaat qilishi, o‘zini "biz"

orqali jamoa bilan bog‘lashi, va axloqiy saboqni yanada ta’sirchan yetkazishi uchun xizmat

qilmoqda. Shaxs deyksisi orqali nutq subyekti (muallif) va adresat (tinglovchi) orasidagi

emotsional va ruhiy yaqinlik hosil bo‘ladi.
2)We are here to learn lessons,
And the world is our teacher.(Follow your heart.Andrew Matthews .1997)
Bu gapdagi kishilik deyksisi (personal deixis) tahlilini quyidagicha ko'rib chiqamiz:

1. "We" – 1-shaxs ko‘plik (birinchi shaxs ko‘plik kishilik deyksisidir
Mazkur gapda “Biz” degani va bu yerda muallif o‘zini o‘quvchilar bilan birga ekanini nazarda

tutadi. Bu yerda biz deyish orqali muallif o‘quvchini suhbatga jalb etadi. O‘quvchi o‘zini bu

“biz” tarkibida his qiladi, shuning uchun matn ta’sirchanroq bo‘ladi. "Here" – makon deyksisi

bilan bog‘liq, lekin kishilik deyksisi bilan ishlatilgan. "Here" so‘zi makon deyksisi bo‘lsa-da,

"we are here" birikmasida u kishilarning joylashuvini anglatadi. Bu jumladagi “we are here” –

"biz shu yerdamiz" degani, ya’ni hayot sahnasida, bu dunyoda. ""Our" – 1-shaxs ko‘plik egalik

olmoshi Kishilik deyksisi turi: 1-shaxs ko‘plik egalik (possessive deixis) bundan tashqari

“Dunyo bizning o‘qituvchimiz” deyilganida, dunyo barcha insonlarga birdek tegishli ta’lim

beruvchi sifatida talqin qilinadi.

3)Oʻsha kuni, otasi uni oʻzi bilan shaharga olib ketishini aytganida u yeru koʻkka sigʻmay yurdi.

Toqatsizlanganidan, quvonganidan tars yorilib ketguday boʻldi, ammo gap shundaki, u bu

haqida birovga aytishga jur’at qilolmasdi(Chingiz Aytmatov.Erta qaytgan turnalar).

Bu matnda shaxs deyksisi (shaxsni ifodalovchi til vositalari) va hissiy holat tasviri ko‘zga

tashlanadi. Uni quyidagicha tahlil qilamiz. Matnda aniq shaxs ko‘rsatilmagan, lekin "u", "otasi",

"uni" kabi uchinchi shaxs ko‘rsatkichlari orqali voqea boshqa birov (muallifdan va o‘quvchidan

tashqari kishi) haqida hikoya qilinmoqda. Bu esa uchinchi shaxs deyksisidir. "Otasi so‘zi yaqin

kishilik aloqani bildiradi, Uni", "u", "jur’at qilolmasdi" u shaxs harakat markazida ekanini

bildiradi, lekin ismi tilga olinmagan va bu yerda emotsional (hissiy)tasvir ham qo‘llanilgan

masalan quyidagi jumlalar "Yeru ko‘kka sig‘may yurdi", "tars yorilib ketguday bo‘ldi"

metaforik ifodalar orqali quvonch, hayajon kuchli tarzda tasvirlangan"Toqatsizlanganidan"

ichki psixologik holatni bildiradi. "Gap shundaki, u bu haqida birovga aytishga jur’at

qilolmasdi" ichki nizo, ikki xil hissiyot: quvonch va ehtiyotkorlik yoki qo‘rquv. Navbatdagi

deyksis bu vaqt deyksisidir."O‘sha kuni" zamon (vaqt) deyksisi, voqeaning ma’lum bir oldingi

kunda bo‘lganini ifodalaydi.

4)I remember many years ago when I was in medical school, Mary Alice and I came across

Habakkuk 1:5, and we said to Christ, “We’re not gifted, but we love you. (Choosing Happiness

Even When Life is Hard,Frank B Mirth,MD 2004.p25)
Keltirilgan jumlalarda shaxs deyksislarini sanab chiqamiz.1-shaxs, birlik nutq egasi ya’ni

Mary Alice and I – 1-shaxs, ko‘plik nutqda ishtirok etuvchi ikki kishi (muallif va uning

rafiqasidir). We – 1-shaxs, ko‘plik yuqoridagi ikki shaxsning umumlashtirilgan ifodasidir. You

– 2-shaxs, birlik murojaat qilingan shaxs bu yerda Iso Masih (Christ ) ni nazarda tutmoqda. A.


background image

ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI

IYUL

ANDIJON,2025

290

1-shaxs (I, we) – nutq egasi sifatida: "I remember" – voqea muallifning xotirasida. Bu yerda

funksional semantik jihatdan ko’rib chiqayotgan bo’lsak, "I" shaxs deyksisi orqali hikoyaning

boshlanishi subyektiv nuqtai nazardan beriladi. "Mary Alice and I", "we said" – ikki shaxsning

birgalikdagi diniy tajribasi ta’riflanmoqda. Bu shaxsning ishtiroki, subyektiv tajriba, va

emotsional yaqinlikni anglatadi. We're not gifted, but we love you" bu gapda "we" o‘zini past

tutgan, kamtarin, ammo sadoqatli e’tiqodni anglatiyapti.Bu ruhiy holatni semantik jihatdan

kuchaytiradi.. 2-shaxs (you) – murojaat qilingan shaxs sifatida"we love you" bu yerda "you"

Xudoga, ya’ni Iso Masihga murojaat. Bu duo va ibodat kontekstida ishlatilgan 2-shaxs olmoshi

bo‘lib, yaqinlik, munosabat, va ruhiy aloqani ko‘rsatadi.Keling endi semantik tahlini chuqurroq

ko‘rib chiqamiz. 1-shaxs deyksisi orqali matnda shaxsiy tajriba, kamtarinlik, va samimiy

e’tiqod ifodalangan. 2-shaxs deyksisi esa muqaddas shaxsga bo‘lgan ruhiy yaqinlik

tasvirlangan. Shaxs olmoshlari orqali din, muhabbat va xizmat kabi mavhum tushunchalar

shaxsiylashtirilgan (personalized) holda ifodalanmoqda. Ushbu matnda shaxs deyksisi

vositalari (I, we, you) semantik jihatdan chuqur diniy va emotsional mazmunga ega. 1-shaxs

orqali shaxsiy e’tirof, 2-shaxs orqali esa ilohiy shaxsga murojaat qilish amalga oshirilgan. Bu

orqali matn ichki ruhiy holat, xotira, va e’tiqodiy sadoqatni funksional tarzda ifodalaydi.
4)Lekin bu hukm Mahkamni qoniqtirmasdi .Chunki u biladiki, o‘qituvchining did bilan

yaxshi kiyinib kelishi ayb emas, aksincha,buni pedagogika fani ham tavsiya qiladi. (Uch

ildiz.Primqul Qodirov p36).Shaxs deyksislarini tahlil qilamiz. Mahkam 3-shaxs Asosiy obraz, u

3-shaxs Mahkamning o‘rnini egallagan shaxs olmoshi, buni 3-shaxs (ko‘rsatkich) Hukum yoki

kiyinish holatiga ishora qilmoqda.Endi funksional

tahlilni ko‘rib chiqamiz. 3-shaxs

ishtirokchilari (Mahkam, u) Matnning bosh qahramoni — Mahkam Keyingi gapda u “u

biladiki” shaklida shaxs olmoshi bilan qayta tilga olinadi. Bu yerda shaxs deyksisi mahkamning

ichki dunyosi, fikrlashi, va munosabatini ochib beradi, “u biladiki” – bu vosita orqali

Mahkamning ongida kechayotgan ichki e’tiroz, bilim, va adolat hissi ifodalanmoqda, “buni”

ko‘rsatkich olmoshi: Bu yerda ko‘rsatkich deyksis bilan bog‘langan bo‘lsa-da, 3-shaxs sifatida

ham qaraladi, chunki "bu" orqali ilgari tilga olingan hukmga ishora qilinmoqda. Shaxsga

bevosita bog‘liq bo‘lmasa-da, Mahkamning nuqtai nazarini aniqlashtiradi. "Mahkamni

qoniqtirmasdi" – bu fikr Mahkamning ichki hissiy holati va e’tirozini bildiradi. "u biladiki" –

bu qahramonning ongli, dalil asosida fikr yuritayotgan shaxs ekanini ko‘rsatadi.
Shaxs deyksisi bu yerda psixologik ichki monolog vazifasini bajaradi, ya’ni Mahkam real

hayotda aytmagan, lekin o‘zicha fikrini ichki hissiyotlarini bayon qilgan. Ushbu matnda shaxs

deyksisi vositalari (Mahkam, u) orqali ichki e’tiroz, fikr, va psixologik holat ifodalangan. 3-

shaxs olmoshi yordamida muallif obrazning ichki fikr olamini yoritadi va uni ijtimoiy

me’yorlar bilan solishtiradi. Shaxs deyksisi bu yerda individual ongni va axloqiy pozitsiyani

semantik jihatdan belgilashda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.

Xulosa.

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi shaxs deyksisi vositalarining funksional-

semantik xususiyatlari taqqoslandi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, har ikkala tilda shaxs

olmoshlari grammatik jihatdan o‘xshash bo‘lsa-da, ularning qo‘llanish konteksti, stilistik

yuklamasi va pragmatik funksiyasi jihatidan muhim tafovutlarga egaligi isbotlandi. Ingliz tilida

shaxs olmoshlari kontekstual ravishda aniq subyektni anglatish bilan birga, rasmiylik darajasi,

masofa yoki psixologik yaqinlikni ifodalaydi. O‘zbek tilida esa shaxs ko‘rsatkichlari milliy

madaniyat va nutq etiketi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ko‘pincha hurmat, soddalik yoki

kinoya kabi ma’nolarni anglatadi.

Shuningdek, ingliz tilida ikkinchi shaxs olmoshining

yagona shaklda (you) orqali qo‘llanishi bilan o‘zbek tilidagi “sen/siz” shakllari o‘rtasidagi

muomala darajasi farq qiladi. Uchinchi shaxs olmoshlarining genderga ko‘ra farqlanishi (he/she)

ingliz tilining morfologik xususiyatlarini aks ettirsa, o‘zbek tilidagi neytral “u” shakli

kontekstga bog‘liq ravishda izohlanadi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, shaxs deyksisi vositalari


background image

ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI

IYUL

ANDIJON,2025

291

tilning nafaqat grammatik, balki madaniy, ijtimoiy va pragmatik jihatlarini ham ochib beradi.

Shu bois, ushbu masala bo‘yicha yanada kengroq kontrastiv tadqiqotlar olib borish, tarjimaviy

muammolarni tahlil qilish hamda til o‘rgatuvchi darsliklar uchun metodik tavsiyalar ishlab

chiqish dolzarb hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1.

Bühler K.

Die Sprachtheorie: Die Darstellungsfunktion der Sprache Gustav Fischer.-

Verlag, Yena (Jena) Publishing.1934-.P 434

2.

Dionysius T. Art of Grammar.-Duckworth Publishing.1995- .P 120

3.

https:www.enwikipedia.org.

4.

Levinson S. Pragmatics. - Cambridge University Press 1983 – P20

5.

Lyons J. Linguistic Semantics. - Cambridge University Press.1995. – P 376.

Библиографические ссылки

Bühler K. Die Sprachtheorie: Die Darstellungsfunktion der Sprache Gustav Fischer.- Verlag, Yena (Jena) Publishing.1934-.P 434

Dionysius T. Art of Grammar.-Duckworth Publishing.1995- .P 120

https:www.enwikipedia.org.

Levinson S. Pragmatics. - Cambridge University Press 1983 – P20

Lyons J. Linguistic Semantics. - Cambridge University Press.1995. – P 376.