Медицина конца 19 - начала 20 веков

Аннотация

Mustaqil yurtimiz rivojlanishining bugungi davrida yoshlarimizga berilayotgan ta’lim- tarbiya berish va o’qitish borasida samarali ishlar olib borilmoqda. Hozirgi davrda yoshlarmizning oliy ta’lim sohasida ta’limolishlari uchun barcha shart - sharoitlar yaratib berilmoqda. Tibbiyot sohasida ham samarali va dolzarb masalalarda chuqur o’ylangan,, manfaatli chora tadbirlar olib borilmqda. Mazkurtibbiyotning inqilobiy rivojlanish davrini yoritish barcha uchun muhimdir.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2023
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
CC BY f
294
47

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Ерназарова L., & Каримова M. (2023). Медицина конца 19 - начала 20 веков. Научные работы одарённой молодёжи и медицина XXI века, 1(1), 294. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/gifted-youth-medicine/article/view/26194
Л Ерназарова, Ташкентский Педиатрический Медицинский Институт

104 группа Педиатрическая работа

М Каримова, Ташкентский Педиатрический Медицинский Институт

Кафедра теории и практики построения демократического общества в Узбекистане

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mustaqil yurtimiz rivojlanishining bugungi davrida yoshlarimizga berilayotgan ta’lim- tarbiya berish va o’qitish borasida samarali ishlar olib borilmoqda. Hozirgi davrda yoshlarmizning oliy ta’lim sohasida ta’limolishlari uchun barcha shart - sharoitlar yaratib berilmoqda. Tibbiyot sohasida ham samarali va dolzarb masalalarda chuqur o’ylangan,, manfaatli chora tadbirlar olib borilmqda. Mazkurtibbiyotning inqilobiy rivojlanish davrini yoritish barcha uchun muhimdir.


background image

294

XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHLARIDA TIBBIYOT.

Ernazarova L., 104- guruh Pediatriya ishi

Ilmiy rahbar: Karimova M. J.

TashPMI, O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti

kafedrasi

Dolzarbligi:

Mustaqil yurtimiz rivojlanishining bugungi davrida yoshlarimizga

berilayotgan ta’lim- tarbiya berish va o’qitish borasida samarali ishlar olib borilmoqda. Hozirgi
davrda yoshlarmizning oliy ta’lim sohasida ta’limolishlari uchun barcha shart - sharoitlar yaratib
berilmoqda. Tibbiyot sohasida ham samarali va dolzarb masalalarda chuqur o’ylangan,, manfaatli
chora tadbirlar olib borilmqda. Mazkurtibbiyotning inqilobiy rivojlanish davrini yoritish barcha uchun
muhimdir.

Maqsad:

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida tibbiyot tarixini yoritish: XIX asr oxiri va XX

asr boshlarida tibbiyot gurkirab rivojlandi. I. M. Sechenovning «Bosh miya reflekslari» (1863-yil)
asari shifokor va fiziologlarda dunyoqarashning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Rus
olimlari S. P. Botkin, I. M. Sechenov, I. P. Pavlov, G.A. Zaxarin (kasallikni aniqlashda bemordan
so‘rab ma’lumot yig‘ish uslubini ishlab chiqqan), A.A. Ostroumov tadqiqotlari tufayli markaziy asab
tizimi va butun organizmning faoliyati qonunlari nazariy ta’riflab berildi. I.P. Pavlovning ovqat hazm
qilish sistemasi fiziologiyasiga oid ishlari Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Uning oliy nerv faoliyati
haqidagi ta’limoti barcha klinik fanlarning rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi.

Grigoriy Antonovich Zaxarin (1829—1897)

— Moskva terapevtlar maktabining

asoschisi. O‘zining asarlari va klinik faoliyatida odamning tevarak-atrofdagi muhit bilan o‘zaro

munosabatlariga hal qiluvchi ahamiyat berdi. U bemorni surishtirishning o‘ziga xos uslubini ishlab
chiqdi. Surishtirish uslubini tekshirishning boshqa uslublari (metodlari) bilan qo‘shish, unga bemor
organizmidagi anatomik o‘zgarishlarni juda aniq bilib o lish uchun imkon berdi. U laboratoriya va
asboblar bilan bajariladigan uslublardan foydalandi va bularni qo‘shimcha uslublar deb qaradi.
Davolashni u kompleks chora-tadbirlardan: gigiyena talablariga mos hayot kechirish iqlim bilan
davolash (klimatoterapiya) va dori-darmonlar bilan yordam berishdan iborat deb bildi. Sil to‘g‘ri-
sidagi ta’limotga uning tomonidan ko‘pgina yangiliklar kiritildi. Qimiz bilan davolashni amalda joriy
qildi, fizioterapiya uslublarini shifobaxsh ta’sirini ilmiy jihatdan asoslab berdi.

Sergey Petrovich Botkin (1832—1889) — klinik tibbiyotdagi fiziologik yo‘nalishning

asoschisi. S.P. Botkin kasalliklarning patoge- nezini tekshirishda, asosan, organizmning fiziologik
aloqalarini o‘rganish kerakligini birinchi bo‘lib isbot qilib berdi. U sariq kasalligining yuqumli
xastaliklar jumlasiga kirishini birinchi bo‘lib aniqladi. Hozirgi vaqtda bu kasallik Botkin kasalligi deb
ataladi. S.P. Botkin ko‘pgina patologik jarayonlar organizmda nerv yo‘llari bo‘ylab reflektor tarzda
o‘tadi, degan qoidani oldinga surdi. U ter chiqarish markazini, taloqqa reflektor ta’sir ko‘rsatish
markazini tajriba yo‘li bilan kashf etdi va limfa aylanishi hamda qon yaratish markazlari bor, degan
taxminni bildirib, turli organlardagi oqsil spetsifik tarzda tuzilgan degan fikrni birinchi bo‘lib bayon
qildi.

Vladimir Nikitich Vinogradov

(1882—1964).

U

tekshirish

uslublarini

mukammallashtirish, profilaktika prinsiplari va faol terapiyani tinmay hayotga tatbiq etib keldi. Ilk

bor mashhur kasallik tarixi sxemasini yaratdi. V.N. Vinogradov beqiyos tashxischi edi. U dastlab o‘z
klinikasida qonning minutlik hajmini aniqlash, bronxoskopiya, gastroskopiya, yurakni kateterlash,
radioaktiv izatoplar usuli va boshqa diagnostik uslublarni birinchi bo‘lib qo‘lladi. V.N. Vinogradov
dori-darmonlar bilan faol davo qilish usullarining haqiqiy tashabbuskori edi. U rahbarlik qilayotgan
shifoxonada penitsillin surunkasiga davom etadigan septik endokardit va krupoz (zotiljam)
pnevmoniyada, kampalon va B

12

vitamini xavfli anemiya (Addison-Birmer kasalligi)da, dikumarin —

miokard infarktida, AKTG — bronxial astmada, streptomitsin, ftivazid va PASK sil plevritlarida
birinchi bor ishlatildi. V.N. Vinogradov so‘nggi yillarda yurak-qon tomirlar sistemasi patologiyasiga,
muammosiga — gipertoniya kasalligi, miokard infarkti, ateroskleroz, revmatizm tizimiga katta e’tibor
berdi. Shu munosabat bilan V.N Vinogradov o‘zi boshqarayotgan klinikada fiziologik laboratoriya
tashkil etdi. Bu kabi tibbiyot yutuqlari sohaning eng yirik yutuqlaridan bo’ldi.

Natijalar muhokamasi:

XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi tibbiyot mavzusi yuzasidan


background image

295

talabalar o’rtasida so’rovlar o’tkazildi va bu so’rovlardan yaxshi natijalar olindi.

Xulosa:

So’rovlar natijasi ushbu davr tibbiyotini o’rganish barcha talabalar uchun qiziqarli

ekanligi aniqlandi va mazkur davr tibbiyoti haqida izlanishlar olib brogan holda muhim yangiliklar
qilinishi kerakligini ko’rsatdi

А

dabiyotlar ro'yxati:

1.

Шойимова

,

Шохиста

,

Кахрамон Хаитов

, and

Акмал Рахматуллаев

. "

Вопросы эффективности

проектных технологий обучения в медвузах

."

Актуальные проблемы обучения социально

-

гуманитарных наук в медицинском образовании

1.1 (2023): 447-456.

2. Narbaev, T. T., et al. "Results of surgical treatment of anorectal malformation in children." Med.

Scientific and Innovative J. of the Eurasian J. of Pediatrics 1.1 (2019): 136-143.

3.

Хамдамов

,

Б

.

З

.,

Т

.

А

.

Аскаров

, and

И

.

Б

.

Хамдамов

. "

УСОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ

МЕТОДОВ КОМПЛЕКСНОГО ЛЕЧЕНИЯ ГНОЙНО-НЕКРОТИЧЕСКИХ ПОРАЖЕНИЙ
НИЖНИХ КОНЕЧНОСТЕЙ ПРИ САХАРНОМ ДИАБЕТЕ

."

Журнал теоретической и

клинической медицины

1 (2015): 74-77.

4. Mirzakhidovich, Jafarov Khasan, Tursumetov Abdusattar Abdumalikovich, and Akhmedov

Akhmat Ibrogimovich. "Prevention of Postoperative Wound Complications in Rappeded
Abdominal Hernia." Annals of the Romanian Society for Cell Biology (2021): 6473-6484.

Библиографические ссылки

Шойимова, Шохиста, Кахрамон Хаитов, and Акмал Рахматуллаев. "Вопросы эффективности проектных технологий обучения в медвузах." Актуальные проблемы обучения социально-гуманитарных наук в медицинском образовании 1.1 (2023): 447-456.

Narbaev, T. T., et al. "Results of surgical treatment of anorectal malformation in children." Med. Scientific and Innovative J. of the Eurasian J. of Pediatrics 1.1 (2019): 136-143.

Хамдамов, Б. З., Т. А. Аскаров, and И. Б. Хамдамов. "УСОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ МЕТОДОВ КОМПЛЕКСНОГО ЛЕЧЕНИЯ ГНОЙНО-НЕКРОТИЧЕСКИХ ПОРАЖЕНИЙ НИЖНИХ КОНЕЧНОСТЕЙ ПРИ САХАРНОМ ДИАБЕТЕ." Журнал теоретической и клинической медицины 1 (2015): 74-77.

Mirzakhidovich, Jafarov Khasan, Tursumetov Abdusattar Abdumalikovich, and Akhmedov Akhmat Ibrogimovich. "Prevention of Postoperative Wound Complications in Rappeded Abdominal Hernia." Annals of the Romanian Society for Cell Biology (2021): 6473-6484.