Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Openness in medical speech
Sadokatkhon MIRZAKAMOLOVA
1
Namangan State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received November 2024
Received in revised form
10 December 2024
Accepted 25 December 2024
Available online
25 January 2025
This article extensively explores the concepts of openness and
sincerity in the medical field. The views of scholars on the
notions of eloquence, openness, and sincerity in medicine are
discussed, and their similar and contrasting opinions are
analyzed. The manifestations of sincerity and openness in
medicine are theoretically substantiated and illustrated with
examples. Medical speech is considered one of the types of
discourse that serves a crucial part of human life. It is a complex
discursive formation that manifests itself in various aspects,
genres, and communicative situations related to medicine in one
way or another. The primary focus of our research is on open and
sincere interpersonal communication between doctors and
patients as a form of establishing trustworthy communication.
2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss1
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
medical speech,
openness,
politeness,
medical communication,
doctor-patient
communication,
psychotherapeutic speech,
verbal means,
non-verbal means,
professional competence.
Tibbiyot sohasidagi nutqlarda ochiqlik
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
tibbiy nutq,
ochiqlik,
xushmuomalalik,
tibbiy muloqot,
shifokor-bemor muloqoti,
psixoterapevtik nutq,
verbal vositalar,
noverbal vositalar,
kasb kompetensiyasi.
Ushbu maqolada tibbiyot sohalaridagi ochiqlik va samimiylik
tushunchalari keng yoritilgan. Olimlarning tibbiyot sohasidagi
notiqlik, ochiqlik, samimiylik tushunchalari borasidagi
qarashlari haqida fikr yuritilgan, ularning bir biriga o‘xshash va
o‘xshash bo‘lmagan fikrlari tahlil qilingan. Tibbiyotdagi
samimiylik va ochiqlik ko‘rinishlari nazariy jihatdan asoslangan
va misollar bilan boyitilgan. Tibbiy nutq inson hayotining muhim
qismiga xizmat qiluvchi nutq turlaridan biri hisoblanadi. Tibbiy
nutq murakkab diskursiv shakllanish bo‘lib, tibbiyot bilan u yoki
bu
tarzda
bog‘liq
bo‘lgan
turli
jihatlar,
janrlar
va kommunikativ vaziyatlarda o‘zini namoyon qiladi.
Tadqiqotimizda eng katta qiziqish o‘z o‘rnida ishonchli
muloqotni amalga oshirish shakli sifatida shifokor va bemor
o‘rtasidagi shaxslararo ochiq va samimiy muloqotga qaratilgan.
1
PhD student, Namangan State University. E-mail: sadoqatmirzakamolova@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 1 (2025) / ISSN 2181-3701
46
Открытость в медицинской речи
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
медицинская речь,
открытость,
вежливость,
медицинское общение,
общение врача с
пациентом,
психотерапевтическая
речь, вербальные
средства,
невербальные средства,
профессиональная
компетентность
В данной статье исследуются понятия открытости и
честности в медицинской сфере. Обсуждались мнения
ученых о понятиях красноречия, открытости и искренности
в области медицины, анализировались их сходные и
несходные мнения. Проявления искренности и открытости
в медицине теоретически обоснованы и обогащены
примерами. Медицинская речь – один из видов речи,
служащий важной частью жизни человека. Медицинская
речь
представляет
собой
сложное
дискурсивное
образование, проявляющееся в различных аспектах, жанрах
и коммуникативных ситуациях, так или иначе связанных с
медициной. В наших исследованиях наибольший интерес
сосредоточен на открытом и искреннем межличностном
общении врача и пациента как форме надежного общения.
KIRISH
Til muayyan jamiyat vakillari uchun umumiy ijtimoiy hodisa bo‘lsa ham, uning
ma’lum bir nutq vaziyati bilan bog‘lanishi subyektning iqtidori va ijtimoiy faoliyati bilan
bog‘liqdir. Inson lisoniy faoliyatiga xos ana shunday obyektiv va subyektiv ko‘rsatkichlar
almashinuvini tilning “ma’lum ijtimoiy vazifa, kasb-hunarga ixtisoslashganligi bilan
xarakterlanuvchi sotsial xoslangan nutqlar misolida kuzatiladi [1:68]. Tibbiyot
xodimlarining nutqi va muloqoti ham ana shunday ijtimoiy-madaniy va kasbiy xoslangan
turlardan biridir.
Tibbiy nutq inson hayotining muhim qismiga xizmat qiluvchi nutq turlaridan biri
hisoblanadi. Tibbiy nutq murakkab diskursiv shakllanish bo‘lib, tibbiyot bilan u yoki bu
tarzda bog‘liq bo‘lgan turli jihatlar, janrlar va kommunikativ vaziyatlarda o‘zini namoyon
qiladi. Bularga talabalarga ma’ruzalar, hamkasblar va kichik xodimlar bilan rasmiy va
norasmiy muloqot, bemor va uning qarindoshlari bilan muloqot qilish, bemorning
kartasiga yozish, kasallik tarixini yuritish, kasallik varaqalari va ma’lumotnomalar berish
kiradi [2:26].
Shifokor va bemor o‘rtasidagi shaxslararo ochiq va samimiy muloqot ishonchli
muloqotni amalga oshirish shakli sanaladi. Ishonchli muloqot muhitini yaratish uchun
shifokorning bemorning his-tuyg‘ulariga ta’sir qilish qobiliyati muhim bo‘lib, unda
xushchaqchaqlik, samimiylik, ochiqlik kabi xislatlar ustun bo‘lishi kerak. Shifokor va
bemor o‘rtasidagi suhbatning ko‘plab maqsadlari orasida bemorning ahvolini psixologik
jihatdan yengillashtirish birinchi o‘ringa chiqadi. Axir, shifokorga tashrif buyurganida,
bemorga davolashdan kam bo‘lmagan hissiy tasalli va barqarorlik kerak. Shifokorning
so‘zi nafaqat muloqot jarayonida, balki tashxis qo‘yishda, shuningdek davolanish
jarayonida samarali kuchga ega hisoblanadi. Shuning uchun “shifokor – bemor”
kommunikativ o‘zaro ta’sirida yetakchi rol shifokorga tegishli, chunki o‘zaro ta’sirning
tabiati ko‘p jihatdan uning kommunikativ xulq-atvoriga bog‘liq.
Ayrim tibbiy tekshiruvlardan shu narsa ma’lum bo‘lganki, kamtarin va samimiy
insonning yuragi, qon aylanish sistemasi, nafas olish organlari xudbin insonnikiga
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 1 (2025) / ISSN 2181-3701
47
qaraganda yaxshi ishlar ekan, natijada bunday insonning immun tizimi mustahkam bo‘lib,
u til va hissiy me’yorlarini to‘g‘ri boshqara oladi.
Bundan tashqari, inson samimiy bo‘lganda, u bilan bog‘liq kimyoviy hodisa yuz
beradi. Birinchidan, inson biron kimga yaxshilik qilganda uning miyasida dopamin
moddasi ishlab chiqariladi. Ikkinchidan, inson miyasida tabiiy endorfinlar mavjud. Har
ikkisida ham, inson ijobiy fikrlaganda ularning soni oshib, insonga hush kayfiyat berar
ekan. Oddiy insonlarga qaraganda shifokorlarda bu jarayon ikki barobar ko‘p sodir bo‘lishi
kerak, chunki ular bemor nazdida xaloskor va najotkordirlar. Ham ruhan, ham jismonan
o‘zini ojiz xis qilgan bemor shifokorning samimiy so‘zidan kuch oladi, hayotga umid bilan,
ijobiy qaray boshlaydi.
Alisher Navoiy ta’kidlaganidek, “Tabib o‘z fanining bilimdoni bo‘lishi, bemorlarga
mehr-shafqat bilan muomala qilishi, asl tib ilmiga tabiati kelishmog‘i, donishmandlar
so‘ziga rioya qilib, ularga ergashmog‘i, muloyimso‘z va bemor ko‘nglini ko‘targuvchi va
andishali, xushfe’l bo‘lmog‘i kerak. Tabib o‘z kasbida mohir bo‘lsa-yu, ammo o‘zi badfe’l,
beparvo, qo‘polso‘z bo‘lsa, bemorni har qancha muolaja qilmasin, baribir uning mijozida
o‘zgarish paydo qilolmaydi. Shirin so‘zli mohir tabib tan xastaligiga shifodir, Badfe’l, serjahl
va savodsiz tabib esa el joniga balodir” [3.15].
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Tibbiyot xodimlarining kasb kompetensiyasini belgilashda ham nutq madaniyati,
muloqot mahorati alohida e’tirof etiladi. Bevosita tibbiyotning kasb kompetensiyasi va
uning diantologik asoslari esa undan ancha avval Abu Ali ibn Sinoning tibbiyotga oid
falsafiy mushohadalarida shakllana boshlagan edi. Xususan, uning: “Tabib xastaga shirin
so‘z, xush xulq, xushmuomalalik bilan yondashishi, uning dardini o‘zining dardi deb bilib,
og‘risa og‘rib, yig‘lasa yig‘lab, ingrasa ingrashi, bemorga begona yoki xirs ko‘zi bilan
qaramasligi, qiz bo‘lsa qizim, o‘g‘il bo‘lsa o‘g‘lim, ayol bo‘lsa onam, erkak bo‘lsa, otam, aka
va ukam deb yondashishi shart”, – degan mulohazasi shundan darak beradi [4: 8]. Mazkur
sohaga oid adabiyotlarda shifokorlarning nutqi ruhiy ta’sir va davolash maqsadlari
korreliyativiga asoslangani bilan xarakterlanishi aytiladi. Ushbu korreliyativlik esa: a)
suhbatdoshini xushmuomalalik va muloyimlik bilan tinglash hamda fikrini bo‘lishdan
tiyilish, b) suhbat jarayonida his-hayajon, hamdardlik kabi hissiy ta’sirlarga berilmasdan
empatik holatni saqlash, v) suhbatdoshga do‘stona yondashish va uni muloqotning faol
a’zosi darajasiga ko‘tarish kabilar qayd etiladi [5:13-16].
Xususan, shifokorlar nutqning kasbiy va kommunikativ kompetensiyalaridan darak
beradigan lisoniy va nolisoniy vositalar tahlili [6:12], mazkur nutqning kommunikativ
pragmatik xarakteri [7:16] kabilarning muhokamasiga e’tibor berilgan.
Xuddi shunday izlanishlar ingliz tilshunosligida ham kuzatiladi. Ularning o‘ziga
xosligi sohaga oid nutqiy faoliyatni umumiy tarzda emas, balki uni qismlari asosida
izlanishlar olib borilganda namoyon bo‘ladi. Xususan, shifokor va bemor muloqotini
diskursiv jihatdan tahlil qilish asosida xushmuomalalik modelining ishlab chiqilishi
[8:139], tibbiy diskursda “yuzma-yuz muloqot”ning konseptuallashuv tamoyillarining
belgilanishi [9:33-48], tibbiy diskursni hamshira-bemor muloqoti asosida tahlil qilish
[10:74] va boshqalar.
L.S. Beylinson tibbiy nutqni: “Tizimni shakllantiruvchi xususiyatlari uning maqsadi,
tipik ishtirokchilari (shifokor va bemor) va muloqotning ijtimoiy-madaniy sharoitlari
bo‘lgan ko‘p qirrali kommunikativ shakllanish”, – deb hisoblaydi [11:117]. Tibbiy nutqning
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 1 (2025) / ISSN 2181-3701
48
ijtimoiy-madaniy xususiyatlari esa: 1) sosiomadaniy bilim, 2) muloqot tajribasi, 3)
madaniyat faktorlariga munosabat, 4) tildan foydalanish kabi ko‘rsatkichlardan iborat
bo‘lib [12: 42-47], ular tibbiy nutqning lingvopragmatik, nutq madaniyatiga daxldor
bo‘lgan, “nutq va muloqot oralig‘ida turuvchi” belgi va xususiyatlariga kirib borish
imkonini ham yaratadi [13: 276].
Pivovarchikning qayd etishicha, davolash nazariyasi, usullari, vosita va
texnologiyalari, profilaktika, reabilitasiya vositalari, sog‘lomlashtirish, hayotni saqlab
qolishga oid tavsiyalar, davolovchi va davolanuvchi o‘rtasidagi suhbat jarayonlarida faol
qo‘llaniladigan tibbiy atamalarga asoslangan muloqot tibbiy diskursning asosiy mohiyatini
taqozo etadi [14: 147-156].
L.S. Beylinsonning fikricha, tibbiy nutq uni institutsional nutqning boshqa
turlaridan ajratib turadigan quyidagi xarakterli xususiyatlarga ega:
1) nutq ishtirokchilari shifokorlar va bemorlar bo‘lib, birinchisi gorizontal
(shifokorlar mutaxassisligi) va vertikal (lavozimlar shifokordan farq qiladi)
ierarxiyasining barcha xilma-xilligida namoyon bo‘ladi;
2) uning ishtirokchilari o‘rtasidagi muloqot shartlarining ramziyligi (Gippokrat
qasamyodidan boshlab va oq xalat, tibbiy asboblar va boshqalar kabi to‘g‘ridan-to‘g‘ri
atributlar bilan yakunlanadi);
3) ushbu nutqning asosiy tushunchalarini – sog‘liq va kasallikni ochib berishgacha
bo‘lgan maxsus qadriyatlar;
4) ushbu nutqning maqsadlari bilan belgilanadigan muayyan strategiya va
taktikalarni tanlash;
5) shifokor tomonidan o‘z bemoriga ishonchni singdirish va davolanish uchun zarur
bo‘lgan munosabatni shakllantirish zaruratidan iborat bo‘lgan yuqori darajadagi taklif;
6) maslahat, tavsiya, buyruq, taqiq va boshqalarning nutq harakatlari [15:177].
Kundalik muloqotda va tibbiy nutqda ochiq suhbatning holatini taqqoslashda,
birinchi navbatda, tibbiy nutqqa xos bo‘lgan tipik xususiyatlarda namoyon bo‘ladigan
o‘ziga xos xususiyatlar yaqqol namoyon bo‘ladi: 1) muloqotning o‘ziga xos maqsadi zaruriy
ta’minlashga qaratilgan. bemorga tibbiy yordam ko‘rsatish; 2) muloqotning o‘ziga xos
holatlari (shifokorning tayinlanishi yoki maslahati doirasida); 3) institutsional (maqom)
belgilarning mavjudligi (maxsus kiyim, hujjatlar, asboblar va boshqalar);
4) aloqa ishtirokchilarining status-rol funktsiyasi [16:21].
Shuni ta’kidlash kerakki, tibbiy nutq qisman rituallashtirilgan, chunki u shifokor va
bemor o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning rivojlanishida belgilangan bosqichlarning
mavjudligini anglatadi. Biroq, shifokor tomonidan qo‘llaniladigan strategiya va taktikalar
juda xilma-xil bo‘lib, birinchi navbatda, tibbiy nutqning maqsadi – bemorga malakali
yordam ko‘rsatishdan kelib chiqadi: kasallikni aniqlash, to‘g‘ri davolash kursini belgilash,
davolashni o‘tkazish, umumiy. va maxsus tavsiyalar.
Tibbiy nutqning uchta asosiy strategiyasi haqida gapirish mumkin: 1) diagnostik; 2)
davolash; 3) tavsiya qilish [17:5-20]. Inson tanasining murakkabligi yuqoridagi
strategiyalarning birlashishi va o‘zaro bog‘liqligini tushuntiradi, chunki davolanish paytida
shifokor ko‘pincha birinchi navbatda testlar va tekshiruvlar natijalarini olishi kerak
(diagnostika strategiyasi) va davolanish jarayonida allaqachon turmush tarzi bo‘yicha
ma’lum tavsiyalar berishi mumkin, masalan, ayniqsa, ovqatlanish bo‘yicha.
Tibbiyot sohasidagi ixtisoslashuvga qarab, boshqa turdagi strategiyalarni ajratish
mumkin. K.P. Makaradze psixoterapevtik muloqot doirasida quyidagi strategiyalarni
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 1 (2025) / ISSN 2181-3701
49
belgilaydi: ma’naviy qo‘llab-quvvatlash strategiyasi; e’tiborni o‘zgartirish strategiyasi;
qayta talqin qilish strategiyasi; istiqbollarni ijobiy baholash strategiyasi [18].
E’tibor bering, uning davolanishining muvaffaqiyati bemorning qanchalik
samimiyligiga bog‘liq bo‘ladi. Shunga ko‘ra, bemorni o‘z muammolari haqida ochiq
gapirishga undash uchun shifokor ko‘pincha yaqinlashish, hissiy muvozanatni saqlash,
tasalli va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash taktikasini qo‘llaydi. Bundan tashqari, ikkinchisi
ikkita turga ega – bir tomondan, taskin topayotgan odamni ijobiy baholash, boshqa
tomondan, noqulaylik tug‘diradigan narsaga salbiy baho berish [18].
TAHLIL VA NATIJALAR
Sanab o‘tilgan taktikalarga qo‘shimcha ravishda, bemorning ochiqligi va
ochiqligining shakllanishiga, uning fonida ishonch paydo bo‘lishi mumkin, shifokorning
muloyim muloqoti va nutq odob-axloq qoidalariga rioya qilishi ta’sir qiladi. Bundan
tashqari, har xil turdagi (ochiq, yopiq) so‘roq nutq harakatlaridan foydalanishni ta’kidlash
kerak, V.V.Juraning fikriga ko‘ra, ochiq savollar umumiy ma’lumot olish uchun samaraliroq
bo‘ladi [19: 140].
Og‘zaki tibbiy nutq mavzularini emotiogenlik nuqtai nazaridan o‘rganib, V.V. Jura
og‘zaki tibbiy nutqda eng ko‘p uchraydigan bir qator hissiy jihatdan belgilangan
mavzularni aniqlaydi va ularni his-tuyg‘ularning turlariga qarab to‘rt guruhga
birlashtiradi. Birinchi guruh bemorning oldingi tekshiruvi va davolanishi haqidagi
mavzularni va shunga mos ravishda g‘azab, qoralash, norozilik va umidsizlik kabi bog‘liq
his-tuyg‘ularni o‘z ichiga oladi.
Bobur boshini ko‘tardi. Ko‘z yoshidan yuzi nam. Tabib uning yelkasini siladi. –
Amirzodam, shukur, onangiz, egachingiz salomat ekanlar. Ko‘p kuyunmang, boshingiz omon
bo‘lsa, davlat topilur... O‘zingizni ehtiyot qiling, yana xastalanib qolmang!
(P. Qodirov.
Yulduzli tunlar).
Ushbu misolda tabib bemorga ruhiy ta’sir o‘tkazib, uning ahvoli yomonlashmasligi
uchun samimiy tasalli beryapti. Bu yerda tabib Boburning yelkasini silashi tibbiy nutqdagi
noverbal samimiylikka misol bo‘la oladi.
Ikkinchi guruh kasallikka moslashish muammolari va qo‘rquv, umidsizlik,
tushkunlik, kasallik salbiy o‘zgarganda tushkunlik yoki holat yaxshilanganda quvonch hissi
kabi his-tuyg‘ularning turli muhokamalarini birlashtiradi. Bizning tadqiqotimiz uchun
uchinchi va to‘rtinchi guruhlar qiziqish uyg‘otadi, ular shaxsiy hayot masalalari, shu
jumladan yaqinlar bilan munosabatlar, yaqin kishining o‘limi yoki kasalligi,
munosabatlarning buzilishi, oilaviy muammolar va boshqalar (bu erda his-tuyg‘ular
doirasi) Guruh umumiy salbiy ma’no bilan tavsiflanadi: umidsizlik, xafagarchilik (qayg‘u),
tushkunlik, norozilik va boshqalar) va “nozik” mavzular, ya’ni ochiq muhokama qilish
psixologik tabuning bir turi bo‘lgan muammolar. olingan ma’lumotlar ma’naviy va hatto
ijtimoiy jazo choralariga olib kelishi mumkinligi (...) Bunday mavzular uyat, sharmandalik
va hatto qo‘rquvning namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq” [19: 301-303].
Shifokor bemor bilan muloqotga kirishar ekan bemorning qanday kasallik bilan
chalingani, kasbi, ijtimoiy sharoiti, yoshi, gender xususiyati, tibbiy bilim darajasi, ruhiyatini
kabilarni hisobga olishi, avvalo, muloqot madaniyatining eng muhim belgisi bo‘lgan
bemorni tinglay olish qobiliyatiga ega bo‘lishi ham darkor. Kasalliklar turli bo‘lgani kabi
ana shu kasallikka chalingan bemorlar bilan muloqot ham turlicha bo‘lishi kerak. Shifokor
ruhiy kasallikka chalingan bemor bilan genekologik yoki onkologik kasallikka chalingan
bemorlar bilan muloqot qilganday muloqot qila olmaydi. Turli xastalik bilan og‘rigan
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 1 (2025) / ISSN 2181-3701
50
bemorlar ruhiyati bir-biridan umuman farq qilib, ba’zilari o‘ziga qo‘yilgan to‘g‘ri tashxisni
ko‘tara olishsa, ba’zilari ko‘tara olishmaydi, ba’zilari esa savol-javob boshlanishi bilanoq
vahimaga tushib qolishadi. Natijada Ibn Sino aytganidek kasalikdan vahimasi kuchli bo‘lib,
ularda qo‘shimcha kasalliklar vujudga kela boshlaydi. Bu ilmiy isbotini topgan nazariya
bo‘lib, bunday bemorlar ko‘pincha yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet va asab
kasalliklarini ortirib olishlari, ba’zi hollarda o‘lim holatlari kuzatilgan.
Yosh ham shifokor bilan bemor o‘rtasidagi muloqotda muhim o‘rinda turadi.
Masalan, kichik yoshdagi bolalar bilan muloqot qilish juda nozik bo‘lishi kerak. Uning
keyingi tibbiy ko‘riklardan qo‘rquvga tushmasligi uchun bu muhim sanaladi.
– Ochered balaga, – dedi-da, negadir jilmaydi. Shunda ko‘zoynak ortidagi ko‘m ko‘k
ko‘zlarida qandaydir erkalovchi tabassum paydo bo‘ldi. – Ay –yay-yay! – dedi bosh chayqab.
– Ugil bala yiglamaydi. – U yana jilmaydi. – Ox kakoy yakshi bala!
(O‘. Hoshimov. Dunyoning
ishlari)
Badiiy asardan olingan ushbu misolda doktor bolani yupatish bilan birga uni
maqtab, muolajadan qo‘rqmaslikni verbal usulda samimiylik bilan namoyon qilyapti,
hamda uning yuzidagi erkalovchi tabassum noverbal samimiylik elementi bo‘lib xizmat
qilyapti.
Shuningdek, gender xususiyati bilan bog‘liq muloqot turlariham mavjud. Ular:
– ayollar bilan tibbiy muloqot;
– erkaklar bilan tibbiy muloqot.
Bemordan uyalgan tabib tabib bo‘lolmaydi deyishsa-da, bemor tabibdan uyalishi,
o‘zida bo‘layotgan holatlarni bemalol aytishga, tavsiyalarni eshitishga hijolat bo‘lishi
mumkin. Shu paytda shifokor bemorning jinsini hisobga olgan holda u bilan muloqotga
kirishi, aytilishi uyatli bo‘lgan so‘zlar o‘rniga xalq orasidan maqbullarini tanlay ola bilishi
lozim. Yuqoridagilar qatorida ijtimoiy holatini hisobga olish shifokor uchun ham,
qo‘yiladigan tashxis uchun ham juda muhim.
Aynan shu mavzular, bizning fikrimizcha, og‘zaki tibbiy nutqda ochiq suhbat bilan
bevosita bog‘liq, chunki bemorni muvaffaqiyatli davolashning muhim prezumpsiyasi
uning maksimal ochiqligi, halolligi va samimiyligi hisoblanadi.
Mijozning monologi uchrashuv vaqtining kamida 2/3 qismini egallashi kerak, deb
ishoniladi. Monologik jarayonda shifokorning roli, bir tomondan, nisbatan passivdir (u,
birinchi navbatda, o‘z mijozini tinglashga majburdir), biroq, boshqa tomondan,
shifokorning fikrini buzmasdan. hikoya oqimi, uni tartibga soladi, bemorning maksimal
ochiqligini rag‘batlantiradi. Hikoya jarayonida mijoz qanchalik samimiy bo‘lishi to‘g‘ridan-
to‘g‘ri oldingi ikki bosqichning muvaffaqiyatiga bog‘liq – bir-birini bilish va anglash.
Bundan tashqari, o‘zini oshkor qilish darajasi bemor tomonidan belgilanadi,
u shifokorga o‘z qalbining sirlariga tegishiga imkon beradi. Boshqacha aytganda,
psixoterapiyani amalga oshirishning eng muhim sharti shifokor va bemor o‘rtasida
ishonchli munosabatlarni o‘rnatishdir.
Darhaqiqat, umumiy tibbiy nutqda, xususan, psixoterapevtik nutqda ochiqlikni
amalga oshirishning asosiy sharti ishonchdir. Mijozning tibbiy nutqda ochiq gapirishga
tayyorligi shifokorning kasbiy fazilatlar (maxfiylik, bemorning sirlarini hurmat qilish,
tibbiy etika, “zarar bermaslik” tamoyili) va shaxsiy (mukammal munosabat, o‘z-o‘zini aks
ettirish, hamdardlik, e’tiborlilik) fazilatlari bilan belgilanadi. Shu bilan birgalikda
shifokordagi ochiqlik shaxsiy manfaatdor bo‘lmaslik, bemorni ham ma’nan, jismonan, ham
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 1 (2025) / ISSN 2181-3701
51
moddiy tomondan qiynamaslik, uni umidsizlikka tushiradigan omillarni bartaraf qilishlik
kabi vazifalar bilan namoyon bo‘lishi kerak.
–
Nima vrach sizdan rostdan pul so‘radimi?
– Oy sinok, sinok! – Klava xola o‘g‘ir bosh chayqadi. – So‘ragani yo‘q, so‘ragani yo‘q.
Faqat seshanba kuni operatsiya qilamiz, deydi-da, jumaga qoldiradi, juma kuni operatsiya
qilamiz deydi-da, seshanbaga qoldiradi. Odammisan demaydi. Oxiri palatadagi kasallar
o‘rgatishdi. 300 so‘m bersangiz, darrov stolga oladi, deyishdi. Pul berishim bilan
muomalasiyam o‘zgardi, o‘ziyam boshqacha bo‘lib qoldi. – Klava xola mahzun kulib qo‘ydi. –
Nimayam derdim. Vrach ham odam. Undayam nafs bor. Bir og‘iz rahmat degan so‘zingga
muhtojmi. Bolnitsada yotishga order olaman, desang, qo‘lingga qarab turadi-ku. Bu-ku
butun boshli operatsiya
. (O‘. Hoshimov. Dunyoning ishlari)
Ushbu misolda esa shaxsiy manfaatdorlikning mavjudligi shifokorning ochiq
suhbatdan qochishiga va shifokor va bemor o‘rtasida ochiq muloqotning yo‘qligiga sabab
bo‘lyapti.
Zamonaviy tibbiyotda bemor haq-huquqlariga putur yetkaziladigan holatlar, ularga
nisbatan shaxsiy manfaat yoki loqaydlik bilan munosabatda bo‘lishning boshlang‘ich
nuqtasi kasb kompetensiyasi va uning diantologik normalarini u yoki bu tarzda buzilishi
bilan bog‘liqligi qayd etiladi.
XULOSA
Shunday qilib, kognitiv-kommunikativ yondashuv nuqtai nazaridan tibbiy nutq har
xil turdagi bilimlar shakllanadigan, to‘planadigan va ifodalanadigan maxsus sohadagi
og‘zaki-kognitativ faoliyat sifatida qaraladi. Maxsus bilimlar tadqiqotchilar tomonidan
maxsus (kasbiy) faoliyat jarayonida shakllanadigan va kundalik muloqot tilidan farq
qiladigan maxsus til – kasbiy muloqot tili tomonidan xizmat qiluvchi tushunchalar tizimi
sifatida belgilanadi. Tibbiyot sohasi vakillari nutqiy faoliyatining o‘ziga xosligi shifokorlik
faoliyatidagi tayanch tushuncha, ya’ni “sog‘liqni saqlash”ga yo‘naltirilgani orqali namoyon
bo‘ladi
.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Hakimov M. O‘zbek tilida matnning pragmatik talqini: Filol. fan. d-ri... dis. –
Toshkent: O‘zR FA TAI, 2004. – 283 b.
2.
Барсукова М.И. Медицинский дискурс: стратегии и тактики речевого
поведения врача: Автореф. дис. канд. фил. наук – Саратов, 2007. – 26 с
3.
Алишер Навоий. Маҳбубул-қулуб.‒Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги
Адабиёт ва санъат нашриёти, 1983.
4.
Tursunov S.Yu., Salohiddinov O., Qo‘ldoshev B. Shifokor diantologiyasi. Аndijon,
2007. 17 b.
5.
Дрокина О.В., Нелидова А.В., Живилова Л.А. Коммуникативные навики в
работе врача. Жур.: Справочник поликлинческого врача. – 2020. – № – С 13-16
6.
Жура В.В. Дискурсивная компетенция врача в устном медицинском
общении. Автореф. дис. д-ра. филол. наук. Волгоград, 2008. – 40 с.
7.
Кристина
А.К.
Сетевой
медицинский
дискурс:
языковые
и
коммуникативно-прагматические характерисики. Автореф. дис.... канд. филол. наук.
Москва, 2016. – 25 с.
8.
Levinson S.C. Pragmatics. – Cambridge: Cambridge University Press, 1984. – 419 p.
9.
Goffman E. The interaction order. American Sociological Review, 48, 1983. –P 7–17.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 1 (2025) / ISSN 2181-3701
52
10.
Epstein R. M., Peters E. () Beyond information: exploring p atients’ preferences.
JAMA. 302(2): 2009. -195 p.
11.
Бейлинсон Л.С. Профессиональный дискурс: признаки, функции, нормы:
монография. Волгоград: Перемена
12.
Сысоев П.В. Культурное самоопределение личности как часть
поликультурного образования в России средствами иностранного языка и родного
языков // Иностранные языки в школе. 2003. №1. – С. 42-47.
13.
Карасик В. И. Языковой круг: личность, концепты, дискурс: Монография. –
Волгоград : Перемена, 2002. – 477 с.
14.
Пивоварчик А. Сетевой медицинский дискурс: Коммуникативные
практики тематических интернет сообщест. Вестник ВГУ. 2018. № 4. – С 147-156.
15.
Бейлинсон, Л.С. Характеристики медико-педагогического дискурса (на
материале логопедических рекомендаций): дис.... канд. филол. наук: 10.02.19 /
Любовь Семеновна Бейлинсон. – Волгоград, 2001. – 177 с.
16.
Барсукова, М. И. Медицинский дискурс: стратегии и тактики речевого
поведения врача: дис.... канд. филол. наук: 10.02.01 / Марина Игоревна Барсукова. –
Саратов, 2007. – 141 с.
17.
Карасик, В.И. О типах дискурса / В.И. Карасик // Языковая личность:
институциональный и персональный дискурс: сб. науч. тр. – Волгоград: Перемена,
2000. – С. 5-20.
18.
Макарадзе, К.П. Стратегический принцип реализации медицинского
дискурса // Мир лингвистики и коммуникации (электронный научный журнал) –
2007. – № 3 (8). [Электронный ресурс] / К.П. Макарадзе – Режим доступа:
http://tverlingua.ru/
19.
Жура, В.В. Дискурсивная компетенция врача в устном медицинском
общении: дис.... докт. филол. наук: 10.02.19 / Виктория Валентиновна Жура.-
Волгоград, 2008. – 407 с.
