Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Progress of the epistolary genre in world literature
Orif BOZOROV
Shakhrisabz State Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2024
Received in revised form
10 April 2024
Accepted 25 April 2024
Available online
25 July 2024
The article examines the development of the epistolary work
in world literature, including the opportunity to present the
study of novels as an art form. We are talking about the unique
features of the epistolary genre, which make it possible to
illuminate the historical, social, and everyday reality from an
individual perspective, the fate of the hero taken in historical
reality, and which allows us to reveal the human psyche.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss3-pp161-166
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
letter,
epistolary,
essay,
destined,
tribute,
ruq’a,
aurok,
attribute,
genre.
Jahon adabiyotida epistolyar janr tadriji
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
xat,
noma,
epistolyar,
munshaot,
maktub,
mukotab,
ruq’a,
avroq,
vasf,
janr
Maqolada dunyo adabiyotshunosligida epistolyar asarlar
taraqqiyotiga e’tibor qaratilgan, jumladan, romanlarni tadqiq
etish badiiy adabiyotning san’at turi sifatida tasavvur qilish
imkoniyatlari xususida. Epistolyar janr tarixiy-ijtimoiy, maishiy
voqelikni individual rakursdan yoritish, tarixiy voqelikka
olingan qahramon taqdiri va inson ruhiyatini ochishga imkon
berishdagi o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida fikr
-mulohazalar
bayon qilingan.
1
PhD, Head of the Department of Foreign Language Practice, Interim Associate Professor, Shakhrisabz State
Pedagogical Institute. E-mail: bozorov-orif67@mail.ru
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
3 (2024) / ISSN 2181-3701
162
Прогресс эпистолярного жанра в мировой литературе
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
письмо,
эпистоляр,
эссе,
предначертано,
дань,
рука,
аврок,
атрибут,
жанр
.
В статье рассматривается развитие эпистолярного
произведения в мировой литературе, в том числе
возможность представить исследование романов как вид
искусства. Речь идет об уникальных особенностях
эпистолярного жанра, позволяющих освещать историко
-
социальную,
бытовую
действительность
с
индивидуального ракурса, судьбу героя, взятого в
исторической
действительности,
и
позволяющего
раскрыть психику человека.
KIRISH
Jahon adabiyotshunosligida XVIII
–
XX asr badiiy nasriy roman janri tipologiyasi
shakllanishida maktub shaklida romanlar yozish, epistolyar adabiyotning tarixiy hikoya,
oilaviy xronika tarzida rivoj topishi, ayniqsa, ikkinchi jahon urushi yillarida maktub
shaklidagi epistolyar adabiyot muhim ahamiyatga ega boʻlib kelgan. Roman janrining
xilma-xilligi, rivoji, tuzilishining epik-dramatik xususiyatlari muayyan tipologik
alomatlarga ega boʻla boshlagan Yevropa nasriy romannavisligida epistolyar asar
yaratish tajribasining markaziy mavqe egallashiga sabab boʻlgan omillar interpretatsiyasi
alohida ahamiyat kasb etadi. Zero, tarixiy burilish davri adabiyoti va san‘ati
voqelantirgan roman janri tipologiyasining xolistik tahlilga tortilishi turli ijtimoiy-tarixiy
qarashlarning toʻqnashuvi, adabiy vaziyatning shartliligi va metaforikligi, shakl va
mazmun yaxlitligini tashkil etadigan poetik tizim va janraro munosabatni ilmiy talqin
etishga imkon yaratadi.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Manbalarga ko‘ra, epistolyar yozuvlarning ilk namunasi qadimgi yunon faylasufi
Epikur tomonidan yaratilgan. Uning bizgacha yetib kelgan oz sonli asarlari ichida
Gerodot, Pifokl, Menekeyga yozgan maktublari ham saqlanib qolgan. Shuningdek, Mark
Tulliy Sitseronning “Xatlar”i, Lutsiy Anney Senekaning “Lutsiliyaga nasihat
-
maktublar”i,
Platonning maktublari ham mashhur. Epistolyar badiiy janrlarning asosi o‘laroq xizmat
qilgani hamda badiiyat unsurlaridan xoli emasligiga qaramasdan, bularni tom ma’nodagi
badiiy asarlar deya olmaymiz. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, faqatgina Senekaning
“Lutsiliyaga nasihat
-
maktublar”i badiiy adabiyotga yaqinligi bilan ajralib turadi.
“Antik epistolografiya” kitobida yozilishicha,
antik adabiyotda yaratilgan va yangi
zamon Yevropa adabiyotida o‘zlashtirilgan janrlar haqida so‘z ketganda maktublar esga
olinmaydi. “Buning sababi tushunarli, albatta. Chunki bizning davrimizda maktub badiiy
adabiyot doirasiga kirmaydi. Xat yozganda badiiylik masalasi eng keyingi o‘rinda turadi;
xat yozuvchi va oluvchi odamga qiziq bo‘lgan yozishmalarning boshqalarga qizig‘i
bo‘lmaydi. Hatto Tolstoy yoki Chexovning xatlari ham bizda adabiy asar sifatida emas,
tarixiy va biografik nuqtai nazardangina qiziqish uyg‘otadi, xolos. Faqat “ochiq xat” deb
nomlangan maktublargina bu holdan istisnodir. Ochiq xatlar ma’lum kishiga
yo‘naltirilgan bo‘lsa
-
da, nashrlarda e’lon qilinadi, muhokama etiladi, munosabat
bildiriladi, ijtimoiy va adabiy hayot faktiga aylanadi. Bizning davrimizdagi va antik
dunyodagi xatlararo chuqur farqni anglash uchun bilish lozimki, antik dunyoda barcha
xatlar ochiq bo‘lgan. Bu –
xatlarning hammasi ommaviy e’lon qilinadi degani emas, ammo
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
3 (2024) / ISSN 2181-3701
163
do‘stiga xat yozayotgan odam bilganki, bu xatni faqat adresat emas, balki uning o‘rtoqlari
ham o‘qiydi, ko‘chirib olishadi, boshqalarga ko‘rsatishadi. Shuning uchun ham
maktubnavis xuddi nutq yoki risola yozgan kabi bayonning yengil, ifodaning chiroyli
bo‘lishi ustida bosh qotirgan”.
Bundan tashqari antik davrda xat shaklidagi badiiy asarlar ham yaratilgan.
Katullaning do‘stlariga bag‘ishlangan noma
-
she’rlari, Ovidiy she’riyatidagi “Pontiy
maktublari” hamda miflardagi ayol qahramonlarning erlariga bitgan ishqiy
maktublaridan iborat “Geroida”lar, Goratsiyning falsafiy
-adabiy maktublari shular
jumlasidandir. Bular bevosita hayotiy shaxsga yo‘llangan xatlar bo‘lmasdan, mualliflar o‘z
fikr-qarashlarini ifoda etish uchun epistolyar shakldan foydalanganlar. Epistolyar janr
taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan mualliflardan biri Pliniydir. “Pliniy garchand shak
-
shubhasiz epistolografiya qoidalari va epistolyar asarlarning o‘zi bilan tanish bo‘lsa
-da,
uning maktublari taqliddan iborat bo‘lib qolmadi. Unga o‘z davrining yangi adabiy
shakllar taraqqiyotida ifoda topgan xos tendensiyasini idrok etish hamda nasriy-
adabiynomaning maxsus shaklini yaratish muyassar bo‘ldi. Bu nomalar shakl va
mazmuniga ko‘ra poeziyadagi epigramma, lirik she’r, elegiya singari kichik janrlarga juda
o‘xshab ketardi. Bu nomalar o‘quvchilar ommasining ham, adabiyotshunoslarning ham
talabiga to‘la javob berar va kichik she’riy janrlarning o‘ziga xos paralleli kabi edi.
Xat shakli zamonning kayfiyatiga, adabiy qiziqishlarning umumiy xarakteriga muvofiq
edi; chunki endi odamlarni individual kechinmalar o‘ziga jalb qila boshlagandi”
(Kuznetsova T. Pisma Poliniya Mladshego k druzyam // Antichnaya epistolografiya.
Ocherki. Moskva, Nauka, 1967. Str. 119).
Epistolyar janrning shakllanishida qadimgi Yunonistonda filologiyaning taraqqiy
qilgan yo‘nalishlaridan biri bo‘lmish ritorikaning roli katta bo‘ldi. Aynan shu soha
vakillari epistolyar asarlarning alohida janr ekanligiga urg‘u berdilar, spetsifik
xususiyatlarini tavsifladilar. Bu davrda sodda uslubda yozilgan har qanday maktublar
epistolyar bitik namunasi sanalgani kabi, ba’zan faqat maktub shaklida yozilgan har
qanday ilmiy, siyosiy, publitsistik yo badiiy asarni shu jumlaga kiritdilar.
Rimda II asrdan boshlab maktublar alohida janr o‘laroq e’tirof etildi. Bu o‘rinda
Sidoniy, Fronton, Simmax Ennodiy kabi mualliflarni eslatish mumkin. Maktub asta-
sekinlik bilan alohida janr sifatida mukammallashib, soddalik o‘rnini ritorika, so‘z
san’atiga xos badiiylik egalladi.
Nemis, fransuz, ingliz, ispan va Yevropaning boshqa xalqlarida ham maktubot
shakli taraqqiy qila bordi. Bu borada fransuzlar muhim yutuqlarga erishdilar. Lotin tili
ustuvorlik qilgan Germaniyadan farqli ravishda ular epistolyar janrda o‘z tillaridan
foydalandilar; erkin uslubda yozdilar. Balzak va Vuatyur maktublari turli so‘z o‘yinlari,
mubolag‘a va san’atpardozlikka to‘la bo‘lsa
-da, milliy nasr taraqqiyotida alohida
ahamiyat kasb etdi. Qizig‘i shundaki, nemislarda ham, fransuzlarda ham tabiiylik va
samimiylik ayollarning maktublarida ko‘proq namoyon bo‘ldi. Mutaxassislarning fikriga
ko‘ra, bu ko‘proq ayollarning savodlilik darajasi bilan bog‘liq edi. Nemislarda Yelizavetta
-
Sharlotta va gersoginya Orleanskayaning; fransuzlarda M. Lafayoyet va F. Mentenon,
F. Grafini, K.
Remyuza kabilar o‘z maktublarida ana shunday samimiylik va sodda ifodani
istifoda etdilar. XVII asrda fransuzlarda maktub ijtimoiy hayotda muhim ahamiyat kasb
etdi, elita orasida aql va tafakkur namoyishiga, namunasiga aylandi. XVIII asrga kelib esa
siyosiy qarashlarni ifoda etish vositasiga ham aylandi. Bu borada Rable, Monteskyo,
Volter, Russo, Didro, Jorj Sand kabi mashhur shaxslar turli ijtimoiy, falsafiy, ma’rifiy,
axloqiy qarashlarini maktublar shaklida ifoda etdilar.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
3 (2024) / ISSN 2181-3701
164
Germaniyada maktubotchilik katta tarixga ega. Epistolyar asarlar dastlab
XII
–
XIII asrlarda yozilgan minnezingerlarning nazmiy adabiyotida uchraydi.
Minnezingerlar nemis xalqining o‘ziga xos baxshilari bo‘lib, ular ko‘pincha ishqiy
qo‘shiqlarni, ritsarlarning ayolga muhabbatini kuylaganlar; bu muhabbat ba’zan maktub
shaklida ham ifoda etilgan. Nemislarda prozaik maktublar XIV asrlarga kelib paydo bo‘ldi.
Bu maktublarning ayrim qismlari lotin yozuvida bitilgan. Nemis maktubotchiligi XV asrda
bir muddat latinizm ta’siridan xalos bo‘ldi, ammo keyinchalik yana o‘sha ta’sir ostiga
tushib qoldi. Endi lotin tilidan tashqari, yuqori tabaqa fransuz tilida ham yozadigan bo‘ldi
va bu o‘ziga xos aristokratizm uzoq vaqtgacha hukm surdi. 1751
-yilda shoir va faylasuf
Xristian Gellert o‘z maktublarini kitob holida jam qildi. Uning maktublari sodda uslubi
bilan ajralib turgan. Y.Shtokgauzen xatlar nazariyasiga bag‘ishlangan “Yig‘ma xat
tamoyillari” nomli asarini yozdi.
Angliya va Italiyada ham epistolyar adabiyot o‘ziga xos yo‘nalish sifatida ko‘zga
tashlanadi. J. Svift, S. Richardson, U. Kuper, J. Bayron, V. Skott, F. Petrarka, B. Tasso kabilar
bu soha rivojiga sezilarli hissa qo‘shdilar. Ular maktubotchilikni oddiy yozishma
darajasidan maxsus adabiy shakl darajasiga ko‘tardilar.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Epistolyar romanni maxsus tadqiq qilgan O. Roginskaya umuman epistolyar badiiy
nasrning ilk namunasi sifatida fransuz adibi Jan Fruassarning “Ishq asiri” (1372–
1373)
asarini keltiradi. Ishqiy mazmundagi ushbu asar she’r va nasrda yozilgan bo‘lib, nasriy
qismini muallifning do‘stiga yozilgan maktublar tashkil qiladi. Tadqiqotchi ilovada shu
davrdan keyin to 1991-yilgacha epistolyar shaklda Yevropada yaratilgan 107 nomdagi,
rus adabiyotida 1766
–
1985-
yillar oralig‘ida yaratilgan 49 nomdagi asar nomini keltiradi.
Bu ro‘yxatlar epistolyar janr g‘arb va rus adabiyotida ancha taraqqiy qilganini ko‘rsatadi.
Albatta, ularning hammasi birdek mashhur emas. Epistolyar romanning ilk mashhur
namunasi bo‘lmish Semyuel Richardsonning “Pamela” romani xatlar va kundaliklar
shaklida yozilgan (1740). Roman XVIII asr Yevropasining eng mashhur asarlaridan biri
hisoblanadi. 1739-
yilda ikki noshir adibga shu vaqtga qadar qo‘llanilmagan yangi usulda
–
xatlardan iborat asar yozib berishni so‘raydi. Unda oddiy oiladan chiqqan yosh
Pamelaning sarguzashtlari hikoya qilinadi. Rus adabiyotida ham badiiy epistolyar
adabiyotning mukammal namunalarini uchratish mumkin. A.
Pushkinning “Maktub
-
roman”, F.
Dostoyevskiyning “Kambag‘allar”, I.
Turgenevning “Yozishma” asarlarini shu
sirada sanash mumkin.
O‘zbek adabiyotida ham
maktub shaklida asarlar yaratish tajribasi uzoq asrlardan
buyon mavjud. “Devonu lug‘otit turk” tarkibida maktub mazmunidagi xalq she’rlari
uchraydi. Shuningdek, katta hajmli epik asarlarda xat shaklidan kompozitsion usul
sifatida foydalanilgan. Masalan, Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonidagi
Shirinning Farhodga, “Saddi Iskandariy”sidagi Iskandarning onasiga yozgan xatlari
mashhur. Bulardan tashqari milliy adabiyotimizda maxsus noma janri ham
shakllanganki, bu jahon adabiyotshunosligida tavsiflangan sof epistolyar janrga to‘g‘ri
keladi. Mutaxassislarning kuzatishlariga ko‘ra, bizda noma janri fors
-tojik adabiyoti
ta’sirida paydo bo‘lgan. “Fors adabiyotida nomachilik uzoq tarixga ega. XI asrda yashagan
Faxriddin Gurgoniyning “Vis va Romin” dostonida noma janrining mukammalroq
namunasini ko‘ramiz. U “Vis va Romin” dostonida ma’shuqa Vis Rominga yuborgan o‘nta
nomani
keltiradi... Bu o‘nta nomani Faxriddin Gurgoniy “Dahnoma” sarlavhasi ostida
beradi. Keyinchalik Avhadiyning (1274
–
1338) tugal noma janri sifatida yaratilgan
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
3 (2024) / ISSN 2181-3701
165
“Dahnoma”si yuzaga keldi (1306 –
1307 yillarda)”
(O‘zbek mumtoz adabiyoti namunalari .
11-jild (XIV
–
XV asrning boshlari). Tuzuvchi, izoh va sharhlar muallifi: professor Nasimxon
Rahmon. Toshkent, “Fan”, 2007. 94
-bet).
TAHLIL VA NATIJALAR
Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asari o‘zbek adabiyotidagi noma janrida
yaratilgan ilk asardir. Keyinchalik “Latofatnoma” (Xo‘jandiy), “Taashshuqnoma” (Sayid
Ahmad),
“Dahnoma” (Yusuf Amiriy) kabi asarlar yaratildi. Ularning barchasi o‘n
maktubdan iborat.
Zamonaviy o‘zbek nasrida ham epistolyar janr namunalari yaratildi. Xurshid
Do‘stmuhammadning “Hijronim mingdir mening”, Benazir Muhammadning “Yobondan
gulxonaga maktublar” qissalari ishqiy yozishmalardan iborat; ular ko‘proq mumtoz
adabiyotdagi nomalarni eslatadi. Birinchi qissa oshiq va ma’shuqaning o‘zaro
yozishmalaridan, keyingisi esa faqat oshiqning xatlaridan tarkib topgan. Mumtoz
adabiyotda ham “Muhabbatnoma”, “Latofatnoma”, “Taashshuqnoma”, “Dahnoma” kabi
epsitolyar dostonlar yaratilgan.
Milliy adabiyotimizdagi ilk maktub-
roman Iqbol Mirzo qalamiga mansub “Bonu”
asaridir. Roman strukturasi o‘ziga xos: u bosh qahramon tomonidan noma’lum
yozuvchiga telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali yozilgan xatlardan iborat. Adib bir ayolning
taqdiri orqali muayyan ijtimoiy-tarixiy davrga oid, milliy-
maishiy hayotga oid juda ko‘p
haqiqatlarni qalamga olgan. Jahon adabiyotida yaratilgan aksariyat epistolyar
romanlardan farqli ravishda o‘zbek adibi voqealarga umuman aralashmaydi, syujet
zanjirini tashkil qilgan voqealar Bonu tarafidan hikoya qilinadi. Bonu
–
tabiat tomonidan
tiynati toza qilib yaratilgan, shuningdek, asriy yuksak qadriyatlar ruhida tarbiya topgan
qiz. Aynan shuning uchun ham u tevarak atrofda bo‘layotgan qing‘irliklarga, nomardlik va
adolatsizliklarga befarq bo‘lolmaydi. Hatto o‘z aka
-opalari, yaqinlarining ham
g‘ayriinsoniy xatti
-harakatlardan hazar qilmasligi Bonuni qattiq iztirobga soladi.
U mehnat muhojiri sifatida ham ko‘p mashaqqatlarni boshdan kechiradi. Sevgan insoni
unga xiyonat qiladi, hatto xiyonatdan keyin ham ayoldan o‘z nafsi va manfaati yo‘lida
foydalanishdan to‘xtamaydi. Bonu qo‘lidan kelgancha adolat uchun kurashadi,
atrofidagilarni o‘zgartirishga harakat qiladi. Ammo barcha intilishlari zoye ketgach,
hayotni tark etishga jazm qiladi.
Mumtoz adabiyotdagi nomalarda ham, jahon adabiyotidagi epistolyar asarlarda
ham ko‘pincha ishqiy motiv ustuvorligi ko‘zga tashlanadi. “Bonu”da sevgi
-muhabbat bilan
bog‘liq voqealar keng o‘rin tutsa
-da, umumiy mazmun-
g‘oyasiga ko‘ra uni ijtimoiy roman
deyish to‘g‘ri bo‘ladi. Iqbol Mirzo milliy tariximizning murakkab bir davrini katta
mahorat bilan epistolyar janrda badiiy gavdalantirdi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Epistolyar roman Yevropada turli xil xatlar to‘plami(“pismovnik”)lar asosida
shakllandi. 1739-yilda ikki nashriyot Richardsonga London nashriyot gildiyasi rahbari
sifatida qishloq odamlariga mo‘ljallangan shunday pismovnik tuzishni taklif qiladi.
Richardson esa namuna-
xatlar to‘plami o‘rniga epistolyar roman yaratadi. O‘zbek
adabiyotidagi ilk noma ham hayotiy vaziyat natijasida
–
hukmdor Muhammad Xo‘jabek
iltimosi bilan yoziladi. Rus adabiyotida epistolyar janr Yevropa adabiyoti ta’sirida paydo
bo‘ldi, ammo rus adabiyoti Yevropadan tayyor kanonlarni qabul qildi, epistolyar
romanning shakllanishi va takomillashishida ishtirok etmadi. Fransuzlarda bu janr faqat
ingliz (Richardson) adabiyoti ta’sirida tayyor holda kirib kelmadi, balki farang adiblari
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
3 (2024) / ISSN 2181-3701
166
janrning shakllanishi va taraqqiysiga ta’sir ham ko‘rsatdilar. Ruslarda dastlab g‘arbga
taqlid aniq ko‘zga tashlandi, keyinchalik esa g‘arb tajribalari rus nasrnavisligi tajribalari
bilan uyg‘unlashib, janrning durdona namunalari yaratildi. XIX asrda Yevropa va ruslarda
romanning janr o‘laroq
taraqqiy etishi, janr belgilarining kanonlasha borishi “epistolyar
ko‘tarilish”ni pasaytirdi. Asar tarkibiga maktub matnini kiritish usulidan ibtido olgan
epistolyar janr bu davrga kelib “adabiy xotira”ga aylandi. Maktub shakli romanda turli
ovozlar, voqelikka turlicha nuqtai nazarlarni berish vositasi sifatida saqlanib qoldi, xolos.
Rus adabiyotida esa epistolyar janrga parodiya xarakteridagi asarlar paydo bo‘ldi. Ularda
XVIII asr epistolyar romanlariga xos bo‘lgan an’anaviy syujet, an’anaviy qahramonlardan,
poetik unsurlardan foydalanildi, ammo sentimental-ishqiy mazmun-
mohiyat o‘rnini
kinoyaviylik, tanqidiy ruh egalladi. Jahon adabiyotida XIX asrdagi “tushkunlik”dan keyin
XX asrga kelib epistolyar shaklga qiziqish yana jonlandi. Ammo maktub usuli
ko‘pqatlamli modern yoki postmodern asarda qo‘llanadigan xilma
-xil usullarning biri
yoki qulay matniy qobiq bo‘lib qoldi
.
ADABIYOTLAR:
1.
Roussct.J. Une forme litteraire: le roman par lettres // RoussetJ. Forme et
Signification. Essais snr les structures litteraircs de Corneille a Ciaudel.
–
Paris, 1962.
–
P.
65-108.
2.
Duyjhuizen B. Episto Ian,' Narration of Transmission and Transpassion //
Comparative literature.
–
1985. V. 37. № 1. –
P. 1-26.
3.
Colas F. Le Roman epistolaire.
–
Paris, 1996; Gra.v.v,
д
/. C. Lire l'epistolaire.
–
P.,
1998.
4.
Lixachev D. Velikoye naslediye.
–
M., 1975.
5.
Lixachev D. Literatura vremeni natsionalnogo podyema / Pamyatniki literaturi
Drevney Rusi. XIV-seredina XV veka.
–
M., “Xudojlit”, 1981
6.
Johann Wolfgang von Goethe. Die Leiden des jungen Werther. Hamburger
Ausgabe. Band 6. S. 5
7.
Gyote I.V. Yosh Verterning iztiroblari. “Sharq” nashriyot
-matbaa aksiyadorlik
kompaniyasi bosh tahririyati. Toshkent
–
2013, 10-b.
8.
Эпикур. Менекейга мактуб. Хуршид Аҳмедов таржимаси // “Тафаккур”
журнали, 2019, № 1.
9.
Day R.
A.
Told in Letters: Epistolary Fiction before Richardson. Ann Arbor: Univ.
of Michigan press, 1966.
–
P. 281.
10.
Jäger G. Die Leiden des jungen Werther. Kommentare, Abbildungen,
Materialien zu Die Leiden des jungen Werthers und Plenzdorfs Neuen Leiden des jungen
Werther. Wien. 1984.
–
Р
. 15.
