Intertextuality as a scientific text category

Abstract

Since the 1950s, more than 250 definitions have been proposed, covering a variety of approaches to the concept of text. Linguists around the world highlight information content, coherence, integrity, and completeness as the main characteristics of a text. Scientific texts, as products of scientific communication, serve to store, transmit, and expand specialized knowledge. Any researcher seeking to obtain scientific results relies on previous work within the framework of his research, uses them for analysis, and formulates conclusions based on them. Thus, intertextuality is one of the key categories in scientific texts.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
HAC
elibrary
doi
 
61-68
28

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Kuchkarova , S. (2024). Intertextuality as a scientific text category. Foreign Linguistics and Lingvodidactics, 2(1), 61–68. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/foreign-linguistics/article/view/67431
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Since the 1950s, more than 250 definitions have been proposed, covering a variety of approaches to the concept of text. Linguists around the world highlight information content, coherence, integrity, and completeness as the main characteristics of a text. Scientific texts, as products of scientific communication, serve to store, transmit, and expand specialized knowledge. Any researcher seeking to obtain scientific results relies on previous work within the framework of his research, uses them for analysis, and formulates conclusions based on them. Thus, intertextuality is one of the key categories in scientific texts.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная

лингвистика

и

лингводидактика

Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Intertextuality as a scientific text category

Sadokat KUCHKAROVA

1


State Institute of Foreign Languages

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received December 2023
Received in revised form

10 December 2023
Accepted 25 January 2024

Available online

25 February 2024

Since the 1950s, more than 250 definitions have been

proposed, covering a variety of approaches to the concept of

text. Linguists around the world highlight information content,

coherence, integrity, and completeness as the main
characteristics of a text. Scientific texts, as products of scientific

communication, serve to store, transmit, and expand specialized

knowledge. Any researcher seeking to obtain scientific results

relies on previous work within the framework of his research,
uses them for analysis, and formulates conclusions based on

them. Thus, intertextuality is one of the key categories in

scientific texts.

2181-3663

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss1-pp61-68

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

main text categories,

scientific text,

scientific communication,
intertextuality.

Intertekstuallik ilmiy matn kategoriyаsi sifatida

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

matnning asosiy
kategoriyalari,

ilmiy matn,

ilmiy muloqot,
intertekstuallik.

Mazku maqolada muallif tomonidan matn tushunchasiga

turli

yondashuvlar asosida har xil ta’rif berilgan. Shuningdek,

ilmiy matnlarda intertekstuallik kategoriyasini birlamchi
kategoriyalar safiga kirgizish haqida bir qancha tavsiyalar

berilgan.

1

Doctoral student, Samarkand State Institute of Foreign Languages. Samarkand, Uzbekistan.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

2

1 (2024) / ISSN 2181-3701

62

Интертекстуальность как категория научного текста

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

основные категории
текста,

научный текст,

научная коммуникация,
интертекстуальность.

С 1950

-

х годов было предложено более 250 определений,

охватывающих разнообразные подходы к понятию текста.

Лингвисты по всему миру выделяют информативность,

связность, целостность и завершенность как основные
характеристики текста. Научные тексты, как продукты

научной коммуникации, служат для хранения, передачи и

расширения

специализированных

знаний.

Любой

исследователь, стремящийся к получению научных
результатов, опирается на предыдущие работы в рамках

своего исследования, использует их для анализа и

на их основе формулирует выводы. Таким образом,

интертекстуальность

является

одной

из

ключевых

категорий в научных текстах.

KIRISH

Tilshunoslarning matnga bo‘lgan alohida qiziqishlarining debochasi deya

o‘tgan

asrning 50 yillarini aytish mumkin.

O‘n

yilliklar davomida yuzaga kelgan yondashuvlar

natijasida 1990-

yillarda matn (tekst)ga berilgan 250 dan ortiq ilmiy ta’rifni kuzatish

mumkin (Kopitov, 2011).

Turli olimlar matnning biror bir xususiyati asosida unga ta’rif bergan.

Propozitsonal (grammatik) yondashuv namoyondalari (O.I. Moskalskaya, G.Ya. Solganik,
V. Dressler, K. Brinker va b. ) uchun matn bu,

nomlovchi birliklarning uzluksiz zanjiri

ko‘rinishiga ega bo‘lgan gaplar ketma

-

ketligi (Qurbonova, Yo‘ldoshev, 2014),

kommunikativ-pragmatik yondashuv namoyondalari uchun u muloqotning eng yuqori

birligi va so‘zlovchi/yozuvchi tomonidan ma’lum bir kommunikativ maqsadni amalga

oshiruvchi murakkab nutq akti kommunikatsiya jarayonining funksional qismi, nutqiy

faoliyat namoyishida mavzuiy yo‘naltirilgan kommunikativ akt (Tayupova, 2009),
kognitiv yondashuv namoyondalari uchun murakkab belgi, psixik sub’yektlarning

bir-

biriga ta’sirini muloqot qilish va tushunish jarayoni bilan bog‘laydigan muallifning

dunyo haqidagi bilimlarini ifodalashning asosiy vositasi (Kubryakova, 1994), matnni o‘z
qarashlarining ob’yektiga aylantirgan rus tilshunosi Galperinning fikricha (Galperin,

1981), bu

nutqiy-

ijodiy jarayon mahsuli bo‘lgan, tugallangan,

yozma hujjat shaklida

mavjud bo‘lib, ushbu hujjat turiga muvofiq

ravishda adabiy ishlov berilgan, sarlavha va

leksik, grammatik, mantiqiy va stilistik aloqalar vositasida bog‘langan bir qator

superfrazali birliklardan iborat aniq maqsadli va pragmatik qurilmali nutqiy asardir.

MATN KATEGORIYALARIGA OID

Tilshunoslikdagi eng munozarali masalalardan biri matnga oid kategoriyalarni

belgilash masalasidir.

Matnni qay yo‘sinda tasnif qilish o‘tgan asr olimlarining oldidagi

murakkab vazifalardan biri bo‘ldi. Aristoteldan boshlab muhokamalar sababchisi bo‘lib
kelgan matn, ya’ni tekstga ta’rif berish uchun ko‘plab ilmiy fikrlar oldinga surilgan. Turli

davrlarda dunyo olimlari tomonidan konsepsiyalar taklif qilingan. Bir qancha xorijlik
olimlar nazarida (Jabbarova, 2011) matn namunasi generativlik (kommunikativ-

pragmatik ta’sirga ega nutqiy xabarlarni cheklanmagan ravishda “ishlab chiqarish”


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

2

1 (2024) / ISSN 2181-3701

63

qobiliyati), universallik (matn hosil bo‘lishida bir til tarkibidagi lisoniy unsurlar
munosabatida juda kam uchraydigan ehtimoliy cheklovlarni ahamiyatsiz qilib qo‘yadigan

mavjud universal kognitiv-semantik strategiyalar), kontekstuallik (matn ijtimoiy-lisoniy

tuzilma), protsessuallik (matnni murakkab lisoniy belgi sifatida hosil bo‘lish jarayoniga

oid kompetensiya), intentsionallik (matn vaziyatdan kelib chiqqan harakat) va dialogizm

(og‘zaki yoki yozma bo‘lishidan qat’i nazar barcha muloqot turlari qat’iy dialogik tabiatga

ega) kabi tushunchalarni qamrab olishi lozim.

G‘arbda eng ko‘p tarqalgan konsepsiyalardan biri R.

-A. de Bogrand va

V. Dresslerlarga tegishli. Ular matnning mavqei uning quyidagi yetti kategorial belgiga

ega bo‘lishi bilan belgilanadi, deb hisoblaydi (Qurbonova, Yo‘ldoshev, 2014): 1) kogeziya

matn bo‘laklarining grammatik, leksik, ritmik, grafik vositalar yordamida birikishi;

2) kogerentlik

matn qismlarining semantik-mantiqiy munosabatlar (sabab-oqibat,

referentativ, zamon-

makon) negizida bog‘lanishi; 3) intensionallik –

matn strukturaviy va

ma’noviy yaxlitligining kommunikativ maqsad bilan bog‘liqligi; 4) adresatlik –

axborotni

uni qabul qiluvchining ijtimoiy mavqei, ruhiy holati kabi xususiyatlarini inobatga olgan
holda uzatish (boshqacha aytganda-retsipiyent tanlovi); 5) informativlik

uzatilayotgan

axborotning adresat uchun muhimligi yoki yangilik darajasi; 6) situativlik

matn

mazmuniy va strukturaviy qurilishining kommunikativ sharoit, vaziyat bilan bog‘liqligi;

7) intertekstuallik

ma’lum turdagi matn tarkibida invariant mazmun

-

ma’noning qayta

yaratilishi. Ushbu konsepsiya hanuzgacha Yevropa olimlari o‘rtasida matnga bo‘lgan
munosabatda dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q.

Rus tilshunosi Y.Z. Turayeva barcha matnlarga oid xususiyatlarni funksional va

semantik kategoriyalarga ajratishni taklif qiladi. Funksional kategoriyalar matnning

lisoniy ob’yekt sifatidagi tuzilishiga xos bo‘lsa, semantik kategoriyalar matnda ob’yektiv

voqelikni aks ettirish jarayonini xarakterlaydi (Turayeva, 1986).

I.R.

Galperin matnning ma’lumot berish, bo‘linuvchanlik, kogeziya (matndagi ichki

aloqalar), kontinuum (vaqt va makon izchilligi), matn qismlari avtosemantiyasi,
retrospeksiya, prospeksiya, modallik, yaxlitlik

va tugallanganlik kabi o‘nta kategoriyasini

sanaydi (Galperin, 1981).

Tadqiqotlarini rus tilidagi matnlar bilan bog‘lagan T.V.

Matveyeva (Matveyeva,

1990) matnga oid barcha kategoriyalarni uch guruhga ajratadi: chiziqli (lineynie),

maydonga oid (polevie) va hajmga oid (ob’yomnie) kategoriyalar. Chiziqli kategoriyalar

matnda bitta funksional-semantik mansublikka ega til birliklari zanjirini ifodalaydi:

mavzuiy zanjir, matnning mantiqiy bo‘linishi, prospeksiya/retrospeksiya. Maydonga oid

kategoriyalar umumiy semantik maydon, matnga xos funksiyalar va til tarkibiga oid turli
daraja birliklari majmui bilan xarakterlanadi: mavzuiy aniqlik, tonallik va baholash

(sub’yektiv modallik), temporallik (zamon maydoni), lokallik (makon maydoni), urg‘ulilik
(tonallik, makon va baholashning qo‘shimcha belgilari) va boshqalar. O‘z navbatida,

hajmga oid kategoriyalar tuzilmaviy xususiyatli kategoriyalar hisoblanib, maydonga oid
va chiziqli kategoriyalar hisobidan yuzaga keladi. Terminologik jihatdan ular

“kommunikativ blok”, “hajmiy

-

pragmatik qism”, “parcha” (“fragment”), “nutq shakli”

sifatida ifodalanishi mumkin.

O.N.

Kopitov (Kopitov, 2011) matnning fundamental kategoriyasi o‘zida uchta

shartni mujassam qilishi shartligini aytadi: u bir vaqtning o‘zida matnning butunligi va
bog‘langanligini aks ettiruvchi kompozitiv vosita, “ishlab turgan” til birligining maydoni
va “ishchisi” sifatida namoyon bo‘lishi lozim.

Olim matnning fundamental kategoriyalari


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

2

1 (2024) / ISSN 2181-3701

64

sifatida Adresant va Adresat kategoriyasi ni quyidagicha belgilaydi: 1. Adresant

kategoriyasi muallif, ya’ni avtorning barcha ko‘rinishlarini (g‘oya muallifidan tortib to

skriptorgacha, badiiy matnda muallif shaxsidan tortib ot, it, inson organi kabi

“hikoyachilar”, rasmiy xatdagi anonim) qamrab olsa, Adresat kategoriyasi o‘quvchi

-

tinglovchi rolidagi har qanday sub’yektni nazarda tutadi; 2. Xronotop kategoriyasi “real”
va “noreal” shaklda namoyon bo‘luvchi har qanday zamon va makon bog‘liqligini nazarda
tutadi; 3. Hodisa kategoriyasi to‘liq matn sathiga teng bo‘luvchi “vaziyat”ni ifodalashga

xizmat qiladi; 4. Aktant kategoriyasi hikoya qahramoni, tasvir predmeti yoki muhokama

mavzusini o‘z ichiga oladi; 5. Diktum va Modus kategoriyasi. Diktum kategoriyasi

matndagi haqiqiy voqelik yoki ehtimoliy borliq tizimi bilan mos tushuvchi yoki ularga

teng keluvchi tushunchalarni anglatsa, Modus kategoriyasi diktum bilan bog‘liq bo‘lgan

mantiqiy-psixologik operatsiyalar (baholash, temporallik-lokallik-shaxs qabilidagi
tizim)ni ifodalaydi. Olim yuqoridagi kategoriyalar nainki badiiy matnlar, balki badiiy

bo‘lmagan matnlarning xususiyatlarini ham yaqqol namoyon qilishini ta’kidlaydi.

Ilmiy muloqot, ilmiy matn va intertekstuallik. Barcha turdagi ilmiy matnlar ilmiy

muloqot natijasidir. Ilmiy muloqot ilmiy hamjamiyatdagi professional muloqot turlari

yig‘indisi,

tadqiqotchilar va ilmiy muammolar tadqiqidan olingan natija va xulosalar

o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning asosiy mexanizmlaridan biri hamda fan rivojlanishi

uchun zarur shart-

sharoitdir (Rudi, 2012). Fanning kommunikativ tabiati uning sub’yekti

va sub’yekt faoliyatining xarakterida namoyon bo‘ladi. Ilmiy bilishning sub’yekti esa
barcha olimlar yig‘indisi ko‘rinishidagi ilmiy jamoadir: u jamoaviy mehnatni amalga

oshiradi, asrlar davomida ilmiy axborot bazasini yaratadi, birgalikda erishilgan

me’yorlarga amal qiladi va jamiyat ehtiyojlariga javob beradi.

E.M. Mirskiy va V.N. Sadovskiylar (Mirskiy, Sadovskiy, 2012) ilmiy muloqotni fanda

axborotning harakat jarayoni deya ta’riflab, uning avtokommunikatsiya, shaxslararo,

biror guruh ichidagi, guruhga oid, xalqaro, ommaviy turlarini ajratdi, uning verbal,
noverbal va sun'iy vositalarini va mahalliy, mintaqaviy, xalqaro va global darajalarini
belgiladi.

T.A. Dudenkova (Dudenkova, 2010) ijtimoiy muloqot turi sifatida ilmiy

muloqotning o‘ziga xos kognitiv spetsifik xususiyatlarini tasnifladi: ilmiy muloqot faqat

ilmiy hamjamiyatda amalga oshadi, uning predmeti biror ilmiy muammo hisoblanadi,
maxsus til ilmiy muloqotning asosiy vositasidir, muloqot binar-oppozitsion
munosabatlarga ega. Shuningdek olima ilmiy kommunikatsiyada formal va noformal

muloqot turlarini farqlaydi va ularning yutuq va kamchiliklarini sanab o‘tadi. Uning
fikricha, formal ilmiy muloqot sub’yekt

-

ob’yekt munosabatlarini aks ettiradi, chiziqli

-kod

modeliga (mexanistik yondashuv) mos keladi, asosan yozma shaklda ifodalanadi,

monologik xususiyatga ega, standartlashtirilgan, birlashtirilgan, o‘zgarmas, natijaga
yo‘naltirilgan, rasmiy sharoitda amalga oshadi, odatda boshqaruvchi vosita sifatida
amalga oshadi. Noformal ilmiy muloqot esa, aksincha, sub’yekt

-

sub’yekt munosabatlarini

aks ettiradi, interfaol modelga mos keladi, ishtirokchilarning teng huquqlarini nazarda

tutadi, asosan og‘zaki ravishda tarqaladi, dialogik xususiyatga ega, yetarlicha ishonchli
emas, jarayonga yo‘naltirilgan va norasmiy muhit bilan xarakterlanadi.

T.A. Dedunkova formal ilmiy muloqotning afzalliklariga invariantlilik, doimiylik,

qayd etish (fiksatsiya) va har qanday makon va zamonda istalgan miqdordagi qabul
qiluvchilarga uzatish imkoniyati mavjudligi, oldindan aytib berish mumkinligi, tartibga
solinganligi, ochiq foydalanish imkoniyati mavjudligini, uning kamchiliklariga ilmiy


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

2

1 (2024) / ISSN 2181-3701

65

publikatsiyalar sonining haddan tashqari ko‘payib ketishi va ularning ko‘p sonli nashrlar
bo‘ylab “tarqalishi”, nashr etilgan materiallardagi to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar, eskirgan
ma’lumotlar mavjudligini bildiradi. Formal ilmiy muloqot odatda ilmiy jurnallardagi
maqolalar, anjumanlardagi taqdimotlar va akademik bahslarda namoyon bo‘ladi.

Noformal ilmiy

muloqotning afzalliklariga ko‘p kanallilik, ishtirokchilarning teng

huquqliligi, operativlik, bir vaqtda yuz beradigan qayta aloqa, aniq ta’riflanmagan

mazmunni yetkazish imkoniyati, kamchiliklariga vaqtinchalik xususiyatga egaligi,

ko‘pincha muloqotda ishtirok etuvchi guruhlarning tarkibi va uning ishtirokchilari
o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir darajasini aniqlashning qiyinligi, oldindan bashorat qilib
bo‘lmasligi, nazorat qilib bo‘lmasligi, ma’lumotlardan

foydalanishning qiyinligi kiradi.

Noformal ilmiy kommunikatsiya ilmiy, onlayn konferensiyalar yoki boshqa ilmiy
tadbirlar doirasida, ijtimoiy tarmoq va bloglarda olimlarga norasmiy ravishda muloqot

qilishga, ma’lum ilmiy muammo yuzasidan o‘z hamkasblari bilan bahslashish, fikr va

tajriba almashish imkonini beradi. Bu, albatta ularning professional sohada rivojlanishi

va mavzu yuzasidan ma’lumotlarini boyitishga hissa qo‘shadi.

Ma’lumki,

ilmiy

muloqotning

asosiy

belgilari

mavzuning

ilmiyligi,

tushunchalarning aniq bayoni, mavhumlashtirish va umumlashtirishga urinish,

bayonning mantiqiyligi va asosliligi, bayonning ob’yektiv xarakteri, faktik axborotga

boyligi, bayonning ixchamligida aks etadi. Fanlar turi (aniq, tabiiy, gumanitar) va bayon

janridan (monografiya, ilmiy maqola, doklad va b.) qat’i nazar ilmiy uslubning bir qator

umumiy jihatlari mavjud: bayonning mantiqiy izchilligi, bayon qismlari orasidagi tartibga
solingan aloqalar, mualliflarning aniqlikka intilishi, ixchamlik, boy mazmunni saqlash

jarayonida ifodaning bir ma’noga ega ekanligi shular jumlasidandir.

A.A.

Shirokanova (Shirokanova, 2013) ilmiy muloqotning ijodiy (sozidatelьnaya),

axborot beruvchi (informativ) va kommunikativ funksiyalarini belgilaydi: uning

informativ funksiyasi ilmiy g‘oyalarni muhokama qilish va almashishni o‘z ichiga oladi;
kommunikativ funksiya ilmiy jamoatchilik vakillari o‘rtasidagi rasmiy va norasmiy
muloqotda namoyon bo‘ladi; ijodiy funksiya yangi ilmiy bilimlarni yaratish bilan
bog‘liqdir.

Ilmiy kommunikatsiya natijalaridan biri sifatida ilmiy matn maxsus bilimlarni saqlash,

uzatish va boyitish vositasi sifatida qaralar ekan, bu nafaqat uning mazmuni va mantiqiy-

struktur xususiyatlarining o‘ziga xosligini, balki uning dunyoning ilmiy manzarasi, bilimni

saqlovchi aqliy tuzilmalar va ushbu tuzilmalarni verballashtiruvchi lingvistik vositalarning

muayyan turlari bilan bog‘liqligini ham belgilaydi (Drozdova, 2003).

Ma’lumki, ilmiy tekstga xos birlamchi kategoriyalar sifatida bog‘langanlik,

strukturalilik, yaxlitlik, informativlik ajratib ko‘rsatiladi.

Bog‘langanlik matn bayonining izchilligi va qat’iyligini,

mazmunning bir ma’noli

talqinini ta’minlaydigan formal

-strukturali sintaktik tuzilishda aks etadi. Bayonning

mantiqiy va qat’iyligini hamda

mazmunning bir ma’noli talqinini ta’minlaydigan formal

ifodalangan eksplitsit ifoda ilmiy matnlar uchun xos hisoblanadi.

Strukturalilik har qanday murakkab tuzilmaning, shuningdek ko‘p bosqichli ilmiy

matnning ajralmas xususiyati sifatida uning element va birliklari orasidagi
munosabatlarni ifodalaydi. Turli munosabatlar esa bir matn doirasida struktur jihatdan
turli xil sxemalardan foydalanish imkonini beradi. Matn birliklarining uning mavzusi,

kompozitsiyasi yoki mazmuni mosligiga ko‘ra, tematik, kompozitsion (mantiqiy

-

kompozitsion) va semantik tuzilmalarni ajratish mumkin.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

2

1 (2024) / ISSN 2181-3701

66

Yaxlitlik matnning muloqot vositasi sifatidagi fundamental xususiyatlarini aks

ettiradi va matnning ichki, mundarijaviy, semantik birligini tavsiflaydi. Bog‘langanlik
kategoriyasidan farqli o‘laroq, u psixolingvistik kategoriya sifatida lisoniy birliklar bilan
bevosita bog‘lanmaydi va idrok etuvchining tahliliy

-

sintetik faoliyati natijasi o‘laroq

matnni anglash va tushunish jarayonida paydo bo‘ladi. Agar matnni idrok etish natijasida
retsipiyent muloqot predmeti xususida yaxlit tasavvurga ega bo‘lmasa, bu matnning

yaxlitligini aniq shakllantirmagan muallifning aybi yoki bir qator

(ta’lim, tilni va mavzuni

bilish, o‘qish va tinglash qobiliyatining rivojlanish darajasi, ya’ni eshitish idroki kabi va
boshqa) sabablarga ko‘ra

uni tushunishga tayyor bo‘lmagan

adresatning aybi bilan sodir

bo‘ladi. Ilmiy muloqot sohasida axborotning aniqligi, bir ma’noliligi, adekvatligi va

axborotning chinligi birlamchi ahamiyatga ega ekanligi uchun, barcha lisoniy vositalar

tashqi nutqda yaxlitlikni ifodalashga bo‘ysunadi.

Biz quyida e’tiborimizni ilmiy matnlarda intertekstuallik kategoriyasining o‘rniga

qaratamiz.

Ko‘pgina tilshunoslar intertekstuallik haqida gapirar ekan, I.V.

Arnold (Arnold,

2005) tomonidan berilgan ta’rifga amal qilishadi, bu ta’rif uni “bir matnga boshqa nutq
sub’yektiga ega bo‘lgan butun boshli matn yoki ularning parchalarini iqtibos, eslatma va
ishoralar ko‘rinishida kiritish” deb talqin qiladi.

M.M.

Baxtin (tsit.ol. Ivanova, 2015) konsepsiyasida matn murakkab va ko‘p planli

hodisa, “ma’lum bir semantik sath doirasidagi barcha matnlarni aks ettiruvchi monada
(birlik, unsur)ning o‘ziga xos turi”

sifatida namoyon bo‘ladi. Olimning fikricha, hatto eng

kichik semantik yaqinlashuvga ega bo‘lgan matnlar muqarrar ravishda dialogik
munosabatlarga kirishadi, nutq zanjirining bo‘g‘inlariga aylanadi, chunki ular umumiy

mavzu, umumiy fikr hududida bir-biriga yaqinlashadi. Ushbu mavzu haqida allaqachon
gap borganligi va muhokama qilinganligi

bois, matnlar o‘zga matnlarning aks

-sadolari

bilan to‘ldiriladi, turli xil iqtiboslar, adabiy allyuziyalar, adabiy o‘zlashmalar orqali

boshqa matnlardan mozaika kabi quriladi.

Intertekstuallikni talqin etuvchi xilma-

xil atamalar mavjud bo‘lishiga qaramay,

u

o‘zgarmas (invariant) xususiyatlarga ega va bu aniq lisoniy signallar orqali belgilanganlik
(markirovannostь), matnlarning bir butunlik doirasidagi o‘zaro ta’siri va

ularning

dialogida aks etadi (Zastyola, 2008).

Intertekstuallikning asosiy vazifasi shundan iboratki, ushbu matn tarkibidagi har

qanday matnga havolalar juda aniq bir adresatga

matnlararo havolani taniy oladigan va

ma’lum bir havolani tanlashni ideal baholay oladigan shaxsga yo‘naltirilishi mumkin

(Xolbekov, 2013).

Intertekstuallik aksariyat olimlar tomonidan matnning “ikkinchi darajali”

kategoriyalari safiga kiritilayotgan bo‘lsa

-da, ushbu kategoriya barcha turdagi matnlarga

xosdir. Bir vaqtning o‘zida fandagi bilim tushunchasi bilan bevosita bog‘langan dialogik
ta’sir jarayonini,

hamda avvaldan ma’lum bo‘lgan bilimlarni ijodiy qayta ko‘rib chiqish va

yangi bilimlarni shakllantirish usulini ifodalovchi intertekstuallik ilmiy nutqda asosiy

matn va ma’no hosil qiluvchi kategoriya bo‘lib xizmat qiladi (Chernyaevskaya, 2000).

Ilmiy diskursda intertekstual aloqani ilmiy tadqiqotini ob’yektiga aylantirgan

Ye.V. Mixaylovaning kuzatishicha (Mixaylova, 1999), ilmiy maqola matnida intertekstual

korrelyatsiya rivojlanishining asosiy tendensiyasini, ya’ni iqtibos va havolalarning
prototip kombinatorik majmuasi ikki yo‘nalishda rivojlanyapti: 1)rivojlanishning bir
necha oraliq bosqichlarini bosib o‘tgach matnlararo majmua o‘zining paratekstual


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

2

1 (2024) / ISSN 2181-3701

67

komponentlarini yo‘qotib, asta

-

sekin havola orqali yo‘naltirilmagan qo‘shtirnoqsiz

umumiy oddiy tushunchaga aylanadi; 2)o‘zining rivojlanish jarayonida matnlararo
majmua o‘zining haqiqiy matn qismidan mahrum bo‘lib,

allyuziyaga, ya’ni faqat

konseptga ishora qiluvchi elementga aylanadi. Har ikki holatda ham ilmiy nutqda

bilimlarni ob’yektivlashtirishning

umumiy tamoyili o‘z tasdig‘ini topadi: g‘oya omma

mulkiga aylanib,

muqarrar ravishda anonimlikka ega bo‘ladi.

Mixaylova ilmiy diskursdagi intertekstuallikning genetik turini 1) sof matnli

(birlamchi, ikkilamchi); 2) paratekstual, mualliflik, avtohavola, ko‘p havolalik; titul

havolalar (manzilli, aralash); 3) aralash (prototip xilma-xillik, hosila xilma-xillik) turlarga
ajratdi, intertekstual aloqalarning vertikal genetik turlari sifatida

bir tilli, o‘zga tilli,

ramziy va tizimli; shaklga (markirovaniye) (iqtiboslarni belgilash, havolalarni belgilash)

va o‘rniga oid matn oldi, matn ichidagi, transtekstual va chiziqlararo

turlarini belgiladi.

Ilmiy matnda intertekstual aloqalar referension, baholovchi, etiketga oid va

dekorativ vazifalarni bajaradi (Mixaylova, 1999). Referension funksiyaning uch turi

farqlanadi: informativ (o‘zlashtirilayotgan matndagi ma’lumotlarni siqish va bitta fikr

doirasida bayon etish), eksplanativ (ilmiy qarashlarga sharh berish) va apellyativ

(tadqiqotning boshlang‘ich nuqtasi sifatida biror nufuzli fikrga tayanish), baholash
funksiyasi ikki turda: tanqidiy (asosan salbiy baholash) va empatik (adresant o‘zlashtirma
matn muallifi pozitsiyasini qo‘llab

-quvvatlashga harakat qiladi). Shuningdek, dekorativ

funksiya ilmiy matnni iqtibos yoki havola bilan bezashdan iborat bo‘lib, masalan, ilmiy

maqolada, individual mualliflik tamoyilini ifodalovchi uslubni yumshatishga qaratilgan.
Dekorativ funksiya ikki

illyustrativ (ilmiy maqola matniga begona diskurs, nutq turi va

janrga mansub matnlar kirgiziladi) va reprezentativ (ilmiy matndan o‘zlashtirish faqat

estetik mezonlar

go‘zal jumlalar, aniq shakllangan fikrlar yoki keltirilgan yaxshi misol –

asosida amalga oshiriladi) tur orqali ifodalanadi. Etiket funksiyasi

bu butun ilmiy

jamoatchilikka, ma’lum bir ilmiy maktabga yoki (muayyan sharoitlarda) nufuzli siyosiy

rahbarlar va ular tomonidan yaratilgan matnlarga hurmat ifodasidir.

XULOSA

Matn tilshunosligining o‘rganish ob’yekti sifatida qaraladigan matnga og‘zaki va

yozma shaklda mavjud bo‘ladigan, gaplar ketma

- ketligining struktur, mazmuniy va

kommunikativ yaxlitligiga ega, shuningdek, tushunchalar, ular orasidagi aloqalar hamda

ularni izohlash usullarini o‘z ichiga olgan kognitiv tuzilmani yetkazish, adresatning

kognitiv jarayonini faollashtirish

va axborotni yetkazish vositasi deb ta’rif berish

mumkin. Matnning shartli ravishda birlamchi va ikkinchi darajali kategoriyalarini

ajratish mumkin. Yaxlitlik, tugallanganlik, bog‘langanlik, informativlik barcha matnlarga

xos birlamchi kategoriyalar hisoblansa, boshqa matn turlarida ikkinchi darajali
kategoriya sifatida talqin qilinadigan intertekstuallik ilmiy matnlarda juda ahamiyatli

o‘ringa ega. Ilmiy matnlar avvalo, ilmiy kommunikatsiyaning hosilasi hisoblanar ekan,
ilmiy natijaga erishmoqchi bo‘lgan har qanday tadqiqotchi o‘z tadqiqoti borasida qilingan

avvalgi ishlarga murojaat qiladi, xulosalar chiqaradi. Shu nuqtai nazardan biz ikkilanmay
intertekstuallikni ilmiy matnlarga xos asosiy kategoriyalar qatoriga kiritishimiz mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

RO‘YXATI:

1.

Kopitov O.N. O fundamentalnix kategoriyax teksta/Vestnik IGLU, 2011.

S. 149-157.

2.

Qurbonova M., Yo‘ldoshev M. Matn tilshunosligi. Toshkent, “Universitet”

nashriyoti, 2014.

115 b.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

2

1 (2024) / ISSN 2181-3701

68

3.

Tayupova O.I. Sovremenniye podxodi k izucheniyu tekstov/Vestnik

Bashkirskogo universiteta, 2009. T.14 №3. –

S. 775-779.

4.

Kubryakova Ye.S. Nachalniye etapi stanovleniya kognitivizma: lingvistika,

psixologiya, kognitivnaya nauka // Voprosi yazikoznaniya. 1994. № 4.

5.

Galperin I.R. Tekst kak ob'ekt lingvisticheskogo issledovaniya.

M.: Nauka, 1981.

144 s.

6.

Jabbarova F.U. Kategorii teksta// Vestnik Bashkirskogo universiteta. 2011. T. 16.

№3. –

S. 759-762

7.

Turayeva Ya.Z. Lingvistika teksta. M: Prosve

щ

eniye, 1986. C.81. (127 st.)

8.

Matveyeva T. V. Funktsionalniye stili v aspekte tekstovix kategoriy.

Sverdlovsk:

Izd-vo Ural. un-ta, 1990.

172 s.

9.

Rudi A.Sh. Nauchnaya kommunikatsiya i mesto v ney ponyatiya

ustoychivosti//Omskiy nauchniy vestnik/№2 (106), 2012. –

S. 115-118

10.

Mirskiy E. M., Sadovskiy V.N. Problemi issledovaniya kommunikatsii v nauke.

Vstupitelnaya statya // Kommunikatsiya v sovremennoy nauke. Sbornik perevodov. -M.:
Progress, 1976.

440 s.

11.

Dudenkova

T.A.

Formalnoye

i

neformalnoye

v

nauchnoy

kommunikatsii//Vestnik Nijegorodskogo universiteta im. N.I. Lobachevskogo. Seriya

Sotsialniye nauki, 2010, № 3 (19). –

S. 128

134.

12.

Shirokanova A. A. Novaya rol i formi nauchnoy kommunikatsii v

informatsionnuyu epoxu // Sotsiologiya. 2013. № 1. –

S. 103-116.

13.

Drozdova T.V. Problemi ponimaniya nauchnogo teksta (angloyazichniye

ekonomicheskiye teksti): Avtorefer. doktor filol. nauk. Astraxan, 2003.

390 s.

14.

Arnold I. V. Stilistika. Sovremenniy angliyskiy yazik. M.: Flinta: Nauka, 2005.

384 s.

15.

Ivanova K probleme intertekstualnosti v sovremennoy lingvistike //Ucheniye

zapiski Tambovskogo otdeleniya RoSMU, 2015. № 3.

16.

Zastyola K.S. Intertekstualnost kak sostavlyayushaya xudojestvennogo teksta//

Izvestiya Rossiyskogo gosudarstvennogo pedagogicheskogo universiteta im. A. I.
Gertsena, 2008.

17.

Xolbekov M. Matn, intermatn va intermatnlik. O‘zbek tili va adabiyoti jurnali.

2013-yil 6-son

18.

Chernyavskaya V.E.Intertekstualьnostь kak tekstoobrazuyuщaya kategoriya v

nauchnoy kommunikatsii: Na materiale nemetskogo yazika: Dis. doktor filol. nauk. 2000.

499 s.

19.

Mixaylova Ye.V. Intertekstualnost v nauchnom diskurse (na materiale statey):

Dis. ... kand. filol. nauk. Voronej, 1999.

205 s.http://www.dslib.net/jazyko-

znanie/intertekstualnost-v-nauchnom-diskurse.html

References

Kopitov O.N. O fundamentalnix kategoriyax teksta/Vestnik IGLU, 2011. – S. 149-157.

Qurbonova M. , Yo‘ldoshev M. Matn tilshunosligi. Toshkent, “Universitet” nashriyoti, 2014. – 115 b.

Tayupova O.I. Sovremenniye podxodi k izucheniyu tekstov/Vestnik Bashkirskogo universiteta, 2009. T.14 №3. – S. 775-779.

Kubryakova Ye.S. Nachalniye etapi stanovleniya kognitivizma: lingvistika, psixologiya, kognitivnaya nauka // Voprosi yazikoznaniya. 1994. № 4.

Galperin I.R. Tekst kak ob'ekt lingvisticheskogo issledovaniya. –M.: Nauka, 1981. – 144 s.

Jabbarova F.U. Kategorii teksta// Vestnik Bashkirskogo universiteta. 2011. T. 16. №3. – S. 759-762

Turayeva Ya.Z. Lingvistika teksta. M: Prosveщeniye, 1986. C.81. (127 st.)

Matveyeva T. V. Funktsionalniye stili v aspekte tekstovix kategoriy. – Sverdlovsk: Izd-vo Ural. un-ta, 1990. – 172 s.

Rudi A.Sh. Nauchnaya kommunikatsiya i mesto v ney ponyatiya ustoychivosti//Omskiy nauchniy vestnik/№2 (106), 2012. – S. 115-118

Mirskiy E. M., Sadovskiy V.N. Problemi issledovaniya kommunikatsii v nauke. Vstupitelnaya statya // Kommunikatsiya v sovremennoy nauke. Sbornik perevodov. -M.: Progress, 1976. – 440 s.

Dudenkova T.A. Formalnoye i neformalnoye v nauchnoy kommunikatsii//Vestnik Nijegorodskogo universiteta im. N.I. Lobachevskogo. Seriya Sotsialniye nauki, 2010, № 3 (19). – S. 128–134.

Shirokanova A. A. Novaya rol i formi nauchnoy kommunikatsii v informatsionnuyu epoxu // Sotsiologiya. 2013. № 1. – S. 103-116.

Drozdova T.V. Problemi ponimaniya nauchnogo teksta (angloyazichniye ekonomicheskiye teksti): Avtorefer. doktor filol. nauk. Astraxan, 2003. – 390 s.

Arnold I. V. Stilistika. Sovremenniy angliyskiy yazik. M.: Flinta: Nauka, 2005. – 384 s.

Ivanova K probleme intertekstualnosti v sovremennoy lingvistike //Ucheniye zapiski Tambovskogo otdeleniya RoSMU, 2015. № 3.

Zastyola K.S. Intertekstualnost kak sostavlyayushaya xudojestvennogo teksta// Izvestiya Rossiyskogo gosudarstvennogo pedagogicheskogo universiteta im. A. I. Gertsena, 2008.

Xolbekov M. Matn, intermatn va intermatnlik. O‘zbek tili va adabiyoti jurnali. 2013-yil 6-son

Chernyavskaya V.E.Intertekstualьnostь kak tekstoobrazuyuщaya kategoriya v nauchnoy kommunikatsii: Na materiale nemetskogo yazika: Dis. doktor filol. nauk. 2000. – 499 s.

Mixaylova Ye.V. Intertekstualnost v nauchnom diskurse (na materiale statey): Dis. ... kand. filol. nauk. Voronej, 1999. – 205 s.http://www.dslib.net/jazyko-znanie/intertekstualnost-v-nauchnom-diskurse.html