Classification of educational explanatory dictionaries in English and Uzbek linguistics

Abstract

The article presents a systematic analysis of the linguistic, lexico-semantic, and pedagogical features of learner’s explanatory dictionaries developed in English and Uzbek. The research primarily focuses on identifying various types of dictionaries — monolingual (single-language), bilingual (two-language), electronic, and subject-specific — as well as establishing their classification criteria and demonstrating their functional role in the process of practical language instruction. The study emphasizes that modern English learner’s dictionaries, developed based on corpus linguistics, are highly effective due to their integration of interactive and multimodal (audio, visual, contextual) approaches tailored to user needs.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
HAC
elibrary
doi
 
CC BY f
237-244

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Tosheva, D. (2025). Classification of educational explanatory dictionaries in English and Uzbek linguistics. Foreign Linguistics and Lingvodidactics, 3(6/S), 237–244. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/foreign-linguistics/article/view/133979
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The article presents a systematic analysis of the linguistic, lexico-semantic, and pedagogical features of learner’s explanatory dictionaries developed in English and Uzbek. The research primarily focuses on identifying various types of dictionaries — monolingual (single-language), bilingual (two-language), electronic, and subject-specific — as well as establishing their classification criteria and demonstrating their functional role in the process of practical language instruction. The study emphasizes that modern English learner’s dictionaries, developed based on corpus linguistics, are highly effective due to their integration of interactive and multimodal (audio, visual, contextual) approaches tailored to user needs.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная

лингвистика

и

лингводидактика

Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Classification of educational explanatory dictionaries in
English and Uzbek linguistics

Dilbar Tosheva

1


Karshi State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2025
Received in revised form
10 April 2025
Accepted 2 May 2025

Available online
25 June 2025

The article presents a systematic analysis of the linguistic,

lexico-

semantic, and pedagogical features of learner’s

explanatory dictionaries developed in English and Uzbek. The

research primarily focuses on identifying various types of

dictionaries

monolingual (single-language), bilingual (two-

language), electronic, and subject-specific

as well as

establishing their classification criteria and demonstrating their

functional role in the process of practical language instruction.

The study emphasizes that modern English learner’s

dictionaries, developed based on corpus linguistics, are highly
effective due to their integration of interactive and multimodal

(audio, visual, contextual) approaches tailored to user needs.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss6/S-pp237-244

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

learner’s explanatory

dictionary,

lexicography,

English language,

Uzbek language,

bilingual dictionary,
monolingual dictionary,

electronic dictionary,

lexico-semantic analysis,
language education,

corpus linguistics,
classification.

Ingliz va oʻzbek tilshunosligida oʻquv izohli lugʻatlarning

klassifikatsiyasi

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

oʻquv izohli lugʻat,
lugʻatshunoslik,

ingliz tili,

oʻzbek tili,

bilingval lugʻat,

monolingval lugʻat,

elektron lugʻat,

leksik-semantik tahlil,

til taʼlimi,

Maqolada ingliz va oʻzbek tillarida yaratilgan oʻquv izohli

lugʻatlarning lingvistik, leksik

-semantik hamda pedagogik

xususiyatlari tizimli ravishda tahlil qilindi. Tadqiqotda asosiy

eʼtibor lugʻatlarning turlari —

monolingval (bir tilli), bilingval

(ikki

tilli), elektron va maxsus sohalarga oid lugʻatlarni aniqlash,

ularning klassifikatsion mezonlarini belgilash va amaliy taʼlim

jarayonidagi oʻrnini ko‘rsatishga qaratildi. Ingliz tilidagi

zamonaviy oʻquv lugʻatlar korpus lingvistikasi asosida

yaratilgani, foydalanuvchiga interaktiv va multimodal (audio,

1

PhD, Independent Researcher, Karshi State University.


background image

Х

orijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

6 (2025) / ISSN 2181-3701

238

korpus lingvistikasi,
klassifikatsiya.

vizual, kontekstual) yondashuvlarni taklif qilgani tufayli yuqori

samaradorlikka ega ekani ko‘rsatib o‘tildi

.

Классификация учебных толковых словарей в

английском и узбекском языкознании

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

учебный толковый
словарь,

лексикография,

английский язык,
узбекский язык,
билингвальный словарь,

монолингвальный
словарь,

электронный словарь,
лексико

-

семантический

анализ,

преподавание языков,
корпусная лингвистика,

классификация

.

В статье системно проанализированы лингвистические,

лексико

-

семантические и педагогические особенности

учебных толковых словарей, созданных на английском и
узбекском языках. Основное внимание в исследовании

уделяется типологии словарей —

монолингвальных

(одноязычных),

билингвальных

(двуязычных),

электронных и специализированных, —

а также

определению их классификационных критериев и

выявлению их роли в учебном процессе. Установлено, что

современные учебные словари английского языка,

разработанные на основе корпусной лингвистики,

обладают

высокой

эффективностью

благодаря

интерактивному и мультимодальному (аудио, визуальный,

контекстуальный) подходу к представлению лексического

материала.

KIRISH

Oʻquv izohli lugʻatlar til oʻrganishda muhim vosita hisoblanadi. Ingliz va oʻzbek

tillaridagi lugʻatlar lingvistik va pedagogik maqsadlarda yaratiladi. Ularning
klassifikatsiyasi tilshunoslikda lugʻatchilik va til taʼlimi samaradorligini oshirishda

zarurdir. Tilshunoslik va leksikografiya sohasida lu

gʻatlarni tasniflash (klassifikatsiya

qilish) ularning maqsadi, tuzilishi, tili, shakli, foydalanuvchi auditoriyasi hamda

foydalanish kontekstiga qarab amalga oshiriladi. Lugʻatlarni ilmiy asosda toifalash

ularning lingvistik qiymatini belgilash, zamonaviy ehtiyojlarga moslashtirish va samarali
foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish imkonini beradi.

1. Tuzilishiga ko‘ra:

Monolingval (bir tilli) lugʻatlar —

bir til doirasida soʻzlarning izohi, talaffuzi,

misollari keltiriladi (masalan, Oxford Advanced Lear

ner’s Dictionary).

Bilingval (ikki tilli) lugʻatlar —

bir tildagi soʻzlar boshqa tilga tarjimasi bilan

taqdim etiladi (masalan, English

–Uzbek Learner’s Dictionary).

Multilingual (ko‘p tilli) lugʻatlar —

uch va undan ortiq tillardagi tarjimalarni

qamrab oladi.

2. Maqsadli auditoriyasiga ko‘ra:

Oʻquv lugʻatlar —

til o‘rganuvchilar uchun moʻljallangan, tushunarli til va didaktik

vositalar bilan boyitilgan (Atkins & Rundell, 2008).

Ilmiy lugʻatlar —

tilshunoslar, tarjimonlar yoki filologlar uchun

moʻljallangan.

Umumiy til lugʻatlari —

keng jamoatchilik uchun mo‘ljallangan, adabiy til

normalariga asoslangan (Hartmann, 2001).


background image

Х

orijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

6 (2025) / ISSN 2181-3701

239

3. Ko‘rinishiga ko‘ra:

Bosma lugʻatlar —

anʼanaviy shaklda, kitob ko‘rinishida.

Elektron lugʻatlar —

kompyuter, mobil ilova yoki veb-sayt orqali ishlatiladigan

interaktiv vositalar (Tursunova, 2020).

Multimodal lugʻatlar —

matn, audio, video va grafik maʼlumotlarni o‘zida

mujassam etgan zamonaviy platformalar (Kilgarriff & Rundell, 2002).

4. Ichki tarkibiga ko‘ra:

Izohli lugʻatl

ar

so‘zlarning maʼnosi, uslubiy boyligi, konnotatsiyasi keltiriladi.

Terminologik lugʻatlar —

maʼlum bir soha (tibbiyot, huquq, fizika) uchun

moʻljallangan.

Sinonimlar, antonimlar, frazeologik birliklar lugʻatlari —

semantik guruhlar

asosida tuziladi.

5. Foydalanish funksiyasiga ko‘ra:

Normativ lugʻatlar —

adabiy til qoidalariga asoslanadi.

Deskriptiv lugʻatlar —

til birliklarini mavjud holatda tasvirlaydi, baho bermaydi.

Didaktik lugʻatlar —

o‘quv jarayoniga mo‘ljallangan, ko‘pincha mashqlar

bilan

boyitilgan bo‘ladi.

6. Korpus asosidagi lugʻatlar:

Yangi avlod lugʻatlarida korpus lingvistikasi asosida so‘zlar real nutqdagi

qo‘llanishiga tayanib tuziladi. Bunday yondashuv ingliz tilida keng tarqalgan (Oxford,
Cambridge, Macmillan lugʻatlari), oʻ

zbek tilida esa bunday tajriba endigina

shakllanmoqda (Akbarov, 2018).

Til oʻrganish jarayonida oʻquv izohli lugʻatlar muhim oʻrin tutadi. Ular talabalarga

soʻzlarning maʼnosini, grammatik xususiyatlarini va kontekstda qoʻllanilishini

tushuntirishda yordam

beradi. Bugungi kunda lugʻatlar turli maqsad va foydalanuvchi

guruhlari uchun yaratilmoqda. Shu bois, oʻquv izohli lugʻatlarning klassifikatsiyasi
tilshunoslikda muhim ilmiy masalalardan biridir. Oʻquv izohli lugʻatlar til oʻrganishda

asosiy vosita hisobl

anadi va ularning turi, mazmuni hamda formati oʻrganilayotgan tilga,

uning lingvistik va madaniy xususiyatlariga qarab farqlanadi. Ingliz va oʻzbek tillarida
yaratilgan lugʻatlar tilshunoslikda oʻrganish jarayonining samaradorligini oshirishda
muhim rol oʻ

ynaydi.

Hozirgi globallashuv va raqamli axborot asrida til oʻrganish jarayoni nafaqat

anʼanaviy taʼlim muhitida, balki mustaqil, interaktiv va texnologik jihatdan boyitilgan
muhitda ham amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda til oʻrgatuvchi vositalar, xususan, oʻquv
izohli lugʻatlar muhim manba sifatida alohida oʻrin tutadi. Lugʻatlar tilshunoslikning
amaliy sohasi boʻlib, u nafaqat soʻzlarning maʼnosini ochib berishga, balki ularning

nutqiy, kontekstual va madaniy xususiyatlarini anglashga ham xizmat qiladi. Shuningdek,

zamonaviy oʻquv lugʻatlari foydalanuvchi ehtiyojlariga qarab moslashtirilgan boʻlib, til
egallashda muhim psixolingvistik omil sifatida namoyon boʻladi.

Til oʻrgatish va oʻrganish vositasi sifatida lugʻatlarning oʻrni juda muhim bo‘lib, u

lar

orqali til o‘rganuvchi so‘z boyligini kengaytiradi, semantik bog‘lanishlarni anglaydi, nutq
birliklaridan to‘g‘ri foydalanishni o‘rganadi. Bu ayniqsa ona tili va xorijiy til oʻrganishda

taqqoslash, tarjima qilish va kontekstda tushunish jarayonlarida yaqqol seziladi. Ingliz

tilida yaratilgan oʻquv lugʻatlar xalqaro tajribaga asoslangan, foydalanuvchiga qulay va


background image

Х

orijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

6 (2025) / ISSN 2181-3701

240

texnologik vositalar bilan jihozlangan bo‘lsa, oʻzbek tilida yaratilayotgan lugʻatlar koʻproq
anʼanaviy yondashuv asosida shakllangan.

Shu nuqta

i nazardan, lugʻatlarning klassifikatsiyasi, ularning lingvistik va

pedagogik imkoniyatlarini o‘rganish, shuningdek, ingliz va o‘zbek tilidagi oʻquv izohli
lugʻatlar orasidagi oʻxshashlik va farqlarni aniqlash dolzarb masala hisoblanadi.

USULLAR

Tahlil uchun asos sifatida turli tilshunoslik manbalari va lugʻatchilikka oid ilmiy

maqolalar tahlil qilindi. Lugʻatlarning mazmuniy va format xususiyatlariga qarab ularni
kategoriyalarga ajratish asosiy metod sifatida qoʻllanildi. Shuningdek, oʻzbek va xo

rijiy

tilshunoslik adabiyotlari solishtirildi.

Ushbu tadqiqotda izlanish maqsadiga erishish va mavjud oʻquv izohli lugʻatlarni

tizimli tahlil qilish uchun quyidagi ilmiy-uslubiy yondashuvlardan foydalanildi:

1. Deskriptiv (taʼrifiy) usul

Bu usul orqali ing

liz va oʻzbek tillaridagi mavjud oʻquv izohli lugʻatlarning tuzilishi,

tarkibi, funksional xususiyatlari va yasalish prinsiplari tavsiflab berildi. Har bir lugʻat
namunasi alohida tahlil qilinib, ularning sarlavhali soʻz tanlovi, semantik tavsif usullari v

a

kontekstual misollar asosida baholandi.

2. Taqqoslash (komparativ) usuli

Ingliz va oʻzbek tillaridagi lugʻatlarning struktura va mazmun jihatlari oʻzaro

solishtirildi. Jumladan, foydalanuvchi auditoriyasi, soʻz tanlash mezonlari, izoh berish

texnikasi, multimediya imkoniyatlari va elektron shaklga moslashtirilganlik darajasi

bo‘yicha farqlar tahlil qilindi. Ushbu yondashuv lugʻatchilikda universal va milliy

xususiyatlarni aniqlashga imkon berdi.

3. Korpus lingvistikasi elementlari

Ayrim lugʻatlarning tuzilishida korpus maʼlumotlaridan qanday foydalanilganligi

oʻrganildi. Jumladan, ingliz tilidagi lugʻatlar (Oxford, Cambridge, Longman) korpus

asosida ishlab chiqilgani qayd etildi.

4. Tahliliy-sintetik usul

Turli manbalar (lugʻatlar, ilmi

y maqolalar, monografiyalar) asosida olingan

maʼlumotlar umumlashtirildi, asosiy xulosalar chiqarildi va lugʻatlarning o‘quv
jarayonidagi ahamiyati ko‘rsatildi.

5. Ekspert baholash elementi

Tadqiqotda amaliy til o‘rgatish sohasida faoliyat yurituvchi o‘qit

uvchilar va

mutaxassislarning fikr-

mulohazalari o‘rganilib, lugʻatlarning o‘quvchilarga taʼsiri va

foydalilik darajasi haqidagi mulohazalar ham hisobga olindi.

6. Empirik kuzatuv

Lugʻatlardan real taʼlim muhitida foydalanish holatlari tahlil qilindi,

foydalanuvchilarning tajribasi asosida ularning samaradorligi va mavjud kamchiliklari
aniqlab borildi.

Ushbu usullarning qo‘llanilishi natijasida lugʻatlarning didaktik, lingvistik va

texnologik xususiyatlari chuqur o‘rganildi, shuningdek, o‘zbek tilida yaratil

ayotgan

zamonaviy lugʻat resurslarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

NATIJALAR

Tadqiqot davomida olib borilgan tahlillar asosida quyidagi asosiy natijalarga

erishildi:


background image

Х

orijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

6 (2025) / ISSN 2181-3701

241

1. Oʻquv izohli lugʻatlarning tasnifi: Ingliz va oʻzbek tillarida yaratilgan oʻquv izohli

lugʻatlar monolingval, bilingval, elektron va maxsus sohalarga oid lugʻatlar shaklida
tasniflanadi. Har bir tur maʼlum til oʻrganish ehtiyojlariga yoʻnaltirilgan boʻlib, lingvistik

yondashuvlar va didaktik vazifalar asosida shakllantiriladi.

2. Ingliz tilidagi lugʻatlar: Ushbu lugʻatlar yuqori texnologik darajada ishlab

chiqilgan boʻlib, foydalanuvchilar uchun interaktiv interfeyslar, multimedia elementlari

(audio, video, vizual misollar), tezkor qidiruv imkoniyatlari va ko

ntekstual maʼlumotlar

bilan taʼminlangan. Bunday lugʻatlar til oʻrganish samaradorligini oshiradi va mustaqil
taʼlimni ragʻbatlantiradi.

3. Oʻzbek tilidagi lugʻatlar: Asosan anʼanaviy, matnga asoslangan shaklda bo‘lib,

ularning koʻpchiligida interaktiv vositalar yetarli darajada qoʻllanilmagan. Shunga
qaramay, soʻnggi yillarda ushbu yoʻnalishda ijobiy siljishlar kuzatilmoqda: elektron
lugʻatlar yaratilmoqda, mobil platformalarga moslashtirish ishlari olib borilmoqda.

4. Bilingval lugʻatlarning

oʻrni: Bilingval lugʻatlar ikki til orasida semantik

bogʻlanishni taʼminlab, ayniqsa boshlangʻich bosqichda til oʻrganayotganlar uchun muhim
vosita boʻlib xizmat qiladi. Ammo yuqori til darajalarida ularning lingvokulturologik va

kontekstual yoritilish darajasi cheklangan.

5. Maxsus soha lugʻatlari: Tibbiyot, texnika, huquq kabi sohalarga oid lugʻatlar

terminologik aniqlikni taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu turdagi lugʻatlarning

ham zamonaviy elektron shakllari ishlab chiqilishi zarurati mavjud.

6. Klassifikatsiyaning ilmiy-

amaliy ahamiyati: Lugʻatlarning toifalanishi til oʻqitish

metodikasini optimallashtirish, o‘quv materiallarini moslashtirish va til resurslarini
foydalanuvchi ehtiyojlariga yoʻnaltirishda muhim vosita boʻlib xizmat qiladi.

Umum

an olganda, ingliz va oʻzbek tillaridagi oʻquv izohli lugʻatlarning sinchiklab

o‘rganilishi ularning o‘zaro farqli va oʻxshash jihatlarini aniqlashga imkon berdi.

Munozara (Discussion)

Lug‘atlarning bu klassifikatsiyasi ularning maqsad va funksiyalariga mu

vofiqdir.

Masalan, boshlang‘ich o‘rganuvchilar uchun bilingval lug‘atlar qulay bo‘lsa, yuqori
darajadagi foydalanuvchilar uchun monolingval izohli va konseptual lug‘atlar foydaliroq
hisoblanadi. Elektron lug‘atlar esa interaktivlik va multimediya imkoniyat

lari bilan til

o‘rganishni tezlashtiradi. Shu bilan birga, maxsus sohalarga mo‘ljallangan lug‘atlar
professional soha mutaxassislari uchun zarurdir. Bu klassifikatsiya kelgusida lug‘at
yaratuvchilarga yo‘l

-

yo‘riq sifatida xizmat qilishi mumkin.

Ingliz tili

da yaratilgan o‘quv izohli lug‘atlar ko‘proq interaktiv va multimediya

imkoniyatlariga ega bo‘lib, global foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan. Ular til o‘rganish
uchun keng qamrovli resurs bo‘lib, keng leksik va frazeologik ma’lumotlarni taqdim etadi.
O‘zbek tilidagi lug‘atlar esa ko‘proq milliy tilning strukturaviy va madaniy xususiyatlarini
aks ettirishga yo‘naltirilgan. Shu bilan birga, bilingval lug‘atlar ikki til o‘rganuvchilari
uchun til o‘rganishda muhim vosita hisoblanadi. Har ikki til uchun ham elektron lug‘atlar
til o‘rganishni yanada interaktiv va samarali qilmoqda. Shu bois, lug‘atlarni yaratishda

lingvistik, pedagogik va texnologik yondashuvlarni birlashtirish zarur.

Tadqiqot natijalari ingliz va oʻzbek tillaridagi oʻquv izohli lugʻatlarning

klassifikatsiyasi ularning lingvistik, pedagogik va texnologik jihatlarga asoslangan holda

aniq tasniflanishini koʻrsatdi. Ingliz tilidagi lugʻatlar, ayniqsa, rivojlangan til oʻrganish
resurslari va elektron vositalar tufayli keng ko‘lamli va interaktiv xusu

siyatlarga ega. Bu


background image

Х

orijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

6 (2025) / ISSN 2181-3701

242

lugʻatlar til oʻrganuvchilar uchun soʻzlarning izohini taqdim etishda faqat matn bilan

chegaralanmay, audio talaffuz, kontekstual misollar, sinonimlar va frazeologik

birikmalarni ham qamrab oladi. Shuningdek, ular global auditoriyaga moʻ

ljallanganligi

sababli, til oʻrganishda zamonaviy metod va texnologiyalarni keng joriy qilmoqda. Bunga
qarshi, oʻzbek tilidagi oʻquv izohli lugʻatlar anʼanaviy koʻrinishda boʻlib, milliy tilning
madaniy va lingvistik xususiyatlarini aks ettirishga yoʻnaltirilgan. Elektron lugʻatlar
sohasida hali ingliz tiliga nisbatan orqada qolmoqda, lekin soʻnggi yillarda onlayn va

mobil platformalarda ular faollashmoqda. Bu jarayon milliy tilni saqlash va rivojlantirish

uchun muhim ahamiyatga ega, chunki elektron lugʻatlar til oʻrganishni qulaylashtirish
bilan birga, tilni yosh avlodga yetkazishda vosita vazifasini oʻtaydi. Bilingval lugʻatlar
ingliz va oʻzbek tillarini oʻrganayotgan foydalanuvchilar uchun til oʻrganishni
osonlashtiruvchi muhim vosita ekanligi maʼlum boʻldi. Ular soʻzlarni ikki til oʻrtasida
tarjima va izoh bilan taʼminlab, boshlangʻich darajadagi oʻrganishga katta yordam beradi.
Ammo bilingval lugʻatlarning baʼzi kamchiliklari ham mavjud, xususan, tilning madaniy

va kontekstual jihatlarini yetarlicha yori

tmasligi til oʻrganishning yuqori bosqichlarida

cheklovlarga olib keladi. Shu sababli, til oʻrganishda monolingval lugʻatlar bilan
birgalikda foydalanish samaraliroqdir. Elektron lugʻatlarning rivojlanishi til oʻrganish

jarayonida interaktivlik va individu

al moslashuv imkoniyatlarini kengaytirdi. Bu oʻz

navbatida oʻrganuvchilarning motivatsiyasini oshiradi va tilni amaliy qoʻllash
ko‘nikmalarini shakllantirishda samarali yordam beradi. Ingliz tilidagi lugʻatlarda bunday
imkoniyatlar keng tatbiq etilgan boʻlsa, oʻzbek tilidagi lugʻatlar uchun bu sohada ilmiy

-

tadqiqot ishlarini koʻpaytirish, zamonaviy texnologiyalarni kengroq joriy etish zarur.
Maxsus sohalarga moʻljallangan lugʻatlar ham tilshunoslik va amaliy til taʼlimida katta

ahamiyatga ega. Tibbiyot, huq

uq, iqtisodiyot kabi ixtisoslashgan sohalarda soʻzlar va

atamalarni aniq va tushunarli taʼriflash kasbiy malakani oshirishga xizmat qiladi. Ingliz
va oʻzbek tillaridagi maxsus lugʻatlar soha mutaxassislari uchun birdek muhimdir.

Umuman olganda, lugʻatchilik sohasida ingliz tilidagi ilgʻor tajribalarni oʻzbek tiliga

tatbiq etish, milliy lingvistik va madaniy jihatlarni inobatga olgan holda zamonaviy

elektron lugʻatlar yaratish katta istiqbollarni ochadi. Til oʻrganishda samaradorlikni

oshirish uchun lingvistik, pedagogik va axborot texnologiyalari sohalarining

integratsiyasi zarur. Shuningdek, lugʻatlarning foydalanuvchilarga moslashuvi va ular
bilan ishlashning qulayligi til taʼlimida muvaffaqiyat kalitidir.

XULOSA

Ushbu maqolada ingliz va oʻzbek tillaridagi

oʻquv izohli lugʻatlarning

klassifikatsiyasi tilshunoslik, lugʻatchilik va til oʻqitish nuqtai nazaridan batafsil tahlil
qilindi. Oʻquv izohli lugʻatlar til oʻrganish jarayonida soʻzlarning maʼnosini aniq va

tushunarli tarzda taqdim etishda asosiy vosita hisoblanadi. Tadqiqot davomida

lugʻatlarning asosiy turlari —

monolingval, bilingval, elektron va maxsus sohalarga

moʻljallangan lugʻatlar —

aniqlanib, ularning lingvistik, pedagogik va texnologik jihatlari

taqqoslandi.

Ingliz tilidagi oʻquv izohli lugʻatl

ar dunyo miqyosida keng tarqalgan va yuqori

texnologik imkoniyatlar bilan boyitilgan. Bu lugʻatlar koʻpincha audio talaffuz, kontekst
misollari, sinonimlar, antonimlar va frazeologik birliklarni oʻz ichiga oladi. Shuningdek,
inglizcha lugʻatlar ko‘plab onl

ayn platformalar va mobil ilovalarda interaktiv shaklda

taqdim etilib, foydalanuvchilarning individual ehtiyojlariga moslashish imkoniyatini


background image

Х

orijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

6 (2025) / ISSN 2181-3701

243

yaratadi. Bunday lugʻatlar til oʻrganish jarayonini nafaqat samarali, balki qiziqarli va

intuitiv qiladi.

Oʻzbek tilidagi oʻquv izohli lugʻatlar esa milliy tilning lingvistik va madaniy o‘ziga

xosliklarini hisobga olgan holda shakllantirilmoqda. Shu bilan birga, soʻnggi yillarda
Oʻzbekistonda elektron lugʻatlarni yaratish va rivojlantirish boʻyicha katta ishla

r olib

borilmoqda. Mobil ilovalar, onlayn lugʻat platformalari va multimedia elementlari keng
joriy etilmoqda. Bu esa til oʻrganayotganlar uchun qulaylik va samaradorlikni oshirishga
xizmat qiladi. Bundan tashqari, oʻzbek tilidagi lugʻatlar milliy madaniya

tni aks ettirish,

tilni saqlash va rivojlantirishda muhim vositadir.

Bilingval lugʻatlar ingliz va oʻzbek tillarini oʻrganayotganlar uchun muhim vosita

boʻlib, ikki til oʻrtasida soʻzlarning tarjimasi va izohlarini taqdim etadi. Bu lugʻatlar

ayniqsa boshla

ngʻich va oʻrta darajadagi oʻrganuvchilar uchun qulaydir, chunki ular ikki

tilda soʻz boyligini kengaytirishga yordam beradi hamda til oʻrganish jarayonini
soddalashtiradi. Biroq, bilingval lugʻatlarning yomon tomoni shundaki, ular koʻpincha

tilning madaniy va kontekstual jihatlarini yetarlicha ochib bera olmaydi, shuning uchun

yuqori darajadagi foydalanuvchilar uchun monolingval izohli lugʻatlar afzal hisoblanadi.

Elektron lugʻatlar va multimediya vositalarining joriy etilishi til oʻrganish

jarayonini yangi bosqichga olib chiqdi. Audio talaffuz, video misollar, interaktiv mashqlar

va avtomatik yangilanishlar foydalanuvchilar uchun juda qulay. Ingliz tilidagi lugʻatlar
bunga misol boʻlsa, oʻzbek tilidagi lugʻatlar bu yoʻnalishda hali rivojlanish bosqichida,
ammo istiqbolda katta imkoniyatlarga ega. Bu borada lugʻat yaratuvchilari va tilshunoslar

uchun texnologik yondashuvlarni keng joriy etish, milliy til uchun elektron resurslar
yaratish ustuvor vazifa hisoblanadi.

Shuningdek, maxsus sohalarga moʻljallangan lugʻatlar ham til oʻrganishda alohida

oʻringa ega. Tibbiyot, huquq, texnika kabi sohalarda ishlatiladigan terminlarni oʻz ichiga
olgan lugʻatlar professional til bilimini oshirishga yordam beradi va koʻp sohalarda

malakali mutaxassislar tayyorlashda muhim

vositadir. Ingliz va oʻzbek tillarida bunday

lugʻatlar yaratilishi tilshunoslik sohasining ixtisoslashuvini kuchaytiradi.

Xulosa qilib aytganda, ingliz va oʻzbek tillaridagi oʻquv izohli lugʻatlarning

klassifikatsiyasi til oʻrganish jarayonining samaradorligini oshirish, lugʻatchilik ilmiy
asoslarini chuqurlashtirish va til taʼlimida zamonaviy yondashuvlarni joriy etishda
muhim ahamiyat kasb etadi. Har ikki til uchun lugʻat yaratishda lingvistik, pedagogik va
texnologik mezonlarni uygʻunlashtirish kerak.

Shu asosda quyidagi xulosalarga kelindi:

Lugʻatlarning zamonaviy tasnifi ularning funksional xususiyatlarini to‘liqroq ochib

beradi;

Elektron va multimodal lugʻatlarni yaratish o‘quvchilar uchun qulay va samarali til
o‘rganish muhiti yaratadi;

Lugʻatlarning

klassifikatsiyasi nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga ham ega

bo‘lib, til taʼlimi sifatini oshirishga xizmat qiladi.

ФОЙДАЛАНИЛГАН

АДАБИЁТЛАР

РЎЙХАТИ

:

1. Apresjan, J.D. (2000). Leksikosemantika. Moskva: Nauka.
2. Akbarov, N. (2018). Elektron

lugʻatlarning lingvistik xususiyatlari. Toshkent: Fan

va Texnologiya.


background image

Х

orijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

6 (2025) / ISSN 2181-3701

244

3. Nabiev, S. (2017). Oʻzbek tilida lugʻatchilik. Toshkent: Oʻzbekiston Milliy

Universiteti Nashriyoti.

4. Hartmann, R.R.K. (2001). Lexicography: Principles and Practice. London:

Routledge.

5. Muminov, R. (2019). Oʻzbek tilida elektron lugʻatlar. Toshkent: Til va Adabiyot

Nashriyoti.

6. Kilgarriff, A., & Rundell, M. (2002). Lexical profiling software and its application

to learner corpus research. Proceedings of the Third International Conference on
Language Resources and Evaluation.

7. Zajaczkowska, A. (2016). Bilingual Lexicography: An Introduction to the Theory

and Practice. Peter Lang.

8. Atkins, B. T. S., & Rundell, M. (2008). The Oxford Guide to Practical Lexicography.

Oxford: Oxford University Press.

9. Tarp, S. (2008). Lexicography in the Borderland between Knowledge and Non-

Knowledge. Tübingen: Max Niemeyer Verlag.

10. Benson, M., Benson, E., & Ilson, R. (1986). The BBI Combinatory Dictionary of

English. Amsterdam: John Benjamins Publishing Company.

11. Tursunova, G. N. (2020). Elektron lugʻatlarning taʼlimdagi ahamiyati.

Til va

adabiyot taʼlimi, 6(1), 56–

62.

References

Apresjan, J.D. (2000). Leksikosemantika. Moskva: Nauka.

Akbarov, N. (2018). Elektron lugʻatlarning lingvistik xususiyatlari. Toshkent: Fan va Texnologiya.

Nabiev, S. (2017). Oʻzbek tilida lugʻatchilik. Toshkent: Oʻzbekiston Milliy Universiteti Nashriyoti.

Hartmann, R.R.K. (2001). Lexicography: Principles and Practice. London: Routledge.

Muminov, R. (2019). Oʻzbek tilida elektron lugʻatlar. Toshkent: Til va Adabiyot Nashriyoti.

Kilgarriff, A., & Rundell, M. (2002). Lexical profiling software and its application to learner corpus research. Proceedings of the Third International Conference on Language Resources and Evaluation.

Zajaczkowska, A. (2016). Bilingual Lexicography: An Introduction to the Theory and Practice. Peter Lang.

Atkins, B. T. S., & Rundell, M. (2008). The Oxford Guide to Practical Lexicography. Oxford: Oxford University Press.

Tarp, S. (2008). Lexicography in the Borderland between Knowledge and Non-Knowledge. Tübingen: Max Niemeyer Verlag.

Benson, M., Benson, E., & Ilson, R. (1986). The BBI Combinatory Dictionary of English. Amsterdam: John Benjamins Publishing Company.

Tursunova, G. N. (2020). Elektron lugʻatlarning taʼlimdagi ahamiyati. Til va adabiyot taʼlimi, 6(1), 56–62.