Применение комбинаций боевых движений в спортивной тренировке для повышения технико-тактической подготовки тхэквондистов

Аннотация

В данной статье освещается значение технической подготовки в спортивной дисциплине тхэквондо, её основные составные части, а также эффективные подходы к формированию и развитию технических навыков спортсменов. Отмечается, что техническая подготовка не ограничивается лишь освоением ударных и защитных приёмов, но также направлена на развитие общей координации движений спортсмена, способности быстро принимать решения и правильно применять техники в соревновательных ситуациях. Кроме того, в статье изложены теоретические и практические основы использования боевых комбинационных действий в процессе тренировок для совершенствования технической подготовки. Эти методы способствуют повышению техническо-тактического мастерства спортсменов, совершенствованию культуры движений в боевых условиях и достижению высоких спортивных результатов.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
ВАК
elibrary
doi
 
Выпуск:
CC BY f
223-228

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Жуманов A. (2025). Применение комбинаций боевых движений в спортивной тренировке для повышения технико-тактической подготовки тхэквондистов. Зарубежная лингвистика и лингводидактика, 3(6/S), 223–228. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/foreign-linguistics/article/view/133969
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье освещается значение технической подготовки в спортивной дисциплине тхэквондо, её основные составные части, а также эффективные подходы к формированию и развитию технических навыков спортсменов. Отмечается, что техническая подготовка не ограничивается лишь освоением ударных и защитных приёмов, но также направлена на развитие общей координации движений спортсмена, способности быстро принимать решения и правильно применять техники в соревновательных ситуациях. Кроме того, в статье изложены теоретические и практические основы использования боевых комбинационных действий в процессе тренировок для совершенствования технической подготовки. Эти методы способствуют повышению техническо-тактического мастерства спортсменов, совершенствованию культуры движений в боевых условиях и достижению высоких спортивных результатов.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

The Application of Combat Action Combinations in Sports

Training to Improve the Technical and Tactical
Preparedness of Taekwondo Athletes

Alisher JUMANOV

1


Institute of Scientific Research in Physical Education and Sports

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2025
Received in revised form

10

May 2025

Accepted 2 April 2025
Available online
25 June 2025

This article highlights the significance of technical training in

taekwondo, its core components, and effective approaches to

developing athletes' technical skills. It emphasizes that technical

training is not limited to mastering striking and defensive

techniques, but also focuses on enhancing the athlete's overall
movement coordination, quick decision-making ability, and the

skill to apply techniques correctly and timely in competitive

situations. Furthermore, the article outlines the theoretical and

practical foundations of incorporating combat combination
movements in the training process, specifically a set of exercises

that integrate various forms of attack and defense, to improve

technical preparation. These methods are valuable as they serve

to enhance athletes' technical and tactical proficiency, refine
their movement culture in combat conditions, and contribute to

achieving high-level sports results.

2181-3701/© 2025 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss6

/S

-pp223-228

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

combination,

technique,

tactics,

movement,

taekwondo,

training,

competition,

combat.

Taekvondochilarning

texnik-taktik

tayyorgarligini

yaxshilash uchun jangovor harakat kombinatsiyalarini
sport mashg‘ulotlarda qo‘llash

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

kombinatsiya,

texnika,

taktika,

harakat,

taekvondo,

Ushbu

maqolada

taekvondo

sport

turida

texnik

tayyorgarlikning ahamiyati, uning asosiy tarkibiy qismlari hamda
sportchilarning

texnik

ko‘nikmalarini

shakllantirish

va

rivojlantirishga oid samarali yondashuvlar yoritilgan. Unda texnik

tayyorgarlik faqatgina zarba va himoya usullarini o‘zlashtirish

1

Independent Researcher, Institute of Scientific Research in Physical Education and Sports.

E-mail: jumanov_alisher@gmail.com


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 6 (2025) / ISSN 2181-3701

224

mashg‘ulot,

musobaqa,

jangovor.

bilangina cheklanmay, balki sportchining umumiy harakat

koordinatsiyasi, tezkor qaror qabul qilish qobiliyati hamda

musobaqa holatlarida texnikalarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida qo‘llay
olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilganligi ta’kidlab

o‘tilgan. Shuningdek, texnik tayyorgarlikni takomillashtirishda

mashg‘ulot jarayonida jangovar kombinatsion harakatlardan, ya’ni

hujum va himoyaning turli shakllarini uyg‘unlashtirgan mashqlar
kompleksidan foydalanishning nazariy va amaliy asoslari bayon

etilgan. Bu usullar sportchilarning texnik-taktik mahoratini

oshirish,

ularning

jangovar

sharoitdagi

harakatlanish

madaniyatini takomillashtirish hamda yuksak sport natijalariga

erishishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Применение

комбинаций

боевых

движений

в

спортивной тренировке для повышения технико-

тактической подготовки тхэквондистов

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

комбинация,

техника,

тактика,

движение,

тхэквондо,

тренировка,

соревнование,

боевой.

В данной статье освещается значение технической

подготовки в спортивной дисциплине тхэквондо, её

основные составные части, а также эффективные подходы

к формированию и развитию технических навыков
спортсменов. Отмечается, что техническая подготовка не

ограничивается лишь освоением ударных и защитных

приёмов, но также направлена на развитие общей

координации движений спортсмена, способности быстро
принимать решения и правильно применять техники

в соревновательных ситуациях. Кроме того, в статье

изложены

теоретические

и

практические

основы

использования

боевых

комбинационных

действий

в

процессе

тренировок

для

совершенствования

технической подготовки. Эти методы способствуют

повышению

техническо-тактического

мастерства

спортсменов, совершенствованию культуры движений в
боевых условиях и достижению высоких спортивных
результатов.


Dunyoda taekvondo Olimpiya o‘yinlari dasturiga nisbatan kechroq kiritilgan

bo‘lsada, u o‘ta tezkorlik, keskin o‘zgaruvchan holatlardagi ijro uslubi va estetik
harakatlari bilan ajralib turuvchi, sharqona yakkakurash turlaridan biri sifatida o‘ziga xos
mavqega ega bo‘lib bormoqda. Texnik-taktik jihatdan murakkab va boy bo‘lgan ushbu
sport turi so‘nggi yillarda nafaqat geografik jihatdan keng tarqalmoqda, balki uni
shug‘ullanuvchilar soni ham sezilarli darajada ortib bormoqda. Ayniqsa, taekvondoning
Xalqaro Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilishi bu sport turining jahon miqyosida jadal
sur’atlar bilan rivojlanishiga kuchli turtki bo‘ldi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 6 (2025) / ISSN 2181-3701

225

Tadqiqotning vazifasi

Taekvondochilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirishda harakat aniqligi

bilan bog‘liq zarbalardan foydalanishga yo‘naltirilgan jangovar harakat kombinatsiyasini
takomillashtirish.

Taekvondo sport turi texnika va taktikaga boy, yuqori koordinatsion mahoratni

talab qiluvchi yakkakurash yo‘nalishidir. Ayniqsa, 14–15 yoshli o‘smir sportchilar bilan
mashg‘ulot olib borishda koordinatsiyalangan jangovar harakat kombinatsiyalariga
e’tibor qaratish alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki bu yoshda sportchilarning
harakatlar aniqligi, tezligi va reflektor javobi shakllanish bosqichida bo‘ladi. Shunday
ekan, har qanday texnik harakatlar va jangovar kombinatsiyalarni o‘rgatishda
koordinatsion asoslarni chuqur hisobga olish zarur. Taekvondo o‘zining murakkab va
harakatlarga boy jangovar texnikasi bilan boshqa sport turlaridan farq qiladi. Bu sportda
har bir zarba faqat jismoniy kuch asosida emas, balki aniq hisoblangan, to‘g‘ri
yo‘naltirilgan va muvozanatli harakat orqali amalga oshiriladi. Shu sababli har bir
harakatning koordinatsion jihati sportchining ustunligini belgilaydi.

Texnik tayyorgarlikning asosiy tarkibiy qismlari
Taekvondochining texnik tayyorgarligi quyidagi asosiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga

oladi:

Asosiy zarbalar (chakka, yoncha, doli chagi va b.q.) – ularni to‘g‘ri, aniqlik bilan

bajarish.

Himoya harakatlari – qarshi zarbalarni bloklash, chetlab o‘tish yoki qarshi zarba

bilan yo‘qotish.

Jangovar kombinatsiyalar – bir necha texnik elementlarning ketma-ket va mantiqiy

bog‘langan harakatlar majmuasi.

Harakat dinamikasi va vaqtni to‘g‘ri baholash – raqibning harakatiga tezkor javob

bera olish.

Muvozanat va koordinatsiya – harakatlar paytida barqarorlikni saqlash.
Mashg‘ulotlarda texnik tayyorgarlikni rivojlantirish yo‘llari
Mashg‘ulot jarayonida quyidagi metodlar texnik tayyorgarlik samaradorligini

oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi:

1. Kombinatsion harakatlar asosida mashqlar bajartirish
Sportchiga bir vaqtning o‘zida ikki yoki undan ortiq texnik elementni mantiqiy

ketma-ketlikda bajartirish orqali harakat avtomatizmini shakllantirish.

2. Individual yondashuv Har bir sportchining jismoniy va psixologik

xususiyatlariga mos tarzda texnikani o‘rgatish.

3. Jangovar sharoitlarda model mashqlar Raqib ishtirokidagi mashqlar orqali real

musobaqa holatlarini simulyatsiya qilish.

4. Videoanaliz orqali tahlil qilish Sportchi harakatlarini yozib, ularni tahlil qilish

orqali texnik xatolarni aniqlash va tuzatish.

Texnik tayyorgarlikning mazmuni

Taekvondochining texnik tayyorgarligi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
– Asosiy zarbalar (ap chagi, dollyo chagi, yop chagi, va b.)
– Himoya harakatlari (bloklar, chekinish, aylanish)
– Jangovar kombinatsiyalar (ketma-ket zarbalar, hujum va himoya almashinuvi)
– Qarshi zarba berish texnikasi (kontrataklar)


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 6 (2025) / ISSN 2181-3701

226

Ushbu texnikalar sportchining umumiy harakat madaniyati, jismoniy tayyorgarligi

va psixologik holatiga bevosita bog‘liq.

Texnik tayyorgarlikka ta’sir etuvchi omillar
1. Murabbiyning yondashuvi – sportchining texnikasini to‘g‘ri shakllantirish uchun

nazariy bilim va amaliy metodlar uyg‘unligi zarur.

2. Sportchining jismoniy tayyorgarligi – kuch, tezlik, chaqqonlik, muvozanat texnik

harakatlar sifatiga ta’sir qiladi.

3. Mashg‘ulot sharoitlari – zamonaviy jihozlar, raqib bilan mashq qilish,

videoanaliz texnikaning mukammallashishiga xizmat qiladi.

4. Psixologik holat – o‘ziga ishonch, motivatsiya va musobaqa sharoitlariga

moslashuvchanlik.

Qo‘l va oyoq zarbalari, ular orasidagi kombinatsiyalar va ularga tayyorlovchi

mashqlar koordinatsion jihatdan uyg‘un bo‘lishi shart. Masalan, sportchi zarbani
bajarishda muvozanatini yo‘qotsa, nafaqat hujum samarasiz bo‘ladi, balki raqibga qarshi
hujum qilish imkoniyatini ham beradi. Ayniqsa, kombinatsion zarbalar – ya’ni bir necha
harakatlarning izchil ketma-ketligi – harakatlar muvofiqligini, tizzalar, sonlar, yelkalar va
orqa mushaklar ishini uyg‘un boshqarishni talab qiladi. Sportchi oyoq bilan zarba bergan
zahoti, muvozanatini saqlagan holda qo‘l zarbasi bilan davom ettirishi, so‘ngra holatini
o‘zgartirib burilish orqali qarshi zarba berishi mumkin. Bunday murakkab texnik
harakatlar to‘g‘ri shakllanmagan koordinatsiyasiz amalga oshmaydi.

Odatda taekvondoda qo‘l zarbalari zarbaning boshlanish bosqichida yoki yaqin

masofadagi jangda ishlatiladi. Qo‘l zarbalari yordamida sportchi raqibni chalg‘itadi,
muvozanatini buzadi yoki hujumga zamin yaratadi. Ayniqsa, chap yoki o‘ng qo‘l bilan
beriladigan “jirugi” zarbalari tezlik, aniqlik va ishonch talab qiladi. Qo‘l zarbalari oyoq
harakatlari bilan uyg‘unlashtirilganda ular kombinatsion kuchga ega bo‘ladi. Bu degani,
qo‘l bilan raqibning yuqori qismiga zarba bergan holda, pastki qismiga oyoq zarbasi
berilishi, keyin esa orqaga o‘tish orqali himoyaga o‘tilishi mumkin. Bu harakatlarning
barchasi sportchidan harakatlarni to‘liq boshqarishni, og‘irlik markazini saqlashni va har
bir harakatni vaqtida amalga oshirishni talab qiladi.

Taekvondodagi asosiy zarba vositasi, albatta, oyoq zarbalari hisoblanadi. Har bir

oyoq zarbasi turli pozitsiyadan, har xil balandlikda va o‘ziga xos burilish yoki qadam
bilan bajariladi. Eng keng tarqalgan zarbalar – bu ap chagi, dollyo chagi, yop chagi, dwit
chagi, naeryo chagi kabilardir. Bu zarbalarni mukammal bajarish uchun sportchi oyoq
panjasidan tortib, tizzasi, son mushaklari va tananing yuqori qismigacha bo‘lgan
harakatni to‘g‘ri muvofiqlashtirishi lozim. Ayniqsa, dollyo chagi zarbasini bajarishda
tizzani burish, sonni aylantirish, tanani qisman burish va so‘ng oyoq bilan zarba berish
bir maromda amalga oshirilishi kerak. Zarbaning kuchi, aniqligi va tezligi aynan shu
koordinatsiyaga bog‘liq.

Harakatlarni koordinatsiyalashda qo‘l va oyoq harakatlarining o‘zaro bog‘liqligi

muhim rol o‘ynaydi. Masalan, oyoq bilan zarba berayotgan vaqtda qo‘l harakatlari
nafaqat muvozanatni ushlab turadi, balki qarshi zarbadan himoya vazifasini ham
bajaradi. Shu boisdan mashg‘ulotlarda bunday zarba kombinatsiyalarini takror-takror
mashq qilish kerak bo‘ladi. 14–15 yoshli sportchilar uchun oyoq bilan zarba berganda
chap va o‘ng qo‘llarning harakatini sinxronlashtirish, oyoq almashinishida muvozanatni
tiklash, va zarba yo‘nalishini tezda o‘zgartirish mashqlari doimo dolzarb hisoblanadi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 6 (2025) / ISSN 2181-3701

227

Taekvondo sportida maxsus zarbalar deganda, ko‘pincha murakkab burilishlar,

sakrashlar yoki havo harakatlari bilan bog‘liq zarbalar tushuniladi. Bular oddiy
zarbalardan farqli o‘laroq, yuqori koordinatsion tayyorgarlikni talab qiladi. Masalan, 360°
yoki 540° burilish bilan amalga oshiriladigan zarbalar faqatgina mukammal muvozanat,
mushak kuchi va aniqlik mavjud bo‘lsa bajariladi. Sportchi havo orqali sakragan paytda
burilishni to‘g‘ri bajarishi, zarba vaqtini to‘g‘ri tanlashi va yerga tushishda muvozanatini
saqlashi kerak bo‘ladi. Bu harakatlarda nafaqat oyoq va qo‘l mushaklari, balki ko‘z-
harakat koordinatsiyasi, vestibulyar apparat va sezgirlik ham faol ishtirok etadi.

Koordinatsion zarbalarni shakllantirish uchun murabbiylar maxsus mashqlar

majmuasini qo‘llashadi. Bu mashqlar sportchining harakatlar oralig‘ini, zarba
yo‘nalishini, pozitsiyalarni almashtirishni va reaksiya tezligini rivojlantirishga xizmat
qiladi. Masalan, chap oyoq bilan zarba berib, orqaga burilish orqali o‘ng oyoq bilan qarshi
zarba berish mashqi koordinatsion jihatdan murakkab, ammo samarali mashq
hisoblanadi. Shu kabi mashqlar har bir mashg‘ulotga kiritilib, ularning murakkabligi
bosqichma-bosqich oshiriladi. Dastlabki bosqichda har bir zarba alohida mashq qilinadi,
keyin ketma-ket birikmalarda, so‘ngra real jang simulyatsiyasida ishlanadi.

Mashg‘ulotlarda koordinatsion harakatlarni rivojlantirish uchun refleksiv

mashqlar, reaksiya tezligini oshiruvchi topshiriqlar, muvozanat mashqlari, harakatlar
sinxronizatsiyasiga yo‘naltirilgan topshiriqlar keng qo‘llaniladi. Juftlikda bajariladigan
mashqlar esa koordinatsion kombinatsiyalarni mustahkamlashga xizmat qiladi. Masalan,
sportchi o‘z juftiga nisbatan zarbalarni muvofiqlashtirgan holda bajaradi: raqib oyoq
bilan zarba berganda sportchi bu zarbani bloklab, keyingi harakatda orqaga burilish
orqali javob zarbasini beradi.Bunday mashqlar nafaqat texnikani, balki psixomotorik
fikrlashni ham rivojlantiradi.

Taekvondochilarni oyoq va qo‘l zarbalarini to‘rt bosqichga bo‘lgan holda zarbalar

aniqligi hamda jangovor kombinatsion harakatlar samaradorligini oshirish

uslubiyati


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 6 (2025) / ISSN 2181-3701

228

Koordinatsion jihatdan murakkab bo‘lgan zarbalarni o‘zlashtirishda sportchining

jismoniy imkoniyatlari, holati, sog‘lig‘i va psixologik tayyorgarligi inobatga olinishi lozim.

Har bir mashq individual yondashuv asosida tanlanib, sportchining harakatga bo‘lgan

reaksiyasi, muvozanat saqlash qobiliyati va zarba aniqligiga e’tibor qaratiladi. Bu yoshdagi

sportchilarning markaziy asab tizimi hali to‘liq shakllanmagan bo‘ladi, shuning uchun

koordinatsion yuklamalar asta-sekinlik bilan berilishi lozim. Tezlik va kuch elementlari bilan

birgalikda koordinatsion yondashuv sportchini texnik jihatdan yetuk qiladi.

Jangovar harakatlarda zarbalarni koordinatsiyalangan tarzda bajarish natijasida

sportchi jang davomida energiyani tejalab ishlatadi, raqibning harakatlariga moslashadi,

vaziyatni to‘g‘ri baholaydi va yutuqli zarbalarni aniq bajaradi. Bularning barchasi faqat

sinchkovlik bilan tayyorlangan mashg‘ulotlar orqali shakllanadi. Har bir mashg‘ulot

rejasida zarbalar ketma-ketligi, harakatlar o‘zaro bog‘liqligi va ularning mashq shakllari

oldindan belgilanishi muhimdir.

Shunday qilib, 14–15 yoshli sportchilarni tayyorlashda koordinatsiyalangan jangovar

harakat kombinatsiyalariga katta e’tibor qaratilishi lozim. Qo‘l va oyoq zarbalarining

sinxronligi, harakatlar orasidagi muvofiqlik, maxsus zarbalarning texnik nozikliklari va

ularni o‘rgatish metodikasi – bularning barchasi murabbiyning rejasiga asoslanadi. Bu yosh

sportchilari uchun jangovar kombinatsiyalar orqali koordinatsiyani rivojlantirish nafaqat

texnik ko‘rsatkichlarni oshiradi, balki ularning umumiy sport salohiyatini ham yuksaltiradi.

XULOSALAR

Ushbu tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Taekvondochining texnik

tayyorgarligi – uning umumiy sport natijalariga bevosita ta’sir qiluvchi muhim omildir.

Harakatlar aniqligi, tezligi, koordinatsiyasi va kombinatsiyalarni samarali qo‘llay olish

qobiliyati – bularning barchasi texnik tayyorgarlik darajasiga bog‘liq. Mazkur sohada

ilmiy yondashuv asosida mashg‘ulotlar tashkil etilishi sportchilar natijadorligini sezilarli

darajada oshirishga xizmat qiladi.

Taekvondochilarning texnik tayyorgarligi ularning sportda yuqori natijalarga

erishishida hal qiluvchi omildir. Texnika ustida muntazam ishlash, murabbiy nazorati va

zamonaviy yondashuvlar orqali har bir sportchining jangovar salohiyatini oshirish

mumkin. Texnik harakatlarning mukammalligi nafaqat musobaqadagi yutuq, balki

sportchining intizomi va o‘ziga ishonchini shakllantirishga ham xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Tursunaliyev U.Sh. Modern stages of development of training preparation in the

process of initial taekwondo training // Eurasian Journal of Sport Science. Vol. 1: Iss. 2,

Article 7. 2022. Р 69-73.

2.

Рахматов Б.Ш. “Ёш таэквондочиларда мувозанат сақлаш турғунлиги ва

ҳаракат аниқлигини вестибулосоматик машқлар ёрдамида ривожлантириш

самарадорлиги. Педагогика. фан. (PhD)...дисс.автореф.-Чирчиқ: ЎзДЖТСУ; 2022.

3.

Тажибаев С.С. Ўсмир яккакурашчиларнинг комплекс тайёргарлигида

ҳаракатли ўйинларни қўллаш методикасини илмий-педагогик асослаш: Пед. фан.

(DSc)...дисс.автореф.-Чирчиқ:ЎзДЖТСУ, 2019.-77

4.

Юсупова Н.Ш. Ёш таеквондочиларнинг (WТ) махсус жисмоний

тайёргарлигини инновatsiон технологиядан фойдаланган ҳолда назорат қилиш

методикаси. Педагогика. фан. (PhD)...дисс.автореф.-Чирчиқ:ЎзДЖТСУ; 2022.

5.

K.J.Park. (2023) Comparison of subjective and objective evaluation of back

injuries of elite taekwondo athletes // Science & Sports. Volume- 1-7.

https://doi.org/10.1016/j.scispo.2023.12.001.

Библиографические ссылки

Tursunaliyev U.Sh. Modern stages of development of training preparation in the process of initial taekwondo training // Eurasian Journal of Sport Science. Vol. 1: Iss. 2, Article 7. 2022. Р 69-73.

Рахматов Б.Ш. “Ёш таэквондочиларда мувозанат сақлаш турғунлиги ва ҳаракат аниқлигини вестибулосоматик машқлар ёрдамида ривожлантириш самарадорлиги. Педагогика. фан. (PhD)...дисс.автореф.-Чирчиқ: ЎзДЖТСУ; 2022.

Тажибаев С.С. Ўсмир яккакурашчиларнинг комплекс тайёргарлигида ҳаракатли ўйинларни қўллаш методикасини илмий-педагогик асослаш: Пед. фан. (DSc)...дисс.автореф.-Чирчиқ:ЎзДЖТСУ, 2019.-77

Юсупова Н.Ш. Ёш таеквондочиларнинг (WТ) махсус жисмоний тайёргарлигини инновatsiон технологиядан фойдаланган ҳолда назорат қилиш методикаси. Педагогика. фан. (PhD)...дисс.автореф.-Чирчиқ:ЎзДЖТСУ; 2022.

K.J.Park. (2023) Comparison of subjective and objective evaluation of back injuries of elite taekwondo athletes // Science & Sports. Volume- 1-7. https://doi.org/10.1016/j.scispo.2023.12.001.